03.06.2021 yildagi 346-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat ishtirokidagi korxonalarni va ularning affillangan shaxslarini tashkil etish (qayta tashkil etish), ularning faoliyat turini oʻzgartirish, shuningdek, ular tomonidan aksiyalar (ulushlar) olish uchun monopoliyaga qarshi organning oldindan roziligini olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
(qaror nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-dekabrdagi 663-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.12.2023-y., 09/23/663/0940-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Raqobat muhitini yanada rivojlantirish va iqtisodiyotdagi davlat ishtirokini qisqartirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2020-yil 6-iyuldagi PF-6019-son Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Davlat ishtirokidagi korxonalarni va ularning affillangan shaxslarini tashkil etish (qayta tashkil etish), ularning faoliyat turini oʻzgartirish, shuningdek, ular tomonidan aksiyalar (ulushlar) olish uchun monopoliyaga qarshi organning oldindan roziligini olish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-dekabrdagi 663-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.12.2023-y., 09/23/663/0940-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Belgilab qoʻyilsinki, quyidagi hollarda Oʻzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasining oldindan roziligi olinadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat ishtirokidagi korxonalarni va ularning affillangan shaxslarini tashkil etishda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat ishtirokidagi korxonalarni va ularning affillangan shaxslarini qayta tashkil etishda (qoʻshib yuborish, qoʻshib olishda);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, davlat ishtirokidagi korxonalar va ularning affillangan shaxslari tomonidan xoʻjalik yurituvchi subyektlarning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarni (ulushlarni) olishda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat ishtirokidagi korxonalar va ularning affillangan shaxslarining faoliyat turi oʻzgarganda.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-dekabrdagi 663-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.12.2023-y., 09/23/663/0940-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va hisobga qoʻyish tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2016-yil 28-oktabrdagi PQ-2646-son qarorini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 9-fevraldagi 66-son qaroriga 2-ilovaga muvofiq qoʻshimchalar kiritilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ushbu qarorning mohiyati va ahamiyati davlat ishtirokidagi xoʻjalik yurituvchi subyektlar hamda xoʻjalik faoliyatini amalga oshirish vakolatlari berilgan davlat muassasalari oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2021-yil 3-iyun,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
346-son
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 346-son qaroriga
1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat ishtirokidagi korxonalarni va ularning affillangan shaxslarini tashkil etish (qayta tashkil etish), ularning faoliyat turini oʻzgartirish, shuningdek, ular tomonidan aksiyalarni (ulushlarni) olish uchun monopoliyaga qarshi organning oldindan roziligini olish tartibi toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-bob. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Mazkur Nizom davlat ishtirokidagi korxonalarni va ularning affillangan shaxslarini tashkil etish (qayta tashkil etish), ularning faoliyat turini oʻzgartirish, shuningdek, ular tomonidan boshqa xoʻjalik yurituvchi subyektlarning aksiyalarini (ulushlarini) olish uchun monopoliyaga qarshi organning oldindan roziligini olish tartibini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat ishtirokidagi korxona — xoʻjalik faoliyatini amalga oshiradigan, ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) davlat ulushi miqdori 25 foizdan ortiq boʻlgan yuridik shaxs, shuningdek, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish huquqi berilgan davlat muassasasi;a
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 9-apreldagi 154-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.04.2026-y., 09/26/154/0331-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat ishtirokidagi korxonalarning affillangan shaxslari — ustav fondining (ustav kapitalining) 20 foizi va undan ortigʻi bevosita yoxud bilvosita davlat ishtirokidagi korxonalarga tegishli boʻlgan yuridik shaxslar. Bilvosita tegishlilik har bir keyingi affillangan shaxsga boshqa yuridik shaxsning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) 20 foiz va undan ortiq aksiya (ulushlari) tegishli ekanligini anglatadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tovar bozorlarining tahlili — tashkil etilayotgan va (yoki) faoliyat yuritayotgan davlat ishtirokidagi korxonalarning tegishli tovar, moliya va raqamli bozorga ehtimoliy taʼsirini belgilashni nazarda tutuvchi choralar majmuasi;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ariza beruvchi — respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, shu jumladan, ayrim faoliyat turlarini litsenziyalaydigan, ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni beradigan, maxsus elektron tizim orqali xabarnomalarni qabul qiluvchi, roʻyxatdan oʻtkazish yoki akkreditatsiya qilish vakolatlari berilgan davlat muassasalari, shuningdek, davlat maqsadli jamgʻarmalari (keyingi oʻrinlarda — respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar), davlat ishtirokidagi korxonalar va ularning affillangan shaxslari;
(2-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 9-apreldagi 154-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.04.2026-y., 09/26/154/0331-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
monopoliyaga qarshi organ — Oʻzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oldindan rozilik — monopoliyaga qarshi organ tomonidan davlat ishtirokidagi korxonalarni va ularning affillangan shaxslarini tashkil etishga (qayta tashkil etishga), ularning faoliyat turini oʻzgartirishga, shuningdek, ular tomonidan boshqa xoʻjalik yurituvchi subyektlarning aksiyalari (ulushlari)ni olishga tovar bozorlarining tahlili natijalariga koʻra raqobat muhitiga taʼsiridan kelib chiqib, ushbu Nizom talablari asosida beriladigan rozilik.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Ushbu Nizom talablari Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlarida nazarda tutilgan hollarda davlat ishtirokidagi korxonalarni va ularning affillangan shaxslarini tashkil etishga (qayta tashkil etishga), ularning faoliyat turini oʻzgartirishga, shuningdek, ular tomonidan boshqa xoʻjalik yurituvchi subyektlarning aksiyalarini (ulushlarini) olishga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Faoliyati boshqaruv vazifalarini, ijtimoiy-madaniy vazifalarni yoki boshqa notijorat tusdagi vazifalarni amalga oshirishga qaratilgan va raqobat muhitiga bevosita taʼsir koʻrsatmaydigan davlat muassasalariga tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish huquqi berilgan davlat muassasasi sifatida qaralmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-bob. Oldindan rozilik olish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Quyidagi hollarda monopoliyaga qarshi organning oldindan roziligi olinadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat ishtirokidagi korxonalarni va ularning affillangan shaxslarini tashkil etishda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat ishtirokidagi korxonalarni va ularning affillangan shaxslarini qayta tashkil etishda (qoʻshib yuborish, qoʻshib olishda);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar, davlat ishtirokidagi korxonalar tomonidan xoʻjalik yurituvchi subyektlarning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarni (ulushlarni) olishda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat ishtirokidagi korxonalar va ularning affillangan shaxslarining faoliyat turi oʻzgarganda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Monopoliyaga qarshi organning oldindan roziligi ushbu Nizomga 1-ilovadagi sxemaga muvofiq olinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Nizomning 4-bandida koʻrsatilgan hollarda tegishlicha respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar, davlat ishtirokidagi korxonalar yoki ularning affillangan shaxslari monopoliyaga qarshi organga oldindan rozilik olish uchun ariza bilan murojaat qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldindan rozilik berish toʻgʻrisidagi ariza:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) monopoliyaga qarshi organ tomonidan:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻz faoliyatini respublikaning bir nechta yoki barcha hududlarida amalga oshiradigan davlat ishtirokidagi korxona yoki uning affillangan shaxsini tashkil etish (qayta tashkil etish), uning faoliyat turini oʻzgartirish, xoʻjalik yurituvchi subyektlarning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarni (ulushlarni) respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar, davlat ishtirokidagi korxonalar tomonidan olish holatlarida;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat ishtirokidagi korxona va uning affillangan shaxsini tashkil etishda (qayta tashkil etishda), uning faoliyat turini oʻzgartirishda, xoʻjalik yurituvchi subyektning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarni (ulushlarni) olishda, agar uning muassislari boʻlgan davlat ishtirokidagi korxonalar yoki ularning affillangan shaxslari tovar yoki moliya bozorida ustun mavqeni egallab turgan boʻlsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat ishtirokidagi korxona va uning affillangan shaxsini tashkil etishda (qayta tashkil etishda), uning faoliyat turini oʻzgartirishda, xoʻjalik yurituvchi subyektning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarni (ulushlarni) olishda, agar uning muassislari respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar boʻlsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) respublikaning tegishli hududi doirasida oʻz faoliyatini amalga oshiradigan davlat ishtirokidagi korxona yoki uning affillangan shaxsini tashkil etishda (qayta tashkil etishda), uning faoliyat turini oʻzgartirishda, xoʻjalik yurituvchi subyektning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarni (ulushlarni) olishda uning muassisi mahalliy davlat hokimiyati organi yoki davlat ishtirokidagi korxona yoki uning affillangan shaxsi boʻlsa — monopoliyaga qarshi organning hududiy organlari tomonidan koʻrib chiqiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Ariza beruvchi monopoliyaga qarshi organga arizani ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shaklda asoslangan hujjatlar bilan birga taqdim etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Monopoliyaga qarshi organ ariza taqdim etilgan kundan eʼtiboran quyidagi tadbirlarni amalga oshiradi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) davlat ishtirokidagi korxona va uning affillangan shaxslarining faoliyat turi besh va undan ortiq xususiy tadbirkorlik subyekti tovar yoki moliya bozorida faoliyat yuritib kelayotgan, raqobat rivojlangan sohalarda tashkil etilishi (qayta tashkil etilishi) rejalashtirilayotganini besh kun ichida aniqlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) tashkil etiladigan (qayta tashkil etiladigan) davlat ishtirokidagi korxonaning tegishli faoliyat turi (litsenziyalash, roʻyxatga olish, akkreditatsiyalash, ruxsatnoma berish) boʻyicha respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan tashkil etilayotganini hamda tovar bozorida toʻsiqlar (tegishli bozordagi faoliyatni tartibga soluvchi nizomlar va hujjatlar) mavjudligini besh kun ichida aniqlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) tashkil etiladigan (qayta tashkil etiladigan) davlat ishtirokidagi korxonaning affillangan shaxslarining muassisi yagona yetkazib beruvchi yoki bunday huquq berilgan yoxud ustun (monopol) mavqega ega davlat ishtirokidagi korxona ekanligi va faoliyati muassisi tovarlaridan (resurslaridan) yoki tarmoq infratuzilmasidan foydalanish bilan bogʻliq ekanligini hamda xususiy tadbirkorlik subyektlari bilan raqobatlashadigan faoliyat bilan shugʻullanishini besh kun ichida aniqlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) qoʻshimcha faoliyat bilan shugʻullanishi rejalashtirilayotgan davlat ishtirokidagi korxonalarning faoliyat sohasida raqobat rivojlanganligi va ularning faoliyati asosiy faoliyatiga bogʻliq boʻlmaganini besh kun ichida aniqlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
d) davlat ishtirokidagi korxonalar tomonidan aksiyalar (ulushlar) olinadigan xoʻjalik yurituvchi subyektlarning faoliyat sohasida raqobat rivojlanganligini besh kun ichida aniqlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
e) tashkil etiladigan (qayta tashkil etiladigan), faoliyat turi oʻzgartiriladigan, shuningdek, aksiyalari (ulushlari) olinadigan davlat ishtirokidagi korxonalar hamda ularning affillangan shaxslari faoliyat yuritadigan tovar yoki moliya bozori va uning chegaralarini besh kun ichida aniqlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
j) tegishli tovar yoki moliya bozorida raqobat rivojlanganini aniqlash maqsadida oʻn besh kun ichida quyidagi davlat organlariga soʻrovnomalar yuboradi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga roʻyxatdan oʻtgan bir turdagi ishlab chiqarish faoliyati bilan shugʻullanuvchi xoʻjalik yurituvchi subyektlar soni toʻgʻrisida;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligiga davlat ishtirokidagi korxonani faoliyat yuritishi rejalashtirilayotgan tovar yoki moliya bozorida faoliyat koʻrsatayotgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar soni, ular tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar (xizmatlar) hajmlari boʻyicha;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasiga davlat ishtirokidagi korxona faoliyat yuritishi rejalashtirilayotgan tovar bozorida tovarlarning eksporti va importi bilan shugʻullanuvchi xoʻjalik yurituvchi subyektlarning roʻyxati va hajmlari boʻyicha;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligiga davlat-xususiy sheriklik asosida loyihani amalga oshirish boʻyicha.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Maʼlumotlar davlat organlarining elektron maʼlumotlar bazalaridan integratsiyalashgan holda ham olinishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Monopoliyaga qarshi organ davlat ishtirokidagi korxonalarni va ularning affillangan shaxslarini tashkil etish (qayta tashkil etish), ularning faoliyat turini oʻzgartirish, shuningdek, ular tomonidan aksiyalar (ulushlar) olish masalasi yuzasidan ariza kelib tushgan kundan eʼtiboran ikki oy muddatda qaror qabul qiladi va ariza beruvchiga yuboradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar davlat ishtirokidagi korxonalar va ularning affillangan shaxslari Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarori bilan tashkil etilayotgan (qayta tashkil etilayotgan), faoliyat turi oʻzgartirilayotgan, shuningdek, aksiyalari (ulushlari) olayotgan boʻlsa, unda monopoliyaga qarshi organning oldindan roziligini olish toʻgʻrisidagi ariza tegishli qaror loyihasini kelishish (imzolash) uchun kiritilishidan oldin monopoliyaga qarshi organga taqdim etishi zarur.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Agar monopoliyaga qarshi organ tomonidan tovar yoki moliya bozorida xususiy tadbirkorlik subyektlari mavjud emasligining obyektiv sabablari aniqlanmagan taqdirda, davlat ishtirokidagi korxonalarga va ularning affillangan shaxslariga uch yil muddatga qolish sharti bilan ruxsat beriladi. Ushbu muddat tugagandan soʻng monopoliyaga qarshi organ mazkur xoʻjalik subyektini qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda xususiy sektorga realizatsiya qilish masalasini koʻpi chiqadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Monopoliyaga qarshi organ davlat ishtirokidagi korxonalar va ularning affillangan shaxslarini tashkil etishni (qayta tashkil etishni), ularning faoliyat turini oʻzgartirishni, shuningdek, ular tomonidan aksiyalar (ulushlar) olishni quyidagi hollarda rad etadi, agar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) davlat ulushi miqdori ellik foizdan ortiq boʻlgan xoʻjalik jamiyati yoxud ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) davlat ulushi miqdori xoʻjalik jamiyatining boshqa har bir aksiyadori (ishtirokchisi) ulushiga nisbatan koʻp boʻlgan xoʻjalik jamiyatini tashkil etishda:
(10-band “a” kichik bandining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 9-apreldagi 154-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.04.2026-y., 09/26/154/0331-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tashkil etilayotgan xoʻjalik yurituvchi subyekt tomonidan asosiy faoliyat tabiiy monopoliyalar sohasida amalga oshirilishi rejalashtirilmayotgan boʻlsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tashkil etilayotgan xoʻjalik yurituvchi subyekt tomonidan aholi uchun zarur boʻlgan, xususiy sektor uchun norentabel boʻlgan tayanch xizmatlarni koʻrsatishi rejalashtirilmayotgan boʻlsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tashkil etilayotgan xoʻjalik yurituvchi subyekt tomonidan faoliyatni strategik manfaat, shuningdek, aholi xavfsizligini taʼminlash sohalarida amalga oshirish rejalashtirilmayotgan boʻlsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tashkil etilayotgan xoʻjalik yurituvchi subyektning faoliyati milliy iqtisodiyot uchun muhim ahamiyatga ega boʻlgan va “Davlat mulkini boshqarish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq xususiylashtirilmaydigan davlat mulkining mavjud boʻlishi bilan bogʻliq boʻlmasa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mazkur bandning “b” kichik bandi ikkinchi — toʻrtinchi xatboshilarida nazarda tutilgan hollarda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) ushbu bandning “a” kichik bandida nazarda tutilgan toifaga kirmaydigan davlat ishtirokidagi korxonalarni va ularning affillangan shaxslarini tashkil etishda (qayta tashkil etishda), ularning faoliyat turini oʻzgartirishda, shuningdek, ular tomonidan aksiyalar (ulushlar) olishda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
besh va undan ortiq xususiy tadbirkorlik subyekti tovar yoki moliya bozorida faoliyat yuritib kelayotgan, raqobat rivojlangan sohalarda davlat ishtirokidagi korxona va uning affillangan shaxslari tashkil etilayotgan boʻlsa;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ushbu xoʻjalik yurituvchi subyekt tegishli faoliyat turi (litsenziyalash, roʻyxatga olish, akkreditatsiyalash, ruxsatnoma berish) boʻyicha respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, shu jumladan, faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalaydigan, ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni beradigan, maxsus elektron tizim orqali xabarnomalarni qabul qiluvchi, roʻyxatdan oʻtkazish yoki akkreditatsiya qilish vakolatlari berilgan davlat muassasalari, shuningdek, davlat maqsadli jamgʻarmalari tomonidan tashkil etilayotgan va ushbu faoliyat turi bilan shugʻullanishni rejalashtirayotgan boʻlsa;
(10-band “b” kichik bandining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 9-apreldagi 154-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.04.2026-y., 09/26/154/0331-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
muassisi yagona yetkazib beruvchi boʻlgan yoki bunday huquq berilgan yoxud ustun (monopol) mavqega ega davlat ishtirokidagi korxona boʻlgan va faoliyati muassisi tovarlaridan (resurslaridan) yoki tarmoq infratuzilmasidan foydalanish bilan bogʻliq boʻlgan hamda xususiy tadbirkorlik subyektlari bilan raqobatlashadigan faoliyat bilan shugʻullanadigan affillangan shaxslarni tashkil etish rejalashtirayotgan boʻlsa, ushbu affillangan shaxslarni raqobatchilari bilan teng shartlar asosida faoliyat yuritish sharoiti taʼminlangan holda boʻlib yuborish natijasida tashkil etish bundan mustasno;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat ishtirokidagi korxonalarning raqobat rivojlangan sohalarda oʻz asosiy faoliyatiga bogʻliq boʻlmagan qoʻshimcha faoliyat bilan shugʻullanishi rejalashtirilayotgan boʻlsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat ishtirokidagi korxonalar tomonidan raqobat rivojlangan sohalarda xoʻjalik yurituvchi subyektlarning ustav fondida (ustav kapitalida) ishtirok etishi yoki undagi ulushni olishi rejalashtirilayotgan boʻlsa.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu bandning “b” kichik bandi beshinchi va oltinchi xatboshilarida koʻrsatilgan talablar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlarida hamda Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlarida nazarda tutilgan hollarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Monopoliyaga qarshi organ davlat ishtirokidagi korxonalarni va ularning affillangan shaxslarini tashkil etish (qayta tashkil etish), ularning faoliyat turini oʻzgartirish, shuningdek, ular tomonidan aksiyalar (ulushlar) olish boʻyicha harakatlar mazkur Nizomning 10-bandi “b” kichik bandi talablariga muvofiq rad etish holatlarini keltirib chiqarganda ham tovar yoki moliya bozorida raqobat muhitiga salbiy taʼsir koʻrsatmasligini isbotlovchi dalillar va (yoki) hujjatlar taqdim etilgan taqdirda, ushbu arizani qanoatlantirishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Monopoliyaga qarshi organ davlat ishtirokidagi korxonalarni va ularning affillangan shaxslarini tashkil etish (qayta tashkil etish), ularning faoliyat turini oʻzgartirish, shuningdek, ular tomonidan aksiyalar (ulushlar) olish uchun oldindan rozilik berish toʻgʻrisida qarorlar qabul qilish chogʻida raqobatni taʼminlashga qaratilgan talablarni belgilashi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Oldindan rozilik olish boʻyicha arizani koʻrib chiqish quyidagi hollarda tugatiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ariza beruvchi tomonidan arizani qaytarib olish toʻgʻrisida xabarnoma kelib tushsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ariza beruvchi tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlar toʻliq boʻlmasa, agar ushbu maʼlumotlarning mavjud emasligi arizani koʻrib chiqishga toʻsqinlik qilsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ariza beruvchi tomonidan arizani obyektiv koʻrib chiqishga taʼsir qiladigan ishonchsiz maʼlumotlar taqdim etilsa.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Arizaning koʻrib chiqilishi tugatilgan taqdirda, monopoliyaga qarshi organ bu toʻgʻrisida qaror qabul qilgan kundan eʼtiboran uch kun muddatda ariza beruvchiga xabarnoma yuboradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Arizani koʻrib chiqish tugatilgandan soʻng ariza beruvchi oldindan rozilik olish boʻyicha yangi ariza bilan monopoliyaga qarshi organga murojaat qilishga haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Oldindan rozilik olish toʻgʻrisidagi ariza monopoliyaga qarshi organ rahbarining buyrugʻi bilan tashkil etilgan maxsus komissiya tomonidan koʻrib chiqiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Maxsus komissiya yigʻilishiga zaruratga koʻra rozilik olish uchun monopoliyaga qarshi organga murojaat qilgan ariza beruvchining vakili, moliya tashkilotlari faoliyatini nazorat qilish va tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organlari vakillari va boshqa manfaatdor shaxslar jalb etilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Monopoliyaga qarshi organning oldindan rozilik berish toʻgʻrisidagi qarori, agar qaror bir yil ichida ijro etilmasa, oʻz kuchini yoʻqotadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Roʻyxatdan oʻtkazuvchi organlar davlat ishtirokidagi korxonalarni va ularning affillangan shaxslarini, shuningdek, taʼsis hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlarni hamda ular tomonidan aksiyalar olinishini roʻyxatdan oʻtkazish (qayta roʻyxatdan oʻtkazish) chogʻida monopoliyaga qarshi organning oldindan roziligi mavjudligini qonunchilikda belgilangan tartibda tekshirishi hamda quyidagi hollarda rad etishi shart, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarida, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlarida nazarda tutilgan hollarda tashkil etilgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar bundan mustasno:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
monopoliyaga qarshi organning oldindan rozilik berish toʻgʻrisidagi qarori ariza beruvchi tomonidan taqdim etilmagan taqdirda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
monopoliyaga qarshi organning davlat ishtirokidagi korxonalarni va ularning affillangan shaxslarini tashkil etishni (qayta tashkil etishni), ularning faoliyat turini oʻzgartirishni, shuningdek, aksiyalar (ulushlar) olishni rad etish toʻgʻrisidagi qarori mavjud boʻlgan taqdirda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Monopoliyaga qarshi organ affillangan shaxslarni aniqlashda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va Adliya vazirligining elektron axborot tizimi orqali maʼlumotlar bilan almashadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Ushbu Nizom talablariga zid ravishda monopoliyaga qarshi organning oldindan roziligisiz davlat ishtirokidagi korxonalarni va ularning affillangan shaxslarini roʻyxatga olish (qayta roʻyxatga olish), ularning faoliyat turini oʻzgartirish, shuningdek, ular tomonidan aksiyalar (ulushlar) olish holati aniqlangan taqdirda, ularni tashkil etishni (qayta tashkil etishni), ularning faoliyat turini oʻzgartirishni, shuningdek ular tomonidan aksiyalar (ulushlar) olish tashabbuskoriga nisbatan raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlarining buzilishi boʻyicha belgilangan tartibda choralar koʻriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Monopoliyaga qarshi organ ishni mazmunan koʻrib chiqish natijalari boʻyicha quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat ishtirokidagi korxonani tugatish yoki faoliyat turini oʻzining oldingi faoliyat turiga oʻzgartirish toʻgʻrisida koʻrsatma berish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
aksiyalarni (ulushlarni) olishga doir bitimni, davlat ishtirokidagi korxonalarni va ularning affillangan shaxslarini roʻyxatdan oʻtkazishni haqiqiy emas deb eʼtirof etish, qonunga zid ravishda tashkil etilgan davlat ishtirokidagi korxonani tugatish yoki faoliyat turini oʻzining oldingi faoliyat turiga oʻzgartirish boʻyicha sudga daʼvo arizasi (ariza) kiritish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
aksiyalarni (ulushlarni) olishga doir bitimni, davlat ishtirokidagi korxonalarni va ularning affillangan shaxslarini roʻyxatdan oʻtkazish boʻyicha qabul qilingan qarorni oʻz kuchida qoldirish toʻgʻrisida.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-bob. Yakunlovchi qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Oʻzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Adliya vazirligi va ularning hududiy organlari hamda Davlat xizmatlari markazlari ushbu Nizom talablari bajarilishini doimiy nazorat qilib boradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Davlat ishtirokidagi korxonalarni va ularning affillangan shaxslarini tashkil etish (qayta tashkil etish), ularning faoliyat turini oʻzgartirish, shuningdek, ular tomonidan aksiyalarni (ulushlarni) olish uchun monopoliyaga qarshi organning oldindan roziligini olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga

1-ILOVA

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat ishtirokidagi korxonalarni va ularning affillangan shaxslarini tashkil etishda (qayta tashkil etishda), ularning faoliyat turini oʻzgartirishda, shuningdek, ular tomonidan aksiyalar (ulushlar) olinishida monopoliyaga qarshi organning oldindan roziligini olish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
SXEMASI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddati

1-bosqich

Ariza beruvchi

Monopoliyaga qarshi organga ariza taqdim etadi.

Oʻz ixtiyoriga koʻra

2-bosqich

Monopoliyaga qarshi organ

Davlat ishtirokidagi korxona va uning affillangan shaxslarining faoliyat turi besh va undan ortiq xususiy tadbirkorlik subyekti tovar yoki moliya bozorida faoliyat yuritib kelayotgan, raqobat rivojlangan sohalarda tashkil etilishi (qayta tashkil etilishi) rejalashtirilayotganini aniqlaydi.

Besh kun ichida

3-bosqich

Monopoliyaga qarshi organ

Tashkil etiladigan (qayta tashkil etiladigan) davlat ishtirokidagi korxonaning tegishli faoliyat turi (litsenziyalash, roʻyxatga olish, akkreditatsiyalash, ruxsatnoma berish) boʻyicha respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan tashkil etilayotganini hamda tovar bozorida toʻsiqlar (tegishli bozordagi faoliyatni tartibga soluvchi nizomlar) hujjatlar mavjudligini besh kun ichida aniqlaydi.

Besh kun ichida

4-bosqich

Monopoliyaga qarshi organ

Tashkil etiladigan (qayta tashkil etiladigan) davlat ishtirokidagi korxonaning affillangan shaxslarining muassisi yagona yetkazib beruvchi yoki bunday huquq berilgan yoxud ustun (monopol) mavqega ega davlat ishtirokidagi korxona ekanligi va faoliyati muassisi tovarlaridan (resurslaridan) yoki tarmoq infratuzilmasidan foydalanish bilan bogʻliq ekanligini hamda xususiy tadbirkorlik subyektlari bilan raqobatlashadigan faoliyat bilan shugʻullanishini aniqlaydi.

Besh kun ichida

5-bosqich

Monopoliyaga qarshi organ

Qoʻshimcha faoliyat bilan shugʻullanishi rejalashtirilayotgan davlat ishtirokidagi korxonaning faoliyat sohasida raqobat rivojlangani va uning faoliyati asosiy faoliyatiga bogʻliq boʻlmaganini aniqlaydi.

Besh kun ichida

6-bosqich

Monopoliyaga qarshi organ

Davlat ishtirokidagi korxonalar tomonidan aksiyalar (ulushlar) olinadigan xoʻjalik yurituvchi subyektlarning faoliyat sohasida raqobat rivojlanganini aniqlaydi.

Besh kun ichida

7-bosqich

Monopoliyaga qarshi organ

Tashkil etiladigan (qayta tashkil etiladigan), faoliyat turi oʻzgartiriladigan, shuningdek, aksiyalari (ulushlari) olinadigan davlat ishtirokidagi korxona, uning affillangan shaxslari faoliyat yuritadigan tovar yoki moliya bozori va uning chegaralarini besh kun ichida aniqlaydi.

Besh kun ichida

8-bosqich

Monopoliyaga qarshi organ

Quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha soʻrovnomalarni yuboradi:

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga roʻyxatdan oʻtgan bir turdagi ishlab chiqarish faoliyati bilan shugʻullanuvchi xoʻjalik yurituvchi subyektlar soni toʻgʻrisida;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligiga davlat ishtirokidagi korxonaning faoliyat yuritishi rejalashtirilayotgan tovar yoki moliya bozorida faoliyat koʻrsatayotgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar soni, ular tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar (xizmatlar) hajmlari boʻyicha;

Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasiga davlat ishtirokidagi korxonaning faoliyat yuritishi rejalashtirilayotgan tovar bozorida tovarlarning eksporti va importi bilan shugʻullanuvchi xoʻjalik yurituvchi subyektlarning roʻyxati va hajmlari boʻyicha;

Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligiga davlat-xususiy sheriklik asosida loyihani amalga oshirish boʻyicha.

Oʻn besh kun ichida

9-bosqich

Monopoliyaga qarshi organ

Arizani oʻrganish jarayonida toʻplangan maʼlumotlar asosida xulosa tayyorlaydi va ushbu xulosa maxsus komissiya tomonidan koʻrib chiqilib, davlat ishtirokidagi korxonalarni va ularning affillangan shaxslarini tashkil etishga (qayta tashkil etishga), ularning faoliyat turini oʻzgartirishga, shuningdek, ular tomonidan aksiyalar (ulushlar) olishga monopoliyaga qarshi organning oldindan roziligini berish yoki rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi va ariza beruvchiga yuboradi.

Oʻn kun ichida

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Davlat ishtirokidagi korxonalarni va ularning affillangan shaxslarini tashkil etish (qayta tashkil etish), ularning faoliyat turini oʻzgartirish, shuningdek, ular tomonidan aksiyalarni (ulushlarni) olish uchun monopoliyaga qarshi organning oldindan roziligini olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga

2-ILOVA

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

20__ y. “__” _________dagi ____-son

Oʻzbekiston Respublikasi

Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasiga

___________________________

________________________ dan

(ariza beruvchining toʻliq nomi)

ARIZA

_____________________________________________________________

tashkil etishga (qayta tashkil etish), faoliyat turini oʻzgartirish, aksiyalar (ulushlar) olishga oldindan rozilik

(xoʻjalik yurituvchi subyektning toʻliq nomi)

berishingizni soʻrayman. Asosiy faoliyat turi (turlari) _____________________________________________

__________________________________________________________________________________ hisoblanadi.

(asosiy faoliyat turi (turlari) nomi va IFUT)

Ushbu arizaga quyidagi jadvalga muvofiq maʼlumotlar ilova qilinadi.

Ilovada keltirilgan hujjatlar va maʼlumotlar toʻliqligi hamda ishonchliligini tasdiqlayman.

Ariza beruvchi rahbarining imzosi

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat ishtirokidagi korxonalarni va ularning affillangan shaxslarini tashkil etishda (qayta tashkil etishda), ularning faoliyat turini oʻzgartirishda, shuningdek, ular tomonidan aksiyalar (ulushlar) olinishida monopoliyaga qarshi organning oldindan roziligini olish uchun taqdim etiladigan hujjatlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Ariza beruvchi

F.I.O., manzili, telefon raqami hamda vakolatlarini tasdiqlovchi hujjat koʻrsatiladi.

1.

Xoʻjalik yurituvchi subyektni tashkil etish (qayta tashkil etish), faoliyat turini oʻzgartirish, shuningdek, respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar, davlat ishtirokidagi korxonalar va ularning affillangan shaxslari tomonidan aksiyalar (ulushlar) olish maqsadi

Xoʻjalik yurituvchi subyektning tashkil etilishi (qayta tashkil etilishi), uning faoliyat turi oʻzgartirilishi, shuningdek, respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar, davlat ishtirokidagi korxonalar va ularning affillangan shaxslari tomonidan aksiyalarni (ulushlarni) olish asoslari sanab oʻtiladi. Ishlab chiqarilishi rejalashtirilgan tovarlar (ishlar, xizmatlar) xususiy sektor yoki davlat sektorlari tomonidan sotilmayotgan sabablari koʻrsatiladi.

2.

Tashkil etilayotgan (qayta tashkil etilayotgan), faoliyat turi oʻzgartirilayotgan, shuningdek, aksiyalari (ulushlari) olinayotgan xoʻjalik yurituvchi subyektning tashkiliy-huquqiy shakli va toifasi (kichik, oʻrta yoki yirik tadbirkorlik subyekti)

Tashkiliy-huquqiy shakli koʻrsatiladi.

Tashkil etilayotgan (qayta tashkil etilayotgan), faoliyat turi oʻzgartirilayotgan, shuningdek, respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar, davlat ishtirokidagi korxonalar va ularning affillangan shaxslari tomonidan aksiyalari (ulushlari) olinayotgan xoʻjalik yurituvchi subyektning (uning toifasini aniqlash maqsadida) oʻrtacha yillik ishchi kuchi va oʻrtacha yillik daromadi koʻrsatiladi.

3.

Tashkil etilayotgan (qayta tashkil etilayotgan), faoliyat turi oʻzgartirilayotgan, shuningdek aksiyalari (ulushlari) olinayotgan xoʻjalik yurituvchi subyektning faoliyat turi

Tashkil etilayotgan (qayta tashkil etilayotgan), faoliyat turi oʻzgartirilayotgan, shuningdek respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar, davlat ishtirokidagi korxonalar va ularning affillangan shaxslari tomonidan aksiyalari (ulushlari) olinayotgan xoʻjalik yurituvchi subyektning barcha faoliyat turi sanaladi (statistika kodlari bilan birga).

4.

Tashkil etilayotgan, (qayta tashkil etilayotgan), faoliyat turi oʻzgartirilayotgan, shuningdek, aksiyalari (ulushlari) olinayotgan xoʻjalik yurituvchi subyektning taʼsischilari (ishtirokchilari) toʻgʻrisida maʼlumot

1) Jismoniy shaxslarning F.I.O. yoki yuridik shaxsning toʻliq nomi (STIRi koʻrsatilgan holda).

2) Tashkil etilayotgan (qayta tashkil etilayotgan), faoliyat turi oʻzgartirilayotgan, shuningdek, respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar, davlat ishtirokidagi korxonalar va ularning affillangan shaxslari tomonidan aksiyalari (ulushlari) olinayotgan xoʻjalik yurituvchi subyektning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalar (ulushlar) soni va ularning nominal qiymati.

3) Tashkil etilayotgan xoʻjalik yurituvchi subyektning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ovoz beruvchi umumiy aksiyalar (ulushlar)ning ulushdor (aksiyador)larining foizdagi aksiyalari (ulushlari).

4) Tashkil etilayotgan xoʻjalik yurituvchi subyektning huquq va vakolatlari.

5.

Tashkil etilayotgan (qayta tashkil etilayotgan), faoliyat turi oʻzgartirilayotgan, shuningdek, aksiyalari (ulushlari) olinayotgan xoʻjalik yurituvchi subyekt bilan birga bitta shaxslar guruhiga kiruvchi shaxslar toʻgʻrisida maʼlumot

Tashkil etilayotgan (qayta tashkil etilayotgan), faoliyat turi oʻzgartirilayotgan, shuningdek respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar, davlat ishtirokidagi korxonalar va ularning affillangan shaxslari tomonidan aksiyalari (ulushlari) olinayotgan xoʻjalik yurituvchi subyektning har bir taʼsischilarini (ishtirokchilarini) bevosita yoki bilvosita nazorat qiluvchi shaxslarning nomi, manzili va faoliyat turi koʻrsatilgan maʼlumotlar.

Tashkil etilayotgan (qayta tashkil etilayotgan), faoliyat turi oʻzgartirilayotgan, shuningdek, respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar, davlat ishtirokidagi korxonalar va ularning affillangan shaxslari tomonidan aksiyalari (ulushlari) olinayotgan xoʻjalik yurituvchi subyektning har bir taʼsischilarini (ishtirokchilarini) bevosita yoki bilvosita nazorat qiluvchi shaxslarning boshqa yuridik shaxslardagi, jumladan, xorijiy yuridik shaxslardagi ishtiroki toʻgʻrisidagi maʼlumot, ularning nomi, manzili va faoliyat turi.

6.

Tashkil etilayotgan (qayta tashkil etilayotgan), faoliyat turi oʻzgartirilayotgan, shuningdek, aksiyalari (ulushlari) olinayotgan xoʻjalik yurituvchi subyekt ishlab chiqaradigan tovar (ish, xizmat)ning salohiyatli isteʼmolchilari roʻyxati

Barcha salohiyatli isteʼmolchilar sanab koʻrsatiladi. Tashkil etilayotgan (qayta tashkil etilayotgan), faoliyat turi oʻzgartirilayotgan, shuningdek respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar, davlat ishtirokidagi korxonalar va ularning affillangan shaxslari tomonidan aksiyalari (ulushlari) olinayotgan xoʻjalik yurituvchi subyektning har bir faoliyat turi boʻyicha umumiy bozor hajmidagi ulushi 25 foizdan oshgan xizmati isteʼmolchilari toʻgʻrisidagi maʼlumot alohida taqdim etiladi.

7.

Xoʻjalik yurituvchi subyektni Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunchilik hujjatlari doirasida davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etish imkoniyatlarini koʻrib chiqish

Davlat-xususiy sheriklik mexanizmini amalga oshirish orqali xoʻjalik yurituvchi subyektni tashkil etish imkoniyatlarini oʻrganish toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (eʼlonlar, soʻrov natijalari, jamoatchilik muhokamasi, Iqtisodiyot va moliya vazirligining xulosasi va boshqalar).

8.

Tashkil etilayotgan (qayta tashkil etilayotgan), faoliyat turi oʻzgartirilayotgan xoʻjalik yurituvchi subyekt faoliyat yuritishi rejalashtirilgan ayni bozordagi yoki oʻrnini bosuvchi bozordagi subyektlar toʻgʻrisida maʼlumot

Ushbu bozor geografiyasi chegaralari doirasida ayni yoki tovar oʻrnini bosuvchi tovar yoki moliya bozorida faoliyat koʻrsatayotgan raqobatchilar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar taqdim etiladi.

9.

Tashkil etilayotgan (qayta tashkil etilayotgan), faoliyat turi oʻzgartirilayotgan, shuningdek, aksiyalari (ulushlari) olinayotgan xoʻjalik yurituvchi subyekt realizatsiya qilishni rejalashtirayotgan tovarlarning (ishlar, xizmatlarning) realizatsiya qilingan umumiy hajmi

Tashkil etilayotgan (qayta tashkil etilayotgan), faoliyat turi oʻzgartirilayotgan, shuningdek, respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar, davlat ishtirokidagi korxonalar va ularning affillangan shaxslari tomonidan aksiyalari (ulushlari) olayotgan xoʻjalik yurituvchi subyekt tomonidan oʻz mahsulotining (tovar, ish, xizmat) realizatsiya qilinish hajmi, tovar, ish, xizmatlarining realizatsiyasi, eksporti va importi hajmlari boʻyicha maʼlumotlar taqdim etiladi.

Realizatsiya hajmlari natural va qiymat shaklida oxirgi kalendar yil uchun statistika va bojxona kodlari koʻrsatilgan holda taqdim etiladi.

10.

Tashkil etilayotgan (qayta tashkil etilayotgan), faoliyat turi oʻzgartirilayotgan, shuningdek, aksiyalari (ulushlari) olinayotgan xoʻjalik yurituvchi subyektning rejalashtirilayotgan tovarlar eksporti va importining umumiy hajmi

11.

Arizani koʻrib chiqish uchun zarur boʻlgan qoʻshimcha materiallar

Tashkil etilayotgan xoʻjalik yurituvchi subyektning ustavi nusxasi.

Agar xoʻjalik yurituvchi subyekt qayta tashkil etish yoʻli bilan tashkil etilayotgan boʻlsa, uning amaldagi ustavi nusxasi va biznes rejasi.

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat ishtirokidagi korxonalarni va ularning affillangan shaxslarini tashkil etish (qayta tashkil etish), ularning faoliyat turini oʻzgartirish, shuningdek, ular tomonidan aksiyalarni (ulushlarni) olish uchun monopoliyaga qarshi organning oldindan roziligini olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbining rasmi

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI RAQOBATNI RIVOJLANTIRISH

VA ISTEʼMOLCHILAR HUQUQLARINI HIMOYA QILISH QOʻMITASI

QAROR

_______________________________________

(harakatning nomi)ga monopoliyaga qarshi organning

oldindan roziligini berish toʻgʻrisida

20__ y. “___” _________ dagi ____-son

______________________________________

(koʻrib chiqish sanasi)

(koʻrib chiqish joyi)

Oʻzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasining maxsus komissiyasi

_____________________________________________________________________________________________

(komissiyaning nomi)

____________________________________________________________________________________, tarkibida

(komissiya raisi va aʼzolarining F.I.O., lavozimi koʻrsatilgan holda)

________________________________________________________da taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqib

__________________________(ariza kelib tushgan sana)

Monopoliyaga qarshi organning oldindan roziligini olish boʻyicha ____________________________________

______________________________________________________________________________________________

(koʻrsatilgan harakatlarni amalga oshiruvchi yuridik shaxsning va harakatning nomi)

Davlat ishtirokidagi korxonalarni va ularning affillangan shaxslarini tashkil etish (qayta tashkil etish), ularning faoliyat turini oʻzgartirish, shuningdek, ular tomonidan aksiyalar (ulushlar) olish uchun monopoliyaga qarshi organning oldindan roziligini olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq

ANIQLADI:

_______________________________________________________________________________________________

(hujjatlarni koʻrib chiqishda aniqlangan ish holatlari yoziladi)

Yuqoridagilarga koʻra hamda Davlat ishtirokidagi korxonalarni va ularning affillangan shaxslarini tashkil etish (qayta tashkil etish), ularning faoliyat turini oʻzgartirish, shuningdek, ular tomonidan aksiyalar (ulushlar) olish uchun monopoliyaga qarshi organning oldindan roziligini olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga asoslanib, Komissiya

QAROR QILDI:

______________________________________________________________________________ rozilik berilsin.

(harakatning nomi)

Maxsus komissiya raisi __________________________________________________________________________

_________________________________________________(imzo)__________ _________(F.I.O.)

Komissiya aʼzolari: _____________________________________________________________________________

_________________________________________________(imzo)__________ _________(F.I.O.)

(1-ilovaning matni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-dekabrdagi 663-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.12.2023-y., 09/23/663/0940-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 346-son qaroriga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va hisobga qoʻyish tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2016-yil 28-oktabrdagi PQ-2646-son qarorini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 9-fevraldagi 66-son qaroriga kiritilayotgan
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
QOʻSHIMCHALAR
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) 12-band quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“monopoliyaga qarshi organning dastlabki rozilik berilganligi toʻgʻrisidagi qarori — davlat ishtirokidagi xoʻjalik yurituvchi subyektlar, shuningdek ularning affillangan shaxslari uchun”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) quyidagi mazmundagi 411-band bilan toʻldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“411. Davlat ishtirokidagi xoʻjalik yurituvchi subyektlar, shuningdek ularning affillangan shaxslarini davlat roʻyxatidan oʻtkazishni, qayta roʻyxatdan oʻtkazishni rad etish uchun ushbu Nizomning 40-bandida koʻrsatilgan asoslarga qoʻshimcha ravishda monopoliyaga qarshi organning dastlabki rozilik berish rad etilganligi toʻgʻrisidagi qarori mavjudligi asos boʻladi”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) 5-ilova quyidagi mazmundagi 1-18-2-pozitsiya bilan toʻldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

1-18-2

Yuridik shaxsning ustav fondida davlat ulushining mavjudligi:

Bor

Yoʻq

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazishda roʻyxatdan oʻtkazuvchi organlar va vakolatli tashkilotlarning oʻzaro hamkorligi reglamentiga ilova quyidagi mazmundagi 131-pozitsiya bilan toʻldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

131.

Davlat ishtirokidagi xoʻjalik yurituvchi subyektlarni, shuningdek, ularning affillangan shaxslarini tashkil etishga (qayta tashkil etishga) dastlabki rozilik berilganligi va rad etilganligi toʻgʻrisidagi qarori.

Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi

qaror qabul qilingandan soʻng, lekin u ariza beruvchiga berilishidan kechiktirmasdan

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/346/0523-son; 18.12.2023-y., 09/23/663/0940-son; 09.04.2026-y., 09/26/154/0331-son)