08.07.2021 yildagi 431-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni yuritishning elektron tizimini joriy etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar haqida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Raqamli O‘zbekiston-2030” strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 5-oktabrdagi PF-6079-son hamda “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 24-noyabrdagi PF-6118-son farmonlari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sud hokimiyati organlari faoliyatini raqamlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 3-sentabrdagi PQ-4818-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida yagona elektron ish yurituv tizimi orqali ma’muriy huquqbuzarlikka oid ishlarni yuritish tartibi haqidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ish hujjatlarini elektron tarzda rasmiylashtirish hamda ularni ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni yuritish va ko‘rib chiqish vakolatiga ega bo‘lgan davlat organlariga (keyingi o‘rinlarda — vakolatli organlar) elektron shaklda yuborish tartibi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
huquqbuzarlik sodir etgan shaxs, jabrlanuvchi, guvoh va xolislar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni to‘plash, saqlash va tahlil qilish qoidalari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
vakolatli organlar o‘rtasida idoralararo axborot almashishning yagona markazlashtirilgan elektron tizimini yuritish tartibi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni vakolatli organlar tomonidan joyida planshet va kompyuter yordamida rasmiylashtirish tartibi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ma’muriy bayonnoma va ma’muriy jazo qo‘llash to‘g‘risidagi qarorni elektron shaklda rasmiylashtirish qoidalari.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risida yagona elektron ish yurituv tizimini (keyingi o‘rinlarda — “E-ma'muriy ish” tizimi) tashkil etish, uning sifatli va uzluksiz faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash, shuningdek, ma’muriy bayonnoma tuzishda, ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqishda vakolatli davlat organlarining tizimdan samarali foydalanishlarini ta’minlash bo‘yicha mas’ul organ etib belgilansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Belgilansinki:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“E-ma'muriy ish” tizimini yuritishda ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha guvoh, jabrlanuvchi, xolis va huquqbuzarning shaxsi elektron raqamli imzo (barmoq izi yoki grafik imzo)dan foydalangan holda identifikatsiya qilinadi hamda ishni ko‘rib chiqayotgan vakolatli organlarning mansabdor shaxslari tomonidan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar va ishga taalluqli hujjatlar QR-kod bilan tasdiqlanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha ma’muriy javobgarlikka tortilgan shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni vakolatli organlar tomonidan tekshirish, zarur ma’lumotlarni olish hamda ulardan foydalanish “E-ma'muriy ish” tizimi orqali amalga oshiriladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yo‘l harakati qoidalarining buzilishiga doir ma’muriy ishlar Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmatida Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimining “Ma’muriy amaliyot” moduli orqali yuritiladi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 16-maydagi 199-sonli qaroriga asosan to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha elektron shakldagi ma’lumotlar arxivini (ish hujjatlarining elektron shaklini) saqlash O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan amalga oshiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“E-ma'muriy ish” tizimidagi ma’lumotlar vakolatli organlarning mansabdor shaxslari foydalanadigan ma’lumotlar hisoblanadi hamda ular ushbu ma’lumotlar bilan faqat qonunchilik hujjatlari bilan zimmasiga yuklangan vazifalarni amalga oshirish uchun tanishishi hamda foydalanishi mumkin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, “O‘zbekiston pochtasi” AJ hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda 2021-yil 1-avgustga qadar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llagan holda ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan shaxsga nisbatan ma’muriy jazo qo‘llash to‘g‘risidagi qarorlarning yetkazib berilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim etish mexanizmini ishlab chiqsin va joriy qilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan shaxslarga hamda protsessning boshqa ishtirokchilariga (jabrlanuvchi, guvoh, xolislar va boshqa ishtirokchilarga) ishni ko‘rib chiqish vaqti va joyi haqida elektron xabarnoma yuborish mexanizmini ishlab chiqsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. “O‘zbekiston pochtasi” AJ “E-ma'muriy ish” tizimi orqali elektron shaklda tushgan ma’muriy jazo qo‘llash to‘g‘risidagi qarorlarning qog‘oz shaklida ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan shaxslarga belgilangan tartibda yetkazib berilishini ta’minlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Belgilab qo‘yilsinki, ishni ko‘rib chiqishda ishtirok etuvchi shaxslarni ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni ko‘rib chiqish vaqti va joyi haqida xabardor qilish hamda ish bo‘yicha qabul qilingan qarorlarni yetkazib berish bilan bog‘liq xarajatlar, ishni ko‘rib chiqayotgan vakolatli organning budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. 2021-yil 1-sentabrga qadar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Markaziy bank, Oliy sud, Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda sud qarori bilan yoki boshqa sabablarga ko‘ra bekor qilingan ma’muriy jarimalarni yoki kamaytirilgan jarimaning farqi summasini avtomatlashtirilgan tarzda fuqarolarga qaytarish mexanizmini yaratish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda “E-ma'muriy ish” tizimiga ma’muriy jarimalarni qaytarilganligi haqidagi ma’lumotlar taqdim etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Transport vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan birgalikda “E-ma'muriy ish” tizimidan foydalangan holda avtomototransport vositalarini jarima maydonchalariga qo‘yish va ularni chiqarish tartibini raqamli texnologiyaga o‘tkazish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazi bilan birgalikda barmoq izlari hamda yuz tuzilishi orqali shaxslarni avtomatlashtirilgan multibiometrik identifikatsiya qilish imkonini beruvchi platformani yaratish va server qurilmalarini xarid qilish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar amalga oshirilishini ta’minlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Vakolatli organlar ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni elektron shaklda shakllantirish ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi qonun hujjatlari hamda ushbu qaror talablariga muvofiq yuritilishini ta’minlasinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) bir oy muddatda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ushbu qarorda nazarda tutilgan vazifalardan kelib chiqib ichki ishlar organlarining “E-ma'muriy ish” tizimini yuritishga mas’ul bo‘lgan sohaviy va hududiy bo‘linmalarining tashkiliy-shtat tuzilmasi qayta ko‘rib chiqilishini ta’minlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni mazkur qarorga muvofiqlashtirsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi va O‘zbekiston Milliy axborot agentligi bilan birgalikda ushbu qarorning mazmun-mohiyati, shu jumladan, ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni “E-ma'muriy ish” tizimi orqali yuritishning maqsadi hamda uni qo‘llash tartibi ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini ta’minlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi — IT-texnologiyalar, telekommunikatsiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish masalalari departamenti boshlig‘i O.M. Umarov hamda O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2021-yil 8-iyul,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
431-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 8-iyuldagi 431-son qaroriga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida yagona elektron ish yurituv tizimi orqali ma’muriy huquqbuzarlikka oid ishlarni yuritish tartibi haqida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-bob. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ushbu Nizom qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ma’muriy huquqbuzarliklar (keyingi o‘rinlarda — huquqbuzarlik) yuzasidan ish yuritish va tegishli jazo choralarini qo‘llash vakolatiga ega bo‘lgan davlat organlari (keyingi o‘rinlarda — vakolatli organlar)ning Ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risida yagona elektron ish yurituv tizimi (keyingi o‘rinlarda — “E-ma'muriy ish” tizimi) orqali huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni (keyingi o‘rinlarda — ma’muriy ish) elektron shaklda yuritish tartibini belgilaydi, Yo‘l harakati xavfsizligi xizmatida Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimining “Ma’muriy amaliyot” moduli orqali yuritiladigan yo‘l harakati qoidalarining buzilishiga doir ma’muriy ishlar bundan mustasno.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 16-maydagi 199-sonli qarori tahririda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Ma’muriy ishlarni “E-ma’muriy ish” tizimi orqali yuritish O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga, O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga va boshqa qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlariga, shuningdek, ushbu Nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Ma’muriy ishlarni “E-ma'muriy ish” tizimi orqali yuritish tartibini joriy etish ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema bo‘yicha amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“E-ma'muriy ish” tizimi — huquqbuzarlik sodir etilgan holat yuzasidan ma’muriy ish hujjatlarini elektron tarzda rasmiylashtirish va shakllantirish, vakolatli organga elektron yuborish hamda huquqbuzarlik sodir etgan shaxs (keyingi o‘rinlarda — huquqbuzar), jabrlanuvchi, guvoh va xolislar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni to‘plash, umumlashtirish, saqlash, tahlil qilish, shuningdek, vakolatli organlar o‘rtasida idoralararo axborot almashishning yagona markazlashtirilgan elektron tizimi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ejarima.uz veb-sayti — huquqbuzar va unga qo‘llanilgan jazo choralari haqidagi ma’lumotlarni, shuningdek, jismoniy va yuridik shaxslarning videotexnika vositalari orqali yo‘l harakati ishtirokchilari (yo‘lovchi va piyodalar bundan mustasno) tomonidan sodir etilgan huquqbuzarlik holatlari qayd etilgan ma’lumotlarni internet jahon axborot tarmog‘i yordamida elektron shaklda yuborish, qabul qilish, olish, ko‘rish uchun mo‘ljallangan elektron manzil;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
vakolatli organlar — ma’muriy ishlarni qo‘zg‘atish, ko‘rib chiqish va bayonnoma tuzishga vakolatli davlat organlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
elektron raqamli imzo (keyingi o‘rinlarda ERI) — elektron hujjatdagi mazkur elektron hujjat axborotini elektron raqamli imzoning yopiq kalitidan foydalangan holda maxsus o‘zgartirish natijasida hosil qilingan hamda elektron raqamli imzoning ochiq kaliti yordamida elektron hujjatdagi axborotda xatolik yo‘qligini aniqlash va elektron raqamli imzo yopiq kalitining egasini identifikatsiya qilish imkoniyatini beradigan imzo;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
elektron grafik imzo (keyingi o‘rinlarda EGI) — elektron hujjatni zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda planshet yoki kompyuterga o‘rnatilgan texnik qurilmalar yordamida tasdiqlaydigan elektron hujjatdagi shaxs tomonidan qo‘lda (yozma ravishda) amalga oshiriladigan grafikli imzo;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
QR-kod (matritsa shtrixli kod) — yakunlangan elektron hujjatga biriktiriladigan va hujjatni qog‘oz shaklida tasdiqlaydigan hamda chop etilganda ko‘rsatiladigan maxsus grafikli kod;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yagona xos raqam — “E-ma'muriy ish” tizimi hamda “Elektron hukumat”ning yagona billing tizimi tomonidan huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnoma (keyingi o‘rinlarda — ma’muriy bayonnoma) hamda ma’muriy jazo qo‘llash to‘g‘risidagi qarorga identifikatsiyalash uchun beriladigan elektron raqam.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Ma’muriy ishlarni elektron shaklda yuritish O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi (keyingi o‘rinlarda — Ichki ishlar vazirligi) tomonidan shakllantiriladigan “E-ma'muriy ish” tizimi orqali amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
E-ma'muriy ish” tizimini yuritish hamda muhofaza qilish Ichki ishlar vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Ma’muriy ishlarni elektron shaklda yuritish vakolatli organlarning tegishli tarkibiy bo‘linmalari tomonidan ma’muriy ish hujjatlari “E-ma’muriy ish” tizimiga elektron shaklda kiritilishi orqali amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Ma’muriy ishlarni qog‘oz shaklida yuritish zarurati yuzaga kelganda, ushbu hujjatlar “E-ma’muriy ish” tizimiga elektron shaklda kiritiladi hamda uning qog‘oz shakli bevosita vakolatli organda saqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-bob. “E-ma’muriy ish” tizimida ro‘yxatdan o‘tish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. “E-ma’muriy ish” tizimi himoyalangan “Elektron hukumat”ning idoralararo ma’lumotlar uzatish tarmog‘ida ishlaydi. Undan foydalanishda vakolatli organning tegishli tuzilmasi tomonidan axborot xavfsizligi ta’minlanishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Vakolatli organlarda “E-ma’muriy ish” tizimidan foydalanadigan xodimlarni ro‘yxatga olish va hisobini yuritish uchun markaziy apparat xodimlari orasidan administratorlar tayinlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vakolatli organlar tomonidan administrator sifatida belgilangan mas’ul xodimlar haqida ularning buyruqlaridan ko‘chirma va pasport nusxalarini yoki identifikatsiya ID-kartasi ma’lumotlarini ilova qilgan holda bir ish kun ichida Ichki ishlar vazirligiga yozma ravishda xabar yuboriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vakolatli organlarning administratorlari uchun login va parol uch ish kun ichida Ichki ishlar vazirligi tomonidan beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Vakolatli organlar administratorlari tegishli tuzilmadagi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ro‘yxatga olish uchun mas’ul shaxslarni “E-ma’muriy ish” tizimida ro‘yxatga oladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ro‘yxatga olish uchun mas’ul shaxslar “E-ma’muriy ish” tizimi orqali ERI bilan ta’minlanishini tashkil etadi, ularga pasport nusxasi asosida login va parollar biriktiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ro‘yxatga olish uchun mas’ul shaxslarning lavozimi o‘zgarganda yoki ular ishdan bo‘shatilganda login va parollarga tegishli o‘zgartirishlar kiritadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ro‘yxatga olish uchun mas’ul shaxslar tomonidan axborot xavfsizligi qoidalariga rioya qilinishi, shu jumladan, parollar maxfiyligi ustidan nazorat olib boradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ro‘yxatga olish uchun mas’ul shaxslarga “E-ma’muriy ish” tizimidan foydalanish tartibini muntazam o‘rgatib boradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Ro‘yxatga olish uchun mas’ul shaxslar “E-ma’muriy ish” tizimida ro‘yxatdan o‘tganidan so‘ng vakolatli organlar administratorlari ularning ma’lumotlarini tizimda tasdiqlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“E-ma’muriy ish” tizimida ro‘yxatdan o‘tkazilganligini tasdiqlash bir ish kuni davomida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ro‘yxatga olish uchun mas’ul shaxslar “E-ma’muriy ish” tizimida bir marotaba ro‘yxatdan o‘tkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Ro‘yxatga olishga mas’ul shaxslarning lavozimi o‘zgarganda vakolatli organlar tuzilmalari administratorlari “E-ma’muriy ish” tizimiga tegishli tuzilmada ro‘yxatga olish vazifasi yuklangan yangi xodimning shaxsiga oid ma’lumotlarni kiritadi va “E-ma’muriy ish” tizimi kelgusida belgilangan tartibda yuritilishini tashkil etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Ro‘yxatga olish uchun mas’ul shaxslarning lavozimi o‘zgarganligi to‘g‘risida buyruq qabul qilingandan so‘ng bu haqida bir ish kuni davomida kadrlar xizmati tomonidan administratorga ma’lum qilinishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Har bir vakolatli organga “E-ma’muriy ish” tizimida xos raqam biriktiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Ma’lumotlar “E-ma’muriy ish” tizimiga kiritilganidan so‘ng hujjatlar ijrochi sifatida belgilangan tarmoqqa (xodimga) darhol ushbu tizim orqali yuboriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qonun buzilishiga yo‘l qo‘yish holatlarining barchasi avtomatik tarzda “E-ma’muriy ish” tizimida jamlanib boriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-bob. Elektron ish yuritish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Ma’muriy ishlarga oid ma’lumotlarni to‘plash, qayta ishlash, umumlashtirish, saqlash, tahlil qilish va ularni himoya qilish elektron shaklda idoralararo axborot almashish orqali amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Vakolatli organlar tomonidan huquqbuzar, jabrlanuvchi, guvoh va xolislar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni sudga yuborish, shuningdek, sudda ishni ko‘rish bilan bog‘liq ma’lumot almashinuvi faqat “E-ma’muriy ish” tizimi orqali amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi va uning hududiy bo‘linmalari (keyingi o‘rinlarda — Majburiy ijro byurosi organlari) faoliyatiga joriy etilgan axborot tizimi “E-ma’muriy ish” tizimiga integratsiya qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Huquqbuzar, jabrlanuvchi, guvoh va xolislar to‘g‘risidagi ma’lumotlarning markazlashtirilgan hisobi Ichki ishlar vazirligi tomonidan “E-ma’muriy ish” tizimi orqali yuritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Quyidagilar ma’muriy ishlarni yuritishda hisobga olish elektron hujjatlari hisoblanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakldagi ma’muriy bayonnoma;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq shakldagi ma’muriy jazo qo‘llash to‘g‘risidagi qaror.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. “E-ma'muriy ish” tizimi va ma’muriy ishlar davlat tilida, qoraqalpoq tilida yoki muayyan joydagi ko‘pchilik aholi so‘zlashadigan tilda yuritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari yoki avtomatlashtirilgan axborot tizimlari orqali qayd etilgan huquqbuzarliklar haqidagi ma’lumotlar (texnik ekspertiza xulosasi, o‘lchash vositalarining dalolatnomalari, log-fayllar va boshqa hujjatlar) elektron aloqa tarmog‘i orqali real vaqt rejimida “E-ma’muriy ish” tizimiga konvertatsiya qilish yo‘li bilan taqdim etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. Sud va vakolatli organlarning axborot tizimlarini yoki ma’lumotlar bazalarini takomillashtirish yoxud elektron hamkorlik to‘g‘risidagi texnologik yo‘riqnomani o‘zgartirish zarurati paydo bo‘lgan taqdirda, “E-ma'muriy ish” tizimiga hamda undagi elektron hujjat shakliga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq Ichki ishlar vazirligi bilan kelishgan holda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24. “E-ma’muriy ish” tizimi ma’lumotlari vakolatli organlar faoliyati doirasida ularning mas’ul shaxslari foydalanadigan axborot resursi hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25. “E-ma’muriy ish” tizimidagi ma’lumotlar bilan faqat ma’muriy ishlarni qo‘zg‘atish, ko‘rib chiqish va bayonnoma tuzishga vakolatli organlarning mansabdor shaxslari hamda “E-ma’muriy ish” tizimiga biriktirilgan xodimlar tanishish va ulardan foydalanish huquqiga egadirlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-bob. Ma’muriy ishlarni elektron shaklda shakllantirish (rasmiylashtirish)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26. Vakolatli organlar tomonidan huquqbuzarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi (keyingi o‘rinlarda — MJTK) talablari buzilganligi haqida ushbu Nizomga 1 va 2-ilovalarga muvofiq belgilangan shakldagi ma’muriy bayonnoma yoki ma’muriy jazo qo‘llash to‘g‘risidagi qaror huquqbuzarlik sodir etilgan joyning o‘zida planshet yoki kompyuter yordamida “E-ma’muriy ish” tizimi orqali rasmiylashtiriladi. Ushbu qaror “Fuqarolarning biometrik hujjatlari elektron tizimi” yoki daktiloskopik taqqoslash yoxud multibiometrik identifikatsiya qilish dasturlari (keyingi o‘rinlarda — identifikatsiya tizimlari) orqali huquqbuzarning shaxsini aniqlagan holda ERI yoki EGI hamda QR-kod bilan tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mazkur Nizomning 27-bandida ko‘rsatilgan holatlarda, sodir etilgan huquqbuzarliklar keyinchalik aniqlanganda, ma’muriy ishlar jabrlanuvchining arizasi bilan qo‘zg‘atilganda, shuningdek, aloqa tarmog‘i mavjud bo‘lmagan hududlarda yoki ma’muriy ishni qog‘oz shaklida shakllantirishni taqozo etadigan holatlarda hujjatlar qog‘oz shaklida rasmiylashtirilib, huquqbuzarlik aniqlangan kunda pdf formatida skaner qilingan holda belgilangan tartibda “E-ma’muriy ish” tizimiga kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
27. Ma’muriy ishlar quyidagi holatlarda soddalashtirilgan tartibda yuritilmaydi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ma’muriy ish soddalashtirilgan tartibda yuritilishiga huquqbuzar yoki jabrlanuvchining e’tirozi bo‘lganda yoxud huquqbuzar huquqbuzarlik faktini inkor etganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
joyning o‘zida solinadigan jarimaning miqdori bazaviy hisoblash miqdorining ikkidan bir qismidan yuqori bo‘lsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sodir etilgan huquqbuzarlik uchun belgilangan sanksiyada jarima jazosidan boshqa turdagi ma’muriy jazo qo‘llanilishi nazarda tutilgan bo‘lsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni O‘zbekiston Respublikasi hududidan ma’muriy tarzda chiqarib yuborish bilan bog‘liq bo‘lgan huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar ko‘rib chiqilayotganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ish bo‘yicha moddiy va ma’naviy zarar ko‘rgan taraf yoki uning vakili zararni undirishni talab qilgan hollarda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
huquqbuzarlik sodir etgan bir necha shaxslardan loaqal bittasi huquqbuzarlik sodir etganligini rad etganda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunday holatlarda ish elektron shaklda ma’muriy bayonnoma tuzish orqali amalga oshiriladi (MJTKning 138-moddasi birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida, shuningdek, qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bir yil davomida takroran sodir etilishi oqibatida jinoiy javobgarlik kelib chiqishi nazarda tutilgan huquqbuzarliklar bo‘yicha soddalashtirilgan tartibda yuritilayotgan ma’muriy ishda shaxsning muqaddam ma’muriy javobgarlikka tortilganligi haqidagi ma’lumotni darhol olishning imkoni bo‘lmasa, ish yuritish tegishli ma’lumotlar olingunga qadar umumiy tartibda davom ettiriladi hamda tegishli ma’lumot natijasiga ko‘ra ushbu ish yuzasidan elektron shaklda ma’muriy bayonnomani tuzish yoki tuzmaslik yoxud ish hujjatlarini tegishliligi bo‘yicha surishtiruv yoki tergov organlariga yuborish masalasi hal qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
28. MJTKning 283-moddasi to‘rtinchi — yettinchi qismlariga muvofiq ma’muriy bayonnoma tuzishni istisno etadigan holatlarda ma’muriy ishlar yuzasidan qarorni rasmiylashtirish “E-ma'muriy ish” tizimi orqali amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
29. Huquqbuzar o‘ziga nisbatan chiqarilgan ma’muriy jazo qo‘llash to‘g‘risidagi qarordan norozi bo‘lgan taqdirda, ushbu ma’muriy jazo qo‘llash to‘g‘risidagi qaror ustidan yuqori turuvchi organga (mansabdor shaxsga) yoki sudga belgilangan tartibda shikoyat qilishi mumkinligi haqida ogohlantiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
30. Ma’muriy jazo qo‘llash to‘g‘risidagi qaror “E-ma'muriy ish” tizimi orqali elektron hujjat shaklida chiqariladi hamda ijro etish uchun huquqbuzarga yetkazib beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ma’muriy jazo qo‘llash to‘g‘risidagi qarorning xos raqami va jarima miqdori haqidagi ma’lumotlar zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llagan holda huquqbuzarning ejarima.uz veb-saytidagi shaxsiy kabinetiga, “SMS” xabar orqali uning telefoniga yoki pochta xizmati orqali yashash manziliga yuboriladi. Huquqbuzarlik rasmiylashtirilayotgan joyda ma’muriy jazo qo‘llash to‘g‘risidagi qarorni chop etish imkoniyati mavjud bo‘lgan taqdirda, qaror qog‘ozda chop etilib, huquqbuzarga taqdim etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
31. Huquqbuzar ma’muriy jazo qo‘llash to‘g‘risidagi qarorni olganidan so‘ng huquqbuzarlik sodir etilgan joyning o‘zida yoki boshqa joyda elektron to‘lov tizimlari, mobil ilovalar yoki bank kassalari orqali jarimani to‘lashi yoki yetkazilgan zarar uchun to‘lovni amalga oshirishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Huquqbuzar unga ma’muriy jazo qo‘llash to‘g‘risidagi qaror topshirilgan kundan boshlab o‘n besh kun ichida jarima miqdorining ellik foizini yoki o‘ttiz kun ichida jarima miqdorining yetmish foizini ixtiyoriy ravishda to‘lagan taqdirda, u jarimaning qolgan qismini to‘lashdan ozod qilinadi va bu “E-ma’muriy ish” tizimida aks ettiriladi, qonunchilik hujjatlarida belgilangan holatlar bundan mustasno.
(31-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 6-oktabrdagi 530-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.10.2023-y., 09/23/530/0757-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mazkur tartib sud qarorlariga asosan qo‘llaniladigan jarimalarga nisbatan ham tatbiq etiladi.
(31-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 6-oktabrdagi 530-sonli qaroriga asosan uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.10.2023-y., 09/23/530/0757-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
32. Huquqbuzarga tayinlangan ma’muriy jazo qo‘llash to‘g‘risidagi qarorni ijro etish bo‘yicha to‘lovlar, shuningdek, belgilangan tartibda bekor qilingan qaror bo‘yicha to‘langan to‘lovlarni fuqarolarga real vaqt rejimida qaytarish “Elektron hukumat”ning yagona billing tizimi orqali amalga oshiriladi hamda bu haqidagi ma’lumotlar darhol ushbu tizim orqali “E-ma'muriy ish” tizimiga hisobga olish uchun yuboriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
To‘lovlar haqidagi ma’lumotlarning to‘g‘riligi va to‘liqligi, shuningdek, o‘z vaqtida “E-ma'muriy ish” tizimiga yuborilishi uchun “Elektron hukumat”ning yagona billing tizimining mas’ul xodimi javobgar hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
33. Huquqbuzar jarima to‘lovlarini to‘laganidan so‘ng to‘lov amalga oshirilganligi haqidagi ma’lumotlar zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llagan holda huquqbuzarning ejarima.uz veb-saytidagi shaxsiy kabinetiga, “SMS” xabar orqali uning telefoniga yoki pochta xizmati orqali yashash manziliga yuboriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Huquqbuzar qarorning ijro qilinganligi haqidagi to‘lov varaqasi (kvitansiya)ni ejarima.uz veb-sayti yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali olishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
34. Vakolatli organlar tomonidan huquqbuzarga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilganda sudlarning vakolatiga kiradigan ma’muriy ishlar “E-ma’muriy ish” tizimi orqali tegishli sudlarga yuboriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ma’muriy bayonnomani rasmiylashtirgan vakolatli organ MJTKga asosan mazkur ma’muriy ishni ko‘rib chiqishga vakolatli bo‘lgan taqdirda, ishni belgilangan tartibda ko‘rib chiqib, tegishli qaror qabul qiladi va pochta xizmati orqali fuqaroning yashash manziliga yuboradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bundan tashqari, huquqbuzar ma’muriy jazo qo‘llash to‘g‘risidagi qarorni ejarima.uz veb-sayti yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidagi shaxsiy kabineti orqali olishi ham mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar huquqbuzar o‘ziga nisbatan chiqarilgan ma’muriy jazo qo‘llash to‘g‘risidagi qarordan norozi bo‘lgan va sudga murojaat qilgan taqdirda, vakolatli organ ma’muriy ish hujjatlari “E-ma'muriy ish” tizimi orqali tegishli sudga yuborilishini ta’minlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
35. Vakolatli organlar tomonidan ma’muriy ishlarga doir quyidagi ma’lumotlar “E-ma’muriy ish” tizimi orqali sudlarga yuborilishi shart:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
huquqbuzarning va jabrlanuvchining shaxsiga oid ma’lumotlar, shu jumladan jismoniy shaxsning identifikatsiya raqami — JSHSHIR, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar bundan mustasno;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
huquqbuzarlikning mohiyati, uni sodir etish usuli va sodir etilgan joyi (aniq manzili), vaqti;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
MJTKning huquqbuzarlik kvalifikatsiya qilingan tegishli moddasi (qismi, bandi);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
huquqbuzarning muqaddam ma’muriy javobgarlikka tortilganligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jabrlanuvchining, guvohlarning ko‘rsatmasi, ekspertning xulosasi, agar ular mavjud bo‘lsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yetkazilgan moddiy va ma’naviy zarar miqdori yuzasidan hisob-kitoblar, agar mavjud bo‘lsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
huquqbuzarlikka doir dalillar (yozma, ashyoviy dalil, foto, videoyozuv va boshqalar), shuningdek, dalilning nomi, miqdori, o‘lchov birligi va bahosi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
huquqbuzarlikni aniqlagan vakolatli organ nomi, bayonnomani tuzgan mas’ul shaxsning lavozimi, familiyasi, ismi, otasining ismi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shuningdek, MJTKning 52, 133, 134-moddalarida nazarda tutilgan ma’muriy bayonnomaga ushbu bandning birinchi qismida ko‘rsatilgan hujjatlardan tashqari MJTKning 282-moddasi ikkinchi va uchinchi qismlarida ko‘rsatilgan hujjatlar ilova qilinishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar ish bo‘yicha ashyoviy dalillar olingan bo‘lsa, u holda olingan ashyoviy dalillar ma’muriy ish ko‘rib chiqilgunga qadar shunday ashyo va hujjatlarni olib qo‘yish huquqi berilgan organlar (mansabdor shaxslar) tomonidan belgilab beriladigan joylarda saqlanadi, ish ko‘rib bo‘linganidan keyin esa belgilangan tartibda hal etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
36. Sudlarga yuborilayotgan ma’muriy ishlarning elektron shakli vakolatli organning mansabdor shaxsi tomonidan planshet yoki kompyuterga o‘rnatilgan texnik qurilmalar yordamida ERI, EGI, QR-kod yoki barmoq izlarini tushirish orqali avtomatlashtirilgan tartibda tasdiqlanishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
37. Sudlarning elektron tizimiga tushgan ma’muriy ishlarga oid elektron shakldagi hujjatlar avtomatlashtirilgan tartibda elektron tizim orqali ro‘yxatdan o‘tkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
38. Sud tomonidan ma’muriy ish materiallari vakolatli organga qaytarilgan taqdirda, vakolatli organ uch ish kun ichida sudning ma’muriy ishni qaytarish haqidagi ajrimda ko‘rsatilgan kamchiliklarni bartaraf etib, ma’muriy ish materiallarini mazkur Nizomga asosan sudga qaytadan yuboradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
39. Ma’muriy ishni qaytarish haqidagi ajrimda ma’muriy ish bo‘yicha qo‘shimcha muddat talab etiladigan ekspertiza tayinlash va ma’muriy ish yuzasidan jabrlanuvchi, guvohlardan (respublikaning boshqa hududlarida istiqomat qiladigan shaxslar) tushuntirish olish talab etilgan taqdirda, vakolatli organ o‘ttiz kun mobaynida ushbu kamchiliklarni bartaraf etib mazkur Nizomga asosan sudga qayta yuborishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
40. Sudlar tomonidan ma’muriy ishlarga doir ma’lumotlar elektron tizim orqali ro‘yxatdan o‘tkazilgandan keyin shu vaqtning o‘zida “E-ma’muriy ish” tizimiga avtomatlashtirilgan tartibda bu haqida xabar yuboriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
41. Sudlarda ma’muriy ishlarni ko‘rish bilan bog‘liq har qanday ma’lumotlar vakolatli organlar tomonidan “E-ma’muriy ish” tizimi orqali elektron shaklda yuborilishi shart, agar ish zaruratga ko‘ra qog‘oz shaklida rasmiylashtirilgan hujjatlarning asl nusxasi talab etilgan taqdirda, ushbu hujjatlar taqdim etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
42. Agar ma’muriy ishlarni ko‘rib chiqish paytida vakolatli organ (mansabdor shaxs) huquqbuzarlik holatida jinoyat alomatlari bor degan xulosaga kelsa, “E-ma'muriy ish” tizimi orqali materiallarni elektron shaklda tegishli prokuratura organiga yuboradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
43. Prokuratura organi tomonidan materiallarni tekshirish natijasida jinoyat alomatlari yo‘qligi aniqlangan taqdirda, jinoyat ishini qo‘zg‘atishni rad qilish haqidagi qaror hamda ma’muriy ish hujjatlari “E-ma'muriy ish” tizimi orqali vakolatli organga qaytarib yuboriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Prokuror yoki vakolatli organ tomonidan huquqbuzarlikda jinoyat alomatlari aniqlangan taqdirda, jinoyat ishini qo‘zg‘atish haqidagi qaror “E-ma'muriy ish” tizimiga kiritiladi hamda ma’muriy ishni ko‘rib chiqish tugatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
44. Sudda ko‘rilgan ma’muriy ish bo‘yicha chiqarilgan qaror, majburiy ijroga qaratilgan ijro qarori va ularga doir ma’lumotlar, shuningdek, qarorning ixtiyoriy ijro etilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar ERI hamda QR-kod bilan tasdiqlangan holda “E-ma’muriy ish” tizimiga kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
45. Sudlar tomonidan huquqbuzar(lar)ga nisbatan ma’muriy qamoqqa olish tarzidagi jazo chorasini qo‘llash to‘g‘risida qaror chiqarilganda, bu haqidagi sud qarori va tegishli ma’lumotlar ERI hamda QR-kod bilan tasdiqlangan holda vakolatli organga hamda ma’muriy qamoq jazosini ijro etuvchi mas’ul organga “E-ma'muriy ish” tizimi orqali yuboriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ma’muriy qamoq jazosini ijro etuvchi mas’ul organlar tomonidan huquqbuzar ma’muriy jazoni o‘tashni boshlaganligi hamda jazoni o‘tab bo‘lganligi haqidagi ma’lumotlar “E-ma’muriy ish” tizimiga kiritiladi. Bunda har bir huquqbuzarga nisbatan ma’lumotlar alohida kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
46. Avtomototransport vositalarini jarima maydonchalariga qo‘yish hamda chiqarish sud yoki vakolatli organlarning tegishli qarori (qo‘yishda — bayonnoma, chiqarishda — ruxsatnomasi) asosida “E-ma’muriy ish” tizimidan foydalangan holda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jarima maydoniga qo‘yilayotgan hamda chiqarilayotgan avtomototransport vositasi haqidagi ma’lumotlar jarima maydonining mas’ul xodimi tomonidan ejarima.uz veb-saytiga kiritilishi shart. Bunda jarima maydonining mas’ul xodimi avtomototransport vositasini jarima maydoniga qo‘yishda ejarima.uz veb-sayti orqali o‘z shaxsiy kabinetidan foydalangan holda uning davlat raqamini kiritganda, avtomototransport vositasining asosiy rekvizitlari avtomatik ravishda to‘ldiriladi, avtomototransport vositasining holati va boshqa tegishli rekvizitlari esa qo‘shimcha tarzda kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Avtomototransport vositasini jarima maydonidan chiqarishda tegishli ruxsatnoma hamda chiqarish vaqti qayd etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
47. Huquqbuzar jarimani MJTKda belgilangan muddat ichida to‘lamagan taqdirda, ma’muriy jazo qo‘llash to‘g‘risidagi qaror sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarining majburiy ijrosini amalga oshirish maqsadida ijro hujjatlari “E-ma'muriy ish” tizimi orqali Majburiy ijro byurosi organlariga taqdim etiladi, bunda jarimani ixtiyoriy to‘lash imkoniyati to‘g‘risida huquqbuzarni xabardor qilgan holda unga ma’muriy jazo qo‘llash to‘g‘risidagi qarorning topshirilganligi yoki yuborilganligini tasdiqlovchi hujjat ijro hujjatiga majburiy tartibda ilova qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vakolatli organning qaroriga asosan qaror ijrosi bir oy muddatga kechiktirilgan yoki to‘xtatib turilgan hollar bundan mustasno.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
48. “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ijro hujjati vakolatli organlar tomonidan “E-ma'muriy ish” tizimi orqali Majburiy ijro byurosi organlariga yuboriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
49. Agar ma’muriy jazo qo‘llash to‘g‘risidagi qaror chiqarilgan kundan boshlab uch oy davomida ijro etishga qaratilmagan bo‘lsa, bunday qaror ijro etilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu qarorni chiqargan vakolatli organ (mansabdor shaxs) tomonidan ma’muriy jazo qo‘llash to‘g‘risidagi qarorning to‘g‘ri va o‘z vaqtida ijro etilmaganligi ushbu qarorga mas’ul bo‘lgan xodimga nisbatan tegishli intizomiy jazo choralar qo‘llanishi uchun asos bo‘ladi, belgilangan muddatda shikoyat berish qarorning ijrosini shikoyat ko‘rib chiqilgunga qadar to‘xtatib turish mumkin bo‘lgan holatlar bundan mustasno.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
50. Majburiy ijro byurosi organlarining elektron tizimiga tushgan ijro hujjatlari taqdim etilgan sanada avtomatik ravishda elektron ro‘yxatdan o‘tkaziladi hamda shu vaqtning o‘zida “E-ma’muriy ish” tizimiga bu haqida ma’lumot kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
51. “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq ijro hujjatini qaytarib yuborish uchun asoslar mavjud bo‘lganda, Majburiy ijro byurosi organi (mansabdor shaxs) tomonidan ijro hujjati hamda uni qaytarib yuborish to‘g‘risidagi qaror ushbu hujjat olingan kundan e’tiboran uch kun ichida Majburiy ijro byurosi organlarining elektron tizimi orqali “E-ma’muriy ish” tizimiga yuboriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
52. Vakolatli organ hujjatda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni ijro hujjati qaytarilgan kundan e’tiboran uch ish kuni ichida bartaraf qiladi hamda uni takroran “E-ma’muriy ish” tizimi orqali Majburiy ijro byurosi organlariga yuboradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
53. Majburiy ijro byurosi organlari tomonidan ijro ishi yuritishni qo‘zg‘atish, tamomlash yoki tugatish to‘g‘risidagi qarorlar ular chiqarilgan kundan e’tiboran bir ish kuni ichida “E-ma’muriy ish” tizimiga kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
54. Majburiy ijro byurosi organlarining ijro ishi yuritishni qo‘zg‘atish to‘g‘risidagi qarorlari “E-ma’muriy ish” tizimiga kiritilgan vaqtdan boshlab vakolatli organ hisob raqamiga jarimaning to‘lanishiga taqiq qo‘yiladi. Shuningdek, “E-ma’muriy ish” tizimida ijro hujjati ro‘yxatdan o‘tgan raqami ko‘rsatilib, unda jarimani Majburiy ijro byurosi organlari orqali to‘lash lozimligi haqida avtomatik ravishda ma’lumot ko‘rsatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
55. Ma’muriy ishlarni yuritishda qonunlarning ijrosi ustidan prokuror nazorati “E-ma’muriy ish” tizimi orqali elektron shaklda amalga oshirilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-bob. Ma’muriy ishlarni planshet va kompyuterda rasmiylashtirish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
56. MJTKga muvofiq huquqbuzar to‘g‘risidagi ma’lumotlar planshet orqali huquqbuzarlik sodir etilgan joyning o‘zida yoki kompyuterda real vaqt rejimida “E-ma’muriy ish” tizimidan foydalangan holda ma’muriy bayonnoma yoki ma’muriy jazo qo‘llash to‘g‘risidagi qarorga kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
57. Huquqbuzar, jabrlanuvchi, guvoh, xolisga tegishli bo‘lgan shaxsga doir ma’lumotlarning (familiyasi, ismi, otasining ismi va tug‘ilgan sanasi) planshet yoki kompyuter orqali ma’muriy bayonnoma yoki ma’muriy jazo qo‘llash to‘g‘risidagi qarorga to‘g‘ri kiritilishiga vakolatli organ xodimi (mansabdor shaxs) mas’ul hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar huquqbuzar, jabrlanuvchi, guvoh, xolis O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lmasa yoki identifikatsiya tizimlari yordamida ularning shaxsini aniqlashning imkoni bo‘lmasa, ularning yonida ma’lumotlar bazasiga kiritilmagan chet el pasporti yoki shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar mavjud bo‘lgan taqdirda, vakolatli organning mas’ul xodimi ushbu hujjatlarga asosan shaxsga doir ma’lumotlarni elektron tizimga qo‘lda kiritadi hamda uning to‘g‘ri kiritilishiga shaxsan javob beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Huquqbuzar, jabrlanuvchi, guvoh, xolislarning shaxsga doir ma’lumotlari yoki boshqa ma’lumotlari tizimga noto‘g‘ri kiritilganligi aniqlangan taqdirda, uch kun ichida ushbu ma’lumotlarni kiritgan mas’ul xodimga nisbatan u xizmat qiladigan (ishlaydigan) vakolatli organ tomonidan xizmat tekshiruvi tayinlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xizmat tekshiruvi natijalari bo‘yicha vakolatli organning xulosasi Ichki ishlar vazirligiga taqdim etiladi hamda ushbu xulosaga asosan “E-ma'muriy ish” tizimiga Ichki ishlar vazirligi tomonidan uch ish kun ichida tegishli o‘zgartirishlar kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
58. Ma’muriy ishlarni planshet orqali yoki kompyuterda rasmiylashtirishda huquqbuzarga:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ma’muriy ishning elektron shaklda rasmiylashtirilayotganligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jarimani yoki zararni ixtiyoriy ravishda elektron to‘lov tizimlari, mobil ilovalar yoki bank kassalari orqali, ejarima.uz veb-sayti yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidagi shaxsiy kabineti orqali to‘lashi mumkinligi;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jarima solish to‘g‘risidagi qaror topshirilgan kundan boshlab o‘n besh kun ichida jarima miqdorining ellik foizini yoki o‘ttiz kun ichida jarima miqdorining yetmish foizini ixtiyoriy ravishda to‘lagan taqdirda, u jarimaning qolgan qismini to‘lashdan ozod qilinishi mumkinligi;
(58-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 6-oktabrdagi 530-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.10.2023-y., 09/23/530/0757-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uning MJTKda nazarda tutilgan boshqa huquq va majburiyatlari tushuntiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
59. Vakolatli organlar tomonidan ma’muriy ish yuritishda planshetdan foydalangan holda audio, videoyozuvlardan hamda fotosuratlardan, shuningdek, boshqa ma’lumotlardan (texnik ekspertiza xulosasi, o‘lchash vositalarining dalolatnomalari va boshqa maxsus hujjatlar) iborat hujjatlar elektron shaklda qayd etilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
60. Agar fuqaro o‘zi sodir etgan huquqbuzarlik faktiga e’tiroz bildirib, ma’muriy bayonnomani imzolashdan bosh tortgan taqdirda, ma’muriy bayonnomaga bu haqida yozib qo‘yiladi. Huquqbuzar bayonnomaning mazmuni yuzasidan bayonnomaga ilova qilinadigan tushuntirish va mulohazalarini berishga, shuningdek, mazkur bayonnomaga imzo chekishdan bosh tortish sabablarini bayon etishga haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Fuqaro ma’muriy bayonnomani imzolashdan hamda bu haqida izoh berish yoki tushuntirish berishdan bosh tortgan hollarda elektron ma’muriy bayonnoma xolislar ishtirokida rasmiylashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
61. Huquqbuzarning yonida shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo‘lmagan yoki uning o‘zi shaxsiga doir ma’lumotlarni planshet orqali aniqlash uchun ixtiyoriy ravishda ma’lum qilishni istamagan hollarda huquqbuzarliklarni rasmiylashtirish MJTKning 284-moddasiga muvofiq umumiy asoslarda elektron shaklda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
62. Planshet qurilmasi yoki kompyuter orqali huquqbuzarga doir qo‘shimcha aniqlangan ma’lumotlar (holatlar) (qidiruvdagi shaxs, qalbaki hujjatlardan foydalanish, qarzdorlik va h.k.,) bo‘yicha qonun hujjatlari bilan belgilangan tartibda tegishli choralar ko‘riladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
63. “E-ma'muriy ish” tizimi orqali elektron shaklda ma’muriy ish rasmiylashtirilayotganda huquqbuzarning muqaddam ma’muriy javobgarlikka tortilganligi haqidagi ma’lumot tizim tomonidan aniqlanib, avtomatik ravishda talabnoma shakllantiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar huquqbuzar O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi bo‘lmasa yoki identifikatsiya tizimlari yordamida uning shaxsini aniqlashning imkoni bo‘lmasa, ushbu shaxslarning ma’muriy javobgarlikka tortilganligi tegishli talabnomani to‘ldirish asosida ushbu tizim orqali tekshiriladi, ma’muriy ishlarga taalluqli bo‘lmagan hamda jinoyat ishlari bo‘yicha shaxslarning ma’muriy javobgarlikka tortilganligi haqidagi ma’lumotlarni tekshirish holatlari bundan mustasno.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
64. Talabnoma tekshirilayotgan har bir shaxs uchun alohida rasmiylashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
65. Talabnomada tekshirilayotgan shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi, tug‘ilgan sanasi va yashash joyi bosh kelishikda, qisqartirishlarsiz aniq ko‘rsatiladi hamda vakolatli organning mansabdor shaxsi tomonidan ERI yoki QR-kod bilan tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
66. Vakolatli organlarning mas’ul xodimi tomonidan “E-ma’muriy ish” tizimi orqali tushgan so‘rovnoma va talabnomalar bir ish kun ichida tekshiriladi hamda tekshirish natijasi va sanasi ko‘rsatilib, ichki ishlar organlarining elektron shakldagi shtampi va mas’ul xodimning ERIsi bilan tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ma’lumotlar bazasida tekshirilayotgan shaxsning ma’muriy javobgarlikka tortilganligi haqida ma’lumot bo‘lmasa, talabnomaning orqa tomoniga “Ma’muriy jazoga tortilgan shaxslar tizimida ma’lumotlar mavjud emas”, “Ma’lumotnoma Ichki ishlar vazirligi xodimining elektron kaliti yordamida tekshiriladi” yozuvi bilan tekshirish sanasini ko‘rsatgan holda elektron shakldagi shtamp va ERI qo‘yiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hisobga olish hujjatida tekshirilayotgan shaxsga doir ma’lumotlar topilganda, talabnomaning orqa tomonida tekshirish sanasi va “Ma’lumotnoma Ichki ishlar vazirligi xodimining elektron kaliti yordamida tekshiriladi” matni yozilib, elektron shakldagi shtamp va ERI qo‘yiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
67. Vakolatli organlar tomonidan mas’ul xodimlarga planshetlar, ERI hamda “E-ma’muriy ish” tizimiga kirish uchun mo‘ljallangan login va parol beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
68. Mas’ul xodimlarga biriktirilgan planshetlar doimiy ravishda soz, batareya quvvati to‘ldirilgan va dasturiy-texnik ta’minoti ishchi holatda bo‘lishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
69. Mas’ul xodimlar o‘zlariga biriktirilgan planshetlarning but saqlanishi va ushbu planshetdan foydalangan holda tuzilayotgan ma’muriy bayonnoma va ma’muriy jazo qo‘llash to‘g‘risidagi qaror uchun shaxsan javobgar hisoblanadi. Planshetlar yo‘qolgan, uchinchi shaxslarga berilgan, qasddan nobud qilingan, unga o‘rnatilgan dastur va ilovalar qasddan yaroqsiz holga keltirilgan taqdirda, zarar biriktirilgan mas’ul xodim hisobidan qoplanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
70. Mas’ul xodimlar o‘zlariga biriktirilgan planshetlarni ish vaqti tugaganidan so‘ng ish joyidagi xizmat seyfida saqlaydi yoki vakolatli organ rahbari belgilagan joyga (mas’ul xodimga) topshiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
71. Planshetlar biriktirilgan vakolatli organ mansabdor shaxsi yoki boshqa xodimlar xizmat vazifalaridan bo‘shatilganda yoxud boshqa sabablarga ko‘ra planshetdan foydalanish zarurati mavjud bo‘lmagan hollarda planshet vakolatli organlarning tegishli moddiy-texnika ta’minoti uchun mas’ul xodimiga topshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
72. Elektron shakldagi ma’muriy ishlar bo‘yicha ma’lumotlar arxivi (ish hujjatlarining elektron shakli) Ichki ishlar vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining serverlarida saqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
73. Ma’muriy ishlar bo‘yicha statistik hisobotlar, undirilgan jarima va zararlar, mol-mulkni davlat daromadiga o‘tkazish, yo‘q qilish bilan bog‘liq ijro harakatlari va boshqa turdagi ma’lumotlar “E-ma'muriy ish” tizimi orqali avtomatik ravishda shakllantiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
74. “E-ma'muriy ish” tizimi orqali ma’muriy ish yuritish qoidalariga rioya etilishi ustidan nazorat qilish Ichki ishlar vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
75. Vakolatli organlarning mas’ul xodimi “E-ma’muriy ish” tizimidagi shaxsga doir ma’lumotlar uchinchi shaxslarga oshkor etilmasligi hamda ushbu ma’lumotlardan g‘arazli maqsadlarda foydalanilmasligi uchun javobgardir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
76. Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida yagona elektron ish yurituv tizimi orqali ma’muriy huquqbuzarlikka oid ishlarni yuritish tartibi haqidagi nizomga
1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ma’muriy ishlarni “E-ma'muriy ish” tizimi orqali yuritish tartibini joriy etish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
SXEMASI
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

1. Ma’muriy ishlarni qo‘zg‘atish, ko‘rib chiqish va bayonnoma tuzishga vakolatli davlat organlari (keyingi o‘rinlarda — Vakolatli organ)

2. Ichki ishlar vazirligi

1. Vakolatli organ xodimlari orasidan “E-ma’muriy ish” tizimidan foydalanish huquqiga ega tizim administratori mas’ul tayinlanadi va buyruqdan ko‘chirma hamda pasport ma’lumotlarini ilova qilgan holda Ichki ishlar vazirligiga yozma ravishda ma’lumot yuboradi.

Zaruratga ko‘ra

2. Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida yagona elektron ish yurituv tizimi (keyingi o‘rinlarda — “E-ma'muriy ish” tizimi)dan foydalanishi uchun ro‘yxatdan o‘tadi.

Bir ish kuni ichida

3. Ichki ishlar vazirligi Raqamli texnologiyalar va huquqiy statistika departamenti Huquqiy statistika bosh markazi tomonidan vakolatli organ administratorlari uchun login va parol beriladi.

Uch ish kuni ichida

2-bosqich

Vakolatli organning mas’ul xodimi

1. Vakolatli organ administratorlari tizimdan foydalanishi uchun hududiy mas’ul xodimlarini “E-ma’muriy ish” tizimida ro‘yxatga olib, ularga login va parollar biriktirib ularni ishlashini nazorat qiladi.

Bir ish kuni ichida

2. Ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi elektron ish yuritish ishlari “E-ma'muriy ish” tizimi orqali yuritadi.

Rasmiylashtirish davomida

3-bosqich

1. Vakolatli organning mansabdor shaxsi

2. Fuqarolar

1. Ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi bayonnoma planshet yoki kompyuter yordamida rasmiylashtirilganda vakolatli organning mansabdor shaxsi va fuqaro tomonidan elektron raqamli imzo yoki elektron grafik imzolari bilan tasdiqlaydi.

2. Vakolatli organning mansabdor shaxsi tomonidan ma’muriy jazo qo‘llash yuzasidan qaror qabul qilingandan keyin fuqaro ushbu qaror bilan tanishganligi haqida elektron raqamli imzo yoki barmoq izi bilan tasdiqlaydi.

3. Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlar yuzasidan ayrim turdagi hujjatlarni elektron shaklda rasmiylashtirish imkoni bo‘lmaganda tushuntirish xati va boshqa hujjatlar qog‘oz shaklda rasmiylashtirilib, ularni PDF formatda “E-ma'muriy ish” tizimiga kiritadi.

Huquqbuzarlik aniqlangan joyda va shu vaqtning o‘zida

4-bosqich

1. Vakolatli organning mas’ul xodimi

2. Fuqarolar

1. Hujjat vakolatli organ mas’ul xodimi tomonidan tasdiqlanishi bilan ushbu hujjatga yagona xos raqam berilib, ijro etish uchun huquqbuzarning telefon raqamiga SMS yoki “O‘zbekiston pochtasi” AJ orqali yashash manziliga xabar yuboriladi.

Shu kunning o‘zida

2. Huquqbuzar o‘ziga nisbatan chiqarilgan jarima, to‘lov varaqasi (kvitansiya)ni ejarima.uz veb-sayti, telegram bot yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali olishi mumkin.

Shu kunning o‘zida

3. Agar huquqbuzar o‘ziga nisbatan chiqarilgan ma’muriy jazo qo‘llash to‘g‘risidagi qarordan norozi bo‘lsa, vakolatli organ (mansabdor shaxsi) ma’muriy ish hujjatlarini “E-ma'muriy ish” tizimi orqali ko‘rib chiqish uchun sudga yuboradi.

Belgilangan muddatda

5-bosqich

1. Vakolatli organning mas’ul xodimi

2. Sudlar

1. Sudga kelib tushgan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar avtomatlashtirilgan tartibda elektron tizim orqali ro‘yxatdan o‘tkaziladi.

Avtomatik ravishda

2. Kelib tushgan ma’muriy ishda kamchiliklar bo‘lgan taqdirda vakolatli organning mas’ul xodimiga qaytarib yuboriladi, vakolatli organ mas’ul xodimiga ushbu kamchiliklarni bartaraf etgandan so‘ng sudga qaytadan ko‘rib chiqish uchun “E-ma'muriy ish” tizimi orqali yuboradi.

Uch ish kunidan bir oyga qadar

3. Avtomototransport vositalarini jarima maydonchalariga qo‘yish hamda chiqarish sud yoki vakolatli organlarning tegishli qarori (qo‘yishda — bayonnoma, chiqarishda — ruxsatnomasi) asosida “E-ma’muriy ish” tizimidan foydalangan holda amalga oshiriladi.

Belgilangan tartibda

6-bosqich

1. Vakolatli organning mas’ul xodimi

1. Huquqbuzar jarimani MJtKda belgilangan muddat ichida to‘lamagan taqdirda, ma’muriy jazo qo‘llash to‘g‘risidagi qaror sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini “E-ma'muriy ish” tizimi orqali majburiy ijro byurosi organlariga taqdim etiladi.

bir oy muddatga

2. Majburiy ijro byurosi

2. Majburiy ijro byurosining elektron tizimiga kelib tushgan ijro hujjatlari taqdim etilgan sanada avtomatik ravishda elektron ro‘yxatdan o‘tkaziladi hamda shu vaqtning o‘zida “E-ma’muriy ish” tizimiga bu haqida ma’lumot yuboriladi.

Avtomatik ravishda

(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-apreldagi PQ-155-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.05.2025-y., 07/25/155/0412-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida yagona elektron ish yurituv tizimi orqali ma’muriy huquqbuzarlikka oid ishlarni yuritish tartibi haqidagi nizomga
2-ILOVA

Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnomaga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi bayonnomani to‘ldirish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
TARTIBI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-pozitsiyada ma’muriy bayonnoma (keyingi o‘rinlarda — bayonnoma) MJtKning 2691 — (ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar), 279 — (ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnomani tuzish) va 281- (ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnomaning mazmuni) moddalari asosida rasmiylashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-pozitsiyada bayonnomaga avtomatlashtirilgan ravishda “E-ma’muriy ish” tizimi orqali seriya raqami beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-pozitsiyada bayonnomaga avtomatlashtirilgan ravishda “E-ma’muriy ish” tizimi orqali tartib raqami beriladi (misol: 20 073 0000001, bunda 20 — yil, 073 — bayonnoma rasmiylashtirgan organ kodi, 0000001 — bayonnomaning tartib raqami).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-pozitsiyada bayonnoma tuzilgan sana “E-ma’muriy ish” tizimi orqali avtomatlashtirilgan tartibda beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-pozitsiyada bayonnoma tuzilgan hudud (viloyat, shahar, tuman nomi) ko‘rsatiladi, mintaqa kodi qayd etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6-pozitsiyada “E-ma’muriy ish” tizimi orqali avtomatik ravishda QR-kod qo‘yiladi, mansabdor shaxs va huquqbuzar tomonidan bayonnomadagi QR-kodni skaner qilish orqali ushbu bayonnoma joylashgan joyga o‘tib, uni ko‘rishga va elektron shaklini olishga imkoniyat yaratiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7-pozitsiyada bayonnomani tuzgan vakolatli organ nomi, kodi tanlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8 — 13-pozitsiyalarda bayonnoma tuzgan vakolatli organ xodimiga (mansabdor shaxsga) tegishli bo‘lgan jeton yoki guvohnomaning seriya raqami, xodimning familiyasi, ismi, otasining ismi, lavozimining to‘liq nomi, unvoni, bayonnomani shaxsan o‘zi tuzganligi ERI yoki EGI hamda QR-kod bilan tasdiqlangan holda avtomatik ravishda to‘ldiriladi. Tasdiqlash tartibi ERIdan foydalangan holda barmoq izlarini tushirish yoki planshetga EGI qo‘yish orqali amalga oshiriladi, sana “E-ma’muriy ish” tizimi orqali avtomatlashtirilgan tartibda beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14 — 16-pozitsiyalarda huquqbuzarni identifikatsiya qilish uchun daktiloskopik taqqoslash yoki multibiometrik identifikatsiya qilish yoxud biometrik pasport tizimi orqali avtomatlashtirilgan rejimda ma’lumotlar “E-ma’muriy ish” tizimiga kiritiladi, so‘ng shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi, tug‘ilgan sanasi haqidagi ma’lumotlar avtomatik ravishda “E-ma’muriy ish” tizimiga kiritilishi amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Planshet orqali shaxsning yuzi to‘g‘ridan suratga olinganda, planshet suratga tushirilayotgan shaxsdan taxminan 70, 80 sm masofadan kam bo‘lmagan uzoqlikda va planshet kamerasi ko‘zlar bilan teng balandlikda bo‘lishi, suratga olinayotgan shaxs boshining holati tepaga ko‘tarilib ketmasligi yoki pastga qarab qolmasligi hamda chapga yoki o‘nga burilmagan bo‘lishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17-pozitsiyada bayonnoma rasmiylashtirishda huquqbuzarning telefon raqami bayonnomani tuzgan vakolatli organ (mansabdor shaxs) tomonidan qo‘lda kiritiladi yoki mobil aloqa tarmog‘i operatorlari tizimlaridan integratsiya qilingan holda avtomatlashtirilgan rejimda kiritilishi ham mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18 — 23-pozitsiyalarda huquqbuzarning tug‘ilgan joyi, biometrik pasporti, transport vositasini qayd etish yoki haydovchilik guvohnomasi seriyasi va raqami, millati, fuqaroligi, yashash manzili to‘g‘risidagi ma’lumotlar identifikatsiya tizimlari orqali avtomatik ravishda kiritiladi, bundan ma’lumotlar qo‘lda kiritilgan holatlar mustasno.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24-pozitsiyada huquqbuzarning nomidagi avtotransport vositasi, sug‘urta polisi (seriyasi, raqami, amal qilish muddatlari) mansabdor shaxs tomonidan kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25-pozitsiyada huquqbuzarning huquqbuzarlik sodir etilgan vaqtdagi holati ko‘rsatib o‘tiladi (mastlik holati: 1-alkogolli, 2-giyohvand, 3-boshqacha holatdagi mastlik).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26-pozitsiyada huquqbuzar boshqargan avtotransport vositasi haqidagi ma’lumotlar qo‘lda kiritilishi yoki elektron axborot tizimlarini integratsiya qilgan holda avtomatlashtirilgan rejimda kiritilishi ham mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
27-pozitsiyada huquqbuzarning avval ma’muriy javobgarlikka tortilganligi yoki tortilmaganligi haqidagi ma’lumotlar avtomatlashtirilgan rejimda “E-ma’muriy ish” tizimidan tekshirilgan holatda to‘ldiriladi. Bunda shaxsga tegishli bo‘lgan ma’lumotlar familiyasi, ismi, otasining ismi yoki biometrik pasport seriyasi, raqami asosida solishtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
28 — 30-pozitsiyalarda huquqbuzarlik sodir etilgan vaqt, sana (yil, kun, oy) kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
31 — 33-pozitsiyalarda MJTKning tegishli moddalari bo‘yicha huquqbuzarga nisbatan qo‘llanilgan modda, prim, qismlari kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
34-pozitsiyada huquqbuzarning MJTKning boshqa moddalari bo‘yicha huquqbuzarlik sodir etilganligi bo‘yicha qo‘shimcha moddalar belgisi kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
35-pozitsiyada yo‘l harakati qoidalarining buzilishiga doir huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ma’lumotlar kiritiladi. Agar ushbu band vakolatli organlarga tegishli bo‘lmasa, to‘ldirilmasdan qoldiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
36 — 41-pozitsiyalarda MJTKning tegishli moddalari bo‘yicha huquqbuzarning bayonnomani rasmiylashtirish bo‘yicha munosabati (men roziman yoki rozi emasman) ko‘rsatilgan holda EGI yoki barmoq izini qo‘yish orqali tasdiqlanadi, sana (yil, kun, oy).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda shaxsni barmoq izlari orqali identifikatsiya qilish uchun barmoq izi sifati yetarli darajada bo‘lmasa, qolgan to‘qqizta barmoq izidan ixtiyoriy tanlab skaner qilish ham mumkin. Shaxsning barmoq izini skaner qilish vaqtida uning kasbi, sog‘lig‘i, qo‘llarning kirligi, ob-havo sharoiti, terining quruqligi, qo‘lning haddan ziyod terlashi, barmoq izi papillyar naqshlari bo‘rtganlik darajasi past bo‘lishi mumkinligini inobatga olish zarur. Ushbu talab 58 — 61-pozitsiyalarga ham qo‘llaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
42-pozitsiyada huquqbuzarlikning sodir etilish joyi va ususli (tafsiloti) haqidagi ma’lumotlar kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
43-pozitsiyada huquqbuzarlikni sodir etgan shaxsning huquqbuzarligi bo‘yicha e’tirozi mavjud bo‘lmasa, vakolatli organ (mansabdor shaxs) tomonidan og‘zaki tushuntirish olinib, planshetga kiritiladi, agar uning e’tirozi bo‘lsa, yozma ravishda tushuntirish xati olinib, elektron bayonnomaga qog‘oz shaklidagi hujjatning pdf formatidagi nusxasi ilova qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
44 — 49-pozitsiyalarga guvoh, xolis yoki jabrlanuvchining familiyasi, ismi, otasining ismi, tug‘ilgan sanasi, telefon raqami, yashash manzili, elektron grafik imzosi, barmoq izi va sanasi (yil, kun, oy) kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
50, 51-pozitsiyalarda huquqbuzarlik oqibatida moddiy zarar yetkazilganligi, bayonnoma rasmiylashtirish vaqtida aniq bo‘lsa zarar miqdori ko‘rsatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
52-pozitsiyada olib qo‘yilgan huquqbuzarlik ashyolari to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi. Bunda ashyolar miqdori ko‘pligi sababli ular to‘g‘risidagi ma’lumotlar ushbu pozitsiyaga sig‘magan taqdirda, ashyolar haqidagi ma’lumot bayonnomaga ilova qilingan holda taqdim etilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
53-pozitsiyada ma’muriy ishni ko‘rib chiqish uchun bayonnomaga ilova qilingan hujjatlar ko‘rsatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
54 — 57-pozitsiyalarda ma’muriy ish ko‘rib chiqiladigan joy va vaqti to‘g‘risida fuqaro qaysi shaklda (SMS yoki pochta aloqasi xizmati orqali) ogohlantirilishi belgilanadi hamda huquqbuzarning EGI yoki barmoq izi bilan tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida yagona elektron ish yurituv tizimi orqali ma’muriy huquqbuzarlikka oid ishlarni yuritish tartibi haqidagi nizomga
3-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ma’muriy jazo qo‘llash to‘g‘risidagi qarorga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ma’muriy jazo qo‘llash to‘g‘risidagi qarorni to‘ldirish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
TARTIBI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-pozitsiyada ma’muriy jazo qo‘llash to‘g‘risidagi qarorga (keyingi o‘rinlarda — qaror) avtomatlashtirilgan ravishda “E-ma’muriy ish” tizimi orqali berilgan seriya raqami ko‘rsatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2 va 3-pozitsiyalarda qarorga avtomatlashtirilgan ravishda “E-ma’muriy ish” tizimi orqali berilgan tartib raqami beriladi (misol: 20 073 0000001, bunda 20 — yil, 073 — qaror rasmiylashtirgan organ kodi, 0000001 — qarorning tartib raqami).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4 — 6-pozitsiyalarda qaror chiqarilgan sana (yil, kun, oy) vaqti, viloyat, shahar, tuman nomlari ko‘rsatiladi, mintaqa kodi qayd etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7-pozitsiyada “E-ma’muriy ish” tizimi orqali avtomatik ravishda QR-kod qo‘yiladi, mansabdor shaxs va huquqbuzar tomonidan qarordagi QR-kodni skaner qilish orqali ushbu qaror joylashgan joyga o‘tib, uni ko‘rishga va elektron shaklini olishga imkoniyat yaratiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8 va 9-pozitsiyalarda ma’muriy ishni ko‘rib chiqqan vakolatli organ nomi uning kodini tanlash orqali hamda qarorni chiqargan mas’ul shaxsga tegishli bo‘lgan jeton yoki guvohnomasi seriyasi va raqami avtomatik ravishda to‘ldiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10-pozitsiyada qarorni chiqargan vakolatli organ (mansabdor shaxs) qarorni shaxsan o‘zi ko‘rib chiqqanligini ERI yoki EGI hamda QR-kod bilan tasdiqlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11-pozitsiyada qaror chiqargan organ (mansabdor shaxs) tomonidan ERI yoki EGI hamda QR-kod qo‘yilgandan so‘ng sana “E-ma’muriy ish” tizimi orqali avtomatik ravishda kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12 — 14-pozitsiyalarda qarorni ko‘rib chiqqan xodimning familiyasi, ismi, otasining ismi, lavozimi, unvoni to‘liq avtomatik ravishda to‘ldiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15, 16-pozitsiyalarda huquqbuzarni identifikatsiya qilish uchun daktiloskopik taqqoslash yoki multibiometrik identifikatsiya qilish yoxud biometrik pasport tizimi orqali avtomatlashtirilgan rejimda ma’lumotlar “E-ma’muriy ish” tizimiga kiritiladi, so‘ng familiyasi, ismi, otasining ismi, tug‘ilgan sanasi haqidagi ma’lumotlar avtomatik ravishda axborot tizimiga kiritilishi amalga oshiriladi. Agar shaxs chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxs bo‘lsa yoxud O‘zbekiston Respublikasi fuqarolik pasporti bilan hujjatlashtirilmagan bo‘lsa, mansabdor shaxs tomonidan uning shaxsiga oid ma’lumotlar qo‘lda kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Planshet orqali shaxsning yuzi to‘g‘ridan suratga olinganda planshet, suratga tushirilayotgan shaxsdan taxminan 70, 80 sm masofadan kam bo‘lmagan uzoqlikda va planshet kamerasi ko‘zlar bilan teng balandlikda bo‘lishi, suratga olinayotgan shaxs boshining holati tepaga ko‘tarilib ketmasligi yoki pastga qarab qolmasligi hamda chapga yoki o‘nga burilmagan bo‘lishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17 — 21-pozitsiyalarda huquqbuzarning tug‘ilgan joyi, biometrik pasporti, transport vositasini qayd etish yoki haydovchilik guvohnomasi seriyasi va raqami, millati, fuqaroligi, yashash manzili to‘g‘risidagi ma’lumotlar identifikatsiya tizimlari orqali avtomatik ravishda kiritiladi, shaxslar haqidagi ma’lumotlar qo‘lda kiritilgan holatlar bundan mustasno.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22-pozitsiyada huquqbuzarning ish joyi, lavozimi, mashg‘uloti turi ma’lumotlari qo‘lda kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23-pozitsiyada huquqbuzarning nomidagi avtotransport vositasi, sug‘urta polisi (seriyasi, raqami, amal qilish muddatlari) kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24-pozitsiyada huquqbuzarning huquqbuzarlik sodir etilgan vaqtdagi holati ko‘rsatib o‘tiladi (mastlik holati: 1-alkogolli, 2-giyohvand, 3-boshqacha holatdagi mastlik).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25-pozitsiyada huquqbuzar boshqargan avtotransport vositasi haqidagi ma’lumotlar qo‘lda kiritilishi yoki elektron axborot tizimlarini integratsiya qilgan holda avtomatik ravishda kiritilishi ham mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26-pozitsiyada MJTKning 282-moddasida ko‘rsatilgan shaxsga oid qolgan ma’lumotlar kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
27-pozitsiyada huquqbuzarning avval ma’muriy javobgarlikka tortilganligi yoki tortilmaganligi haqidagi ma’lumotlar avtomatik ravishda “E-ma’muriy ish” tizimidan tekshirilgan holda to‘ldiriladi. Bunda, shaxsga tegishli bo‘lgan ma’lumotlar uning familiyasi, ismi, otasining ismi yoki biometrik pasport seriyasi, raqami asosida solishtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
28 — 30-pozitsiyalarda MJTKning tegishli moddalari bo‘yicha huquqbuzarga nisbatan qo‘llanilgan modda, prim, qismlari kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
31-pozitsiyada huquqbuzarning MJTKning boshqa moddalari bo‘yicha huquqbuzarlik sodir etilganligi to‘g‘risida qo‘shimcha moddalar belgisi kiritiladi yoki elektron axborot tizimlari integratsiya qilingan holda avtomatik ravishda kiritilishi ham mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
32-pozitsiyada yo‘l harakati qoidalarining buzilishiga doir huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ma’lumotlar kiritiladi. Agar ushbu band vakolatli organlarga tegishli bo‘lmasa, to‘ldirilmasdan qoldiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
33-pozitsiyada ma’muriy sudlar tomonidan ma’muriy jazo qo‘llanilishi ko‘rsatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
34-pozitsiyada ma’muriy jazoni qo‘llash MJTKning 34-moddasiga asosan bitta shaxs ikki yoki undan ortiq huquqbuzarlik sodir etgan taqdirda, ma’muriy jazo har bir huquqbuzarlik uchun alohida-alohida qo‘llanilishi ko‘rsatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
35-pozitsiyada huquqbuzarlik sodir etilgan holat yuzasidan olingan fotosurat biriktiriladi. Bunda foto, videoyozuv va boshqa planshet orqali ilovalar elektron ravishda kiritilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
36-pozitsiyada huquqbuzar uchun tayinlangan jazo — jarima miqdori (so‘m), (miqdori yozuv ko‘rinishda) qo‘lda kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
37-pozitsiyada huquqbuzar tomonidan qoplanishi lozim bo‘lgan zarar miqdori (so‘m), (miqdori yozuv ko‘rinishda) qo‘lda kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
38-pozitsiyada huquqbuzarga nisbatan qo‘llanilgan qo‘shimcha jazo chorasi belgisi kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
39 — 45-pozitsiyalarda MJTKning tegishli moddalari bo‘yicha huquqbuzarning qaror bo‘yicha munosabati (men roziman yoki rozi emasman) ko‘rsatilgan holda EGI yoki barmoq izini qo‘yish orqali tasdiqlanadi, sana (yil, kun, oy) avtomatik ravishda kiritiladi hamda advokat xizmatidan foydalanilgan bo‘lsa, belgi qo‘yiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Huquqbuzarlik ashyolari bo‘yicha sudlar tomonidan qabul qilingan qaror to‘g‘risida ma’lumotlar (musodara, yo‘q qilish yoki egasiga qaytarish) sud qarorlari asosida elektron shaklda kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
46, 47-pozitsiyalarda huquqbuzarlik uchun jarima yoki zarar belgisi hamda huquqbuzarga qaror chiqarilganligi ko‘rsatiladi. Qaror bo‘yicha tegishli to‘lov amalga oshirilgandan so‘ng kvitansiya kesib olinib bir qismi bankda, bir qismi huquqbuzarda qoladi.
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.07.2021-y., 09/21/431/0656-son; 07.10.2023-y., 09/23/530/0757-son; 06.05.2025-y., 07/25/155/0412-son)