1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.13.00 Davlat subsidiyalari va grantlari;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.09.00 Qishloq xoʻjaligi tarmoqlari / 09.14.09.04 Bogʻdorchilik. Uzumchilik;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.09.00 Qishloq xoʻjaligi tarmoqlari / 09.14.09.05 Sabzavotchilik]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Qishloq xoʻjaligi]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
QISHLOQ XOʻJALIGI BIRLASHMALARINING AʼZOLARI, MEVA-SABZAVOT KLASTERLARI ISHTIROKCHILARI VA TADBIRKORLIK SUBYEKTLARIGA MAHALLIY SHAROITDA YETISHTIRILGAN INTENSIV KOʻCHATLAR (PAKANA VA YARIM PAKANA) XOʻRAKI, KISHMISHBOP VA SANOATBOP TOK KOʻCHATLARI HAMDA PAYVANDTAGLARNI SOTIB OLISH XARAJATLARINING BIR QISMINI QOPLASH UCHUN SUBSIDIYA AJRATISH TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASH HAQIDA
(qarorning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 10-iyundagi 327-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.06.2022-y., 09/22/327/0517-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Meva-sabzavotchilik va uzumchilik tarmogʻini yanada rivojlantirish, sohada qoʻshilgan qiymat zanjirini yaratishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2019-yil 11-dekabrdagi PQ-4549-son qarori ijrosini taʼminlash, shuningdek, koʻchatchilik sohasini intensiv texnologiyalar asosida rivojlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Qishloq xoʻjaligi birlashmalarining aʼzolari, meva-sabzavot klasterlari ishtirokchilari va tadbirkorlik subyektlariga mahalliy sharoitda yetishtirilgan intensiv koʻchatlar (pakana va yarim pakana) hamda payvandtaglarni sotib olish xarajatlarining bir qismini qoplash uchun subsidiya ajratish toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mahalliy sharoitda yetishtirilgan intensiv koʻchatlar (pakana va yarim pakana) hamda payvandtaglarni (keyingi oʻrinlarda — koʻchatlar va payvandtaglar) sotib olish xarajatlarining bir qismini subsidiya ajratish yoʻli bilan qoplab berish tartibi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
koʻchatlar va payvandtaglar uchun subsidiyaning bazaviy hisoblash miqdorlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
koʻchatlar va payvandtaglar turlari (tok koʻchatlari, urugʻli va danakli mevalar, yongʻoq mevalari) boʻyicha koeffitsiyentlarni aniqlash tartibi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
respublikada koʻchatlar va payvandtaglarni ekish shartlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi va viloyatlar qishloq xoʻjaligi boshqarmalari tomonidan intensiv bogʻ va tokzor barpo etish boʻyicha loyihalarning manzilli roʻyxatlarini shakllantirish tartibi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
koʻchatlar va payvandtaglarni yetishtirish va yetkazib berish majburiyatlarining bajarilishi boʻyicha monitoring olib borish tartibi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yangi intensiv bogʻ, xoʻraki va kishmishbop tokzorlarni barpo etgan yoki barpo etadigan talabgorlarga koʻchatlar va payvandtaglarni sotib olish xarajatlarining bir qismini qoplash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Bogʻdorchilik va issiqxona xoʻjaligini rivojlantirish agentligi qoshidagi Bogʻdorchilik va issiqxona xoʻjaligini rivojlantirish jamgʻarmasi hisobidan;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 10-iyundagi 327-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.06.2022-y., 09/22/327/0517-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sanoatbop tokzorlarni barpo etgan yoki barpo etadigan talabgorlarga koʻchatlar va payvandtaglarni sotib olish xarajatlarining bir qismini qoplash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoatni rivojlantirish agentligi huzuridagi Agrosanoatni rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash davlat maqsadli jamgʻarmasi orqali respublika budjetidan har yili ajratiladigan mablagʻlar hisobidan subsidiya ajratiladi;
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-yanvardagi 45-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.01.2025-y., 09/25/45/0084-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qishloq xoʻjaligi birlashmalarining aʼzolari, meva-sabzavot klasterlari ishtirokchilari va tadbirkorlik subyektlariga koʻchatlar va payvandtaglarni sotib olish xarajatlarining bir qismini qoplash uchun ajratiladigan mablagʻlardan samarali foydalanilishi Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi tomonidan nazorat qilinadi.
(2-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martdagi 135-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 23-apreldagi 255-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.04.2025-y., 09/25/255/0376-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari Sh.M. Gʻaniyev hamda Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vaziri J.A. Xodjayev zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2021-yil 24-iyul,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
458-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 24-iyuldagi 458-son qaroriga 1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qishloq xoʻjaligi birlashmalarining aʼzolari, meva-sabzavot klasterlari ishtirokchilari va tadbirkorlik subyektlariga mahalliy sharoitda yetishtirilgan intensiv koʻchatlar (pakana va yarim pakana) xoʻraki, kishmishbop va sanoatbop tok koʻchatlari hamda payvandtaglarni sotib olish xarajatlarining bir qismini qoplash uchun subsidiya ajratish toʻgʻrisida
(1-ilovaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 10-iyundagi 327-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.06.2022-y., 09/22/327/0517-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM

1. Ushbu Nizom qishloq xoʻjaligi birlashmalarining aʼzolari, meva-sabzavot klasterlari ishtirokchilari va boshqa tadbirkorlik subyektlariga mahalliy sharoitda yetishtirilgan intensiv koʻchatlar (pakana va yarim pakana) xoʻraki, kishmishbop va sanoatbop tok koʻchatlari hamda payvandtaglarni (keyingi oʻrinlarda — koʻchatlar va payvantaglar) sotib olish xarajatlarining bir qismini qoplash, shartnoma shartlarini monitoring qilish hamda berilgan subsidiyani qaytarish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoatni rivojlantirish agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) huzuridagi Agrosanoatni rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash davlat maqsadli jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) hisobidan subsidiya ajratish tartibini belgilaydi.
(1-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-yanvardagi 45-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.01.2025-y., 09/25/45/0084-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Subsidiyalar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yangi intensiv bogʻ, xoʻraki va kishmishbop tokzorlarni barpo etgan yoki barpo etadigan talabgorlarga Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Bogʻdorchilik va issiqxona xoʻjaligini rivojlantirish agentligi (keyingi oʻrinlarda — Bogʻdorchilik va issiqxona xoʻjaligini rivojlantirish agentligi) qoshidagi Bogʻdorchilik va issiqxona xoʻjaligini rivojlantirish jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Bogʻdorchilik va issiqxona xoʻjaligini rivojlantirish jamgʻarmasi);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sanoatbop tokzorlarni barpo etgan yoki barpo etadigan talabgorlarga Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoatni rivojlantirish agentligi huzuridagi Agrosanoatni rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash davlat maqsadli jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) tomonidan ajratiladi.
(1-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-yanvardagi 45-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.01.2025-y., 09/25/45/0084-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda, subsidiyalar proporsional tarzda koʻchat va payvandtag turiga qarab tegishli Jamgʻarma tomonidan beriladi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 10-iyundagi 327-sonli qaroriga asosan xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.06.2022-y., 09/22/327/0517-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Ushbu Nizomda quyidagi tushunchalardan foydalaniladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
intensiv bogʻ — intensiv koʻchatlar (pakana va yarim pakana) hamda payvandtaglardan yetishtirilgan koʻchatlarni zich ekish sxemasida resurstejamkor agrotexnologik tadbirlarni amalga oshirish asosida tashkil etilgan va suv tejovchi sugʻorish texnologiyalari joriy etilgan mevali bogʻ;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“In-vitro” laboratoriyasi — oʻsimlik organizmi toʻqimalarini mikroklonal koʻpaytirish usuli orqali “sogʻlom”, viruslardan holi boʻlgan payvandtag yetishtirish uchun ixtisoslashgan, maxsus jihozlangan laboratoriya;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
koʻchatchilik xoʻjaligi — Oʻzbekiston Respublikasida meva koʻchatlarini yetishtiruvchi maqomga va koʻchatchilikka ixtisoslashgan kamida 2 gektar yer maydoniga ega boʻlgan xoʻjalik yurituvchi subyekt;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qishloq xoʻjaligi birlashmasi — fermer xoʻjaliklari, dehqon xoʻjaliklari hamda tomorqa yer egalarini, shuningdek, meva-sabzavot mahsulotlarini yetishtirish va ularni tayyorlash, tashish, saqlash va sotish boʻyicha faoliyat olib boruvchi jismoniy va yuridik shaxslarni oʻz ichiga olgan yuridik shaxs;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
loyiha tashabbuskori — yangi intensiv bogʻ va/yoki tokzor barpo etish yuzasidan subsidiya olish uchun murojaat qilgan qishloq xoʻjaligi birlashmasi aʼzosi, meva-sabzavot klasteri ishtirokchisi yoki tadbirkorlik subyekti;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
meva-sabzavot klasteri — bir yoki bir necha yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan bitim asosida zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda urugʻlik, meva-sabzavot mahsulotlarini yetishtirish, qayta ishlash, saqlash, tayyor mahsulot ishlab chiqarish va sotish boʻyicha qoʻshilgan qiymat zanjiri yaratish yuzasidan hamkorlikni amalga oshirishga qaratilgan faoliyat shakli;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
payvandtag — “In-vitro” laboratoriyasida yoki vegetativ yoʻl bilan koʻpaytirilgan ildiz tizimiga ega boʻlgan oʻsimlik poyasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
plantatsiya — qishloq xoʻjaligi birlashmalarining yoki meva-sabzavot klasterining aʼzolari tomonidan tutash hududda 10 gektardan kam boʻlmagan maydonlarda bir xil meva yoki uzum turi ekilgan intensiv bogʻ va/yoki tokzor.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Subsidiyalar koʻchatlar va payvandtaglarni sotib olish xarajatlarining bir qismini qoplash uchun beriladi, danak va urugʻdan koʻpaytirilgan payvandtaglar (koʻchatlar) bundan mustasno.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Subsidiyaning bazaviy hisoblash miqdori sotib olinadigan koʻchatlar va payvandtaglarning har bir donasi uchun quyidagi miqdorlarda belgilanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
intensiv meva koʻchatiga — 8 000 soʻm;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
intensiv meva payvandtagiga — 2 500 soʻm;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tok koʻchatiga — 5 000 soʻm;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tok payvandtagiga — 5 000 soʻm.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 10-iyundagi 327-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.06.2022-y., 09/22/327/0517-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Qishloq xoʻjaligi birlashmalari aʼzolari, meva-sabzavot klasterlari ishtirokchilari va boshqa tadbirkorlik subyektlariga koʻchatlar va payvandtaglarni sotib olish xarajatlarining bir qismini qoplash uchun har bir dona koʻchatga beriladigan subsidiya miqdori uning bazaviy hisoblash miqdoriga mevali koʻchat turi uchun belgilangan koeffitsiyentni koʻpaytirish yoʻli bilan quyidagicha aniqlanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 10-iyundagi 327-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.06.2022-y., 09/22/327/0517-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Loyiha tashabbuskorlari mazkur Nizomga 1-ilovaga muvofiq intensiv bogʻ va tokzorlarda koʻchatlarni ekish shartlariga rioya qilishlari lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Koʻchatlar va payvandtaglarni sotib olish xarajatlarining bir qismi ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha qoplab beriladi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 10-iyundagi 327-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.06.2022-y., 09/22/327/0517-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-bob. Mahalliy sharoitda yetishtirilgan koʻchatlar va payvandtaglarni sotib olish xarajatlarining bir qismini qoplab berish tartibi
(2-bob nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 10-iyundagi 327-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.06.2022-y., 09/22/327/0517-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-§. Mahalliy sharoitda yetishtirilgan koʻchatlarni sotib olish xarajatlarining bir qismini qoplab berish
(1-paragraf nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 10-iyundagi 327-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.06.2022-y., 09/22/327/0517-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi va viloyatlar qishloq xoʻjaligi boshqarmalari har yili 1-noyabrga qadar plantatsiya asosida barpo etiladigan bogʻ va tokzorlar uchun ajratilgan yoki ajratiladigan yer maydonlaridan kelib chiqib, loyiha tashabbuskorlarining koʻchatlar turlari, navlari va miqdoriga boʻlgan talabini aniqlash maqsadida bogʻ va tokzor barpo etish boʻyicha loyihalarning manzilli roʻyxatini mazkur Nizomga 3-ilovaga muvofiq shakllantiradi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 10-iyundagi 327-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.06.2022-y., 09/22/327/0517-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi va viloyatlar qishloq xoʻjaligi boshqarmalari shakllantirilgan manzilli roʻyxatni oʻn ish kunida Agentlikka taqdim etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Agentlik taqdim etilgan manzilli roʻyxat asosida oʻn ish kunida “in-vitro” laboratoriyalari va koʻchatchilik xoʻjaliklarining mahalliy sharoitda yetishtirilgan koʻchatlar yetkazib berish imkoniyatini oʻrganib, olingan maʼlumotlarni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi va viloyatlar qishloq xoʻjaligi boshqarmalari orqali loyiha tashabbuskoriga yetkazadi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 10-iyundagi 327-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.06.2022-y., 09/22/327/0517-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Loyiha tashabbuskori koʻchatlar sotib olishga subsidiya olish uchun Agentlik va koʻchat yetkazib beruvchi koʻchatchilik xoʻjaligi oʻrtasida uch tomonlama shartnomani tuzish uchun Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Agentlikka quyidagi hujjatlarni ilova qilib, elektron imzo bilan tasdiqlangan arizani elektron pochta orqali yuboradi:
(11-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-yanvardagi 45-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.01.2025-y., 09/25/45/0084-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yuridik shaxsning nomi, soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami (STIR), tashkiliy-huquqiy shakli, joylashgan joyi (pochta manzili), soʻralayotgan subsidiyaning maqsadi, miqdori, intensiv bogʻ va/yoki tokzor barpo etilishi rejalashtirilgan yer maydoni, xizmat koʻrsatuvchi tijorat bankining nomi va bankdagi hisobvaragʻi koʻrsatilgan subsidiya ajratish toʻgʻrisidagi ariza;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
intensiv bogʻ va/yoki tokzor barpo etish uchun yer uchastkasiga boʻlgan huquqni tasdiqlovchi hujjat nusxasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ushbu Nizomga 4-ilovaga muvofiq shaklda loyiha toʻgʻrisida maʼlumot.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Elektron shaklda taqdim etilgan hujjatlar elektron raqamli imzo bilan tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Loyihani moliyalashtirishning aniq manbalari (oʻz mablagʻi, bank krediti, xorijiy investitsiya) koʻrsatilmagan arizalar koʻrib chiqilmaydi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 10-iyundagi 327-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.06.2022-y., 09/22/327/0517-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Tegishligiga koʻra, Agentlik loyiha tashabbuskoriga koʻchatlarni sotib olish uchun beriladigan buyurtmaga avans toʻlovi sifatida subsidiya ajratish yoki ajratishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-yanvardagi 45-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.01.2025-y., 09/25/45/0084-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Subsidiya ajratishni rad etish uchun quyidagilar asos hisoblanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
loyiha tashabbuskori ushbu Nizomning 11-bandida belgilangan shartlarga mos kelmasa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
koʻchat yetkazib beruvchi xoʻjalik mevali va uzum koʻchati yetishtirish uchun koʻchatchilikka ixtisoslashgan kamida 2 gektar yer maydoniga ega boʻlmasa, shuningdek, koʻchatchilikka ixtisoslashgan xoʻjalik boʻlmasa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
loyiha tashabbuskori tomonidan taqdim etilgan hujjatlarda Agentliklar tomonidan oʻtkaziladigan oʻrganishlar orqali ishonchsiz va notoʻgʻri maʼlumotlar mavjudligi yoki maʼlumotlarni buzib koʻrsatish holatlari aniqlanganda.
(14-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 10-iyundagi 327-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.06.2022-y., 09/22/327/0517-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu bandda qayd etilganidan boshqa holatlardan tashqari loyiha tashabbuskoriga subsidiya ajratishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 10-iyundagi 327-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.06.2022-y., 09/22/327/0517-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Agentlik qabul qilgan qaror toʻgʻrisida loyiha tashabbuskorini uch ish kun mobaynida yozma (elektron) ravishda xabardor qiladi va oʻn besh ish kunida loyiha tashabbuskori va koʻchatchilik xoʻjaligi oʻrtasida koʻchatlar yetishtirish, yetkazib berish va subsidiya ajratib berish boʻyicha uch tomonlama shartnoma imzolanadi.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 10-iyundagi 327-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.06.2022-y., 09/22/327/0517-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Mablagʻlar koʻchatchilik xoʻjaliklarining xizmat koʻrsatuvchi tijorat banklarida ochilgan asosiy hisobvaraqlariga (tashkilotlarning maqsadli mablagʻlari) oʻtkaziladi.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 10-sentabrdagi PQ-373-son qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.09.2022-y., 07/22/373/0808-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Koʻchatchilik xoʻjaligi loyiha tashabbuskoriga yetkazib berilayotgan koʻchatlar uchun Jamgʻarmalar tomonidan moliyalashtirilgan mablagʻlarni mos ravishda har bir koʻchat narxidan chegirib qoladi.
(18-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 10-iyundagi 327-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.06.2022-y., 09/22/327/0517-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu koʻchat narxidan chegirilgan mablagʻlar loyiha tashabbuskoriga taqdim etilgan subsidiya deb hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-§. Mahalliy sharoitda yetishtirilgan payvandtaglarni sotib olish xarajatlarining bir qismini qoplab berish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Koʻchatchilik xoʻjaligi mahalliy sharoitda yetishtirilgan payvandtaglarni sotib olish xarajatlarining bir qismini “in-vitro” laboratoriyasiga subsidiya hisobiga oldindan toʻlovni amalga oshirish uchun Agentliklarga quyidagi hujjatlarni yozma yoki elektron shaklda taqdim qiladi:
(19-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 10-iyundagi 327-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.06.2022-y., 09/22/327/0517-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yuridik shaxsning nomi, soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami (STIR) va tashkiliy-huquqiy shakli, joylashgan joyi (pochta manzili), subsidiya olish maqsadi, miqdori, mahalliy sharoitda koʻchatlar yetishtirish rejalashtirilgan yer maydoni (kontur raqami), xizmat koʻrsatuvchi tijorat bankining nomi va bankdagi hisobvaragʻi koʻrsatilgan holda subsidiya ajratish toʻgʻrisidagi ariza;
(19-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 10-iyundagi 327-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.06.2022-y., 09/22/327/0517-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yer uchastkasiga boʻlgan huquqni tasdiqlovchi hujjat nusxasi (payvandtaglar akademik M.Mirzayev nomidagi Bogʻdorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot institutining ilmiy-tajriba stansiyalarida yetishtirilgan hollar bundan mustasno).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Elektron shaklda taqdim etilgan hujjatlar elektron raqamli imzo bilan tasdiqlanadi.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 10-iyundagi 327-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.06.2022-y., 09/22/327/0517-son)
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 10-iyundagi 327-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.06.2022-y., 09/22/327/0517-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Subsidiya ajratishni rad etish uchun quyidagilar asos boʻladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
loyiha tashabbuskori ushbu Nizomning 19-bandida belgilangan shartlarga mos kelmasa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
payvandtag yetkazib beruvchi koʻchatchilik xoʻjaligi mevali va uzum koʻchat yetishtirish uchun koʻchatchilikka ixtisoslashgan kamida 2 gektar yer maydoniga ega boʻlmasa, shuningdek, koʻchatchilikka ixtisoslashgan xoʻjalik boʻlmasa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
loyiha tashabbuskori tomonidan taqdim etilgan hujjatlarda Agentliklar tomonidan oʻtkaziladigan oʻrganishlar orqali ishonchsiz va notoʻgʻri maʼlumotlar mavjudligi yoki maʼlumotlarni buzib koʻrsatish holatlari aniqlanganda.
(22-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 10-iyundagi 327-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.06.2022-y., 09/22/327/0517-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu bandda qayd etilganidan boshqa holatlarda subsidiya oluvchiga subsidiya ajratishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 10-iyundagi 327-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.06.2022-y., 09/22/327/0517-son)
(24-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 10-iyundagi 327-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.06.2022-y., 09/22/327/0517-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25. Agentliklar “in-vitro” laboratoriyaga imzolangan uch tomonlama shartnoma asosida Jamgʻarmalar hisobraqamida mablagʻlar mavjud boʻlgan taqdirda bir oy muddatda, biroq uzogʻi bilan olti oydan oshmagan muddatda payvandtaglarni yetishtirish va yetkazib berish uchun koʻchatchilik xoʻjaligi nomidan subsidiyani oʻtkazadi.
(25-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 10-iyundagi 327-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.06.2022-y., 09/22/327/0517-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26. Subsidiya mablagʻlari “in-vitro” laboratoriyalarining xizmat koʻrsatuvchi tijorat banklarida ochilgan asosiy hisobvaraqlariga (tashkilotlarning maqsadli mablagʻlari) oʻtkaziladi.
(26-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 10-sentabrdagi PQ-373-son qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.09.2022-y., 07/22/373/0808-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
27. “In-vitro” laboratoriyasi koʻchatchilik xoʻjaliklariga yetkazib berilgan payvandtaglar uchun Jamgʻarmalar tomonidan moliyalashtirilgan mablagʻni mos ravishda har bir payvandtag narxidan chegirib qoladi.
(27-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 10-iyundagi 327-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.06.2022-y., 09/22/327/0517-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu payvandtag narxidan chegirilgan mablagʻlar koʻchatchilik xoʻjaligiga taqdim etilgan subsidiya deb hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-bob. Mahalliy sharoitda koʻchatlar va payvandtaglarni yetishtirish va yetkazib berish majburiyatlarining bajarilishi boʻyicha monitoringini olib borish
(3-bob nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 10-iyundagi 327-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.06.2022-y., 09/22/327/0517-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
28. “In-vitro” laboratoriyalari va koʻchatchilik xoʻjaliklari mahalliy sharoitda koʻchatlar hamda payvandtaglar yetkazib berishni subsidiya mablagʻlari ajratilgandan (moliyalashtirilgandan) soʻng 24 oydan oshmagan muddatda yakunlanishi lozim.
(28-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 10-iyundagi 327-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.06.2022-y., 09/22/327/0517-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
29. Shartnomada koʻrsatilgan parametrlar oʻz vaqtida bajarilishini taʼminlash maqsadida Agentlik, akademik M. Mirzayev nomidagi Bogʻdorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan loyiha tashabbuskori yoki koʻchatchilik xoʻjaligi ishtirokida har chorak yakuni boʻyicha subsidiya olgan koʻchatchilik xoʻjaligi dalasiga va “in-vitro” laboratoriyasiga tashrif buyurgan holda monitoring oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Monitoring yakunlari boʻyicha shartnomada koʻrsatilgan parametrlarning bajarilish holati va koʻchatlar yetishtirish standartlarga mosligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar koʻrsatilgan holda uch nusxada dalolatnoma rasmiylashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Dalolatnoma Agentlik, akademik M. Mirzayev nomidagi Bogʻdorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti vakili, loyiha tashabbuskori yoki koʻchatchilik xoʻjaligi rahbari tomonidan imzolanadi. Dalolatnoma bir nusxadan Agentlik, koʻchatchilik xoʻjaligi va “in-vitro” laboratoriyasida saqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
30. Monitoring jarayonida qishloq xoʻjaligi birlashmalarining aʼzolari, meva-sabzavot klasterlari ishtirokchilari va boshqa tadbirkorlik subyektlari, loyiha tashabbuskori, koʻchatchilik xoʻjaligi yoki “in-vitro” laboratoriyasi tomonidan shartnoma shartlari bajarilmaganligi aniqlangan taqdirda, Agentliklar oʻtkazib berilgan mablagʻlarni qaytarish yuzasidan ularga yozma ravishda talabnoma yuboradi.
(30-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 10-iyundagi 327-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.06.2022-y., 09/22/327/0517-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Loyiha tashabbuskori, koʻchatchilik xoʻjaligi yoki “in-vitro” laboratoriyasi ushbu talabnomani olgan kundan eʼtiboran bir oy mobaynida olingan mablagʻlarni Agentliklarning tegishli maxsus shaxsiy gʻazna hisobvaragʻiga qaytarishi lozim.
(30-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 10-iyundagi 327-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.06.2022-y., 09/22/327/0517-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar olingan mablagʻlar belgilangan muddatda qaytarib berilmasa, Agentlik mablagʻlarni qaytarish boʻyicha belgilangan tartibda sudga murojaat qilishi mumkin. Bunda loyihaning bajarilmagan qismiga teng boʻlgan subsidiya qaytariladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
31. “In-vitro” laboratoriyalari va koʻchatchilik xoʻjaliklarining roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi va Agentliklarning rasmiy veb-saytlarida eʼlon qilinadi.
(31-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 10-iyundagi 327-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.06.2022-y., 09/22/327/0517-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
32. Agentliklar har chorak yakuni bilan ajratilayotgan subsidiyadan foydalanish samaradorligini oʻrganish, tahlil qilish va tahlil natijalari boʻyicha Vazirlar Mahkamasi va Qishloq xoʻjaligi vazirligiga axborot kiritib boradi.
(32-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 10-iyundagi 327-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.06.2022-y., 09/22/327/0517-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
321. Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga moʻljallangan strategiyasini amalga oshirish boʻyicha muvofiqlashtiruvchi kengash huzuridagi Agrar va oziq-ovqat sohalarini subsidiyalash boʻyicha Texnik ishchi guruh tomonidan 2025-yil 1-yanvarga qadar ushbu subsidiyaning samaradorlik koʻrsatkichi baholanadi. Bunda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
subsidiyani ajratish natijasida subsidiya ajratilgan subyektlarning xoʻraki, kishmishbop va sanoatbop tok koʻchatlari soni hamda mahsulot yetishtirish hajmi oshganda, subsidiyaning samaradorlik koʻrsatkichi “ijobiy”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
subsidiya oluvchi subyekt tomonidan olingan subsidiyadan foydalanilmayotganligi yoki undan samarasiz foydalanayotganligi, shuningdek, subsidiyalardan boshqa maqsadlarda foydalanilganligi aniqlanganda, subsidiyaning samaradorlik koʻrsatkichi “salbiy” deb baholanadi.
(321-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 3-avgustdagi 331-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.08.2023-y., 09/23/331/0560-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
33. Qishloq xoʻjaligi birlashmalarining aʼzolari va meva-sabzavot klasterlari ishtirokchilariga koʻchatlar va payvandtaglarni sotib olish xarajatlarining bir qismini qoplash uchun ajratiladigan mablagʻlardan samarali foydalanilishi yuzasidan nazorat Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
(33-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martdagi 135-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
34. Mahalliy sharoitda koʻchatlar (pakana va yarim pakana) hamda payvandtaglar yetishtirib berish uchun subsidiya olgan “in-vitro” laboratoriyalari va koʻchatchilik xoʻjaliklari subsidiyaning maqsadli va samarali ishlatilishi uchun javobgar hisoblanadi.
(34-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 10-iyundagi 327-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.06.2022-y., 09/22/327/0517-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
35. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-sentabrdagi PF-151-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.10.2024-y., 06/24/151/0764-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qishloq xoʻjaligi birlashmalarining aʼzolari, meva-sabzavot klasterlari ishtirokchilari va tadbirkorlik subyektlariga mahalliy sharoitda yetishtirilgan intensiv koʻchatlar (pakana va yarim pakana), xoʻraki, kishmishbop va sanoatbop tok koʻchatlari hamda payvandtaglarni sotib olish xarajatlarining bir qismini qoplash uchun subsidiya ajratish toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mahalliy sharoitda yetishtirilgan koʻchatlar va payvandtaglarni sotib olish xarajatlarining bir qismini qoplab berish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi va viloyatlar qishloq xoʻjaligi boshqarmalari
Plantatsiya asosida barpo etiladigan bogʻ va tokzorlar uchun ajratilgan yoki ajratiladigan yer maydonlaridan kelib chiqib, loyiha tashabbuskorlarining koʻchatlar turi, navi va soniga boʻlgan talabni aniqlash maqsadida intensiv bogʻ va tokzor barpo etish boʻyicha loyihalarning manzilli roʻyxatini shakllantiradi.
Har yili 1-noyabrga qadar
Shakllantirilgan manzilli roʻyxatni Agentliklarga taqdim etadi.
10 ish kunida
2-bosqich
Agentliklar
Taqdim etilgan manzilli roʻyxat asosida “in-vitro” laboratoriyalari va koʻchatchilik xoʻjaliklarining koʻchatlar yetkazib berish imkoniyatini oʻrganib, olingan maʼlumotlarni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi va viloyatlar qishloq xoʻjaligi boshqarmalari orqali loyiha tashabbuskorlariga yetkazadi.
10 ish kunida
3-bosqich
Loyiha tashabbuskori
1. Subsidiya olish uchun zarur hujjatlarni tayyorlaydi.
2. Agentliklarga hujjatlarni elektron shaklda taqdim qiladi.
Tashabbus koʻrsatish tartibida
4-bosqich
Agentliklar
Loyiha tashabbuskorlari va koʻchatchilik xoʻjaligi oʻrtasida koʻchatlar yetishtirish, yetkazib berish va subsidiya mablagʻlarini ajratib berish boʻyicha uch tomonlama shartnomani imzolaydi.
15 ish kunida
5-bosqich
Agentliklar
Shartnoma imzolangandan soʻng Agentliklar koʻchatlar yetkazib berish uchun koʻchatchilik xoʻjaliklariga shartnomada belgilangan miqdordagi mablagʻlarni oʻtkazib beradi.
Mablagʻlar koʻchatchilik xoʻjaliklarining xizmat koʻrsatuvchi tijorat banklarida ochilgan asosiy hisobvaraqlariga oʻtkaziladi.
Jamgʻarmalar hisobraqamida mablagʻlar mavjud boʻlgan taqdirda bir oy muddatda, aks holda uzogʻi bilan olti oydan oshmagan muddatda
6-bosqich
Agentliklar
Loyiha tashabbuskori yoki koʻchatchilik xoʻjaligi ishtirokida subsidiya olgan koʻchatchilik xoʻjaligi dalasiga va “in-vitro” laboratoriyasiga tashrif buyurgan holda monitoring oʻtkazadi.
Monitoring yakunlari boʻyicha shartnomada koʻrsatilgan parametrlarning bajarilish holati va koʻchatlar yetishtirish standartlariga mosligi toʻgʻrisidagi uch nusxada dalolatnoma rasmiylashtiradi.
Monitoring davomida shartnoma shartlari bajarilmagani aniqlangan taqdirda, oʻtkazib berilgan mablagʻlarni qaytarish yuzasidan yozma ravishda talabnoma yuboradi.
Har chorak yakuni boʻyicha
7-bosqich
Loyiha tashabbuskori
Mablagʻlarni Agentliklarning tegishli maxsus shaxsiy gʻazna hisobvaragʻiga qaytaradi.
Talabnomani olgan kundan 1 oy mobaynida
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 10-sentabrdagi PQ-373-son qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.09.2022-y., 07/22/373/0808-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qishloq xoʻjaligi birlashmalarining aʼzolari, meva-sabzavot klasterlari ishtirokchilari va tadbirkorlik subyektlariga mahalliy sharoitda yetishtirilgan intensiv koʻchatlar (pakana va yarim pakana) hamda payvandtaglarni sotib olish xarajatlarining bir qismini qoplash uchun subsidiya ajratish toʻgʻrisida nizomga 3-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
__________ viloyatida qishloq xoʻjaligi birlashmalarining aʼzolari va meva-sabzavot klasterlari ishtirokchilari va tadbirkorlik subyektlari tomonidan intensiv bogʻ va tokzor barpo etish boʻyicha loyihalarning
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
MANZILLI ROʻYXATI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qishloq xoʻjaligi birlashmasi yoki meva-sabzavot klasteri nomi
Loyiha tashabbuskorining STIR raqami
Hudud, massiv
Intensiv bogʻ/tokzor maydoni (gektar)
Kontur raqami
Mevali daraxt
Talab etiladigan koʻchat soni
(ming dona)
Izoh
turi
navi
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 10-iyundagi 327-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.06.2022-y., 09/22/327/0517-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qishloq xoʻjaligi birlashmalarining aʼzolari, meva-sabzavot klasterlari ishtirokchilari va tadbirkorlik subyektlariga mahalliy sharoitda yetishtirilgan intensiv koʻchatlar (pakana va yarim pakana) hamda payvandtaglarni sotib olish xarajatlarining bir qismini qoplash uchun subsidiya ajratish toʻgʻrisida nizomga 4-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Intensiv bogʻ va tokzor barpo etish loyihasi toʻgʻrisida
(4-ilovaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 10-iyundagi 327-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.06.2022-y., 09/22/327/0517-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
MAʼLUMOT
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Loyiha tashabbuskori nomi: ________________ STIR raqami: _____________
2. Ajratilgan umumiy maydon: _____ gektar, shundan ekin maydoni _____ gektar.
3. Loyiha amalga oshirilayotgan joyning manzili va kontur raqami: ________________.
4. Mevali koʻchat turi va navi, tup soni, ekish sxemasi: __________.
5. Koʻchatchilik xoʻjaligining nomi, manzili, telefon raqami.
6. Loyihani amalga oshirish muddati: _________ .
7. Yaratiladigan ish oʻrni: ___ kishi.
8. Loyihaning umumiy qiymati — ________ mln soʻm yoki _____ AQSH dollari, shundan:
T/r
Amalga oshiriladigan ishlar
Loyihaning umumiy qiymati (mln soʻm), shundan:
Moliyalashtirish manbalari, mln soʻm
loyiha tashabbuskorining mablagʻlari
Bogʻdorchilik va issiqxona xoʻjaligini rivojlantirish jamgʻarmasi subsidiyalari
Tijorat banklari kreditlari, boshqa manbalar hisobiga
1.
Agrotexnik tadbirlar (jumladan, yer haydash, chizellash, yerni tekislash) amalga oshirish
2.
Tuproqqa mineral oʻgʻitlar va boshqa kimyoviy moddalar bilan ishlov berish
3.
Intensiv koʻchat sotib olish va ularni ekish
4.
Koʻchatlarni ekish
5.
Suv chiqarish uchun quduqlar va nasos stansiyasi qurish
6.
Tomchilab sugʻorish tizimini joriy qilish
7.
Boshqa xarajatlar
JAMI:
Keltirilgan maʼlumotlar ishonchli (haqqoniy) boʻlib, loyiha toʻliq hajmda oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilishiga kafolat beraman.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 23-apreldagi 255-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.04.2025-y., 09/25/255/0376-son)