07.08.1997 yildagi 392-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 07.08.1997 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING BAʼZI QARORLARIGA OʻZGARTIRISH VA QOʻSHIMCHALAR KIRITISH TOʻGʻRISIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining “Jurnalistlik faoliyatini himoya qilish toʻgʻrisida”, “Shahar yoʻlovchilar transporti toʻgʻrisida”, “Tabiiy monopoliyalar toʻgʻrisida”, “Geodeziya va kartografiya toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarini amalga kiritish tartibi haqidagi qarorlarini, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Xususiy tijorat banklarini tashkil qilishni ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1997-yil 24-apreldagi va “Tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklarga aksiz markalari qoʻllanishni takomillashtirish toʻgʻrisida” 1997-yil 12-iyundagi farmonlarini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining baʼzi qarorlariga kiritiladigan ilova qilinayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining “Pedagog xodimlar bilan mehnat shartnomalari tuzishning kontrakt shakliga oʻtish toʻgʻrisida” 1992-yil 24-avgustdagi 394-son qarori;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining “Shaharda va shahar atrofiga qatnaydigan yoʻlovchi tashish transporti xizmatlarining tariflari toʻgʻrisida” 1994-yil 8-sentabrdagi 455-son (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1994-y., 9-son, 45-modda) qarori 2-bandining ikkinchi xatboshi va 6-bandi;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining “Toshkent shahri aholisiga yoʻlovchi tashish transporti xizmati koʻrsatishni tubdan yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1996-yil 19-avgustdagi 291-son qarori 10-bandining uchinchi va toʻrtinchi xatboshilari.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Oʻ. SULTONOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1997-yil 7-avgust,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
392-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 7-avgustdagi 392-son qarori bilan
TASDIQLANGAN
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining baʼzi qarorlariga kiritiladigan
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
OʻZGARTIRISHLAR VA QOʻSHIMCHALAR
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 24-martdagi 139-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geodeziya nazorat toʻgʻrisida nizomdagi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) 1—4-bandlar quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“1. Oʻzbekiston Respublikasida davlat geodeziya nazorati Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Geodeziya, kartografiya va davlat kadastri bosh boshqarmasi tizimiga kiruvchi Oʻzbekiston Respublikasi Geodeziya nazorati davlat inspeksiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Geodeziya nazorati davlat inspeksiyasi oʻz faoliyatida “Geodeziya va kartografiya toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga, boshqa qonun hujjatlariga, mazkur Nizomga amal qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Oʻzbekiston Respublikasi Geodeziya nazorati davlat inspeksiyasi boshligʻi lavozimiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Geodeziya nazorati bosh davlat inspektori hisoblanadi, uning oʻrinbosarlari esa — Oʻzbekiston Respublikasi Geodeziya nazorati bosh davlat inspektorining oʻrinbosari hisoblanadilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Geodeziya nazorati davlat inspeksiyasining nihoyasiga yetkazilgan topografiya-geodeziya, kartografiya va kadastr ishlarini nazorat qilish va qabul qilishni amalga oshiruvchi xodimlari geodeziya nazorati davlat inspektorlari hisoblanadilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Quyidagilar Geodeziya nazorati davlat inspeksiyasining asosiy vazifalari hisoblanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
— geodeziya va kartografiya faoliyati barcha subyektlarining meʼyoriy-texnik hujjatlar talablariga rioya etishlarini nazorat qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
— kartografiya rejalarida va boshqa hujjatlarda Oʻzbekiston Respublikasi davlat chegaralari va hududining toʻgʻri ifodalanishini nazorat qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
— geodeziya va kartografiya ishlarini roʻyxatdan oʻtkazish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
— geodeziya punktlarini hisobga olish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
— davlat kartografiya-geodeziya fondining faoliyat koʻrsatishini taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
— Oʻzbekiston Respublikasining doimiy maʼlumotnoma xaritasini yuritish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Oʻzbekiston Respublikasi Geodeziya nazorati davlat inspeksiyasi oʻziga yuklatilgan vazifalarga muvofiq:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
— qaysi idoraga boʻysunishlaridan qatʼi nazar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan bajariladigan topografiya-geodeziya, kartografiya, muhandislik-geodeziya, aero suratga olish (jumladan, muhandislik, yer osti kommunikatsiyalari va makonlarni grafik suratga olish) ishlarining tashkil etilishi, qoʻyilishi, ularning texnik darajasi va sifatini, ular tomonidan ishlarni bajarishda va geodezik maʼlumotlar, materiallar, rejalar va xaritalar, kosmik va aero suratlardan foydalanishda meʼyoriy hujjatlarga rioya etilishini nazorat qilishni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
— ishlarni olib borishning belgilangan tartibiga va geodeziya, kartografiya sohasida amaldagi meʼyoriy hujjatlar va davlat standartlari talablariga rioya etilishini nazorat qilishni amalga oshiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
— natijalari xalq xoʻjaligi tarmoqlarida va mudofaa ehtiyojlari uchun foydalanilishi kerak boʻlgan tugallangan topografiya-geodeziya, muhandislik-geodeziya ishlarini davlat yoʻli bilan qabul qilib oladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
— qoʻllanilayotgan metodika va texnologiyalarning zamonaviy texnik darajaga mos kelishini hamda loyihalashtirilayotgan ishlardagi boshlangʻich maʼlumotlar va materiallarni hisobga olishning toʻlaligini tekshirish maqsadida topografiya-geodeziya va muhandislik geodeziya, kartografiya ishlari bajarilishining texnik loyihalari (dasturlari)ni nazorat qilishni amalga oshiradi. Mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga bu ishlarni bajarish uchun oldingi yillardagi ishlar boʻyicha boshlangʻich geodeziya maʼlumotlari va materiallarini, topografik kartalar hamda kadastr rejalarini, shuningdek, oʻrganilgan topografiya-geodeziya, aero suratga olingan va kadastr materiallaridan foydalanishga ruxsat beradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
— topografiya-geodeziya, muhandislik-geodeziya, kartografiya va kadastr ishlarining bajarilishi ixtisoslashtirilgan tashkilotlarda jamlanishini nazorat qiladi, Oʻzbekiston Respublikasining barcha hududida topografiya-geodeziya, muhandislik-geodeziya, kartografiya ishlarini bajaruvchi korxonalar va tashkilotlarning hisobini olib boradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
— turli viloyatlar, tumanlar, shaharlar, aholi yashash joylari va sanoat majmualari hududlarini tomografiya-geodeziya, kartografiya jihatidan oʻrganilishining ahvolini va tashkilotlar tomonidan topografiya-geodeziya, kartografiya ishlarida koordinatlar va balandliklarning davlat hamda mahalliy tizimlarining qoʻllanilishini nazorat qiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
— geodeziya punktlarining saqlanishini taʼminlash boʻyicha chora-tadbirlarning bajarilishini hamda amaldagi qonunchilik va yoʻriqnomalarga muvofiq ularning tiklanishini nazorat qiladi, respublikadagi geodeziya punktlarini hisobga olib boradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
— bosib chiqarilayotgan kartalar va atlaslarda Davlat chegaralari, shelf chegaralari, viloyatlar va tumanlar, shaharlar va shaharchalar maʼmuriy chegaralarining grafik jihatdan toʻgʻri chizilishini, xorijiy davlatlar va boshqa elementlarning xaritalar hamda atlaslarning saqlashini, shuningdek, aholi yashash joylari va geografik obyektlarning toʻgʻri nomlanishi va aniq ifodalanishini nazorat qilishni amalga oshiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
— mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan xaritalar, rejalar va atlaslarni tuzish va bosib chiqarish (koʻpaytirish)ning belgilangan tartibiga rioya etilishini nazorat qiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
— topografiya-geodeziya ishlari bajariladigan uchastkalarni bevosita tadqiq etish va texnik hamda loyiha-smeta hujjatlarini tekshirish yoʻli bilan topografiya-geodeziya ishlarining barcha turlari boʻyicha materiallar va hujjatlarni nazorat qiladi; bu ishlar va kosmik suratlarning hisobga olinishi, saqlanishi, koʻpaytirilishi va ulardan foydalanilishi ahvolini tekshiradi, tekshirish natijalari boʻyicha xulosalar (dalolatnomalar) tuzadi, tegishli korxonalar, muassasalar va tashkilotlar maʼmuriyatlarini ular bilan albatta tanishtiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
— korxonalar, muassasalar va tashkilotlarda geodeziya punktlari, texnik hisobotlar, topografiya va topografiya rejalari koordinatlari hamda balandliklarining tarmoq va idoraviy fondlarida jamgʻarilishini nazorat qiladi, ushbu fondlarning geodeziya nazorati inspeksiyasi bilan tegishlicha kelishuvsiz toʻplanishiga yoʻl qoʻymaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
— topografiya-geodeziya, kartografiya ishlari bajarilishida xalq xoʻjaligi tarmoqlarining joriy va istiqboldagi ehtiyojlarini oʻrganadi, materiallar va maʼlumotlar bilan taʼminlaydi, vazirliklarda, davlat qoʻmitalarida va idoralarda, korxonalar va muassasalarda bu ishlarni rejalashtirishda qatnashadi, xalq xoʻjaligida va mudofaa ehtiyojlari uchun koʻp maqsadli foydalanish manfaatlari yoʻlida, shuningdek, parallellik va bir-birini takrorlashga yoʻl qoʻymaslik maqsadida ularning bajarilishini muvofiqlashtirib boradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
— topografiya-geodeziya, muhandislik-geodeziya va kartografiya ishlarini yuritish masalalari boʻyicha, shu jumladan, ishlar va aerokosmik suratlarning natijalari boʻyicha olingan maʼlumotlarni va materiallarni tayyorlash, hisobga olish, saqlash va ulardan foydalanish tartibini belgilovchi hamma uchun majburiy boʻlgan yoʻriqnomalar, meʼyorlar, qoidalar, standartlar va boshqa meʼyoriy hujjatlarni ishlab chiqishda qatnashadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
— vazirliklar, idoralar, mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan topografiya-geodeziya, kartografiya ishlarining qoʻyilishi, tashkil etilishi, nazorat qilinishi va qabul qilinishi hamda ishlar va materiallar maʼlumotlaridan foydalanishga daxldor boʻlgan majburiy tartibda taqdim etiladigan idoralarga qarashli yoʻriqnomalarni, normativ hujjatlarni, qoidalarni, dalolatnomalarni va tarmoq standartlarini koʻrib chiqadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
— topografiya-geodeziya, kartografiya ishlarini bajarish uchun normativ-texnik hujjatlarni, yoʻriqnomalar va standartlarni belgilangan tartibda kelishib oladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
— Oʻzbekiston Respublikasi hududida oʻtkaziladigan topografiya-geodeziya va kadastr ishlarini hisobga olishni va inspeksiyaning arxiv fondida roʻyxatdan oʻtkazishni, xalq xoʻjaligida foydalanish uchun bu ishlar va aerokosmik suratga olishlar natijalari boʻyicha maʼlumotlar va materiallarni yigʻish, tizimlashtirish, saqlash va tarqatishni amalga oshiradi, vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarni zarur axborotlar bilan taʼminlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
— geodezik punktlar va geografik obyektlar koordinatlarini, kosmik va aerosuratlar, xaritalar, atlaslar, joylarning maketlarini va boshqa kartografiya materiallarini ochiq eʼlon qilish yoki koʻrgazmalarda va televideniyeda namoyish qilish mumkinligi toʻgʻrisida korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga xulosalar beradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
— geodezik oʻlchovlar, texnologiyalar, ilgʻor tajriba va standartlashtirish birligini taʼminlash uchun topografiya-kartografiya va kadastr ishlarini bajarishda yagona texnika siyosatini va ularga metodik rahbarlikni amalga oshiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
— Davlat kartografiya-geodeziya va kadastr fondi hujjatlarini tanlash, toʻldirish, hisobga olish, saqlash va yoʻq qilish boʻyicha korxonalar, muassasalar va tashkilotlar faoliyatiga uslubiy rahbarlikni amalga oshiradi”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) 5-banddagi “Geodeziya va kartografiya boshqarmasi” soʻzlari “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Geodeziya, kartografiya va davlat kadastri bosh boshqarmasi (“Oʻzdavkadastr”)” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) 6-band quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“topografiya-geodeziya ishlarini bajarish huquqini berish uchun ruxsatnoma (litsenziya)lar berish yuzasidan takliflar kiritish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat geodeziya nazoratining mansabdor shaxslari qonunchilikda nazarda tutilgan huquqlarga egadirlar”.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 12-iyundagi 277-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi hududida Xorijiy davlatlar ommaviy axborot vositalarining muxbirlari kasb faoliyatini tartibga soluvchi asosiy qoidalarning:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) 2-bandidagi “Ommaviy axborot vositalari toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni” soʻzlari “Jurnalistlik faoliyatini himoya qilish toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) 25-bandning birinchi xatboshidagi “Ommaviy axborot vositalari toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni”, Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi hududida xorijiy fuqarolarning boʻlishini tartibga solish toʻgʻrisida”gi qarori, mazkur Asosiy qoidalar” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasining qonunchilik hujjatlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;”
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) 26-bandning ikkinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Xorijiy jurnalist Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Oʻzbekiston Respublikasida uning akkreditatsiya qilishini toʻxtatish haqidagi qarori ustidan sudga shikoyat qilish huquqiga egadir”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) 27-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“27. Akkreditatsiya qilingan xorijiy muxbirlar Oʻzbekiston Respublikasi jurnalistlari bilan teng ravishda axborot manbalaridan foydalanish huquqiga egadirlar”.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 27-noyabrdagi 575-son (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1993-y., 11-son, 40-modda) qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ish tartibidagi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
IV boʻlimning 3 va 4-bandlaridagi, 5-bandining uchinchi xatboshidagi, 6-bandidagi, 12-bandning birinchi xatboshidagi “boʻlimlar”, “boʻlim” soʻzlari tegishincha “Bosh vazir oʻrinbosarlarining kotibiyatlari” “Bosh vazir oʻrinbosarlari kotibiyati” soʻzlari bilan almashtirilsin”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
III boʻlimning 6-bandidagi, 7-bandning ikkinchi xatboshidagi, 9-banddagi, 10-bandning ikkinchi xatboshidagi, IV boʻlim 11-bandining birinchi xatboshidagi, V boʻlimning 2 va 4-bandlaridagi, VI boʻlimning 4-bandidagi, VII boʻlimning ikkinchi va uchinchi xatboshlaridagi, IX boʻlimning 2-bandidagi va X boʻlimning 2-bandidagi “Vazirlar Mahkamasining boʻlimlari tomonidan”, “Vazirlar Mahkamasining boʻlimlari”, “Vazirlar Mahkamasining boʻlimi tomonidan” soʻzlari tegishlicha “Bosh vazir oʻrinbosarlarining kotibiyatlari tomonidan”, “Bosh vazir oʻrinbosarlari kotibiyatlari”, “Bosh vazir oʻrinbosari kotibiyati tomonidan” soʻzlari bilan almashtirilsin”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
IV boʻlim 5-bandining ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Qaror loyihasi Bosh vazirning tegishli oʻrinbosari, yuridik boʻlim, boshqa manfaatdor boʻlimlar va Bosh vazir oʻrinbosarlarining kotibiyatlari tegishli vazirliklar, idoralar tomonidan imzolangan va Vazirlar Mahkamasining Axborot-tahlil boshqarmasida albatta muhokama (aprobatsiya)dan oʻtgan boʻlishi kerak”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
IV boʻlimning 8-bandidagi “Davlat nazorati qoʻmitasining raisi” va “Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasi raisining oʻrinbosarlari” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti apparati Nazorat inspeksiyasi rahbari” va “Makroiqtisodiyot va statistika vazirining oʻrinbosarlari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 4-martdagi 114-son (Oʻzbekiston Respublikasining QT, 1994-y., 3-son, 13-modda) qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi toʻgʻrisida nizomning 9-bandi quyidagi mazmundagi “g” kichik band bilan toʻldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“g) tamaki mahsulotlari va spirtli ichimliklarni transportda tashish (xalqaro tranzitdan tashqari), saqlash va sotishda, shuningdek, ularni nelegal yoʻl bilan tayyorlashda aksiz markalari bilan markalanmagan tamaki mahsulotlari va spirtli ichimliklarni musodara qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilish”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“g” va “s” kichik bandlar tegishlicha “d” — “t” kichik bandlar deb hisoblansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston bank tizimini rivojlantirishning kompleks dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1995-yil 9-noyabrdagi 427-son qarori 3-bandining birinchi xatboshi quyidagi jumla bilan toʻldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Mazkur qoida xususiy tijorat banklarini daromad soligʻi toʻlashdan ozod qilish qismida ularga joriy qilinmaydi (koʻrsatib oʻtilgan mablagʻlar ularning moddiy-texnika bazalarini mustahkamlash va infratuzilmalarni rivojlantirishga yoʻnaltiriladi)”.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 26-apreldagi 163-son (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1996-y., 4-son, 13-modda) qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbeknavo” gastrol-konsert birlashmasi faoliyatining asosiy yoʻnalishlari toʻgʻrisida nizomning 4-bandidagi “arbitrajda” soʻzi “xoʻjalik sudida” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 23-maydagi 188-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish qoʻmitasi toʻgʻrisida nizomning:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kirish qismi “Monopolistik faoliyatni cheklash toʻgʻrisida” soʻzlaridan soʻng “Tabiiy monopoliyalar toʻgʻrisida” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-band “monopolistik faoliyatni” soʻzlaridan soʻng “tabiiy monopoliya subyektlari faoliyatini tartibga solish” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“tabiiy monopoliya subyektlari faoliyati ustidan davlat nazoratini amalga oshirish”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-band quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“uning natijasida tabiiy monopoliya subyekti asosiy vositalar uchun mulkchilik huquqiga yoki ularga nisbatan davlat yoʻli bilan tartibga solish qoʻllaniladigan tovarlar ishlab chiqarish (sotish) maqsadiga moʻljallanmagan asosiy vositalardan foydalanish huquqiga ega boʻladigan bitishuvlar ustidan nazoratni amalga oshiradi, basharti bunday asosiy vositalarning balans qiymati tabiiy monopoliya subyekti oʻz sarmoyasi qiymatining oʻn foizidan ortiq boʻlsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
isteʼmolchiga lizing asosida asosiy vositalar berilishini nazorat qiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uning natijasida tabiiy monopoliya subyekti boshqa xoʻjalik yurituvchi subyektga mulkchilik huquqini yoki ularga nisbatan mazkur Qonunga muvofiq tartibga solish qoʻllaniladigan tovarlar ishlab chiqarish (sotish) uchun moʻljallangan asosiy vositalarning bir qismiga egalik qilish va (yoki) foydalanish huquqini beradigan bitishuvlar ustidan nazoratni amalga oshiradi, basharti ushbu asosiy vositalarning balans qiymati tabiiy monopoliya subyekti oʻz sarmoyasi qiymatining oʻn foizidan ortiq boʻlsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
majburiy xizmat koʻrsatiladigan isteʼmolchilarni belgilaydi va (yoki) isteʼmolchilarni tabiiy monopoliya subyekti tomonidan realizatsiya qilinadigan tovar, ish, xizmat bilan toʻliq hajmda qondirish imkoni boʻlmagan taqdirda ular taʼminotining eng kam darajasini belgilaydi”.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 14-avgustdagi 285-son (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1996 i., 8-son, 24-modda) qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasida chetdan keltiriladigan va respublikaning oʻzida ishlab chiqariladigan tamaki mahsulotlari va spirtli ichimliklarga aksiz markalarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 4-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“4. Savdo yoki ulgurji tarmoqdagi va aksiz markalari bilan markalanmagan spirtli ichimliklar va tamaki mahsulotlari soliq organlarining qarorlari asosida musodara qilinishi kerak”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19 va 20-bandlar chiqarib tashlansin, 21 va 22-bandlar tegishlicha 19 va 20-bandlar deb hisoblansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Vazirlar Mahkamasining “1997-yilga ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy koʻrsatkichlar prognozi va Oʻzbekiston Respublikasi davlat budjeti toʻgʻrisida” 1996-yil 31-dekabrdagi 469-son qarorining 8-bandi yettinchi xatboshi quyidagi soʻzlar bilan toʻldirilsin: “xususiy tijorat banklarini daromaddan olinadigan soliqdan ozod qilish qismida ularni istisno qilgan holda”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 11-martdagi 133-son (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1997-y., 3-son, 11-modda) qarori bilan tasdiqlangan Yozma holdagi mehnat shartnomasi (kontrakt) tuzish yuzasidan tavsiyalarning 1-boʻlimi ikkinchi xatboshidagi “vaqtinchalik va mavsumiy xodimlar bilan” soʻzlari chiqarib tashlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Vazirlar Mahkamasining “Notariat faoliyati bilan shugʻullanish huquqini beruvchi litsenziyalar berish va litsenziya berganlik uchun davlat boji toʻlash tartibi toʻgʻrisida” 1997-yil 10-martdagi 126-son qarorining 2-bandi quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Malaka komissiyasi ishi bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash maqsadida notariat faoliyati bilan shugʻullanish xohishini bildirgan fuqarolar malaka imtihoni topshirishdan oldin eng kam oylik ish haqining bir baravari miqdorida yigʻim toʻlaydilar”.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish masalalari toʻgʻrisida” 1997-yil 30-iyuldagi 374-son qarorining 9-bandi yettinchi xatboshidan keyin quyidagi mazmundagi yangi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“— eksport qilish taqiqlangan buyumlar va mahsulotlarni Oʻzbekiston Respublikasi tashqarisiga chiqarishda, shuningdek, aksiz markalari bilan markalanmagan tamaki mahsulotlari va spirtli ichimliklarni Oʻzbekiston Respublikasi hududiga keltirishda, transportda tashishda (xalqaro tranzitdan tashqari) va saqlashda musodara qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilish”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sakkizinchi — yigirmanchi xatboshilar tegishlicha toʻqqizinchi — yigirma birinchi xatboshilar deb hisoblansin.
Keyingi tahrirga qarang.