26.06.2021 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3061-2
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining qarori, 26.06.2021 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3061-2
Дата вступления в силу
26.06.2021
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarori

Pochta aloqasi operatorlari, provaydyerlari uchun jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2021-yil 26-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3061-2]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2018-yil 5-iyuldagi 176-mh, 28-son qarori (roʻyxat raqami 3061, 2018-yil 28-avgust) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.08.2018-y., 10/18/3061/1807-son) bilan tasdiqlangan Pochta aloqasi operatorlari, provaydyerlari uchun jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalariga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh. SADIKOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,

2021-yil 25-iyun,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
214-mh-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bosh prokuratura huzuridagi Departament boshligʻi D. RAXIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2021-yil 24-iyun,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
28-son

Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligining 2021-yil 25-iyundagi 214-mh-son va Bosh prokuraturasi huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2021-yil 24-iyundagi 28-son qaroriga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Pochta aloqasi operatorlari, provaydyerlari uchun jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yigirma birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yuqori mansabdor shaxslar — chet davlatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi, maʼmuriy yoki sud organida, shu jumladan, harbiy tuzilmalarida yoxud xalqaro tashkilotda doimiy, vaqtincha yoki maxsus vakolat boʻyicha tayinlanadigan yoki saylanadigan, tashkiliy-boshqaruv vazifalarini bajaruvchi va yuridik ahamiyatga ega boʻlgan harakatlarni sodir etishga vakolatli shaxslar, shuningdek, chet davlat korxonalarining yuqori martabali rahbarlari, chet davlatning taniqli siyosatchilari va siyosiy partiyalarining taniqli aʼzolari (shu jumladan sobiq);”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
quyidagi mazmundagi yigirma ikkinchi xatboshisi bilan toʻldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yuqori mansabdor shaxslarga yaqin boʻlgan shaxslar — yuqori mansabdor shaxslarga ijtimoiy va kasbiy jihatdan bevosita bogʻliq boʻlgan jismoniy shaxslar;”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yigirma ikkinchi — yigirma oltinchi xatboshilar tegishli ravishda yigirma uchinchi — yigirma yettinchi xatboshilar deb hisoblansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:

uchinchi tomon — Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatga olingan va pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalarni amalga oshiruvchi Oʻzbekiston Respublikasining “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Qonunining 12-moddasida koʻrsatilgan tashkilotlar;”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
beshinchi xatboshisidagi “va ularning yaqin qarindoshlari” soʻzlari “, ularning oila aʼzolari va yuqori mansabdor shaxslarga yaqin shaxslar” soʻzlariga almashtirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
quyidagi mazmundagi oʻn beshinchi xatboshisi bilan toʻldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“maxsus vakolatli davlat organining pul mablagʻlari bilan bogʻliq operatsiyalarni oʻttiz ish kunidan ortiq boʻlmagan muddatga toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi koʻrsatmalarini oʻz vaqtida ijro etish.”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. 13-banddagi “va ularning yaqin qarindoshlari” degan soʻzlar “, ularning oila aʼzolari va yuqori mansabdor shaxslarga yaqin shaxslar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. 16-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“16. Pochta aloqasi operatorlari, provaydyerlarining ichki nazorat xizmati tegishli boʻlinmalar bilan hamkorlikda har yili jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish masalalari boʻyicha ularning zamonaviy texnika, usullar va yoʻnalishlarda xabardorligini oshirish, qonunchilik va majburiyatlarning barcha jihatlarini aniq tushuntirish maqsadida pochta aloqasi xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va oʻqitish dasturini (bundan keyin — oʻquv dasturi) ishlab chiqadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu dasturda quyidagilar aks ettirilishi kerak:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻquvni oʻtkazish tartibi, uning shakllari (birlamchi instruktaj, rejali, rejadan tashqari oʻqitish) va muddatlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻquvni oʻtkazishni tashkil etishga masʼul shaxslarni tayinlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xodimlarning bilimini tekshirish tartibi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻquv dasturi pochta aloqasi operatorlari, provaydyerlarining rahbari tomonidan tasdiqlanadi.”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. 18-bandning beshinchi xatboshisidagi “ishonchliligi (haqiqiyligi)” soʻzlaridan keyin “yoki yetarliligiga” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“foydalanuvchining shaxsini tekshirish va identifikatsiya qilish;”
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“foydalanuvchi nomidan ish koʻrayotgan shaxsni identifikatsiya qilish, shaxsini va vakolatlarini tegishli hujjatlar asosida tekshirish”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uchinchi va toʻrtinchi xatboshilar tegishli ravishda toʻrtinchi va beshinchi xatboshilar deb hisoblansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. 20-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“20. Pochta aloqasi operatorlari, provaydyerlari foydalanuvchi yoki benefitsiar mulkdorning yuqori mansabdor shaxs, ularning oila aʼzolari va yuqori mansabdor shaxslarga yaqin shaxslar ekanligini aniqlash maqsadida tavakkalchiliklarni boshqarish tizimlaridan foydalanishlari shart va foydalanuvchini lozim darajada tekshirish boʻyicha mazkur Qoidalarning 19-bandda koʻrsatib oʻtilgan choralarni koʻrish bilan birga, foydalanuvchi yoki benefitsiar mulkdor sifatida qatnashayotgan yuqori mansabdor shaxslarga nisbatan:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yuqori mansabdor shaxsning mavqeyi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni tekshirish va oʻtkazilayotgan operatsiyadagi pul mablagʻlari manbalarini aniqlash boʻyicha tegishli choralarni koʻrishlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yuqori mansabdor shaxs bilan amaliy ish munosabatlariga kirishish (shu jumladan, mavjud boʻlgan bunday foydalanuvchilar bilan ish munosabatlarni davom ettirish) faqatgina pochta aloqasi obyektlarining rahbari yoki tegishli vakolatga ega boʻlgan uning oʻrinbosari ruxsati bilan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
amaliy ish munosabatlarini muntazam ravishda chuqur monitoring qilib borishlari lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Pochta aloqasi operatorlari, provaydyerlari yuqoridagi choralarni yuqori mansabdor shaxslarning oila aʼzolariga yoki yuqori mansabdor shaxsga yaqin shaxslarga nisbatan ham koʻrishlari kerak.”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Quyidagi mazmundagi 201-band bilan toʻldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“201. Pochta aloqasi operatorlari, provaydyerlari mazkur Qoidalarning 19-bandidagi uchinchi va toʻrtinchi xatboshilarida nazarda tutilgan foydalanuvchilarni lozim darajada tekshirish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirgan uchinchi tomonlarning lozim darajada tekshirish natijalariga ishonishlari mumkin. Mazkur hollarda foydalanuvchilarni lozim darajada tekshirish natijalari boʻyicha soʻnggi javobgarlik pochta aloqasi operatorlari, provaydyerlarining zimmasida qoladi. Bunda, pochta aloqasi operatorlari, provaydyerlari:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
foydalanuvchilarni lozim darajada tekshirish boʻyicha chora-tadbirlar yuzasidan zarur boʻlgan maʼlumotlarni kechiktirmasdan olish imkoniyatiga ega boʻlishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
foydalanuvchilarni lozim darajada tekshirish boʻyicha chora-tadbirlar yuzasidan identifikatsiyalash maʼlumotlari va boshqa tegishli hujjatlar nusxasini soʻrov asosida kechiktirmasdan olish imkoniyatiga ega boʻlishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uchinchi tomon jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalari asosida ishlashiga ishonch hosil qilishlari kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Pochta aloqasi operatorlari, provaydyerlari mazkur bandning ikkinchi — toʻrtinchi xatboshilarida nazarda tutilgan talablardan biriga rioya qilinmagan taqdirda, foydalanuvchilarni lozim darajada tekshirish boʻyicha chora-tadbirlarni mustaqil ravishda amalga oshirishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Pochta aloqasi operatorlari, provaydyerlari foydalanuvchi bilan ish munosabatlariga kirishish toʻgʻrisidagi qarorni oʻz tavakkalchiliklaridan kelib chiqib, mustaqil ravishda qabul qiladi hamda foydalanuvchini lozim darajada tekshirish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirishga haqli.”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Quyidagi mazmundagi 231-band bilan toʻldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“231. Xalqaro pul oʻtkazmalari operatsiyalarini amalga oshiruvchi pochta aloqasi operatorlari, provaydyerlari quyidagilarni amalga oshirishi lozim:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻzlarining ushbu xizmatlarni koʻrsatuvchi boʻlinmalari va ushbu boʻlinmalar xodimlarining hisobini yuritishlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
pul oʻtkazmalariga oid operatsiyalarni jismoniy shaxs — foydalanuvchilarni lozim darajada tekshirgandan soʻng amalga oshirishlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
joʻnatiladigan pul oʻtkazmalarini foydalanuvchi haqidagi (joʻnatuvchining nomi; shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport/identifikatsiya ID-kartaning raqami yoki uning oʻrnini bosadigan hujjat) seriyasi va raqami — jismoniy shaxslar uchun; operatsiyaning xos raqami; joʻnatuvchining manzili yoki davlat raqami belgisi yoki jismoniy shaxslar uchun tugʻilgan sanasi va joyi) va oluvchi haqidagi (oluvchining nomi; operatsiyaning xos raqami) aniq maʼlumotlar bilan birga yuborilishini taʼminlashlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oluvchisi va (yoki) joʻnatuvchisi haqidagi talab qilingan maʼlumotlarga ega boʻlmagan xalqaro pul oʻtkazmalarini aniqlash boʻyicha asosli va imkoni mavjud boʻlgan choralarni koʻrishlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oluvchisi va (yoki) joʻnatuvchisi haqidagi talab qilingan maʼlumotlarga ega boʻlmagan xalqaro pul oʻtkazmalari aniqlanganda operatorlar, provaydyerlar tomonidan koʻriladigan choralar (ijro qilish, rad etish, toʻxtatish yoki boshqalar) tartibini belgilovchi, tavakkalchiliklarni baholashga asoslangan ichki hujjatni ishlab chiqishlari kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Pochta aloqasi operatorlari, provaydyerlari pul oʻtkazmasi mazkur bandda belgilangan talablarga javob bermasa, pul oʻtkazmalari boʻyicha xizmatlarni koʻrsatish taqiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yuborilayotgan ichki elektron pul oʻtkazmalari boʻyicha maʼlumotlar xalqaro pul oʻtkazmalari uchun qayd etilgani kabi joʻnatuvchi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olishi kerak.”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. 27-band quyidagi mazmundagi xatboshisi bilan toʻldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Agarda koʻrilgan tegishli choralar benefitsiar mulkdorni aniqlash imkonini bermasa, pochta aloqasi operatorlari, provaydyerlari foydalanuvchining rahbarini identifikatsiya qilishi va uning shaxsini tekshirish yuzasidan oʻrinli choralarni koʻrishi kerak.”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Quyidagi mazmundagi 301-band bilan toʻldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“301. Agarda, mavjud mijozning jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga aloqasi borligi haqida asoslantirilgan shubhalar mavjud boʻlganida va unga nisbatan mijozlarni lozim darajada tekshirish boʻyicha choralar amalga oshirilayotganligi oshkor boʻlishi mumkinligini inobatga olgan holda mijozlarni lozim darajada tekshirish boʻyicha choralar amalga oshirmasdan maxsus vakolatli davlat organiga shubhali operatsiya haqida axborot yuborilishiga yoʻl qoʻyiladi.”
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“a” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“a) Roʻyxatga kiritilgan shaxslar yoxud Roʻyxatga kiritilgan shaxsning egaligi yoki nazoratidagi tashkilotlar yoxud Roʻyxatga kiritilgan tashkilotning bevosita yoki bilvosita mulkdori boʻlgan yoki uni nazorat qiluvchi shaxslar;”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“z” kichik bandidagi “va ularning yaqin qarindoshlari” degan soʻzlar “, ularning oila aʼzolari va yuqori mansabdor shaxslarga yaqin shaxslar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. 39-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“39. Pochta aloqasi operatorlari, provaydyerlari jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirish maqsadida texnologik yutuqlardan foydalanilishining oldini olishga qaratilgan choralarni koʻrishi kerak. Ushbu maqsadda pochta aloqasi operatorlari, provaydyerlari:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yangi xizmat turlari va yangi ish amaliyoti ishlab chiqilishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yangi va mavjud xizmat turlari uchun yangi yoki rivojlanayotgan texnologiyalardan foydalanilishi sababli yuzaga kelishi mumkin boʻlgan tavakkalchilik darajalarini aniqlashi va baholashi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tavakkalchilikni bunday baholash yangi xizmat turlarini, ish amaliyotini tatbiq qilishdan yoki yangi yoxud rivojlanayotgan texnologiyalardan foydalanishdan avval oʻtkazilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda, bunday tavakkalchilikni aniqlash va baholash pochta aloqasi operatori, provayderining yangi xizmat turlarini (yangi texnologiyani) bevosita joriy qilayotgan boʻlinmasi tomonidan Ichki nazorat tizimi tuzilmasining masʼul xodimlari bilan birgalikda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Pochta aloqasi operatori, provayderining mazkur boʻlinmasi va Ichki nazorat tizimi tuzilmasining masʼul xodimlari ushbu tavakkalchiliklarni monitoring qilish va kamaytirish uchun tegishli choralarni koʻrishlari lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Koʻrilgan choralar natijalari toʻgʻrisidagi maʼlumot pochta aloqasi operatori, provayderi rahbariga taqdim qilinishi kerak.”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Quyidagi mazmundagi 401-band bilan toʻldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“401. Ichki qoidalar bilan shubhali operatsiyalarni qoʻshimcha mezonlari va alomatlari belgilanishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Pochta aloqasi operatorlari, provaydyerlari maxsus vakolatli davlat organi bilan kelishilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan ishlab chiqiladigan va tavsiyaviy xaraktyerga ega boʻlgan uslubiy qoʻllanmalar asosida shubhali operatsiyalarni dastlabki aniqlash indikatorlari tizimini yoʻlga qoʻyishlari mumkin.”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. 41-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“41. Identifikatsiyalash jarayonida olingan maʼlumotlar, shuningdek, foydalanuvchi bilan ishlashga berilgan tavakkalchilik darajasi foydalanuvchi tomonidan amalga oshiriladigan (oshirilgan) operatsiyalarning foydalanuvchi faoliyatining asosiy yoʻnalishlariga muvofiqligiga ishonch hosil qilish uchun va zarur hollarda mablagʻlar manbalarini oʻrganish uchun monitoringga asos boʻlib hisoblanadi.”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. 51-bandning birinchi xatboshisidagi “toʻxtatilishi” degan soʻzdan keyin “va pul mablagʻlarini ishga solmay toʻxtatib qoʻyish” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. 9-bob nomidagi “soʻrovlarini” soʻzidan keyin “va koʻrsatmalarini” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Quyidagi mazmundagi 611-band bilan toʻldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“611. Pochta aloqasi operatorlari, provaydyerlari maxsus vakolatli davlat organining koʻrsatmasiga asosan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish choralarini koʻrish maqsadida pul mablagʻlari bilan bogʻliq operatsiyalarini oʻz vaqtida va foydalanuvchini oldindan xabardor qilmasdan oʻttiz ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatga toʻxtatib qoʻyishlari shart.”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. 63-band “ish yozishmalarini” soʻzlaridan keyin “va oʻtkazilgan har qanday tahlil natijalarini” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. 68-band quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Ichki nazorat tizimi samaradorligini monitoring qilish pochta aloqasi operatori, provayderining ichki audit xizmati tomonidan ham olib borilishi mumkin.”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.06.2021-y., 10/21/3061-2/0599-son)