Hujjat kuchini yo‘qotgan 05.07.2022 28.07.2021 yildagi 470-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 05.07.2022
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi harbiy xizmatchisining (xodimining) yoki uning yaqin qarindoshlari mol-mulkiga uning xizmat majburiyatlarini bajarishi bilan bog‘liq holda yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-iyuldagi 354-sonli “O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari va Milliy gvardiyasining shaxsiy tarkibi hamda ularning oila a’zolarini ijtimoiy himoya qilish tizimini tartibga solish to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq hamda Milliy gvardiya harbiy xizmatchisining (xodimining) yoki uning yaqin qarindoshlari mol-mulkiga uning xizmat majburiyatlarini bajarishi bilan bog‘liq holda yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. “O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 38-moddasiga muvofiq Milliy gvardiya harbiy xizmatchisining (xodimining) yoki uning yaqin qarindoshlarining mol-mulkiga xizmat majburiyatlarini bajarishi tufayli yetkazilgan zararning o‘rni O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan to‘liq hajmda qoplanishi, ushbu summa keyinchalik aybdor shaxslardan undirib olinishi belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi harbiy xizmatchisining (xodimining) yoki uning yaqin qarindoshlari mol-mulkiga uning xizmat majburiyatlarini bajarishi bilan bog‘liq holda yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash masalasini ko‘rib chiqish uchun Milliy gvardiya organlarida komissiyalar tashkil etish va yetkazilgan zararni qoplash bo‘yicha kelib tushgan bildirgilarini (arizalarni) ko‘rib chiqish tartibi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yetkazilgan zararni qoplash bo‘yicha tegishli hujjatlarni hamda zarar harbiy xizmatchi (xodim) xizmat majburiyatlarini bajarishi bilan bog‘liq holda yetkazilganligini o‘rganish tartibi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
hujjatlarni ko‘rib chiqish natijasi bo‘yicha komissiya qarorini harbiy xizmatchi (xodim) yoki uning yaqin qarindoshlariga yetkazish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yetkazilgan zararning haqiqiy summasini baholash tashkilotini jalb qilgan holda, mol-mulkiga zarar yetkazilgan shaxsning ishtirokida bozor narxlaridan kelib chiqqan holda aniqlash tartibi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yetkazilgan zararni qoplash, u bilan bog‘liq xarajatlarni budjet mablag‘lari doirasida amalga oshirish hamda ushbu summani keyinchalik aybdor shaxslardan undirib olish tartibi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya–iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri J.A. Qo‘chqorov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2021-yil 28-iyul,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
470-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 28-iyuldagi 470-son qaroriga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi harbiy xizmatchisining (xodimining) yoki uning yaqin qarindoshlari mol-mulkiga uning xizmat majburiyatlarini bajarishi bilan bog‘liq holda yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash tartibi to‘g‘risida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-bob. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi (keyingi o‘rinlarda — Milliy gvardiya) harbiy xizmatchisining (xodimining) yoki uning yaqin qarindoshlari mol-mulkiga uning xizmat majburiyatlarini bajarishi bilan bog‘liq holda yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash tartibini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Milliy gvardiya harbiy xizmatchisining (xodimining) (keyingi o‘rinlarda — harbiy xizmatchi (xodim)) yoki uning yaqin qarindoshlari mol-mulkiga yetkazilgan zararning (keyingi o‘rinlarda — zarar) o‘rni harbiy xizmatchining (xodimning) xizmat majburiyatlarini bajarish vaqtida yetkazilgan taqdirdagina qoplanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Milliy gvardiya harbiy xizmatchisining (xodimining) yoki uning yaqin qarindoshlari mol-mulkiga uning xizmat majburiyatlarini bajarishi bilan bog‘liq holda yetkazilgan zararning o‘rni ushbu Nizomga ilovadagi sxemaga muvofiq qoplanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-bob. Etkazilgan zararni qoplash masalasini ko‘rib chiqish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Etkazilgan zararning o‘rnini qoplash masalasini ko‘rib chiqish uchun Milliy gvardiya organlarida komissiyalar (keyingi o‘rinlarda — Komissiya) tuziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Komissiyalar tarkibi Milliy gvardiya qo‘mondoni tomonidan tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Harbiy xizmatchi (xodim) yoki uning yaqin qarindoshlari zarar o‘rnini qoplash uchun Milliy gvardiya organlari rahbariga bildirgi (ariza) bilan murojaat qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Milliy gvardiya organlari rahbari zararni o‘rnini qoplash to‘g‘risida bildirgi (ariza) tushgan kundan boshlab bir kun ichida masalani o‘rganib chiqish uchun komissiyaga taqdim etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Komissiya kotibi zararni qoplash bo‘yicha tegishli hujjatlarni hamda zarar harbiy xizmatchi (xodim) xizmat majburiyatlarini bajarishi bilan bog‘liq holda yetkazilganligini o‘rganish natijalarini komissiya yig‘ilishida ko‘rib chiqish uchun tayyorlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Komissiya zararni o‘rnini qoplash to‘g‘risidagi masalani o‘n kun ichida, qo‘shimcha hujjatlarni olish (o‘rganish) talab etilganda esa yigirma kun ichida ko‘rib chiqadi va natijasi bo‘yicha qaror qabul qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Hujjatlarni ko‘rib chiqish natijasi bo‘yicha zarar qoplanishi yoki rad etilishi to‘g‘risida Komissiyaning qarori qabul qilinadi va Komissiya raisi tomonidan tasdiqlangan bayon bilan rasmiylashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Komissiya qarori uch kun muddatda manfaatdor shaxslarga — harbiy xizmatchi (xodim) yoki uning yaqin qarindoshlariga yetkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Komissiya raisi va a’zolari zararni qoplash bo‘yicha taqdim etiladigan hujjatlarning haqqoniyligi, qabul qilingan qarorning qonuniyligi va to‘g‘ri qabul qilinganligiga mas’ul hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-bob. Etkazilgan zararni qoplash tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Etkazilgan zarar o‘rnini qoplash bo‘yicha Komissiyaning tegishli qaror qabul qilingandan so‘ng Milliy gvardiya organlari tomonidan o‘n kun muddatda manfaatdor shaxslarga — harbiy xizmatchi (xodim) yoki uning yaqin qarindoshlariga yetkazilgan zarar qoplab beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Etkazilgan zararning haqiqiy summasi Milliy gvardiya organlari tomonidan baholash tashkilotini jalb qilgan holda, mol-mulkiga zarar yetkazilgan shaxsning ishtirokida aniqlanadi. Etkazilgan zarar summasi zararni qoplash vaqtida amal qilayotgan bozor narxlaridan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Zarar miqdori naqd yoki pul o‘tkazish yo‘li bilan Milliy gvardiya organlarining moliya xizmatlari tomonidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Zararni qoplash bilan bog‘liq xarajatlar Milliy gvardiyaga har yili ajratiladigan budjet mablag‘lari doirasida amalga oshiriladi, ushbu summa keyinchalik aybdor shaxslardan undirib olinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-bob. Etkazilgan zararni aybdor shaxslardan undirish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Harbiy xizmatchi (xodim) yoki uning yaqin qarindoshlariga yetkazilgan zararni qoplash bilan bog‘liq xarajatlar aybdor shaxsdan Milliy gvardiya organlari tomonidan regress tartibida undiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Aybdor shaxslardan undirilgan zarar summasi Davlat budjeti daromadlari hisobiga o‘tkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Zararni qoplash bo‘yicha nizo va kelishmovchiliklar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi harbiy xizmatchisining (xodimining) yoki uning yaqin qarindoshlari mol-mulkiga uning xizmat majburiyatlarini bajarishi bilan bog‘liq holda yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash tartibi to‘g‘risidagi nizomga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Milliy gvardiyasi harbiy xizmatchisining (xodimining) yoki uning yaqin qarindoshlari mol-mulkiga uning xizmat majburiyatlarini bajarishi bilan bog‘liq holda yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
SXEMASI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbir nomi

Bajarish muddati


1-bosqich

Harbiy xizmatchi (xodim) yoki uning yaqin qarindoshlari

Zarar o‘rnini qoplash uchun Milliy gvardiya organlari rahbariga bildirgi (ariza) bilan murojaat qilish

Zarar yetkazilgan vaqtda



2-bosqich


Milliy gvardiya organlari rahbari

Zararni o‘rnini qoplash to‘g‘risida bildirgi (ariza)ni o‘rganib chiqish uchun Komissiyaga taqdim etish

Bir kunda



3-bosqich


Etkazilgan zararning o‘rnini qoplash masalasini ko‘rib chiqish bo‘yicha komissiya kotibi

Zararni qoplash bo‘yicha tegishli hujjatlarni hamda zarar harbiy xizmatchi (xodim) xizmat majburiyatlarini bajarishi bilan bog‘liq holda yetkazilganligini o‘rganish natijalarini Komissiya yig‘ilishida ko‘rib chiqish uchun tayyorlash

Ikki kunda




4-bosqich

Etkazilgan zararning o‘rnini qoplash masalasini ko‘rib chiqish bo‘yicha komissiya

1. Zararni o‘rnini qoplash to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqish va natijasi bo‘yicha qaror qabul qilish.

2. Qarorni manfaatdor shaxslarga — harbiy xizmatchi (xodim) yoki uning yaqin qarindoshlariga yetkazish.

O‘n kunda (qo‘shimcha hujjatlarni olish talab etilganda yigirma kunda)

Uch kunda








5-bosqich


Milliy gvardiya organlari

1. Etkazilgan zararni manfaatdor shaxslarga qoplab berish.

2. Etkazilgan zararni qoplash bilan bog‘liq xarajatlarni aybdor shaxsdan regress tartibida undirish.

Qaror qabul qilingandan so‘ng o‘n kunda

Qonunchilikda belgilangan tartibda




(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 09/21/470/0722-son)