Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
HINDISTON RESPUBLIKASI BILAN HAMKORLIKNI YaNADA RIVOJLANTIRISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 4—6-aprel kunlari Hindiston Respublikasiga qilgan Davlat tashrifi davomida erishilgan bitimlar va ahdlashuvlar amalga oshirilishini hamda Hindiston Respublikasi bilan siyosiy, savdo-iqtisodiy, harbiy-texnikaviy va gumanitar sohalardagi ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida:
1. Davlat tashrifi davomida imzolangan Hindiston Respublikasi bilan ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan bitimlar va erishilgan ahdlashuvlarni amalga oshirish boʻyicha tadbirlar rejasi ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Ushbu qarorning ilovasida koʻrsatilgan vazirliklar va idoralar, masʼul ijrochilar Hindiston Respublikasi bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish boʻyicha tasdiqlangan tadbirlarning belgilangan muddatlarda bajarilishini taʼminlasin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi Davlat tashrifi davomida imzolangan hujjatlar va bitimlarning bajarilishi ustidan tizimli nazorat oʻrnatsin.
3. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari E.M. Gʻaniyev zimmasiga yuklatilsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2005-yil 18-aprel,
PQ-58-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 15-16-son, 113-modda)