Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining
Qarori
TAʼLIM TOʻGʻRISIDA”GI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNINI AMALGA KIRITISh TARTIBI TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni qabul qilinishi munosabati bilan amalda oʻz ahamiyatini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qaror qiladi:
1. “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni eʼlon qilingan paytdan boshlab amalga kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi 1992-yil 1-oktabrga qadar:
taʼlim toʻgʻrisidagi davlat standartini joriy etish hamda uning mazmuni haqidagi, taʼlim muassasalarini attestatsiyalash, akkreditatsiya qilish va litsenziyalash hamda pedagog kadrlarni attestatsiyalash xususidagi nizomlarni tasdiqlasin, “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining qoʻllanilishini taʼminlaydigan boshqa normativ hujjatlarni qabul qilsin;
amaldagi qonunlarni “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiqlashtirish xususida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashiga takliflar kiritsin;
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlarini “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiqlashtirsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Raisi Sh. YOʻLDOShEV
Toshkent sh.,
1992-yil 2-iyul,
637-XII-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-y., 9-son, 343-modda)