1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.04.00.00 Fuqarolik qonunchiligi obyektlari / 03.04.03.00 Moddiy neʼmatlar / 03.04.03.01 Koʻchar va koʻchmas mol-mulk;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.04.00 Ommaviy mulk / 03.08.04.02 Respublika mulki;
3.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.07.00 Boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.07.02 Operativ boshqarish huquqi]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari;
2.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Umumiy masalalar]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Respublika mulki obyektlarini bir davlat tashkilotidan boshqa bir davlat tashkilotiga berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
(qaror nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 10-martdagi 100-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.03.2023-y., 09/23/100/0134-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat mulki obyektlaridan samarali foydalanish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2019-yil 19-fevraldagi PF-5666-son Farmoniga muvofiq davlat koʻchmas mulk obyektlaridan foydalanish samaradorligini oshirish uchun qoʻshimcha shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat mulki obyektlaridan samarali foydalanish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2019-yil 19-fevraldagi PF-5666-son Farmoniga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktoriga yuqori turuvchi manfaatdor davlat organlari, shuningdek, davlat budjetidan qoʻshimcha mablagʻlar nazarda tutilgan hollarda Iqtisodiyot va moliya vazirligi roziligiga muvofiq idoraviy mansubligidan qatʼi nazar, davlat koʻchmas mulk obyektlarini (qonunchilik hujjatlariga muvofiq xususiylashtirilmaydigan obyektlar bundan mustasno), avtomototransport vositalarni hamda boshqa asosiy vositalarini bir davlat tashkiloti tasarrufidan boshqa bir davlat tashkiloti tasarrufiga operativ boshqaruv huquqi asosida begʻaraz berish toʻgʻrisida qaror qabul qilish huquqi berilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-maydagi 282-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Respublika mulki obyektlarini bir davlat tashkilotidan boshqa bir davlat tashkilotiga operativ boshqaruv huquqi asosida begʻaraz berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
respublika mulki obyektlarini bir davlat tashkilotidan boshqa bir davlat tashkilotiga berish boʻyicha hujjatlarni tayyorlash tartibi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
respublika mulki obyektlarini bir davlat tashkilotidan boshqa bir davlat tashkilotiga berish boʻyicha qaror qabul qilish tartibi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
respublika mulki obyektlarini topshirish va qabul qilish hujjatlarini rasmiylashtirish tartibi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 10-martdagi 100-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.03.2023-y., 09/23/100/0134-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi respublika mulki obyektlarini bir davlat tashkilotidan boshqa bir davlat tashkilotiga berishda qabul qiluvchi tomonning mazkur obyektdan samarali foydalanishini taʼminlashni nazarda tutsin.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 10-martdagi 100-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.03.2023-y., 09/23/100/0134-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri J.A. Qoʻchqorov va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori A.J. Ortiqov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2021-yil 8-iyun,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
355-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 8-iyundagi 355-son qaroriga ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Respublika mulki obyektlarini bir davlat tashkilotidan boshqa bir davlat tashkilotiga operativ boshqaruv huquqi asosida begʻaraz berish tartibi toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM
(ilova nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 10-martdagi 100-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.03.2023-y., 09/23/100/0134-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Mazkur Nizom respublika mulki obyektlarini bir davlat tashkilotidan boshqa bir davlat tashkilotiga operativ boshqaruv huquqi asosida begʻaraz berish tartibini belgilaydi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 10-martdagi 100-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.03.2023-y., 09/23/100/0134-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
respublika mulki obyekt(lar)i — davlat tashkilotiga operativ boshqaruv huquqi bilan tegishli boʻlgan koʻchmas mulk obyektlari (mulkiy kompleks (korxona), binolar va inshootlar, qurilishi tugallanmagan obyektlar va ularning qismlari), avtomototransport vositalari hamda boshqa asosiy vositalar;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 10-martdagi 100-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.03.2023-y., 09/23/100/0134-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat tashkiloti — davlat organlari, davlat muassasalari va boshqa davlat tashkilotlari.
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Respublika mulki obyektlari bir davlat tashkilotidan boshqa bir davlat tashkilotiga ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq operativ boshqaruv huquqi asosida begʻaraz beriladi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 10-martdagi 100-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.03.2023-y., 09/23/100/0134-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Respublika koʻchmas mulk obyektlari va avtomototransport vositalari bir davlat tashkilotidan boshqa bir davlat tashkilotiga tegishli kadastr hujjatlari va avtomototransport vositasini davlat roʻyxatidan oʻtkazganlik toʻgʻrisida guvohnoma mavjud boʻlgan taqdirda (qurilishi tugallanmagan obyektlar bundan mustasno), operativ boshqaruv huquqi asosida bepul beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Boshqa asosiy vositalarni bir davlat tashkilotidan boshqa bir davlat tashkilotiga operativ boshqaruv huquqi asosida begʻaraz berishda topshiruvchi tashkilot rahbari tomonidan imzolangan asosiy vositalar roʻyxati taqdim etilgan taqdirda amalga oshiriladi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 10-martdagi 100-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.03.2023-y., 09/23/100/0134-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Qurilishi tugallanmagan obyektlar bir davlat tashkilotidan boshqa bir davlat tashkilotiga yer uchastkasi ajratish toʻgʻrisidagi qarordan nusxa va qurilish boʻyicha bajarilgan ishlar hajmi haqidagi tasdiqlangan maʼlumotnoma taqdim etilgan taqdirda, operativ boshqaruv huquqi asosida begʻaraz beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Respublika mulki obyektlari bir davlat tashkilotidan boshqa bir davlat tashkilotiga, agar qonunchilikda boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, ushbu davlat tashkiloti faoliyati toʻxtatilmasdan operativ boshqaruv huquqi asosida begʻaraz beriladi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 10-martdagi 100-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.03.2023-y., 09/23/100/0134-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Agar respublika koʻchmas mulk obyektlari va avtomototransport vositalari bir davlat tashkilotidan boshqa bir davlat tashkilotiga operativ boshqaruv huquqi asosida begʻaraz berilgan paytda ushbu obyekt savdoda turgan yoki sotilishi belgilangan yoxud tegishli ijara shartnomasi rasmiylashtirilgan, investorlar bilan tuzilgan memorandum yoki shartnoma kuchda boʻlgan boʻlsa, topshiruvchining barcha, shu jumladan ijara shartnomasi yoki investorlar bilan tuzilgan memorandum yoki shartnomasi boʻyicha, huquq va majburiyatlari qabul qiluvchi tomonga oʻtkaziladi.
(7-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 10-martdagi 100-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.03.2023-y., 09/23/100/0134-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda ijara shartnomasi tomonlari oʻrtasida boshqacha kelishuvga erishilmagan boʻlsa, ijara shartnomasi unda belgilangan muddatga qadar oʻz kuchini yoʻqotmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ijaraga olingan respublika koʻchmas mulk obyekt(lar)i avtomototransport vositalari hamda boshqa asosiy vositalari boʻyicha tomonlar oʻrtasida kelib chiqqan nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
(7-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 10-martdagi 100-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.03.2023-y., 09/23/100/0134-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Respublika mulki obyektlari bir davlat tashkilotidan boshqa bir davlat tashkilotiga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining, Vazirlar Mahkamasining topshiriqlari va davlat tashkilotlarining tashabbuslariga muvofiq Davlat aktivlarini boshqarish agentligining (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) tegishli qarori bilan operativ boshqaruv huquqi asosida begʻaraz beriladi, qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 10-martdagi 100-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.03.2023-y., 09/23/100/0134-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-bob. Respublika mulki obyektlarini bir davlat tashkilotidan boshqa bir davlat tashkilotiga operativ boshqaruv huquqi asosida begʻaraz berish boʻyicha hujjatlarni tayyorlash
(2-bob nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 10-martdagi 100-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.03.2023-y., 09/23/100/0134-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Tashabbuskor davlat tashkiloti oʻzining yuqori turuvchi tashkilotiga (agar mavjud boʻlsa) respublika mulki obyekt(lar)ini qabul qilish yoki topshirish yuzasidan murojaat qiladi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 10-martdagi 100-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.03.2023-y., 09/23/100/0134-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Tashabbuskorning yuqori turuvchi tashkiloti tegishli murojaat kelib tushgan kundan boshlab oʻn kun muddatda respublika mulki obyekt(lar)ini topshiruvchi va qabul qiluvchi yuqori turuvchi organi roziligi yoki rad etilganligi toʻgʻrisidagi taklifini taqdim etadi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 10-martdagi 100-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.03.2023-y., 09/23/100/0134-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Respublika mulki obyekt(lar)ini bir davlat tashkilotidan boshqa bir davlat tashkilotiga operativ boshqaruv huquqi asosida begʻaraz berish uchun Agentlikka quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
(11-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 10-martdagi 100-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.03.2023-y., 09/23/100/0134-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) respublika mulki obyektining bir davlat tashkilotidan boshqa bir davlat tashkilotiga operativ boshqaruv huquqi asosida begʻaraz berilishi toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va (yoki) Hukumatining tegishli topshirigʻi nusxasi (agar mavjud boʻlsa);
(11-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 10-martdagi 100-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.03.2023-y., 09/23/100/0134-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) manfaatdor davlat tashkilotining (topshiruvchi va qabul qiluvchi tashkilot yuqori turuvchi organlarining) respublika mulki obyektini bir davlat tashkilotidan boshqa bir davlat tashkilotiga operativ boshqaruv huquqi asosida begʻaraz berish toʻgʻrisidagi kelishilgan takliflari bayon etilgan murojaatlari (topshiruvchi hamda qabul qiluvchining yuqori turuvchi organlarining roziligi).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mazkur murojaatlarda respublika mulki obyektini qabul qiluvchi tomonning qabul qilingan obyekt(lar)dan foydalanish maqsadlari aniq koʻrsatilishi shart;
(11-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 10-martdagi 100-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.03.2023-y., 09/23/100/0134-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) respublika koʻchmas mulk obyekt(lar)ining kadastr hujjatlari nusxalari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) obyektlarning ushbu Nizomga 2-ilovada keltirilgan namunaga muvofiq pasporti (ppt formatda) va fotosuratlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
d) avtomototransport vositasini davlat roʻyxatidan oʻtkazganlik toʻgʻrisida guvohnomasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
e) boshqa asosiy vositalarni tasdiqlangan roʻyxati;
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 10-martdagi 100-sonli qaroriga asosan “d” va “e” kichik bandlar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.03.2023-y., 09/23/100/0134-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
j) respublika mulki obyekt(lar)ini bir davlat tashkilotidan boshqa bir davlat tashkilotiga operativ boshqaruv huquqi asosida begʻaraz berishda respublika mulki obyekt(lar)ini hamda avtomototransport vositalarini topshiruvchi tashkilot tomonidan obyekt(lar)ni saqlash xarajatlari (moliyalashtirish manbalari bilan) toʻgʻrisida maʼlumot.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-maydagi 282-sonli qaroriga asosan “j” kichik band bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Respublika mulki obyekti tegishli boʻlgan davlat tashkilotining yuqori turuvchi tashkiloti (agar mavjud boʻlsa) rahbari obyekt toʻgʻrisida taqdim etilgan maʼlumotlarning ishonchliligi va toʻgʻri taqdim etilishi uchun shaxsan javobgar hisoblanadi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 10-martdagi 100-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.03.2023-y., 09/23/100/0134-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-bob. Respublika mulki obyektlarini bir davlat tashkilotidan boshqa bir davlat tashkilotiga operativ boshqaruv huquqi asosida begʻaraz berish boʻyicha qaror qabul qilish
(3-bob nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 10-martdagi 100-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.03.2023-y., 09/23/100/0134-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Respublika mulki obyekti tegishli boʻlgan davlat tashkilotining yuqori turuvchi tashkiloti yoki qabul qiluvchi davlat tashkilotining yuqori turuvchi tashkiloti tomonidan operativ boshqaruv huquqi asosida begʻaraz berilishi belgilangan obyekt toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Agentlikka taqdim etiladi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 10-martdagi 100-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.03.2023-y., 09/23/100/0134-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Agentlik ushbu Nizomning 11-bandida qayd etilgan hujjatlar toʻliq taqdim etilgan kundan keyin uch kun ichida respublika mulki obyekt(lar)ini bir davlat tashkilotidan boshqa bir davlat tashkilotiga operativ boshqaruv huquqi asosida begʻaraz berish boʻyicha tegishli qaror qabul qilish maqsadida xulosa olish uchun taqdim etilgan hujjatlarni Oʻzbekiston Respublikasi davlat budjetidan qoʻshimcha mablagʻlar nazarda tutilgan hollarda Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligiga yuboradi.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-maydagi 282-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqib, maʼlumotlar olingan kundan boshlab bir hafta muddatda respublika mulki obyekt(lar)ini bir davlat tashkilotidan boshqa bir davlat tashkilotiga operativ boshqaruv huquqi asosida begʻaraz berishda obyekt(lar)ni saqlash xarajatlarining maqsadga muvofiqligi yoki muvofiq emasligi yuzasidan xulosa beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan xulosa belgilangan muddatda taqdim etilmasa, respublika mulki obyekt(lar)ini bir davlat tashkilotidan boshqa bir davlat tashkilotiga operativ boshqaruv huquqi asosida begʻaraz berishning maqsadga muvofiqligi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishilgan deb hisoblanadi.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-maydagi 282-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Agentlik Iqtisodiyot va moliya vazirligining xulosasini olgandan (kelishilgandan) keyin bir hafta muddatda tegishli qaror qabul qiladi va qaror nusxasini pochta aloqasi orqali manfaatdor davlat tashkilotlariga yuboradi.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-maydagi 282-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Agentlik respublika mulki obyektlarini bir davlat tashkilotidan boshqa bir davlat tashkilotiga operativ boshqaruv huquqi asosida begʻaraz berish toʻgʻrisida qaror qabul qilishda respublika mulki obyektlarining butligini va ulardan samarali foydalanilishini taʼminlash maqsadida respublika mulki obyektlarini topshiruvchi va qabul qiluvchi tashkilotlarga belgilangan tartibda qoʻshimcha koʻrsatmalar berishi mumkin.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 10-martdagi 100-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.03.2023-y., 09/23/100/0134-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Respublika mulki obyektini qabul qiluvchi tomon qaror nusxasini hamda obyektdan kelgusida foydalanish maqsadlaridan kelib chiqib, obyektni saqlash xarajatlari boʻyicha tegishli hisob-kitoblarni besh kun muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining tegishli hududiy boshqarmasiga taqdim etishi shart (agar budjetdan moliyalashtiriladigan tashkilot hisoblansa).
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-maydagi 282-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Respublika mulki obyektlarini topshirish-qabul qilish ishlari Agentlikning tegishli qarori qabul qilinganidan keyin oʻn kun muddat ichida amalga oshiriladi.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 10-martdagi 100-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.03.2023-y., 09/23/100/0134-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Qonunchilik hujjatlarida respublika mulki obyektlarini operativ boshqaruv huquqi asosida berishning aniq muddati nazarda tutilgan hollarda ushbu muddat obyektlarni berish toʻgʻrisida qabul qilingan qarorda koʻrsatib oʻtilishi mumkin.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 10-martdagi 100-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.03.2023-y., 09/23/100/0134-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
31-bob. Davlat muassasalari oʻz tarkibiga kiruvchi davlat tashkilotlarining respublika mulki boʻlgan koʻchmas mulk obyektlarini bir davlat tashkilotidan boshqa bir davlat tashkilotiga operativ boshqaruv huquqi asosida begʻaraz oʻtkazish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
201. Davlat muassasalari, shu jumladan, davlat organlari oʻz tarkibiga kiradigan davlat tashkilotlariga tegishli respublika koʻchmas mulk obyektini bir davlat tashkilotidan boshqa bir davlat tashkilotiga operativ boshqaruv huquqi asosida oʻtkazish toʻgʻrisida quyidagi hujjatlarni ilova qilgan holda Agentlikka murojaat qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) respublika koʻchmas mulk obyekt(lar)ining kadastr hujjatlari nusxalari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) obyektlarning ushbu Nizomga 2-ilovada keltirilgan namunaga muvofiq pasporti (ppt formatda) va fotosuratlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) respublika koʻchmas mulk obyektini bir davlat tashkilotidan boshqa bir davlat tashkilotiga operativ boshqaruv huquqi asosida oʻtkazish toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va (yoki) Hukumatining tegishli topshirigʻi nusxasi (agar mavjud boʻlsa).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mazkur murojaatda respublika koʻchmas mulkini qabul qiluvchi tomonning qabul qilingan obyekt(lar)dan foydalanish maqsadlari aniq koʻrsatilishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
202. Agentlik ushbu Nizomning 201-bandida qayd etilgan hujjatlar toʻliq taqdim etilgan kundan keyin bir hafta muddatda quyidagilarni koʻrib chiqqan holda respublika koʻchmas mulk obyekt(lar)ini bir davlat tashkilotidan boshqa bir davlat tashkilotiga operativ boshqaruv huquqi asosida oʻtkazish maqsadga muvofiqligi yoki muvofiq emasligi yuzasidan xulosa beradi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
obyektning davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xususiylashtirish va ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturlariga va boshqa dasturlarga kirganligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, Oliy Majlis palatalari, Hukumatning boshqacha tarzda tasarruf etish topshiriqlari mavjudligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
obyektga nisbatan taqiqning (cheklovning) mavjudligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
buziladigan koʻchmas mulk obyektlari mulkdorlariga kompensatsiya sifatida beriladigan obyektlar roʻyxatida ekanligi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
203. Ushbu Nizomning 202-bandining uchinchi — oltinchi xatboshilarda nazarda tutilgan holatlardan biri aniqlangan taqdirda, mazkur koʻchmas mulk obyekt(lar)ini bir davlat tashkilotidan boshqa bir davlat tashkilotiga operativ boshqaruv huquqi asosida oʻtkazish maqsadga muvofiq emasligi yuzasidan xulosa beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
204. Davlat muassasasi, shu jumladan, davlat organi Agentlikning ijobiy xulosasini olgandan (kelishilgandan) keyin bir hafta muddatda tegishli qaror qabul qiladi va qaror nusxasini pochta aloqasi orqali manfaatdor tashkilotlarga, shuningdek, Agentlikka yuboradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mazkur qarorda respublika koʻchmas mulk obyektlarining butligini va ulardan samarali foydalanilishini taʼminlash belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
205. Respublika koʻchmas mulk obyektini qabul qiluvchi tomon qaror nusxasini hamda obyektdan kelgusida foydalanish maqsadlaridan kelib chiqib, obyektni saqlash xarajatlari boʻyicha tegishli hisob-kitoblarni besh kun muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining tegishli hududiy boshqarmasiga taqdim etishi shart (agar budjetdan moliyalashtiriladigan tashkilot hisoblansa).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
206. Respublika koʻchmas mulk obyektlarini topshirish-qabul qilish ishlari davlat muassasasi, shu jumladan, davlat organining tegishli qarori qabul qilinganidan keyin oʻn kun muddat ichida amalga oshiriladi.
(31-bob Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-maydagi 282-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-bob. Respublika mulki obyektlarini topshirish va qabul qilish tartibi
(4-bob nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 10-martdagi 100-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.03.2023-y., 09/23/100/0134-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Respublika mulki obyekt(lar)ini operativ boshqaruv huquqi asosida begʻaraz berish toʻgʻrisida qaror qabul qilingandan keyin topshiruvchi va qabul qiluvchi tomonidan ushbu obyektlarni topshirish va qabul qilish uchun tegishli komissiya tarkibi tasdiqlanadi.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 10-martdagi 100-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.03.2023-y., 09/23/100/0134-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Topshiruvchi va qabul qiluvchi komissiya tomonidan imzolanadigan topshirish-qabul qilish dalolatnomasi uch nusxada tuziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Obyektni topshirish-qabul qilish dalolatnomasini topshiruvchi va qabul qiluvchi tomonlarning rahbarlari tasdiqlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Topshirish-qabul qilish komissiyasi tomonidan tasdiqlangan topshirish-qabul qilish dalolatnomasining bir nusxasi komissiya tasdiqlagandan keyin oʻn kun muddatda Agentlikka taqdim etiladi, qolgan nusxalari topshiruvchi hamda qabul qiluvchida qoladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Respublika mulki obyektlarini topshirish-qabul qilish uchun topshiruvchi va qabul qiluvchi tashkilotlar rahbarlari shaxsan masʼul hisoblanadi.
(22-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 10-martdagi 100-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.03.2023-y., 09/23/100/0134-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. Respublika mulki obyektlarini topshirish-qabul qilish komissiyasi raisi va aʼzolari oʻzlari rasmiylashtirgan topshirish-qabul qilish hujjatlarining toʻliqligi hamda qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiq tuzilgan boʻlishi uchun javobgar boʻladilar.
(23-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 10-martdagi 100-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.03.2023-y., 09/23/100/0134-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Obyektni topshirish-qabul qilish ishlari belgilangan muddatlarda amalga oshirilmagan taqdirda, tomonlar oʻzaro kelishgan holda asoslantirilgan sabablarni koʻrsatib, Agentlikni ogohlantirishlari shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24. Qabul qiluvchi davlat tashkiloti qabul qilib olingan respublika koʻchmas mulk obyekt(lar)i belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish hududiy inspeksiyasi tomonidan texnik koʻrikdan oʻtkaziladi.
(24-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-fevraldagi 100-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2024-y., 09/24/100/0152-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25. Agentlikning respublika mulki obyektlarini bir davlat tashkilotidan boshqa bir davlat tashkilotiga operativ boshqaruv huquqi bilan bepul berish boʻyicha qarori ushbu mulk obyektlariga boʻlgan huquqning davlat roʻyxatidan oʻtkazilishiga asos boʻladi, boshqa asosiy vositalar bundan mustasno.
(25-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 10-martdagi 100-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.03.2023-y., 09/23/100/0134-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26. Respublika koʻchmas mulk obyektlari operativ boshqaruv huquqi asosida boshqa davlat tashkilotiga oʻtgan taqdirda servitut saqlanib qoladi va servitut belgilash uchun asoslar bekor boʻlgan hollarda bekor qilinishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-bob. Yakunlovchi qoida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
27. Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Respublika mulki obyektlari bir davlat tashkilotidan boshqa bir davlat tashkilotiga operativ boshqaruv huquqi asosida begʻaraz berish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
SXEMASI
(1-ilova nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 10-martdagi 100-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.03.2023-y., 09/23/100/0134-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Bajarish muddatlari
1-bosqich
Davlat tashkiloti
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining, Vazirlar Mahkamasining topshiriqlari va davlat tashkilotlarining tashabbusi asosida tegishli hujjatlarni Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga taqdim etadi.
Takliflar topshiriqqa muvofiq va tashabbus koʻrsatish tartibida beriladi
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi
Respublika mulki obyektlarini operativ boshqaruv huquqi asosida begʻaraz berish boʻyicha taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqadi.
Hujjatlar olingan kundan boshlab uch kun muddatda
Agar taqdim etilgan hujjatlarda kamchiliklar mavjud boʻlsa, davlat tashkilotiga qaror qabul qilishni rad etish boʻyicha yozma xabar yuboradi.
2-bosqich
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi
Taqdim etilgan hujjatlarni tegishli xulosa olish uchun Moliya vazirligiga yuboradi.
Hujjatlar olingan kundan boshlab uch kun muddatda
Moliya vazirligi
Taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqib, Agentlikka tegishli xulosa taqdim etadi.
Hujjatlar olingan kundan boshlab bir hafta muddatda
3-bosqich
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi
Moliya vazirligining xulosasi asosida tegishli qaror qabul qiladi.
Xulosa taqdim etilgandan keyin bir hafta muddatda
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi
Qaror nusxasini manfaatdor davlat tashkilotiga yuboradi.
Qaror qabul qilingan kundan keyin bir kun muddatda
4-bosqich
Davlat tashkiloti
Topshirish va qabul qilish uchun tegishli komissiya tarkibini tasdiqlash va obyektni topshirish-qabul qilish ishlarini amalga oshiradi.
Qaror qabul qilingan kundan boshlab oʻn kun muddatda
(1-ilova matni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 10-martdagi 100-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.03.2023-y., 09/23/100/0134-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа