04.10.2021 yildagi PQ-5254-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xirurgiya xizmatini transformatsiya qilish, hududlarda jarrohlik amaliyotlari sifatini oshirish va ko‘lamini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Aholiga jarrohlik yordamini ko‘rsatish sifatini oshirish, hududlarda kam invaziv va yuqori texnologik jarrohlik amaliyotlarini keng joriy qilish, xirurgiya yo‘nalishidagi tibbiyot xodimlarining salohiyatini oshirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, sohada ilm-fanni rivojlantirish maqsadida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Xirurgiya xizmatini transformatsiya qilishning asosiy yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
akademik V. Voxidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi (keyingi o‘rinlarda — Xirurgiya markazi) — viloyat — tuman (shahar) tibbiyot muassasalari o‘rtasida uzviy bog‘liqlikni ta’minlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
hududlar va tuman (shahar) darajasida kam invaziv va yuqori texnologik jarrohlik amaliyotlarini keng joriy etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xirurgiya markazida transplantatsiya amaliyotlarini xorijiy mutaxassislar bilan hamkorlikda keng joriy etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xirurg, anesteziolog, reanimatolog, nefrolog va boshqa mutaxassislarning salohiyatini oshirish, ularni nufuzli xorijiy tibbiyot muassasalari va markazlarida malaka oshirishi va stajirovka o‘tashini tashkil etish, zamonaviy simulyatsion markazda mutaxassislar tayyorlashni yo‘lga qo‘yish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xirurgiya yo‘nalishida ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirish, xodimlarning ilmiy salohiyatini oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
aholiga malakali tibbiy xizmat ko‘rsatish maqsadida Xirurgiya markazi, uning filiallari, tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari xirurgiya, anesteziologiya-reanimatsiya bo‘limlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda Moliya vazirligining quyidagi takliflariga rozilik berilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) bolalarda tug‘ma yurak nuqsonlarini endovaskulyar yo‘l bilan davolashni keng joriy etish, ularni qisqa vaqt ichida to‘liq sog‘lomlashtirib, nogironlikdan chiqarish maqsadida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2021-yilda yurak nuqsonlarini davolash uchun mo‘ljallangan 500 ta tibbiy buyum (okklyuder) xarid qilishga Sog‘liqni saqlash vazirligiga rivojlantirish dasturlari uchun ajratilgan mablag‘lar doirasida vazirlikka 10 milliard so‘m mablag‘ ajratish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2022-yildan boshlab esa ehtiyojdan kelib chiqib har yili o‘rtacha 2500 ta okklyuder xarid qilish uchun Davlat budjeti parametrlarida zarur mablag‘larni nazarda tutish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetidan, shuningdek Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining qo‘shimcha manbalaridan teng ulushda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2021-yilda Xirurgiya markazi filiallarini 1-ilovaga muvofiq zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlash uchun 42,5 milliard so‘m mablag‘ ajratish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2022-2023-yillarda tumanlararo qo‘shma shikastlanish va o‘tkir qon-tomir kasalliklari markazlariga biriktirilmagan 26 ta tuman (shahar) tibbiyot birlashmalarining xirurgiya, anesteziologiya-reanimatsiya bo‘limlarini 2-ilovaga muvofiq zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlash uchun 71,4 milliard so‘m yo‘naltirish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Belgilansinki:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mazkur tadbirlar uchun mablag‘lar O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetidan, shuningdek joylarda kam invaziv va yuqori texnologik jarrohlik amaliyotlarini joriy etish natijasida tejaladigan mablag‘lar hamda xalqaro moliya institutlarining imtiyozli kredit va grant mablag‘lari hisobiga ajratiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining asoslangan hisob-kitoblariga ko‘ra tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari xirurgiya, anesteziologiya-reanimatsiya bo‘limlarini asbob-uskunalar bilan jihozlash uchun O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetidan tegishli mahalliy budjetlarga qaytarish sharti bilan budjet ssudasi ajratiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Xadjibayev):
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari bilan birgalikda 2022-2023-yillar davomida kam invaziv va yuqori texnologik jarrohlik amaliyotlari ko‘lami oshirilishini, shu jumladan tuman (shahar)larda amalga oshiriladigan amaliyotlar turi 60 tadan 79 taga, hududlarda esa 130 tadan 168 taga oshirilishini, Xirurgiya markazida yurak va o‘pka transplantatsiyasi joriy etilishini ta’minlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xirurgiya markazi (S. Ismailov), Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi (D. Tulyaganov) va Respublika ixtisoslashtirilgan nefrologiya va buyrak transplantatsiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi (B. Daminov) tomonidan 2022-yil yakuniga qadar barcha hududlarda buyrak transplantatsiyasi amaliyoti yo‘lga qo‘yilishini ta’minlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sog‘liqni saqlash vazirligining Iqtidorli va malakali tibbiyot mutaxassislarini qo‘llab-quvvatlash hamda tibbiyot muassasalariga jalb qilish jamg‘armasi va mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan Xirurgiya markazi va hududiy davlat tibbiyot muassasalarining xorijiy tillarni yaxshi biladigan xodimlarini 2021-2022-yillarda xirurgiya sohasi uchun dolzarb yo‘nalishlar bo‘yicha nufuzli xorijiy tibbiyot muassasalari va markazlariga malaka oshirish va stajirovka o‘tash uchun yuborish, shuningdek, Xirurgiya markazi faoliyatiga yetakchi xorijiy mutaxassislarni jalb etish choralarini ko‘rsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Belgilab qo‘yilsinki:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Iqtidorli va malakali tibbiyot mutaxassislarini qo‘llab-quvvatlash hamda tibbiyot muassasalariga jalb qilish bo‘yicha ishchi guruhi (B. Musayev) mazkur bandga muvofiq malaka oshirish va stajirovka o‘tash uchun yuboriladigan xodimlarning shaffof tanlov asosida tanlab olinishini ta’minlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
malaka oshirish va stajirovka o‘tash uchun yuboriladigan xodimlarga Xirurgiya markazi bilan tuziladigan shartnoma shartlariga muvofiq Xirurgiya markazi va hududiy davlat tibbiyot muassasalarida ishlab berish majburiyati yuklatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq xorijiy mutaxassislarni davlat tibbiyot muassasalariga jalb etishda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xorijiy mutaxassislarning mehnatiga haq to‘lash shartnomada kelishilgan shartlarga muvofiq amalga oshiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ular uchun ikki tomonga aviachiptalarni sotib olish xarajatlari (uzoq muddatli mehnat shartnomalari tuzilganda bir yilda ikki martadan oshmagan holda) hamda respublika mehmonxonalarida yashash xarajatlari tegishli davlat tibbiyot muassasasi tomonidan milliy valyutada to‘lanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ularni jalb etish va moddiy ta’minoti bo‘yicha xarajatlarni moliyalashtirish manbai bo‘lib Sog‘liqni saqlash vazirligining Iqtidorli va malakali tibbiyot mutaxassislarini qo‘llab-quvvatlash hamda tibbiyot muassasalariga jalb qilish jamg‘armasi mablag‘lari, tegishli davlat tibbiyot muassasasining budjetdan tashqari mablag‘lari, xalqaro moliya va boshqa tashkilotlar, xorijiy hukumat tashkilotlarining grantlari, shuningdek, qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Xirurgiya markazining inson a’zolari va to‘qimalari transplantatsiyasi sohasida qo‘shimcha vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
transplantologiya sohasida fundamental va amaliy tadqiqotlarni amalga oshirish hamda innovatsion loyihalarni ishlab chiqish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yuqori texnologik transplantatsiya amaliyotlarini amalga oshirish usullarini o‘rganish va joriy etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xorijiy davlatlarning mazkur sohadagi ilmiy tashkilotlari, markazlari hamda ekspertlari bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish va birgalikda tadqiqotlarni tashkil qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
transplantologiya yo‘nalishida malakali ilmiy kadrlarni tayyorlashga ko‘maklashish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xirurgiya markazida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bazaviy moliyalashtirish tizimi asosida faoliyat yuritadigan Inson a’zolari va to‘qimalari transplantatsiyasi ilmiy laboratoriyasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2021/2022 o‘quv yilidan boshlab Toshkent tibbiyot akademiyasining Xirurgiya va transplantologiya kafedrasi tashkil etilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Belgilansinki, Xirurgiya markazi ushbu kafedrada o‘qitilayotgan bakalavrlar, klinik ordinatorlar va magistrlar uchun asosiy klinik baza hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Sh. Vafayev) Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan birgalikda bir hafta muddatda Xirurgiya markazini modernizatsiya qilish uchun 11 million AQSH dollari miqdorida xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari mablag‘larini jalb qilish choralarini ko‘rsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Xirurgiya xizmatini 2021 — 2023-yillarda transformatsiya qilish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sog‘liqni saqlash vazirligi Dasturda belgilangan chora-tadbirlarning o‘z vaqtida va sifatli ijro etilishini ta’minlasin hamda amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida har chorakda Vazirlar Mahkamasiga axborot kiritib borsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va viloyatlar hokimlari bir hafta muddatda mazkur qaror talablariga muvofiq Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda 2022-2023-yillarda jarrohlik yordamini rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqib, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va xalq deputatlari viloyatlar Kengashlarida ko‘rib chiqilishi va tasdiqlanishini hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga taqdim etilishini ta’minlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Xadjibayev) Moliya vazirligi (T. Ishmetov) bilan birgalikda bir oy muddatda jarrohlik amaliyotining murakkabligi darajasi hamda samaradorlik ko‘rsatkichlariga qarab tibbiyot xodimlariga tabaqalashtirilgan mehnatga haq to‘lash tizimini joriy etish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Xadjibayev) yetakchi xorijiy tajribani inobatga olgan holda 2021-yil 1-noyabrdan boshlab Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazida respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari va boshqa davlat tibbiyot muassasalari rahbarlarini sog‘liqni saqlash sohasida boshqaruv (Healthcare Administration) yo‘nalishi bo‘yicha qisqa muddatli o‘quv kurslarida qayta tayyorlash hamda malakasini oshirishni yo‘lga qo‘ysin va ularni mazkur kurslarda o‘qitish yuzasidan reja-grafikni tasdiqlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Sog‘liq saqlash vazirligi 2022/2023 o‘quv yilida sog‘liqni saqlash sohasi uchun 50 nafar menejer mutaxassislarni magistrlik yo‘nalishida (Master of Nealthcare Administration) davlat granti asosida Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster va boshqa nodavlat oliy ta’lim tashkilotlarida tayyorlash bo‘yicha qonunchilikda belgilangan tartibda shartnomalar tuzilishini va bu bilan bog‘liq xarajatlarning mazkur maqsadlar uchun Davlat budjetidan ajratilgan mablag‘lar hisobidan moliyalashtirilishini ta’minlasin.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-dekabrdagi PQ-61-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.12.2021-y., 07/21/61/1195-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 4-ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Sog‘liqni saqlash vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Ushbu qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib sog‘liqni saqlash vaziri A.M. Xadjibayev, uning o‘rinbosarlari A.Sh. Inoyatov va U.Yu. Sobirov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari belgilansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarorning o‘z vaqtida va natijali ijro etilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari B.A. Musayev va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi o‘rinbosari L.N. To‘ychiyev zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi yuzasidan 2022-yil 1-yanvarga qadar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga axborot berilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2021-yil 4-oktabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PQ-5254-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-oktabrdagi PQ-5254-son qaroriga
1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2021-yilda Akademik V. Voxidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi filiallarini zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlashga doir chora-tadbirlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

T/r

Hududlar nomi

Jarrohlik jihozlari jamlanmasi (kattasi)

Soyasiz shiftli jarrohlik lampasi

Ultra-tovushli skalpel (Harmonic)

Video-laparo- skopik apparat

Narkoz apparati

Videoendoskopik uskuna (gastroskop, bronxoskop va kolonoskop)

Endoskopik avtomat yuvish apparati

Biokimyoviy analizator

Ikki kamerali vaqtinchalik kardiostimulyator

JAMI

soni

summasi, mln. so‘m

1.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi*

1

1

1

1

1

1

6

1 938

2.

Andijon viloyati*

1

1

1

1

1

1

6

1 938

3.

Buxoro viloyati*

1

1

1

1

1

1

6

1 938

4.

Jizzax viloyati

1

1

1

1

1

1

1

1

1

9

3 471

5.

Qashqadaryo viloyati

1

1

1

1

1

1

1

1

1

9

3 471

6.

Navoiy viloyati

1

1

1

1

1

1

1

1

1

9

3 471

7.

Namangan viloyati

1

1

1

1

1

1

1

1

1

9

3 471

8.

Samarqand viloyati

1

1

1

1

1

1

1

1

1

9

3 471

9.

Surxondaryo viloyati*

1

1

1

1

1

1

6

1 938

10.

Sirdaryo viloyati

1

1

1

1

1

1

1

1

1

9

3 471

11.

Toshkent viloyati

1

1

1

1

1

1

1

1

1

9

3 471

12.

Farg‘ona viloyati

1

1

1

1

1

1

1

1

1

9

3 471

13.

Xorazm viloyati

1

1

1

1

1

1

1

1

1

9

3 471

14.

Toshkent shahri

1

1

1

1

1

1

1

1

1

9

3 471

JAMI

10

10

14

10

14

14

14

14

14

114

42 466

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Izoh: 2021-yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Andijon, Buxoro, Surxondaryo viloyatlari ko‘p tarmoqli tibbiyot markazlari Germaniya KfW bankining imtiyozli kredit va grant mablag‘lari hisobiga asbob-uskunalar bilan ta’minlangan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-oktabrdagi PQ-5254-son qaroriga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2022-2023-yillarda tuman (shahar) tibbiyot birlashmalarining xirurgiya, anesteziologiya-reanimatsiya bo‘limlarini zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlashga doir chora-tadbirlar
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

T/r

Hududlar nomi

Yil

Jarrohlik jihozlari jamlanmasi (kattasi)

Videolaparoskopik apparat

Jarrohlik stoli

Soyasiz shiftli jarrohlik lampasi

Videogastroskopik apparat (gastroskop, bronxoskop uskunasi bilan)

Bipolyar elektrokoagulyator

Elektrootsos

Narkoz apparati

Endoskopik avtomat yuvish apparati

Biokimyoviy analizator

Mikroskop

Sentrifuga

Avtoklav

Laboratoriya tarozisi

Elektr quritgich

JAMI

soni

summasi, mln. so‘m

1.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

1.1.

Nukus

2022-yil

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

15

2 745

1.2.

Taxiatosh

2023-yil

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

15

2 745

2.

Andijon viloyati

2.1.

Bo‘z

2022-yil

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

15

2 745

2.2.

Marhamat

2023-yil

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

15

2 745

3.

Buxoro viloyati

3.1.

Kogon

2022-yil

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

15

2 745

3.2.

Qorovulbozor

2023-yil

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

15

2 745

4.

Jizzax viloyati

4.1.

Paxtakor

2022-yil

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

15

2 745

4.2.

Forish

2023-yil

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

15

2 745

5.

Qashqadaryo viloyati

5.1.

Mirishkor

2022-yil

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

15

2 745

5.2.

Dehqonobod

2023-yil

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

15

2 745

6.

Navoiy viloyati

6.1.

Konimex

2022-yil

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

15

2 745

6.2.

Qiziltepa

2023-yil

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

15

2 745

7.

Namangan viloyati

7.1.

To‘raqo‘rg‘on

2022-yil

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

15

2 745

7.2.

Yangiqo‘rg‘on

2023-yil

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

15

2 745

8.

Samarqand viloyati

8.1.

Pastdarg‘om

2022-yil

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

15

2 745

8.2.

Oqdaryo

2023-yil

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

15

2 745

9.

Surxondaryo viloyati

9.1.

Angor

2022-yil

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

15

2 745

9.2.

Qumqo‘rg‘on

2023-yil

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

15

2 745

10.

Sirdaryo viloyati

10.1.

Boyovut

2022-yil

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

15

2 745

10.2.

Xovos

2023-yil

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

15

2 745

11.

Toshkent viloyati

11.1.

Parkent

2022-yil

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

15

2 745

11.2.

Piskent

2023-yil

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

15

2 745

12.

Farg‘ona viloyati

12.1.

So‘x

2022-yil

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

15

2 745

12.2.

Oltiariq

2023-yil

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

15

2 745

13.

Xorazm viloyati

13.1.

Qo‘shko‘pir

2022-yil

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

15

2 745

13.2.

Yangiariq

2023-yil

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

15

2 745

JAMI

2022-yil

13

13

13

13

13

13

13

13

13

13

13

13

13

13

13

195

35 685

2023-yil

13

13

13

13

13

13

13

13

13

13

13

13

13

13

13

195

35 685

(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 24-fevraldagi PF-78-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.02.2022-y., 06/22/78/0163-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-oktabrdagi PQ-5254-son qaroriga
3-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xirurgiya xizmatini 2021 — 2023-yillarda transformatsiya qilish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Bajarish muddati

Mablag‘/Moliyalashtirish manbalari

Mas’ul ijrochilar

I. Xirurgiya yo‘nalishida normativ-huquqiy baza hamda sohani tartibga soluvchi hujjatlarni takomillashtirish

1.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining tavsiyalari asosida xirurgik kasalliklarni erta aniqlash dasturini tasdiqlash.

1. Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining tavsiyalari asosida xirurgik kasalliklarni erta aniqlash dasturini ishlab chiqish.

2. Mazkur dasturni xalqaro ekspertlar fikrini inobatga olgan holda tasdiqlash.

2022-yil

1-mart

-

Sog‘liqni saqlash vazirligi (Xadjibayev), Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya markazi (Ismailov),

Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi (Tulyaganov)

2.

Xirurgik kasalliklarga tashxis qo‘yish, davolash hamda bemorlarga yordam ko‘rsatish standartlari va klinik protokollarini Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining tavsiyalari asosida qayta ko‘rib chiqish.

1. Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya markazi (keyingi o‘rinlarda — Markaz) boshchiligida xirurgik kasalliklarga tashxis qo‘yish, davolash hamda bemorlarga xirurgik yordam ko‘rsatish standartlari va klinik protokollarini Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining tavsiyalari asosida qayta ishlab chiqish.

2. Mazkur standartlar va klinik protokollarni tasdiqlash uchun Sog‘liqni saqlash vazirligiga kiritish.

3. Tasdiqlangan standartlar va protokollarni Markaz, uning hududiy filiallari va barcha tibbiyot muassasalarida faoliyat yurituvchi xirurg mutaxassislarga yetkazish.

2021-yil

1-dekabr

-

Sog‘liqni saqlash vazirligi (Sabirov),

Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya markazi (Ismailov),

Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi (Tulyaganov),

Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining O‘zbekistondagi vakolatxonasi

3.

Respublika, viloyatlar va tuman (shahar)lar darajasida davolanadigan xirurgik kasalliklar ro‘yxatini qayta ko‘rib chiqish.

1. Respublika, viloyatlar, tuman (shahar) tibbiyot muassasalari, shu jumladan birlamchi bo‘g‘in muassasalarida ko‘rsatiladigan tibbiy xizmatlar turi, kasalliklar ro‘yxatini qayta ko‘rib chiqish.

2021-yil 1-noyabr

-

Sog‘liqni saqlash vazirligi (Xadjibayev),

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

2. Respublika, viloyatlar va tuman (shahar)lar darajasida davolanadigan xirurgik kasalliklar ro‘yxatini, ularni davolashni moliyalashtirish manbalarini belgilagan holda tasdiqlash.

2021-yil 1-dekabr

II. Xirurgiya yo‘nalishida kasalliklarning oldini olish, diagnostika qilish va davolash sifatini oshirish, shuningdek, ilm-fanni rivojlantirish

4.

Hududlarda xirurgiya yo‘nalishida kasalliklarning oldini olish, diagnostika qilish va davolash sifatini oshirish.

1. Reja-jadvalga asosan Markazning yetakchi xodimlaridan iborat ishchi guruhlar tomonidan Markazning hududiy filiallari va chekka hududlarga tashriflarni amalga oshirish.

2. Tashriflar doirasida bemorlar ko‘riklarini, mahorat darslari, seminar (vebinar)lar o‘tkazish.

3. Markazning hududiy filiallari moddiy-texnika bazasini o‘rganib, yaxshilash bo‘yicha takliflar kiritish.

4. Hududiy ommaviy axborot vositalarida keng targ‘ibot ishlarini tashkil etish.

2021 — 2023-yillar davomida

-

Sog‘liqni saqlash vazirligi (Xadjibayev),

Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya markazi (Ismailov),

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar

va Toshkent shahar hokimliklari

5.

Hududlarda kam invaziv va yuqori texnologik amaliyotlarni o‘tkazish ko‘lami va sifatini oshirish.

1. Hududlar hamda tuman (shahar)lar darajasida bajariladigan xirurgik amaliyotlarning yangi turlarini (laparoskopik, torakoskopik va endovaskulyar) va davolash usullarini bosqichma-bosqich amaliyotga joriy etish.

2. Kam invaziv va yuqori texnologik amaliyotlarni amalga oshirishni uslubiy jihatdan ta’minlab borish.

2021-2022-yillar davomida

-

Sog‘liqni saqlash vazirligi (Xadjibayev),

Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya markazi (Ismailov),

Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi (Tulyaganov),

Respublika ixtisoslashtirilgan nefrologiya va buyrak transplantatsiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi (Daminov),

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

3. Barcha hududlarda buyrak transplantatsiyasi amaliyotini yo‘lga qo‘yish.

2022-yil yakuniga qadar

6.

Bolalarda tug‘ma yurak nuqsonlarini endovaskulyar yo‘l bilan davolashni keng joriy etish.

1. Respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlarida bolalarda tug‘ma yurak nuqsonlarini endovaskulyar yo‘l bilan davolash amaliyotlari ko‘lamini oshirish.

2021-yil davomida

10 mlrd so‘m/Sog‘liqni saqlash vazirligiga Davlat budjetidan ajratilgan mablag‘lar

Sog‘liqni saqlash vazirligi (Xadjibayev),

Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya markazi (Ismailov),

Bolalar milliy tibbiyot markazi (Sharipov),

Toshkent pediatriya tibbiyot instituti (Daminov),

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

2. Namangan, Farg‘ona, Samarqand, Navoiy va Xorazm viloyati tibbiyot muassasalarida bolalarda tug‘ma yurak nuqsonlarini endovaskulyar yo‘l bilan davolash amaliyotini keng joriy etish.

2022-yildan boshlab

7.

Markazda bazaviy moliyalashtirish tizimi asosida faoliyat yuritadigan Inson a’zolari va to‘qimalari transplantatsiyasi ilmiy laboratoriyasini tashkil etish.

1. Laboratoriyani Markazning jigar va o‘t yo‘llari xirurgiyasi hamda qon-tomir va buyrak transplantatsiyasi bo‘limlarida joylashtirish.

2. Laboratoriya ilmiy xodimlari tarkibini shakllantirish.

3. Laboratoriyani zarur asbob-uskunalar bilan ta’minlash.

2022-yil
1-mart

Hisob-kitoblar asosida/Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari

Sog‘liqni saqlash vazirligi (Xadjibayev),

Innovatsion rivojlanish vazirligi (Abduraxmonov),

Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya markazi (Ismailov)

8.

Toshkent tibbiyot akademiyasining Xirurgiya va transplantologiya kafedrasi faoliyatini yo‘lga qo‘yish.

1. Xirurgiya va transplantologiya kafedrasini Markazda joylashtirish.

2. Toshkent tibbiyot akademiyasining mavjud kafedralarini maqbullashtirish hisobiga Xirurgiya va transplantologiya kafedrasini malakali mutaxassislar bilan butlash choralarini ko‘rish.

2021/2022 o‘quv yilidan boshlab

-

Sog‘liqni saqlash vazirligi (Xadjibayev),

Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya markazi (Ismailov),

Toshkent tibbiyot akademiyasi (Shadmanov)

9.

Xirurgiya yo‘nalishida ilmiy tadqiqotlar ko‘lamini oshirish, ularning natijalarini amaliyotga keng joriy etish.

1. Xirurgik kasalliklarni erta aniqlash, tashxislash va davolash, inson a’zolari va to‘qimalari transplantatsiyasi borasidagi dolzarb muammolarni tadqiq qilish bo‘yicha aniq reja-grafik asosida fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlar, dasturlar va loyihalarni amalga oshirish.

2. Ilmiy tadqiqotlar natijalarini amaliyotga keng joriy etish.

2021 — 2023-yillar davomida

Davlat budjetidan ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlarini amalga oshirish uchun ajratiladigan mablag‘lar,

Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari

Sog‘liqni saqlash vazirligi (Xadjibayev),

Innovatsion rivojlanish vazirligi (Abduraxmonov),

Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya markazi (Ismailov)

10.

Xirurgik kasalliklarni tashxislash va davolashga oid zarur ma’lumotlarni aholiga yetkazish.

1. Markazning rasmiy veb-saytni takomillashtirish, unda zarur ma’lumotlarni joylashtirish va yangilab borilishini ta’minlash.

2. Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qoplanadigan tibbiy yordamning kafolatlangan hajmlari, ixtisoslashtirilgan bepul tibbiy yordam ko‘rsatish shartlari va tartibi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yetkazish.

2022-yil

1-yanvar

-

Sog‘liqni saqlash vazirligi (Sabirov),

Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya markazi (Ismailov)

3. Ommaviy axborot vositalarida ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam bo‘yicha keng targ‘ibot ishlarini tashkil etish.

Media-reja asosida

III. Xirurgiya xizmati kadrlarining kasbiy va ilmiy salohiyatini oshirish

11.

Sog‘liqni saqlash sohasida boshqaruv (Healthcare Administration) yo‘nalishi bo‘yicha respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari va boshqa davlat tibbiyot muassasalari rahbarlari salohiyatini oshirish.

1. Sog‘liqni saqlash sohasida boshqaruv (Healthcare Administration) yo‘nalishi bo‘yicha o‘qitiladigan mutaxassislar ro‘yxatini shakllantirish.

2. Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazida sog‘liqni saqlash sohasida boshqaruv yo‘nalishi bo‘yicha menejer mutaxassislarini tayyorlash.

2021-yil 1-noyabrdan boshlab

-

Sog‘liqni saqlash vazirligi (Inoyatov)

12.

Markazda malakali xirurg mutaxassislarni tayyorlash maqsadida simulyatsion markazni tashkil etish va unda Markaz hududiy filiallarining mutaxassislarini o‘qitish ishlarini yo‘lga qo‘yish.

1. Markazda simulyatsion markazni tashkil etish, uni jihozlash va kadrlar bilan ta’minlash.

2. O‘quv dasturlarini ishlab chiqish va tasdiqlash.

3. Simulyatsion markazda Markazning hududiy filiallari va boshqa tibbiyot muassasalarining mutaxassislarini o‘qitish ishlarini yo‘lga qo‘yish.

2021 — 2023-yillar davomida

Hisob-kitoblar asosida/Xalqaro moliya tashkilotlari mablag‘lari

Sog‘liqni saqlash vazirligi (Xadjibayev),

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Vafayev),

Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya markazi (Ismailov)

13.

Markaz xodimlarining salohiyatini oshirish, tibbiyot sohasidagi ilg‘or xorijiy amaliyotga mos ravishda ularning bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish.

1. Markaz xodimlarini nufuzli xorijiy tibbiyot muassasalari va markazlariga malaka oshirish va stajirovka o‘tash uchun yuborilishi, shuningdek, yetakchi xorijiy mutaxassislarni Markazga jalb etish choralarini ko‘rish.

2. Xirurgiya hamda shu sohadagi laboratoriya yo‘nalishlari bo‘yicha yosh mutaxassislarning xorijdagi yetakchi ilmiy va tibbiyot markazlarida malaka oshirish va stajirovka o‘tash rejasini tuzish va rejaga muvofiq malaka oshirish va stajirovka o‘tashni ta’minlash.

2021 — 2023-yillar davomida

Hisob-kitoblar asosida/Iqtidorli va malakali tibbiyot mutaxassislarini qo‘llab-quvvatlash hamda tibbiyot muassasalariga jalb qilish jamg‘armasi mablag‘lari

Sog‘liqni saqlash vazirligi (Xadjibayev),

Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya markazi (Ismailov)

14.

Xirurgiya yo‘nalishida faoliyat yuritayotgan hududlardagi tibbiyot xodimlarining salohiyatini oshirish, ularning bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish.

1. Xirurgik va shoshilinch tibbiy yordam bo‘limlari, 35ta tumanlararo qo‘shma shikastlanishlar va o‘tkir qon-tomir kasalliklari markazlari shifokorlarini (xirurg, nefrolog, anesteziolog-reanimatolog va boshqalar) reja-grafik asosida qisqa muddatli kurslarda qayta tayyorlash.

2. Ushbu xodimlarni ishdan ajralmagan holda ularning ish joyida kasbiy malakasini oshirish tizimini joriy qilish.

3. Xirurgiya yo‘nalishida dolzarb masalalar bo‘yicha mahorat darslarini o‘tkazish.

2021-2022-yillar davomida

-

Sog‘liqni saqlash vazirligi (Xadjibayev),

Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi (Akilov),

Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi (Tulyaganov),

Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya markazi (Ismailov),

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

4. Hududlarda bosqichma-bosqich o‘quv-simulyatsion xonalar tashkil etish.

2022-yildan boshlab

15.

Markaz hamda uning hududiy filiallari, tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari tarkibidagi xirurgik bo‘limlar o‘rtasida xirurgik kasalliklarni erta aniqlash, tashxislash va davolash borasida telemeditsina yo‘li bilan doimiy aloqalarni yo‘lga qo‘yish.

1. Markaz hududiy filiallari va tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari tarkib�dagi xirurgik bo‘limlarini telemeditsina orqali muloqot uchun zarur uskunalar bilan ta’minlash va yuqori tezlikdagi internet tarmog‘iga ulash choralarini ko‘rish.

2. Markaz, uning hududiy filiallari va tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari tarkibidagi xirurgik bo‘limlari o‘rtasida reja asosida muntazam ravishdatelemeditsina yo‘li bilan bemorlar holatining muhokamasini tashkil etish.

2021-2022-yillar davomida

Hisob-kitoblar asosida/Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari mablag‘lari

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,

Sog‘liqni saqlash vazirligi (Sabirov),

Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya markazi (Ismailov)

IV. Xirurgiya xizmatining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash

16.

Markaz hududiy filiallari, tuman (shahar)lar tibbiyot birlashmalari tarkibidagi xirurgiya bo‘limlarini jihozlash standartlarini ishlab chiqish va tasdiqlash.

1. Markaz hududiy filiallari, tuman (shahar)lar tibbiyot birlashmalari tarkibidagi xirurgiya bo‘limlarining jihozlanishi darajasini o‘rganib chiqish.

2. Mazkur bo‘limlarni bemorlar soni, muassasa sharoitlaridan kelib chiqib, jihozlash standartlarini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2021-yil 1-dekabr

-

Sog‘liqni saqlash vazirligi (Inoyatov),

Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya markazi (Ismailov)

17.

Tuman (shahar)lar tibbiyot birlashmalari tarkibidagi xirurgiya bo‘limlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash.

Toshkent shahri, hududlar markazlari, 35 ta tumanlararo qo‘shma shikastlanishlar va o‘tkir qon-tomir kasalliklari markazlariga biriktirilgan 126 ta tuman (shahar)lardan tashqari 26 ta tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari tarkibidagi xirurgiya bo‘limlarini belgilangan talablarga asosan tibbiy asbob-uskunalar bilan ta’minlash choralarini ko‘rish.

2022-2023-yillar davomida

71,4 mlrd so‘m/O‘zbekiston Respublikasi respublika budjeti hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari teng ulushlarda

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Sog‘liqni saqlash vazirligi (Xadjibayev)

18.

Markaz hududiy filiallarini zarur asbob-uskunalar va onlayn rejimda ma’lumotlar uzatish imkonini beradigan aloqa xizmati bilan ta’minlash.

1. Markaz filiallari ehtiyojlarini o‘rganish.

2. O‘rganish natijalaridan kelib chiqib, zarur asbob-uskunalar ro‘yxatini tuzish.

3. Markaz filiallarini asbob-uskunalar bilan jihozlash.

2021-yil 1-dekabr

42,5 mlrd so‘m/ O‘zbekiston Respublikasi respublika budjeti hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari mablag‘lari teng ulushlarda

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,

Sog‘liqni saqlash vazirligi (Xadjibayev),

Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya markazi (Ismailov)

19.

Markazni modernizatsiya qilish, uning moddiy-texnika bazasini kuchaytirish.

1. Markazning moddiy-texnika bazasini xatlovdan o‘tkazish.

2. Markaz faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha xalqaro moliya tashkilotlaridan mablag‘ jalb qilish choralarini ko‘rish.

2021-yil

1-noyabr

11 mln dollar/Xalqaro moliya tashkilotlari mablag‘lari

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

(Vafayev),

Sog‘liqni saqlash vazirligi (Azizov)

Sog‘liqni saqlash vazirligi (Xadjibayev),

Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya markazi (Ismailov)

3. Markazni zarur asbob-uskunalar bilan jihozlash.

4. Markaz reanimatsiya bo‘limlarini tibbiy azot monooksidi gazi bilan ta’minlash.

5. Markazda immunogenetik laboratoriyani tashkil etish va jihozlash.

2022-yil yakuniga qadar

20.

Markazda tibbiy xizmatlar ko‘rsatish, diagnostika va xirurgik amaliyotlarning sifatini oshirish.

1. Markaz ilmiy patologik anatomiya bo‘limini to‘liq ta’mirlash.

2021 — 2023-yillar davomida

1,5 mlrd so‘m/ Sog‘liqni saqlash vazirligiga Davlat budjetidan ajratilgan mablag‘lar

Sog‘liqni saqlash vazirligi (Xadjibayev), Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya markazi (Ismailov)

2. Markazning biokimyoviy laboratoriya bo‘limini to‘liq ta’mirlash.

1,5 mlrd so‘m/ Sog‘liqni saqlash vazirligiga Davlat budjetidan ajratilgan mablag‘lar

3. Markazning jigar va o‘t yo‘llari xirurgiyasi bo‘limini to‘liq ta’mirlash.

2 mlrd so‘m/ Sog‘liqni saqlash vazirligiga Davlat budjetidan ajratilgan mablag‘lar

4. Yordamchi texnika uskunalari joylashgan Markaz yerto‘lasini to‘liq ta’mirlash.

2,5 mlrd so‘m/ Sog‘liqni saqlash vazirligiga Davlat budjetidan ajratilgan mablag‘lar

21.

Markaz faoliyatiga axborot texnologiyalarini keng joriy etish.

1. Markazda xirurgik kasalliklarga chalingan fuqarolarga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar bo‘yicha axborot tizimini yaratish hamda elektron hujjatlar aylanishini joriy etish.

2. Axborot tizimi va elektron hujjatlar aylanishini tajriba-sinovdan o‘tkazish va ishga tushirish.

2022-yil yakuniga qadar

Hisob-kitoblar asosida/Sog‘liqni saqlash vazirligiga Davlat budjetidan ajratilgan mablag‘lar

Sog‘liqni saqlash vazirligi (Azizov),

Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya markazi (Ismailov)

V. Xirurgiya yo‘nalishida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish

22.

Nufuzli xorijiy ilmiy, tibbiyot tashkilotlari bilan hamkorlik aloqalarini kengaytirish.

1. Nufuzli xorijiy ilmiy, tibbiyot tashkilotlari bilan hamkorlik memorandumlarini tuzish.

2. Doimiy asosda o‘zaro tajriba almashishni yo‘lga qo‘yish.

2021 — 2023-yillar davomida

-

Sog‘liqni saqlash vazirligi (Xadjibayev),

Tashqi ishlar vazirligi (Kamilov), Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya markazi (Ismailov)

23.

Xirurgiya xizmatini rivojlantirishda xorijiy mutaxassislar salohiyatidan keng foydalanish, ularning tajribasini o‘rganish va amaliyotga keng joriy etish.

1. Nufuzli xorijiy ilmiy, tibbiyot tashkilotlari mutaxassislari bilan yaqin aloqalarni yo‘lga qo‘yish.

2. Xorijiy mutaxassislar ishtirokida o‘quv kurslari, mahorat darslari, seminar (vebinar)lar va boshqa tadbirlar tashkil etish.

2021 — 2023-yillar davomida

Hisob-kitoblar asosida/Iqtidorli va malakali tibbiyot mutaxassislarini qo‘llab-quvvatlash hamda tibbiyot muassasalariga jalb qilish jamg‘armasi mablag‘lari

Sog‘liqni saqlash vazirligi (Xadjibayev),

Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya markazi (Ismailov)

24.

Aholi orasida xirurgik kasalliklarni erta aniqlash, bemorlarni davolash va ushbu kasalliklarning profilaktikasini kuchaytirish uchun xorijiy grantlar, texnik va boshqa tashqi beg‘araz ko‘mak mablag‘larini jalb etish.

1. Aholi orasida xirurgik kasalliklarni erta aniqlash, bemorlarni davolash va ushbu kasalliklarning profilaktikasini kuchaytirish bo‘yicha grant loyihalarini ishlab chiqish.

2. Grant loyihalarini Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga taqdim etish.

3. Xorijiy grantlar, texnik va boshqa tashqi beg‘araz ko‘mak mablag‘larini jalb etish choralarini ko‘rish.

2021-2022-yillar davomida

-

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Qudratov),

Sog‘liqni saqlash vazirligi (Xadjibayev)

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа


Markaz, uning hududiy filiallari hamda tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari tarkibidagi xirurgiya bo‘limlari faoliyatini takomillashtirish uchun jami xarajatlar — 131,4 mlrd so‘m va 11 mln AQSH dollari.

shundan:

mlrd so‘mda

mln AQSH dollarida

Davlat budjeti mablag‘lari

131,4

shu jumladan: mahalliy budjet mablag‘lari

57

xalqaro moliya institutlari mablag‘lari

-

11

(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 29-yanvardagi PF-61-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.01.2022-y., 06/22/61/0084-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-oktabrdagi PQ-5254-son qaroriga
4-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan o‘zgartirishlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 3-fevraldagi “2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi PF-6155-son Farmoniga ilovaning 190-bandi “Hujjat shakli, amalga oshirish mexanizmi, kutilayotgan natija” ustunining uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“ixtisoslashtirilgan endokrinologiya muassasalarini (Buxoro, Jizzax, Samarqand, Surxondaryo, Sirdaryo, Toshkent, Xorazm va Farg‘ona viloyatlari endokrinologiya dispanserlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Toshkent shahar endokrinologiya dispanserlari, akademik Yo.X. To‘raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot Markazi) zamonaviy tibbiyot asbob-uskunalari bilan jihozlash;”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 5-maydagi “Sog‘liqni saqlash tizimida olib borilayotgan islohotlarni izchil davom ettirish va tibbiyot xodimlarining salohiyatini oshirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish to‘g‘risida”gi PF-6221-son Farmoni 8-bandining to‘qqizinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Belgilansinki, Jamg‘arma mablag‘lari tarkibi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlanadigan Ishchi guruhining qaroriga asosan hududiy tibbiyot muassasalariga xorijdan ishga jalb qilinadigan malakali mutaxassislar, mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan iqtidorli mutaxassislarga zarur shart-sharoitlar yaratish, shu jumladan ularni moddiy rag‘batlantirish to‘lovlarini amalga oshirish, shuningdek, tibbiyot xodimlarini nufuzli xorijiy tibbiyot muassasalari va markazlariga malaka oshirish va stajirovka o‘tash uchun yuborish, yetakchi xorijiy mutaxassislarni davlat tibbiyot muassasalari faoliyatiga jalb etish bilan bog‘liq xarajatlarni moliyalashtirish uchun yo‘naltiriladi”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 27-maydagi “Osiyo taraqqiyot banki va Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki ishtirokida “O‘zbekiston Respublikasida koronavirus SOVID-19 infeksiyasiga qarshi shoshilinch choralarni ko‘rish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5129-son qarori 5-bandi beshinchi xatboshisidagi “2021-yil 1-oktabrga qadar” so‘zlari “2022-yil 1-fevralga qadar” so‘zlari bilan almashtirilsin.
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.10.2021-y., 07/21/5254/0933-son, 25.12.2021-y., 07/21/61/1195-son; 29.01.2022-y., 06/22/61/0084-son; 24.02.2022-y., 06/22/78/0163-son)