Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON FAXRIYLARINI IJTIMOIY QOʻLLAB-QUVVATLASH “NURONIY” JAMGʻARMASI FAOLIYATIGA KOʻMAKLASHISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 17-fevraldagi 90-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston faxriylarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash “Nuroniy” jamgʻarmasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2016-yil 28-dekabrdagi PF-4906-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston faxriylarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash “Nuroniy” jamgʻarmasi toʻgʻrisida” 1996-yil 4-dekabrdagi Farmonini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston faxriylarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash “Nuroniy” jamgʻarmasi tashkil etilishi maʼqullansin.
Jamgʻarma Ustavi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida roʻyxatdan oʻtkazilganligi va keng jamoatchilik koʻrsatib oʻtilgan Jamgʻarma tashkil etilishini qoʻllab-quvvatlashi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Jamgʻarmaning tashkiliy tuzilmasi hamda Jamgʻarma boshqaruvi kengashi apparati xodimlarining cheklangan soni 1 va 2-ilovalarga muvofiq boʻlishiga rozilik berilsin.
3. Jamgʻarma tugatilgan Oʻzbekiston Respublikasi faxriylar tashkilotlari uyushmasi, “Oʻzfaxriy” urush va mehnat faxriylari korxonalari respublika uyushmasining ilgari qabul qilingan majburiyatlari, tuzilgan shartnomalari, kontraktlar va ularga tegishli mol-mulk hamda pul mablagʻlari boʻyicha ularning huquqiy vorisi hisoblanishi eʼtiborga olinsin.
4. Bir qancha vazirliklar, idoralar, xoʻjalik organlari va jamoat tashkilotlari Jamgʻarmaga muassis boʻlganligi hamda unga moliyaviy va moddiy-texnik yordam koʻrsatayotganligi maʼqullansin (3-ilova).
Oʻzbekiston faxriylarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash “Nuroniy” jamgʻarmasiga respublika budjetidan 30 mln. soʻm ajratilsin.
5. Jamgʻarmaga, uning joylardagi boʻlimlariga Jamgʻarma Ustavida koʻrsatilgan maqsad va vazifalarga qatʼiy muvofiq holda ishlab chiqarish-xoʻjalik, tadbirkorlik, tashqi iqtisodiy faoliyat bilan shugʻullanish huquqi berilsin.
6 . Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi va Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki Jamgʻarmani tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchisi sifatida roʻyxatdan oʻtkazsinlar hamda milliy va xorijiy valyutada operatsiyalarni amalga oshirish uchun Jamgʻarmaning tegishli schyotlarini ochsinlar.
7. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari joylarda Jamgʻarmaning boʻlimlarini tashkil etishga amaliy yordam koʻrsatsinlar, ularni joy va zarur moddiy-texnika vositalari bilan taʼminlasinlar.
Toshkent shahar hokimligi Jamgʻarmani “Pravda Vostoka” koʻchasidagi 16-uyga joylashtirish masalasini hal qilsin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa vazirligi Jamgʻarma boshqaruvi kengashi shahar va hukumat telefon aloqasi bilan taʼminlasin, “Toshshaharyoʻlovchitrans” davlat uyushmasi belgilangan tartibda xizmat avtotransporti ajratsin.
9. Oʻzbekiston Teleradiokompaniyasi va ommaviy axborot vositalariga Jamgʻarma faoliyatini muntazam yoritib borish tavsiya etilsin.
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.S. Hamidov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1996-yil 31-dekabr,
473-son
Oʻzbekiston faxriylarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash “Nuroniy” jamgʻarmasi
TU3ILMASI
Oʻzbekiston faxriylarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash “Nuroniy” jamgʻarmasi boshqaruvi kengashi apparati xodimlarining (xizmat koʻrsatuvchi xodimlardan tashqari) soni
| Jamgʻarma boshqaruvi kengashi raisi | — 1 |
| Jamgʻarmaning Bosh direktori | — 1 |
| Jamgʻarma boshqaruvi kengashi raisining oʻrinbosari (ulardan bittasi jamoatchilik asosida) | — 2 |
| Boʻlim mudirlari | — 3 |
| Moliya-xoʻjalik boshqarmasi boshligʻi | — 1 |
| Maslahatchilar | — 3 |
| Referentlar | — 3 |
| Buxgalter | — 1 |
| Jami: | — 14 |
Oʻzbekiston faxriylarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash “Nuroniy” jamgʻarmasi muassislarining
ROʻYXATI
1. Respublika “Mahalla” xayriya jamgʻarmasi
2. Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi
3. Oʻzbekiston Respublikasi yoshlarining “Kamolot” jamgʻarmasi
4. Oʻzbekiston xotin-qizlar qoʻmitasi
5. Respublika mehr-shafqat va salomatlik jamgʻarmasi
6. Qizil Yarim Oy jamiyati
7. Oʻzbekiston Respublikasi mudofaaga yordam beruvchi “Vatanparvar” tashkiloti
8. Oʻzbekiston Respublikasi Ijtimoiy sugʻurta jamgʻarmasi
9. Oʻzbekiston Respublikasi Ijtimoiy taʼminot vazirligi
10. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
11. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi
12. “Oʻzbekneftgaz” milliy korporatsiyasi
13. “Mahalliy sanoat” davlat korporatsiyasi
14. “Oʻzbekyengilsanoat” davlat uyushmasi
15. “Qizilqumnodirmetalloltin” davlat konserni
16. “Koʻmir” aksionerlik birlashmasi
17. Xususiy tadbirkorlik va kichik biznesni qoʻllab-quvvatlash fondi — “Biznes-Fond”
Oʻzbekiston faxriylarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash “Nuroniy” jamgʻarmasining Qoraqalpogʻiston Respublika, Toshkent shahar, viloyatlar boʻlimlarining
TUZILMASI
Eslatma:
Jamgʻarmaning tuman, shahar boʻlimlariga rais (jamoatchilik asosida) va ijro etuvchi direktor boshchilik qiladi. Maslahatchi shtati ajratilishi moʻljallanmoqda. Jamoatchilik markazlari yashash va ish joylarida tashkil etiladi va, odatda, jamoatchilik asosida faoliyat koʻrsatadi.