Oʻzbekiston Respublikasining sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari
COVID-19 pandemiyasi davrida cheklov tadbirlarini qoʻllash sharoitida Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalari faoliyatini tashkil etish boʻyicha sanitariya-epidemiologik
talablar
talablar
Mazkur sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari oliy taʼlim muassasalari professor-oʻqituvchilari, xodimlari va talabalarining sogʻligʻini saqlash, qulay ish sharoitlarini yaratish va mehnat faoliyatini tashkil etilishini taʼminlash hamda COVID-19 koronavirus infeksiyasining tarqalish xavfi bilan bogʻliq epidemiologik vaziyat sharoitlarida mehnat va tashqi muhitni muhofaza qilish boʻyicha profilaktik tadbirlarni oʻtkazish uchun moʻljallangan.
Mazkur sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari mulkchilik shaklidan qatʼiy nazar, barcha oliy taʼlim muassasalariga (keyingi oʻrinlarda — taʼlim muassasalari) nisbatan tatbiq etiladi.
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlarida quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
ijtimoiy masofa — shaxslar oʻrtasidagi 2 metrdan kam boʻlmagan masofa;
shaxsiy himoya vositasi — ishlab chiqarishning zararli omillari va (yoki) xavfli ishlab chiqarish omillari taʼsirini kamaytirish yoki ularning oldini olish, shuningdek, ifloslanishlardan himoya qilish uchun qoʻllaniladigan vositalar (maxsus kiyim, maxsus poyabzal, yuvuvchi va zararsizlantiruvchi vositalar, texnik vositalar va boshqalar);
blok — oʻziga xos vazifaga ega boʻlgan oʻquv korpusining bir qismi (auditoriyalar, kafedra, sport, kutubxona bloki va boshqalar);
taʼlim muassasalari turar joy majmuasi — professor-oʻqituvchilar, xodimlar va talabalarning yashashi uchun taʼlim muassasasi tarkibiga kiruvchi binolar va inshoatlar.
2. Taʼlim muassasalari rahbarlari tomonidan koronavirus (COVID-19) infeksiyasini tarqalishiga qarshi kurashishda quyidagi profilaktik tadbirlarga eʼtibor qaratilishi lozim:
taʼlim muassasasiga infeksiyaning tashqaridan kirib kelishiga yoʻl qoʻymaslik;
taʼlim muassasalarining professor-oʻqituvchilari, xodimlari va talabalari jamoasi orasida koronavirus (COVID-19) infeksiyasining tarqalishiga qarshi choralar qoʻllash;
professor-oʻqituvchilar, xodimlar va talabalarning zararlanishiga qarshi qoʻllaniladigan boshqa tashkiliy chora-tadbirlar.
3. Taʼlim muassasalariga infeksiyaning tashqaridan kirib kelishiga yoʻl qoʻymaslik uchun quyidagi tadbirlar amalga oshirilishi tavsiya etiladi:
Professor-oʻqituvchilar, xodimlar va talabalarni har kuni taʼlim muassasasiga kiritishdan oldin tana haroratini pirometr yoki shu kabi vositalar yordamida oʻlchash, tana harorati koʻtarilgan va/yoki yuqumli kasallik belgilari namoyon boʻlib turgan professor-oʻqituvchilar, xodimlarni yoki talabalarni taʼlim muassasasiga qoʻymaslik;
Professor-oʻqituvchilar, xodimlar va talabalarning salomatlik holatini tekshirish, ular bilan muloqotda boʻlganlar toʻgʻrisida maʼlumot toʻplash, ularning boshqa bemorlar yoki epidemiologik noxush hududlardan (xorijiy mamlakat, respublika, viloyat, tumanlar) tashrif buyurgan shaxslar bilan muloqotda boʻlganligiga aniqlik kiritish, buning uchun alohida javobgar shaxs belgilash (tibbiy xodim, texnika xavfsizligi muhandisi, kadrlar boʻyicha inspektorlari va boshqalar);
tana haroratining koʻtarilganligi yoki kasallik belgilari (yoʻtal, aksirish va shu kabilar) mavjud professor-oʻqituvchilar, xodimlar va talabalarni roʻyxatini yuritish;
taʼlim muassasalarining kirish joyiga teri antiseptiklari bilan ishlov berish uskunasini (dozatorli uskuna, nam salfetkalar va shu kabilar) oʻrnatish;
taʼlim muassasalari hududiga oʻquv jarayoni bilan bogʻliq boʻlmagan shaxslarning kirishiga yoʻl qoʻymaslik (taʼmirlash, texnik xizmat koʻrsatish va hokazolar bundan mustasno).
4. Taʼlim muassasalarining kirish va chiqish qismida professor-oʻqituvchilar, xodimlar va talabalarni toʻplanib qolishiga yoʻl qoʻymaslik maqsadida, agar texnik imkoniyati mavjud boʻlsa quyidagilar:
nazorat oʻtkazish punktlari orqali professor-oʻqituvchilar, xodimlar va talabalarni taʼlim muassasasiga kirishni soddalashtirish;
nazorat oʻtkazish punktlar orqali professor-oʻqituvchilar, xodimlar va talabalarni oʻtkazishda bino poliga yoki kirish qismidagi qattiq qoplamga ikki metr oʻlchamdagi oraliqni belgilovchi nuqtalarni koʻrsatgan holda chizmalar chizish.
5. Kuryerlik xizmatining, korrespondentlik hujjatlarini qabul qilishning kontaktsiz amalga oshirilishiga qaratilgan uslublarni joriy etish (korrespondentlik hujjatlarini qabul qilish oynalarini tashkil qilish, mobil aloqa vositalaridan foydalanishni joriy etish va shu kabilar).
6. Taʼlim muassasalarining professor-oʻqituvchilar, xodimlar va talabalari jamoasi orasida koronavirus (COVID-19) infeksiyasining tarqalishiga qarshi choralar koʻrish maqsadida quyidagilar amalga oshirilishi tavsiya etiladi:
oʻquv jarayonining umumiy vazifalari bilan bogʻliq boʻlmagan fakultet, kafedra va boshqa boʻlimlarda muloqotni chegaralash (guruhlash tamoyili), guruhlar ichida ijtimoiy masofa saqlanishini taʼminlash;
oʻquv jarayonlarini turli qavatlar, alohida xonalar va bir necha smenalarga boʻlish asosida professor-oʻqituvchilar, xodimlar va talabalar oqimini kamaytirish, uy kiyimini ishchi kiyimga faqat shu maqsadlarga moʻljallangan xonalarda (maishiy xonalarda) almashtirishni tashkil etish;
tushlik va tanaffus paytida professor-oʻqituvchilar, xodimlar va talabalarni tashkilot hududidan bevosita vazifalarni bajarish bilan bogʻliq boʻlmagan boshqa joylarga, boʻlimlarga, binolarga oʻtishini cheklash;
zaruriyatga koʻra fakultetlar, kafedralar, boʻlimlar oʻrtasida materiallar, mahsulotlar va hujjatlarning harakatlanishi uchun shaxsiy himoya vositalari bilan taʼminlangan alohida xodim ajratish (nafas olish tizimini himoya qiluvchi vositalar va qoʻlqoplar bilan taʼminlangan alohida javobgar xodimlar ajratish);
maʼlumotlarning elektron shaklda yoki axborot-kommunikatsiya vositalari orqali yuborilishini joriy etish;
jamoaviy tadbirlar oʻtkazilishini toʻxtatish, boshqa jamoalar tadbirlariga qatnashishni taqiqlash;
umumiy foydalanish joylarini teri antiseptiklari boʻlgan dozatorlar bilan taʼminlash, qoʻl yuvish uchun sovun, qoʻl va yuzni yuvish joylarini tashkil qilish (ovqatlanish joylari, dam olish xonalari, hojatxona, chekish joylari va shu kabi joylarda);
oʻquv xonalari va jamoat joylari maxsus ajratilgan xodim tomonidan ruxsat etilgan zararsizlantirish vositalaridan foydalangan holda har kuni (har smenada) namli tozalash ishlari olib boriladi;
har toʻrt soatda eshik tutqichlari, elektr oʻchirgichlar, tutqichlar, panjara, stol usti, stullar, ofis jihozlari artib zararsizlantiriladi;
oʻquv auditoriyalarida muntazam ravishda shamollatishni tashkil qilish (har ikki soatda yoki smenada kamida ikki marta);
professor-oʻqituvchilar, xodimlar va talabalar tomonidan shaxsiy himoya vositalarini (niqoblar, respirator va rezina qoʻlqoplar) ishlatish boʻyicha kuchaytirilgan ichki nazoratini tashkil etish, ishlatilgan shaxsiy himoya vositalarini maxsus konteynyerlarda toʻplagan holda belgilangan joyda yoʻq qilish;
ovqatlanish xonasi mavjud boʻlmaganda, tushlik va dam olish vaqtida professor-oʻqituvchilar, xodimlar va talabalarning harakatlanishini cheklash uchun bir marta ishlatiladigan idishlardan foydalangan holda maxsus moʻljallangan xonada yoki xonaning bir qismini ovqatlanish uchun tashkil etish.
2-bob. Tashkiliy va texnik tadbirlar
7. Taʼlim muassasasi hududida quyidagi cheklovlar kiritiladi:
odamlar yigʻiladigan gavjum joylar (nazorat punkti, dekanat, maʼmuriyat, oshxona, hojatxona, kassa oldida) va boshqa joylarda “masofaviy belgi” chizish;
havo oqimining bir qismdan boshqasiga oʻtishining oldini olish (kiruvchi havo oqimidan soʻriluvchi havo oqimi hajmini koʻpaytirish);
tana harorati yuqoriligi yoki oʻtkir respirator virusli infeksiyaning (OʻRVI) alomatlari (hid sezish qobiliyatining yoʻqligi, quruq yoʻtal, koʻngil aynishi va boshqalar) aniqlanganda, shaxsni boshqalardan ajratish maqsadida tibbiy (agar mavjud boʻlsa tibbiy punktlarda) izolyator tashkil etish.
8. Koronavirus infeksiyasi (COVID-19) tarqalishining oldini olish boʻyicha boshqa tashkiliy tadbirlar quyidagi choralarni oʻz ichiga oladi:
a) taʼlim muassasa rahbarlari (mansabdor shaxslar), professor-oʻqituvchilar, xodimlar va talabalarga koronavirus infeksiyasining (COVID-19) oldini olish qoidalari va sogʻligʻi yomonlashganda (isitma, yoʻtal, hid sezishning yoʻqolishi va boshqalar), oʻz vaqtida izolatsiya qilinishi toʻgʻrisida koʻrsatma berib borishlari maqsadga muvofiq.
Taʼlim muassasasi rahbari professor-oʻqituvchilar, xodimlar va talabalar ish joyida koronavirus infeksiyasining belgilari (COVID-19) yoki oʻtkir respirator virusli infeksiyaning alomatlari aniqlangan taqdirda, quyidagilarga eʼtibor qaratgan holda professor-oʻqituvchilar va xodimlarni xabardor qilishi shart:
keyinchalik izolatsiya qilish va bemorni evakuatsiya qilish uchun vakolatli shaxs bilan bogʻlanish zarur;
bemorni evakuatsiya qilish usullari toʻgʻrisida qaror qabul qilishdan oldin (vaqtinchalik izolatsiya qilingan joy bundan mustasno) taʼlim muassasaning butun hududida mustaqil harakatni taqiqlash.
b) professor-oʻqituvchilar, xodimlar va talabalarning profilaktika choralariga, shaxsiy va jamoat gigiyenasi qoidalariga muntazam rioya qilish, qoʻlni kamida 20 soniya davomida sovun bilan muntazam yuvish rejimini yoki ish kunida, har bir ovqatlanishdan oldin, hojatxonaga borgandan keyin terini antiseptiklar bilan zararsizlantirish zarurligi toʻgʻrisida doimiy ravishda xabardorligini tashkil etish.
v) agar taʼlim muassasaning biron-bir professor-oʻqituvchilarida, xodimlar va talabalarda quruq yoʻtal, isitma, holsizlik va shunga oʻxshash klinik belgilar aniqlansa, darhol tez tibbiy yordamga (103) qoʻngʻiroq qilinishi shart.
Virus yuqtirgan professor-oʻqituvchilar, xodimlar va talabalar bilan aloqada boʻlgan barcha yuzalarni, shu jumladan, buyumlar, hojatxonalar, eshik tutqichlari va telefon kabi ifloslangan “yuqori kontakt” joylarini tozalash kerak.
Tozalash uchun spirtli yoki boshqa zararsizlantiruvchi vositalaridan foydalanish zarur.
3-bob. COVID-19 pandemiyasi vaqtida talabalarni qabul qilish qoidalari
9. Taʼlim muassasalari faoliyati COVID-19 tarqalishining oldini olish choralariga eʼtibor qaratilgan holda tashkillashtirilishi zarur:
taʼlim muassasalariga tashqaridan infeksiyaning kirishiga yoʻl qoʻymaslik;
professor-oʻqituvchilar, xodimlar va talabalar orasida COVID-19 tarqalishining oldini olish choralarini koʻrish.
a) taʼlim muassasalarida professor-oʻqituvchilar, xodimlar va talabalar sanitariya talablariga muvofiq shart-sharoitlar bilan taʼminlanadi.
b) taʼlim muassasasi rahbarlari, professor-oʻqituvchilar, xodimlar va talabalari yashash joyidagi tibbiy muassasalarning mutaxassislari bilan birgalikda ota-onalar oʻrtasida COVID-19 pandemiyasi va boshqa yuqumli kasalliklar vaqtida talabalarga uyda qolishning foydali tomonlari toʻgʻrisida tushuntirish ishlarini olib borishlari va talabalarning universitetlarga favqulodda vaziyatlarda kelmasliklari lozimligini tushuntirishi tavsiya etiladi.
10. Taʼlim muassasasi ochilishidan avval Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining hududiy boʻlinmalari xodimlari taʼlim muassasasining barcha xodimlarini sanitariya-gigiyena va epidemiyaga qarshi qoida va talablar boʻyicha tayyorgarlikdan oʻtkazadilar. Bundan tashqari, texnik xodimlar profilaktik dezinfeksiya tadbirlarini oʻtkazish boʻyicha tayyorgarlikdan oʻtadilar. Karantin davrida oʻtkazilgan koʻrsatmalar maxsus jurnalda mazkur Talablarning 1-ilovaga muvofiq qayd etib boriladi.
11. Oʻquv binosiga kirish joyida talabalar toʻplanishiga yoʻl qoʻymaslik uchun talabalarning kelish va ketish jadvali tuziladi.
12. Professor-oʻqituvchilar, xodimlar va talabalar taʼlim muassasalariga tibbiy niqob taqish tartibiga rioya etgan holda tashrif buyuradilar.
13. Xonada boʻlganlarning barchasi oʻrtasida kamida 2 metrli ijtimoiy masofani taʼminlash zarur.
14. Har kuni professor-oʻqituvchilar, xodimlar va talabalar hududga kirish vaqtida tibbiyot xodimlari tomonidan mazkur Talablarning 2-ilovaga muvofiq “ertalabki filtr” amalga oshiriladi.
a) “ertalabki filtr” oʻtkazish darslarning boshlanish vaqtiga (dars jadvaliga) moslanadi.
b) professor-oʻqituvchilar, xodimlar va talabalarning tana harorati tegishli roʻyxatga olingan holda pirometrlar bilan oʻlchanadi. Tana harorati 370C dan yuqori boʻlsa (OʻRVI va boshqa kasalliklarning alomatlari kuzatilgan), professor-oʻqituvchilar, xodimlar va talabalarga taʼlim muassasaga kirishga ruxsat berilmaydi, hududiy Sanitariya-epidemiologiya xizmati xabardor qilinadi va tez tibbiy yordam xodimlari (103) chaqirilib, shifoxonaga yotqizish masalasi hal etiladi.
v) professor-oʻqituvchilar, xodimlar va talabalarning tana harorati ikki marotaba oʻlchanadi (taʼlim muassasaga kelganda va uyga qaytayotganda).
g) agar oʻqish vaqtida talaba yoki xodimning ahvoli yomonlashsa, tana harorati koʻtarilsa, OʻRVI alomatlari aniqlansa, talaba yoki xodim izolyatorga joylashtiriladi. Izolatsiya xonasi boʻlmagan taqdirda, talaba yoki xodim hamshiraning xonasiga yoki izolatsiya uchun moʻljallangan boshqa xonaga joylashtiriladi. Shoshilinch tibbiy yordam chaqirish va hududiy Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatiga maʼlumot yetkazish kerak boʻladi.
d) professor-oʻqituvchilar, xodimlar va talabalarning qoʻllarini gigiyenik ishlov berish jadvali ishlab chiqiladi (har soatda qoʻllarni sovun bilan yuvish yoki antiseptik spirtli eritmalar bilan ishlov berish, har ovqatlanishdan oldin va hojatxonaga borgandan keyin, har bir mashgʻulotdan keyin qoʻllarni sovun bilan yuvish zarur).
e) bir marta ishlatiladigan qogʻoz sochiqlardan yoki quruq havo aralashmasi bilan quritish uskunasidan foydalanish tavsiya etiladi.
j) mashgʻulotlar vaqtida guruhlarda talabalar orasida 2 metrdan kam boʻlmagan masofani taʼminlash, professor-oʻqituvchilar, xodimlar va talabalar oʻrtasida uzoq muddatli toʻgʻridan toʻgʻri jismoniy aloqalarni cheklash zarur.
z) mashgʻulotlar davomida turli guruhlar yoki kichik guruhlardagi talabalarning oʻzaro yaqin muloqot qilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
4-bob. Xonalar, jihozlarning sanitariya holatiga boʻlgan talablar va dezinfeksiya chora-tadbirlari
15. Amaldagi sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari va “Oliy oʻquv yurtlarini loyihalashtirish, qurish, jihozlash va ularni ekspluatatsiya qilishga doir gigiyenik talablar”i 0330-16-son SanQvaNga muvofiq oliy oʻquv yurtlari ichimlik suvi, yuvish vositalari va dezinfeksiyalash vositalarining zaxiralari bilan mazkur Talablarning 3-ilovaga muvofiq taʼminlanadi.
Shuningdek, taʼlim muassasalar kuniga bir nafar talabaga 20 ml va xodimlar uchun esa 40 ml miqdorda qoʻshimcha ravishda qoʻlga ishlov berish uchun tarkibida spirt boʻlgan antiseptik vositalarini 5 kunlik zaxirasi bilan taʼminlanadi.
Talabalar va tashrif buyuruvchilarning qoʻllariga ishlov berish uchun antiseptikli dozatorlar taʼlim muassasasining kirish joylariga oʻrnatiladi.
16. Taʼlim muassasalar ish boshlanishidan oldin belgilangan tartibda sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga muvofiq barcha xonalar va hududda umumiy tozalash va zararsizlantirish oʻtkazadi.
17. Har kuni barcha oʻquv xonalarida suv, sovun, yuvish va dezinfeksiyalash vositalaridan foydalangan holda toʻrt marta nam tozalash ishlari tashkil etiladi, shundan bir martasi dezinfeksiyalovchi vositalardan foydalanilgan holda amalga oshiriladi. Ishchi yuzalarni toʻrt marta artilgan holda zararsizlantirish ishlari tashkil etiladi.
18. Oʻquv xonalarida tozalash ishlari deraza va framugalar ochiq holatida oʻtkaziladi. Tez-tez ifloslanuvchi yuzalar (eshik tutqichlari, shkaflar, deraza tokchalari, elektr oʻchirgichlar, qattiq mebellar va boshqalar) va chang toʻplanadigan joylarni (plintuslar va mebellarning taglari, radiatorlar, yoritish moslamalari, shamollatish panjaralari va boshqalar) yaxshilab yuvish talab etiladi.
19. Oʻquv auditoriyalaridagi oʻquv stollari va stullar dezinfeksiyalash vositalari bilan tozalanadi, keyin sovunli issiq suv bilan yuviladi. Chiqindi suvi hojatxonaga quyiladi.
20. Kompyuter va mebellarning yuzalari har kuni changdan tozalanadi. Qogʻoz, qoʻllanmalar, adabiyotlar va boshqalarni yopiq (oynalangan) shkaflarda saqlash tavsiya etiladi.
21. Sanitariya-texnik jihozlar epidemiologik koʻrsatmalarga binoan kuniga ikki marta dezinfeksiya qilinadi.
22. Hojatxonani tozalash uchun moʻljallangan inventarlar (latta, chelak, choʻtka) yorqin rang bilan belgilanadi va hojatxonada maxsus shkafda yoki alohida ajratilgan joyda saqlanadi. Ishlatilgandan keyin barcha tozalash inventarlari yuvish vositalari qoʻshilgan issiq suv bilan yuviladi va quritiladi.
23. Oʻquv yurti tibbiyot xodimlari har kuni mashgʻulotlar tamom boʻlishi bilan namli tozalashdan soʻng barcha auditoriyalar, sport zallarida jadvalga muvofiq kvarslash ishlarini olib borishlari lozim.
24. Binolarni shamollatish har 2 soatda tashkil etiladi. Ob-havo yaxshi boʻlganda, framugalar ochiq holda boʻlishi lozim. Noqulay ob-havo sharoitida talabalar xonada boʻlmaganda, oʻn besh daqiqa davomida shamollatiladi.
5-bob. Talabalar turar joylarida ishlarni tashkil etish
25. Obyektning kirish qismida dezinfeksiya moslamalarini (toʻshamalarni) oʻrnatish, ularni doimiy ravishda dezinfeksiyalash vositasi bilan namlash zarur.
26. Talabalar turar joylariga kirish joylariga qoʻllarni zararsizlantirish uchun antiseptik modda boʻlgan dozatorlar oʻrnatiladi.
27. Talabalar turar joylarida xizmat koʻrsatadigan xodimlar respirator kasalliklari bor bemorlarni, tana harorati yuqori boʻlgan shaxslar, shuningdek, oxirgi ikki hafta davomida “qizil” yoki “sariq” hududdan yoki chet eldan kelganlarni aniqlash va kasallik tarqalishining oldini olish maqsadida profilaktik ishlar kuchaytiriladi.
Koronavirus infeksiyasi boʻyicha karantin vaqtida xodimlar holatini tibbiy kuzatish va ularning holati va tana haroratini kamida uch marta oʻlchash, natijalarni qayd etish talab etiladi.
28. Xona va inventarlarni dezinfeksiyalashda tavsiya va koʻrsatmalarni qatʼiy bajarish talab etiladi.
Har 4 soatda stol, stul va boshqa yuzalarga maxsus dezinfeksiyalovchi vositalar bilan ishlov beriladi, har kuni 2-marta hojatxonalarda dezinfeksiya ishlarini oʻtkaziladi.
29. Talabalar turar joylaridagi yashash xonalariga ikkitadan talabani joylashtirish, ijtimoiy masofani saqlash taʼminlanadi.
30. Talabalar turar joylaridagi markaziy kirish joyida barcha talabalar va tashrif buyuruvchilarning tana harorati pirometr yordamida oʻlchanadi.
31. Talabalar turar joylariga tashrif buyuruvchilarning qoʻllariga dezinfeksiyalovchi vositalar bilan ishlov berilgandan soʻng, niqoblar bilan kirishga ruxsat beriladi.
32. Talabalar turar joylaridagi barcha yotish xonalari talabalar tomonidan har kuni yaxshilab tozalanishi, yordamchi xonalar esa shtatdagi farroshlar tomonidan dezinfeksiyalovchi vositalar yordamida tozalanishi lozim. Oshxonadagi muzlatkich yuzalari har kuni kamida 3-marta dezinfeksiyalovchi vositalar bilan artilgan holda zararsizlantirilishi kerak.
33. Idishlar 65°S haroratdagi issiq suv va dezinfeksiyalovchi vositalarni qoʻllagan holda zararsizlantiriladi.
34. Har kuni ish kunining oxirida (yoki kamida 6 soatda 1-marta) xonalar dezinfeksiyalovchi vositalar bilan zararsizlantirilishi, shamollatilishi va namli tozalash ishlari olib borilishi lozim, xonalardagi eshik tutqichlari, tutqichlar, kresloning tirsak qoʻygichi dezinfeksiyalovchi salfetkalar yoki dezinfeksiyalovchi eritmalar bilan artiladi.
35. Talabalar turar joylaridagi uxlash xonalari qishda framuga, yozda esa oyna orqali 20 — 30 daqiqa davomida shamollatilishi kerak. Xonalar talabalar oʻqishga ketganda, tozalash vaqtida va uxlashdan oldin shamollatiladi.
36. Yumshoq inventarlar (matras, yostiq, koʻrpa, koʻrpa jildlari, choyshab, yostiq jildi va boshqalar) har bir yashovchiga alohida biriktirilgan boʻlishi kerak, ularni qayta yuvmasdan va zararsizlantirmasdan boshqalarga berish taqiqlanadi.
37. Choyshab va sochiqlarni almashtirish ifloslanishiga qarab amalga oshiriladi, ammo har 7 kunda 1-martadan kam boʻlmasligi kerak.
38. Barcha yashovchilar uchun yotoqxonalar ularning ketishi va mashgʻulotlardan qaytishlaridan qatʼiy nazar, issiq suv bilan taʼminlangan boʻlishi kerak.
39. Talabalar turar joyiga yaqin hududlar kun davomida bir martadan kam boʻlmagan holda tozalanishi kerak.
40. Talabalar turar joylarida:
talabalar shaxsiy himoya vositalaridan-niqoblardan va antiseptiklardan foydalangan holda, barcha profilaktik va ehtiyot choralariga rioya qilishi lozim;
ijtimoiy masofani saqlash tadbirlariga, bevosita ijtimoiy muloqotlarni chegaralashga rioya qilinishi kerak.
Oʻzbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshligʻi B. YuSUPALIYEV
Toshkent sh.,
2021-yil 24-aprel,
0011-21-son
COVID-19 pandemiyasi davrida cheklov tadbirlarini qoʻllash sharoitida Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalari faoliyatini tashkil etish boʻyicha sanitariya-epidemiologik talablarga
1-ILOVA
1-ILOVA
Karantin davridagi instruktaj jurnali
|
Sana |
Guruh |
F.I.O. |
Lavozimi |
Imzo |
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
COVID-19 pandemiyasi davrida cheklov tadbirlarini qoʻllash sharoitida Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalari faoliyatini tashkil etish boʻyicha sanitariya-epidemiologik talablarga
2-ILOVA
2-ILOVA
“Ertalabki filtr” jurnalining shakli
|
T/r |
F.I.O. |
Guruh/ Yoshi |
Ota-onalardan olingan maʼlumotlar Oila aʼzolaridagi kasallik |
Kim olib kelgan / yetkazgan / oʻzi kelgan |
Kelgandan soʻng tekshirish |
Ketayotganda tekshirish |
Izoh | ||||
|
ORI belgilari bor |
ORI belgilari yoʻq |
Tana harorati 37° S dan yuqori |
Tana harorati |
ORI belgilari |
Tana harorati |
ORI belgilari | |||||
|
1. |
|||||||||||
|
2. |
|||||||||||
|
3. |
|||||||||||
|
4. |
|||||||||||
|
5. |
|||||||||||
|
6. |
|||||||||||
COVID-19 pandemiyasi davrida cheklov tadbirlarini qoʻllash sharoitida Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalari faoliyatini tashkil etish boʻyicha sanitariya-epidemiologik talablarga
3-ILOVA
3-ILOVA
Yuvish va dezinfeksiyalovchi vositalarning sarflanish normalari
|
T/r |
Nomi |
Oʻlchov birligi |
1 kunda |
1 oyda |
Yilda 1 ta talabaga |
|
| |||||
|
1. |
Kir sovun |
gr |
2 |
42 |
506 |
|
2. |
Atir sovun yoki suyuq sovun |
gr |
2 |
42 |
506 |
|
3. |
Soda kuli (unitazlarni yuvish uchun) |
gr |
4 |
84 |
1012 |
|
4. |
Kalsiy gipoxlorit (yoki xloramin) |
gr |
1 |
22 |
264 |