Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.12.2025 08.02.1993 yildagi 66-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.12.2025
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HARBIY PROKURATURALARI VA HARBIY SUDLARINING ZOBIT KADRLAR TARKIBINI TOʻLDIRISH TOʻGʻRISIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1992-yil 28-fevraldagi “Harbiy tribunallar va harbiy prokuratura organlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq hamda harbiy prokuraturalar va harbiy sudlarni tajribali va malakali kadrlar bilan toʻldirishni taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Belgilab qoʻyilsinki, oliy yuridik maʼlumotli va zaxiradagi zobitlar boʻlgan yoxud zaxiradagi zobit unvoni boʻlmagan yurist fuqarolar harbiy xizmatga chaqirilganda “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 19-moddasiga muvofiq, ularning oliy va oʻrta maxsus oʻquv yurtida oʻqish, milliy xavfsizlik xizmati va ichki ishlar organlarida xizmat qilish, shuningdek sud organlari, prokuratura, adliya, davlat va boshqa organlardagi huquqni himoya qilish faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan uzluksiz ish davri harbiy xizmat muddatiga qoʻshib hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vaziriga Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori, adliya vaziri, Oliy sudining raisi bilan kelishgan holda xodimlar harbiy prokuraturalar, harbiy sudlar uchun haqiqiy harbiy xizmatga chaqirilganda ularga navbatdagi harbiy unvondan bir pogʻona yuqori, rahbar lavozimlarga tayinlanadigan shaxslarga esa — shtatda nazarda tutilganidan kamida ikki pogʻona yuqori boʻlgan harbiy unvon berish topshirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vaziriga “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat toʻgʻrisida”gi Qonunning 22-moddasi 2-bandiga muvofiq yuqori kasb malakasiga, amaliy ish tajribasiga ega boʻlgan, belgilangan yoshdan katta yoshdagi, lekin qonunda belgilanganidan 5 yoshdan ortiq katta yoshda boʻlmagan, fuqarolarni harbiy prokuratura organlari va harbiy sudlarga haqiqiy harbiy xizmatga chaqirish masalasini hal etishga ruxsat berilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Mazkur qarorning 2 va 3-bandlari harbiy prokuratura organlari va harbiy sudlarni kadrlar bilan toʻldirish davrida — 1993-yil 1-dekabrgacha amal qiladi deb hisoblansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori, adliya vaziri, Oliy sud raisi, Mudofaa vaziri zimmasiga yuklatilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1993-yil 8-fevral,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
66-son