04.05.2021 yildagi 275-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institutini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Respublikamizda oxirgi yillarda o‘quv-pedagogik jarayonga innovatsion ilg‘or va xalqaro ta’lim standartlarini joriy etish, kadrlar salohiyatini oshirish va professor-o‘qituvchilar mehnatini rag‘batlantirish, shuningdek, ta’lim muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash bo‘yicha qator chora-tadbirlar amalga oshirildi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qishloq xo‘jaligi sohasi va tarmoqlari uchun kadrlar tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash, fan, ta’lim va ishlab chiqarishning samarali integratsiyasini ta’minlash, hududlarning yuqori malakali kadrlarga bo‘lgan ehtiyojini qondirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining 2021/2022 o‘quv yilidan boshlab Toshkent davlat agrar universitetining Nukus filiali negizida Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institutini (keyingi o‘rinlarda — Institut) tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti faoliyatini tashkil etish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Belgilansinki:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Institutda ta’limning kredit-modul tizimi joriy etiladi. Bunda, haftada besh kunlik o‘qish hamda haftaning shanba kuni mustaqil o‘zlashtirish kuni deb belgilanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Institutning faoliyati O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan muvofiqlashtiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Institutga qabul parametrlari belgilangan tartibda har yili tasdiqlanadigan respublika oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlaridan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Innovatsion rivojlanish vazirligining Institutda 2021/2022 o‘quv yilidan boshlab tashkil etiladigan qo‘shma ta’lim dasturlarining o‘quv rejalari va fan dasturlari Institut tomonidan xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan kelishgan holda mustaqil tasdiqlanishi to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi bilan birgalikda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bir oy muddatda oliy ta’lim muassasalari uchun belgilangan normativlarga muvofiq Institutning tuzilmasi va ustavi tasdiqlanishini hamda belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini ta’minlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ikki oy muddatda Institutda o‘quv-metodik jarayonning tashkil etish, shtatlar jadvali va xarajatlar smetasini tasdiqlash, uni o‘quv-laboratoriya jihozlari va kompyuter texnikasi bilan ta’minlash bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
har yilning 20-avgustiga qadar Institutni oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari, tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha ishlab chiqarish tashkilotlarining katta amaliy tajribaga ega mutaxassislaridan iborat bo‘lgan yuqori malakali kadrlar bilan tanlov asosida to‘ldirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Institut professor-o‘qituvchilari, ilmiy va texnik-muhandis xodimlarining har yili O‘zbekiston hamda xorijiy davlatlarning yetakchi ta’lim muassasalarida, ilmiy-tadqiqot markazlarida, agroklasterlarda, kooperatsiyalarda va yirik ishlab chiqarish tashkilotlarida stajirovka o‘tashi bo‘yicha dasturlar tayyorlanishini hamda amalga oshirilishini ta’minlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda tashkil etiladigan qo‘shma ta’lim dasturlarining o‘quv rejalarini xorijiy ekspertlar ishtirokida ishlab chiqilishini ta’minlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2022/2023 o‘quv yilidan boshlab Qoraqalpog‘iston tuproq iqlim-sharoitini hisobga olib, yer degradatsiyasi va atrof-muhit monitoringini zamonaviy texnologiyalar asosida olib borishda geoaxborot tizimlaridan foydalanish maqsadida Institut tuzilmasida Germaniya Xalqaro hamkorlik tashkiloti bilan hamkorlikda “Geoaxborot tizimlari” markazi va laboratoriyasini tashkil etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat-xususiy sheriklik tamoyillari asosida yoki xususiy sektor ishtirokida Institut huzurida ilmiy ishlanmalarni amaliyotga joriy etish va talabalarning bevosita ishlab chiqarishda ishtirokini ta’minlovchi “Kichik innovatsion korxonalar”ni tashkil etish choralarini ko‘rish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
islohotlarning hozirgi bosqichiga hamohang tarzda o‘zbek va qoraqalpoq tillarida yangi avlod darsliklari va o‘quv qo‘llanmalari turkumini xorijiy olimlar, oliy ta’lim va agrar sohada samarali faoliyat yuritayotgan mutaxassislarni jalb etgan holda tayyorlash, shuningdek, o‘quv rejalari va dasturlarini yangilash hamda qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha ikki oy muddatda chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Institutning axborot-resurs markazini mahalliy va xorijiy o‘quv, ilmiy va badiiy adabiyotlar bilan ta’minlash choralarini ko‘rsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Qoraqalpog‘iston Respublikasida moyli ekinlar seleksiyasi, urug‘chiligi, moyli ekinlarni yetishtirish va qayta ishlash sohalariga ilm-fanni tatbiq etish maqsadida Institut huzurida davlat muassasasi shaklidagi “Moyli ekinlar seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari” o‘quv-ilmiy markazi (keyingi o‘rinlarda — Markaz) tashkil etilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari etib belgilansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
moyli ekinlarni parvarishlashning bio, nano va resurstejamkor hamda intensiv texnologiyalarini qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishiga joriy etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Institutning “Axborot-maslahat markazi” (Extension-center) hududidagi yer maydonlarida ichki va tashqi bozor ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda, moyli ekinlarning serhosil, sho‘r va qurg‘oqchilikka, kasallik hamda zararkunandalarga chidamli, mahsulot sifati va moydorlik darajasi yuqori bo‘lgan nav va duragaylari seleksiyasi hamda urug‘chiligini yo‘lga qo‘yish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sug‘oriladigan va cho‘l-yaylov hududlarining tuproq-iqlim sharoitlari uchun moyli ekinlarni yetishtirish agrotexnologiyalarini ishlab chiqish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ilmiy xodimlarning ilg‘or innovatsion texnologiyalarni yaratish bo‘yicha tashabbuskorligini qo‘llab-quvvatlash, jismoniy shaxslarning novatorlik g‘oyalarini qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishiga joriy etishga ko‘maklashish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
klasterlar, kooperatsiyalar, fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari uchun moyli ekinlarni yetishtirish bo‘yicha ko‘rgazmali o‘quv-seminarlarni tashkil etish hamda tavsiyalar ishlab chiqish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Oliy attestatsiya komissiyasining 2022-yildan boshlab Institutning ilmiy salohiyatini oshirish uchun oliy ta’limdan keyingi ta’lim (doktorantura)ga qishloq xo‘jaligi ixtisosliklari bo‘yicha qabul parametrlarini 3 barobarga oshirish hamda mintaqadagi boshqa oliy ta’lim va ilmiy tashkilotlarning imkoniyatlaridan kelib chiqib, ixtisoslashgan ilmiy kengash tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, “El-yurt umidi” jamg‘armasi bilan birgalikda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
nufuzli xorijiy ilmiy tashkilotlar bilan hamkorlikda loyihalarni amalga oshirish va Institutning ilmiy pedagogik xodimlarini xalqaro anjumanlarda ishtirokini ta’minlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2021-yil 15-iyulga qadar Institut va Vyetnam agrar universiteti bilan birgalikda sholichilik yo‘nalishida qo‘shma fakultet tashkil qilish bo‘yicha hamkorlik aloqalarini o‘rnatsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2021/2022 o‘quv yilidan boshlab dunyoning Yaponiya, Xitoy, Rossiya, Janubiy Koreya va boshqa rivojlangan davlatlarning sholichilikka va qishloq xo‘jaligi ekinlari yetishtirishga ixtisoslashgan muassasalarida Institutning yosh istiqbolli kadrlari va ilmiy-pedagogik xodimlarini maqsadli ravishda xorijda malakasini oshirish va stajirovkaga yuborish bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni belgilasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi bilan birgalikda uch oy muddatda hududning tuproq-iqlim sharoitidan kelib chiqib, moyli ekinlarning serhosil, kasallik va zararkunandalarga chidamli, mahsulot sifati va moydorlik darajasi yuqori bo‘lgan nav va duragaylari seleksiyasi hamda urug‘chiligini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha maqsadli fundamental va amaliy loyihalar tanlovini e’lon qilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti huzuridagi “Moyli ekinlar seleksiyasi, urug‘chiligi va agrotexnologiyasi” o‘quv-ilmiy markazining tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Quyidagilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) Institut faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib quyidagilar belgilansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
to‘lov-kontrakt asosida o‘qitishdan tushadigan mablag‘lar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xo‘jalik faoliyatidan va shartnoma asosida xizmatlar ko‘rsatishdan tushadigan tushumlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xalqaro moliya institutlari va donor tashkilotlarning texnik ko‘magi va grantlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar;
(12-bandning “a” kichik bandi yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) Markaz faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib quyidagilar belgilansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasida bajariladigan maqsadli fundamental, ilmiy-amaliy va innovatsion loyihalar moliyalashtirib borilishini ta’minlash uchun ajratiladigan mablag‘lar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xo‘jalik faoliyatidan va shartnoma asosida xizmatlar ko‘rsatishdan tushadigan tushumlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xalqaro moliya institutlari va donor tashkilotlarning texnik ko‘magi va grantlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Belgilab qo‘yilsinki, Institutni saqlash xarajatlari 2021-yilda O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetidan birinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchi sifatida O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligiga ajratiladigan mablag‘lar doirasida amalga oshiriladi, 2022-yildan boshlab esa O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Institutga xorijdan va O‘zbekiston Respublikasining boshqa hududlaridan ishga taklif etilgan mutaxassislarni turar joy bilan ta’minlash maqsadida Nukus shahrida qurilayotgan arzon uy-joylardan imtiyozli shartlar asosida ehtiyojdan kelib chiqqan holda ajratilishini ta’minlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Institutga Toshkent davlat agrar universiteti Nukus filialining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Nukus shahri, Q. Abdanbetov ko‘chasida joylashgan bino va inshootlarini tegishli hududi bilan birgalikda operativ boshqaruv huquqi asosida tekin berish, uning o‘quv va laboratoriya jihozlari, transport vositalari, qishloq xo‘jaligi texnikalari, kompyuter texnikalari, o‘quv adabiyotlari hamda boshqa mol-mulkini topshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent davlat agrar universiteti Nukus filialining barcha talabalarini Institutning mos ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklariga o‘tkazish hamda 2021/2022 o‘quv yilidan boshlab bitiruvchi kurs talabalariga belgilangan tartibda Institut diplomini berish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
boshqa hududlardan ishga qabul qilingan professor-o‘qituvchilarni Institutda faoliyat yuritgan davrida turar joy bilan ta’minlash to‘g‘risidagi takliflari ma’qullansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Sh.M. G‘aniyev, O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vaziri J.A. Xodjayev hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi Q.R. Sariyev zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2021-yil 4-may,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
275-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining
2021-yil 4-maydagi 275-son qaroriga
1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti faoliyatini tashkil etish bo‘yicha
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ChORA-TADBIRLAR DASTURI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Bajarish muddati

Moliyalashtirish manbalari

Bajarish uchun mas’ullar

I. Institut faoliyatini tashkil etish

1.

Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institutining ustavi va tuzilmasini ishlab chiqish, tasdiqlash hamda davlat ro‘yxatidan o‘tkazish.

Bir oy muddatda

-

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

2.

Institutda rahbarlik faoliyatini (prorektorlar, bo‘lim boshliqlari, fakultet dekanlari) olib borish uchun nomzodlar ro‘yxatini shakllantirish.

2021-yil may

-

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

3.

Institutning 2021/2022 o‘quv yiliga mo‘ljallangan xarajatlar smetasini, shtatlar jadvalini ishlab chiqish hamda belgilangan tartibda tasdiqlash.

2021-yil iyun

O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlari doirasida

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, tegishli vazirlik va idoralar

II. Institutda 2021/2022 o‘quv yilini samarali tashkil etish

4.

2020/2021 o‘quv yilidan boshlab birinchi bosqich talabalarini o‘qitishda kredit-modul tizimini bosqichma-bosqich joriy etish.

2021/2022 o‘quv yilidan boshlab

-

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

5.

Talabalarning mustaqil ta’lim olishlari uchun masofaviy elektron ta’lim platformasini tashkil etish hamda elektron axborot resurs manbalari (taqdimotlar, tarqatma materiallar, ma’ruza matnlari, video va audio darslar) bilan boyitib borish.

2021/2022 o‘quv yili davomida

Institutning mazkur maqsadlar uchun nazarda tutilgan budjetdan tashqari mablag‘lari doirasida

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

6.

Institutning talabalari uchun o‘quv va ishlab chiqarish amaliyotlari bazasini yaratish maqsadida Institut mutaxassis kadrlarining iste’molchilari hisoblangan hududiy tashkilotlar, klasterlar, kooperatsiyalar, xo‘jalik birlashmalari bilan ishga joylashtirish va amaliyotlarni tashkil etish bo‘yicha hamkorlik shartnomalarini tuzish hamda talabalarning amaliyotlarini zamonaviy texnoparklarga va ilg‘or tajribaga ega tashkilotlarda tashkil etish.

O‘quv jarayoni jadvali asosida

-

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti

7.

Institutning axborot-resurs markazini o‘zbek va qoraqalpoq tilidagi o‘quv, ilmiy va badiiy adabiyotlar bilan ta’minlash choralarini ko‘rish hamda yetishmayotgan o‘quv adabiyotlarini, shuningdek, yangi avlod darsliklari va o‘quv qo‘llanmalarini yaratish rejasini ishlab chiqish.

2021/2022 o‘quv yili davomida

Institutning mazkur maqsadlar uchun nazarda tutilgan budjetdan tashqari mablag‘lari doirasida

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Oliy va o‘rta ma�sus ta’lim vazirligi

8.

Qishloq xo‘jaligi sohasi rivojlangan xorijiy davlatlarning xalqaro reytingda yetakchi oliy ta’lim va ilmiy tashkilotlari ro‘yxatini shakllantirish hamda ular bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish.

Doimiy

-

Qishloq xo‘jaligi vazirligi

9.

Institut professor-o‘qituvchilari ilmiy-tadqiqot ishlari va amaliy mashg‘ulotlar olib borishi va talabalar malakaviy amaliyotlarini o‘tashi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish maqsadida soha korxonalarida o‘quv-amaliyot markazlarini tashkil etish hamda ularning faoliyatini takomillashtirish.

2022-yil fevral

-

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti

III. Institutning ta’lim xizmatini ko‘rsatish faoliyatini tizimli tashkil etish hamda moddiy-texnik bazasini mustahkamlash bo‘yicha amalga oshiriladigan ishlar

O‘quv jarayoni bo‘yicha

10.

O‘quv jarayoni va qishloq xo‘jaligiga raqamli texnologiyalarni joriy etish maqsadida tor ixtisosliklar bo‘yicha xorijiy davlatlarning nufuzli oliy ta’lim muassasalari va ilmiy tashkilotlariga institutning professor-o‘qituvchilarini malaka oshirish hamda stajirovka o‘tash uchun yuborish, shuningdek, qishloq xo‘jaligining dolzarb yo‘nalishlari bo‘yicha vebinar dars mashg‘ulotlarini tashkil etish.

2021 — 2025-yillar davomida kelishuv asosida

Institutning mazkur maqsadlar uchun nazarda tutilgan budjetdan tashqari mablag‘lari doirasida

Qishloq xo‘jaligi vazirligi

11.

Zamonaviy texnologiyalar va interaktiv ta’lim usullarini hamda talabalarning mustaqil o‘quv va amaliy faoliyatini rivojlantirish orqali amaliyot o‘tash, shuningdek, o‘qituvchi va talabaning o‘zaro masofaviy hamkorligini ta’minlashga, ularda innovatsion va tahliliy fikrlashni rivojlantirishga mo‘ljallangan modulli, obyektga yo‘naltirilgan va dinamik ta’lim muhitini keng joriy qilish.

2021 — 2023-yillar

Institutning mazkur maqsadlar uchun nazarda tutilgan budjetdan tashqari mablag‘lari doirasida

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

12.

Xorijiy olimlar va mutaxassislarni jalb etgan holda, yangi avlod darsliklari va o‘quv qo‘llanmalari turkumini tayyorlash hamda axborot-resurs markazi fondini doimiy yangilab borish maqsadida Institutning xarajatlar smetasiga o‘quv adabiyotlarini xarid qilish hamda chop etish, shuningdek, mualliflar mehnatini rag‘batlantirish uchun mablag‘lar ajratilishini nazarda tutish.

2021 — 2025-yillar

Institutning mazkur maqsadlar uchun nazarda tutilgan budjetdan tashqari mablag‘lari doirasida

Qishloq xo‘jaligi vazirligi

13.

Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari hamda qishloq xo‘jaligida olib borilayotgan keng qamrovli islohotlarni inobatga olgan holda, yangi ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari bo‘yicha kadrlar tayyorlash yuzasidan takliflar tayyorlash.

Har yili 1-noyabrga qadar

-

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

Ilmiy-tadqiqot ishlari bo‘yicha

14.

Institut huzuridagi “Moyli ekinlar seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari” o‘quv-ilmiy markazining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash.

2021-2022-yillar davomida

Davlat ilmiy-texnik dasturlarini amalga oshirish uchun Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan o‘tkaziladigan tanlovlar asosida O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan ajratiladigan mablag‘lar

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

15.

Har yili qishloq xo‘jaligi sohasidagi oliy ta’lim muassasalarining iqtidorli bitiruvchilarini tanlash va pedagogik faoliyatga faol jalb qilish.

2022 — 2025-yillar

-

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

16.

Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizimidagi ilmiy tashkilotlar Fanlar akademiyasining ilmiy tashkilotlari bilan birgalikda qo‘shma ilmiy-tadqiqotlarni amalga oshirishi va ilmiy-metodik ishlanmalarni ishlab chiqishi uchun sharoitlar yaratib berish.

Doimiy

Davlat ilmiy-texnik dasturlarini amalga oshirish uchun Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan o‘tkaziladigan tanlovlar asosida O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan ajratiladigan mablag‘lar

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Fanlar akademiyasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

17.

Professor-o‘qituvchilar, ilmiy-tadqiqotchilar, talabalarning innovatsion texnologiyalarni yaratish hamda joriy etish borasidagi tashabbuskorligini va moddiy manfaatdorligini oshirish maqsadida davlat xususiy-sheriklik shartlari asosida kichik innovatsion tashkilotlarni tashkil etish.

2022 — 2025-yillarda

Tashabbuskorlarning mablag‘alari hisobidan

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

18.

Hududlarning tuproq-iqlim sharoitini yaxshilashga doir muammolarning yechimiga qaratilgan ilmiy loyihalar tanlovini e’lon qilish uchun takliflar tayyorlash.

2021-yil iyun

Davlat ilmiy-texnik dasturlarini amalga oshirish uchun Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan o‘tkaziladigan tanlovlar asosida O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan ajratiladigan mablag‘lar

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

19.

Institutning professor-o‘qituvchilarini har yili O‘zbekiston hamda xorijiy davlatlarning yetakchi ta’lim muassasalari va ilmiy tashkilotlarida, agroklasterlarda, kooperatsiyalarda, yirik ishlab chiqarish korxonalarida stajirovka o‘tashi bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish.

2021-yil noyabr

-

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, “El-yurt umidi” jamg‘armasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha

20.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan 5 tashabbusni amaliyotga keng joriy etish:

1-tashabbus bo‘yicha — talaba yoshlarni musiqa va san’atga jalb qilish, ularda estetik did va kasbiy etikani shakllantirish maqsadida tanlovlar, ko‘rgazmalar, san’at va madaniyat maskanlarida ochiq darslar o‘tkazish, teatr va muzeylarga tashriflarni uyushtirish, iqtidorli talabalardan tashkil topgan “Yosh havaskorlar” ashula va raqs ansamblini tuzish;

2-tashabbus bo‘yicha — sport majmualarida to‘garaklar faoliyatini samarali tashkil etish va ularga talaba qizlarni yanada kengroq jalb qilish, talabalarning qiziqish va takliflari asosida yangi sport to‘garaklarini ochish, “Salomatlik sari mustahkam qadam” aksiyasi va sport turlari bo‘yicha oliy ta’lim muassasalariaro uch bosqichli o‘yinlarni o‘tkazish;

3-tashabbus bo‘yicha — talaba yoshlarda Internet jahon axborot tarmog‘idan to‘g‘ri foydalanish madaniyatini rivojlantirish maqsadida ularning qiziqishlari bo‘yicha klublar, kompyuter texnologiyalari, loyiha va dasturlash bo‘yicha kompyuter dasturlari, internet savodxonligi to‘garaklari, onlayn-viktorinalar, IT-olimpiadalar tashkil etish, ta’lim faoliyati bilan bog‘liq elektron dasturlar, QR-kod elektron kutubxonalar joriy etish;

4-tashabbus bo‘yicha — talaba yoshlarni badiiy adabiyotga qiziqtirish, ularda vatanparvarlik, vatan taqdiriga daxldorlik, fidoyilik tuyg‘usini tarbiyalash maqsadida “Bir talabaga — bir kitob” aksiyasi, “Eng faol kitobxon” tanlovi, “Yosh adabiyotchilar” klublarini, turli mavzulardagi tanlovlarni tashkil etish;

5-tashabbus bo‘yicha — talaba qizlarning ijtimoiy faolligini oshirish maqsadida ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, “Biznes ledi” maktabi (biznes reja tuzishga o‘rgatish), “Tadbirkor talaba” klubi, “Oila maktabi” treninglari, tikuvchilik, kashtachilik, milliy hunarmandchilik kurslarini yo‘lga qo‘yish, qizlarni ichki salohiyatini ochishga ko‘maklashadigan ijodiy va fan to‘garaklarini tashkil qilish.

2021/2022 o‘quv yilidan boshlab doimiy

Institutning mazkur maqsadlar uchun nazarda tutilgan budjetdan tashqari mablag‘lari doirasida, homiylik mablag‘lari hisobidan

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

21.

Institutda tahsil olayotgan iqtidorli talabalarning O‘zbekiston Prezidenti va nomdor stipendiyalarga e’lon qilingan tanlovlarda hamda respublika va xalqaro tanlovlarda ishtirokini ta’minlash.

2021/2022 o‘quv yilidan boshlab

-

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

Xalqaro hamkorlik bo‘yicha

22.

Xorijiy hamkorlar bilan birgalikda qishloq xo‘jaligi sohasi bo‘yicha kadrlarni tayyorlash borasida qo‘shma ta’lim dasturlarini (double degree) amalga oshirish, o‘quv-ta’lim jarayoniga xorijiy olimlar va mutaxassislarni faol jalb qilish hamda ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish bo‘yicha hamkorlik aloqalarini kengaytirish.

2021-yildan boshlab doimiy

Xalqaro moliya institutlari mablag‘lari va xorijiy donor tashkilotlari grantlari

Qishloq �o‘jaligi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

23.

Istiqbolli bitiruvchilarni respublika va xorijiy davlatlarning yetakchi oliy ta’lim muassasalari va ilmiy tashkilotlariga magistratura va doktoranturaga muntazam yuborish orqali Institutning ilmiy-pedagogik salohiyatini oshirish.

2021 — 2025-yillar

“El-yurt umidi” jamg‘armasi

“El-yurt umidi” jamg‘armasi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining
2021-yil 4-maydagi 275-son qaroriga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti huzuridagi “Moyli ekinlar seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari” o‘quv-ilmiy markazining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
TUZILMASI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Direktor

Ilmiy-texnik
kengash*

Direktorning o‘quv, ilmiy ishlanmalar
va ishlab chiqarish bo‘yicha o‘rinbosari

Moyli ekinlarni yetishtirishda
suv va resurstejamkor
innovatsion texnologiyalarni
joriy etish bo‘limi

2

O‘simliklarni himoya qilishda
innovatsion texnologiyalarni
joriy etish bo‘limi

2

Moyli ekinlarning yangi
navlarini sinash, seleksiyasi
va uru
g‘chiliginitashkil etish
bo‘limi

2

Malaka oshirish hamda o‘quv
kurslarini tashkil etish
bo‘limi

2

Ilmiy tadqiqotlarni moliyalashtirish
va tijoratlashtirish bo‘yicha
mutaxassis

1

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
* Ilmiy-texnik kengash tarkibiga klasterlar, kooperatsiyalar, fermer xo‘jaliklari faoliyatini takomillashtirish, mavjud muammolarni ilmiy asosda hal etish maqsadida ilmiy-tadqiqot va oliy ta’lim muassasalarining yetakchi ilmiy-pedagog xodimlari hamda ishlab chiqarish sohasidagi tajribali mutaxassislar qo‘shimcha tarzda jalb etiladi.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.05.2021-y., 09/21/275/0415-son, Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)