03.06.2021 yildagi 346-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 04.06.2021 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat ishtirokidagi xoʻjalik yurituvchi subyektlarni, shuningdek, ularning affillangan shaxslarini va xoʻjalik faoliyatini amalga oshirish vakolatlari berilgan davlat muassasalarini tashkil etishda (qayta tashkil etishda) monopoliyaga qarshi organning dastlabki roziligini olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Raqobat muhitini yanada rivojlantirish va iqtisodiyotdagi davlat ishtirokini qisqartirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2020-yil 6-iyuldagi PF-6019-son Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Davlat ishtirokidagi xoʻjalik yurituvchi subyektlarni, shuningdek, ularning affillangan shaxslarini va xoʻjalik faoliyatini amalga oshirish vakolatlari berilgan davlat muassasalarini tashkil etishda (qayta tashkil etishda) monopoliyaga qarshi organning dastlabki roziligini olish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Belgilab qoʻyilsinki, quyidagi hollarda Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasining dastlabki roziligi olinadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat ishtirokidagi xoʻjalik yurituvchi subyektlarni, shuningdek, ularning affillangan shaxslari yoki xoʻjalik faoliyatini amalga oshirish vakolatlari berilgan davlat muassasalarini tashkil etishda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat ishtirokidagi xoʻjalik yurituvchi subyektlarni, shuningdek, ularning affillangan shaxslari yoki xoʻjalik faoliyatini amalga oshirish vakolatlari berilgan davlat muassasalarini qayta tashkil etishda (qoʻshib yuborish, qoʻshib olish, boʻlish, ajratib chiqarish, oʻzgartirishda);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, davlat ishtirokidagi xoʻjalik yurituvchi subyektlar, shuningdek, ularning affillangan shaxslari tomonidan xoʻjalik yurituvchi subyektlarning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarni (ulushlarni) olishda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat ishtirokidagi xoʻjalik yurituvchi subyektlarning, shuningdek, ularning affillangan shaxslari yoki xoʻjalik faoliyatini amalga oshirish vakolatlari berilgan davlat muassasalarining faoliyat turi oʻzgarganda.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va hisobga qoʻyish tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2016-yil 28-oktabrdagi PQ-2646-son qarorini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 9-fevraldagi 66-son qaroriga 2-ilovaga muvofiq qoʻshimchalar kiritilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ushbu qarorning mohiyati va ahamiyati davlat ishtirokidagi xoʻjalik yurituvchi subyektlar hamda xoʻjalik faoliyatini amalga oshirish vakolatlari berilgan davlat muassasalari oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2021-yil 3-iyun,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
346-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 346-son qaroriga
1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat ishtirokidagi xoʻjalik yurituvchi subyektlarni, shuningdek, ularning affillangan shaxslarini va xoʻjalik faoliyatini amalga oshirish vakolatlari berilgan davlat muassasalarini tashkil etishda (qayta tashkil etishda) monopoliyaga qarshi organning dastlabki roziligini olish tartibi toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-bob. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Mazkur Nizom davlat ishtirokidagi xoʻjalik yurituvchi subyektlarni, shuningdek, ularning affillangan shaxslarini va xoʻjalik faoliyatini amalga oshirish vakolatlari berilgan davlat muassasalarini tashkil etishda (qayta tashkil etishda) monopoliyaga qarshi organning dastlabki roziligini olish tartibini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat ishtirokidagi xoʻjalik yurituvchi subyektlar — ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi mavjud boʻlgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar, davlat unitar korxonalari va xoʻjalik faoliyatini amalga oshirish vakolatlari berilgan davlat muassasalari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat ishtirokidagi xoʻjalik yurituvchi subyektlarning affillangan shaxslari — ustav fondining (ustav kapitalining) 20 foizi va undan ortigʻi bevosita yoxud bilvosita 20 foiz va undan ortiq miqdorda davlat ulushiga ega yuridik shaxsga tegishli boʻlgan yuridik shaxslar. Bilvosita tegishlilik har bir keyingi affillangan shaxsga boshqa yuridik shaxsning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) 20 foiz va undan ortiq aksiya (ulushlari) tegishli ekanligini anglatadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tovar bozorlarining tahlili — tashkil etilayotgan va (yoki) faoliyat yuritayotgan davlat ishtirokidagi xoʻjalik yurituvchi subyektlarning tegishli tovar, moliya va raqamli bozorga ehtimoliy taʼsirini belgilashni nazarda tutuvchi choralar majmuasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ariza beruvchi — davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, davlat ishtirokidagi xoʻjalik yurituvchi subyektlar, ularning affillangan shaxslari bilan birgalikda yoki xoʻjalik faoliyatini amalga oshirish vakolatlari berilgan davlat muassasalarini tashkil etish toʻgʻrisida qaror qabul qilgan davlat ishtirokidagi xoʻjalik yurituvchi subyektlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
dastlabki rozilik — Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda — monopoliyaga qarshi organ) tomonidan davlat ishtirokidagi xoʻjalik yurituvchi subyektlarni, shuningdek, ularning affillangan shaxslarini va xoʻjalik faoliyatini amalga oshirish vakolatlari berilgan davlat muassasalarini tashkil etishda (qayta tashkil etishda) ushbu Nizom talablari asosida beriladigan rozilik.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Mazkur Nizom talablari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qaroriga muvofiq yoki mudofaa qobiliyati va milliy xavfsizlik maqsadlari bilan bogʻliq boʻlgan davlat ishtirokidagi xoʻjalik yurituvchi subyektlarni tashkil etish (qayta tashkil etish) hollariga tatbiq etilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-bob. Dastlabki rozilik olish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Davlat ishtirokidagi xoʻjalik yurituvchi subyektlarni, shuningdek, ularning affillangan shaxslarini va xoʻjalik faoliyatini amalga oshirish vakolatlari berilgan davlat muassasalarini tashkil etishda (qayta tashkil etishda) monopoliyaga qarshi organning dastlabki roziligini olish ushbu Nizomga 1-ilovadagi sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat ishtirokidagi xoʻjalik yurituvchi subyektlarni, shuningdek, ularning affillangan shaxslarini va xoʻjalik faoliyatini amalga oshirish vakolatlari berilgan davlat muassasalarini tashkil etishga (qayta tashkil etishga) oldindan rozilik berish toʻgʻrisidagi ariza:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi tomonidan:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻz faoliyatini respublikaning barcha hududlarida yoki bir nechta hududida amalga oshiradigan xoʻjalik yurituvchi subyektni tashkil etish (qayta tashkil etish) holatlarida;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xoʻjalik yurituvchi subyektni tashkil etishda (qayta tashkil etishda), agar xoʻjalik yurituvchi subyektning muassislari boʻlgan davlat ishtirokidagi xoʻjalik yurituvchi subyektlar yoki uning affillangan shaxslari tovar yoki moliya bozorida ustun mavqeni egallab turgan xoʻjalik yurituvchi subyekt boʻlsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xoʻjalik yurituvchi subyektni tashkil etishda (qayta tashkil etishda), agar muassislari davlat yoki xoʻjalik boshqaruvi organlari boʻlsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) respublikaning tegishli hududi doirasida oʻz faoliyatini amalga oshiradigan muassisi mahalliy davlat hokimiyati organi boʻlgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarni tashkil etish (qayta tashkil etish) hollarida — Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasining hududiy organlari tomonidan koʻrib chiqiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Quyidagi hollarda monopoliyaga qarshi organning dastlabki roziligi olinadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat ishtirokidagi xoʻjalik yurituvchi subyektlarni, shuningdek, ularning affillangan shaxslari yoki xoʻjalik faoliyatini amalga oshirish vakolatlari berilgan davlat muassasalarini tashkil etishda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat ishtirokidagi xoʻjalik yurituvchi subyektlarni, shuningdek, ularning affillangan shaxslari yoki xoʻjalik faoliyatini amalga oshirish vakolatlari berilgan davlat muassasalarini qayta tashkil etishda (qoʻshib yuborish, qoʻshib olish, boʻlish, ajratib chiqarish, oʻzgartirishda);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, davlat ishtirokidagi xoʻjalik yurituvchi subyektlar, shuningdek, ularning affillangan shaxslari tomonidan xoʻjalik yurituvchi subyektlarning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarni (ulushlarni) olishda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat ishtirokidagi xoʻjalik yurituvchi subyektlarning, shuningdek, ularning affillangan shaxslari yoki xoʻjalik faoliyatini amalga oshirish vakolatlari berilgan davlat muassasalarining faoliyat turi oʻzgarganda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Ariza beruvchi monopoliyaga qarshi organga ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shaklda asoslangan hujjatlar bilan birga arizani taqdim etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Monopoliyaga qarshi organ ariza taqdim etilgan kundan eʼtiboran quyidagi tadbirlarni amalga oshiradi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tashkil etiladigan xoʻjalik yurituvchi subyektning faoliyat turi qonun hujjatlariga mos kelishini ikki kun ichida aniqlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tashkil etiladigan davlat ishtirokidagi xoʻjalik yurituvchi subyektning, uning affillangan shaxslarining yoki davlat muassasasining toifasini (kichik, oʻrta yoki yirik tadbirkorlik subyekti) uch kun ichida aniqlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat ishtirokidagi xoʻjalik yurituvchi subyekt, uning affillangan shaxslari yoki davlat muassasasi tashkil etiladigan tovar bozori va uning chegaralarini besh kun ichida aniqlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat ishtirokidagi xoʻjalik yurituvchi subyekt, uning affillangan shaxslari yoki davlat muassasasi tashkil etilishi rejalashtirilgan tovar bozorida davlatning tadbirkorlik faoliyatiga chegaralangan ishtiroki prinsiplariga rioya etilishini yigirma kun ichida aniqlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tegishli tovar bozorida davlat ishtirokidagi xoʻjalik yurituvchi subyektni tashkil etish uchun tovar bozorida toʻsiqlar (tegishli bozordagi faoliyatni tartibga soluvchi nizomlar, texnik reglamentlar va boshqa hujjatlar) mavjudligini besh kun ichida aniqlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tegishli tovar bozorida raqobat rivojlanganligini aniqlash maqsadida oʻn besh kun ichida quyidagi davlat organlariga soʻrovnomalar yuboradi, jumladan:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligiga roʻyxatdan oʻtgan bir turdagi ishlab chiqarish faoliyati bilan shugʻullanuvchi xoʻjalik yurituvchi subyektlar soni toʻgʻrisida soʻrovnoma;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasiga davlat ishtirokidagi xoʻjalik yurituvchi subyekti faoliyat yuritishi rejalashtirilayotgan tovar bozorida faoliyat koʻrsatayotgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar soni, ular tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar (xizmatlar) hajmlari boʻyicha soʻrovnoma;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasiga davlat ishtirokidagi xoʻjalik yurituvchi subyekti faoliyat yuritishi rejalashtirilayotgan tovar bozorida tovarlarning eksporti va importi bilan shugʻullanuvchi xoʻjalik yurituvchi subyektlarning roʻyxatini va hajmlari boʻyicha soʻrovnoma;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligiga davlat-xususiy sheriklik asosida loyihani amalga oshirish boʻyicha soʻrovnoma.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Arizani oʻrganish jarayonida toʻplangan maʼlumotlar boʻyicha tayyorlangan xulosa asosida davlat ishtirokidagi xoʻjalik yurituvchi subyektlarni, shuningdek, ularning affillangan shaxslarini va xoʻjalik faoliyatini amalga oshirish vakolatlari berilgan davlat muassasalarini tashkil etishga (qayta tashkil etishga) ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq shaklda monopoliyaga qarshi organning dastlabki rozilik berish yoki uni rad etish toʻgʻrisidagi qarori oʻn kun ichida qabul qilinadi va ariza beruvchiga yuboriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar davlat ishtirokidagi xoʻjalik yurituvchi subyektlar, shuningdek, ularning affillangan shaxslari Oʻzbekiston Respublikasi Hukumat qarori bilan tashkil etilayotgan (qayta tashkil etilayotgan) boʻlsa, unda monopoliyaga qarshi organning dastlabki roziligini olish toʻgʻrisidagi ariza tegishli qaror loyihasini kelishish (imzolash) uchun kiritilishidan oldin monopoliyaga qarshi organga taqdim etilishi zarur.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Agar monopoliyaga qarshi organ tomonidan tovar bozorida xususiy tadbirkorlik subyektlari mavjud emasligiga obyektiv sabablar aniqlanmagan taqdirda, davlat ishtirokidagi xoʻjalik yurituvchi subyektlar, shuningdek, ularning affillangan shaxslari faoliyatiga tegishli tovar bozorida ularning uch yil muddatga qolish sharti bilan ruxsat beriladi. Ushbu muddat tugagandan soʻng monopoliyaga qarshi organ mazkur xoʻjalik subyektini qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda xususiy sektorga realizatsiya qilish masalasini qoʻrib chiqadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Monopoliyaga qarshi organ davlat ishtirokidagi xoʻjalik yurituvchi subyektlar, shuningdek, ularning affillangan shaxslari tashkil etilishini quyidagi hollarda rad etadi, agar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bitta tovar bozorida beshta va undan ortiq xususiy tadbirkorlik subyektlari faoliyat yuritib kelayotgan boʻlsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ushbu xoʻjalik yurituvchi subyekt tegishli faoliyat turi (litsenziyalash, roʻyxatga olish, akkreditatsiyalash, ruxsatnoma berish) boʻyicha davlat tartibga solish funksiyalarini amalga oshiruvchi davlat tashkiloti tomonidan tashkil etilayotgan va ushbu faoliyat turi bilan shugʻullanishni rejalashtirayotgan boʻlsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yagona yetkazib beruvchi boʻlgan yoki bunday huquq berilgan yoxud ustun (monopol) mavqega ega davlat ishtirokidagi xoʻjalik yurituvchi subyektlarga faoliyati muassisi tovarlaridan (resurslaridan) yoki tarmoq infratuzilmasidan foydalanish bilan bogʻliq boʻlgan hamda xususiy tadbirkorlik subyektlari bilan raqobatlashadigan faoliyat bilan shugʻullanadigan oʻzlarining affillangan shaxslarini tashkil etish taqiqlanadi, ushbu affillangan shaxslarni raqobatchilari bilan teng shartlar asosida faoliyat yuritish sharoiti taʼminlangan holda boʻlib yuborish natijasida tashkil etish bundan mustasno.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Monopoliyaga qarshi organ xoʻjalik yurituvchi subyektlarni, shuningdek, ularning affillangan shaxslarini va xoʻjalik faoliyatini amalga oshirish vakolatlari berilgan davlat muassasalarini tashkil etish (qayta tashkil etish) toʻgʻrisida qaror qabul qilgan yuridik shaxsning harakatlari mazkur Nizomning 10-bandi talablariga muvofiq rad etish holatlarini keltirib chiqargan taqdirda ham, ushbu yuridik shaxsning xatti-harakatlari isteʼmolchilarga sezilarli darajada naf keltirishini isbotlab bersa, xoʻjalik yurituvchi subyektlarni tashkil etish (qayta tashkil etish) boʻyicha harakatlarni sodir etishga oldindan rozilik berish toʻgʻrisidagi arizani qanoatlantirishga haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Davlat ishtirokidagi xoʻjalik yurituvchi subyektlarni, shuningdek, ularning affillangan shaxslarini tashkil etishga dastlabki rozilik olish boʻyicha arizani koʻrib chiqish quyidagi hollarda tugatiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ariza beruvchi tomonidan arizani qaytarib olish toʻgʻrisida xabarnoma kelib tushsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ariza beruvchi tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlar toʻliq boʻlmasa, agar ushbu maʼlumotlarning mavjud emasligi arizani koʻrib chiqishga toʻsqinlik qilsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ariza beruvchi tomonidan arizani obyektiv koʻrib chiqishga taʼsir qiladigan ishonchsiz maʼlumotlar taqdim etilsa.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Ariza koʻrib chiqilishi tugatilgan taqdirda, monopoliyaga qarshi organ bu toʻgʻrisida qaror qabul qilgan kundan eʼtiboran uch kun muddatda ariza beruvchiga xabarnoma yuboradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Arizani koʻrib chiqish tugatilgandan soʻng ariza beruvchi dastlabki rozilik olish boʻyicha yangi ariza bilan monopoliyaga qarshi organga murojaat qilishga haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Davlat ishtirokidagi xoʻjalik yurituvchi subyektlarni, shuningdek, ularning affillangan shaxslarini tashkil etishga dastlabki rozilik olish toʻgʻrisidagi ariza monopoliyaga qarshi organ rahbarining buyrugʻi bilan tashkil etilgan maxsus komissiya tomonidan koʻrib chiqiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Maxsus komissiya yigʻilishiga, zaruratga koʻra, rozilik olish uchun monopoliyaga qarshi organga murojaat qilgan ariza beruvchining vakili, moliya tashkilotlari faoliyatini nazorat qilish va tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organlari vakillari va boshqa manfaatdor shaxslar jalb etilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Davlat ishtirokidagi xoʻjalik yurituvchi subyektlarni, shuningdek, ularning affillangan shaxslarini tashkil etish (qayta tashkil etish) ushbu harakatlarni amalga oshirishga dastlabki rozilik berish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan vaqtdan boshlab bir yil mobaynida amalga oshirilishi kerak. Agar koʻrsatilgan muddatda harakat amalga oshirilmagan taqdirda, qaror oʻz kuchini yoʻqotadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ davlat ishtirokidagi xoʻjalik yurituvchi subyektlarni, shuningdek, ularning affillangan shaxslarini roʻyxatga olishda (qayta roʻyxatga olishda) Roʻyxatdan oʻtkazuvchi organlar va vakolatli tashkilotlar tomonidan tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va hisobga qoʻyishning avtomatlashtirilgan tizimiga kiritiladigan (yuklanadigan) maʼlumotlar va hujjatlar roʻyxatidan monopoliyaga qarshi organning dastlabki roziligi berilganligi yoki rad etilganligi toʻgʻrisidagi qarorlar mavjudligini tekshiradi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Hukumatining tegishli hujjatlari bilan tashkil etilgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar bundan mustasno.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ monopoliyaga qarshi organning davlat ishtirokidagi xoʻjalik yurituvchi subyektlarni, shuningdek, ularning affillangan shaxslarini tashkil etishni (qayta tashkil etishni) rad etish toʻgʻrisidagi qarori mavjud boʻlgan taqdirda, roʻyxatdan oʻtkazishni rad etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Monopoliyaga qarshi organ affillangan shaxslarni aniqlashda Davlat aktivlarini boshqarish agentligining va Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining elektron axborot tizimi orqali maʼlumot almashuvini amalga oshiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Monopoliyaga qarshi organning dastlabki roziligisiz davlat ishtirokidagi xoʻjalik yurituvchi subyektlarni, shuningdek ularning affillangan shaxslarini roʻyxatga olish (qayta roʻyxatga olish) holati aniqlangan taqdirda, uni tashkil etishni (qayta tashkil etishni) tashabbuskoriga nisbatan raqobat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarining buzilishi boʻyicha belgilangan tartibda choralar koʻriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Monopoliyaga qarshi organ ishni mazmunan koʻrib chiqish natijalari boʻyicha quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ustun mavqening paydo boʻlishiga yoki kuchayishiga yoxud raqobatni cheklashga olib keladigan bitimni haqiqiy emas deb eʼtirof etish, davlat ishtirokidagi xoʻjalik yurituvchi subyektlarni, shuningdek ularning affillangan shaxslarni roʻyxatga olish holatini bekor qilish, qonunga zid ravishda tashkil etilgan davlat ishtirokidagi korxonani tugatish yoki faoliyat turini oʻzining oldingi faoliyat turiga oʻzgartirish boʻyicha sudga daʼvo ariza (ariza) kiritish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tashkil etilgan yoki qayta tashkil etish yoʻli bilan oʻzgartirilgan yuridik shaxsni saqlab qolish toʻgʻrisida.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-bob. Yakunlovchi qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi va ularning hududiy organlari hamda Davlat xizmatlari markazlari ushbu Nizom talablari bajarilishini doimiy nazorat qilib boradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat ishtirokidagi xoʻjalik yurituvchi subyektlarni, shuningdek, ularning affillangan shaxslarini va xoʻjalik faoliyatini amalga oshirish vakolatlari berilgan davlat muassasalarini tashkil etishda (qayta tashkil etishda) monopoliyaga qarshi organning dastlabki roziligini olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat ishtirokidagi xoʻjalik yurituvchi subyektlarni, shuningdek, ularning affillangan shaxslarini va xoʻjalik faoliyatini amalga oshirish vakolatlari berilgan davlat muassasalarini tashkil etishda (qayta tashkil etishda) monopoliyaga qarshi organning dastlabki roziligini olish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
SXEMASI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddati

1-bosqich

Arizachi

Monopoliyaga qarshi organga ariza taqdim etadi.

Oʻz ixtiyoriga koʻra

2-bosqich

Monopoliyaga qarshi organ

Tashkil etiladigan xoʻjalik yurituvchi subyektning faoliyat turi qonun hujjatlariga mos kelishini aniqlaydi.

Ikki kun ichida

3-bosqich

Monopoliyaga qarshi organ

Tashkil etiladigan davlat ishtirokidagi xoʻjalik yurituvchi subyektni, uning affillangan shaxslarini yoki davlat muassasasi (kichik, oʻrta yoki yirik tadbirkorlik subyekti) aniqlaydi.

Uch kun ichida

4-bosqich

Monopoliyaga qarshi organ

Davlat ishtirokidagi xoʻjalik yurituvchi subyekt, uning affillangan shaxslari yoki davlat muassasasi tashkil etiladigan tovar bozori va uning chegaralarini aniqlaydi.

Besh kun ichida

5-bosqich

Monopoliyaga qarshi organ

Davlat ishtirokidagi xoʻjalik yurituvchi subyekt, uning affillangan shaxslari yoki davlat muassasasi tashkil etilishi rejalashtirilgan tovar bozorida davlatning tadbirkorlik faoliyatiga chegaralangan ishtiroki prinsiplariga rioya etilishi yuzasidan tahlil oʻtkazadi.

Yigirma kun ichida

6-bosqich

Monopoliyaga qarshi organ

Tovar bozorida xoʻjalik yurituvchi subyektni tashkil etish uchun tovar bozorida toʻsiqlar (tartibga soluvchi nizomlar, texnik reglamentlar) mavjudligini aniqlaydi.

Besh kun ichida

7-bosqich

Monopoliyaga qarshi organ

Quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha soʻrovnomalarni yuboradi:

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligiga roʻyxatdan oʻtgan bir turdagi ishlab chiqarish faoliyati bilan shugʻullanuvchi xoʻjalik yurituvchi subyektlar soni toʻgʻrisida;

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasiga davlat ishtirokidagi xoʻjalik yurituvchi subyektining faoliyat yuritishi rejalashtirilayotgan tovar bozorida faoliyat koʻrsatayotgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar soni, ular tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar (xizmatlar) hajmlari boʻyicha;

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasiga davlat ishtirokidagi xoʻjalik yurituvchi subyektining faoliyat yuritishi rejalashtirilayotgan tovar bozorida tovarlarning eksporti va importi bilan shugʻullanuvchi xoʻjalik yurituvchi subyektlarning roʻyxati va hajmlari boʻyicha;

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligiga davlat-xususiy sheriklik asosida loyihani amalga oshirish boʻyicha.

Oʻn besh kun ichida

8-bosqich

Monopoliyaga qarshi organ

Arizani oʻrganish jarayonida toʻplangan maʼlumotlar asosida xulosa tayyorlanadi va ushbu xulosa maxsus komissiya tomonidan koʻrib chiqilib, davlat ishtirokidagi xoʻjalik yurituvchi subyektlarni, shuningdek, ularning affillangan shaxslarini va xoʻjalik faoliyatini amalga oshirish vakolatlari berilgan davlat muassasalarini tashkil etishga (qayta tashkil etishga) monopoliyaga qarshi organning dastlabki roziligini berish yoki uni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi va ariza beruvchiga yuboriladi.

Oʻn kun ichida

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat ishtirokidagi xoʻjalik yurituvchi subyektlarni, shuningdek, ularning affillangan shaxslarini va xoʻjalik faoliyatini amalga oshirish vakolatlari berilgan davlat muassasalarini tashkil etishda (qayta tashkil etishda) monopoliyaga qarshi organning dastlabki roziligini olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA

20__ y. __ _________dagi ____-son

‎‎
‎‎

‎‎Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasiga __________________________ ___________________________ dan
‎(ariza beruvchining toʻliq nomi)
‎‎

‎‎ARIZA

‎‎_________________________________________________________ tashkil etishga dastlabki rozilik
‎‎(xoʻjalik yurituvchi subyektning toʻliq nomi)
‎‎berishingizni soʻrayman. Asosiy faoliyat turi (turlari) _____________________________________
‎‎________________________________________________________________________ hisoblanadi.
‎‎(asosiy faoliyat turi (turlari) nomi va OKED)

‎‎Ushbu arizaga quyidagi jadvalga muvofiq maʼlumotlar ilova qilinadi.

‎‎Ilovada keltirilgan hujjatlar va maʼlumotlar toʻliqligi hamda ishonchliligini tasdiqlayman.

‎‎Ariza beruvchi rahbarining imzosi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat ishtirokidagi xoʻjalik yurituvchi subyektlarni, shuningdek, ularning affillangan shaxslarini va xoʻjalik faoliyatini amalga oshirish vakolatlari berilgan davlat muassasalarini tashkil etishda (qayta tashkil etishda) monopoliyaga qarshi organning dastlabki roziligini olish uchun taqdim etiladigan hujjatlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ROʻYXATI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

1.

Ariza beruvchi

F.I.O., manzili, telefon raqami hamda vakolatlarini tasdiqlovchi hujjat koʻrsatiladi.

2.

Xoʻjalik yurituvchi subyektining tashkil etilish maqsadi

Xoʻjalik yurituvchi subyektining tashkil etilishi asoslari sanab oʻtiladi. Ishlab chiqarilishi rejalashtirilgan tovarlar (ishlar, xizmatlar) xususiy sektor yoki davlat sektorlari tomonidan sotilmayotgan sabablari koʻrsatiladi.

3.

Tashkil etilayotgan xoʻjalik yurituvchi subyektning tashkiliy-huquqiy shakli va toifasi (kichik, oʻrta yoki yirik tadbirkorlik subyekti)

Tashkiliy-huquqiy shakli koʻrsatiladi.

Tashkil etilayotgan xoʻjalik yurituvchi subyektning (uning toifasini aniqlash maqsadida) oʻrtacha yillik ishchi kuchi va oʻrtacha yillik daromadi koʻrsatiladi.

4.

Tashkil etilayotgan xoʻjalik yurituvchi subyektning faoliyat turi

Tashkil etilayotgan xoʻjalik yurituvchi subyektning barcha faoliyat turi sanaladi (statistik kodlari bilan birga).

5.

Tashkil etilayotgan xoʻjalik yurituvchi subyektning taʼsischilari (ishtirokchilari) toʻgʻrisida maʼlumot

1) “Jismoniy shaxslarning F.I.O. yoki yuridik shaxsning toʻliq nomi (STIR koʻrsatilgan holda);

2) Tashkil etilayotgan xoʻjalik yurituvchi subyektning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalar (ulushlar) soni va ularning nominal qiymati;

3) Tashkil etilayotgan xoʻjalik yurituvchi subyektning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ovoz beruvchi umumiy aksiyalar (ulushlar)ning ulushdor (aksiyador)larining foizdagi aksiyalari (ulushlari).

4) Tashkil etilayotgan xoʻjalik yurituvchi subyektning huquq va vakolatlari.

6.

Tashkil etilayotgan xoʻjalik yurituvchi subyekt bilan birga bir shaxslar guruhiga kiruvchi shaxslar toʻgʻrisida maʼlumot

Tashkil etilayotgan xoʻjalik yurituvchi subyektning har bir taʼsischilarini (ishtirokchilarini) bevosita yoki bilvosita nazorat qiluvchi shaxslarning nomi, manzili va faoliyat turi koʻrsatilgan maʼlumotlar.

Tashkil etilayotgan xoʻjalik yurituvchi subyektning har bir taʼsischilarini (ishtirokchilarini) bevosita yoki bilvosita nazorat qiluvchi shaxslarning boshqa yuridik shaxslardagi, jumladan, xorijiy yuridik shaxslardagi ishtiroki toʻgʻrisidagi maʼlumot, ularning nomi, manzili va faoliyat turi.

7.

Tashkil etilayotgan xoʻjalik yurituvchi subyekt ishlab chiqaradigan tovar (ish, xizmat)ning salohiyatli isteʼmolchilari roʻyxati

Barcha salohiyatli isteʼmolchilar sanab koʻrsatiladi. Tashkil etilayotgan xoʻjalik yurituvchi subyektning har bir faoliyat turi boʻyicha umumiy bozor hajmidagi ulushi 25 foizdan oshgan xizmati isteʼmolchilari toʻgʻrisidagi maʼlumot alohida taqdim etiladi.

8.

Xoʻjalik yurituvchi subyektni Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlari doirasida davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etish imkoniyatlarini koʻrib chiqish

Davlat-xususiy sheriklik mexanizmini amalga oshirish orqali xoʻjalik yurituvchi subyektni tashkil etish imkoniyatlarini oʻrganish toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (eʼlonlar, soʻrov natijalari, jamoatchilik muhokamasi, Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligining xulosasi va boshqalar).

9.

Tashkil etilayotgan xoʻjalik yurituvchi subyekt faoliyat yuritishi rejalashtirilgan ayni bozordagi yoki oʻrnini bosuvchi bozordagi subyektlar toʻgʻrisida maʼlumot

Ushbu bozor geografiyasi chegaralari doirasida ayni yoki tovar oʻrnini bosuvchi tovar bozorida faoliyat koʻrsatayotgan raqobatchilar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim etadi.

10.

Tashkil etilayotgan xoʻjalik yurituvchi subyekt realizatsiya qilishni rejalashtirayotgan tovarlarning (ishlar, xizmatlarning) realizatsiya qilingan umumiy hajmi

Tashkil etilayotgan xoʻjalik yurituvchi subyekt tomonidan oʻz mahsulotining (tovar, ish, xizmat) realizatsiya qilinish hajmi, tovar, ish, xizmatlarining realizatsiyasi, eksporti va importi hajmlari boʻyicha maʼlumotlar taqdim etiladi.

Realizatsiya hajmlari natural va qiymat shaklda oxirgi kalendar yili uchun statistika va bojxona kodlari koʻrsatilgan holda koʻrsatiladi.

11.

Tashkil etilayotgan xoʻjalik yurituvchi subyektining rejalashtirilayotgan tovarlar eksporti va importining umumiy hajmi

12.

Arizani koʻrib chiqish uchun zarur boʻlgan qoʻshimcha materiallar

Tashkil etilayotgan xoʻjalik yurituvchi subyektning ustavi nusxasi.

Agar xoʻjalik yurituvchi subyekt qayta tashkil etish yoʻli bilan tashkil etilayotgan boʻlsa, uning amaldagi ustavi nusxasi va Biznes-reja.

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Izoh. Har bir savolga toʻliq javob berilishi lozim. Toʻliq javob taqdim etish imkoni boʻlmagan taqdirda, baholangan yoki prognozlashtirilgan maʼlumotlar taqdim etiladi va bu maʼlumotlar baholanganligi yoki prognozlashtirilganligi maʼlum qilinadi, shuningdek, maʼlumotlarning manbalari hamda baholash va prognozlardan foydalanish metodlari koʻrsatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat ishtirokidagi xoʻjalik yurituvchi subyektlarni, shuningdek, ularning affillangan shaxslarini va xoʻjalik faoliyatini amalga oshirish vakolatlari berilgan davlat muassasalarini tashkil etishda (qayta tashkil etishda) monopoliyaga qarshi organning dastlabki roziligini olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

‎‎Oʻzbekiston Respublikasi Davlat Gerbining rasmi‎

‎‎OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MONOPOLIYAGA QARSHI KURASHISH QOʻMITASINING ‎

QAROR

_________________________________ (harakatning nomi)ga monopoliyaga qarshi organning dastlabki roziligini berish toʻgʻrisida‎‎

20__ y. “__” _________dagi ____-son

‎‎____________________________________‎‎‎

(koʻrib chiqish sanasi)‎‎
‎‎

(koʻrib chiqish joyi)‎‎
‎‎‎

Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasining maxsus komissiyasi ____________
‎‎______________________________________________________________________________________

‎‎(komissiyaning nomi)

‎‎____________________________________________________________________________, tarkibida

(komissiya raisi va aʼzolarining F.I.O., lavozimi koʻrsatilgan holda)‎‎‎

‎‎_________________________________________________ da taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqib‎
‎‎(ariza kelib tushgan sana)
Monopoliyaga qarshi organning dastlabki roziligini olish boʻyicha _______________________________‎
‎‎______________________________________________________________________________________

‎‎(koʻrsatilgan harakatlarni amalga oshiruvchi yuridik shaxsning va harakatning nomi)‎

‎‎Davlat ishtirokidagi xoʻjalik yurituvchi subyektlarni, shuningdek, ularning affillangan shaxslarini va xoʻjalik faoliyatini amalga oshirish vakolatlari berilgan davlat muassasalarini tashkil etishda (qayta tashkil etishda) monopoliyaga qarshi organning dastlabki roziligini olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq

‎‎ANIQLADI:‎

‎‎______________________________________________________________________________________

(hujjatlarni koʻrib chiqishda aniqlangan ish holatlari yoziladi)‎‎‎

‎‎Yuqoridagilarga koʻra hamda Davlat ishtirokidagi xoʻjalik yurituvchi subyektlarni, shuningdek, ularning affillangan shaxslarini va xoʻjalik faoliyatini amalga oshirish vakolatlari berilgan davlat muassasalarini tashkil etishda (qayta tashkil etishda) monopoliyaga qarshi organning dastlabki roziligini olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga asoslanib Komissiya‎

‎‎QAROR QILDI:‎

‎‎___________________________________________________________________ rozilik berilsin.‎

‎‎(harakatning nomi)

‎‎Maxsus komissiya raisi __________

___‎‎__________________

(imzo)‎

‎‎(imzo shifri)‎

‎‎Komissiya aʼzolari:

__________

__‎‎___‎‎_________________ ‎

(imzo)‎ ‎

‎‎(imzo shifri)‎ ‎‎

Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 346-son qaroriga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va hisobga qoʻyish tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2016-yil 28-oktabrdagi PQ-2646-son qarorini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 9-fevraldagi 66-son qaroriga kiritilayotgan
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
QOʻSHIMCHALAR
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) 12-band quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“monopoliyaga qarshi organning dastlabki rozilik berilganligi toʻgʻrisidagi qarori — davlat ishtirokidagi xoʻjalik yurituvchi subyektlar, shuningdek ularning affillangan shaxslari uchun”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) quyidagi mazmundagi 411-band bilan toʻldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“411. Davlat ishtirokidagi xoʻjalik yurituvchi subyektlar, shuningdek ularning affillangan shaxslarini davlat roʻyxatidan oʻtkazishni, qayta roʻyxatdan oʻtkazishni rad etish uchun ushbu Nizomning 40-bandida koʻrsatilgan asoslarga qoʻshimcha ravishda monopoliyaga qarshi organning dastlabki rozilik berish rad etilganligi toʻgʻrisidagi qarori mavjudligi asos boʻladi”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) 5-ilova quyidagi mazmundagi 1-18-2-pozitsiya bilan toʻldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

1-18-2

Yuridik shaxsning ustav fondida davlat ulushining mavjudligi:

Bor

Yoʻq

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazishda roʻyxatdan oʻtkazuvchi organlar va vakolatli tashkilotlarning oʻzaro hamkorligi reglamentiga ilova quyidagi mazmundagi 131-pozitsiya bilan toʻldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

131.

Davlat ishtirokidagi xoʻjalik yurituvchi subyektlarni, shuningdek, ularning affillangan shaxslarini tashkil etishga (qayta tashkil etishga) dastlabki rozilik berilganligi va rad etilganligi toʻgʻrisidagi qarori.

Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi

qaror qabul qilingandan soʻng, lekin u ariza beruvchiga berilishidan kechiktirmasdan