1-ILOVA
|
T/r |
Tadbirlarning nomlanishi |
Amalga oshirish shakli |
Amalga oshirish muddatlari |
Masʼul ijrochilar | |
|
Vazirlik va idoralardan |
Vazirlar Mahkamasidan | ||||
|
1. |
Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishda mol-mulkni realizatsiya qilish boʻyicha elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish va oʻtkazish tartibini takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish, shu jumladan: gʻolib nomiga chiqarilgan bayonnomani elektron almashinuv tizimi orqali kadastr, bank, notarial idoralar va majburiy ijro boʻlimlariga yuborgan holda yutib olingan mol-mulkka egalik qilish huquqini avtomatik ravishda rasmiylashtirish tizimini joriy qilish; elektron auksion savdo oldi va savdo jarayonlarini avtomatlashtirish, jumladan zakalat pulini inson omilisiz qaytarish tizimini yoʻlga qoʻyish; elektron onlayn-auksion jarayonini ochiq va shaffof tashkil etish tartibini takomillashtirish. |
Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi |
2021-yil 1-noyabr |
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (Ortiqov), Bosh prokuratura (Yoʻldoshev), Adliya vazirligi (Davletov) |
J. Qoʻchqorov, D. Xolmurodov |
|
2. |
Qarz shartnomalarini notarial tasdiqlash boʻyicha quyidagilarni nazarda tutuvchi takliflarni ishlab chiqish: jismoniy shaxslarga qarz shartnomalarini notarial tasdiqlash orqali chet el valyutasida qarz berish va qaytarib olishga ruxsat berish; qarz shartnomasini notarial tasdiqlanganlik uchun hamda qarz shartnomasidan kelib chiqadigan pul summasini undirish boʻyicha ijro xatlarini yozib berganlik uchun amaldagi davlat boji miqdorini ikki marotaba kamaytirish. |
Qonun loyihasi |
2021-yil 1-dekabr |
Adliya vazirligi (Davletov), Markaziy bank (Zoxidov), Moliya vazirligi (Ishmetov) |
D. Kalandarov, M. Yakubov |
|
3. |
Oʻzbekiston Respublikasining “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi va “Masʼuliyati cheklangan hamda qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyatlar toʻgʻrisida”gi qonunlariga xoʻjalik jamiyatining ijro etuvchi organi tomonidan yirik bitimlar yoki affillangan shaxslar bilan bitimlar tuzish tartibi buzilishi natijasida jamiyatga zarar yetkazilganda va bunda jamiyat direktorining, boshqaruv aʼzolarining yoki ishonchli boshqaruvchining aybi isbotlanganda, ular jamiyatning kreditorlarga yetkazgan zarardan kelib chiqadigan majburiyatlari boʻyicha jamiyat bilan bir qatorda subsidiar tarzda oʻz mulklari bilan javob berishini nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish. |
Qonun loyihasi |
2021-yil 1-dekabr |
Adliya vazirligi (Davletov), Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (Ortiqov) |
J. Qoʻchqorov, D. Xolmurodov |
|
4. |
Elektron tijoratni hamda boshqa sohalarda oldi-sotdini amalga oshirishda eskrou tizimidan foydalanish qoidalarini belgilash. |
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari |
2021-yil 1-dekabr |
Adliya vazirligi (Davletov), Markaziy bank (Zoxidov), Savdo-sanoat palatasi (Jasimov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sadikov) |
O. Umarov, Sh. Rajabbayev |
|
5. |
Elektron tizimda shartnomalarning tuzilishi, oʻzgartirilishi, bekor qilinishi va ularning saqlanishi tartibini ishlab chiqish. |
Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi |
2021-yil 1-dekabr |
Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi (Sharaxmetov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sadikov) |
J. Qoʻchqorov, D. Xolmurodov |
|
6. |
Tovar-xom ashyo birjalarida hisob-kitob-kliring operatsiyalarini oʻtkazish tartibini yanada takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish, bunda: tovarlarning narxini sunʼiy ravishda oshirilishiga qarshi choralarni belgilash; oldindan kelishish va til biriktirishlarni aniqlash va ularga chek qoʻyish boʻyicha choralarni koʻrishni nazarda tutish. |
Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi |
2021-yil 1-dekabr |
Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi (Sharaxmetov), Adliya vazirligi (Davletov) |
J. Qoʻchqorov, D. Xolmurodov |
|
7. |
Fuqarolik-huquqiy tusdagi namunaviy shartnomalarni tasdiqlash toʻgʻrisidagi qonunosti hujjatlarni xatlovdan oʻtkazish va ularni qabul qilgan organlarga qonunosti hujjatlarni oʻzgartirish yoki bekor qilish boʻyicha tegishli takliflarni kiritish. |
Takliflar |
2021-yil 1-noyabr |
Adliya vazirligi (Davletov), manfaatdor vazirlik va idoralar |
D. Kalandarov, M. Yakubov |
|
8. |
Davlat xaridlari boʻyicha maxsus axborot portalida oʻtkaziladigan xaridlarning ochiqligini quyidagilar orqali taʼminlash: davlat buyurtmachilari tomonidan tuzilgan shartnomalar reyestriga tuzilgan shartnomalar hamda ularga oʻzgartirish kiritish boʻyicha qoʻshimcha kelishuvlarga oid barcha hujjatlar va axborotlarni; shartnomaning amal qilish muddati tugaganda, shartnoma bajarilganda yoki u bekor boʻlganda davlat buyurtmachisi tomonidan shartnomaning bajarilishi yuzasidan hisobotni joylashtirib borish. |
Tashkiliy chora-tadbirlar |
2021-yil 1-noyabr |
Moliya vazirligi (Ishmetov), “Oʻzbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJ, davlat buyurtmachilari |
J. Qoʻchqorov, D. Xolmurodov |
|
9. |
Oʻzbekiston Respublikasining “Elektron raqamli imzo toʻgʻrisida”gi Qonuniga chet davlatlarning elektron raqamli imzolar kalitlari sertifikatlarini Oʻzbekiston Respublikasi hududida tan olish boʻyicha qoidalarni kiritish. |
Qonun loyihasi |
2021-yil 1-dekabr |
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sadikov), Tashqi ishlar vazirligi (Kamilov), Adliya vazirligi (Davletov) |
O. Umarov, Sh. Rajabbayev |
|
10. |
Oʻzbekiston Respublikasi hududida chiqarilgan elektron raqamli imzolar kalitlari sertifikatlarini chet davlatlarida tan olinishi yuzasidan takliflar ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish. |
Tashkiliy chora-tadbirlar |
2021-yil 1-dekabr |
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sadikov), Tashqi ishlar vazirligi (Komilov), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Voitov) |
O. Umarov, Sh. Rajabbayev |
|
11. |
Aholi va tadbirkorlik subyektlari bilan shartnomalar tuzishda axborot tizimlaridan keng foydalanish boʻyicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish va tasdiqlash. |
Tashkiliy chora-tadbirlar |
2021-yil 1-noyabr |
Adliya vazirligi (Davletov), vazirlik va idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, aholiga tovarlar yetkazib berish va xizmatlar koʻrsatishni amalga oshiruvchi davlat korxonalari |
O. Umarov, Sh. Rajabbayev |
|
12. |
Xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan shartnomalar tuzishda foydalanish uchun tavsiyaviy xarakterga ega boʻlgan korrupsiyaga qarshi qoʻshimcha shartlarni ishlab chiqish va eʼlon qilish. |
Ijrochilarning qoʻshma qarori |
2021-yil 1-noyabr |
Adliya vazirligi (Davletov), Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi (Burxanov), Savdo-sanoat palatasi (Jasimov) |
D. Kalandarov, M. Yakubov |
|
13. |
Tabiiy monopoliya subyektlari tomonidan ishlab chiqilgan ommaviy shartnomalarni isteʼmolchilarning huquqlariga rioya etilganligi, taraflarning tengligi tamoyillariga muvofiqligi nuqtai nazaridan tahlil qilish va natijasi yuzasidan axborot kiritish. |
Tahliliy maʼlumot |
2021-yil 1-dekabr |
Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi (Sharaxmetov), Adliya vazirligi (Davletov), manfaatdor vazirlik va idoralar |
J. Qoʻchqorov, D. Xolmurodov |
|
14. |
Kontraktatsiya shartnomalarini axborot tizimlaridan foydalangan holda elektron shaklda tuzish va roʻyxatdan oʻtkazish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish. |
Tashkiliy chora-tadbirlar |
2021-yil 1-dekabr |
Qishloq xoʻjaligi vazirligi (Xodjayev), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sadikov) |
Sh. Ganiyev, T. Rapikov |
|
15. |
Bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklariga oʻqitish shartnomalarining axborot tizimlaridan foydalangan holda elektron shaklda tuzilishi amaliyotini yoʻlga qoʻyish. |
Tashkiliy chora-tadbirlar |
2022/2023 oʻquv yilidan boshlab |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (Toshkulov), oliy taʼlim muassasalari |
B. Musayev, M. Vaxobov |
|
16. |
Sudlar tomonidan shartnomaviy-huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan nizolarni koʻrib chiqishda hamda shartnoma shartlarini sharhlashda qonun hujjatlarini qoʻllash boʻyicha sud amaliyotini tizimli ravishda tahlil qilish va natijasi yuzasidan sudlarda yagona amaliyotni shakllantirish uchun tavsiyalar ishlab chiqish. |
Chora-tadbirlar rejasi |
2022-yil 1-fevraldan boshlab har yarim yilda |
Oliy sud (Komilov), Adliya vazirligi (Davletov), manfaatdor vazirlik va idoralar | |
|
17. |
Oʻzbekiston Respublikasining “Xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi toʻgʻrisida”gi Qonunida mustahkamlangan davlat organlariga yuklatilgan xoʻjalik shartnomalarini tuzish, bajarish, oʻzgartirish va bekor qilish bilan bogʻliq boʻlgan ishlarni nazorat qilish kabi davlat aralashuvini oʻzida ifoda etuvchi vazifalarni chiqarib tashlash maqsadida, shuningdek, ushbu Qonundagi aksariyat qoidalar amaldagi qonunchilikdagi normalarni takrorlayotganligi bois, uni bekor qilish hamda zaruratga qarab shartnoma majburiyatlarini buzganlik uchun javobgarlik masalalarini Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksida toʻliq aks ettirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish. |
Qonun loyihasi |
2021-yil 1-dekabr |
Adliya vazirligi (Davletov), Bosh prokuratura (Yoʻldoshev), Oliy sud (Komilov), Qishloq xoʻjaligi vazirligi (Xodjayev), Savdo-sanoat palatasi (Jasimov) |
J. Qoʻchqorov, D. Xolmurodov |
|
18. |
Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksida debitorlik va kreditorlik qarz muddatlarini oʻtkazib yuborganlik, shuningdek, shartnoma intizomini buzganlik uchun maʼmuriy javobgarlikni bekor qilishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini ishlab chiqish. |
Qonun loyihasi |
2021-yil 1-noyabr |
Adliya vazirligi (Davletov), Bosh prokuratura (Yoʻldoshev), Oliy sud (Komilov), Moliya vazirligi (Ishmetov), Davlat soliq qoʻmitasi (Kudbiyev) |
J. Qoʻchqorov, D. Xolmurodov |
2-ILOVA
|
T/r |
Namunaviy shartnoma loyihasi nomi |
Ishlab chiquvchilar |
Adliya vazirligiga taqdim qilish muddati |
|
1. |
Qarz |
Markaziy bank |
2021-yil 1-noyabr |
|
Kredit | |||
|
Ipoteka | |||
|
Pul talabnomasidan boshqa shaxs foydasiga voz kechish evaziga moliyalash | |||
|
Bank omonati | |||
|
Bank hisobvaragʻi | |||
|
Garov | |||
|
Kafillik | |||
|
2. |
Sugʻurta |
Moliya vazirligi |
2021-yil 1-noyabr |
|
Tovarlar yetkazib berish toʻgʻrisidagi davlat kontrakti | |||
|
Xarid qilish tartib-taomillarida ishtirok etish uchun zarur boʻlgan shartnomalar | |||
|
Davlat-xususiy sherikchilik toʻgʻrisida shartnomalar | |||
|
3. |
Qurilish pudrati |
Qurilish vazirligi |
2021-yil 1-noyabr |
|
Loyiha-qidiruv ishlari pudrati | |||
|
Qurilish mahsulotlarini yetkazib berish | |||
|
4. |
Kontraktatsiya |
Qishloq xoʻjaligi vazirligi |
2021-yil 1-noyabr |
|
Fermer xoʻjaligi tomonidan yer uchastkasini uzoq muddatli ijaraga olish | |||
|
Qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkat xoʻjaligi) tomonidan yer uchastkasini uzoq muddatli ijaraga olish | |||
|
Moddiy-texnika resurslarini yetkazib berish | |||
|
Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarni ikkilamchi ijaraga berish | |||
|
Qishloq xoʻjaligida foydalanishdan chiqib ketgan sugʻoriladigan yerlar va lalmi yerlarni investitsiya shartnomasi yoki davlat-xususiy sheriklik asosida ijaraga berish | |||
|
Yaylovlar, boʻz yerlar, koʻp yillik dov-daraxtlarniinvestitsiya shartnomasi yoki davlat-xususiy sheriklik asosida ijaraga berish | |||
|
5. |
Oʻrmon fondining foydalanilmayotgan yerlarini davlat-xususiy sheriklik asosida ijaraga berish |
Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi |
2021-yil 1-oktabr |
|
6. |
Texnik suv yetkazib berish |
Suv xoʻjaligi vazirligi |
2021-yil 1-noyabr |
|
Kanallar, sugʻorish va kollektor-drenaj tarmoqlarining sohil boʻyidagi tuproq uyumlari egallagan maydonlardan muddatli (vaqtincha) foydalanish yoki ijaraga berish | |||
|
Baliqchilik ahamiyatiga ega boʻlgan suv havzalarida (suv omborlarida) xoʻjalik faoliyatini yuritish | |||
|
7. |
Elektr taʼminoti |
Energetika vazirligi |
2021-yil 1-dekabr |
|
Subisteʼmolchilarga elektr energiyasi yetkazib berish | |||
|
Tabiiy gaz yetkazib berish | |||
|
Aholiga suyultirilgan uglevodorod gazini yetkazib berish | |||
|
Ijtimoiy soha obyektlariga suyultirilgan uglevodorod gazini yetkazib berish | |||
|
Isteʼmolchiga maishiy gaz ballonini vaqtincha foydalanishga berish | |||
|
8. |
Transport vositalarining ijarasi |
Transport vazirligi |
2021-yil 1-noyabr |
|
Temir yoʻlda yuk tashish (yuk turlari boʻyicha) | |||
|
Yoʻlovchi, bagaj va yuk tashish | |||
|
Shahar atrofi, shaharlararo va xalqaro yoʻlovchilar yoʻnalishlarida xizmat koʻrsatish | |||
|
Lizing | |||
|
Transport ekspeditsiyasi | |||
|
Aeroport xizmatlarini koʻrsatish | |||
|
9. |
Binolar va inshootlar ijarasi |
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi |
2021-yil 1-noyabr |
|
Korxonani ijaraga berish | |||
|
Mol-mulkni ishonchli boshqarish | |||
|
Davlat uy-joy fondidagi turarjoyni ijaraga olish | |||
|
Obyektni baholash | |||
|
10. |
Turistlar va turistik guruhlarni kuzatib borish |
Ichki ishlar vazirligi |
2021-yil 1-oktabr |
|
Turizm namoyishi obyektida jamoat tartibini saqlash boʻyicha xizmat koʻrsatish | |||
|
Fuqarolar gavjum boʻladigan joylarda jamoat tartibini saqlash va jamoat xavfsizligini taʼminlash xizmatlarini koʻrsatish | |||
|
11. |
Isteʼmolchilarga ichimlik va oqova suvi xizmatlarini koʻrsatish |
Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi |
2021-yil 1-oktabr |
|
Isteʼmolchilarga transport orqali ichimlik suvi yetkazib berish xizmatlarini koʻrsatish | |||
|
Issiqlik taʼminoti, issiqlik energiyasi va issiq suv bilan taʼminlash | |||
|
Koʻp kvartirali uyni boshqarish | |||
|
12. |
Jismoniy shaxslarga maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish boʻyicha xizmatlar koʻrsatish |
Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi |
2021-yil 1-oktabr |
|
Maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish xizmatlarini koʻrsatish | |||
|
Davlat ekologik ekspertizasidan oʻtkazish | |||
|
Ovchilik xoʻjaligini yuritish uchun ov qilish joylarini berish | |||
|
13. |
Pullik taʼlim xizmatlarini koʻrsatish |
Xalq taʼlimi vazirligi |
2021-yil 1-oktabr |
|
Darsliklarni ijaraga berish | |||
|
Darsliklar va/yoki oʻquv-metodik qoʻllanmalarni bepul foydalanishga berish | |||
|
14. |
Pochta aloqasi xizmatlarini koʻrsatish |
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi |
2021-yil 1-oktabr |
3-ILOVA