06.10.2021 yildagi 625-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Zoʻrlik ishlatishdan jabr koʻrgan xotin-qizlarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish hamda oʻz joniga qasd qilishning oldini olish borasidagi ishlarni takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Zoʻrlik ishlatishdan jabr koʻrgan xotin-qizlarni reabilitatsiya qilishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 19-maydagi PQ-5116-son qaroriga muvofiq tazyiq va zoʻravonlikdan jabr koʻrgan, oʻz joniga suiqasd qilgan yoki oʻz joniga qasd qilishga moyilligi boʻlgan xotin-qizlarga yordam koʻrsatish, ularni manzilli qoʻllab-quvvatlash borasidagi ishlarni yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Zoʻrlik ishlatishdan jabr koʻrgan xotin-qizlarni reabilitatsiya qilishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 19-maydagi PQ-5116-son qaroriga muvofiq:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Zoʻrlik ishlatishdan jabr koʻrgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish hamda oʻz joniga qasd qilishning oldini olish respublika markazi negizida Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi huzurida Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish boʻyicha respublika markazi (keyingi oʻrinlarda — Respublika markazi) va joylarda 28 ta hududiy hamda tumanlararo namunali markazlar (keyingi oʻrinlarda — hududiy markazlar) tashkil etilganligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Respublika markazi va hududiy markazlarga zoʻravonlikdan jabrlangan xotin-qizlar va ularning voyaga yetmagan farzandlari hamda oʻz joniga suiqasd qilgan yoki oʻz joniga qasd qilishga moyilligi boʻlgan xotin-qizlarning joylashtirilishi belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Xotin-qizlar oʻrtasida oʻz joniga qasd qilishning oldini olish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xotin-qizlar oʻrtasida oʻz joniga qasd qilishning oldini olish boʻyicha oʻquv-metodik qoʻllanmalarni ishlab chiqish va chop etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻz joniga qasd qilish koʻp sodir etiladigan hududlarda tajribali psixolog mutaxassislarni jalb etgan holda, fuqarolar bilan yakka tartibda uchrashuvlar tashkil etish hamda ularga manzilli ijtimoiy-psixologik yordam koʻrsatish tizimini shakllantirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
respublikaning olis hududlarida yashovchi aholi oʻrtasida ruhiy kasal yoki ruhiyatining oʻzgarishi bilan bogʻliq boshqa kasalliklarga moyilligi boʻlgan shaxslar va ularning oila aʼzolari bilan oʻz joniga qasd qilish holatlarining oldini olish va ularni keltirib chiqaruvchi omillarni bartaraf etishga qaratilgan tadbirlarni tashkil etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
aholi, ayniqsa, ruhiy kasal yoki ruhiyatning oʻzgarishi bilan bogʻliq boshqa kasalliklarga moyilligi boʻlgan shaxslar oʻrtasida oʻz joniga qasd qilish holatlarining oldini olish boʻyicha yetarli bilim va koʻnikmalarga ega boʻlgan kadrlar tayyorlash tizimini rivojlantirish hamda xalqaro hamkorlikni yoʻlga qoʻyish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Respublika xotin-qizlar jamoatchilik kengashi, Oʻzbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi, Xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash davlat maqsadli jamgʻarmasining quyidagi takliflariga rozilik berilsin:
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mehnatga haq toʻlash va ragʻbatlantirish shartlari boʻyicha Markaz direktori va xodimlari — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi hududiy boshqarmalari rahbar va xodimlariga, hududiy markazlar direktori va xodimlari — mos ravishda tuman “Inson” ijtimoiy xizmat markazlarining rahbar va xodimlariga tenglashtirish. Bunda, tegishli lavozimlarni tenglashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan belgilanadi;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-martdagi 123-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.03.2024-y., 09/24/123/0201-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oila va xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash davlat maqsadli jamgʻarmasi tomonidan tijorat banklariga kredit ajratish uchun berilgan resurslardan hisoblangan foizdan kelib tushadigan mablagʻlar (bank marjasidan tashqari) hisobidan Respublika markaziga 1 ta xizmat hamda hududiy markazlarga 1 tadan navbatchi avtotransport vositalarini sotib olish hamda ularni saqlash;
(3-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-avgustdagi 438-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.08.2022-y., 09/22/438/0726-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Respublika markazi va hududiy markazlar xodimlarining ish haqi, moddiy ragʻbatlantirish, ustamalar, ularga tenglashtirilgan xarajatlar, shuningdek markazlarga joylashtirilgan xotin-qizlar va ularning voyaga yetmagan farzandlarining maʼlum muddat yashashi bilan bogʻliq xarajatlar, shuningdek tazyiq va zoʻravonlikdan jabr koʻrganlarga shoshilinch yordam koʻrsatish uchun taʼsis etilgan 1146 qisqa raqamli “ishonch telefoni”ni uzluksiz ishlashini taʼminlash bilan bogʻliq hamda boshqa xarajatlarni qonunchilikda belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetidan ajratiladigan mablagʻlar va qonunchilikda koʻzda tutilgan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtirish.
(3-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 15-dekabrdagi 665-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.12.2023-y., 09/23/665/0942-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Respublika markazi va hududiy markazlar quyidagi manbalardan moliyalashtirilishi belgilansin:
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetidan ajratiladigan mablagʻlar;
(4-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 15-dekabrdagi 665-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.12.2023-y., 09/23/665/0942-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xalqaro moliya institutlari va xorijiy tashkilotlarning grantlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Oʻzbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bir oy muddatda Respublika markazi va hududiy markazlar faoliyati samaradorligini oshirish, murojaat etgan xotin-qizlarga tezkor va real yordam koʻrsatishni taʼminlash maqsadida tegishli mutasaddi vazirlik va idoralar bilan hamkorlik memorandumini imzolasin va uni samarali ijrosini taʼminlash choralarini koʻrsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bir oy muddatda hududiy markazlar xodimlarining tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlangan yoki oʻz joniga suiqasd qilgan yoxud qasd qilishga moyil boʻlgan, ogʻir ijtimoiy ahvolda qolgan xotin-qizlarga har tomonlama koʻmaklashish boʻyicha malakasini oshirish bilan bogʻliq seminar-treninglar tashkil etsin va mazkur seminar-treninglarga professor-oʻqituvchilar hamda tajribali mahalliy va xorijiy mutaxassislarni jalb etsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga koʻra 2021-yil 1-noyabrdan boshlab:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi — oila aʼzolariga nisbatan zoʻrlik ishlatilgan holat yuzasidan huquqni muhofaza qilish organlarini hamda Respublika markazi yoxud hududiy markazlarni, shuningdek, bunday markazlar borligi haqida jabrlanganlarni xabardor qiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Respublika markazi va hududiy markazlarga joylashtirilgan oʻz joniga suiqasd qilgan yoki qasd qilishga moyil boʻlgan xotin-qizlarga yordam koʻrsatishda mutaxassis zarur boʻlgan hollarda, markazlar direktorlarining talabnomasiga koʻra hududiy tibbiyot muassasalarida faoliyat yuritayotgan suitsidolog, psixoterapevt va tibbiy ruhshunoslarni Respublika markazi va hududiy markazlarga jalb qiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi — xorijdagi ijtimoiy reabilitatsiya qilish va moslashtirish boʻyicha tashkilotlar bilan aloqalar oʻrnatish uchun Respublika markaziga har tomonlama koʻmaklashadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi — Respublika markazi va hududiy markazlarga joylashtirilgan yoki reabilitatsiyadan oʻtgan xotin-qizlarni Respublika markazi va hududiy markazlar direktorlari talabnomasiga asosan kasb-hunarga oʻrgatish va ularning bandligini taʼminlash choralarini koʻradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) Respublika markazi va hududiy markazlarda tibbiy, psixologik, ijtimoiy, pedagogik, huquqiy va boshqa yordamlar koʻrsatilib, oʻz oilasiga qaytgan shaxslarning xavfsizligini taʼminlash hamda ularning oilasidagi muhitni muntazam nazorat qilish vazifalari hududiy ichki ishlar organlarining xotin-qizlar bilan ishlash masalalari boʻyicha inspektorlari va profilaktika (katta) inspektorlari tomonidan amalga oshiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
d) Respublika markazi va hududiy markazlarga joylashtirilgan xotin-qizlar orasidan kam taʼminlangan oilalarda yashayotganlar aniqlanganda, 14 yoshgacha bolalari boʻlgan oilalariga moddiy yordam, bola ikki yoshga toʻlguniga qadar uni parvarish qilish nafaqasi, ijtimoiy ahvoli va turmush sharoiti ogʻir oilalarda yashayotganlarni “Temir daftar”ga, ijtimoiy himoyaga muhtoj, turmush sharoiti ogʻir, ishsiz va kasb-hunarga ega boʻlmagan, huquqiy va maʼnaviy-psixologik qoʻllab-quvvatlashga muhtojlarni tegishlicha “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritish boʻyicha tumanlar (shaharlar) hokimlariga Respublika markazi va hududiy markazlar direktorlari tomonidan taqdimnomalar kiritib boriladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
e) har yarim yil yakunlari boʻyicha Respublika markazi va hududiy markazlarda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobotlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligiga kiritib boriladi.
(6-bandning “e” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 15-dekabrdagi 665-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.12.2023-y., 09/23/665/0942-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari ogʻir ijtimoiy ahvoldagi shaxslarga taʼsirchan yordam koʻrsatish boʻyicha oʻz vakolati doirasida aniq maqsadli ishlarni amalga oshirishda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
zoʻrlik ishlatishning oʻz vaqtida aniqlanishi, bartaraf etilishi va oldi olinishini taʼminlashda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Respublika markazi va hududiy markazlarga murojaat qilgan xotin-qizlarga tegishli yordam koʻrsatishda, oiladagi nizoli vaziyatlarning erta oldini olish boʻyicha aholi oʻrtasida tushuntirish ishlarini tashkil etishda Respublika markazi va hududiy markazlar bilan bevosita hamkorlik qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi hamda Toshkent shahar hokimligining Respublika markazi va Toshkent shahar hududiy markazi joylashgan Toshkent shahri Chilonzor tumani Dilxush koʻchasi 38-uy manzilidagi Toshkent shahar hokimligining bino va inshootlarini tegishli hududi bilan birgalikda Respublika markaziga operativ boshqaruv huquqi asosida bepul berish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent shahar hokimligi bino va inshootlarni tegishli hududi bilan birga topshirish, Respublika markazi esa qabul qilib olish choralarini koʻrsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bir hafta muddatda xotin-qizlar oʻrtasida oʻz joniga qasd qilishning oldini olish boʻyicha hududiy chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqsin va tizimli ijrosini taʼminlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bir oy muddatda har bir hudud xususiyatlarini hisobga olgan holda, Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish boʻyicha hududiy va tumanlararo namunali markazlar faoliyatini samarali yuritishi uchun ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va talab darajasida zarur shart-sharoit yaratish ishlarini yakunlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Oʻzbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, Ichki ishlar vazirligi, Kinematografiya agentligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi bilan birgalikda xotin-qizlarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash sohasidagi islohotlarning mazmun-mohiyatini jamoatchilikka yetkazish ishlarini kuchaytirsin. Oʻz joniga suiqasd qilish holatlariga olib keluvchi muammolarni hal etish maqsadida mutaxassislar va din ulamolarini jalb qilgan holda ilmiy-ommabop koʻrsatuvlar, badiiy va hujjatli filmlar yaratsin va ularning televideniye orqali namoyish qilinishi hamda ijtimoiy reklamalar shaklida joylashtirilishini taʼminlasin.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 10-dekabrdagi 833-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.12.2024-y., 09/24/833/1016-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Z.B. Mahkamova zimmasiga yuklansin.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-avgustdagi 438-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.08.2022-y., 09/22/438/0726-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2021-yil 6-oktabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
625-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-oktabrdagi 625-son qaroriga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xotin-qizlar oʻrtasida oʻz joniga qasd qilishning oldini olish boʻyicha
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
CHORA-TADBIRLAR DASTURI
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddati

Masʼul ijrochilar

I. Xotin-qizlar oʻrtasida oʻz joniga qasd qilishning oldini olish boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlar

1.

Hududlardagi koʻrsatkich va holatlar oʻrganilgan holda, xotin-qizlar oʻrtasida oʻz joniga qasd qilishning oldini olish boʻyicha manzilli dasturlarni tasdiqlash.

Chora-tadbirlar dasturi

Bir hafta muddatda

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi,

viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

2.

Taʼlim muassasalarida faoliyat koʻrsatadigan psixologlarning oʻz joniga qasd qilish holatlarining oldini olish borasidagi tajribalarini oshirish maqsadida metodik qoʻllanma va tavsiyalar ishlab chiqish.

Metodik qoʻllanma
va tavsiyalar ishlab chiqish

2021-yil dekabr

Xalq taʼlimi vazirligi,

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi,

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

“Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot instituti

3.

Mahallalarda fuqarolar yigʻini raisining oila, xotin-qizlar va ijtimoiy-maʼnaviy masalalar boʻyicha oʻrinbosari va bevosita aholi bilan ishlaydigan mutasaddi tashkilotlarning masʼul xodimlari uchun ruhiy bemorlar, ruhiyatida yuz bergan oʻzgarishlar tufayli oʻz joniga suiqasd qilgan shaxslar bilan ishlashga qaratilgan adabiyotlar, oʻquv-metodik qoʻllanmalarni ishlab chiqish va chop etishni tashkil etish.

Oʻquv-metodik qoʻllanmalarni ishlab chiqish
va chop etish

2022-yil

yanvar mart

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi,

Ichki ishlar vazirligi,

Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi,

“Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot instituti

II. Xotin-qizlar oʻrtasida oʻz joniga qasd qilishning oldini olish boʻyicha hamkorlikda amalga oshiriladigan tadbirlar

4.

Oʻz joniga qasd qilish holatlari koʻp sodir etiladigan hududlarda tajribali psixolog mutaxassislarni jalb etgan holda “Psixolog qabuli”, “Biz sizni eshitamiz”, “Psixolog bilan uchrashuv” kabi mavzularda fuqarolar bilan yakka tartibda uchrashuvlarni tashkil etish hamda uchrashuvlar natijasini tahlil qilib, manzilli choralar belgilash.

Uchrashuvlar

tashkil etish

Alohida tasdiqlangan reja asosida

Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi,

Xalq taʼlimi vazirligi,

Ichki ishlar vazirligi,

Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti,

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi,

boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar

5.

mahalladagi xotin-qizlar faoli bilan hamkorlikda har bir mahallada istiqomat qilayotgan muammoli oilalarni aniqlash, muammolar sabablarini oʻrganish va har bir oilaga tegishli mutaxassislarni (mahalla faollari, fuqarolar yigʻini huzuridagi jamoatchilik komissiyalari aʼzolari, sogʻliqni saqlash, xalq taʼlimi, yoshlar ishlari agentligi vakillari, din ulamolari va h.k.) biriktirish hamda profilaktika ishlarini olib borish.

Muammoli oilalarni aniqlash va tegishli mutaxassislarni biriktirish

profilaktik ishlarni olib borish

2021-yil

noyabr



muntazam

Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi,

Ichki ishlar vazirligi,

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Xalq taʼlimi vazirligi,

Yoshlar ishlari agentligi,

Din ishlari boʻyicha qoʻmita,
boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar

6.

Oʻz joniga qasd qilish holatlari koʻp sodir etilayotgan hududlarda ogʻir hayotiy vaziyatga tushib qolgan (zoʻravonlikni boshidan kechirgan, yaqin odamini yoʻqotgan va boshqalar) xotin-qizlar va yoshlar uchun maxsus xizmatlar faoliyatini tashkil etish va ularga manzilli ijtimoiy-psixologik yordam koʻrsatish.

Tashkiliy

chora-tadbirlar

muntazam

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi, Yoshlar ishlari agentligi, Ayollarni reabilitatsiya qilish
va moslashtirish respublika markazi,

Din ishlari boʻyicha qoʻmita,
Xalq taʼlimi vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

7.

Mahallalarda tibbiy patronaj xizmatlari orqali ruhiy kasallangan bemorlarni oʻz vaqtida aniqlash, ularga tibbiy-psixologik xizmatlarni koʻrsatish samaradorligini oshirish.

Tashkiliy

chora-tadbirlar

muntazam

Sogʻliqni saqlash vazirligi,
Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

8.

Oʻz joniga suiqasd qilgan xotin-qizlarni sogʻlom hayotga toʻliq qaytarish maqsadida ularning har biriga alohida kompleks choralar belgilash va ijrosini nazoratga olish.

Tashkiliy

chora-tadbirlar

muntazam

Sogʻliqni saqlash vazirligi,
Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi, Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish markazlari,

Din ishlari boʻyicha qoʻmita,
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

9.

Respublikaning olis hududlarida yashovchi aholi orasida ruhiy kasal yoki ruhiyatning oʻzgarishi bilan bogʻliq boshqa kasalliklarga moyilligi boʻlgan shaxslar va ularning oila aʼzolari ishtirokida oʻz joniga qasd qilish holatlarining oldini olish, ularni keltirib chiqaruvchi omillarni bartaraf etishga qaratilgan tadbirlarni tashkil etish.

Reja grafik tasdiqlash

alohida reja asosida muntazam

Sogʻliqni saqlash vazirligi,
Ichki ishlar vazirligi,

Din ishlari boʻyicha qoʻmita,
Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

10.

Taʼlim muassasalarida oʻtkaziladigan:

tarbiyaviy soatlarda bolalar va oʻquvchilar oʻrtasida ota-onaga hurmat, oila muqaddasligi, hayotning qadriga yetish kabi masalalarda suhbatlar tashkil etish;

ota-onalar majlislarida bola tarbiyasining nozik jihatlari, ularni kamsitmaslik, ruhiyatiga taʼsir etuvchi jazo choralarini qoʻllamaslik va boshqa shu kabi tarbiyaviy ahamiyatga ega boʻlgan mavzularda tushuntirish ishlarini olib borish.

Reja grafik tasdiqlash va uning asosida suhbatlar tashkil etish

Reja-grafik asosida

Xalq taʼlimi vazirligi,
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Maktabgacha taʼlim vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Din ishlari boʻyicha qoʻmita,

Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

11.

Bolalar huquqlari himoyasini taʼminlaydigan mexanizmlarni, jumladan, barcha muassasa va xizmatlarda bolalar huquqlarining buzilish holatlari toʻgʻrisida tezkor xabardor qilishni joriy etish.

Tashkiliy

chora-tadbirlar

muntazam

Sogʻliqni saqlash vazirligi, Maktabgacha taʼlim vazirligi,

Xalq taʼlimi vazirligi,

Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi,

Ichki ishlar vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

12.

Hududlarda muammoli oilalarga hayotiy tajribaga ega boʻlgan obroʻli keksa avlod vakillarini biriktirish va shu orqali oilalardagi ijtimoiy-maʼnaviy muhitni sogʻlomlashtirishga koʻmaklashish.

Tashkiliy

chora-tadbirlar

muntazam

Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, Din ishlari boʻyicha qoʻmita, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

13.

Teleradiokanallar orqali oilalardagi ijtimoiy-maʼnaviy muhitni sogʻlomlashtirish va yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida oilaning muqaddasligi, hayotning qadriga yetish va psixolog maslahat ruknlarini tashkil etish va muntazam efirga uzatib borish.

Media-reja tasdiqlash va amalga oshirish

2021-yil noyab?

Milliy teleradiokompaniya,
Sogʻliqni saqlash vazirligi,
Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi, Din ishlari boʻyicha qoʻmita, Xalq taʼlimi vazirligi,
Oliy va oʻrta-maxsus taʼlim vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar

14.

Muqaddas diniy kitoblarda oʻz joniga qasd qilish eng yomon salbiy holat ekanligi boʻyicha targʻibot-tashviqot tadbirlarini faollashtirish.

Targʻibot-tashviqot tadbirlarini tashkil qilish

Reja grafik asosida

Din ishlari boʻyicha qoʻmita, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar
va Toshkent shahar hokimliklari

15.

Aholi oʻrtasida oʻz joniga qasd qilish holatlarining oldini olish ishlariga hududlardagi nodavlat tashkilotlarni jalb etish.

Bunda oʻz joniga qasd qilishga uringan, kuchli ruhiy tushkunlikka tushgan fuqarolar bilan shugʻullanish borasida maxsus loyihalar tashkil etish.

Nodavlat tashkilotlar bilan hamkorlik oʻrnatish memorandumini imzolash

2021-yil

noyabr

Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Adliya vazirligi,

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi (kelishuv asosida)

16.

Oʻz joniga qasd qilishning oldini olish sohasida belgilangan vazifalar ijrosini muhokama qilib borish boʻyicha ommaviy axborot vositalarida brifing va matbuot anjumanlarini oʻtkazish.

Tashkiliy

chora-tadbirlar

Har chorakda kamida
bir marotaba

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Milliy teleradiokompaniya,
Milliy axborot agentligi,
Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi

17.

Televideniye va kinoteatrlarda namoyish etilayotgan badiiy va videofilmlarni, reklama roliklarini oila muqaddasligi, yoshlar maʼnaviyatiga hamda ularning hulq-atvoriga salbiy taʼsir etish nuqtai nazaridan tahlil qilib borish va bu borada tegishli takliflarni kiritish.

Tashkiliy

chora-tadbirlar

2021-yil dekabr

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifatmarkazi, Milliy teleradiokompaniya, Kinematografiya agentligi, Axborot
va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi

18.

Ruhiy muammolar, jumladan, oʻz joniga qasd qilishning oldini olish bilan ishlovchi xizmatlar bilan aholini tanishtirish. (Sogʻliqni saqlash, fuqarolar yigʻini, taʼlim muasassalari va boshqa joylarda mazkur xizmatlar telefon raqamlari va xizmat turlari haqidagi maʼlumotlarni joylashtirish)

Tashkiliy

chora-tadbirlar

Belgilangan muddatlarda

Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi,

Xalq taʼlimi vazirligi

III. Xotin-qizlar oʻrtasida oʻz joniga qasd qilishning oldini olish boʻyicha kadrlar tayyorlash va xalqaro hamkorlik

19.

Aholi, ayniqsa, ruhiy kasal yoki ruhiyatning oʻzgarishi bilan bogʻliq boshqa kasalliklarga moyilligi boʻlgan shaxslar oʻrtasida oʻz joniga qasd qilish holatlarining oldini olish sohasida yetarli bilim va koʻnikmalarga ega boʻlgan kadrlar tayyorlash tizimini rivojlantirish.

Qoʻshma qaror ishlab chiqish

2021-yil dekabr

Sogʻliqni saqlash vazirligi,
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi,
Xalq taʼlimi vazirligi

20.

Oʻz joniga suiqasd qilgan yoki oʻz joniga qasd qilishga moyilligi boʻlgan xotin-qizlar bilan ishlash sohasida xorijiy davlatlarning ilgʻor tajribasini oʻrganish, shu jumladan, xorijiy davlatlarga tashrif buyurish orqali tajriba almashish.

Tashkiliy tadbirlar

2021-2022-yillarda

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

21.

Sogʻliqni saqlash, pedagog-psixologlarni attestatsiya qilish jarayonida mutaxassislarni oʻz joniga qasd qilishning oldini olish boʻyicha yetarli bilim va koʻnikmalarga ega ekanligi yuzasidan bilimlarini aniqlash.

Tashkiliy
chora-tadbirlar

2021-2022-yillarda

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi

22.

Xorijiy mutaxassislar ishtirokida xalqaro ilmiy konferensiyalar, mahorat darslari, seminarlar tashkil etish va oʻtkazish.

Tadbirlar
jadvali ishlab chiqish

2021-yil

noyabr

grafikni tasdiqlash

2022-yil

davomida

amalga oshirish

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi,

Xalq taʼlimi vazirligi, ichki ishlar vazirligi,
Innovatsion rivojlanish vazirligi,

“Oila va xotin-qizlar” ilmiy-tadqiqot instituti

(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 9-dekabrdagi 774-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.12.2025-y., 09/25/774/1150-son)
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.10.2021-y., 09/21/625/0941-son; 10.08.2022-y., 09/22/438/0726-son; 18.12.2023-y., 09/23/665/0942-son; 12.03.2024-y., 09/24/123/0201-son; 11.12.2024-y., 09/24/833/1016-son; 11.12.2025-y., 09/25/774/1150-son)