04.08.2021 yildagi PQ-5209-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Respublika hududlarida gulchilik va koʻchatchilik sohalarini yanada rivojlantirish toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Respublika hududlarida gulchilik va koʻchatchilikni rivojlantirish, mahalliy va xorijiy gul navlarini parvarishlash, aholi oʻrtasida gulchilik sanʼati sir-asrorlarini ommalashtirish, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari eksport salohiyatini yanada mustahkamlash maqsadida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Respublikada gulchilik va koʻchatchilik sohalarini rivojlantirish, shu jumladan gul yetishtirishda aholi bilan kooperatsiya munosabatlarini yoʻlga qoʻyish, soha mutaxassislari malakasini oshirish, ishlab chiqarish jarayonlariga ilmiy ishlanmalarni joriy etishda tadbirkorlarga har tomonlama koʻmaklashish maqsadida Gul yetishtiruvchilar uyushmasi tashkil etilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qishloq xoʻjaligi vazirligi hamda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Gul yetishtiruvchilar uyushmasiga:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tadbirkorlik subyektlarini gulchilik va koʻchatchilik bilan shugʻullanishga qiziqtirish, ularni bilim va koʻnikmalarga ega boʻlishi uchun oʻqitish, shu jumladan xorijiy davlatlarda oʻqitish, shuningdek, bu jarayonga xorijiy mamlakatlardan malakali mutaxassislarni jalb qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
gulchilik sohasiga oid seminar, anjuman, yarmarka va koʻrgazmalar tashkil qilish, shuningdek, xorijiy mamlakatlarda oʻtkaziladigan yarmarka va koʻrgazmalarda ishtirokini taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xorijiy davlatlardan eksportbop gul navlarini parvarishlash uchun olib kelish va ularni mahalliylashtirish, shuningdek, parvarishlangan gullarni eksport qilish ishlarini tashkil etish boʻyicha yaqindan amaliy yordam koʻrsatsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Qishloq xoʻjaligi vazirligi hamda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining Andijon viloyatining Andijon, Izboskan va Oltinkoʻl tumanlarini, Namangan viloyatining Namangan va Davlatobod tumanlarini hamda Jizzax viloyatining Zomin va Gʻallaorol tumanlarini gulchilikka ixtisoslashtirish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qishloq xoʻjaligi vazirligi (J. Xodjayev, A. Toʻrayev) Gul yetishtiruvchilar uyushmasi bilan birgalikda uch oy muddatda gulchilikka ixtisoslashgan tumanlarda tajriba tariqasida gulchilik sohasida tajribaga ega boʻlgan tadbirkorlar tomonidan gulchilik klasterlari tashkil qilinishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Xalqaro moliya institutlaridan qishloq xoʻjaligi sohasi uchun jalb qilinadigan kredit liniyalari mazkur qarorda belgilangan tadbirlarni moliyalashtirish uchun ham yoʻnaltirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Belgilab qoʻyilsinki, gulchilikka ixtisoslashgan tumanlarda:
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2024-yil 1-martdan boshlab gulchilik faoliyati bilan shugʻullanayotgan tadbirkorlik subyektlarining oʻz faoliyatlarini kengaytirishlari uchun 0,06 gektardan 1 gektargacha yer maydonlari elektron onlayn auksion savdolari orqali 30 yilga dehqon xoʻjaligini yuritish maqsadlari uchun yer uchastkalarini ijaraga berish tartibida ajratiladi;
(4-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 7-maydagi PF-76-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.05.2024-y., 06/24/76/0336-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Har bir oila — tadbirkor” dasturi doirasida ajratilgan mablagʻlarning kamida 10 foizi gulchilik loyihalarini tashkil qilish uchun ajratiladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2024-yil 1-martdan boshlab “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan fuqarolarga ochiq maydonda hamda issiqxonalarda gul yetishtirish boʻyicha agrotexnik tadbirlarni oʻrgatish maqsadida Andijon, Jizzax va Namangan viloyatlarida har birining maydoni 2 sotix boʻlgan 25 ta “Gulchilik oʻquv poligon”larini tashkil etish uchun 0,5 gektar yer maydoni tashabbuskor tadbirkorlarga elektron onlayn auksion savdolari orqali ijaraga beriladi;
(4-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 7-maydagi PF-76-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.05.2024-y., 06/24/76/0336-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2024-yil 1-martdan boshlab “Gulchilik oʻquv poligon”larida oʻquv kurslarini muvaffaqiyatli tugatgan va maxsus sertifikat olgan ishsiz, ehtiyojmand oilalarga gul va koʻchat yetishtirishni rivojlantirish maqsadida 6 sotixdan yer maydoni elektron onlayn auksion savdolari orqali ijaraga beriladi.
(4-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 7-maydagi PF-76-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.05.2024-y., 06/24/76/0336-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi, Andijon, Jizzax va Namangan viloyatlari hokimliklari ikki oy muddatda “Gulchilik oʻquv poligoni” tashkil qilish istagini bildirgan tashabbuskor tadbirkorlar uchun yer maydonlarining elektron onlayn-auksionga yoki ochiq elektron tanlovga qoʻyilishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. 2021-yil 1-sentabrdan boshlab shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq 2021 — 2024-yillarda yillik eksport tushumida gul eksportidan tushum ulushi kamida 30 foizni va 100 ming AQSH dollaridan koʻpni tashkil qiladigan tadbirkorlik subyektlarining xom ashyo (gul koʻchatlari, urugʻlari, piyozlari va payvandtaglari) importi uchun sarflangan transport xarajatlarining 50 foizi Eksportni ragʻbatlantirish agentligi tomonidan qoplanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. 2023-yil 1-yanvarga qadar tuganaklar, piyozboshlar, tuganaksimon ildizlar, tuganak piyozlar, ildizpoya, jumladan vegetativ tinim holatidagi, vegetatsiya yoki gullash davridagi sertarmoqlari, boshqa tirik oʻsimliklar (jumladan, ildizlari), qalamchalar va parxishi (TIF TN kodi 0601 va 0602) importida bojxona bojining nol stavkasi qoʻllanilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Innovatsion rivojlanish vazirligi ikki oy muddatda ilmiy-texnik dasturlar doirasida gulchilik va koʻchatchilik sohalarida amalga oshiriladigan ilmiy-tadqiqot va innovatsiya ishlarining koʻlamini kengaytirishga qaratilgan, aniq natija beradigan loyihalarga davlat buyurtmasini shakllantirib, raqobat asosida moliyalashtirishga tanlov eʼlon qilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda, ilmiy loyihalarga ajratiladigan mablagʻlarning kamida 40 foizi eksportbop va qimmat gullarni (orxideya, liliya, pion va boshqalar) mahalliy iqlimga moslashtirish uchun gen injeneriyasiga ixtisoslashgan ilmiy laboratoriyalarni tashkil etish hamda jihozlashga yoʻnaltirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Qishloq xoʻjaligi vazirligi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan birgalikda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2022/2023 oʻquv yilidan boshlab qishloq xoʻjaligi yoʻnalishidagi oliy taʼlim muassasalarida Gulchilik magistratura mutaxassisligi boʻyicha kadrlar tayyorlashni yoʻlga qoʻysin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2021/2022 oʻquv yilidan boshlab Manzarali bogʻdorchilik va koʻkalamzorlashtirish bakalavriat taʼlim yoʻnalishining oʻquv rejasiga gulchilikka oid mutaxassislik fanlarini kiritish va oʻquv soatlarini oshirishga eʼtibor qaratsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Qishloq xoʻjaligi vazirligi 2022/2023 oʻquv yilidan boshlab Toshkent davlat agrar universitetida Turkiya Respublikasining Isparta amaliy fanlar universiteti bilan hamkorlikda Manzarali bogʻdorchilik va gulchilik sohasida kadrlar tayyorlashni qoʻshma taʼlim dasturlari asosida yoʻlga qoʻysin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan ishsiz fuqarolarni gulchilik sohasiga oʻqitish maqsadida ikki oy muddatda Andijon viloyati Shahrixon tumani, Namangan viloyati Toʻraqoʻrgʻon tumani va Toshkent viloyati Zangiota tumanidagi agrotexnologiyalar texnikumlarida landshaft dizayni, gulchilik seleksiyasi va koʻchatchilik yoʻnalishlarida oʻrta boʻgʻin kadrlarni tayyorlash boʻyicha qisqa muddatli oʻquv kurslarini tashkil qilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Qishloq xoʻjaligi vazirligi (J. Xodjayev, A. Toʻrayev) uch oy muddatda Toshkent viloyatida faoliyat koʻrsatayotgan gul yetishtiruvchi tadbirkorlik subyektlari bilan hamkorlikda davlat-xususiy sheriklik tamoyillari asosida “Gulchilikka oʻqitish markazi” faoliyatini yoʻlga qoʻysin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qishloq xoʻjaligi vazirligi “Gulchilikka oʻqitish markazi”ga Niderlandiya qirolligi, Turkiya Respublikasi va Tailand qirolligidan jalb qilinadigan malakali mutaxassislarning Oʻzbekistonga kelib-ketish va yashash xarajatlarining 50 foizini Yevropa Ittifoqining “Budjetni qoʻllab-quvvatlash” dasturi doirasida agrosanoat majmuasini qoʻllab-quvvatlash uchun ajratilgan mablagʻlar hisobidan qoplab berish choralarini koʻrsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Respublikada gulchilik va koʻchatchilikni rivojlantirish boʻyicha “yoʻl xaritasi” ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Gulchilik faoliyati bilan shugʻullanayotgan oilalarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari har bir hududlarda gul koʻchatlari taʼminotchilari bilan “Har bir oila — tadbirkor” dasturi doirasida loyihalar sonini koʻpaytirish uchun mahallalarda gulchilik loyihalari boʻyicha taqdimotlar va seminarlar oʻtkazilishini taʼminlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Namangan, Samarqand viloyatlari va Toshkent shahar hokimliklari ikki oy muddatda Namangan, Samarqand viloyatlari va Toshkent shahrida gul hamda koʻchatlarning yirik ulgurji bozorini tashkil etish choralarini koʻrsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Qishloq xoʻjaligi vazirligi Turizm va sport vazirligi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Namangan viloyati hokimligi bilan birgalikda har yili aprel-may oylarida Namangan viloyatida “Xalqaro gullar festivali”ni oʻtkazish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tasdiqlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Bosh vazir oʻrinbosari Sh. Gʻaniyev bir hafta muddatda Gul yetishtiruvchilar uyushmasi faoliyatini tashkil etish, xorijiy mamlakatlardan ekspert va mutaxassislarni jalb qilish, mahalliy kadrlarni tayyorlash, xalqaro gullar festivali va koʻrgazmalarda ishtirok etish hamda ilmiy konferensiyalarni oʻtkazish, sohaga oid zamonaviy xorijiy adabiyotlarni olib kelish va tarjima qilish, gulchilik sohasiga oid mahalliy ilmiy ishlar, monografiyalar va nashrlarni ragʻbatlantirish, gul turlari tizimini yaratish (sogʻlom va boshlangʻich gul yetishtiriladigan koʻchatxonalar) uchun Bogʻdorchilik va issiqxona xoʻjaligini rivojlantirish jamgʻarmasi hisobidan 20 milliard soʻm miqdorida mablagʻ ajratilishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Gulchilik sohasiga oid loyihalarni moliyalashtirish ustuvor ravishda “Turonbank” aksiyadorlik tijorat banki tomonidan, shuningdek, “Har bir oila — tadbirkor” dasturi doirasida esa barcha tijorat banklari tomonidan amalga oshirilishi belgilansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Qishloq xoʻjaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi (A. Toʻrayev) oʻz tizimidagi ilmiy-tadqiqot institutlarining boʻsh yer maydonlarida hududlarning oʻziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib, tuproq-iqlim sharoitiga mos boʻlgan xona, gulzor, buta, manzarali daraxt va sovgʻa gullari yetishtiriladigan koʻchatxonalar tashkil etilishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda, Qishloq xoʻjaligida bilim va innovatsiyalar milliy markaziga mazkur bandda nazarda tutilgan koʻchatxonalarni mahalliy va xorijiy korxonalar bilan hamkorlikda tashkil etish uchun oʻziga tegishli yer maydonlarini ajratish huquqi beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Gul yetishtiruvchilar uyushmasi Toshkent viloyati, Yuqori Chirchiq tumanining A. Yassaviy mahallasi hududida joylashgan Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligida bilim va innovatsiyalar milliy markaziga tegishli binoda tekin foydalanish huquqi asosida joylashtirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Mazkur qaror ijrosini samarali tashkil etishga masʼul va shaxsiy javobgar etib qishloq xoʻjaligi vaziri J.A. Xodjayev, Qishloq xoʻjaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi direktori A.M. Toʻrayev hamda Gul yetishtiruvchilar uyushmasi raisi belgilansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosari Sh.M. Gʻaniyev zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2021-yil 4-avgust,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PQ-5209-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-avgustdagi PQ-5209-son qaroriga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Respublikada gulchilik va koʻchatchilikni rivojlantirish boʻyicha
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“YOʻL XARITASI”
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

T/r

Chora-tadbirlar

Amalga oshirish muddati

Masʼullar

1.

Gulchilikka ixtisoslashgan hududlarda gulchilik klasterlarini tashkil qilish istagini bildirgan salohiyatli tadbirkorlik subyektlarini aniqlash.

2021-yil avgust

Qishloq xoʻjaligi vazirligi (J. Xodjayev, A. Toʻrayev),

Gul yetishtiruvchilar uyushmasi

2.

Ilgʻor xorij tajribasiga asosan gulchilik klasterlari faoliyati konsepsiyasini ishlab chiqish.

2021-yil avgust

Qishloq xoʻjaligi vazirligi (J. Xodjayev, A. Toʻrayev),

Gul yetishtiruvchilar uyushmasi

3.

Gulchilik klasterining gul yetishtirishdan yakuniy isteʼmolchigacha boʻlgan zanjirning har bir bosqichini tahlil qilish va uning toʻliqligini taʼminlovchi omillarni aniqlash.

2021-yil avgust

Qishloq xoʻjaligi vazirligi (J. Xodjayev, A. Toʻrayev),

Gul yetishtiruvchilar uyushmasi

4.

Gulchilikning yondosh sohalarini tahlil qilish va tarmoqning rivojlanishi uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritish.

2021-yil sentabr

Qishloq xoʻjaligi vazirligi (J. Xodjayev, A. Toʻrayev),

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (I. Norqulov),

Gul yetishtiruvchilar uyushmasi

5.

Aholi orasida gulga boʻlgan talab va “impulsiv xarid”larni ommalashtirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritish.

2021-yil sentabr

Qishloq xoʻjaligi vazirligi (J. Xodjayev, A. Toʻrayev),

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (I. Norqulov),

Gul yetishtiruvchilar uyushmasi

6.

Mahalliy tabiiy-iqlim sharoitlariga moslashtirilgan gullarning zamonaviy issiqxonalarini yaratish, shuningdek, gul va koʻchat yetishtirishning ilmiy asoslangan usullari va resurslarni tejovchi texnologiyalarni keng joriy etishni ragʻbatlantirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2021-yil sentabr

Qishloq xoʻjaligi vazirligi (J. Xodjayev, A. Toʻrayev),

Gul yetishtiruvchilar uyushmasi

7.

Gulchilikka ixtisoslashtirilgan hududlarda gulchilik oʻquv poligonlarini tashkil qilish.

2021-yil sentabr

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N. Xusanov),

Gul yetishtiruvchilar uyushmasi

8.

Gulchilik sohasining agrotexnik tadbirlari, marketing axborotlari va boshqa zarur maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan onlayn konsultatsion platformani ishga tushirish.

2021-yil sentabr

Qishloq xoʻjaligi vazirligi (J. Xodjayev, A. Toʻrayev),

Gul yetishtiruvchilar uyushmasi

9.

Gul va manzarali koʻchatlar uchun elektron savdo maydonchasini tashkil etish.

2021-yil dekabr

Qishloq xoʻjaligi vazirligi (J. Xodjayev, A. Toʻrayev),

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (O. Pekos),

Gul yetishtiruvchilar uyushmasi

10.

Gul va koʻchat yetishtirish jarayoniga innovatsion texnologiyalarni joriy qilish uchun ilmiy-tadqiqot ishlarining olib borilishini yoʻlga qoʻyish.

2021-yil dekabr

Innovatsion rivojlanish vazirligi (I. Abdurahmonov),

Fanlar akademiyasi (B. Yuldashev)

11.

Gullarning yangi navlarini yetishtirish uchun mahalliy urugʻchilik va koʻchatchilik korxonalari sonini koʻpaytirish maqsadida ilmiy-tadqiqot institutlariga moliyaviy mablagʻlarni jalb qilish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2021-yil sentabr

Qishloq xoʻjaligi vazirligi (J. Xodjayev, A. Toʻrayev),

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (A. Voitov)

12.

Gulchilik va koʻchatchilik sohasidagi kadrlarni ochiq stipendiya tanlovlari asosida belgilangan tartibda “El-yurt umidi” jamgʻarmasining asosiy taʼlim dasturlari boʻyicha xorijiy davlatlarning ilgʻor oʻquv yurtlarida taʼlim olishga yuborish hamda ushbu oʻquv muassasalari bilan ilmiy-amaliy hamkorlikni yoʻlga qoʻyish choralarini koʻrish.

2021-yil dekabr

Qishloq xoʻjaligi vazirligi (J. Xodjayev, A. Toʻrayev)

“El-yurt umidi” jamgʻarmasi (A. Bekmurodov)

13.

Gul yetishtirish uchun zarur boʻlgan xom ashyo (gul koʻchatlari, urugʻlari, piyozlari va payvandtaglari) importi uchun sarflangan transport xarajatlarining 50 foizini Eksportni ragʻbatlantirish agentligi tomonidan qoplab berish tartibini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2021-yil avgust

Eksport va investitsiyalarni rivojlantirish boʻyicha Hukumat komissiyasi (A. Voitov)

14.

Gulchilikka oʻqitish markaziga xorijdan jalb qilinadigan malakali mutaxassislarning Oʻzbekistonga kelib-ketish va yashash xarajatlarining 50 foizini qoplab berish tartibini ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqlash.

2021-yil sentabr

Qishloq xoʻjaligi vazirligi (J. Xodjayev, A. Toʻrayev)

15.

Barcha davlat organlari va tashkilotlari, shu jumladan ularning hududiy va quyi boʻlinmalari joylashgan binolarning ishchi xonalarida ustuvor ravishda koʻp miqdorda kislorod ishlab chiqaruvchi gullarni joylashtirish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqish, targʻibot-tashviqot ishlarini oʻtkazish.

2021-yil dekabr

Qishloq xoʻjaligi vazirligi (J. Xodjayev, A. Toʻrayev),

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N. Xusanov)

16.

Respublikada gulchilik sohasini rivojlantirish, shu jumladan gulchilik klasterlari faoliyatini yoʻlga qoʻyish uchun xorijiy moliyaviy institutlar texnik koʻmagi va mablagʻlarini jalb qilish.

2021-yil dekabr

Qishloq xoʻjaligi vazirligi (J. Xodjayev, A. Toʻrayev),

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (A. Voitov)

17.

Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari orqali har yili respublikada boʻlib oʻtadigan “Xalqaro gullar festivali”ga xorijiy sayyohlarni jalb qilish choralarini koʻrish.

Doimiy ravishda

Tashqi ishlar vazirligi (F. Arziyev),

Turizm va sport vazirligi (U. Azamov)

18.

Chet eldan keltiriladigan gullarning yangi navlarini respublika hududiga olib kirishda fitosanitariya va bojxona nazoratini soddalashtirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2021-yil avgust

Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi (I. Ergashev),

Davlat bojxona qoʻmitasi (I. Muxtorov)

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.08.2021-y., 07/21/5209/0755-son; 10.05.2024-y., 06/24/76/0336-son)