30.09.2021 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3322
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarori

Mijozlarni raqamli identifikatsiya qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2021-yil 30-sentabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3322]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi hamda “Toʻlovlar va toʻlov tizimlari toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Mijozlarni raqamli identifikatsiya qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Rais M. NURMURATOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2021-yil 6-sentabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20/5-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kelishildi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bosh prokuratura huzuridagi Departament boshligʻi D. RAXIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2021-yil 31-avgust
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh. SADIKOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2021-yil 6-sentabr
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2021-yil 6-sentabrdagi 20/5-son qaroriga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mijozlarni raqamli identifikatsiya qilish tartibi toʻgʻrisidagi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM

Oldingi tahrirga qarang.

Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi, “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi, “Toʻlovlar va toʻlov tizimlari toʻgʻrisida”gi va “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq banklar, mikromoliya tashkilotlari, lombardlar va toʻlov tashkilotlari (bundan buyon matnda kredit va toʻlov tashkilotlari deb yuritiladi) tomonidan jismoniy shaxslarni (bundan buyon matnda mijoz deb yuritiladi) raqamli identifikatsiya qilish tartibi va shartlarini belgilaydi.
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2022-yil 8-iyuldagi 14/8-sonli qarori (roʻyxat raqami 3377, 01.08.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.08.2022-y., 10/22/3377/0696-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-bob. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ichki nazorat qoidalari — kredit va toʻlov tashkilotlarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
raqamli identifikatsiya — axborot tizimlaridan foydalangan holda mazkur Nizomda belgilangan talablar asosida mijozning shaxsini tekshirish va tasdiqlash jarayoni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
raqamli autentifikatsiya — avval identifikatsiya qilingan mijozdan real vaqt rejimida olingan fotosurat yoki videotasvirni dastlabki identifikatsiya maʼlumotlari bilan avtomatlashtirilgan holda (inson omilisiz) solishtirish orqali mijozning shaxsini tekshirish va tasdiqlash jarayoni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Roʻyxat — terrorizmga, ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishga qarshi kurashishni amalga oshiruvchi davlat organlari va Oʻzbekiston Respublikasining boshqa vakolatli organlaridan taqdim etilayotgan maʼlumotlar, shuningdek chet davlatlarning vakolatli organlari va xalqaro tashkilotlaridan rasmiy kanallar orqali taqdim etilayotgan maʼlumotlar asosida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti tomonidan tuzilgan terrorchilik faoliyatida yoki ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishda ishtirok etayotgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaxslar roʻyxati.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Kredit va toʻlov tashkilotlari mijozlarni raqamli identifikatsiya qilish tizimini yoʻlga qoʻyishdan oldin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishning ehtimoliy tavakkalchilik darajasini oʻrganish, tahlil qilish, aniqlash, baholash, monitoring qilish, boshqarish, hujjatlashtirish va uni kamaytirish choralarini koʻrishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻz ichki qoidalarida mijozlarni raqamli identifikatsiya qilish tartibini belgilashi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Kredit va toʻlov tashkilotlari:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mijozning identifikatsiya maʼlumotlarini himoya qilish boʻyicha zarur boʻlgan huquqiy, tashkiliy va texnik choralarni koʻrishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
identifikatsiya maʼlumotlarining ishonchliligi va toʻgʻriligini taʼminlashi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
identifikatsiya maʼlumotlarining soxtalashtirilishiga, ruxsatsiz oʻzgartirilishiga va oshkor qilinishiga qarshi choralarni koʻrishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
identifikatsiya maʼlumotlarini saqlash va ulardan foydalanish ustidan nazoratni taʼminlashi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
toʻlov xizmatlarini koʻrsatishda axborot xavfsizligi bilan bogʻliq operatsion xatarlarni kamaytirish va ularni nazorat qilish boʻyicha chora-tadbirlar tizimini, shu jumladan mijozni raqamli identifikatsiya qilish paytida xavfsizlikni taʼminlashi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
aloqa kanallari orqali kredit va toʻlov tashkilotlari xizmatlaridan foydalanishda mijoz uchun koʻp faktorli autentifikatsiya (mobil telefonga bogʻlanish yoki SMS xabar yuborish yoxud elektron pochta, shuningdek ijtimoiy tarmoqlar orqali mijozning shaxsini qoʻshimcha ravishda tekshirish va tasdiqlash) tartib-qoidalarini qoʻllashi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sohaga doir boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq axborot xavfsizligi boʻyicha zaruriy talablarni qoʻllashi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-bob. Mijozlarni raqamli identifikatsiya qilish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Raqamli identifikatsiya Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolariga, Oʻzbekiston Respublikasi hududida doimiy yoki vaqtincha yashaydigan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga nisbatan qoʻllaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Mijozlarni raqamli identifikatsiya qilishda kredit va toʻlov tashkiloti tomonidan quyidagi usullardan foydalaniladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mijoz tomonidan taqdim qilingan maʼlumotlarga tayangan holda kredit va toʻlov tashkilotining xodimi tomonidan mijoz shaxsini tekshirish va identifikatsiya qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kredit va toʻlov tashkilotining axborot tizimlari tomonidan real vaqt rejimida inson omilisiz mijozning shaxsini tekshirish va identifikatsiya qilish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Kredit va toʻlov tashkilotlari mazkur Nizomning 5-bandi ikkinchi xatboshisida qayd etilgan usul boʻyicha mijozning shaxsini tekshirish va identifikatsiya qilishda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shaxsni tasdiqlovchi hujjatning (biometrik pasport yoki identifikatsiya ID-kartasi yoxud yangi namunadagi haydovchilik guvohnomasining) ichki nazorat qoidalari talablariga muvofiq tegishli maʼlumotlarga ega boʻlgan qismlari fotosuratlarini mijozdan qabul qiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mazkur Nizom talablariga muvofiq mijozning fotosurati va (yoki) videotasvirini qabul qiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Elektron hukumat” tizimining jismoniy va yuridik shaxslar markaziy maʼlumotlar bazalariga (bundan buyon matnda markaziy maʼlumotlar bazasi deb yuritiladi) soʻrov yuborish orqali undagi maʼlumotlar bilan solishtiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shaxsni tasdiqlovchi hujjatda joylashgan fotosuratni mazkur Nizomga muvofiq qabul qilingan fotosurat va (yoki) videotasvir bilan, shuningdek markaziy maʼlumotlar bazasida joylashtirilgan fotosurat bilan (agar mavjud boʻlsa) solishtiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mijoz bilan bogʻlanishda foydalaniladigan mobil telefon raqamini aynan ushbu mijoz tomonidan foydalanilayotganligini aniqlash imkonini beruvchi usul (mobil telefonga bogʻlanish, SMS xabar yuborish) yordamida tekshiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ichki nazorat qoidalariga muvofiq mijozning yuqori darajadagi tavakkalchilik toifasiga kirishi yoki kirmasligi nuqtai nazaridan tekshiruvni amalga oshiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kredit va toʻlov tashkilotining masʼul xodimi mijoz bilan onlayn videokonferensaloqa seansini oʻrnatib, qabul qilingan hujjatlarning aynan unga tegishliligini tekshiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Kredit va toʻlov tashkilotlarining axborot tizimi mazkur Nizomning 5-bandi uchinchi xatboshisida qayd etilgan usul boʻyicha mijozning shaxsini tekshirish va identifikatsiya qilishda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) mijozdan shaxsini tasdiqlovchi hujjat (biometrik pasport yoki identifikatsiya ID-kartasi yoxud yangi namunadagi haydovchilik guvohnomasi) seriyasi va raqamini yoki jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami va tugʻilgan sanasini yoxud ushbu maʼlumotlardan barchasini hamda mazkur Nizomga muvofiq fotosuratini yoki videotasvirini real vaqt rejimida oladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) markaziy maʼlumotlar bazasiga soʻrov yuboradi va mijozning quyidagi shaxsiy maʼlumotlarini oladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
raqamli fotosurati (agar mavjud boʻlsa);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
biometrik pasport yoki identifikatsiya ID-kartasining berilgan sanasi, uning amal qilish muddati hamda berilgan joyi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat tilida familiyasi, ismi, otasining ismi (lotin yozuvida);
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jinsi, tugʻilgan mamlakati, tugʻilgan joyi, millati, fuqaroligi hamda yashash joyi yoki turgan joyi haqidagi maʼlumotlar;
(7-band “b” kichik bandining oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 14-noyabrdagi 27/10-sonli qarori (roʻyxat raqami 3709, 21.11.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.11.2025-y., 10/25/3709/1082-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) mijozdan real vaqt rejimida olingan fotosuratni yoki videotasvirdagi fotosuratni markaziy maʼlumotlar bazasidan olingan fotosurat bilan (agar mavjud boʻlsa) avtomatlashtirilgan holda (inson omilisiz) solishtiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) mijoz bilan bogʻlanishda foydalaniladigan mobil telefon raqamini aynan ushbu mijoz tomonidan foydalanilayotganligini aniqlash imkonini beruvchi usul (mobil telefonga bogʻlanish, SMS xabar yuborish) yordamida tekshiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
d) qabul qilingan maʼlumotlarni ichki nazorat qoidalariga muvofiq Roʻyxat bilan avtomatlashtirilgan holda (inson omilisiz) solishtiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Kredit va toʻlov tashkilotlari mijozni raqamli identifikatsiya qilishda oʻz axborot tizimlaridan yoki shartnoma asosida uchinchi shaxslar tomonidan taqdim etilgan axborot tizimlaridan foydalanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Mijozlarni raqamli identifikatsiya qilish uchun foydalaniladigan axborot tizimlari:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi serverlarda joylashgan boʻlishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
axborotni uzatishda oʻzaro shifrlashni taʼminlashi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
faqat real vaqt rejimida yaratilgan fotosurat va (yoki) videotasvirdan foydalanishni taʼminlashi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
fotosurat va (yoki) videotasvirni almashtirish hamda buzishdan, ilgari yaratilgan fotosurat va (yoki) videotasvirdan foydalanishdan himoyalangan boʻlishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
identifikatsiya qilishda mijozlar tomonidan boshqa mijozlarning fotosurati va (yoki) videotasviridan foydalanishga boʻlgan urinishlarni aniqlash imkonini berishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Mijozni raqamli identifikatsiya yoki raqamli autentifikatsiya qilishda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
fotosurat va (yoki) videotasvir rangli boʻlishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
videotasvir tovushli boʻlishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
fotosurat va (yoki) videotasvirda mijozning oʻzidan boshqa shaxslar boʻlishiga yoʻl qoʻyilmasligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mijozning yuzi qisman yoki toʻliq yashirilmagan boʻlishi, mijozning yuziga soya tushmasligi, shuningdek mijoz yuzni qoplaydigan koʻzoynakda (shaffof oynali koʻzoynakdan tashqari) boʻlmasligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
fotosurat va (yoki) videotasvirda mijozning yuzi yaqqol koʻrinishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-bob. Raqamli identifikatsiyani qoʻllash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Raqamli identifikatsiya qilish mazkur Nizomda belgilangan talablarni inobatga olgan holda quyidagi xizmatlarni koʻrsatishda qoʻllanilishi mumkin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
elektron hamyonlarni ochish va ularni boshqarish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bank hisobvaragʻini, shuningdek bank kartasini ochish va ularni boshqarish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bank kartalari yoki elektron pullar tizimlaridan foydalanilgan holda transchegaraviy pul oʻtkazmalarini amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
onlayn-mikroqarz olish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Kredit va toʻlov tashkilotlari raqamli identifikatsiyadan oʻtgan mijozlar bilan amalga oshiriladigan quyidagi operatsiyalarga nisbatan ichki nazorat qoidalariga muvofiq tavakkalchilik darajasini baholagan holda cheklovlarni oʻz ichki qoidalarida oʻrnatishlari shart:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
elektron pullar egasi tomonidan amalga oshiriladigan bir operatsiyaning maksimal summasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
elektron pullar egasining bitta elektron qurilmasida saqlanayotgan elektron pullarning maksimal summasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
elektron pullar egasi tomonidan kalendar oy davomida amalga oshirilgan tranzaksiyalar summasining yigʻindisi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bank hisobvaragʻining (kartasining) egasi tomonidan kalendar oy mobaynida amalga oshiriladigan tranzaksiyalar summasining yigʻindisi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
onlayn-mikroqarz miqdori.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kredit va toʻlov tashkilotlari mijozlarni raqamli identifikatsiya qilish, avval identifikatsiya qilingan mijozlarni esa raqamli autentifikatsiya qilish yuzasidan har bir mijoz tomonidan amalga oshiriladigan operatsiyalarga tavakkalchilik darajasini baholagan holda cheklovlar oʻrnatishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda, kredit va toʻlov tashkilotlari mijozlarni ichki nazorat qoidalariga muvofiq lozim darajada tekshirishlari va skoring tahlilini amalga oshirishlari kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Kredit yoki toʻlov tashkilotlari mijozni axborot tizimlari orqali raqamli identifikatsiya yoki raqamli autentifikatsiya qilgan holda unga tegishli bank kartalarini masofadan turib blokdan chiqarishi mumkin, bunda bu haqida darhol mijozning shaxsan oʻziga boshqa aloqa kanallari orqali xabar berilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Kredit va toʻlov tashkilotlari mijozlarning belgilangan cheklovlarni chetlab oʻtishga qaratilgan urinishlarini aniqlash va oldini olish yuzasidan choralar koʻrishlari kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Quyidagi holatlarda mijozlar raqamli identifikatsiya qilinmaydi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mijoz va (yoki) mijoz tomonidan amalga oshirilayotgan operatsiya ichki nazorat qoidalariga muvofiq yuqori darajadagi tavakkalchilik toifasiga kirgan taqdirda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mijoz tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlarning haqiqiyligiga shubha tugʻilganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shaxsni tasdiqlovchi hujjatdagi fotosuratning ushbu Nizomga muvofiq olingan fotosurat va (yoki) videotasvir hamda markaziy maʼlumotlar bazasiga joylashtirilgan fotosurat bilan (agar mavjud boʻlsa) mosligiga shubha mavjud boʻlganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mijozdan olingan maʼlumotlar markaziy maʼlumotlar bazasiga joylashtirilgan maʼlumotlarga mos kelmaganda yoki mos kelishini tekshirishning iloji boʻlmaganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
fotosurat va (yoki) videotasvir ushbu Nizom talablariga mos kelmaganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirish boʻyicha shubhalar mavjud boʻlganda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Raqamli identifikatsiya qilishda mijozning barcha identifikatsiya maʼlumotlari Roʻyxatga kiritilgan shaxsning maʼlumotlari bilan qisman yoki toʻliq mos kelgan taqdirda kredit va toʻlov tashkilotlari ichki nazorat qoidalarida nazarda tutilgan choralarni koʻrishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Mijozni raqamli identifikatsiya qilish natijasi boʻyicha mijoz anketasini toʻldirish va yuritish ichki nazorat qoidalarida belgilangan talablar asosida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-bob. Yakuniy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Kredit va toʻlov tashkilotlari mijozni raqamli identifikatsiya va raqamli autentifikatsiya qilishning sifati uchun javobgardirlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Mijozlarni raqamli identifikatsiya qilishni yoʻlga qoʻygan kredit va toʻlov tashkilotlari oʻn kun muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga quyidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan hisobotni taqdim etadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mijozlarni raqamli identifikatsiya qilish tizimini yoʻlga qoʻyish sanasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mijozlarni raqamli identifikatsiya qilish jarayonlarining toʻliq tavsifi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kredit va toʻlov tashkilotlari tomonidan mijozlarni raqamli identifikatsiya qilish orqali koʻrsatiladigan xizmatlarning roʻyxati.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Kredit va toʻlov tashkilotlari raqamli identifikatsiya qilingan mijozlar boʻyicha ichki nazorat qoidalarida koʻzda tutilgan maʼlumotlarga qoʻshimcha ravishda, mijozlardan olingan fotosuratlar va (yoki) videotasvirlarni, mijoz shaxsini tekshirish va identifikatsiya qilish amalga oshirilgan aniq sana va vaqti qayd etilgan hujjatlarni, shuningdek markaziy maʼlumotlar bazasidan foydalangan holda maʼlumotlarni tekshirish natijalarini mijozlar anketalari bilan birgalikda ichki nazorat qoidalariga muvofiq besh yil davomida saqlashlari shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Kredit va toʻlov tashkilotlarining axborot tizimlari raqamli identifikatsiya va raqamli autentifikatsiya qilingan mijozlar va ularning soni haqida tezkor maʼlumot olish imkoniyatini taʼminlashi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Kredit va toʻlov tashkilotlari mijozni raqamli identifikatsiya qilish natijasida olingan maʼlumotlarga oʻzgartirishlar kiritishda ushbu Nizom talablariga amal qilishlari kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti bilan kelishilgan.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.09.2021-y., 10/21/3322/0923-son; 01.08.2022-y., 10/22/3377/0696-son; 24.11.2025-y., 10/25/3709/1082-son)