22.06.2021 yildagi 388-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yoshlar va xotin-qizlarni kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qitish dasturlarini samarali amalga oshirish hamda ularning tadbirkorlik faoliyati uchun mikrokreditlar ajratish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholini tadbirkorlikka jalb qilish tizimini takomillashtirish va tadbirkorlikni rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2020-yil 13-oktabrdagi PQ-4862-son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, aholini, ayniqsa yoshlar va xotin-qizlarni tadbirkorlikka keng jalb qilish, hududlardagi aholi ongida tadbirkorlik orqali hayot tarzini yaxshilashga intilish hissini uyg‘otish hamda bu borada ularni rag‘batlantirish va davlat tomonidan yanada qo‘llab-quvvatlash maqsadida, Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholini tadbirkorlikka jalb qilish tizimini takomillashtirish va tadbirkorlikni rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2020-yil 13-oktabrdagi PQ-4862-son, “Xotin-qizlarni kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qitish tizimini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2022-yil 22-iyuldagi PQ-329-son qarorlari hamda “Yangi O‘zbekiston ma’muriy islohotlarni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2022-yil 21-dekabrdagi PF-269-son Farmoniga muvofiq aholini, xususan, yoshlar va xotin-qizlarni kasb-hunar va tadbirkorlik ko‘nikmalariga o‘qitishni, tadbirkorlikka jalb qilishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning quyidagilarni nazarda tutuvchi tartibi o‘rnatilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin:
(1-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 7-avgustdagi 340-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.08.2023-y., 09/23/340/0568-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
belgilangan dasturlar va talablar asosida tashkil etilgan o‘quv kurslarini tamomlagan har bir bitiruvchi (yoshlar, xotin-qizlar) uchun kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qitish bo‘yicha nodavlat ta’lim tashkilotlariga, kasb-hunar maktablari, kollejlar va texnikumlarga (keyingi o‘rinlarda — professional ta’lim tashkilotlari), O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi hamda uning hududiy filiallariga (keyingi o‘rinlarda — Oliy maktab) sarflangan xarajatlarning 70 foizi, biroq har bir bitiruvchiga 1 million so‘mdan ortiq bo‘lmagan miqdorini davlat tomonidan kompensatsiya qilish.
(1-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 7-avgustdagi 340-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.08.2023-y., 09/23/340/0568-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha tuman (shahar) hokimining yordamchilari tavsiyasiga ko‘ra kasb-hunarga va tadbirkorlikka o‘rgatuvchi o‘quv kurslariga yo‘naltirilgan yoshlar va xotin-qizlar uchun belgilangan kompensatsiya to‘lovlari Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining hududiy boshqarmalari va nodavlat ta’lim tashkilotlari, professional ta’lim tashkilotlari hamda Oliy maktab o‘rtasida uch tomonlama shartnomaga muvofiq amalga oshirilishi;
(1-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qitish bo‘yicha nodavlat ta’lim tashkilotlari, professional ta’lim tashkilotlari, Oliy maktab kurslarini muvaffaqiyatli tamomlab, ularning sertifikatini olgan shaxslarga o‘z biznesini tashkil etish uchun imtiyozli mikrokreditlar ajratish;
(1-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 7-avgustdagi 340-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.08.2023-y., 09/23/340/0568-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
nodavlat notijorat tashkilotlarining keng aholi qatlamlarini tadbirkorlikka o‘qitish va ularga mikromoliyaviy xizmatlar ko‘rsatishdan iborat kompleks dasturlarini amalga oshirish uchun Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish jamg‘armasi hisobidan tanlov asosida 5 yil muddatga, shu jumladan bir yillik imtiyozli davr bilan yillik 4 foiz stavkada qarz ajratish.
(1-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 7-avgustdagi 340-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.08.2023-y., 09/23/340/0568-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Quyidagilar:
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
aholini, shu jumladan yoshlar va xotin-qizlarni kasb-hunar hamda tadbirkorlikka o‘qitish dasturini amalga oshirish va o‘quv kurslarini tashkil etish jarayoniga nodavlat ta’lim tashkilotlari, professional ta’lim tashkilotlari va Oliy maktabni keng jalb qilishni nazarda tutuvchi Yoshlar va xotin-qizlarni kasb-hunar hamda tadbirkorlikka o‘qitish dasturlarida ishtirok etuvchi nodavlat ta’lim tashkilotlari, professional ta’lim tashkilotlari va Oliy maktabning elektron reyestrini shakllantirish, ularning o‘qitishga sarflangan xarajatlarini kompensatsiya qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 7-avgustdagi 340-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.08.2023-y., 09/23/340/0568-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
aholini kasb-hunar hamda tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishga bo‘lgan qiziqishi va manfaatdorligini oshirishni nazarda tutuvchi Tadbirkorlik tashabbusiga ega jismoniy shaxslar, shu jumladan, yoshlar va xotin-qizlarga mikrokreditlar ajratish tartibi to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tadbirkorlikka o‘qitishda ishtirok etuvchi nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatini davlat tomonidan yanada qo‘llab-quvvatlashni nazarda tutuvchi Yoshlar va xotin-qizlarni tadbirkorlikka o‘qitish va unga jalb qilish loyihalarini amalga oshiradigan nodavlat notijorat tashkilotlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tartibi to‘g‘risidagi nizom 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Belgilansinki:
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
aholini kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qitish dasturlarida ishtirok etuvchi nodavlat ta’lim tashkilotlari, professional ta’lim tashkilotlari, Oliy maktab hududiy filiallarining elektron reyestri (keyingi o‘rinlarda — reyestr) ushbu qarorga 1-ilovada belgilangan muddatlarda “Onlayn mahalla” platformasida yuritiladi;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 7-avgustdagi 340-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.08.2023-y., 09/23/340/0568-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholini tadbirkorlikka jalb qilish tizimini takomillashtirish va tadbirkorlikni rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2020-yil 13-oktabrdagi PQ-4862-son qaroriga muvofiq ajratilgan 2 mln. AQSH dollari ekvivalentidagi mablag‘lar hisobidan nodavlat notijorat tashkilotlarining keng aholi qatlamlarini tadbirkorlikka o‘qitish va ularga mikromoliyaviy xizmatlar ko‘rsatishdan iborat kompleks dasturlarini amalga oshirish uchun qarz ajratish bo‘yicha tanlov 2021-yil 20-iyulga qadar e’lon qilinadi va 2021-yil 1-avgustga qadar o‘tkaziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan nodavlat ta’lim tashkilotlari va professional ta’lim tashkilotlarining ro‘yxati, Oliy maktab tomonidan uning hududiy filiallarining ro‘yxati hududlar kesimida shakllantirilib, reyestrga kiritish uchun Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligiga taqdim etilishi belgilansin.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligiga quyidagi vazifalar yuklatilsin:
(5-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
reyestrni shakllantirgan holda “Onlayn mahalla” platformasiga joylashtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sertifikatga ega bo‘lgan bitiruvchilar to‘g‘risida ma’lumotlar olish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tadbirkorlik bo‘yicha o‘quv kurslarini tamomlab va keyinchalik mikrokredit olib, faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari faoliyatini monitoring qilib borish.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 7-avgustdagi 340-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.08.2023-y., 09/23/340/0568-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri J.A. Qo‘chqorov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2021-yil 22-iyun,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
388-son
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-iyundagi 388-son qaroriga
1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yoshlar va xotin-qizlarni kasb-hunar hamda tadbirkorlikka o‘qitish dasturlarida ishtirok etuvchi nodavlat ta’lim tashkilotlari, professional ta’lim tashkilotlari, Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi hamda uning hududiy filiallari elektron reyestrini shakllantirish, ularning o‘qitishga sarflangan xarajatlarini kompensatsiya qilish tartibi to‘g‘risida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-bob. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ushbu Nizom yoshlar va xotin-qizlarni kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qitish dasturlarini amalga oshirish, ularda ishtirok etuvchi nodavlat ta’lim tashkilotlari, professional ta’lim tashkilotlari, Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi hamda uning hududiy filiallarining elektron reyestrini shakllantirish hamda ularning o‘qitishga sarflangan xarajatlarini qoplab berish tartibini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
vakolatli davlat organi — O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
vakolatli davlat organining hududiy boshqarmasi — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahri kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmalari;
(2-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
professional ta’lim tashkilotlari (PTT) — yoshlar va xotin-qizlar kasb-hunar hamda tadbirkorlikka o‘qitadigan kasb-hunar maktablari, kollejlar va texnikumlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
nodavlat ta’lim tashkilotlari (NTT) — yoshlar va xotin-qizlar kasb-hunar hamda tadbirkorlikka o‘qitiladigan tadbirkorlik subyektlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
elektron reyestr — yoshlar va xotin-qizlarni kasb-hunar hamda tadbirkorlikka o‘qitish dasturlarida ishtirok etuvchi NTT, PTT, Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi (keyingi o‘rinlarda — Oliy maktab) hamda uning hududiy filiallari to‘g‘risidagi to‘liq va aniq ma’lumotlarni o‘zida jamlaydigan elektron axborot tizimi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
o‘quv yuklamasi — O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Oliy maktab, Savdo-sanoat palatasi hamda vakolatli davlat organi tomonidan ishlab chiqilib, tasdiqlanadigan kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qitish bo‘yicha fanlarning minimal yo‘nalishlari, miqdori va o‘quv soatini o‘zida mujassamlashtirgan qo‘shma yo‘riqnoma;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
o‘quv dasturi — o‘quv yuklamasi asosida NTT, PTT, Oliy maktab tomonidan ishlab chiqiladigan yoshlar va xotin-qizlarni kasb-hunar hamda tadbirkorlikka o‘qitish bo‘yicha fanning mazmuni va o‘tilish tartibi, o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirilishi lozim bo‘lgan bilim va ko‘nikmalarning hajmini belgilab beradigan darslar majmuasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
o‘quv kurslari — o‘quv dasturi asosida yoshlar va xotin-qizlarni kasb-hunar hamda tadbirkorlikka o‘qitish bo‘yicha NTT, PTT, Oliy maktab darslari to‘plami;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
o‘quv kurs tinglovchilari (bitiruvchilari) — o‘quv dasturi asosida kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qitish bo‘yicha NTT, PTT, Oliy maktab hamda uning hududiy filiallari tomonidan tashkil etilgan o‘quv kurslarida tahsil olayotgan (bitirgan) yoshlar va xotin-qizlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sertifikat — NTT, PTT, Oliy maktab hamda uning hududiy filiallari tomonidan tashkil etilgan o‘quv kurslarini muvaffaqiyatli bitirib, yakuniy imtihon natijalariga ko‘ra 71 va undan yuqori ball to‘plagan bitiruvchilarga mazkur Nizomga 1-ilova qilingan namuna asosida taqdim etiladigan malakaviy hujjat;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kompensatsiya — elektron reyestrga kiritilgan, sertifikatga ega bo‘lgan o‘quv kurslari bitiruvchilarini kasb-hunar hamda tadbirkorlikka o‘qitgan NTT, PTT, Oliy maktab hamda uning hududiy filiallariga sarflangan xarajatlarning 70 foizini, biroq sertifikatga ega bo‘lgan har bir bitiruvchiga bir marta 1 million so‘mdan oshmagan qismini qoplash maqsadida to‘lanadigan mablag‘;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mikrokredit — reyestrga kiritilgan ta’lim tashkilotlarida o‘quv kurslarini muvaffaqiyatli bitirib, sertifikatga ega bitiruvchilarga “Mikrokreditbank” ATB va AT Xalq banki tomonidan ajratiladigan imtiyozli mikrokreditlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Yoshlar va xotin-qizlarni kasb-hunar hamda tadbirkorlikka o‘qitish dasturlarida ishtirok etuvchi NTT, PTT, Oliy maktab hamda uning hududiy filiallarining elektron reyestrini shakllantirish, ularning o‘qitishga sarflangan xarajatlarini kompensatsiya qilish Nizomga 2-ilovadagi sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-bob. Elektron reyestrni shakllantirish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan hududlarda faoliyat yuritayotgan NTT va PTT, Oliy maktab tomonidan uning hududiy filiallari ro‘yxati har yili 1-dekabrga qadar vakolatli davlat organiga ko‘rib chiqish va elektron reyestrga kiritish uchun taqdim etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Ro‘yxatda quyidagi ma’lumotlar aks ettiriladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
STIR raqami;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
nodavlat ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish faoliyati bo‘yicha litsenziya yoki xabarnoma qabul qilinganligi to‘g‘risidagi tasdiqnoma rekvizitlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
o‘quv kurslarining yo‘nalishlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
o‘quv kurslarini olib boradigan o‘qituvchi, usta va murabbiylar soni (sohalar kesimida);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
o‘quv va dars jarayonlarini tashkil etish uchun sinfxonalar, mashg‘ulot xonalari va boshqa zarur ishlab chiqarish maydonlarining mavjudligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
o‘quv kurslarining umumiy joy o‘rinlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
o‘quv jihozlari va boshqa zarur vositalar bilan ta’minlanganligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mavjud filiallari va ularning manzillari (mavjud bo‘lsa);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xalqaro tashkilotlar tomonidan berilgan sertifikatlari (mavjud bo‘lsa).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. NTT va PTTlar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga, Oliy maktab hududiy filiallari Oliy maktabga elektron reyestrga kiritish, yoshlar va xotin-qizlarni kasb-hunar hamda tadbirkorlikka o‘qitish dasturlarida ishtirok etish uchun har yili 1-noyabrga qadar ariza taqdim etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. NTT, PTT, Oliy maktab hamda uning hududiy filiallari elektron reyestrga kirishlari uchun mazkur Nizomning 4 va 5-bandlarida nazarda tutilgan talablarga javob berishlari kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mazkur talablar ta’minlanmagan taqdirda, ushbu NTT, PTT, Oliy maktab hamda uning hududiy filiallari elektron reyestrga kiritilmaydi hamda vakolatli davlat organi tomonidan ikki ish kuni ichida bu haqda tegishligi bo‘yicha Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga, Oliy maktabga yozma yoki elektron shaklda xabar yuboriladi va taqdim etilgan hujjatlar qaytariladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Oliy maktab bir ish kuni ichida hujjatlar qaytarilganligi to‘g‘risida tegishli NTT, PTT, Oliy maktab hududiy filiallarini xabardor qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NTT, PTT, Oliy maktab hududiy filiallari xabarnoma olingan kundan boshlab uch ish kuni ichida kamchiliklar bartaraf etilib, mazkur Nizomning 4 va 5-bandlarida nazarda tutilgan talablarga muvofiq tegishli ma’lumotlar va hujjatlar taqdim etilgandan so‘ng tegishli tartibda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Oliy maktab ularning ma’lumotlari hamda ro‘yxatini ikki ish kuni ichida takroran vakolatli davlat organiga kiritishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Takroran taqdim etilgan hujjatlar vakolatli davlat organi tomonidan ushbu Nizomning 4 va 5-bandlarida nazarda tutilgan talablar asosida qayta ko‘rib chiqiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Vakolatli davlat organiga taqdim etilgan ma’lumot va hujjatlarning haqqoniyligi uchun Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Oliy maktab va uning hududiy filiallari, PTT hamda NTTlar rahbarlari shaxsan mas’ul hamda javobgar hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NTT, PTT, Oliy maktab hamda uning hududiy filiallarining mazkur Nizomning 4 va 5-bandlarida nazarda tutilgan talablarga muvofiqligi yoki muvofiq emasligi, shuningdek, taqdim etilgan ma’lumotlarning haqqoniyligi zarur hollarda, vakolatli davlat organi xamda uning hududlardagi boshqarmalari mas’ul xodimlari tomonidan bevosita joyiga chiqqan holda o‘rganilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Oliy maktab tomonidan taqdim etilgan ro‘yxatni ko‘rib chiqish va umumlashtirish asosida har yili 1-yanvarga qadar vakolatli davlat organi tomonidan NTT, PTT, Oliy maktab hamda uning hududiy filiallarining elektron reyestri shakllantiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Elektron reyestr “Onlayn mahalla” platformasiga joylashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Elektron reyestrga Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Oliy maktabning taklifiga ko‘ra vakolatli davlat organi tomonidan o‘zgartirish kiritilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu elektron reyestrga kiritilmagan va NTTlarning nodavlat ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish faoliyati bo‘yicha litsenziya yoki xabarnoma qabul qilinganligi to‘g‘risidagi tasdiqnoma rekvizitlari mavjud bo‘lmagan tashkilotlarga kopmensatsiya mablag‘lari o‘tkazib berilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Zarur hollarda, elektron reyestrga kiritilgan ma’lumotlar manfaatdor vazirlik, idora va tashkilotlarning boshqa elektron axborot tizimlari bilan integratsiya qilinishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-bob. O‘quv dasturini amalga oshirish va o‘quv kurslarini tashkil etish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Yoshlar va xotin-qizlarni kasb-hunar hamda tadbirkorlikka o‘qitish, ularning o‘qitishga sarflangan xarajatlarini kompensatsiya qilish 3-ilovada keltirilgan kasblar ro‘yxati doirasida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. NTT, PTT, Oliy maktab hamda uning hududiy filiallari tomonidan yoshlar va xotin-qizlarni kasb-hunar hamda tadbirkorlikka o‘qitish o‘quv dasturlari va o‘quv kurslari asosida tashkil etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. O‘quv kurslarining umumiy davomiyligi 40 soatdan kam bo‘lmagan holda belgilanadi, bunda dars soatlarining taxminan:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
70 foiz qismini kasb-hunar va tadbirkorlik asoslarini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10 foiz qismini tadbirkorlik sohasidagi qonunchilik talablari, tadbirkorlarning huquq va majburiyatlarini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10 foiz qismini biznes-rejalar tuzish va tadbirkorlik faoliyatini rejalashtirishni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10 foiz qismini marketing, menejment va tadbirkorlik etikasi, hamkorlar va mijozlar bilan o‘zaro munosabatlarni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish, shuningdek, ularga xizmat ko‘rsatish va muomala madaniyatini o‘rgatishga qaratish tavsiya etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. NTT, PTT, Oliy maktab hamda uning hududiy filiallari o‘quv dasturlari doirasida vakolatli davlat organining hududiy boshqarmasi hamda tinglovchilar bilan tuzilgan uch tomonlama shartnoma va to‘lov asosida o‘qishga qabul qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Uch tomonlama shartnoma yoshlar, xotin-qizlar, vakolatli davlat organining hududiy boshqarmasi va NTT, PTT, Oliy maktab hamda uning hududiy filiallari o‘rtasida mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha tuman (shahar) hokimining yordamchisi (keyingi o‘rinlarda — hokim yordamchisi) tavsiyasiga ko‘ra tuziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda yoshlar va xotin-qizlar kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qish istagini bildirib, NTT, PTT, Oliy maktab hamda uning hududiy filiallaridan birini tanlagan holda tavsiya berishni so‘rab hokim yordamchisiga murojaat qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hokim yordamchisi esa besh ish kuni ichida ta’lim muassasasi bilan uch tomonlama shartnoma tuzilishi uchun vakolatli davlat organining hududiy boshqarmasiga fuqaroning murojaatini ilova qilgan holda o‘zining tavsiyasini yuboradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vakolatli davlat organining hududiy boshqarmasi hokim yordamchisining tavsiyasi asosida tegishli NTT, PTT, Oliy maktab hamda uning hududiy filiallari bilan uch tomonlama shartnomani rasmiylashtiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. NTT, PTT, Oliy maktab hamda uning hududiy filiallarining kasb-hunar yo‘nalishi bo‘yicha o‘quv kurslarini yakunlagan ishsiz xotin-qizlar hokim yordamchilari tomonidan vakolatli davlat organining hududiy boshqarmasiga yo‘naltiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu fuqarolar hududiy vakolatli davlat organining hududiy boshqarmasi tomonidan mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga joylashtiriladi yoki o‘zini o‘zi band qilishi uchun ko‘maklashiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tadbirkorlik yo‘nalishi bo‘yicha o‘quv kurslarini yakunlagan xotin-qizlarga tadbirkorlik subyekti sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tishidan boshlab, o‘z faoliyatini mustaqil olib borishiga qadar bo‘lgan jarayonda hokim yordamchilari tomonidan tizimli ravishda amaliy yordam ko‘rsatib boriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. O‘quv kurslari yuqori malaka va tajribaga ega mutaxassislar, o‘qituvchilar, ustalar va murabbiylar tomonidan zamonaviy texnologiyalardan keng foydalanilgan holda an’anaviy usulda olib boriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. NTT, PTT, Oliy maktab hamda uning hududiy filiallari tomonidan tinglovchilarning o‘quv jarayonida ishtirok etishlari va davomati muntazam monitoring qilib boriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘quv jarayonlari tanlanma asosida vakolatli davlat organining hududiy boshqarmalari tomonidan bevosita joyiga chiqqan holda kuzatib borilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. O‘quv kurslari yakunlanishidan ikki kun oldin NTT, PTT, Oliy maktab hamda uning hududiy filiallari vakolatli davlat organining hududiy boshqarmalariga bitiruvchilarni test sinovidan o‘tkazishni tashkil etish uchun rasmiy xabarnoma taqdim etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘quv kurslari yakunlariga ko‘ra vakolatli davlat organining hududiy boshqarmalari Savdo-sanoat palatasining hududiy bo‘linmalari, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limlari vakillarini jalb qilib, tinglovchilar real vaqt (onlayn) rejimida zamonaviy axborot texnologiyalari vositalarini qo‘llagan holda test va imtihon sinovidan o‘tkaziladi. Shuningdek, zarur hollarda tinglovchilardan amaliy imtihonlar ham olinishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Testlar, imtihon savolnomalari va amaliy imtihon vazifalari har bir o‘quv kursi yo‘nalishidan kelib chiqqan holda, o‘quv yuklamalari va o‘quv dasturlari talablari asosida vakolatli davlat organi tomonidan Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi xamda Oliy maktab bilan hamkorlikda shakllantiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Imtihonlarning eng yuqori bali 100 ball etib belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Yakuniy imtihon sinovlari natijasida 71 va undan yuqori ball to‘plagan bitiruvchilarga NTT, PTT, Oliy maktab hamda uning hududiy filiallari tomonidan sertifikat beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-bob. O‘quv kurslari bitiruvchilarining o‘qitish xarajatlarini qoplab berish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. O‘quv kurslarini tamomlagan va sertifikatga ega bo‘lgan bitiruvchilar uchun NTT, PTT, Oliy maktabga kasb-hunar hamda tadbirkorlikka o‘qitish bo‘yicha o‘quv kurslari qiymatining 70 foizi, biroq sertifikatga ega bo‘lgan har bir bitiruvchiga bir marta 1 million so‘mdan ortiq bo‘lmagan miqdori vakolatli davlat organining hududiy boshqarmalari tomonidan kompensatsiya qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda kompensatsiya miqdori NTT, PTT, Oliy maktab o‘quv dasturlari doirasida vakolatli davlat organining hududiy boshqarmasi hamda tinglovchilar o‘rtasida tuzilgan uch tomonlama shartnomada ko‘rsatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. O‘quv kurslarini tamomlagan va sertifikatga ega bo‘lgan bitiruvchilarga kasb-hunar hamda tadbirkorlikka o‘qitish bo‘yicha o‘quv kurslarining tegishli qiymatini qoplab berish uchun NTT, PTT, Oliy maktab hamda uning hududiy filiallari tomonidan vakolatli davlat organining hududiy boshqarmalariga quyidagi hujjatlarni ilova qilgan holda rasmiy murojaat qilinadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sertifikat olgan bitiruvchilar to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
o‘qitish xarajatlari uchun bitiruvchi tomonidan amalga oshirilgan to‘lovni tasdiqlovchi hujjatlar (qog‘oz yoki elektron shaklda) nusxalari (bank tomonidan tasdiqlangan kvitansiya, chek va boshqalar).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agarda mazkur hujjatlar to‘liq taqdim etilmasa, vakolatli davlat organining hududiy boshqarmalari tomonidan tegishli kompensatsiya mablag‘lari o‘tkazib berilmaydi va besh ish kuni ichida bu haqda NTT, PTT, Oliy maktab hamda uning hududiy filiallari yozma yoki elektron shaklda xabardor qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NTT, PTT, Oliy maktab hamda uning hududiy filiallari kamchiliklar bartaraf etilgandan so‘ng takroran murojaat qilishga haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tegishli kamchiliklar bartaraf etilganidan so‘ng uch ish kuni ichida vakolatli davlat organi hududiy boshqarmalari tomonidan NTT, PTT, Oliy maktab belgilangan kompensatsiya mablag‘lari o‘tkazib beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kompensatsiya olish uchun taqdim etilgan hujjatlarning to‘g‘ri va haqqoniyligi uchun NTT, PTT, Oliy maktab va uning hududiy filiallarining rahbarlari shaxsan mas’ul va javobgar hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24. Shartnomada belgilangan kompensatsiya mablag‘lari o‘tkazib berilganidan so‘ng vakolatli davlat organi va uning hududiy boshqarmalari tomonidan NTT, PTT, Oliy maktab hamda uning hududiy filiallari tomonidan sertifikat olgan bitiruvchilar haqida taqdim qilingan ma’lumotlarning haqiqiy emasligi aniqlangan hollarda, vakolatli davlat organi hududiy boshqarmalaridan olingan kompensatsiya mablag‘lari NTT, PTT, Oliy maktab tomonidan qaytarib beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-bob. Vakolatli davlat organiga kompensatsiya uchun Davlat budjetidan ajratiladigan mablag‘lardan foydalanish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25. Vakolatli davlat organiga kompensatsiya uchun Davlat budjetidan ajratiladigan mablag‘lar O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi G‘aznachilik xizmati qo‘mitasida ochiladigan shaxsiy g‘azna hisobvaraqlaridan vakolatli davlat organiga o‘tkazib berish orqali jamlanadi. Vakolatli davlat organining hududiy boshqarmalari so‘rovlariga asosan vakolatli davlat organining mahalliy darajada ochiladigan g‘azna hisobvaraqlariga vakolatli davlat organi tomonidan moliyalashtirib boriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26. Vakolatli davlat organining hududiy boshqarmalari vakolatli davlat organi tomonidan moliyalashtirib boriladigan shaxsiy g‘azna hisobvaraqlarida mavjud mablag‘lar doirasida kompensatsiya mablag‘larini o‘tkazib berish yuzasidan NTT, PTT, Oliy maktab hamda tinglovchilar bilan uch tomonlama shartnoma tuzadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
27. Zarur hollarda, vakolatli davlat organining mahalliy darajada tashkil etilgan shaxsiy g‘azna hisobvaraqlaridagi mablag‘lar qoldig‘i vakolatli davlat organi qarori bilan keyinchalik taqsimlash uchun vakolatli davlat organiga qaytariladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
28. Vakolatli davlat organiga kompensatsiya uchun davlat budjetidan ajratiladigan, joriy yilda foydalanilmagan mablag‘lar O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetiga olib qo‘yilmaydi va ulardan keyingi yilda foydalaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
29. O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, “Mikrokreditbank” ATB, AT Xalq banki va ularning hududiy bo‘linmalari hamda vakolatli davlat organi yoshlar va xotin-qizlarni kasb-hunar hamda tadbirkorlikka o‘qitish tizimi bo‘yicha targ‘ibot-tashviqot ishlarini amalga oshiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
30. Ushbu nizom talablarini buzgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yoshlar va xotin-qizlarni kasb-hunar hamda tadbirkorlikka o‘qitish dasturlarida ishtirok etuvchi nodavlat ta’lim tashkilotlari, professional ta’lim tashkilotlari, Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi hamda uning hududiy filiallari elektron reyestrini shakllantirish, ularning o‘qitishga sarflangan xarajatlarini kompensatsiya qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qitish dasturi bo‘yicha o‘quv kurslarini muvaffaqiyatli yakunlaganlik to‘g‘risidagi sertifikat namunasi

(titul varag‘i)

LOGOTIP O‘RNI

________________________________________________________________________________________

(nodavlat ta’lim tashkiloti/professional ta’lim tashkiloti /Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi/hududiy filial nomi)

KASB-HUNAR VA TADBIRKORLIKKA O‘QITISH DASTURI BO‘YICHA

O‘QUV KURSLARINI MUVAFFAQIYATLI YAKUNLAGANLIK TO‘G‘RISIDA

SERTIFIKAT

№ 000000

_________________________________________________________

_________________________________________________________

(familiyasi, ismi, otasining ismi)

“____________________________________________________________________________________”

yo‘nalishi bo‘yicha o‘quv kurslarini muvaffaqiyatli tugatdi.

_____________________________

___________________

(direktor yoki vakolatli shaxs F.I.O)

muhr o‘rni

(imzo)

20___ yil “___” ______________

(berilgan sana)

______________ viloyati ___________ tumani/shahri

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yoshlar va xotin-qizlarni kasb-hunar hamda tadbirkorlikka o‘qitish dasturlarida ishtirok etuvchi nodavlat ta’lim tashkilotlari, professional ta’lim tashkilotlari, Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi hamda uning hududiy filiallari elektron reyestrini shakllantirish, ularning o‘qitishga sarflangan xarajatlarini kompensatsiya qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yoshlar va xotin-qizlarni kasb-hunar hamda tadbirkorlikka o‘qitish dasturlarida ishtirok etuvchi nodavlat ta’lim tashkilotlari, professional ta’lim tashkilotlari, Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi hamda uning hududiy filiallarining elektron reyestrini shakllantirish, ularning o‘qitishga sarflangan xarajatlarini kompensatsiya qilish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
SXEMASI

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Nodavlat ta’lim tashkilotlar

(keyingi o‘rinlarda — NTT)

Elektron reyestrga kiritish, yoshlar va xotin-qizlarni kasb-hunar hamda tadbirkorlikka o‘qitish dasturlarida ishtirok etish uchun Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga ariza taqdim etadi.

Har yili 1-noyabrga qadar

Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi (keyingi o‘rinlarda — Oliy maktab)

Elektron reyestrga kiritish, yoshlar va xotin-qizlarni tadbirkorlik ko‘nikmalariga o‘qitish dasturlarida ishtirok etish uchun Oliy maktabga ariza taqdim etadi.

Professional ta’lim tashkilotlari (keyingi o‘rinlarda — PTT)

Elektron reyestrga kiritish, yoshlar va xotin-qizlarni kasb-hunar hamda tadbirkorlikka o‘qitish dasturlarida ishtirok etish uchun Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga ariza taqdim etadi.

2-bosqich

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Nizomning 4 va 5-bandlarida nazarda tutilgan talablarga ko‘ra NTT va PTTlar ro‘yxatini shakllantiradi, ro‘yxat va NTTlar tomonidan taqdim etilgan ma’lumot va hujjatlarni vakolatli davlat organiga ko‘rib chiqish hamda elektron reyestrga kiritish uchun taqdim etadi.

Har yili 1-dekabrga qadar

Oliy maktab

Nizomning 4 va 5-bandlarida nazarda tutilgan talablarga ko‘ra hududiy filiallar ro‘yxatini shakllantiradi, ro‘yxat va hududiy filiallar tomonidan taqdim etilgan ma’lumot va hujjatlarni vakolatli davlat organiga ko‘rib chiqish hamda elektron reyestrga kiritish uchun taqdim etadi.

3-bosqich

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi  (keyingi o‘rinlarda — vakolatli davlat organi)

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi va Oliy maktab tomonidan taqdim qilingan ma’lumotlar va hujjatlarni Nizomning 4 va 5-bandida nazarda tutilgan talablar asosida o‘rganib chiqadi, belgilangan talablar ta’minlanmagan taqdirda, NTTlar, PTTlar va Oliy maktab hududiy filiallarini elektron reyestrga kiritmaydi, bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga, Oliy maktabga yozma yoki elektron shaklda xabar yuboradi, taqdim etilgan hujjatlarni qaytaradi.

2 ish kuni ichida

4-bosqich

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Oliy maktab

Hujjatlar qaytarilganligi to‘g‘risida tegishli NTT, PTT, Oliy maktab hududiy filiallarini xabardor qiladi.

1 ish kuni ichida

5-bosqich

NTT, PTT, Oliy maktab hududiy filiallari

Kamchiliklar bartaraf etilib, Nizomning 4 va 5-bandlarida nazarda tutilgan talablarga muvofiq tegishli ma’lumotlar va hujjatlar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Oliy maktabga qayta taqdim qiladi.

Xabarnoma olingan kundan boshlab 3 ish kuni ichida

6-bosqich

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Oliy maktab

NTT, PTT, Oliy maktab hududiy filiallari tomonidan qayta taqdim qilingan hujjatlarni o‘rganib chiqib, ma’lumot, hujjatlar hamda ro‘yxatni vakolatli davlat organiga takroran yuboradi.

2 ish kuni ichida

7-bosqich

Vakolatli davlat organi

Takroran taqdim etilgan ro‘yxat, ma’lumot va hujjatlarni Nizomning 4 va 5-bandlarida nazarda tutilgan talablar asosida qayta ko‘rib chiqadi.

Qayta ko‘rib chiqilgan ro‘yxatni umumlashtirgan holda NTT, PTT, Oliy maktab hamda uning hududiy filiallarining elektron reyestrini shakllantiradi.

Belgilangan tartibda

har yili 1-yanvarga qadar

8-bosqich

Vakolatli davlat organining hududiy boshqarmasi

NTT, PTT, Oliy maktab o‘quv dasturlari doirasida mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha tuman (shahar) hokimining yordamchisi tavsiyasiga ko‘ra tinglovchilar bilan tuzilgan uch tomonlama shartnoma va to‘lov asosida o‘qishga qabul qilinadi.

Murojaat qilingan kundan boshlab

9-bosqich

NTT, PTT, Oliy maktab hamda uning hududiy filiallari

Yuqori malaka va tajribaga ega mutaxassislar, o‘qituvchilar, ustalar va murabbiylar tomonidan zamonaviy texnologiyalardan keng foydalanilgan holda an’anaviy usulda o‘quv kurslarini olib boradi.

Belgilangan muddatlarda

10-bosqich

NTT, PTT, Oliy maktab hamda uning hududiy filiallari

Vakolatli davlat organining hududiy boshqarmalariga bitiruvchilarni test sinovidan o‘tkazishni tashkil etish uchun rasmiy xabarnoma taqdim etadi.

O‘quv kurslari yakunlanishidan ikki kun oldin

11-bosqich

Tuman (shahar) kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limlari

O‘quv kurslari yakunlariga ko‘ra tinglovchilarni Savdo-sanoat palatasining hududiy bo‘linmalari, vakolatli davlat organining hududiy boshqarmalari vakillarini jalb qilib, real vaqt (onlayn) rejimida zamonaviy axborot texnologiyalari vositalarini qo‘llagan holda test va imtihon sinovidan o‘tkazadi.

Shuningdek, zarur hollarda, tinglovchilardan amaliy imtihonlar ham olishi mumkin.

Belgilangan muddatlarda

12-bosqich

NTT, PTT, Oliy maktab hamda uning hududiy filiallari

Yakuniy imtihon sinovlari natijasida 71 va undan yuqori ball to‘plagan bitiruvchilarga sertifikat beradi.

Belgilangan muddatlarda

13-bosqich

NTT, PTT, Oliy maktab hamda uning hududiy filiallari

Sertifikatga ega bo‘lgan bitiruvchilarga kasb-hunar hamda tadbirkorlikka o‘qitish bo‘yicha o‘quv kurslari tegishli qiymatini qoplab berish uchun Nizomning 23-bandida qayd qilingan hujjatlarni ilova qilgan holda vakolatli davlat organi hududiy boshqarmalariga rasmiy murojaat qiladi.

Shartnomaga muvofiq

14-bosqich

Vakolatli davlat organining hududiy boshqarmalari

NTT, PTT, Oliy maktab o‘quv dasturlari doirasida vakolatli davlat organining hududiy boshqarmasi hamda tinglovchilar o‘rtasida tuzilgan uch tomonlama shartnomada ko‘rsatilgan o‘quv kurslarining tegishli qiymati asosida kompensatsiya qiladi.

Shartnomada belgilangan muddatda

15-bosqich

Vakolatli davlat organining hududiy boshqarmalari

Agar, hujjatlar to‘liq taqdim etilmasa, NTT, PTT, Oliy maktab hamda uning hududiy filiallarini yozma yoki elektron shaklda xabardor qiladi hamda taqdim etilgan hujjatlarni qaytaradi.

(NTT, PTT, Oliy maktab hamda uning hududiy filiallari kamchiliklarni bartaraf etgan holda takroran murojaat qilishga haqli).

Besh ish kuni ichida

16-bosqich

Vakolatli davlat organining hududiy boshqarmalari

Tegishli kamchiliklar bartaraf etilganidan so‘ng NTT, PTT, Oliy maktabga belgilangan kompensatsiya mablag‘larini o‘tkazib beradi.

Uch ish kuni ichida

17-bosqich

NTT, PTT, Oliy maktab

Sertifikat olgan bitiruvchilar haqida haqqoniy ma’lumot taqdim etmagan bo‘lsa, vakolatli davlat organi hududiy boshqarmalaridan olingan kompensatsiya mablag‘larini qaytarib beradi.

Ikki ish kuni muddatida

(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yoshlar va xotin-qizlarni kasb-hunar hamda tadbirkorlikka o‘qitish dasturlarida ishtirok etuvchi nodavlat ta’lim tashkilotlari, professional ta’lim tashkilotlari, Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi hamda uning hududiy filiallari elektron reyestrini shakllantirish, ularning o‘qitishga sarflangan xarajatlarini kompensatsiya qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
3-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Nodavlat ta’lim tashkilotlari, professional ta’lim tashkilotlari, Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi hamda uning filiallari tomonidan yoshlar va xotin-qizlarni kasb-hunar, tadbirkorlikka o‘qitish bo‘yicha
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
KASBLAR RO‘YXATI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

1.

Pazandalik, oshpazlik va novvoylik.

2.

Ovqatlanish xizmatlarini tashkil etish va boshqarish.

3.

Qandolatchilik, pazandachilik va karving.

4.

Tikuvchilik (to‘qimachilik sohasining barcha turdagi xizmatlari).

5.

Gilam to‘qish.

6.

Charm-teri mahsulotlari va poyabzal tikish, ta’mirlash.

7.

Zardo‘zlik, kashtachilik va gazlamalarga gul bosish.

8.

Zargarlik va bijuteriya tayyorlash.

9.

Sartaroshlik, manikyur, pedikyur xizmatlari.

10.

Kosmetolog.

11.

Uy hamshiraligi, bolalar va qariyalar parvarishi.

12.

Kir yuvish va dazmollash xizmatlari.

13.

Ko‘p qavatli uylar va binolarga texnik xizmat ko‘rsatish, ekspluatatsiya va joriy ta’mirlash.

14.

Umumiy qurilish ishlari (beton quyish, g‘isht va kafel terish, suvoqchilik, bo‘yoqchilik va pardozlash ishlari).

15.

Darvoza, eshik va derazalar yasash va ta’mirlash (yog‘och, plastik, metall va boshqa).

16.

Slesar, tokar va metallarga ishlov berish, buyumlar yasash.

17.

Duradgorlik, yog‘och buyumlarini yasash.

18.

O‘ymakorlik va ganchkorlik.

19.

Kulolchilik.

20.

Tosh, marmar, granit va boshqa inert materiallarga ishlov berish.

21.

Haykaltaroshlik hamda ?ichik me’moriy shakllarni yasash va o‘rnatish.

22.

Milliy musiqa asboblarini yasash va ta’mirlash.

23.

Mebelsozlik.

24.

Santexnika uskunalarini o‘rnatish va ta’mirlash.

25.

Elektropayvand, elektromontyorlik xizmati.

26.

Maishiy texnikalar, kompyuter va ofis jihozlarini o‘rnatish, tuzatish va ularga xizmat ko‘rsatish.

27.

Avtotransport vositalarini ta’mirlash va jihozlash.

28.

Obodonlashtirish va landshaft dizayn ishlarini tashkil etish.

29.

Gul yetishtirish, gulchambarlar, gulli bezak va dekoratsiyalar tayyorlash.

30.

Tantanalar, marosimlar, to‘y va tadbirlarni tashkil etish hamda badiiy bezash ishlarini amalga oshirish.

31.

Dasturiy ta’minot, axborot tizimlari, mobil ilovalar va veb-saytlarni ishlab chiqish, texnik qo‘llab-quvvatlash (dasturchi, veb-sahifalarni sahifalovchi, veb-tahlilchi, veb-saytlarni optimizatsiyalash bo‘yicha mutaxassis).

32.

Multimedia, dizayn va san’at materiallarini yaratish va ishlov berish (veb-dizayner, grafika dizayneri, kompyuter o‘yinlari dizayneri, interyer dizayneri, landshaft dizayneri, liboslar dizayneri, retusher, fotokollajchi, vektor grafikasi muharriri, vizuallashtiruvchi dizayner, texnik dizayner, moushn-dizayner, 3D-dizayner, video muharrir, videooperator va boshqalar).

33.

Matnni yaratish va ishlov berish (kopirayter, rerayter, SEO-kopirayter, SEO-rerayter, kontent-menejer, muharrirlik xizmatlarini tashkil etish).

34.

Ijtimoiy tarmoqlardagi faoliyat (PR-menedjer, internet-marketolog, ijtimoiy tarmoqlarda tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) ilgari surish va reklama qilish (SMM), ijtimoiy tarmoq sahifalari administratori, akkaunt-menejer, marketolog, targetolog, kontekst-reklama bo‘yicha mutaxassis, direktolog, media rejalashtiruvchi, SMO mutaxassisi).

35.

Kadrlar tanlash sohasidagi faoliyat (internet-loyihalar bilan ishlovchi menejer, frilanserlar guruhi rahbari, NR-menejer, rekruter, shaxsiy assistent).

36.

Onlayn konsultatsiya berish (onlayn-konsultant, onlayn-trener, moliyaviy maslahatchi, vebinar olib boruvchi).

37.

Buxgalteriya hisobi.

38.

Brokerlik, rieltorlik, baholash ishlari.

39.

Deklarant (tashqi iqtisodiy faoliyat va bojxona ishi rasmiyatchiligi).

40.

Logistika (yuk va yo‘lovchi tashish xizmati operatori).

41.

Marketing xizmatlari hamda tovar va xizmatlar reklamasini tashkil etish.

42.

Turizm, mehmonxona va gid xizmatlari.

43.

Bosma nashrlarni ishlab chiqarish va chakana savdo qilish.

44.

Chorvachilik xo‘jaliklarini tashkil etish, yuritish va boshqarish.

45.

Parrandachilik xo‘jaliklarini tashkil etish, yuritish va boshqarish.

46.

Asalarichilik xo‘jaliklarini tashkil etish, yuritish va boshqarish.

47.

Baliqchilik xo‘jaliklarini tashkil etish, yuritish va boshqarish.

48.

Veterinariya va zootexnika.

49.

Qassobchilik va kushxona xizmatlari.

50.

Intensiv bog‘bonlik, mevali va manzarali daraxtlar yetishtirish va ularni parvarishlash.

51.

Issiqxona xo‘jaligini tashkil etish, yuritish va mahsulotlar yetishtirish.

52.

O‘simliklarni kimyoviy himoyalash xizmatlari.

53.

Meva-sabzavotlarni saralash, saqlash, qadoqlash va birlamchi qayta ishlash.

54.

Tish texnigi.

55.

Xorijiy tillarni o‘rganish (mukammal so‘zlashish darajasida).

(1-ilovaning matni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 7-avgustdagi 340-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.08.2023-y., 09/23/340/0568-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-iyundagi 388-sonli qaroriga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tadbirkorlik tashabbusiga ega jismoniy shaxslar, shu jumladan, yoshlar va xotin-qizlarga mikrokreditlar ajratish tartibi to‘g‘risida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-bob. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholini tadbirkorlikka jalb qilish tizimini takomillashtirish va tadbirkorlikni rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2020-yil 13-oktabrdagi PQ-4862-son qaroriga muvofiq joriy etilgan tizim asosida aholini tadbirkorlikka jalb qilish maqsadida “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki va aksiyadorlik-tijorat Xalq banki (keyingi o‘rinlarda — bank) tomonidan kreditlar ajratish tartibini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarz oluvchilar — tadbirkorlik tashabbusiga ega jismoniy shaxslar, shu jumladan, yoshlar va xotin-qizlar, shuningdek, mikrofirma va kichik korxona ta’sis etgan shaxslar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kredit liniyasi — bank bilan O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma) o‘rtasida tuzilgan shartnomalarga (bosh kelishuvga) asosan qarz oluvchilarga kredit ajratish uchun ochilgan kredit liniyalari;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
o‘quv yuklamasi — Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiya vazirligi, Oliy maktab, Savdo-sanoat palatasi hamda vakolatli davlat organi tomonidan ishlab chiqilib, tasdiqlanadigan kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qitish bo‘yicha fanlarning minimal yo‘nalishlari, miqdori va o‘quv soatini o‘zida mujassamlashtirgan qo‘shma yo‘riqnoma;
(2-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 7-avgustdagi 340-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.08.2023-y., 09/23/340/0568-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
o‘quv dasturi — o‘quv yuklamasi asosida NTT, PTT, Oliy maktab tomonidan ishlab chiqiladigan yoshlar va xotin-qizlarni kasb-hunar hamda tadbirkorlikka o‘qitish bo‘yicha fanning mazmuni va o‘tilish tartibi, o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirilishi lozim bo‘lgan bilim va ko‘nikmalarning hajmini belgilab beradigan darslar majmuasi;
(2-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 7-avgustdagi 340-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.08.2023-y., 09/23/340/0568-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
o‘quv kurslari — o‘quv dasturi asosida yoshlar va xotin-qizlarni kasb-hunar hamda tadbirkorlikka o‘qitish bo‘yicha NTT, PTT, Oliy maktab darslari to‘plami;
(2-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 7-avgustdagi 340-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.08.2023-y., 09/23/340/0568-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
o‘quv kurs tinglovchilari (bitiruvchilari) — o‘quv dasturi asosida kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qitish bo‘yicha NTT, PTT, Oliy maktab hamda uning hududiy filiallari tomonidan tashkil etilgan o‘quv kurslarida tahsil olayotgan (bitirgan) yoshlar va xotin-qizlar;
(2-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 7-avgustdagi 340-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.08.2023-y., 09/23/340/0568-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sertifikat — NTT, PTT, Oliy maktab hamda uning hududiy filiallari tomonidan tashkil etilgan o‘quv kurslarini muvaffaqiyatli bitirib, yakuniy imtihon natijalariga ko‘ra 71 va undan yuqori ball to‘plagan bitiruvchilarga mazkur Nizomga 1-ilova qilingan namuna asosida taqdim etiladigan malakaviy hujjat;
(2-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 7-avgustdagi 340-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.08.2023-y., 09/23/340/0568-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
elektron reyestr — yoshlar va xotin-qizlarni kasb-hunar hamda tadbirkorlikka o‘qitish dasturlarida ishtirok etuvchi NTT, PTT, Oliy maktab hamda uning hududiy filiallari to‘g‘risidagi to‘liq va aniq ma’lumotlarni o‘zida jamlaydigan elektron axborot tizimi;
(2-bandning to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 7-avgustdagi 340-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.08.2023-y., 09/23/340/0568-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mikrokredit — o‘quv kurslarini muvaffaqiyatli bitirib, sertifikatga ega bitiruvchilarga bank tomonidan ajratiladigan imtiyozli mikrokreditlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Tadbirkorlik tashabbusiga ega jismoniy shaxslar, shu jumladan, yoshlar va xotin-qizlarga mikrokreditlar ajratish ushbu Nizomga ilovadagi sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Mazkur Nizomga muvofiq, kredit elektron reyestrga kiritilgan NTT, PTT, Oliy maktab hamda uning hududiy filiallarining o‘quv kurslarini yakunlab, sertifikatga ega tashabbuskorlarga vakolatli davlat organi bilan bank o‘rtasida tuzilgan bosh kelishuvga asosan ajratiladigan mablag‘lar doirasida beriladi.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 7-avgustdagi 340-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.08.2023-y., 09/23/340/0568-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Mikrokreditlarning o‘z vaqtida ajratilishini ta’minlash va sertifikat olgan shaxslar to‘g‘risida ma’lumot almashish maqsadida, bank bilan mikrokreditlash dasturlarida ishtirok etayotgan o‘quv kurslari yakunlari bo‘yicha NTT, PTT, Oliy maktab hamda uning hududiy filiallari tomonidan sertifikat berilgan shaxslar to‘g‘risida o‘zaro elektron axborot almashinuvi tizimi yo‘lga qo‘yiladi.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 7-avgustdagi 340-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.08.2023-y., 09/23/340/0568-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-bob. Yoshlar va xotin-qizlarni kasb-hunar hamda tadbirkorlikka jalb qilish jarayoni
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Qarz oluvchilar o‘z faoliyatini amalga oshirish yuzasidan maslahatlar olish yoki yuzaga kelgan muammolarni bartaraf etish, shuningdek, boshqa turli masalalarda hamkorlik qilish maqsadida bankka murojaat qilishlari mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mijoz va bank o‘rtasidagi munosabatlar Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari yagona elektron platformasi orqali bank filialiga yoki bank xizmatlari markaziga tashrif buyurish, “Call” markazga murojaat qilish, SMS xabarnoma jo‘natish, bankning internetdagi sahifasi orqali murojaat qilish, shuningdek, “Telegram.bot” orqali amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-bob. Mikrokreditlarni ajratish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Mikrokreditlar qarz oluvchilarga tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish yoki rivojlantirish maqsadlari uchun ajratiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Bank tomonidan sertifikat olgan:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tadbirkorlik tashabbusiga ega jismoniy shaxslar, xususan yoshlar va xotin-qizlarga o‘z biznesini tashkil etish uchun 33 million so‘mgacha bo‘lgan miqdorda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mikrofirma va kichik korxona ta’sis etgan shaxslarga 225 million so‘mgacha miqdorda mikrokreditlar ajratiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu bandda nazarda tutilgan mezon asosida kredit bir qarz oluvchiga bir marotaba ajratiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Qarz oluvchi bank bilan tuzilgan kredit shartnomasi doirasida kreditning kerakli qismidan foydalanishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Mazkur mikrokreditlar bankda alohida hisobvaraqlarda yuritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Mikrokreditlar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ilgari olingan kreditlarni yoki har qanday boshqa qarzlarni qaytarish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
alkogol va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
savdo-vositachilikni amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ishlab chiqarish maqsadlari uchun ishlatilmaydigan shaxsiy mulkni sotib olish uchun ajratilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Mikrokreditlar 3 yil muddatgacha 6 oygacha imtiyozli davr bilan, yoshlarning biznes loyihalariga esa kreditlarni qaytarish imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda, 7 yilgacha muddatga, 3 yilgacha imtiyozli davr bilan Markaziy bankning asosiy stavkasida ajratiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Qarz oluvchi — yoshlar va xotin-qizlarga mikrokreditlar ularning talabiga binoan jami kredit summasining 50 foizidan oshmagan miqdorda naqd pulda ajratiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-bob. Mikrokreditlarni rasmiylashtirish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Qarz oluvchilar kredit olish uchun bankka elektron ariza bilan murojaat qiladi. Bunda, qarz oluvchi to‘g‘risida ma’lumotlar, shuningdek, mikrokredit olish huquqini beruvchi sertifikat to‘g‘risidagi ma’lumot taqdim etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Ariza bankka kelib tushgan kunning keyingi kunidan kechikmasdan bank mas’ul xodimi tomonidan kredit olish bo‘yicha bankning eng qulay filiali yoki bank xizmatlari markaziga murojaat qilish va tegishli hujjatlarni taqdim etish yuzasidan qarz oluvchiga taklif jo‘natiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shuningdek, bank mas’ul xodimi (anderrayter) tomonidan skoring tizimi asosida loyihani moliyalashtirish yuzasidan chiqarilgan ijobiy yoki salbiy qarori qarz oluvchiga va vakolatli davlat organiga taqdim etiladi. Skoring tahlilida qarz oluvchining quyidagi ma’lumotlari o‘rganiladi:
(15-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-apreldagi 195-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.04.2022-y., 09/22/195/0319-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kredit tarixi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mazkur yo‘nalishlar bo‘yicha kreditlarining mavjudligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qaysi o‘quv markazini bitirganligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tadbirkorlik uchun tanlangan yo‘nalishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kiritilgan ma’lumotlarning haqqoniyligi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Elektron arizadagi ma’lumotlar va taqdim etilgan hujjatlardagi ma’lumotlarning bir-biriga mos bo‘lishini ta’minlash qarz oluvchining zimmasida bo‘ladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Tadbirkorlik subyektlarining moliyaviy hisobotlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar tegishli tashkilotdan elektron tarzda qabul qilib olinishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Bank jismoniy shaxs bo‘lgan qarz oluvchilarga mikrokreditlarni ta’minotsiz ajratadi. Kreditlarning qaytmaslik xatari bank tomonidan sug‘urtalanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Qarz oluvchi — mikrofirma va kichik korxona ta’sis etgan shaxslar kredit qaytarilishining ta’minoti sifatida bankka quyidagi ta’minot turlaridan birini taqdim etadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uchinchi shaxs kafilligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sug‘urta polislari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kredit hisobiga sotib olinayotgan mol-mulklar;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
vakolatli davlat organining kafilligi;
(19-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-apreldagi 195-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.04.2022-y., 09/22/195/0319-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonunchilik hujjatlari doirasidagi boshqa ta’minot turlari.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Bank qarz oluvchilarga kredit berishda kreditning umumiy summasida qarz oluvchining garov ta’minotini rasmiylashtirish bilan bog‘liq xarajatlarni hisobga olish huquqiga ega.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-bob. Kreditlarni monitoring qilish va so‘ndirish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Bank qarz oluvchiga ajratilgan kreditni maqsadli ishlatilishi yuzasidan monitoringni amalga oshiradi. Bunda, kreditning maqsadli ishlatilishi yuzasidan tuzilgan dalolatnoma nusxasi Bankning elektron platformasiga biriktirib boriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Bank kreditdan foydalanishning muddati davomida doimiy monitoring o‘tkazadi. Bankda mikrokredit olgan tadbirkorlar faoliyatini doimiy kuzatib borish hamda ularga maslahat va ko‘mak berish instituti shakllantiriladi. Bunda, mas’ul xodim kreditlarni so‘nggi muddatiga qadar kuzatish bilan shug‘ullanadi. Monitoring tizimi mijozga yo‘naltirilganlik uslubida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. Olingan kreditdan boshqa maqsadda foydalanilganlik yoki kredit mablag‘larini talon-taroj qilinganlik holatlari aniqlangan taqdirda, bank kredit shartnomasida belgilangan tartibda kreditning maqsadsiz ishlatilgan qismini yoki talon-taroj qilingan summani belgilangan tartibda qarz oluvchidan muddatidan ilgari undirib olish huquqiga ega.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24. Qarzdor kredit bo‘yicha asosiy qarzi va unga hisoblangan foizlarni shartnoma shartlari asosida to‘lashdan bosh tortgan hollarda, bank tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan choralar ko‘riladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarz oluvchining garov ta’minoti kredit bo‘yicha asosiy qarz va unga hisoblangan foizlarni qaytarishga yetmagan taqdirda, bank mazkur qarzni qaytarishni qarz oluvchining likvidli mol-mulkiga qaratishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25. Sertifikatga ega qarz oluvchilar, ularning qarzdan foydalanish yo‘nalishlari va natijadorligi to‘g‘risidagi tahliliy ma’lumotlar Bank tomonidan har oyning 5 sanasiga qadar Agentlikka taqdim etib boriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6-bob. Yakuniy qoida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26. Ushbu nizom talablarini buzgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tadbirkorlik tashabbusiga ega jismoniy shaxslar, shu jumladan, yoshlar va xotin-qizlarga mikrokreditlar ajratish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tadbirkorlik tashabbusiga ega jismoniy shaxslar, shu jumladan, yoshlar va xotin-qizlarga mikrokreditlar ajratish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
SXEMASI
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Tadbirkorlik tashabbusiga ega jismoniy shaxslar, shu jumladan, yoshlar va xotin-qizlar, shuningdek, mikrofirma va kichik korxona ta’sis etgan shaxslar (keyingi o‘rinlarda — Qarz oluvchilar)

Kredit olish uchun “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki yoki aksiyadorlik-tijorat Xalq bankiga elektron ariza bilan murojaat qiladi.

Bunda, qarz oluvchi to‘g‘risida ma’lumotlar, shuningdek, mikrokredit olish huquqini beruvchi sertifikat to‘g‘risidagi ma’lumotni taqdim etadi.

(Mijoz va bank munosabatlar Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari yagona elektron platformasi orqali bank filialiga yoki bank xizmatlari markaziga tashrif buyurish, “Call” markazga murojaat qilish, SMS xabarnoma jo‘natish, bankning internetdagi sahifasi orqali murojaat qilish, shuningdek, “Telegram.bot” orqali amalga oshiriladi).

Belgilangan muddatlarda

2-bosqich

“Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki, aksiyadorlik-tijorat Xalq banki (keyingi o‘rinlarda — Bank)

Kredit olish bo‘yicha bankning eng qulay filiali yoki bank xizmatlari markaziga murojaat qilish va tegishli hujjatlarni taqdim etish yuzasidan qarz oluvchiga taklif jo‘natadi.

Shuningdek, skoring tizimi asosida loyihani moliyalashtirish yuzasidan ijobiy yoki salbiy qaror chiqaradi, qaror nusxasini qarz oluvchiga va Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi (keyingi o‘rinlarda — vakolatli davlat organi)ga taqdim etadi.

Ariza bankka kelib tushgan kunning keyingi kunidan kechikmasdan

3-bosqich

Bank

Qarz oluvchilarga kreditlarni ajratadi

(Jismoniy shaxslar, xususan yoshlar va xotin-qizlarga o‘z biznesini tashkil etish uchun 33 mln so‘mgacha;

mikrofirma va kichik korxona ta’sis etgan shaxslarga 225 mln so‘mgacha.

Kreditlar 3 yil muddatgacha 6 oygacha imtiyozli davr bilan, yoshlarning biznes loyihalariga esa kreditlarni qaytarish imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda, 7 yilgacha muddatga, 3 yilgacha imtiyozli davr bilan Markaziy bankning asosiy stavkasida ajratiladi.

Qarz oluvchilarga kreditlar ularning talabiga binoan jami kredit summasining 50 foizidan oshmagan miqdorda naqd pulda ajratiladi.

Qarz oluvchi va bank o‘rtasida imzolangan shartnomaga muvofiq

4-bosqich

Bank

Qarz oluvchiga ajratilgan kreditni maqsadli ishlatilishi yuzasidan kreditdan foydalanishning muddati davomida monitoringni amalga oshiradi. Bunda, kreditning maqsadli ishlatilishi yuzasidan tuzilgan dalolatnoma nusxasini bank elektron platformasiga biriktirib boradi.

Kredit to‘liq so‘ndirilgunga qadar

5-bosqich

Bank

Olingan kreditdan boshqa maqsadda foydalanilganlik yoki kredit mablag‘larini talon-taroj qilinganlik holatlari aniqlangan taqdirda, kredit shartnomasida belgilangan tartibda kreditning maqsadsiz ishlatilgan qismini yoki talon-taroj qilingan summani belgilangan tartibda qarz oluvchidan muddatidan ilgari undirib olish huquqiga ega.

Qarzdor kredit bo‘yicha asosiy qarzi va unga hisoblangan foizlarni shartnoma shartlari asosida to‘lashdan bosh tortgan hollarda, choralar ko‘radi.

Qarz oluvchining garov ta’minoti kredit bo‘yicha asosiy qarz va unga hisoblangan foizlarni qaytarishga yetmagan taqdirda, mazkur qarzni qaytarishni qarz oluvchining likvidli mol-mulkiga qaratishi mumkin.

Qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda

6-bosqich

Bank

Qarz oluvchilar, ularning qarzdan foydalanish yo‘nalishlari va natijadorligi to‘g‘risidagi tahliliy ma’lumotlarni vakolatli davlat organiga taqdim etib boradi.

Har oyning 5 sanasiga qadar

(ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-iyundagi 388-sonli qaroriga
3-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yoshlar va xotin-qizlarni tadbirkorlikka o‘qitish hamda unga jalb qilish loyihalarini amalga oshiradigan nodavlat notijorat tashkilotlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tartibi to‘g‘risida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-bob. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ushbu Nizom nodavlat notijorat tashkilotlari (keyingi o‘rinlarda — NNT) va mikromoliya tashkilotlari yoshlar va xotin-qizlarni tadbirkorlikka o‘qitish hamda ularga mikromoliyaviy xizmatlar ko‘rsatishdan iborat kompleks dasturlarni amalga oshirish uchun O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi (keyingi o‘rinlarda — vakolatli davlat organi) tomonidan imtiyozli shartlar asosida qarz ajratish tizimini belgilaydi.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Mazkur Nizomga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi qarorlari asosida ushbu maqsad uchun ajratilgan mablag‘lar NNTlarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash uchun beriladigan qarzlarning moliyalashtirish manbai hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Yoshlar va xotin-qizlarni tadbirkorlikka o‘qitish hamda unga jalb qilish loyihalarini amalga oshiradigan nodavlat notijorat tashkilotlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash ushbu Nizomga ilovadagi sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-bob. Tanlov tashkil etish va o‘tkazish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Vakolatli davlat organi tomonidan mazkur nizomning 2-bandida nazarda tutilgan mablag‘lar hisobidan qarz ajratish NNTlar orasida ochiq tanlov asosida amalga oshiriladi.
(4-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-apreldagi 195-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.04.2022-y., 09/22/195/0319-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tanlovni tashkil etish va o‘tkazish uchun Vakolatli davlat organi tomonidan Markaziy bank, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Fuqarolik jamiyati institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi vakillaridan iborat tarkibda tanlov komissiyasi tuziladi.
(4-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martdagi 135-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tanlov komissiyasi reglamenti va tanlov qoidalari Komissiya tomonidan tasdiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NNTlar tanlovda ishtirok etish uchun vakolatli davlat organiga murojaat qiladi hamda mazkur Nizomning 4-bandida nazarda tutilgan asosiy mezonlarni tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etadi.
(4-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-apreldagi 195-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.04.2022-y., 09/22/195/0319-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Quyidagilar baholashning va loyihalarni tanlab olishning asosiy mezonlari hisoblanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NNT kamida bir yil davomida faoliyat yuritib kelayotganligi, o‘quv kurslari mavjudligi, uning sifati, o‘quv kurslari bilan qamrab olingan hudud va aholi soni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
keng aholi qatlamlarini tadbirkorlikka o‘qitish va unga jalb qilish loyihasida zamonaviy o‘quv modullari va mexanizmlarining nazarda tutilganligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
loyihaning texnik-iqtisodiy asoslanganligi haqidagi ma’lumotlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
loyihani bajarish uchun tajribali va kasbiy ko‘nikmalarga ega bo‘lgan mutaxassislarning mavjudligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NNT tomonidan ajratilishi rejalashtirilgan mikroqarz foiz stavkasi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Vakolatli davlat organi tomonidan har yili 1-iyulga qadar kelgusida amalga oshiriladigan loyihalar uchun NNTlar o‘rtasida tanlov e’lon qilinadi.
(6-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-apreldagi 195-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.04.2022-y., 09/22/195/0319-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tanlov o‘tkazilishi uchun kamida ikkita taklif kelib tushgan bo‘lishi lozim. Agarda belgilangan miqdordagi taklif kelib tushmasa, tanlov qaytadan e’lon qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tanlovlar bo‘yicha e’lonlar va ma’lumotlar, shuningdek, tanlovlarning natijalari hamda NNTlar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash doirasida ajratilgan mablag‘larning taqsimlanishi, ishlatilishi to‘g‘risidagi hisobotlar vakolatli davlat organining rasmiy veb-sahifasida hamda ommaviy axborot vositalarida yoritib boriladi.
(6-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-apreldagi 195-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.04.2022-y., 09/22/195/0319-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vakolatli davlat organi NNTlar o‘rtasida tanlovni oshkoralik va ochiq-oydinlikni ta’minlash prinsiplari asosida amalga oshirilishini ta’minlaydi.
(6-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-apreldagi 195-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.04.2022-y., 09/22/195/0319-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Tanlovlar 1-avgustga qadar o‘tkazilib, ularning natijalari asosida g‘olib deb topilgan NNTlar bilan vakolatli davlat organi o‘rtasida ijtimoiy sheriklik bo‘yicha shartnomasi (keyingi o‘rinlarda — shartnoma) tuziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shartnomada ko‘rsatilgan miqdordagi qarz vakolatli davlat organi tomonidan NNTlarga ajratib beriladi.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-apreldagi 195-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.04.2022-y., 09/22/195/0319-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Shartnomada tomonlarning majburiyatlari belgilab beriladi. Jumladan, bunda resurslarning samarali va maqsadli ishlatilishi, qarzlarni va foizlari qaytarish shartlari, muddatlari hamda qonunchilikda belgilangan boshqa shartlar ko‘rsatib o‘tiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Tanlov natijalaridan norozi bo‘lgan ishtirokchilar qonunchilikda belgilangan tartibda yuqori turuvchi organga yoki sudga murojaat qilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-bob. Qarz ajratish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. NNTlar tomonidan yoshlar va xotin-qizlarni tadbirkorlikka o‘qitish va ularga mikromoliyaviy xizmatlar ko‘rsatishdan iborat kompleks dasturlarni amalga oshirish uchun vakolatli davlat organi tomonidan tanlov asosida 5 yil muddatga, jumladan, bir yillik imtiyozli davr bilan yillik 4 foiz stavkada qarz ajratiladi. Vakolatli davlat organi tomonidan resurslar ushbu maqsadga ajratilgan mablag‘lar qoldig‘i doirasida ajratiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(10-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 7-avgustdagi 340-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.08.2023-y., 09/23/340/0568-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Shartnoma tuzilgandan keyin o‘n ish kuni ichida vakolatli davlat organi tomonidan NNTning maxsus hisobvarag‘iga qarz to‘liq o‘tkazib beriladi.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-apreldagi 195-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.04.2022-y., 09/22/195/0319-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. NNTlar tomonidan o‘zlariga ajratilgan qarzning bir qismini mikromoliya tashkilotlariga shartnoma asosida resurs sifatida joylashtirilishi mumkin.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 24-oktabrdagi 615-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.10.2022-y., 09/22/615/0953-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. NNTlar tomonidan joylashtirilgan resurs mablag‘lari hisobidan mikroqarzlar mikromoliya tashkilotlari tomonidan yoshlar va xotin-qizlarga quyidagi shartlarda ajratiladi:
(13-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 24-oktabrdagi 615-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.10.2022-y., 09/22/615/0953-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarz oluvchi NNTlarning moliyaviy savodxonlikni oshirish, kasbiy va tadbirkorlik ko‘nikmalarni shakllantirishga qaratilgan dasturlari talablariga mos kelishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mikroqarzlar tadbirkorlik faoliyati va daromad olishga qaratilgan maqsadlar uchun bir qarz oluvchiga 25 million so‘mgacha miqdorda ajratilishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mikromoliya tashkilotlari qarz oluvchi tomonidan shartnomaga muvofiq majburiyatlar bajarilishini ta’minlash shartisiz, shu jumladan, bir-birlarini qo‘llab-quvvatlaydigan guruh kafilligi asosida mikromoliyaviy xizmatlar ko‘rsatishga haqli.
(13-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 24-oktabrdagi 615-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.10.2022-y., 09/22/615/0953-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. NNTlarga ajratilgan qarzlarning hamda mikromoliya tashkilotlariga joylashtirilgan resurs hisobidan yoshlar va xotin-qizlar tomonidan olingan mikroqarzlarning maqsadli va samarali foydalanilishi yuzasidan NNTlar tomonidan muntazam monitoring olib boriladi. Bunda mikroqarz olgan yoshlar va xotin-qizlarning tadbirkorlik faoliyatini doimiy kuzatib borish hamda ularga maslahat va ko‘mak berish yo‘lga qo‘yiladi.
(14-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 24-oktabrdagi 615-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.10.2022-y., 09/22/615/0953-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mazkur monitoring va kuzatib borish natijalari yuzasidan NNTlar tomonidan har oy yakuni bilan keyingi oyning 5 sanasiga qadar vakolatli davlat organiga batafsil axborot taqdim etib boriladi.
(14-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-apreldagi 195-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.04.2022-y., 09/22/195/0319-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Agentlik tomonidan ajratilgan resurs mablag‘laridan samarasiz va maqsadsiz foydalanganlik holatlari aniqlaganda vakolatli davlat organi NNTdan resurslarning tegishli qismini va unga hisoblangan foizlarni muddatidan avval qaytarishni talab qilishga haqli. Bunda, vakolatli davlat organi NNTga akseptsiz talabnoma qo‘yadi. Ushbu talablar shartnomada ko‘rsatiladi.
(15-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-apreldagi 195-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.04.2022-y., 09/22/195/0319-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. NNTlar tomonidan olingan asosiy qarz va unga hisoblangan foizlar vakolatli davlat organi hisobvarag‘iga shartnomada ko‘rsatilgan muddatlarda qaytariladi. Qaytarilgan mablag‘lar aynan shu maqsadlarda foydalaniladi. Bunda tanlov o‘tkazilib g‘olib aniqlangan kunga qadar vaqtincha bo‘sh turgan mablag‘lar tegishli tartibda tijorat banklarining depozitlariga joylashtiriladi.
(16-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 7-avgustdagi 340-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.08.2023-y., 09/23/340/0568-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Vakolatli davlat organi mablag‘larini oluvchilar vakolatli davlat organi taqdim etgan mablag‘lardan to‘g‘ri va maqsadli foydalanish yuzasidan qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
(17-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-apreldagi 195-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.04.2022-y., 09/22/195/0319-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. NNTlarga ajratilgan qarzlarning samarali va maqsadli foydalanilishi yuzasidan Agentlik tomonidan muntazam monitoring yuritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Ushbu Nizom talablarini buzgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yoshlar va xotin-qizlarni tadbirkorlikka o‘qitish hamda unga jalb qilish loyihalarini amalga oshiradigan nodavlat notijorat tashkilotlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tartibi to‘g‘risidagi nizomga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yoshlar va xotin-qizlarni tadbirkorlikka o‘qitish hamda unga jalb qilish loyihalarini amalga oshiradigan nodavlat notijorat tashkilotlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
SXEMASI
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi (keyingi o‘rinlarda — vakolatli davlat organi)

Yoshlar va xotin-qizlarni tadbirkorlikka o‘qitish hamda ularga mikromoliyaviy xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha kelgusida amalga oshiriladigan kompleks dasturlari uchun qarz ajratish bo‘yicha nodavlat-notijorat tashkilotlar orasida tanlov e’lon qiladi.

(Tanlov o‘tkazilishi uchun kamida ikkita taklif kelib tushgan bo‘lishi lozim. Agarda belgilangan miqdordagi taklif kelib tushmasa, tanlov qaytadan e’lon qilinadi).

Tanlovni tashkil etish va o‘tkazish uchun Markaziy bank, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Fuqarolik jamiyati institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi vakillaridan iborat tarkibda tanlov komissiyasi tuzadi.

(Tanlov komissiyasi reglamenti va tanlov qoidalari Komissiya tomonidan tasdiqlanadi).

Har yili 1-iyulga qadar

2-bosqich

Vakolatli davlat organi

Tanlovlar bo‘yicha e’lonlar va ma’lumotlar, shuningdek, tanlovlarning natijalari hamda nodavlat-notijorat tashkilotlar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash doirasida ajratilgan mablag‘larning taqsimlanishi, ishlatilishi to‘g‘risidagi hisobotlarni vakolatli davlat organining rasmiy veb-sahifasi hamda ommaviy axborot vositalarida yoritib boradi. Tanlovni oshkoralik va ochiq-oydinlikni ta’minlash prinsiplari asosida amalga oshirilishini ta’minlaydi.

Tanlov o‘tkazilgunga qadar

3-bosqich

Nodavlat-notijorat tashkilotlar (keyingi o‘rinlarda — NNT)

Tanlovda ishtirok etish uchun vakolatli davlat organiga murojaat qiladi hamda nizomning 4-bandida nazarda tutilgan asosiy mezonlarni tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etadi.

Tanlov komissiyasi reglamenti va tanlov qoidalariga asosan

4-bosqich

Tanlov komissiyasi

Tanlovni o‘tkazadi.

Har yili 1-avgustga qadar

5-bosqich

Vakolatli davlat organi

Tanlov natijalari asosida g‘olib deb topilgan NNTlar bilan ijtimoiy sheriklik bo‘yicha shartnoma tuzadi.

Tanlov komissiyasi reglamenti va tanlov qoidalariga asosan

6-bosqich

Vakolatli davlat organi

Shartnomada ko‘rsatilgan miqdordagi qarzni NNT maxsus xisobvarag‘ig? qarzni to‘liq o‘tkazib beradi.

(Tadbirkorlik faoliyati va daromad olishga qaratilgan maqsadlar uchun bir qarz oluvchiga 25 mln so‘mgacha miqdorda 5 yil muddatga, jumladan, bir yillik imtiyozli davr bilan yillik 4 foiz stavkada qarz ajratiladi).

Shartnoma tuzilgandan keyin o‘n ish kuni ichida

7-bosqich

NNT

Ajratilgan qarzlarning hamda mikromoliya tashkilotlariga joylashtirilgan resurs hisobidan yoshlar va xotin-qizlar tomonidan olingan mikroqarzlarning maqsadli va samarali foydalanilishi yuzasidan monitoring olib boradi.

Bunda mikroqarz olgan yoshlar va xotin-qizlarning tadbirkorlik faoliyatini doimiy kuzatib boradi hamda ularga maslahat va ko‘mak berib boradi.

Muntazam ravishda

8-bosqich

NNT

Monitoring va kuzatib borish natijalari yuzasidan vakolatli davlat organiga batafsil axborot taqdim etib boradi.

Har oy yakuni bilan keyingi oyning 5 sanasiga qadar

9-bosqich

Vakolatli davlat organi

Qarz mablag‘laridan samarasiz va maqsadsiz foydalanganlik holatlari aniqlaganda NNTdan resurslarning tegishli qismini va unga hisoblangan foizlarni muddatidan avval qaytarishni talab qilishga haqli.

Bunda, vakolatli davlat organi NNTga akseptsiz talabnoma qo‘yadi. Ushbu talablar shartnomada ko‘rsatiladi.

Shartnomaga muvofiq

(ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.06.2021-y., 09/21/388/0584-son; 19.04.2022-y., 09/22/195/0319-son; 10.08.2022-y., 09/22/438/0726-son; 25.10.2022-y., 09/22/615/0953-son; 08.08.2023-y., 09/23/340/0568-son; 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son; 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)