O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA NOShIRLIK FAOLIYATI BILAN ShUFULLANISh MASALALARINI TARTIBGA SOLISh TO‘FRISIDA
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 11-iyundagi 275-sonli “Noshirlik faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasining “Noshirlik faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasida Noshirlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchilarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va ularga litsenziya berish tartibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 28-iyundagi 236-son qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan)
3. Belgilab qo‘yilsinki, O‘zbekiston Respublikasining jismoniy shaxslari ham Vazirlar Mahkamasidan belgilangan tartibda litsenziya olganlaridan so‘ng noshirlik faoliyati bilan shug‘ullanishga haqlidirlar.
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi:
(4-bandning birinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 28-avgustdagi 305-son qarori taxririda)
davlat ro‘yxatidan o‘tgan va litsenziya olgan nashriyotlarni (noshirlarni) yagona davlat reyestriga kiritishni amalga oshirsin;
bir oy muddatda tegishli vazirliklar va idoralar bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasida matbaa korxonalari ochish va ishga tushirish tartibini belgilash haqida Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
5. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A. Azizxo‘jayev zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri O‘. SULTONOV
Toshkent sh.,
1997-yil 11-avgust,
393-son
Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 11-avgustdagi 393-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
O‘zbekiston Respublikasida noshirlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchilarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va ularga litsenziya berish
TARTIBI
1. Noshirlik faoliyati deganda nashriyotlarni tashkil etish, bosma mahsulotini tayyorlash, nashr etish va uni tarqatishga oid faoliyat tushuniladi.
Bosma mahsulot deganda, nusxasi va tayyorlash usulidan qat’i nazar, kitoblar, gazeta va jurnallar, risolalar, albomlar, plakatlar, bukletlar, otkritkalar tushuniladi.
Noshir deganda bosma mahsulotni tayyorlash va nashr etishni amalga oshiruvchi yuridik yoki jismoniy shaxs tushuniladi.
2. O‘zbekiston Respublikasida yuridik va jismoniy shaxslar O‘zbekiston Respublikasi Davlat matbuot qo‘mitasida davlat ro‘yxatiga olingandan, ularga belgilangan tartibda litsenziya berilganidan keyin noshirlik faoliyati bilan shug‘ullanishlari mumkin.
3. Quyidagilar litsenziya olmay turib, noshirlik faoliyati bilan shug‘ullanish huquqiga egadir:
davlat hokimiyati va boshqaruv idoralari, sud, prokuratura va xo‘jalik sudlari organlari rasmiy materiallarni, me’yoriy va boshqa hujjatlar to‘plamlarini nashr etishda;
korxonalar, tashkilotlar, o‘quv yurtlari va ilmiy muassasalar o‘z faoliyatlari uchun zarur bo‘lgan ommaviy tarqatish yoki qo‘lyozma huquqida ko‘paytirishga mo‘ljallanmagan materiallarni nashr etishda.
4. Muassis nashriyot ustavini ishlab chiqadi. Nashriyot ustavida uning dasturi, faoliyati yo‘nalishlari va vazifalari, tashkiliy-huquqiy shakli, nomi, manzili, boshqarish va nazorat organlari, foydaning taqsimoti va fondlarni hosil qilish tartibi, hammuassislarni qabul qilish va chiqarish, nashriyotni qayta tuzish va tugatish tartiblari belgilanadi.
5. Noshirlik faoliyatini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun davlat tilida yozilgan hujjatlar taqdim etiladi.
Ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi arizada quyidagilar ko‘rsatilishi kerak:
muassis (hammuassis);
noshirning nomi va manzili;
ixtisoslashuvi;
mablag‘ bilan ta’minlanish manbai.
Arizaga ustav, shuningdek ro‘yxatdan o‘tish yig‘imlarini to‘laganlik to‘g‘risidagi hujjat qo‘shib taqdim etiladi.
6. Davlat ro‘yxatidan o‘tib, tashkiliy masalalar hal etilgandan so‘ng litsenziya berish haqidagi ariza u berilgan kundan boshlab bir oy muddatda ko‘rib chiqilishi kerak.
7. Litsenziya 5 yil muddatga beriladi. Arizachining asoslangan iltimosi bo‘yicha litsenziya muddati tegishli to‘lovdan so‘ng yana shuncha muddatga uzaytirilishi mumkin. Litsenziya muddatining uzaytirilganligi yozma shaklda tasdiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat matbuot qo‘mitasida noshirning (nashriyotning) davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi va tegishli yig‘imlarning to‘langanligi haqidagi hujjatlarning arizaga ilova qilib topshirilishi litsenziya berish uchun asos bo‘ladi.
9. Noshirlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchilar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi uchun ulardan quyidagi miqdorlarda yig‘im undiriladi:
ro‘yxatdan o‘tkazilganligi uchun — eng kam oylik ish haqining 10 baravari miqdorida;
qayta ro‘yxatdan o‘tkazilganligi uchun — ro‘yxatdan o‘tkazilganlik uchun belgilangan yig‘imning 20 foizi miqdorida.
Noshirlik faoliyatiga litsenziya berilganligi uchun quyidagi miqdorlarda davlat poshlinasi undiriladi:
eng kam oylik ish haqining 4 baravari miqdorida;
litsenziya dublikati berilganligi uchun — litsenziya berilganligi uchun belgilangan davlat poshlinasining 50 foizi miqdorida.
Noshirlik faoliyati bolalar adabiyoti, normativ ma’lumotnomalar, fan va texnikaga oid adabiyotlar, ma’lumotnoma-qomusiy kitoblar, shuningdek nogironlarga mo‘ljallangan mahsulotlarni chop etishga ixtisoslashgan nashriyotlar to‘lovlarni belgilanganidan 50 foiz kam miqdorda to‘laydilar.
10. To‘lovlardan tushadigan mablag‘lar quyidagicha taqsimlanadi:
davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi uchun to‘lovlar — davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va litsenziya berishga doir hujjatlar tayyorlashga ketgan sarf-xarajatlarni qoplash uchun Davlat matbuot qo‘mitasiga;
litsenziya uchun to‘lovlar — respublika budjetiga.
11. Davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va litsenziya berish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar tegishli ravishda tayyorlanmagan bo‘lsa, shuningdek ular amaldagi qonun talablariga va mazkur tartiblarga mos bo‘lmasa ariza rad etilishi yoki ko‘rib chiqish muddati hujjatlar to‘liq holda taqdim etilmaguncha kechiktirilishi mumkin.
Hujjatlar qaytadan rasmiylashtirilgan taqdirda, ular 10 kun ichida takroran ko‘rib chiqiladi.
Quyidagi hollarda ham davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va litsenziya berish rad etilishi mumkin:
xuddi shu nomdagi nashriyot avval davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan va litsenziya olgan va uni amal qilish muddati tugamagan bo‘lsa;
mazkur yuridik va jismoniy shaxsga berilgan litsenziya bekor qilingan kundan boshlab ikki yil o‘tmasdan oldin ariza berilgan bo‘lsa;
nashriyotning ta’sis etilishi noshirlik ishida monopoliyaga olib kelsa.
12. Davlat ro‘yxatidan o‘tkazmaslik va litsenziya bermaslik haqidagi qaror har tomonlama asoslangan bo‘lishi va so‘rovchiga yozma shaklda yuborilishi kerak.
13. Davlat ro‘yxatidan o‘tgan va litsenziya olgan nashriyotlar O‘zbekiston Respublikasi Davlat matbuot qo‘mitasiga, shuningdek Davlat matbuot qo‘mitasi tasdiqlaydigan ro‘yxat bo‘yicha tashkilotlar va muassasalarga o‘z mahsulotlarining bepul nazorat nusxalarini yuborishga majburdirlar.
14. Berilgan litsenziya quyidagi hollarda bekor qilinishi mumkin:
a) litsenziya olish uchun taqdim etilgan materiallarda soxta ma’lumotlar borligi aniqlansa;
b) agar ta’sischi va nashriyot litsenziya olgandan keyin olti oy mobaynida noshirlik mahsuloti chiqarishni ta’minlay olmasa;
v) O‘zbekiston Respublikasining qonunlarida nazarda tutilgan boshqa hollarda.
1-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasida davlat ro‘yxatidan o‘tgan va litsenziya olgan nashriyotlarni (noshirlarni) hisobga olish yagona
DAVLAT REESTRI
|
Hisob raqami va reyestrga kiritilgan sana |
Berilgan litsenziya raqami va sana |
Nashriyotlarning nomi |
Yuridik manzili |
Tugatilganlik to‘g‘risida ma’lumot |
| | | | | |
2-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Davlat matbuot qo‘mitasi
|
Noshirlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchilarning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risida | |
|
GUVOHNOMA | |
| Mazkur guvohnoma_______________________________________________________ | |
|
(nashriyot nomi) | |
| ro‘yxatdan o‘tkazilgan______________________________________________ga berildi. | |
|
(nashriyotning nomi) | |
| | |
| | |
| Ro‘yxatdan o‘tkazilgan sana 199__yil “___”_________________ | |
| Reyestr №__________________________ | |
| | |
| M.O‘. |
Imzo_________________(F. I. O.) |
| |
(“O‘zdavmatbuotqo‘m” raisi) |