Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.09.2024 26.05.2021 yildagi 324-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.09.2024
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2021-yilda hududiy va respublika tarmoqlararo sanoat yarmarkalarini tashkil etish va oʻtkazish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-maydagi 266-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan 2024-yil 1-sentabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2021-yil 22 — 24-aprel kunlari Navoiy shahrida kon-metallurgiya, kimyo sanoati, qurilish materiallari va elektr energetikasi sohalaridagi yirik tarmoq tashkilotlari, shuningdek, respublikaning barcha hududlaridan ushbu tarmoqlar uchun mahsulot ishlab chiqarishga ixtisoslashgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlar ishtirokida tarmoqlararo sanoat yarmarkasi muvaffaqiyatli oʻtkazildi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu yarmarkada qiymati 375,8 mlrd soʻmlik jami 996 ta sanoat kooperatsiyasi shartnomalari va 268 ta texnik jihatdan hamkorlik qilish memorandumlari imzolandi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shuningdek, joriy yilning 29-30-aprel kunlari Xorazm viloyatida “Hududlar va tarmoqlararo sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish” koʻrgazmasi oʻtkazilib, qiymati 70,3 mlrd soʻmlik 289 ta shartnomalar hamda 20 turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarishni oʻzlashtirishga qaratilgan 42 ta memorandumlar imzolanishi taʼminlandi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tarmoqlararo sanoat yarmarkalari doirasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari bilan respublikadagi yirik sanoat tashkilotlari oʻrtasida tarmoqlararo sanoat kooperatsiyasi aloqalarini yanada kengaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining 2021-yilda hududiy va respublika tarmoqlararo sanoat yarmarkalarini quyidagi ikki bosqichda oʻtkazish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
I bosqich — 2021-yilning may — oktyabr oylarida respublika hududlarida yirik sanoat tashkilotlarining ixtisoslashuvi asosida hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkalarini oʻtkazish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
II bosqich — 2021-yilning 22 — 28-noyabr kunlari 2022-yil uchun buyurtmalar portfelini shakllantirish boʻyicha respublika tarmoqlararo sanoat yarmarkasini oʻtkazish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Quyidagilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yarmarka oʻtkaziladigan hududlarning kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari hamda ixtisoslashuvi asosida yirik sanoat tashkilotlari, boshqa hududlardan taklif etiladigan iqtisodiyot tarmoqlari tashkilotlari, shuningdek, yirik sanoat tashkilotlari uchun import oʻrnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarish istagini bildirgan respublikadagi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkasida ishtirok etishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mahsulot xarid qilish boʻyicha shartnomalarni shakllantirish bilan birga yirik sanoat tashkilotlari tomonidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari bilan yarmarka doirasida texnik jihatdan hamkorlik qilish memorandumini tuzishi, mahsulotni oʻzlashtirish boʻyicha “yoʻl xaritasi”ni qabul qilishi, hamkorlariga texnik shartlarni berishi, texnik hujjatlar va chizmalarni birgalikda ishlab chiqishi, shuningdek, mahsulot namunalarini ishlab chiqarishi, ularni sinovdan oʻtkazishi, mahsulotlar ishlab chiqarishni boshlashi va ularni sotib olish boʻyicha bitimlar tuzishi yuzasidan aniq chora-tadbirlar va ularni bajarish muddatlari belgilab olinishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
hududiy va respublika tarmoqlararo sanoat yarmarkalarini oʻtkazish xarajatlari ushbu yarmarkalarni tashkil etuvchi hamda ularda ishtirok etuvchi tomonlarning oʻz mablagʻlari hisobidan mustaqil ravishda amalga oshirilishi inobatga olinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Quyidagilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2021-yilda hududiy va respublika tarmoqlararo sanoat yarmarkalarini oʻtkazish reja-jadvali 1-ilovaga Muvofiq;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2021-yilda respublika tarmoqlararo sanoat yarmarkasini tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha ishchi guruh tarkibi 2-ilovaga muvofiq;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2021-yilda hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkalarini tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha ishchi guruhning namunaviy tarkibi 3-ilovaga muvofiq;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2021-yilda hududiy va respublika tarmoqlararo sanoat yarmarkalarini tashkil etish va oʻtkazish chora-tadbirlari 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirlik va idoralar, xoʻjalik birlashmalari rahbarlariga hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkalariga sifatli tayyorgarlik koʻrish va ularning oʻz muddatida oʻtkazilishi yuzasidan shaxsiy masʼuliyat yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, vazirliklar va idoralar, xoʻjalik birlashmalari hududiy va respublika tarmoqlararo sanoat yarmarkalarini tashkil etish va oʻtkazishda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mahalliy ishlab chiqaruvchilar oʻrtasida uzoq muddatli barqaror kooperatsiya aloqalari oʻrnatilishi, mahalliy xomashyo va sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish ishtirokchilari va loyihalari sonini kengaytirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarini sanoat kooperatsiyasiga keng jalb etishga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkalarida 2021-2022-yillarda mahsulot xarid qilish boʻyicha shartnomalar tuzilishi, shuningdek, ilgari import qilingan mahsulotlarni oʻzlashtirishda texnik hamkorlik qilish memorandumlari shakllantirilishi, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari tomonidan butlovchi qismlar va mahsulotlar ishlab chiqarish boʻyicha shartnomalar tuzilishiga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yangi turdagi mahsulotlar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish loyihalarini joylashtirish masalalarida, shu jumladan, kichik sanoat zonalari va erkin iqtisodiy zonalar hududida (ishlab chiqarish yoʻnalishi boʻyicha) yer maydonlari ajratilishiga koʻmaklashsinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining, viloyatlar hamda Toshkent shahar hokimlarining ishlab chiqarishni mahalliylashtirish va sanoatda kooperatsiya aloqalarini kengaytirish masalalari boʻyicha yordamchilari hududiy sanoat yarmarkalari ixtisoslashuviga muvofiq tarmoqlardagi yirik sanoat tashkilotlari bilan birgalikda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
hududiy yirik sanoat tashkilotlari tomonidan foydalaniladigan xomashyolar, ehtiyot qismlar, butlovchi buyumlar, asbob-uskuna va tayyor mahsulotlar roʻyxati toʻgʻrisida elektron maʼlumotlar, birinchi navbatda, ishlab chiqarish istagini bildirgan salohiyatli kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkalari oʻtkazilishidan kamida bir hafta oldin yetkazilishi taʼminlansin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkalari doirasida texnik hamkorlik qilish memorandumlarini, shu jumladan, mahalliylashtiriladigan mahsulotlar boʻyicha muhandislik-texnik hujjatlarni ishlab chiqishda koʻmaklashish, shuningdek, maqsadli sifat koʻrsatkichlariga erishish yuzasidan amaliy choralar koʻrsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi ustav kapitalida davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan yuridik shaxslar hamda ular muassisligidagi 50 foiz va undan ortiq ulushga ega boʻlgan boshqa tashkilotlar (keyingi oʻrinlarda — davlat ulushi boʻlgan korxonalar) bilan birgalikda Elektron kooperatsiya portalida joriy etilgan tizim orqali:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mahalliy ishlab chiqaruvchi tashkilotlar tomonidan oʻzlashtiriladigan mahsulotlar texnik hamkorlik qilish memorandumlarida keltirilgan sifat va narx koʻrsatkichlari asosida tegishli shartnomalar tuzilishiga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkalari doirasida tuzilgan texnik hamkorlik qilish memorandumlari asosida import qilinayotgan mahsulotlarni mahalliy ishlab chiqaruvchi tashkilotlar tomonidan ishlab chiqarilishini oʻzlashtirish iqtisodiy samaradorligidan kelib chiqib, ikki yil va undan ortiq muddatga shartnomalar tuzilishiga koʻmaklashsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 305-moddasiga asosan ushbu kodeks 294-moddasi birinchi qismining birinchi bandida koʻrsatilgan yuridik shaxslarning soliq bazasini aniqlashda ushbu shaxslarning jami daromadidan daromad olish bilan bogʻliq barcha asoslangan xarajatlari chegirib tashlanishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mahalliy ishlab chiqaruvchi tashkilotlar oʻrtasida oʻtkazilgan tarmoqlararo sanoat yarmarkalarida imzolangan texnik hamkorlik toʻgʻrisidagi memorandumlarga muvofiq sinov uchun taqdim etiladigan mahsulotlarning tajriba namunalari (toʻplami), agar ular qayta koʻrib chiqish (qayta ishlash) uchun qaytarilsa, unda qayta koʻrib chiqish xarajatlari foyda soligʻini hisoblashda asoslangan xarajatlar sifatida inobatga olinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Innovatsion rivojlanish vazirligi Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi bilan birgalikda respublika tarmoqlararo sanoat yarmarkasida ilmiy-tadqiqot muassasalarining yangi texnologiyalari va ishlab chiqarish loyiha takliflari, shuningdek, talab yuqori boʻlgan mahsulotlar boʻyicha kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish toʻgʻrisidagi taqdimotlari bilan ishtirok etishlarini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligiga Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda hududiy va respublika tarmoqlararo sanoat yarmarkalarini ommaviy axborot vositalarida keng yoritish tavsiya etilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Ichki ishlar vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralarni jalb etgan holda, hududiy va respublika tarmoqlararo sanoat yarmarkalari oʻtkaziladigan joylarda jamoat tartibi, yongʻin xavfsizligi hamda karantin qoidalariga qatʼiy rioya etilishini taʼminlash choralarini koʻrsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari boʻyicha oʻrinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.U. Umurzakov zimmasiga hamda Vazirlar Mahkamasining Sanoat va uning bazaviy tarmoqlarini hamda kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish masalalari departamentiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2021-yil 26-may,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
324-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 26-maydagi 324-son qaroriga
1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2021-yilda hududiy va respublika tarmoqlararo sanoat yarmarkalarini oʻtkazish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
REJA-JADVALI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

T/r

Hudud nomi

Sanoat yarmarkasining ixtisoslashuvi

Oʻtkazish muddati

I. Hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkasi

1.

Buxoro viloyati

Qurilish materiallari, toʻqimachilik, neft va gaz sanoati, sayyohlik sanoati uchun mahsulotlar ishlab chiqarish hamda qorakoʻlchilik sohasi

May

2.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi

Tabiiy va mineral resurslarni chuqur qayta ishlash, neft-kimyo sanoati

Iyun

3.

Andijon viloyati

Avtomobilsozlik va toʻqimachilik, farmatsevtika va elektrotexnika sanoati

Iyun

4.

Jizzax viloyati

Farmatsevtika, avtomobilsozlik, elektrotexnika va oziq-ovqat sanoati

Iyul

5.

Fargʻona viloyati

Turizm sohasi uchun toʻqimachilik va ipakni qayta ishlash, charm-poyabzal, mebelsozlik, neft va gaz sanoati mahsulotlarini ishlab chiqarish

Iyul

6.

Sirdaryo viloyati

Energetika, elektrotexnika, qurilish materiallari, metall prokati va metall buyumlari ishlab chiqarish

Avgust

7.

Toshkent viloyati

Qishloq xoʻjaligi texnikasi, qora metallurgiya, elektrotexnika, qurilish materiallari ishlab chiqarish

Avgust

8.

Qashqadaryo viloyati

Neft va gaz sanoati, elektr energetikasi, kimyo sanoati, charm-poyabzal sanoati

Sentyabr

9.

Surxondaryo viloyati

Qishloq xoʻjaligi va meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash, dorivor oʻsimliklarni qayta ishlash, transport va logistika sohalari

Sentyabr

10.

Namangan viloyati

Toʻqimachilik, charm-poyabzal, oziq-ovqat va mebelsozlik sanoati

Oktyabr

11.

Samarqand viloyati

Turizm, gastronomik turizm, oziq-ovqat sanoati, mebelsozlik va elektrotexnika sanoati hamda gilam mahsulotlarini ishlab chiqarish

Oktyabr

II. Respublika tarmoqlararo sanoat yarmarkasi

12.

Toshkent shahri

2022-yil uchun buyurtmalar portfelini shakllantirish

Noyabr

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Izoh. Ishchi guruhiga hududiy sanoat yarmarkalarining iqtisodiy ixtisoslashuviga oʻzgartirish kiritish va yarmarkani oʻtkazish oyining aniq sanalarini belgilash huquqi beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 26-maydagi 324-son qaroriga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2021-yilda respublika tarmoqlararo sanoat yarmarkasini tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha ishchi guruh
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
TARKIBI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

1.

S.Oʻ. Umurzakov

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari boʻyicha oʻrinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo vaziri, Ishchi guruhi rahbari

2.

A.R. Jumanazarov

Vazirlar Mahkamasining Sanoat va uning bazaviy tarmoqlarini hamda kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish masalalari departamenti boshligʻi oʻrinbosari, Ishchi guruhi rahbari oʻrinbosari

3.

D.N. Sattarov

“Oʻzstandart” agentligi bosh direktori

4.

B.K. Abdinazarov

iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri oʻrinbosari

5.

B.A. Rahimov

investitsiyalar va tashqi savdo vaziri oʻrinbosari

6.

A.Y. Xaydarov

moliya vaziri oʻrinbosari

7.

J.T. Maxsudov

axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri oʻrinbosari

8.

D.S. Kasimov

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil

9.

A.I. Ikramov

Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi

10.

S.Z. Mirzayev

Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti

11.

S.O. Usmonov

Vazirlar Mahkamasining Sanoat va uning bazaviy tarmoqlarini hamda kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish masalalari departamenti bosh mutaxassisi

12.

F. Xoʻjamqulov

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Elektron kooperatsiya markazi direktori, Ishchi guruhi kotibi

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Izoh. Ishchi guruhi aʼzolari boshqa ishga oʻtganda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangi tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklatilgan shaxslar kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 26-maydagi 324-son qaroriga
3-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2021-yilda hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkalarini tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha ishchi guruhning
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NAMUNAVIY TARKIBI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

1.

Lavozimiga koʻra

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, Ishchi guruhi rahbari

2.

Lavozimiga koʻra

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining ishlab chiqarishni mahalliylashtirish va sanoatda kooperatsiya aloqalarini kengaytirish masalalari boʻyicha yordamchilari, Ishchi guruhi rahbari oʻrinbosari

3.

Lavozimiga koʻra

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari

4.

Lavozimiga koʻra

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining oʻrinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi boshligʻi

5.

Lavozimiga koʻra

Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasining hududiy boshqarmasi boshligʻi

6.

Lavozimiga koʻra

“Oʻzstandart” agentligining hududiy filiali boshligʻi

7.

Kelishuv asosida

hududlardagi yirik sanoat tashkilotlari rahbarlari

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Izoh. Ishchi guruhi aʼzolari boshqa ishga oʻtganda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangi tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklatilgan shaxslar kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 26-maydagi 324-son qaroriga
4-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2021-yilda hududiy va respublika tarmoqlararo sanoat yarmarkalarini tashkil etish va oʻtkazish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ChORA-TADBIRLARI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

T/r

Amalga oshiriladigan chora-tadbirlar

Masʼullar

Ijro muddatlari

Hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkalari

1.

Hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkalarida (keyingi oʻrinlarda — sanoat yarmarkalari) qatnashish uchun ichki va tashqi bozorlarda talab yuqori boʻlgan mahsulotlarni ishlab chiqaruvchi tashkilotlar, shu jumladan, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarini xabardor qilish va jalb etish.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi,

viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Rahimov),

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (Abdinazarov),

Milliy te�eradiokompaniya (Xodjayev),

Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi (Xodjayev),

vazirlik va idoralar,

xoʻjalik birlashmalari

Yarmarkani oʻtkazish reja-jadvalida koʻrsatilgan muddatdan bir oy oldin

2.

Sanoat yarmarkasi ishtirokchilari roʻyxatini hamda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari tomonidan namoyish etiladigan yangi turdagi mahsulotlarni, shuningdek, yirik sanoat tashkilotlari tomonidan import qilinadigan mahsulotlar (xomashyo, ehtiyot qismlar, butlovchi buyumlar, uskuna va materiallar) roʻyxatini shakllantirish hamda elektron kooperatsiya portali (cooperation.uz) orqali mahalliy ishlab chiqaruvchilarga yetkazish.

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (Abdinazarov),

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Rahimov), Savdo-sanoat palatasi (Ikramov),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi,

viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,

xoʻjalik birlashmalari va yirik sanoat tashkilotlari

Yarmarkani oʻtkazish reja-jadvalida koʻrsatilgan muddatdan bir oy oldin

3.

Davlat boshqaruvi organlari va xoʻjalik birlashmalari tomonidan sanoat yarmarkalarida namoyish qilinishi taklif etilayotgan yangi turdagi mahsulotlarning dastlabki roʻyxatini ishlab chiqish.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi,

viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Rahimov),

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (Abdinazarov),

xoʻjalik birlashmalari va yirik sanoat tashkilotlari

Yarmarkani oʻtkazish reja-jadvalida koʻrsatilgan muddatdan bir oy oldin

4.

Respublikada ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni sanoat yarmarkalarida namoyish etish uchun elektron kooperatsiya portaliga (cooperation.uz) tegishli maʼlumotlarni joylashtirish.

Bunda, yirik sanoat tashkilotlari bilan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari oʻrtasida texnik jihatdan hamkorlik qilish memorandumini tuzishi, mahsulotni oʻzlashtirish boʻyicha “yoʻl xaritasi” qabul qilishi va hamkorlik doirasida yirik sanoat tashkilotlari tomonidan texnik shartlarni berilishini elektron kooperatsiya portali orqali amalga oshirish.

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (Abdinazarov), Davlat statistika qoʻmitasi (Begalov),

Davlat soliq qoʻmitasi (Qudbiyev),

“Oʻzstandart” agentligi (Sattarov),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi,

viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,

xoʻjalik birlashmalari va yirik sanoat tashkilotlari

Hududiy yarmarkalar doirasida

5.

Koʻrgazma stendlari maketlarini, tadbir dasturini, sanoat yarmarkalari ochilish va yopilish marosimlari ssenariylarini, sanoat tashkilotlari, shu jumladan, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari taqdimotlari jadvalini ishlab chiqish.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi,

viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,

mutasaddi vazirlik va idoralar

Yarmarkani oʻtkazish reja-jadvalida koʻrsatilgan muddatdan oʻn kun oldin

6.

Hududiy sanoat yarmarkalari ishtirokchilari stendlarini joylashtirish hamda dizaynini ishlab chiqishda “Oʻzekspomarkaz” AJ bilan hamkorlikda amaliy choralar koʻrish.

Bunda, mahalliylashtiriladigan mahsulotlar tarkibini inobatga olgan holda ishlab chiqarilayotgan va oʻzlashtiriladigan hamda ishlab chiqarilishi tavsiya etiladigan mahsulotlarni koʻrgazmani namoyish etishga alohida eʼtibor berish.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi,

viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, mutasaddi vazirlik va idoralar

Hududiy yarmarkalar doirasida

7.

Xoʻjalik birlashmalari va yirik sanoat tashkilotlarining kelgusi davr uchun xomashyo, ehtiyot qismlar, butlovchi buyumlar, uskuna va materiallarga boʻlgan ehtiyojini ishlab chiqish, sanoat yarmarkalari ishtirokchilari uchun ishlab chiqarish faoliyatida talab etiladigan mahsulotlar toʻgʻrisida taqdimotlar oʻtkazilishini hamda elektron kooperatsiya portalida yoritib borilishini taʼminlash.

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (Abdinazarov),

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Rahimov),

xoʻjalik birlashmalari va yirik sanoat tashkilotlari

Hududiy yarmarkalar doirasida

8.

Sanoat yarmarka�ini yuqori darajada oʻtkazilishini taʼminlash maqsadida yarmarka hududini hamda konferensiya oʻtkazish joyini tayyorlash va bezash.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi,

viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,

mutasaddi vazirlik va idoralar

Hududiy yarmarkalar doirasida

9.

Sanoat yarmarkasi ishtirokchilari uchun stendlarni oʻrnatish va loyihalash ishlarini yakunlash.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi,

viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Rahimov),

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (Abdinazarov)

Yarmarkani oʻtkazish reja-jadvalida koʻrsatilgan muddatdan toʻrt kun oldin

10.

Sanoat yarmarkasi davomida elektron kooperatsiya portali (cooperation.uz) orqali mahsulotlarni xarid qilish va import oʻrnini bosuvchi mahsulotlarni ishlab chi�arish boʻyicha texnik jihatdan hamkorlik qilish toʻgʻrisida memorandumlar tuzish.

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (Abdinazarov),

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Rahimov),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi,

viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,

xoʻjalik birlashmalari va yirik sanoat tashkilotlari

Hududiy yarmarkalar doirasida

11.

Sanoat kooperatsiyasi boʻyicha tuzilgan shartnomalar miqdori, ishlab chiqarishga moʻljallangan mahsulotlar turlari, yangi yuqori texnologik mahsulotlar va innovatsion ishlanmalar va boshqalar boʻyicha eng yaxshi natijalarga erishgan hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkasi ishtirokchilarini ragʻbatlantirish.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi,

viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Rahimov),

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (Abdinazarov)

Hududiy yarmarkalar yakuni bilan

12.

Yangi turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarishni mahalliylashtirish va sanoatda kooperatsiya aloqalarini kengaytirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish. Shuningdek, sanoat yarmarkasi yakunlari boʻyicha bajarilgan ishlar va erishilgan natijalar toʻgʻrisida maʼlumot taqdim etish.

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (Abdinazarov),

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Rahimov),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi,

viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda

Hududiy yarmarkalar yakuni bilan

13.

Sanoat yarmarkasi tashkiliy Ishchi guruhining yigʻilishini tashkil etish.

Yigʻilishda sanoat yarmarkasi natijalarini, yangi turdagi mahsulotlarni oʻzlashtirish ishlarini yanada takomillashtirish hamda samaradorlikka erishish chora-tadbirlarini belgilab olish.

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Rahimov),

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (Abdinazarov),

Savdo-sanoat palatasi (Ikramov),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi,

viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,

xoʻjalik birlashmalari va yirik sanoat tashkilotlari

Hududiy yarmarkalar yakuni bilan uch kun muddatda

Tashkilotlar oʻrtasida kooperatsiya aloqalarini oʻrnatish va kengaytirib borish, ushbu jarayonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari ishtirokini faollashtirish takliflarini tayyorlash

14.

Hududiy va tarmoq tashkilotlari tomonidan elektron kooperatsiya portalida (www.cooperation.uz) maʼlumotlarni joylashtirish va doimiy yangilanishini taʼminlash, xususan:

ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar; oʻzlashtiriladigan yangi turdagi mahsulotlar; barqaror talabga ega hamda rivojlanishi istiqbolli boʻlgan tashkilotlar import tovarlari;

hamkorlik aloqalarini oʻrnatishda masʼul boʻlgan rahbarlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni (shaxsning aloqa maʼlumotlari va h.k.).

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (Abdinazarov),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,

xoʻjalik birlashmalari va yirik sanoat tashkilotlari

Doimiy

15.

Sanoat yarmarkalari natijalari boʻyicha sanoat kooperatsiyasi va ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni chuqurlashtirish boʻyicha takliflarni inventarizatsiya qilish, sanoat kooperatsiyasi uchun mahsulot yetkazib berish shartnomalari reyestrini, import oʻrnini bosuvchi mahsulot ishlab chiqarishni rivojlantirish memorandumlarini shakllantirish.

Tayyorlangan maʼlumotlarni Ishchi guruhiga kiritish.

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (Abdinazarov),

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Rahimov),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,

xoʻjalik birlashmalari va yirik sanoat tashkilotlari

Hududiy yarmarkalar doirasida

Hududiy yarmarkalar yakuni bilan

16.

Sanoat yarmarkasi doirasida import qilinadigan tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallarning turlarini ishlab chiqarish kooperatsiyasi, shu jumladan, inventarizatsiya natijalariga koʻra kichik korxonalarni jalb qilish boʻyicha aniq takliflarni ishlab chiqish.

Tayyorlangan maʼlumotlarni Ishchi guruhiga kiritish.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi,

viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (Abdinazarov),

xoʻjalik birlashmalari va yirik sanoat tashkilotlari

Hududiy yarmarkalar doirasida

Hududiy yarmarkalar yakuni bilan

17.

Ishlab chiqarish quvvatlari va texnologik qayta taqsimotlardan samarali foydalanish asosida kichik korxonalar imkoniyatlaridan foydalangan holda mahsulot ishlab chiqarishni va yetkazib berishni tashkil etish.

Tayyorlangan taklif va maʼlumotlarni Ishchi guruhiga kiritish.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,

Savdo-sanoat palatasi (Ikramov)

Hududiy yarmarkalar doirasida

Hududiy yarmarkalar yakuni bilan

18.

Sanoat va hududiy korxonalar, shu jumladan, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari vakillarini ishlab chiqarilishi taklif etilayotgan import oʻrnini bosuvchi xomashyo, materiallar va butlovchi qismlar toʻgʻrisida maʼlumotlar bilan tanishtirish, shuningdek, ushbu maʼl�motlarni elektron kooperatsiya portalidagi virtual koʻrgazmalarda joylashtirish (cooperation.uz).

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (Abdinazarov),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,

xoʻjalik birlashmalari va yirik sanoat tashkilotlari

2021-yil may — dekabr oylarida

19.

Import tarkibi va ichki bozor ehtiyojlari tahlili asosida ishlab chiqarilishini mahalliylashtirish tavsiya etilayotgan mahsulotlarga buyurtmalar berish.

Xoʻjalik birlashmalari va yirik sanoat tashkilotlari

Hududiy yarmarkalar doirasida

20.

Mahalliy ishlab chiqaruvchilarga, shu jumladan, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga kuyidagi masalalarda yordam koʻrsatish: ularga boʻsh bino va inshootlarni, foydalanilmayotgan texnologik uskunalarni va yangi turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarishni tashkil etish uchun asbob-uskunalarni ijaraga berish;

oʻzlashtirilayotgan mahsulotlar uchun texnik parametrlar va sifat talablarini muvofiqlashtirib borish.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,

xoʻjalik birlashmalari va yirik sanoat tashkilotlari

Doimiy

Respublika tarmoqlararo sanoat yarmarkasi

21.

Respublika tarmoqlararo sanoat yarmarkasi (keyingi oʻrinlarda — respublika sanoat yarmarkasi) doirasidagi takliflar asosida kichik biznes bilan kooperatsiya aloqalarini rivojlantirishni oʻrganish, ishlab chiqarish uchun zamonaviy texnologiyalarni jalb qilishda mahalliy korxonalar va xorijiy investorlar bilan hamkorlik aloqalarini oʻrnatish.

Xoʻjalik birlashmalari va yirik sanoat korxonalari,

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Rahimov),

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (Abdinazarov),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

2021-yil oktyabr

Ixtisoslashgan tashkilotlarning respublika sanoat yarmarkasida yangi aloqalar va hamkorlik aloqalarini rivojlantirish doirasida yangi texnologiyalar va ishlab chiqarish loyihalarini, shuningdek, talab etiladigan mahsulotlar boʻyicha takliflarni taqdim etish.

Innovatsion rivojlantirish vazirligi (Abduraxmonov),

Fanlar akademiyasi (Yuldashev)

22.

Ishlab chiqarishni mahalliylashtirish va sanoatda kooperatsiya aloqalarini kengaytirish tadbirlari asosida yangi turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarishni tashkil etish, mahsulot texnik parametrlari va sifat koʻrsatkichlarini takomillashtirish yechimini ishlab chiqish.

Xoʻjalik birlashmalari va yirik sanoat korxonalari,

“Oʻzstandart” agentligi (Sattarov),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,

kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari

Respublika tarmoqlararo sanoat yarmarkasiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish doirasida

23.

Sanoat kooperatsiyasi asosida mahsulot yetkazib berish boʻyicha elektron kooperatsiya portalida tuzilgan shartnomalarning dastlabki reyestrini shakllantirish.

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (Abdinazarov),

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Rahimov),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,

xoʻjalik birlashmalari va yirik sanoat tashkilotlari

2021-yil 22 — 28-noyabr

24.

Respublika sanoat yarmarkasi ishtirokchilariga taklifnomalar va boshqa kerakli materiallarni tarqatish.

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Rahimov),

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (Abdinazarov),

Savdo-sanoat palatasi (Ikramov)

2021-yil 1-noyabr

25.

Ariza berish, stendlar eskizlari bilan tanishish, yarmarkada taklif etiladiganlar roʻyxati, shuningdek, yarmarka ishtirokchisining yangi va namoyish etilayotgan mahsuloti nomenklaturasini elektron kooperatsiya portali (cooperation.uz) orqali onlayn roʻyxatdan oʻtkazish tizimini ishga tushirish.

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (Abdinazarov),

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Rahimov),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,

xoʻjalik birlashmalari va yirik sanoat tashkilotlari

2021-yil 1-noyabr

26.

Stendlarni loyihalash va joylashtirishni tarmoqlararo sanoat yarmarkasi ishtirokchilari bilan kelishish.

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Rahimov),

xoʻjalik birlashmalari va yirik sanoat korxonalari, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari

2021-yil 15-noyabr

27.

Respublika sanoat yarmarkasida tuzilgan shartnomalar doirasida mahsulotlarni yetkazib berishning prognoz parametrlarini aniqlash va tarmoqlararo sanoat yarmarkasining tashkiliy Ishchi guruhiga tasdiqlash uchun taqdim etish.

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Rahimov),

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (Abdinazarov),

Savdo-sanoat palatasi (Ikramov),

xoʻjalik birlashmalari va yirik sanoat tashkilotlari

2021-yil 20-noyabr

28.

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari rivojlanishini taʼminlash maqsadida ixtisoslashgan korxonalar sonidan kelib chiqib, roʻyxatga kiritiladigan mahsulotlarni tanlash.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (Abdinazarov),

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Rahimov),

Savdo-sanoat palatasi (Ikramov)

2021-yil 1-noyabr

29.

Respublika sanoat yarmarkasini oʻtkazish dasturini tayyorlash.

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Rahimov), Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (Abdinazarov), Savdo-sanoat palatasi (Ikramov)

2021-yil 10-noyabr

30.

Ushbu tarmoq yarmarkasiga tayyorgarlikni koʻrib chiqish, tadbir dasturini, ishtirokchilar roʻyxatini, maketini, kutilayotgan natijalarini va boshqalarni kelishib olish uchun tarmoqlararo sanoat yarmarkasi tashkiliy Ishchi guruhining yigʻilishlarini oʻtkazish.

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Rahimov),

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (Abdinazarov),

Savdo-sanoat palatasi (Ikramov)

2021-yil oktyabr-noyabr oylarida

31.

Faxriy mehmonlarni taklif qilish.

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Rahimov),

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (Abdinazarov)

2021-yil 1-noyabr

32.

Respublika sanoat yarmarkasi ishtirokchilari stendlarini oʻrnatish va loyihalash ishlarini yakunlash.

Xoʻjalik birlashmalari va yirik sanoat korxonalari,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Rahimov),

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (Abdinazarov),

“Oʻzekspomarkaz” AJ MKM (Yuldashev)

2021-yil 20-noyabr

33.

Respublika sanoat yarmarkasida mahalliy korxonalari tomonidan ishlab chiqarilishi tavsiya etilgan mahsulotlar roʻyxati va ilgʻor xorijiy texnologiyalar taqdimoti asosida stend tashkil etish.

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Rahimov),

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (Abdinazarov),

“Oʻzekspomarkaz” AJ MKM (Yuldashev)

2021-yil 20-noyabr

34.

Tegishli stendlar dizayni va yarmarka ishtirokchilariga standartlashtirish, sertifikatlash, moliyaviy xizmatlar boʻyicha maslahatlar berish.

“Oʻzekspomarkaz” AJ MKM (Yuldashev),

“Oʻzstandart” agentligi, tijorat banklari,

sugʻurta va lizing kompaniyalari

Yarmarka doirasida

35.

Elektron kooperatsiya portalida yarmarka doirasida tuzilgan shartnomalar hajmi va sohalar boʻyicha tahliliy materiallarni tayyorlash.

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (Abdinazarov),

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Rahimov),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,

xoʻjalik birlashmalari va yirik sanoat tashkilotlari

2021-yil 22 — 27-noyabr

Asosiy tadbirlar uchun joylarni tayyorlash

36.

Respublika sanoat yarmarkasi tadbirlarini oʻtkazish uchun yarmarka hududini, pavilonlarni, konferensiyalar oʻtkazish xonasini tayyorlash va bezash.

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Rahimov),

“Oʻzekspomarkaz” AJ MKM (Yuldashev)

2021-yil 20-noyabr

37.

Elektr taʼminoti, zaxiradagi yoritish uskunalari, konditsioner, aloqa va telekommunikatsiya tizimlari hamda koʻrgazma majmuasi va konferensiyalar zalini tayyorlash.

“Oʻzekspomarkaz” AJ MKM (Yuldashev),

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ (Mustafoyev)

2021-yil 20-noyabr

38.

Koʻrgazma majmuasi tashqi hududini obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish.

“Oʻzekspomarkaz” AJ MKM (Yuldashev)

2021-yil 20-noyabr

39.

“Oʻzekspomarkaz” AJ MKM hududida respublika sanoat yarmarkasi oʻtkaziladigan joylarda yongʻin xavfsizligini taʼminlash.

“Oʻzekspomarkaz” AJ MKM (Yuldashev),

Ichki ishlar vazirligi

2021-yil 22 — 27-noyabr

40.

Respublika sanoat yarmarkasini oʻtkazish shtabini tashkil etish, taqdimotni oʻtkazish, sh�rtnomalar va matbuot markazini elektron tarzda roʻyxatdan oʻtkazish, shuningdek, yarmarkani ochilish va yopilish marosimlari uchun zarur asbob-uskunalar (ovoz kuchaytirgich apparaturasi, keng formatli monitorlar va proyektorlar) bilan taʼminlash hamda tadbir davomida taqdimotlar oʻtkazish.

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Rahimov),

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (Abdinazarov),

Savdo-sanoat palatasi (Ikramov),

“Oʻzekspomarkaz” AJ MKM (Yuldashev)

2021-yil 22 — 27-noyabr

41.

“Oʻzekspomarkaz” AJ MKKning barcha pavilonlarida taqdimotlarni namoyish etish va jonli efirga uzatishni taʼminlash.

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Rahimov),

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Maxsudov),

“Oʻzekspomarkaz” AJ MKM (Yuldashev)

Yarmarka davomida

42.

Respublika sanoat yarmarkasi oʻtkaziladigan joylarda jamoat tartibini saqlash.

“Oʻzekspomarkaz” AJ MKM (Yuldashev), Ichki ishlar vazirligi

Doimiy

Reklama kampaniyasi, ommaviy axborot vositalarida respublika tarmoqlararo sanoat yarmarkasiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish haqida axborotlarni keng jamoatchilikka yetkazish

43.

Davlat boshqaruvi organlari va xoʻjalik birlashmalari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari rasmiy veb-saytlarda, shuningdek, elektron kooperatsiya portalida (cooperation.uz) respublika tarmoqlararo sanoat yarmarkasi haqidagi reklamalarni joylashtirish.

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Rahimov),

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (Abdinazarov),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,

xoʻjalik birlashmalari va yirik sanoat tashkilotlari

2021-yil 15-noyabr

44.

Respublika sanoat yarmarkasi oʻtkazilishi haqida audio va video formatda reklama lavhasini ishlab chiqish hamda ularni markaziy televideniye va radio kanallarda yoritib borish.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi,

viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,

Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi (Xodjayev),

Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi (Xodjayev)

2021-yil oktyabr-noyabr oylarida

45.

Respublika va hududiy sanoat yarmarkasi rejalashtirilgan tadbirlari haqida ommaviy axborot vositalarida, shu jumladan, markaziy va hududiy bosmaxonalar hamda ommaviy axborot vositalari (navbatdagi sonida), shuningdek, radio va teleradiokanallarda (kundalik) reklamalarni joylashtirish.

Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi (Xodjayev),

Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi (Xodjayev),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

2021-yil iyun — oktyabr
2021-yil 20-noyabr

46.

Respublika sanoat yarmarkasi tadbirlari, ularni amalga oshirishning maqsad va vazifalari, kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish boʻyicha korxonalar tajribasi haqidagi maʼlumotlarni ommaviy axborot vositalarida keng yoritish.

Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi (Xodjayev),

Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi (Xodjayev),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

Yarmarkani oʻtkazish reja-jadvalida koʻrsatilgan muddatlarda

47.

Respublika sanoat yarmarkasi tadbirini reklama qiluvchi bannerlarni ishlab chiqish.

“Oʻzekspomarkaz” AJ MKM (Yuldashev)

2021-yil 1-noyabr

48.

Respublika sanoat yarmarkasi oʻtkazilishi haqida reklama bannerlarini chop etish va joylashtirish.

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Rahimov),

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (Abdinazarov)

2021-yil 5 — 18-noyabr

49.

Toshkent shahri va viloyatlar markazlarining markaziy koʻchalardagi elektron monitorlarda respublika sanoat yarmarkasi haqida tayyorlangan reklama roliklarini koʻrsatib borish.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

2021-yil 15 — 28-noyabr

50.

“Oʻzekspomarkaz” AJ MKM hududida xush kelibsiz va boshqa tadbirga oid bannerlarni chop etish hamda joylashtirish.

“Oʻzekspomarkaz” AJ MKM (Yuldashev)

2021-yil 15-noyabr

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.05.2021-y., 09/21/324/0489-son)