Hujjat kuchini yo‘qotgan 10.11.2025 01.07.2021 yildagi 410-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 10.11.2025
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori

Vaqtincha, mavsumiy va bir martalik ishlarda band bo‘lgan fuqarolarning mehnat faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2021-yilda yangi ish o‘rinlarini tashkil etish va aholi bandligiga ko‘maklashish bo‘yicha davlat dasturi to‘g‘risida” 2021-yil 28-apreldagi PQ-5094-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2021-yilda yangi ish o‘rinlarini tashkil etish va aholi bandligiga ko‘maklashish bo‘yicha davlat dasturi to‘g‘risida” 2021-yil 28-apreldagi PQ-5094-son qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining tuman (shahar) aholi bandligiga ko‘maklashish markazlari huzuridagi vaqtincha bir martalik ish bilan ta’minlash byurolari Kunlik mehnat markazlari (keyingi o‘rinlarda — Markazlar) sifatida qayta tashkil etilganligi va asosiy vazifalari belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Kunlik mehnat markazining namunaviy tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Belgilansinki, Markazlar xodimlari mehnatiga haq to‘lash O‘zbekiston Respublikasi Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan tuman (shahar) aholi bandligiga ko‘maklashish markazi tomonidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi ikki oy muddatda hududlardagi ehtiyojdan kelib chiqib, joylarda davlat-xususiy sheriklik asosida belgilangan tartibda Markazlarni tashkil etish choralarini ko‘rsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda Markazlarda ish beruvchi va ish izlovchilar uchun sall-markaz tashkil etish, ish izlovchilarni ish joyiga transportda olib borish va olib kelish xizmatlarini ko‘rsatish, ularga yotoqxonalar, mehnat qurollari, shaxsiy himoya vositalari va maxsus kiyimlarni ijaraga berish hamda ovqatlanish va xizmat ko‘rsatish shoxobchalari tashkil etilishiga alohida e’tibor qaratilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan birgalikda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) ikki oy muddatda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Markazlarni joylashtirish uchun mavjud binolarni tuman (shahar) aholi bandligiga ko‘maklashish markazlariga operativ boshqaruv huquqi asosida berish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ish izlovchilar vaqtincha, mavsumiy va bir martalik ishlarga norasmiy yollanadigan (to‘planadigan) joylarni hisobga olgan holda, Markazlarni joylashtirish va bino qurish uchun belgilangan tartibda yer maydonlari ajratish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) Markazlarda ish izlovchilar uchun zarur ijtimoiy-maishiy shart-sharoitlar yaratilishini, shu jumladan, ovqatlanish shoxobchalari tashkil etilishini ta’minlash choralarini ko‘rsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi vaqtincha, mavsumiy va bir martalik ishlarni bajarayotgan shaxslarni doimiy yashash va vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish bilan bog‘liq ishlarni idoralararo elektron hamkorlik orqali amalga oshirish choralarini ko‘rsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri J.A. Qo‘chqorov hamda O‘zbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vaziri N.B. Xusanov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2021-yil 1-iyul,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
410-son

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 1-iyuldagi 410-son qaroriga
1-ILOVA

Kunlik mehnat markazining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NAMUNAVIY TUZILMASI

Izoh.

Kunlik mehnat markazlari mahalliy mehnat bozorining konyunkturasi va ayrim vaqtincha va bir martalik ishlarning mavsumiyligini hisobga olgan holda, O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining qarori bilan qo‘shimcha xodimlar bilan ta’minlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kunlik mehnat markazlariga jamoat tartibini saqlash uchun tuman (shahar) ichki ishlar bo‘limlarining bir nafardan mas’ul xodimi doimiy biriktiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 1-iyuldagi 410-son qaroriga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z kuchini yo‘qotgan deb e’tirof etilayotgan ba’zi qarorlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
RO‘YXATI

1. Vazirlar Mahkamasining “Vaqtinchalik bir martalik ish bilan ta’minlash markazlarini tashkil etish to‘g‘risida” 2001-yil 18-maydagi 223-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2001-y., 5-son, 28-modda).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” 2003-yil 28-fevraldagi 112-son qaroriga ilovaning 48-bandi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholi bandligini oshirish hamda mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlari faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2007-yil 6-apreldagi PQ-616-son qarorini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida” 2007-yil 5-maydagi 95-son qaroriga 2-ilovaning 8-bandi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 2010-yil 24-martdagi 52-son qaroriga 1-ilovaning 21-bandi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ba’zi qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 2012-yil 20-apreldagi 116-son qaroriga 1-ilovaning 8-bandi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Vazirlar Mahkamasining “Pasport-viza rejimiga rioya qilish tartibi mustahkamlanganligi va uy-joy fondidan foydalanish tartibga solinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2016-yil 26-fevraldagi 54-son qaroriga ilovaning 2-bandi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholining hojatmand qatlamlarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash hamda tibbiy-ijtimoiy yordam ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2016-yil 22-fevraldagi PF-4782-son Farmoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2016-yil 24-fevraldagi PQ-2498-son qarori)” 2017-yil 13-martdagi 130-son qaroriga 1-ilovaning 11-bandi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Bandlik sohasida davlat siyosatini yanada takomillashtirish va mehnat organlari faoliyati samaradorligini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 24-maydagi PF-5052-son Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 24-maydagi PQ-3001-son qarori)” 2017-yil 8-sentabrdagi 703-son qaroriga ilovaning 13-bandi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni ro‘yxatga olish tartibini soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 28-sentabrdagi 593-son qaroriga 4-ilovaning 4-bandi.
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.07.2021-y., 09/21/410/0626-son)