04.10.2021 yildagi PQ-5252-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Chakana savdo va xizmat koʻrsatish sohasida nazorat-kassa texnikasidan foydalanishni takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Chakana savdo va xizmat koʻrsatish sohasida hisob-kitoblarni amalga oshirish tartibini takomillashtirish, zamonaviy axborot yechimlarini joriy etish, iqtisodiyotda xufiyona aylanmani qisqartirish, shuningdek, ushbu sohada taʼsirchan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Belgilansinki:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) 2024-yil 1-yanvardan boshlab:
(1-band “a” kichik bandining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 10-yanvardagi PQ-13-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.01.2024-y., 07/24/13/0013-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
chakana savdo, umumiy ovqatlanish va aholiga maishiy xizmat koʻrsatish obyektlarida xaridni amalga oshirgan va ushbu xaridni soliq organlarining maxsus mobil ilovasida xarid chekining fiskal belgisini matritsali shtrix kod (QR-kod) yordamida skanerlash orqali roʻyxatdan oʻtkazgan jismoniy shaxslarning bank kartalariga oy yakuni bilan xarid summasining bazaviy hisoblash miqdorining 60 baravaridan oshmagan qismidan 1 foizi respublika budjetidan qaytariladi, bundan avtomobil sotib olganlik uchun, temir yoʻl va avia chipta xaridi, kommunal va aloqa xizmati uchun toʻlov hamda oʻzini-oʻzi band qilgan shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan raqamli platformalarda generatsiya qilingan maxsus QR kod orqali berilgan xarid cheklari mustasno;
(1-band “a” kichik bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 19-maydagi PF-95-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.05.2026-y., 06/26/95/0508-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
nazorat-kassa texnikasini va hisob-kitob terminallarini qoʻllash tartibini buzganlik, naqd pul mablagʻlari yoki plastik kartochkalar boʻyicha toʻlov shakliga qarab narxlarni sunʼiy ravishda oshirganlik yoki pasaytirganlik, tadbirkorlik faoliyatini davlat roʻyxatidan oʻtmasdan amalga oshirganlik, shuningdek, identifikatsiya qilish vositalari bilan majburiy raqamli markirovka qilish nazarda tutilgan mahsulotlarda qalbaki markirovka qoʻllanilganlik yoki markirovka mavjud emasligi toʻgʻrisida soliq organlariga maxsus dastur orqali xabar bergan jismoniy shaxslarga, ushbu maʼlumot asosida oʻtkazilgan tekshirish yakuniga koʻra huquqbuzarlardan undirilgan jarima summasi hisobidan nazorat-kassa texnikasining va (yoki) hisob-kitob terminallarini qoʻllamasdan savdoni amalga oshirganlik va xizmatlar koʻrsatganlik boʻyicha belgilangan jarimaning 20 foizi miqdorida mukofot toʻlanadi. Bunda, jarimaning qolgan undiriladigan qismi belgilangan tartibda taqsimlanadi;
(1-band “a” kichik bandining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-dekabrdagi PQ-73-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2021-y., 07/21/73/1227-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) toʻlov tizimlari operatorlari oʻz toʻlov tizimlarini onlayn nazorat-kassa mashinalariga majburiy ravishda ulash va shu orqali soliq organlarining axborot tizimlariga integratsiyalashni taʼminlash talabi oʻrnatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Quyidagilar taqiqlansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) 2022-yil 1-yanvardan boshlab Mahsulotlar (tovarlar va xizmatlar) yagona elektron milliy katalogi identifikatsiyalash kodlari aks ettirilmaydigan onlayn nazorat-kassa mashinasi va virtual kassa cheklarini taqdim etish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat soliq qoʻmitasi ushbu kichik bandning birinchi xatboshisida oʻrnatilgan talablar buzilgan onlayn nazorat-kassa mashinalari va virtual kassalarni tegishli reyestrdan chiqarib tashlash choralarini koʻrib borsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) 2022-yil 1-yanvardan boshlab quyidagi imkoniyatlarga ega boʻlmagan onlayn nazorat-kassa texnikalarini davlat reyestriga kiritish hamda soliq organlarida roʻyxatga olish, 2023-yil 1-yanvardan boshlab esa ulardan aholi bilan pulli hisob-kitoblarni amalga oshirishda foydalanish:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bank kartalari orqali toʻlovlarni qabul qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
onlayn nazorat-kassa mashinasining joylashgan joyi toʻgʻrisidagi maʼlumotni soliq organlariga taqdim etish (virtual kassalar va onlayn nazorat-kassa mashinasi sifatida foydalanilayotgan bank kartalarini qabul qiluvchi terminallar bundan mustasno);
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
chakana savdoni amalga oshiruvchi tadbirkorlik subyektlari uchun — shtrix-kodlar va raqamli markirovka kodlarini erkin oʻqish va aniqlash.
(2-band “b” kichik bandining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-apreldagi PF-101-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.04.2022-y., 06/22/101/0288-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. 2022-yil 1-yanvardan boshlab raqamli markirovkalangan mahsulotlar chakana savdosini amalga oshiruvchi tadbirkorlik subyektlari uchun onlayn nazorat-kassa mashinasi va virtual kassaga ulangan, shtrix-kodlar va raqamli markirovka kodlarini toʻgʻri oʻqishni va aniqlashni taʼminlovchi maxsus qurilmalardan (2D-skanerlar, maʼlumotlarni yigʻuvchi terminallar yoki boshqa turdagi maxsus qurilmalar) majburiy foydalanish talabi oʻrnatilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2023-yil 1-yanvarga qadar tadbirkorlik subyektlariga onlayn nazorat-kassa mashinasi hamda mazkur bandning birinchi xatboshisida nazarda tutilgan maxsus qurilmalarning har birini sotib olish bilan bogʻliq xarajatlar summasiga, lekin bitta qurilma uchun bazaviy hisoblash miqdorining 4 baravaridan koʻp boʻlmagan miqdorda, hisoblangan va toʻlanishi lozim boʻlgan foyda soligʻi yoki aylanmadan olinadigan soliq yoxud yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan toʻlanadigan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi summalarini kamaytirish huquqi berilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Davlat soliq qoʻmitasi Markaziy bank bilan birgalikda 2022-yil 1-aprelga qadar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
toʻlov terminali orqali amalga oshirilgan toʻlovlarning bir vaqtning oʻzida onlayn nazorat-kassa mashinasi va virtual kassa cheklarida ham aks ettirilishini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
barcha toʻlov tizimlarini onlayn nazorat-kassa mashinalari operatorlariga toʻliq ulashni taʼminlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. 2022-yil 1-fevraldan boshlab toʻlov tashkiloti, tijorat banklarining elektron toʻlov xizmatlari (shu jumladan mobil ilovalar orqali), shuningdek, elektron tijorat platformalari — “Marketpleys”-larning axborot tizimlari yordamida masofadan turib amalga oshirilgan savdo va pullik xizmatlar boʻyicha tranzaksiya-larning (“P2P”, kredit toʻlovlari bundan mustasno) elektron cheklarida soliq organlari axborotlar tizimlariga integratsiyalashgan va avtomatik tarzda shakllanuvchi fiskal belgilarni majburiy aks ettirish talabi oʻrnatilsin.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-dekabrdagi PQ-73-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2021-y., 07/21/73/1227-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Davlat soliq qoʻmitasi 2022-yil 1-martga qadar ishlab chiqaruvchilar va chakana savdo tarmoqlari tomonidan oʻz mijozlari oʻrtasida lotereya va yutuqli oʻyinlar oʻtkazish uchun mahsulotlarning chakana realizatsiyasi hajmlari va nomenklaturasi haqida maʼlumot berish imkoniyatiga ega axborot platformasini ishlab chiqishni yakunlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Moliya vazirligi Davlat soliq qoʻmitasining oʻrnatilgan tartibdagi soʻrovi asosida xarid chekining fiskal belgisini matritsali shtrix-kod (QR-kod) yordamida skanerlash orqali roʻyxatdan oʻtkazgan jismoniy shaxslarga xarid summasining 1 foizi respublika budjeti mablagʻlari hisobidan belgilangan muddatlarda oʻtkazib borilishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ushbu qaror mohiyati va mazmunining, shu jumladan ommaviy axborot vositalari va Internet tarmogʻi orqali keng tushuntirilishini tashkil qilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Davlat soliq qoʻmitasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Mazkur qaror ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib Davlat soliq qoʻmitasi raisi Sh.D. Kudbiyev belgilansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qaror ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2021-yil 4-oktabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PQ-5252-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.10.2021-y., 07/21/5252/0928-son; 30.12.2021-y., 07/21/73/1227-son; 09.04.2022-y., 06/22/101/0288-son ; 10.02.2023-y., 06/23/21/0085-son; 10.01.2024-y., 07/24/13/0013-son; 20.05.2026-y., 06/26/95/0508-son)