05.04.2021 yildagi 837-IV-son
5. Akkreditatsiya qilish uchun OAV tahririyati tomonidan tahririyatning rasmiy blankasida yozilgan, ushbu Tartibning 2-ilovasida keltirilgan shakldagi buyurtmanoma Qonunchilik palatasining Matbuot xizmatiga (bundan buyon matnda Matbuot xizmati deb yuritiladi) taqdim etiladi. Buyurtmanoma OAV birinchi rahbari yoki uning vazifasini bajaruvchi shaxs tomonidan imzolanishi lozim.
Jurnalistning akkreditatsiyasi ushbu Tartib 12-bandining uchinchi — beshinchi xatboshilariga muvofiq bekor qilinganda OAV tahririyati akkreditatsiyasi bekor qilingan jurnalistning “Akkreditatsiya guvohnomasi”ni Matbuot xizmatiga qaytargach, uning o‘rniga boshqa jurnalistni akkreditatsiya qilishni so‘rab ushbu Tartibga muvofiq buyurtmanoma taqdim etishga haqlidir.