16.06.2021 yildagi 1073-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarori

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining “Saylov qonunchiligi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2021-yil 8-fevraldagi OʻRQ-670-son, “Oʻzbekiston Respublikasining Saylov kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2021-yil 31-maydagi OʻRQ-691-son qonunlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 14 va 16-moddalariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining ayrim qarorlariga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida eʼlon qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisining oʻrinbosari B. Kuchkarov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Rais Z. NIZAMXODJAYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2021-yil 16-iyun,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1073-son

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2021-yil 16-iyundagi 1073-son qaroriga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2024-yil 5-iyundagi 1339-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Markaziy saylov komissiyasining 2019-yil 11-sentabrdagi 935-son qarori bilan tasdiqlangan Siyosiy partiyaning vakolatli vakili toʻgʻrisidagi nizomda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) Nizomning butun matni boʻyicha tegishli kelishik va sondagi “guvohnoma (mandat)” degan soʻzlar tegishli kelishik va sonda “mandat” degan soʻz bilan almashtirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) 6-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“6. Siyosiy partiyaning hududiy organi rahbari saylovga kamida oʻn kun qolganida ariza bilan tegishli saylov komissiyasiga siyosiy partiyaning vakolatli vakillari roʻyxatini (ismi-familiyasi, lavozimi, yashash manzili va telefon raqami koʻrsatilgan holda) taqdim etadi. Bunda ariza:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini oʻtkazuvchi okrug saylov komissiyasiga;

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari saylovida — Qonunchilik palatasi deputatlari saylovini oʻtkazuvchi okrug saylov komissiyasiga;

xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari deputatlari saylovida — mazkur Kengashlarga saylov oʻtkazuvchi okrug saylov komissiyasiga;

xalq deputatlari tuman, shahar (bundan Toshkent shahri mustasno) Kengashlari deputatlari saylovida — tuman, shahar (bundan Toshkent shahar saylov komissiyasi mustasno) saylov komissiyasiga;

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi hamda xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari deputatlari saylovi bir vaqtda oʻtkazilgan taqdirda — Qonunchilik palatasi deputatlari saylovini oʻtkazuvchi okrug saylov komissiyasiga taqdim etiladi.

Arizaga vakolatli vakillikka nomzodning pasport nusxasi, 2 dona 3 x 4 sm hajmdagi fotosurati ilova qilinadi”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) 8-bandning uchinchi xatboshisidagi “oʻn besh kundan” degan soʻzlar “oʻn kundan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) 13-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Siyosiy partiyaning vakolatli vakili saylov komissiyalarining harakatlari va qarorlari ustidan qonunda belgilangan tartibda sudga shikoyat qilishi mumkin”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
d) 1-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“SIYOSIY PARTIYA VAKOLATLI VAKILINING MANDAT NAMUNASI

Izoh: 140 x 100 mm. oʻlchamdagi mandat bir tarafli oʻzbek tilida namunaviy blankda rasmiylashtiriladi”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
e) 2-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“SIYOSIY PARTIYA VAKOLATLI VAKILINING MANDAT NAMUNASI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Izoh: 140 x 100 mm. oʻlchamdagi mandat bir tarafli oʻzbek tilida namunaviy blankda rasmiylashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Boʻshab qolgan oʻrinlarga xalq deputatlari tuman, shahar (bundan xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi mustasno) Kengashiga saylov oʻtkazilganida mandat tuman, shahar (bundan Toshkent shahar saylov komissiyasi mustasno) saylov komissiyasi raisi tomonidan imzolanadi”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Markaziy saylov komissiyasining 2019-yil 11-sentabrdagi 936-son qarori bilan tasdiqlangan Nomzodlarning ishonchli vakillari toʻgʻrisidagi nizomda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
birinchi xatboshidan “okrug” degan soʻz chiqarib tashlansin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari deputatligiga nomzod tomonidan xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlariga saylov oʻtkazuvchi okrug saylov komissiyasiga”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
quyidagi mazmundagi toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“xalq deputatlari tuman, shahar (bundan Toshkent shahri mustasno) Kengashi deputatligiga nomzod tomonidan tuman, shahar (bundan Toshkent shahar saylov komissiyasi mustasno) saylov komissiyasiga taqdim etiladi”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
toʻrtinchi — oltinchi xatboshilar tegishincha beshinchi — yettinchi xatboshilar deb hisoblansin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oltinchi xatboshidan “okrug” degan soʻz chiqarib tashlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) 13-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Ishonchli vakillar saylov komissiyalarining harakatlari va qarorlari ustidan qonunda belgilangan tartibda sudga shikoyat qilishi mumkin”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) 2v-ilova matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“XALQ DEPUTATLARI TUMAN (SHAHAR) KENGASHI DEPUTATLIGIGA NOMZOD ISHONCHLI VAKILINING GUVOHNOMA NAMUNASI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
140 x 100 mm. oʻlchamdagi guvohnoma bir tarafli oʻzbek tilida namunaviy blankda rasmiylashtiriladi.”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Markaziy saylov komissiyasining 2019-yil 5-oktabrdagi 951-son qarori bilan tasdiqlangan Siyosiy partiyalar va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlaridan kuzatuvchilar toʻgʻrisidagi nizomda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) 5 va 6-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“5. Siyosiy partiyaning tuman (shahar) tashkiloti Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari deputatligiga ushbu siyosiy partiyadan koʻrsatilgan nomzod roʻyxatga olingan kundan boshlab, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari esa okrug saylov komissiyasi tuzilganidan keyin oʻz kuzatuvchilari toʻgʻrisida tegishli saylov komissiyasiga ariza bilan murojaat qiladi. Bunda ariza:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini oʻtkazuvchi okrug saylov komissiyasiga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari saylovida — Qonunchilik palatasi deputatlari saylovini oʻtkazuvchi okrug saylov komissiyasiga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari deputatlari saylovida — mazkur Kengashlarga saylov oʻtkazuvchi okrug saylov komissiyasiga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xalq deputatlari tuman, shahar (bundan Toshkent shahri mustasno) Kengashlari deputatlari saylovida — tuman, shahar (bundan Toshkent shahar saylov komissiyasi mustasno) saylov komissiyasiga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi hamda xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari deputatlari saylovi bir vaqtda oʻtkazilgan taqdirda — Qonunchilik palatasi deputatlari saylovini oʻtkazuvchi okrug saylov komissiyasiga taqdim etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Arizaga kuzatuvchilarning roʻyxati (ismi-familiyasi, lavozimi, yashash manzili va telefon raqami koʻrsatilgan holda), ularning shaxsini tasdiqlovchi hujjat nusxalari, 3x4 sm. oʻlchamdagi ikki dona fotosurat ilova qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Siyosiy partiyalar va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari oʻz kuzatuvchilari toʻgʻrisida tegishli saylov komissiyasiga saylovga kamida oʻn kun qolgunga qadar murojaat qilishi mumkin”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) 7-banddagi “Okrug” degan soʻz “Tegishli” degan soʻz bilan almashtirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) 8-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Mandat namunasi tegishincha Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2019-yil 23-iyuldagi 924-son va 2021-yil 14-apreldagi 1065-son qarorlari bilan tasdiqlangan nizomlar bilan belgilanadi”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) 9-banddagi “okrug” degan soʻz “tegishli” degan soʻz bilan almashtirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
d) 10-bandning uchinchi xatboshisidagi “oʻn besh kundan” degan soʻzlar “oʻn kundan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻn ikkinchi xatboshidagi “okrug saylov komissiyasi tomonidan” degan soʻzlar “tegishincha okrug, tuman, shahar (bundan Toshkent shahar saylov komissiyasi mustasno) saylov komissiyalari tomonidan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻn uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“harbiy qismlarda, qamoqda saqlash va ozodlikdan mahrum etish joylarida tuzilgan saylov uchastkalariga borishi haqida kamida uch kun oldin tegishli uchastka saylov komissiyasini belgilangan tartibda xabardor qilish”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
j) 16-bandda “okrug saylov komissiyasi” degan soʻzlar “tegishincha okrug saylov komissiyasi, tuman, shahar (bundan Toshkent shahar saylov komissiyasi mustasno) saylov komissiyasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
z) 17-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Kuzatuvchi saylov komissiyalarining harakatlari va qarorlari ustidan qonunda belgilangan tartibda sudga shikoyat qilishi mumkin”.