Hujjat kuchini yo‘qotgan 21.07.2026 23.09.2021 yildagi 597-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 21.07.2026
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori

Arxiv ishi va ish yuritish sohasida davlat xizmatlari koʻrsatishning ayrim maʼmuriy reglamentlarini tasdiqlash toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 20-iyuldagi 393-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat xizmatlari koʻrsatish infratuzilmasini takomillashtirish va aholining davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 24-iyuldagi PF-6269-son Farmoni ijrosini taʼminlash hamda arxiv ishi va ish yuritish sohasida davlat xizmatlarini koʻrsatish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Quyidagilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yaroqsiz holatga kelgan yoki yoʻqotilgan mehnat daftarchasidagi yozuvlarni tasdiqlash boʻyicha davlat xizmati koʻrsatish, ariza berish va uni koʻrib chiqish, maʼlumotnomani ariza beruvchiga taqdim etish tartibini nazarda tutuvchi Yaroqsiz holatga kelgan yoki yoʻqotilgan mehnat daftarchasidagi yozuvlarni tasdiqlash boʻyicha davlat xizmati koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti 1-ilovaga muvofiq.
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 20-noyabrdagi 612-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.11.2023-y., 09/23/612/0874-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzarxiv” agentligi oʻn kun muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) elektron xizmatlarni joriy qilish boʻyicha texnik hujjatlarni Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga taqdim etsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi “Oʻzarxiv” agentligi hamda Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi bilan birgalikda bir oy muddatda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ushbu qaror bilan tasdiqlanayotgan maʼmuriy reglamentlar boʻyicha davlat xizmatlarining YIDXP orqali joriy etilishini taʼminlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
YIDXPda davlat xizmatlari koʻrsatishning har bir bosqichida murojaatlar koʻrib chiqilishini kuzatib borish tartibini joriy etsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat xizmatlarini koʻrsatish uchun yigʻimlarning Davlat xizmatlari koʻrsatilganligi uchun toʻlangan davlat bojlari va yigʻimlar summasi hisobini yurituvchi yagona billing tizimi orqali elektron tarzda toʻlanishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Belgilansinki, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “Oʻzarxiv” agentligi tizimidagi davlat arxivlari tomonidan davlat xizmatlarini koʻrsatish uchun elektron maʼlumot almashishni taʼminlovchi axborot tizimini ishlab chiqish va ishga tushirish, davlat arxivlarining axborot tizimini joriy etishda talab etiladigan moddiy-texnik bazani mustahkamlash uchun xarajatlar “Oʻzarxiv” agentligi huzuridagi Arxiv ishini rivojlantirish jamgʻarmasi hisobidan amalga oshiriladi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martdagi 135-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi “Oʻzarxiv” agentligi tizimidagi davlat arxivlari tomonidan davlat xizmatlarining belgilangan tartibda koʻrsatilishi ustidan, shu jumladan, YIDXP orqali doimiy nazorat oʻrnatsin.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-sentabrdagi 541-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.09.2022-y., 09/22/541/0859-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida arxiv ishini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2012-yil 5-apreldagi 101-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2012-y., 15-son, 168-modda) 3-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzarxiv” agentligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi — IT-texnologiyalar, telekommunikatsiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish masalalari departamenti boshligʻi O.M. Umarov hamda Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzarxiv” agentligi direktori U.M. Yusupov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2021-yil 23-sentabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
597-son

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 23-sentabrdagi 597-son qaroriga
1-ILOVA

Yaroqsiz holatga kelgan yoki yoʻqotilgan mehnat daftarchasidagi yozuvlarni tasdiqlash boʻyicha davlat xizmati koʻrsatishning
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
MAʼMURIY REGLAMENTI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-bob. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ushbu Reglament jismoniy shaxslarga yoki ularning yaqin qarindoshlariga (eri yoki xotini, farzandlari, nevaralari, aka-uka va opa-singillari) (keyingi oʻrinlarda — ariza beruvchi) yaroqsiz holatga kelgan yoki yoʻqotilgan mehnat daftarchasidagi davlat arxivlarida saqlanayotgan tashkilotlar boʻyicha yozuvlarni tasdiqlash yuzasidan davlat xizmati (keyingi oʻrinlarda — davlat xizmati) koʻrsatish tartibini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Davlat xizmati davlat xizmatlari markazlari yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) orqali davlat arxivlari tomonidan koʻrsatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Davlat xizmatlari markazlari va davlat arxivlari oʻrtasidagi axborot almashinuvi elektron raqamli imzoni (keyingi oʻrinlarda — ERI) majburiy tartibda qoʻllash orqali faqat idoralararo elektron bogʻlanish yordamida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Davlat xizmati ushbu Reglamentga 1-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha koʻrsatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-bob. Davlat xizmatini koʻrsatish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanish uchun davlat xizmatlari markaziga oʻzi kelib murojaat etadi yoki davlat xizmatlaridan elektron shaklda foydalanish uchun YIDXPdan roʻyxatdan oʻtadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Ariza beruvchi oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda, davlat xizmatlari markazi xodimi ariza beruvchi nomidan, YIDXP orqali murojaat etgan taqdirda esa — mustaqil ravishda ushbu Reglamentga 2-ilovaga muvofiq shakldagi soʻrovnomani elektron tarzda toʻldiradi. Ariza beruvchi ishonchnoma asosida harakat qilayotganda, soʻrovnomaga notarial tasdiqlangan ishonchnoma nusxasi ilova qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Davlat xizmatlari markazlari tomonidan soʻrovnoma toʻldirilgandan soʻng ariza beruvchi maʼlumotlarning toʻgʻriligini tekshirib, soʻrovnomani imzolarni identifikatsiya qilishning tegishli vositalari (ERI, daktiloskopiya, elektron imzo, Mobil-ID va boshqalar) bilan tasdiqlaydi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-sentabrdagi 541-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.09.2022-y., 09/22/541/0859-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-sentabrdagi 541-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.09.2022-y., 09/22/541/0859-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Ariza beruvchilar YIDXP orqali murojaat etgan taqdirda, soʻrovnomani ERI bilan tasdiqlash talab etilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Davlat xizmati koʻrsatilganligi uchun yaroqsiz holatga kelgan yoki yoʻqotilgan mehnat daftarchasidagi 1 ta tashkilotdagi ishga kirgan va ishdan boʻshaganligi boʻyicha yozuvlarni tasdiqlash uchun bazaviy hisoblash miqdorining 0,08 barobari miqdorida yigʻim undiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda davlat xizmatidan foydalanish uchun YIDXP orqali murojaat etilganda, ushbu bandning birinchi xatboshisida koʻrsatilgan yigʻim summasining 90 foizi undiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Yigʻim summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) davlat xizmatlari markazlari orqali murojaat etilganda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasiga;
(11-band “a” kichik bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-sentabrdagi 541-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.09.2022-y., 09/22/541/0859-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
0,5 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetiga;

qolgan mablagʻlar — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “Oʻzarxiv” agentligi tizimidagi davlat xizmatini koʻrsatgan davlat arxivining hisobvaragʻiga oʻtkaziladi.
(11-band “a” kichik bandining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martdagi 135-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) YIDXP orqali murojaat etilganda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasiga;
(11-band “b” kichik bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-sentabrdagi 541-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.09.2022-y., 09/22/541/0859-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11,25 foizi — Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasining elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish boʻyicha maxsus hisobvaragʻiga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
0,5 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetiga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qolgan mablagʻlar — davlat xizmatini koʻrsatgan davlat arxivining hisobvaragʻiga oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Ariza beruvchi tomonidan davlat xizmatini koʻrsatish uchun yigʻimni toʻlamaslik davlat xizmatini koʻrsatishni rad etish uchun asos hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat xizmatini koʻrsatishni boshqa asoslar boʻyicha rad etish taqiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanishdan uni koʻrsatishning har qanday bosqichida bosh tortish huquqiga ega. Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanishdan bosh tortganda, uning soʻrovnomasi koʻrib chiqilmasdan qoldiriladi. Bunda davlat xizmati koʻrsatilgani uchun toʻlov summasi qaytarilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Ariza beruvchi davlat xizmatlari markaziga kelib murojaat etgan taqdirda, uning soʻrovnomasi davlat xizmatlari markazi xodimi tomonidan toʻldirilib, ariza beruvchi tomonidan tasdiqlangandan soʻng 10 daqiqa mobaynida, YIDXP orqali murojaat etganda, avtomatik tarzda tegishli davlat arxiviga elektron shaklda yuboriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Soʻrovnomada soʻralayotgan tashkilotlar hujjatlari tegishli davlat arxivida mavjud boʻlmaganda, soʻrovnomani qabul qilgan davlat arxivi bir ish kuni mobaynida tegishli maʼlumot saqlanayotgan davlat arxivini aniqlaydi (tashkilotlar hujjatlari boshqa arxivda mavjud boʻlmagan holatlar bundan mustasno) va soʻrovnomani tegishliligi boʻyicha davlat arxivlariga yuboradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tegishli davlat arxivi soʻrovnoma tushgan vaqtdan boshlab yoʻqotilgan mehnat daftarchasidagi yozuvlarni tasdiqlashga oid maʼlumotnomalar uchun 20 ish kunidan oshmagan muddatda tegishli QR-kodli (matrik shtrixli kod) maʼlumotnomani shakllantiradi hamda (oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda) tegishli davlat xizmatlari markaziga yoki (elektron shaklda murojaat etgan taqdirda) YIDXP orqali elektron shaklda ariza beruvchiga yuboradi. Bunda toʻlangan yigʻim, agar mavjud boʻlsa, bank xizmati toʻlovini ayirgan holda, soʻrovnomani qabul qilgan arxivdan soʻrovnomani bajargan arxivga oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soʻrovnoma arxiv hujjatlari asosida koʻrib chiqilib, tegishli maʼlumot aniqlanmagan taqdirda, toʻlangan yigʻim miqdori ariza beruvchiga qaytarilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Davlat xizmatlari markazi maʼlumotnoma tushgandan soʻng 10 daqiqa mobaynida uni ariza beruvchining elektron manziliga yuboradi va uni bu haqda axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ariza beruvchi davlat xizmatlari markaziga kelib murojaat qilgan taqdirda, uning soʻroviga koʻra davlat xizmatlari markazi unga maʼlumotnomani elektron yoki qogʻoz shaklda taqdim etishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-bob. Yakunlovchi qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Davlat xizmatlari markazlari va davlat arxivlari oʻz faoliyatini amalga oshirishi natijasida olingan maʼlumotlarning sir saqlanishini taʼminlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari va davlat xizmatlari markazlari ushbu Reglament talablari ijrosi boʻyicha davlat organlari va boshqa tashkilotlarning faoliyatini doimiy nazorat qiladi hamda monitoring olib boradi.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-sentabrdagi 541-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.09.2022-y., 09/22/541/0859-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Ariza beruvchi davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Ushbu Reglament talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yaroqsiz holatga kelgan yoki yoʻqotilgan mehnat daftarchasidagi yozuvlarni tasdiqlash boʻyicha davlat xizmati koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga

Yaroqsiz holatga kelgan yoki yoʻqotilgan mehnat daftarchasidagi yozuvlarni tasdiqlash boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
SXEMASI

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Ariza beruvchi

Davlat xizmatidan foydalanish uchun davlat xizmatlari markaziga oʻzi kelgan holda murojaat qiladi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida roʻyxatdan oʻtadi.

Xohishiga koʻra

2-bosqich

1. Davlat xizmatlari markazi

Soʻrovnomani toʻldirib, tegishli davlat arxiviga yuboradi.

1. Soʻrovnoma toʻldirilgandan keyin
10 daqiqa ichida

2. Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

2. Avtomatik tarzda

3-bosqich

Davlat arxivlari

QR-kod (matrik shtrixli kod) qoʻyilgan maʼlumotnomani rasmiylashtiradi hamda (oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda) ERI bilan tasdiqlangan holda tegishli davlat xizmatlari markaziga yoki (elektron tarzda murojaat etgan taqdirda) YIDXP orqali elektron shaklda yuboradi.

20 ish kunida

4-bosqich

Davlat xizmatlari markazi

1. Maʼlumotnomani ariza beruvchining elektron manziliga yuboradi va uni bu haqda axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qiladi.

1. Maʼlumotnoma tushgandan soʻng
10 daqiqa mobaynida

2. Ariza beruvchi oʻzi kelib murojaat qilgan taqdirda, uning soʻroviga koʻra maʼlumotnomani elektron yoki qogʻoz shaklda taqdim etadi.

2. Ariza beruvchining murojaatiga koʻra

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yaroqsiz holatga kelgan yoki yoʻqotilgan mehnat daftarchasidagi yozuvlarni tasdiqlash boʻyicha davlat xizmati koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

____________________

(sana)

____________________

(raqam)

Yaroqsiz holatga kelgan yoki yoʻqotilgan mehnat daftarchasidagi yozuvlarni tasdiqlash boʻyicha arxiv maʼlumotnomasini olish uchun

SOʻROVNOMA

I. Ariza beruvchi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar:

1. Familiyasi (oʻzgartirilgan boʻlsa, yozilishi kerak):

2. Ismi (oʻzgartirilgan boʻlsa, yozilishi kerak):

3. Otasining ismi (oʻzgartirilgan boʻlsa, yozilishi kerak):

4. Tugʻilgan yili va sanasi:

5. Doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olingan manzil:

6. Farzandlarining tugʻilgan yili va sanasi (bir necha nafar boʻlsa ketma-ketlikda toʻldirilsin):

7. Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami:

8. Elektron pochta manzili (mavjud boʻlsa):

9. Telefon raqami:

II. Ilova qilinadigan hujjatlar:

10. Notarial tasdiqlangan ishonchnoma (agar uchinchi shaxslar manfaati uchun harakat qilinayotgan boʻlsa):

11. Ariza beruvchining mehnat faoliyati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar:

Ish joyi, boʻlinma nomi yoki raqami

va lavozimi

(boʻlinma nomi yoki raqami agar mavjud boʻlsa )

Ishga qabul qilinganligi boʻyicha maʼlumot

Mehnat shartnomasi bekor qilinganligi boʻyicha maʼlumot

(yil, oy)

Ishlagan tashkilotning yuqori turuvchi organi nomi

(agar mavjud boʻlsa)

Tashkilotning nomi oʻzgarganligi toʻgʻrisida maʼlumot (agar mavjud boʻlsa)

Tashkilot joylashgan hudud

(agar mavjud boʻlsa)

Taxminiy

yil, oy

Buyruq raqami va sanasi

(agar mavjud boʻlsa)

Taxminiy yil, oy

Buyruq raqami va sanasi

(agar mavjud boʻlsa)

Ushbu soʻrovnomada keltirilgan maʼlumotlarning haqiqiyligini tasdiqlayman.

______________________

(Ariza beruvchining imzosi)

Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 20-noyabrdagi 612-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.11.2023-y., 09/23/612/0874-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 23-sentabrdagi 597-son qaroriga
3-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida arxiv ishini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2012-yil 5-apreldagi 101-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. 1-ilovaning 131-bandi yettinchi xatboshisidagi “30 kundan” soʻzlari “20 ish kunidan” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. 4-ilovaning 6-bandida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uchinchi xatboshiga “mehnat shartnomalari” soʻzlaridan keyin “, shuningdek, fuqarolik-huquqiy shartnomalar” soʻzlari qoʻshilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
toʻrtinchi xatboshidagi “mehnat shartnomalari” soʻzlari “fuqarolik-huquqiy shartnomalar” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. 6-ilovaning 20-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“20. Quyidagi holatlar vaqtincha olib chiqishga ruxsatnoma berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilish uchun asos boʻlishi mumkin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
vaqtincha olib chiqilishi bildirilgan arxiv hujjatlarining mulkdori aniqlanmasligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
arxiv hujjatlariga mulkdorlik huquqi toʻgʻrisida nizolar yuzaga kelishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
taqdim etilgan hujjatlarning ishonchsizligi aniqlanishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
arxiv hujjatlarining qaytib kelmasligi xavfi mavjudligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ruxsatnoma berilganligi uchun ariza beruvchi tomonidan maxsus yigʻim toʻlanmasligi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Taqdim etilgan hujjatlarning ishonchliligini (yoki ishonchsizligini) aniqlash “Oʻzarxiv” agentligi tomonidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Taqdim etilgan hujjatlarning yoki maʼlumotlarning ishonchliligini tasdiqlovchi qoʻshimcha materiallar talab qilish, agar qonun hujjatlarida bunday talab belgilanmagan boʻlsa, taqiqlanadi”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.09.2021-y., 09/21/597/0903-son; 29.09.2022-y., 09/22/541/0859-son; 22.11.2023-y., 09/23/612/0874-son; 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)