1-ILOVA
|
1. |
A. Abduxakimov |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari — turizm va madaniy meros vaziri, Tashkiliy qoʻmita raisi |
|
2. |
X. Bozarov |
— |
Fargʻona viloyati hokimi, Tashkiliy qoʻmita raisi oʻrinbosari |
|
3. |
A. Ikramov |
— |
Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi, Tashkiliy qoʻmita raisi oʻrinbosari |
|
4. |
U. Abdullayev |
— |
“Hunarmand” uyushmasi raisi, Tashkiliy qoʻmita raisi oʻrinbosari |
|
5. |
O. Nazarbekov |
— |
madaniyat vaziri |
|
6. |
A. Xadjibayev |
— |
sogʻliqni saqlash vaziri |
|
7. |
Sh. Sobirov |
— |
ichki ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari |
|
8. |
O. Nasritdinxodjayev |
— |
moliya vazirining birinchi oʻrinbosari |
|
9. |
F. Arziyev |
— |
tashqi ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari |
|
10. |
Lavozimi boʻyicha |
— |
turizm va madaniy meros vaziri oʻrinbosari |
|
11. |
A. Abduvaliyev |
— |
Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi raisi |
|
12. |
A. Saʼdullayev |
— |
Yoshlar ishlari agentligi direktori |
|
13. |
J. Artikxodjayev |
— |
Toshkent shahar hokimi |
|
14. |
B. Abduhalimov |
— |
Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti |
|
15. |
Sh. Pidayev |
— |
Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Sanʼatshunoslik instituti direktori |
|
16. |
I. Maxkamov |
— |
“Uzbekistan Airways” AJ boshqaruvi raisi |
|
17. |
X. Xasilov |
— |
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruvi raisi v.b. |
|
18. |
A. Xadjayev |
— |
Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisi |
|
19. |
A. Nuridinov |
— |
Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi raisi |
|
20. |
S. Saidov |
— |
Yozuvchilar uyushmasi raisi |
|
21. |
R. Fatxullayev |
— |
Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomchilik va dizayn instituti dotsenti |
|
22. |
Lavozimi boʻyicha |
— |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining turizm va sportni rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosarlari |
|
23. |
O. Qudratov |
— |
Vazirlar Mahkamasi Turizm, sport, madaniyat va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari kotibiyati mudiri, Tashkiliy qoʻmita kotibi |
2-ILOVA
| T/r | Chora-tadbirlar | Amalga oshirish mexanizmi | Bajarish muddati | Ijro uchun masʼullar | |
| Vazirlik va idoralardan | Vazirlar Mahkamasidan | ||||
| I. Tashkiliy masalalar | |||||
| 1. | 2022-yil sentyabr oyida Qoʻqon shahrida II Xalqaro hunarmandchilik festivalini oʻtkazish boʻyicha tashkiliy qoʻmitaning yigʻilishini oʻtkazish. | 1. Ushbu chora-tadbirlar ijrosini taʼminlash boʻyicha tegishli vazirlik va idoralar, hokimliklar boʻyicha masʼul ijrochilarni belgilash, moliyalashtirish manbalarini aniqlash hamda smeta xarajatlari masalalarini muhokama qilish yuzasidan Tashkiliy qoʻmita yigʻilishlarini oʻtkazish. | 2022-yil fevral, may, avgust | Tashkiliy qoʻmita aʼzolari | A. Abduhakimov, O. Qudratov, Sh. Karimov |
| 2. Festival doirasida: ishtirokchilarni kutib oluvchi va kuzatuvchi; ishtirokchilarni mehmonxonaga joylashtiruvchi va transport bilan taʼminlovchi; ishtirokchilarni ovqatlantirishni tashkil etuvchi; tadbirlarni ommaviy-axborot vositalarida yorituvchi; madaniy dam olishni tashkil etuvchi; tarjimonlar va volontyorlar bilan ishlarni tashkil qiluvchi guruhlar tuzish; tarjimon va volontyorlarga yoʻriqnoma berish va zarur malakalarga oʻqitish. | 2022-yil mart | Fargʻona viloyati hokimligi, “Hunarmand” uyushmasi, Turizm va sport vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi | |||
| 2. | Festival oʻtkaziladigan joyni tayyorlash (Qoʻqon shahridagi “Xudoyorxon” oʻrdasi atrofidagi bogʻ hududi). | 1. Festival oʻtkaziladigan joyni (shu jumladan, bino-inshootlarni) belgilash toʻgʻrisida Fargʻona viloyati hokimining tegishli qarorini qabul qilish. Bunda festivalda ishtirok etadigan mahalliy (respublikaning 14 ta hududi boʻyicha har biriga alohida) hamda xorijlik hunarmandlar uchun alohida pavilonlar tashkil etishni, shuningdek, koʻngilochar tadbirlar, ovqatlanish shoxobchalari, avtoturargohlar va eko-hojatxonalar uchun alohida joylar ajratilishini nazarda tutish. | 2022-yil mart | Fargʻona viloyati hokimligi | A. Ramatov, Sh. Abidov, O. Qudratov |
| 2. Nufuzli landshaft dizaynerlarini jalb qilgan holda, festival doirasida Qoʻqon shahrida obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlarini amalga oshirish. | 2022-yil iyul-avgust | Fargʻona viloyati hokimligi, “Oʻzsuvtaʼminot” AJ, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ, “Hududgaztaʼminot” AJ | |||
| 3. Festival oʻtkaziladigan hududda muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini soz holatga keltirish va ularning uzluksiz ishlashini taʼminlash, shu jumladan, tungi yoritish chiroqlari ustunlarini tartibga keltirish. | |||||
| 3. | Festival ishtirokchilarini mehmonxona bilan taʼminlash. | 1. Qoʻqon shahri va unga chegaradosh tuman (shahar)larda mavjud mehmonxonalardagi oʻrinlar sonini xatlovdan oʻtkazish. | 2022-yil aprel | Fargʻona viloyati hokimligi, Turizm va sport vazirligi, vazirlik va idoralar, tashabbuskor tadbirkorlik subyektlari | A. Ramatov, Sh. Abidov, O. Qudratov |
| 2. Mehmonxonalarda mehmonlarni qabul qilish imkoniyati yetarli boʻlmagan (shahar, tuman miqyosida jami 2 500 oʻrindan kam) taqdirda, tashabbuskorlarni jalb qilgan holda Qoʻqon, Margʻilon, Rishton, Fargʻona shaharlarida 50 oʻringacha boʻlgan yangi mehmonxonalar qurish, shuningdek, tashabbuskorlarni belgilagan holda qoʻshimcha ravishda mehmon uylarini tashkil qilish choralarini koʻrish. | 2022-yil davomida | ||||
| 4. | Festivalni tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha targʻibot ishlarini tashkil etish. | 1. Festival dasturini ishlab chiqish. | 2022-yil aprel | “Hunarmand” uyushmasi, Madaniyat vazirligi, Turizm va sport vazirligi, Savdo-sanoat Palatasi, Fargʻona viloyati hokimligi, Milliy teleradiokompaniya | A. Abduhakimov, O. Qudratov, E. Rustamov |
| 2. Dasturni turistik tashkilotlarga taqdim etish hamda Internet jahon axborot tarmogʻi va ijtimoiy tarmoqlarga keng joylashtirish orqali targʻib qilish. | 2022-yil may | ||||
| 5. | “Men Qoʻqonga boraman” shiori ostida ikki bosqichdan iborat koʻrgazma va koʻrik-tanlovni tashkil etish. | 1. Festivalga iqtidorli hunarmandlar va isteʼdodli yoshlarni jalb qilish maqsadida “Men Qoʻqonga boraman” shiori ostida ikki bosqichdan iborat koʻrgazma va koʻrik-tanlovni tashkil etish va oʻtkazish chora-tadbirlari rejasini ishlab chiqish. | 2021-yil oktyabr | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Savdo-sanoat palatasi, “Hunarmand” uyushmasi, Madaniyat vazirligi, Badiiy akademiya, Turizm va sport vazirligi, Milliy teleradiokompaniya, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi | A. Abduhakimov, O. Qudratov, E. Rustamov, Sh. Abidov |
| 2. Koʻrgazma va koʻrik-tanlovning: birinchi — tuman (shahar)lar; ikkinchi — Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bosqichini oʻtkazish. | 2022-yil aprel, iyun | ||||
| 3. “Men Qoʻqonga boraman!” shiori ostida koʻrgazma va koʻrik-tanlovning keng yoritilishini taʼminlash. | 2022-yil mart-aprel | ||||
| 6. | Esdalik buyumlarini tayyorlash. | Festivalni targʻib etuvchi esdalik buyumlari va bosma mahsulotlar (brendbuk, pamflet, buklet va boshqalar) tayyorlash. | 2022-yil fevral | “Hunarmand” uyushmasi, Savdo-san�at palatasi, Badiiy akademiya, Turizm va sport vazirligi | A. Abduhakimov, O. Qudratov, E. Rustamov |
| 7. | Qoʻqon shahrida umumiy ovqatlanish xizmatlarining toʻlaqonli koʻrsatilishini taʼminlash. | 1. Festival davomida Qoʻqon shahridagi mavjud umumiy ovqatlanish korxonalarining mehmonlarni qamrab olish imkoniyatlarini oʻrganib chiqish. | 2022-yil aprel | Fargʻona viloyati hokimligi, vazirlik va idoralar, tashabbuskor tadbirkorlik subyektlari | A. Abduhakimov, O. Qudratov, Sh. Abidov |
| 2. Zaruratga koʻra, yangi kafe va restoranlar tashkil qilish choralarini koʻrish. | 2022-yil aprel — avgust | ||||
| 3. Zamon talablari asosida milliy uslubdagi umumiy ovqatlanish xizmatlarining koʻrsatilishini taʼminlash. | Festival kunlari | ||||
| 8. | Yoʻlovchi tashish xizmati koʻrsatishni tashkil etish. | 1. Qoʻqon shahridagi barcha taksi xizmati koʻrsatuvchi korxonalarni xatlovdan oʻtkazish, ularning texnik tayyorgarlik holatini oʻrganib chiqish. | 2022-yil may | Fargʻona viloyati hokimligi, Transport vazirligi | A. Ramatov, Sh. Abidov, O. Qudratov |
| 2. Zaruratga koʻra, Fargʻona viloyatining boshqa hududlaridan Qoʻqon shahriga taksi xizmati koʻrsatuvchi subyektlarni shartnoma asosida jalb qilish. | Festival kunlari | ||||
| 3. Tashabbuskorlarning taklifiga binoan ularga yoʻlovchi tashish transportlarini imtiyozli shartlarda sotib olishga (shu jumladan kredit, lizing asosida) koʻmaklashish. | 2022-yil davomida | ||||
| 9. | Mahalliy temir yoʻl vokzallari va aeroportlarda mehmonlarni munosib kutib olish va kuzatish. | 1. Xorijdan tashrif buyuradigan festival ishtirokchilarini mahalliy temir yoʻl vokzallari va aeroportlarda kutib olish, kuzatish boʻyicha maxsus shtablar tashkil qilish. 2. Mehmonlarni kutib olish joylarida festival toʻgʻrisidagi maʼlumotnomalarni oʻrnatish. 3. Festival kunlari Toshkent shahridan Qoʻqon hamda Fargʻona shaharlariga harakatlanuvchi festival ishtirokchilari uchun yoʻlovchi poyezdlariga belgilangan tartibda joylar ajratilishi va zarur hollarda qoʻshimcha poyezdlar qoʻyilishini taʼminlash. 4. Festivalga moʻljallangan alohida yangi turizm marshrutlarini ishlab chiqish. | Festival kunlari | Fargʻona viloyati hokimligi, “Hunarmand” uyushmasi, Turizm va sport vazirligi, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ, “Uzbekistan Airports” AJ, “Uzbekistan Airways” AJ, turistik tashkilotlar | A. Ramatov, Sh. Abidov, O. Qudratov |
| 10. | Xavfsizlikni taʼminlash, tez tibbiy yordam koʻrsatishni tashkil etish va favqulodda vaziyatlarning oldini olish choralarini koʻrish. | Festival oʻtkazish davrida jamoat tartibini saqlash va jamoat xavfsizligini taʼminlash, tez tibbiy yordam koʻrsatilishini tashkil etish va favqulodda vaziyatlarni oldini olish choralarini koʻrish. | Festival kunlari | Ichki ishlar vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Fargʻona viloyati hokimligi | B. Musayev, X. Berdibayev, Sh. Karimov |
| II. Madaniy-maʼrifiy tadbirlar | |||||
| 11. | Festival saytini qayta koʻrib chiqish va takomillashtirish. | Tadbirni yuqori saviyada yoritish maqsadida festival saytini takomillashtirish va unda axborotlarni uch tilda (oʻzbek, rus, ingliz) muntazam yoritib borish. Bunda festivalda ishtirok etishni istagan xorijiy davlatlar hunarmandlarining ushbu sayt orqali onlayn tarzda ariza topshirishlari va roʻyxatdan oʻtishlari uchun imkoniyat yaratish. | 2022-yil aprel — sentyabr | “Hunarmand” uyushmasi, Savdo-sanoat palatasi, | A. Abduhakimov, O. Qudratov, E. Rustamov |
| 12. | Mahalliy hamda xorijiy ommaviy axborot vositalarida II Xalqaro hunarmandchilik festivalini muntazam yoritish. | 1. Festival doirasida oʻtkaziladigan tadbirlar, uning maqsadi va vazifalarini mahalliy va xorijiy OAVlarda muntazam yoritish boʻyicha media-reja ishlab chiqish va tasdiqlash. | 2022-yil may | Axborot va ommaviy kommunikatsiya agentligi, Milliy Axborot agentligi, “Dunyo” axborot agentligi, Milliy teleradiokompaniya, Savdo-sanoat palatasi, “Hunarmand” uyushmasi, Tashqi ishlar vazirligi, Turizm va sport vazirligi, vazirlik va idoralar | A. Abduxakimov, O. Qudratov, E. Rustamov |
| 2. Festivalni targʻib etuvchi kamida 3 ta reklama roliklarini tayyorlash, markaziy va barcha mahalliy telekanallarda muntazam namoyish qilish. | 2022-yil iyun | ||||
| 3. Oʻzbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi elchixonalari va konsullik idoralarini festivalni targʻib qiluvchi foto va videomateriallar bilan taʼminlash, shuningdek, chet el OAVlari orqali sayyohlar hamda hunarmandlarni festivalda ishtirok etishga undovchi targʻibot materiallarini namoyish etish. | 2022-yil davomida | ||||
| 4. Festivalni xorijlik sayyohlar ekskursiya marshrutiga kiritish. | |||||
| 13. | Festivalda milliy hunarmandchilik namunalarining keng taqdimotini tashkil qilish uchun sharoitlar yaratish. | 1. Har bir hududning oʻziga xos milliy hunarmandchiligi va madaniy hayotini aks ettiruvchi hunarmandlar shaharchalari maketini tayyorlash. | 2022-yil avgust | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, “Hunarmand” uyushmasi, Savdo-sanoat palatasi, Badiiy akademiya | A. Abduhakimov, O. Qudratov, E. Rustamov Sh. Abidov |
| 2. Respublikaning har bir (14 ta) hududidan kamida 60 nafardan hunarmand ishtirokini taʼminlash. | Festival kunlari | ||||
| 3. Festival uchun ajratilgan maydon hududida rassomlar xiyoboni tashkil etish va festival ishtirokchilariga mahorat darslarini namoyish etish. | |||||
| 4. Respublikaning barcha tuman (shahar)larida festival reklamasini tashkil etish (billbord, LED panellar, transport vositalari va yer osti oʻtish joylarida, yirik savdo markazlarida). | 2022-yil mart, may, avgust | ||||
| 14. | Xorijlik mehmonlarni Oʻzbekistonning tarixiy, madaniy va maʼrifiy hayoti bilan tanishtirish. | 1. Xorijlik festival ishtirokchilari va mehmonlarni shaharning tarixiy obidalari va diqqatga sazovor joylari bilan yaqindan tanishtirish maqsadida ekskursiya marshrutini ishlab chiqish. | 2022-yil iyul | Turizm va sport vazirligi, “Hunarmand” uyushmasi | A. Abduxakimov, O. Qudratov, Sh. Abidov |
| 2. Ekskursiya marshrutiga kiritilgan joylarni belgilangan tarzda obodonlashtirish, taʼmirlash hamda mehmonlarni qabul qilish uchun shay holatga keltirish. | 2022-yil avgust | Fargʻona viloyati hokimligi | |||
| 3. Xalqimizning madaniy va tarixiy hayoti, hunarmandlar turmush tarzini oʻzida aks ettiruvchi teatrlashtirilgan ochilish va yopilish marosimlari, konsert dasturlari ssenariysini tayyorlash. Sahnalashtirish jarayonlariga tajribali rejissorlar, yozuvchi va shoirlar, teatr namoyandalari, sanʼat va madaniyat arboblarini jalb etish. | 2022-yil iyul | Madaniyat vazirligi, Yozuvchilar uyushmasi | |||
| 4. Oʻzbekiston hunarmandchiligi va amaliy sanʼatining tarixi va bugungi holatini aks ettiruvchi maxsus hujjatli film suratga olish va barcha milliy telekanallar orqali uch tilda namoyish etish. | 2022-yil avgust | Kinematografiya agentligi, Milliy teleradiokompaniya | |||
| 15. | “Wi-Fi” hududlarini tashkil etish. | Tashkiliy qoʻmita murojaatiga asosan festival oʻtkaziladigan hududda bepul “Wi-Fi” xizmatini tashkil etish. | Festival kunlari | Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Fargʻona viloyati hokimligi | A. Abduxakimov, O. Umarov |
| III. Xalqaro tadbirlar | |||||
| 16. | Jahon hunarmandlar Kengashi (World craft council) hamkorligida xalqaro tadbirlarni tashkil etish. | Festival doirasida Jahon hunarmandlar Kengashining (World Crafts Council): 1. Boshqaruv kengashi yigʻilishini munosib tarzda oʻtkazish; 2. “Jahon hunarmand shaharlari” forumini tashkil etish va oʻtkazish. | 2022-yil sentyabr | “Hunarmand” uyushmasi, Savdo-sanoat palatasi, Fargʻona viloyati hokimligi, Tashqi ishlar vazirligi, Turizm va sport vazirligi, vazirlik va idoralar | A. Abduhakimov, O. Qudratov, E. Rustamov, Sh. Abidov, F. Rahimov |
| IV. Festival tadbirlarini moliyalashtirish | |||||
| 17. | Festivalni moliyalashtirish | 1. Festival xarajatlari smetasini ishlab chiqish va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | 2021-yil dekabr | Fargʻona viloyati hokimligi, “Hunarmand” uyushmasi, Savdo-sanoat palatasi, Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, vazirlik va idoralar | A. Abduhakimov, O. Qudratov, E. Rustamov Sh. Abidov |
| 2. Tasdiqlangan smeta xarajatlari asosidagi mablagʻlarni festival jarayonlari boshlanmasdan oldin toʻlab berish choralarini koʻrish. | 2022-yil may | ||||
| 3. Belgilangan tartibda muayyan tadbirlarni moliyalashtirishga davlat-xususiy sheriklik shartlarida tashabbuskor tadbirkorlik subyektlarini keng jalb qilish. | 2022-yil davomida | ||||