O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Qarori
“ShAHAR YO‘LOVChILAR TRANSPORTI TO‘G‘RISIDA”GI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNINI AMALGA KIRITISh TARTIBI HAQIDA
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
1. “Shahar yo‘lovchilar transporti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni matbuotda e’lon qilingan kundan e’tiboran amalga kiritilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hukumat qarorlarini “Shahar yo‘lovchilar transporti to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiqlashtirsin, vazirliklar va idoralar o‘zlarining mazkur Qonunga zid normativ hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.
3. Belgilab qo‘yilsinki, O‘zbekiston Respublikasining qonunlari “Shahar yo‘lovchilar transporti to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiqlashtirilguniga qadar O‘zbekiston Respublikasi amaldagi qonun hujjatlarining mazkur Qonunga zid bo‘lmagan qismi qo‘llanilaveradi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Raisi E. XALILOV
Toshkent sh.,
1997-yil 25-aprel,
420-I-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 4-5-son, 125-modda)