09.08.2021 yildagi PQ-5217-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Nogironligi boʻlgan shaxslarga koʻrsatilayotgan tibbiy-ijtimoiy xizmatlar sifatini yanada yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Nogironligi boʻlgan shaxslar, ayniqsa, bolalarni reabilitatsiya qilish, toʻlaqonli hayot tarzini yuritishiga koʻmaklashish hamda imkoniyatlarini oshirish uchun ularni zamonaviy protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari bilan taʼminlash, sohada axborot-kommunikatsion texnologiyalarini joriy etish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida 2021-yil 28-iyul kuni oʻtkazilgan nogironligi boʻlgan, ota-ona qaramogʻidan mahrum va yetim bolalarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashni kengaytirish boʻyicha videoselektor yigʻilishida belgilangan vazifalarni samarali bajarish maqsadida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Quyidagilar nogironligi boʻlgan shaxslarga, ayniqsa, bolalarga koʻrsatilayotgan tibbiy-ijtimoiy xizmatlar sifatini bugungi bosqichda yaxshilashning eng muhim yoʻnalishlari deb hisoblansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
maktabgacha va ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalarida taʼlim olayotgan eshitish qobiliyati zaif bolalarni zamonaviy eshitish moslamalari bilan taʼminlash orqali moslashtirilgan (adaptiv) oʻquv tizimini joriy qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
koxlear implantatlarini oʻrnatish boʻyicha jarrohlik amaliyotini oʻtkazishdan oldin va undan keyingi reabilitatsiya jarayonini Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan toʻliq bepul amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bolalarni tugʻma, patologik va orttirilgan suyak-mushak tizimidagi oʻzgarishlar va deformatsiyalarni davolash uchun zarur boʻlgan tibbiyot buyumlari va endoprotezlar bilan uzluksiz taʼminlash, jumladan ekzoskelet uskunasini olib kirish orqali nogironligi boʻlgan shaxslarning odatiy hayotga moslashuvini tezlashtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bosh miyadagi patologik oʻzgarishlar (jumladan, gidrotsefaliya) bilan tugʻilgan bolalarning, shuningdek, yangi tugʻilgan chaqaloqlar, bolalar va oʻsmirlardagi tugʻma yurak nuqsonlarining jarrohlik amaliyotini oʻtkazishni davlat taʼminotiga olish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
nogironligi boʻlgan shaxslarni zamonaviy elektr yuritmali nogironlar aravachalari bilan bosqichma-bosqich taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
koʻzi ojiz bolalar va kattalarni hayoti uchun zarur boʻlgan texnik vositalar, jumladan ovozli termometr, ovozli tonometr va yigʻma Brayl alifbosi bilan bosqichma-bosqich taʼminlash.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Eshitish qobiliyati zaif bolalarni davolashni sifat jihatdan yangi darajaga olib chiqish hamda nogironligi boʻlgan shaxslarning odatiy hayotga moslashuvini osonlashtirish borasida 2021-yil va kelgusi yillarda quyidagi chora-tadbirlar amalga oshirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2021-yil yakuniga qadar 2 ming dona zamonaviy eshitish moslamalarini xarid qilish va ularni ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalarida taʼlim olayotgan eshitish qobiliyati zaif bolalarga yetkazish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2021-yilda xarid qilinishi rejalashtirilgan 260 ta koxlear implantatlariga qoʻshimcha ravishda 355 ta koxlear implantatlarini xarid qilib, ularni 5 yoshgacha bolalarga jarrohlik amaliyoti orqali oʻrnatish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2021-yilda qoʻshimcha 2 ming nafargacha, 2022-yildan boshlab esa har yili 3 ming nafargacha bolaga tugʻma yurak nuqsoni hamda bosh miyadagi patologik oʻzgarishlar (jumladan, gidrotsefaliya) boʻyicha jarrohlik amaliyotlarini oʻtkazish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
har yili kamida 110 nafar bemor bola uchun transpedikulyar tizim (fiksatorlar) toʻplamlarini xarid qilgan holda, ularda skolioz va umurtqa pogʻonasining boshqa patologiyasi boʻyicha jarrohlik amaliyotlarini amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yiliga oʻrtacha 1 000 nafar bolaga tugʻma va patologik son chiqishini jarrohlik amaliyotlari orqali davolash uchun zarur metall konstruksiyalarini sotib olish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
har yili kamida 140 nafar bemor bolada koʻkrak qafasi deformatsiyasini davolash uchun 150 ta maxsus plastinalarni xarid qilish va oʻrnatish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bemor bolalarga tugʻma oyoq-qoʻl patologiyalarini davolash uchun 350 ta Ilizarov apparatlarini xarid qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
har yili kamida 100 nafar bemor bolaga jarrohlik amaliyotlari davomida suyak defektlarini toʻgʻrilash uchun kollopan granulalarini xarid qilish;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bolalar serebral falaji, umurtqa pogʻonasining patologik sinishi bilan kasallangan bolalar va kattalarda mustaqil yurish funksiyalarini qayta tiklash uchun Nogironligi boʻlgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va protezlash milliy markazi va uning hududiy markazlarini 2021-2022-yillarda 28 ta, shundan 2021-yilda 14 ta zamonaviy ekzoskelet uskunasi, 2023-yilda robotlashtirilgan lokomat toʻplami va boshqa zamonaviy reabilitatsiya uskunalari bilan taʼminlash;
(2-bandining oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 27-fevraldagi PQ-74-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.02.2023-y., 07/23/74/0110-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2021 — 2025-yillarda 11,6 ming dona, shu jumladan 2021-yilda 1 100 dona elektr yuritmali kreslo-aravachalarini nogironligi boʻlgan shaxslar uchun xarid qilish;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
koʻzi ojiz bolalar va kattalarni 9 ming dona ovozli termometr, 10 ming dona ovozli tonometr bilan taʼminlash;
(2-bandning oʻn ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 27-fevraldagi PQ-88-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.02.2024-y., 07/24/88/0159-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻzgalar parvarishiga muhtoj yolgʻiz keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslar ogʻir va favqulodda vaziyatlarga tushganda ularga tezkor yordam koʻrsatish haqida xabar berishning innovatsion loyihasini amaliyotga joriy etish. Bunda, 2021-yilda 5 mingtagacha va 2022-yilda 6 mingta maxsus funksiyaga ega soatning (“Aqlli soat”) Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan tegishli toifadagi shaxslarga yetkazib berilishini yoʻlga qoʻyish.
(2-bandning oʻn uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 27-fevraldagi PQ-88-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.02.2024-y., 07/24/88/0159-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 27-fevraldagi PQ-88-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.02.2024-y., 07/24/88/0159-son )
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Moliya vazirligi (T.A. Ishmetov) mazkur qarorning 1 — 3 bandlarida nazarda tutilgan chora-tadbirlarni moliyalashtirish uchun 2021-yilda Davlat budjetidan qoʻshimcha mablagʻ ajratsin, 2022-yildan boshlab esa Davlat budjeti parametrlarini shakllantirishda zarur mablagʻlarni inobatga olsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Nogironligi boʻlgan shaxslar ishlari boʻyicha idoralararo kengash (B.A. Musayev):
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bir oy muddatda mazkur qarorning 1 va 2-bandlarida belgilangan vazifalarni 2021-yil va kelgusi yillarda amalga oshirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturini, shuningdek, 3-bandida belgilangan platformani yaratish, uning buyurtmachisini aniqlash hamda kelgusida texnik qoʻllab-quvvatlash va modernizatsiya qilib borishga qaratilgan chora-tadbirlar dasturini tasdiqlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ikki oy muddatda tegishli jamoat tashkilotlari va malakali mutaxassislar bilan birgalikda 2022-yildan boshlab yangi tugʻilgan chaqaloqlarning eshitish qobiliyatini neonatal skriningdan oʻtkazishni toʻliq joriy etish boʻyicha taklif kiritsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
zarur hollarda mamlakatdagi epidemiologik vaziyat, tibbiyot muassasalarining pandemiya davridagi yuklamasi hamda amaldagi ehtiyojlardan kelib chiqib, mazkur qarorning 2-bandida belgilangan koʻrsatkichlarga oʻzgartirish kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi bilan birgalikda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
joylardagi infratuzilmalarning nogironligi boʻlgan shaxslar uchun qulayligini bosqichma-bosqich taʼminlashga yoʻnaltirilgan choralarni, shu jumladan yangi qurilayotgan obyektlar, yoʻl infratuzilmasi, faoliyat yuritayotgan jamoat transporti va ijtimoiy infratuzilma obyektlarida nogironligi boʻlgan shaxslarga nisbatan boʻlgan talablarga rioya etilishini taʼminlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
nogironligi boʻlgan shaxslarning jamoat tashkilotlari faoliyatini har tomonlama qoʻllab-quvvatlasin, ular bilan ijtimoiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitimlarini tuzsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
nogironligi boʻlgan shaxslarga har tomonlama koʻmak koʻrsatish, ijtimoiy hayotda faolligini oshirish, ular uchun maʼrifiy va madaniy-ommaviy tadbirlarni tashkil etish kabi masalalar yuzasidan loyihalarni amalga oshirsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil etishga masʼul va shaxsiy javobgar etib Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi direktori A.K. Inakov, sogʻliqni saqlash vaziri A.M. Xadjibayev va moliya vaziri T.A. Ishmetov belgilansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosari B.A. Musayev va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining oʻrinbosari D.M. Kenjayev zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi yuzasidan 2021-yil 31-dekabrga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga axborot kiritilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2021-yil 9-avgust,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PQ-5217-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.08.2021-y., 07/21/5217/0785-son; 27.02.2023-y., 07/23/74/0110-son; 28.02.2024-y., 07/24/88/0159-son)