1-ILOVA
2-ILOVA
|
Tadbirlar nomi |
Amalga oshirish mexanizmi |
Amalga oshirish muddati |
Masʼul ijrochilar | |
|
I. Boksni aholi oʻrtasida eng ommaviy sport turlaridan biriga aylantirish, iqtidorli sportchilarni aniqlash, tanlash va saralash (seleksiya) hamda ularni professional sportchilar sifatida tayyorlashning yangi tizimini yoʻlga qoʻyish | ||||
|
1. |
Respublikada “Sport ustasi” unvoniga sazovor boʻlish huquqini beradigan xalqaro musobaqalarni tashkil qilish. |
“Sport ustasi” unvonini beruvchi xalqaro musobaqalar tashkil qilinadi hamda iqtidorli sportchilar aniqlanadi. |
2022-yil davomida |
Oʻzbekiston boks federatsiyasi (S. Polatov), Turizm va sport vazirligi (A. Karimov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
2. |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Jizzax, Navoiy, Sirdaryo va Surxondaryo viloyatlarida boksni rivojlantirish. |
1. Hududlarda boks rivojlanmasligining sabablarini oʻrganish. 2. Tahlil natijalariga koʻra hududlarda boksni rivojlantirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish. |
2021-yil avgust |
Oʻzbekiston boks federatsiyasi (S. Polatov), Turizm va sport vazirligi (A. Karimov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Jizzax, Navoiy, Sirdaryo va Surxondaryo viloyatlari hokimliklari |
|
3. |
Oʻzbekiston boks federatsiyasi yoʻllanmasi asosida hududlarga trenerlarni va tegishli mutaxassislarni maʼlum bir muddatga ilgʻor tajribani joriy etish maqsadida yuborish (rotatsiya). |
1. Boks rivojlanmayotgan hududlarga trenerlarni yuborish (rotatsiya) va tegishli mutaxassislarni biriktirish reja va shartlarini ishlab chiqish. 2. Tajriba sifatida Jizzax va Sirdaryo viloyatlarini tanlash va mutaxassislarni yuborish. |
2021-yil avgust |
Oʻzbekiston boks federatsiyasi (S. Polatov), Turizm va sport vazirligi (A. Karimov), Jizzax va Sirdaryo viloyatlari hokimliklari |
|
4. |
Hududlarda boks boʻyicha iqtidorli yoshlarni aniqlash, tanlash va saralash (seleksiya) ishlarini takomillashtirish. |
1. Iqtidorli yoshlarni hududlardagi seleksionerlarni jalb qilgan holda aniqlash. 2. Saralab olish (seleksiya) yoʻli bilan aniqlangan iqtidorli yoshlarni kelajakda oliy mahoratli bokschi boʻlib shakllanishi uchun ixtisoslashtirilgan sport taʼlim muassasalariga yoʻnaltirish. 3. Taʼlim muassasalarida ushbu yoshlarning oʻqish va shugʻullanish jarayonini doimiy nazoratga olgan holda monitoring olib borish. |
2021-yil maydan boshlab |
Oʻzbekiston boks federatsiyasi (S. Polatov), Yoshlar siyosati va sport vazirligi (Sh. Maxmudov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
5. |
Iqtidorli sportchilarni aniqlash uchun boks boʻyicha tuman (shahar) miqyosida musobaqalar oʻtkazilishini tahlil qilishni va monitoring olib borishni joriy etish. |
1. Tuman saralash bosqichlarini uzluksiz oʻtkazilishini joriy etish. 2. Hududlardagi seleksionerlar tomonidan tuman jismoniy tarbiya va ommaviy sport tadbirlari kalendar rejasi asosida oʻtkazilayotgan musobaqalarda iqtidorli yoshlar roʻyxatini shakllantirish hamda ularning harakatlanish monitoringini yuritishini yoʻlga qoʻyish. |
2021-yil sentabr |
Oʻzbekiston boks federatsiyasi (S. Polatov), Turizm va sport vazirligi (A. Karimov) |
|
6. |
Boksga ixtisoslashgan sport maktablari, taʼlim muassasalari va sport klublaridan saralangan sportchilar oʻrtasida mintaqaviy oʻquv-mashq yigʻinlarini oʻtkazish. |
1. Boks boʻyicha viloyat oʻquv-mashq yigʻinlarini uzluksiz oʻtkazilishini taʼminlash. 2. Hududlardagi iqtidorli yoshlar oʻrtasida viloyat jismoniy tarbiya va ommaviy sport tadbirlari kalendar rejasi asosida oʻtkazilayotgan oʻquv-mashq yigʻinlari natijalarining doimiy tahlili va monitoringini yuritish. |
2021-yil sentabrdan boshlab doimiy |
Oʻzbekiston boks federatsiyasi (S. Polatov), Yoshlar siyosati va sport vazirligi (Sh. Maxmudov) |
|
7. |
Hududlarda oʻtkazilgan musobaqalarning gʻolib va sovrindorlaridan tarkib topgan jamoaviy klublar tashkil etish, klublararo musobaqalar oʻtkazilishini yoʻlga qoʻyish (“World Series Boxing” musobaqalar misolida). |
1. Musobaqalar gʻolib va sovrindorlaridan tarkib topgan jamoaviy klublarni tashkil etish. 2. Klublarni hudud nomidan Respublika musobaqalari bosqichlarida ishtirok etishini taʼminlash. |
2021-yil noyabrdan boshlab doimiy |
Oʻzbekiston boks federatsiyasi (S. Polatov), Yoshlar siyosati va sport vazirligi (Sh. Maxmudov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
8. |
Chekka joylarda (shu jumladan, togʻlik tumanlarda) joylashgan sport muassasalari boks boʻlimlarini qoʻllab-quvvatlash. |
1. Chekka joylarda sport muassasalari boks boʻlimlarini qoʻllab-quvvatlashni nazarda tutuvchi chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish. |
2021-yil sentabr |
Yoshlar siyosati va sport vazirligi (Sh. Maxmudov), Oʻzbekiston boks federatsiyasi (S. Polatov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
2. Chora-tadbirlar rejasi ijrosini amalga oshirish. |
Chora-tadbirlar rejasida belgilangan muddatlarda | |||
|
9. |
Mashhur bokschilar ishtirokida sport tadbirlarini, davra suhbatlarini oʻtkazish, yoshlar va barcha xohlovchilar uchun master-klass mashgʻulotlari va dastxat-sessiyalarni tashkil etish. |
1. Turizm va sport vazirligining hududiy boshqarmalari Oʻzbekiston boks federatsiyasi boʻlimlari bilan birgalikda qoʻshma chora-tadbirlar rejalarini ishlab chiqish. |
2021-yil iyul |
Oʻzbekiston boks federatsiyasi (S. Polatov), Yoshlar siyosati va sport vazirligi (Sh. Maxmudov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
2. Chora-tadbirlar rejalari ijrosini taʼminlash va ularning ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini tashkil etish. |
Chora-tadbirlar rejalarida belgilangan muddatlarda | |||
|
10. |
Bokschilar toʻgʻrisida maʼlumotlarni tezkor olish imkonini beruvchi elektron bazani yaratish. |
1. Elektron bazani yaratish boʻyicha tanlov eʼlon qilish. |
2021-yil iyul |
Oʻzbekiston boks federatsiyasi (S. Polatov), Turizm va sport vazirligi (A. Karimov) |
|
2. Elektron bazani joriy etish va uning monitoringini yuritish. |
2021-yil noyabr | |||
|
II. Yuqori malakali sportchi va kadrlarni tayyorlash sifatini oshirish | ||||
|
11. |
Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti hamda uning filiallarida boks boʻyicha davlat buyurtmasi parametrlarini oshirish. |
1. Hududlarda boks boʻyicha trenerlarga boʻlgan real ehtiyojni aniqlash. 2. Real ehtiyojdan kelib chiqib, qabul kvotalarini oshirish boʻyicha respublikadagi taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasiga taklif kiritish. |
2021-yil iyun |
Turizm va sport vazirligi (A. Karimov), Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (A. Boboyev) |
|
12. |
Sport taʼlim muassasalarida oʻquv reja va dasturlarini takomillashtirish va jahon tajribasi asosida boksni rivojlantirishning ilmiy-metodik taʼminotini yoʻlga qoʻyish. |
1. Oʻquv reja va taʼlim dasturlarini xorijiy tajriba asosida qayta koʻrib chiqish. |
2021-yil sentabr |
Yoshlar siyosati va sport vazirligi (Sh. Maxmudov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Sh. Kudbiyev) |
|
2. Xalqaro standartlarga javob beradigan oʻquv rejalari va taʼlim dasturlari, maxsus taʼlim dasturlarini ishlab chiqish. |
2022-yil davomida | |||
|
3. Ishlab chiqilgan oʻquv rejalari va taʼlim dasturlarini bosqichma-bosqich chop etish va sport taʼlim muassasalariga yetkazish. |
2022/2023 oʻquv yilida | |||
|
13. |
Boks boʻyicha elektron taʼlim resurslarida mashq jarayonini tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha metodik tavsiyalarning respublika ochiq maʼlumotlar bazasini yaratish. |
1. Boks boʻyicha elektron darsliklar, mashq jarayonlarini videolavhalarda aks ettiruvchi elektron metodik qoʻllanmalar yaratish. 2. Elektron darslik va qoʻllanmalarning yagona respublika ochiq maʼlumotlar bazasini yaratish. |
2021-yil sentabr |
Oʻzbekiston boks federatsiyasi (S. Polatov), Turizm va sport vazirligi (A. Karimov) |
|
14. |
Hududlarga boks boʻyicha oʻquv-metodik adabiyotlarni yetkazib berishni yoʻlga qoʻyish. |
1. Boks boʻyicha mavjud oʻquv va uslubiy qoʻllanmalar roʻyxatini shakllantirish. |
2021-yil avgust |
Oʻzbekiston boks federatsiyasi (S. Polatov), Yoshlar siyosati va sport vazirligi (Sh. Maxmudov) |
|
2. Har yili ehtiyoj mavjud boʻlgan adabiyotlar (psixolog tayyorgarlik, farmakologiya, diyetologiya, fiziologiya kabi) roʻyxatini shakllantirish va buyurtma berish. |
2021-yil sentabr | |||
|
3. Hududlarga adabiyotlarni, shu jumladan elektron shaklda yetkazib berish rejasini ishlab chiqish va ijrosini taʼminlash. |
Rejada belgilangan muddatlarda | |||
|
15. |
Boks boʻyicha malakali mutaxassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish. |
1. Zamon talablaridan kelib chiqib, masofaviy taʼlim tizimini joriy etish maqsadida malaka oshirish va qayta tayyorlash tizimidagi oʻquv reja va taʼlim dasturlarini xorijiy tajriba asosida qayta koʻrib chiqish. 2. Xalqaro standartlarga javob beradigan malaka oshirish va qayta tayyorlash oʻquv rejalari va taʼlim dasturlari, maxsus taʼlim dasturla?ini ishlab chiqish. |
2021/2022 oʻquv yili |
Turizm va sport vazirligi (A. Karimov) |
|
16. |
Oʻquv-mashq jarayoniga jahonning yetakchi mutaxassislarini tizimli asosda jalb etish hamda kadrlarni tajriba almashish maqsadida boks rivojlangan yetakchi xorijiy davlatlarga yuborish. |
1. Boks boʻyicha yetakchi xorijiy davlatlarni oʻrganib chiqish. |
2021-yil iyul |
Oʻzbekiston boks federatsiyasi (S. Polatov), Turizm va sport vazirligi (A. Karimov) |
|
2. Mutaxassislarni xorijiy davlatlarga tajriba almashishga yuborish hamda ularning yurtimizga tajriba almashish maqsadida kelish rejasini ishlab chiqish va tegishli tartibda tasdiqlash. 3. Tasdiqlangan reja asosida tajriba almashish ishlarini tashkil etish. |
2021-yil sentabr | |||
|
III. Boks boʻyicha ilmiy-tadqiqot ishlarini takomillashtirish, oʻquv jarayoniga zamonaviy innovatsion texnologiyalarni keng joriy etish | ||||
|
17. |
Boks bilan shugʻullanishga qiziqishni oshirishga yoʻnaltirilgan adabiyotlarni yaratish. |
1. Sport qahramonlari hayotini jozibali bayon etish orqali badiiy adabiyotlarni yaratish. 2. Mashhur sportchilar tajribasini koʻrsatib beruvchi oʻquv adabiyotlar yaratish va mashgʻulotlarda foydalanishni yoʻlga qoʻyish. |
2022-yil yanvar |
Oʻzbekiston boks federatsiyasi (S. Polatov), Turizm va sport vazirligi (A. Karimov) |
|
18. |
Yosh tadqiqotchilarni boks boʻyicha ilmiy faoliyatga keng jalb etish. |
1. Oliy taʼlimdan keyingi taʼlimda tahsil olayotgan tayanch doktorantura izlanuvchilariga boks boʻyicha zarur mavzular toʻplamini shakllantirib berish. 2. Boks boʻyicha taʼlim grantlarini joriy etish va eʼlon qilish. |
2021-yil sentabr |
Innovatsion rivojlanish vazirligi (I. Abduraxmonov), Turizm va sport vazirligi (A. Karimov), Oʻzbekiston boks federatsiyasi (S. Polatov) |
|
19. |
Boksga ilm-fanning innovatsion yutuqlarini joriy etish. |
1. Boks boʻyicha oʻtkazilgan tadqiqotlar tahlilini amalga oshirish. 2. Oʻrganilgan va saralab olingan tadqiqot natijalarini amaliyotga joriy etish. 3. Oʻquv-mashgʻulotlar jarayonida innovatsion texnologiyalarni qoʻllash. |
2022-yil yanvar |
Oʻzbekiston boks federatsiyasi (S. Polatov), Turizm va sport vazirligi (A. Karimov) |
|
20. |
Axborot texnologiyalari va multimedia mahsulotlaridan keng foydalangan holda oʻquv-mashq jarayonining kompyuterlashtirish darajasini oshirish. |
1. Bokschilarni pedagogik-psixologik, texnik-taktik tayyorlash imkonini beruvchi kompyuterlashtirilgan oʻquv xonalarini tashkil etish. 2. Oʻquv-mashq jarayoniga kompyuter dasturlarini joriy etish. |
2021-yil sentabr |
Oʻzbekiston boks federatsiyasi (S. Polatov), Turizm va sport vazirligi (A. Karimov) |
|
21. |
Oʻquv-mashgʻulot samaradorligini oshirish maqsadida, mashgʻulotlar jarayoniga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish. |
1. Bokschilarni texnik-taktik tayyorlashda kompyuter dasturlaridan keng foydalanish. 2. Oʻquv-mashq jarayoniga kompyuter dasturlarini joriy etish. |
2021-yil sentabr |
Oʻzbekiston boks federatsiyasi (S. Polatov), Turizm va sport vazirligi (A. Karimov), Innovatsion rivojlanish vazirligi (I. Abduraxmonov) |
|
22. |
Oʻquv-mashgʻulotlar jarayoniga zamonaviy sport anjomlari (sensor qoplar, va “yassi” qoʻlqoplar), maxsus dasturlarni keng joriy qilish. |
1. Bokschilarni jismoniy jihatdan hamda texnik-taktik tayyorlashda innovatsion jihoz va anjomlardan foydalanishni yoʻlga qoʻyish. 2. Bokschilarning mashgʻulot jarayonidagi kamchiliklarini tezkor tahlil qilish imkoniyatini beruvchi maxsus kompyuter dasturlarini joriy etish. |
2021-yil dekabrdan boshlab doimiy |
Oʻzbekiston boks federatsiyasi (S. Polatov), Yoshlar siyosati va sport vazirligi (Sh. Maxmudov) |
|
23. |
Virtual raqiblar bilan jang olib borish imkoniyatini beruvchi kompyuterlashtirilgan xonalarda maxsus oʻquv-mashgʻulotlarni tashkil etishni yoʻlga qoʻyish. |
1. Bokschilarni texnik-taktik tayyorlash jarayoniga virtual mashgʻulot va janglarni joriy etish. 2. Virtual mashgʻulotlar, janglar olib borish imkoniyatini beruvchi maxsus jihoz va anjomlar olib kelish, ularni joylashtirish va samarali yuritish. |
2021-yil sentabrdan boshlab doimiy |
Oʻzbekiston boks federatsiyasi (S. Polatov), Yoshlar siyosati va sport vazirligi (Sh. Maxmudov) |
|
IV. Bokschilarga koʻrsatilayotgan tibbiy xizmat sifatini oshirish | ||||
|
24. |
Hududiy tibbiyoti boʻlimlariga bokschilarni biriktirish. |
1. Bokschilar sogʻligini uzluksiz nazorat qilish maqsadida tibbiy kartalar yuritilishini takomillashtirish. 2. Bokschilar sogʻligini uzluksiz nazorat qilishning monitoringini tashkil etish. |
2021-yil oktabr |
Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Xadjibayev), Turizm va sport vazirligi (A. Karimov), Oʻzbekiston boks federatsiyasi (S. Polatov) |
|
25. |
Bokschilarni tibbiy profilaktika qilish ishlarini takomillashtirish. |
1. Bokschilar sogʻligini yilda kamida ikki marotaba diagnostika qilish va kasalliklarni oldini olish maqsadida tibbiy profilaktika ishlarini tashkil etish. 2. Harakatlanuvchi (mobil) ilmiy-tibbiyot laboratoriyalarini tashkil etish. |
2022-yildan boshlab |
Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Xadjibayev), Yoshlar siyosati va sport vazirligi (Sh. Maxmudov), Oʻzbekiston boks federatsiyasi (S. Polatov) |
|
V. Boks infratuzilmasini rivojlantirish, moddiy-texnik jihatdan yanada yaxshilash hamda xalqaro talablarga moslashtirish | ||||
|
26. |
Xalqaro talablarga javob beradigan boks boʻyicha milliy terma jamoalari uchun oʻquv-mashgʻulot bazasini yaratish. |
1. Boks boʻyicha milliy terma jamoalar uchun oʻquv-mashgʻulot bazasini yaratish maqsadida Turizm va sport vazirligi va Toshkent viloyati hokimligi tomonidan Toshkent viloyati, Angren shahri, Yangiobod qoʻrgʻoni hududida joylashgan Respublika olimpiya zaxiralari sport kolleji balansidagi 1,5 gektar maydonga ega boʻlgan sobiq stadion, suzish havzasi, shuningdek, oshxonani 2039-yil 31-dekabrga qadar Oʻzbekiston boks federatsiyasiga maqsadli tekin foydalanish huquqi asosida berish yuzasidan Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqish. 2. Hukumat qarori loyihasini belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish. |
2021-yil noyabr |
Turizm va sport vazirligi (A. Karimov), Davlat aktivlarni boshqarish agentligi (A. Ortiqov), Toshkent viloyati hokimligi (D. Xidoyatov), Oʻzbekiston boks federatsiyasi (S. Polatov) |
|
27. |
Andijon viloyati (Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlari), Buxoro viloyati (Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Buxoro, Navoiy va Xorazm viloyatlari), Qashqadaryo viloyati (Jizzax, Qashqadaryo, Samarqand va Surxondaryo viloyatlari) hamda Toshkent viloyatlari (Sirdaryo va Toshkent viloyatlari, Toshkent shahri) markazlarida Turizm va sport vazirli?i huzuridagi boks boʻyicha oliy sport mahorati maktablarining moddiy-texnika bazasini yaratish. |
1. Boks boʻyicha oliy sport mahorati maktablarini faoliyatini tashkil etish uchun zarur bino va inshootlar ajratish. 2. Investitsiya dasturini shakllantirishda ishlab chiqilgan loyiha-smeta hujjatlariga asosan boks boʻyicha milliy terma jamoalari uchun oʻquv-mashgʻulot bazasini va boks maktablarini qurish, rekonstruksiya qilish va kapital taʼmirlash ishlari uchun 2022–2023-yillarda markazlashgan kapital qoʻyilmalar limitlarini ajratilishini taʼminlash. |
2021-yil oktabr |
Turizm va sport vazirligi (A. Karimov), Oʻzbekiston boks federatsiyasi (S. Polatov), Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (A. Boboyev), Andijon (Sh. Abduraxmonov), Qashqadaryo (Z. Mirzayev), Buxoro (B. Zaripov), Toshkent (D. Xidoyatov) viloyatlari hokimliklari |
|
28. |
Boks boʻyicha xalqaro standart talablariga mos keluvchi sport jihozlari va anjomlari bilan taʼminlanganlik darajasini tahlil qilish va mahalliy sharoitlardan kelib chiqib, sport jihozlari va anjomlarini ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish. |
1. Hududlarda boksga oid boʻlgan jihoz va anjomlarga boʻlgan ehtiyojni aniqlash hamda ular bilan taʼminlanganlik darajasini tahlil qilish maqsadida hududiy ishchi guruhlarni tuzish. |
2021-yil iyun |
Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Sh. Kudbiyev), Oʻzbekiston boks federatsiyasi (S. Polatov), Yoshlar siyosati va sport vazirligi (Sh. Maxmudov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
2. Ishchi guruhlar tahlillarini umumlashtirish va xulosa tayyorlash. |
2021-yil avgust | |||
|
3. Zarur boʻlgan jihoz va anjomlar roʻyxati asosida mahalliy ishlab chiqaruvchilarga buyurtma berish va hududlarni boks boʻyicha jihoz va anjomlar bilan taʼminlash. |
2022-yil yanvardan boshlab | |||
|
29. |
Sport yakkakurashlari boʻyicha Respublika oliy sport mahorati maktabi boks boʻlimining Oʻzbekiston milliy terma jamoa aʼzolari uchun Toshkent shahrida zamonaviy (boshqaruv binosi, boks zali, sauna, konferensiya zali, 100 oʻrinli yotoqxona va oshxonasiga ega) boks bazasini qurish. |
1. Yoshlar siyosati va sport vazirligi huzuridagi “Sport obyektlari infratuzilmasini rivojlantirish injiniring kompaniyasi” davlat unitar korxonasi tomonidan Sport yakkakurashlari boʻyicha Respublika oliy sport mahorati maktabi boks boʻlimining Oʻzbekiston milliy terma jamoa aʼzolari uchun Toshkent shahrida zamonaviy boks bazasini qurish masalasini belgilangan tartibda 2022-yil uchun qurilishlarning manzilli dasturiga kiritish va loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqib tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish. |
2021-yil oktabr |
Yoshlar siyosati va sport vazirligi (Sh. Maxmudov), Oʻzbekiston boks federatsiyasi (S. Polatov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Sh. Kudbiyev), Toshkent shahar hokimligi (Sh. Umurzakov) |
|
2. Toshkent shahar hokimligi tomonidan Sport yakkakurashlari boʻyicha Respublika oliy sport mahorati maktabining boks boʻlimiga Toshkent shahri markazidan zamonaviy (boshqaruv binosi, boks zali, sauna, konferensiya zali, 100 oʻrinli yotoqxona va oshxonasiga ega) boks bazasini qurish uchun yer ajratish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish. |
2021-yil avgust | |||
|
30. |
Sportchilar (shu jumladan yosh sportchilarni) va trenerlarni moddiy ragʻbatlantirish tizimini yanada takomillashtirish. |
1. Ishchi guruh tuzish. |
2021-yil may |
Turizm va sport vazirligi (A. Karimov), Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi (R. Shoabduraxmonov), Moliya vazirligi (J. Abruyev), sport federatsiyalari va assotsiatsiyalari |
|
2. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini vazirlik, idora va tashkilotlar bilan kelishish hamda Vazirlar Mahkamasiga belgilangan tartibda kiritish. |
2021-yil avgust | |||
|
VI. Boksni yanada ommalashtirish | ||||
|
31. |
Boksni aholi orasida keng targʻib qilish. |
1. “Oʻzbek boksi” ommabop jurnalini taʼsis etish. |
2021-yil avgust |
Oʻzbekiston boks federatsiyasi (S. Polatov), Yoshlar siyosati va sport vazirligi (Sh. Maxmudov), Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi (A. Xadjayev) |
|
2. Boksga bagʻishlangan “Ikki avlod uchrashuvi” va “Yurtimiz oʻgʻlonlari” mavzularida turkum koʻrsatuv va radioeshittirishlarni tashkil etish. |
Reja asosida | |||
|
32. |
Mashhur bokschilar faoliyatini ommaviy axborot vositalarida yoritishni taʼminlash orqali boksni ommalashtirish. |
1. Taniqli sportchilar ishtirokida ijtimoiy reklama roliklarini ishlab chiqish va yoritib borish. |
2021-yil iyul |
Oʻzbekiston boks federatsiyasi (S. Polatov), Turizm va sport vazirligi (A. Karimov), Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi (A. Xadjayev), Kinematografiya agentligi (F. Abduxalikov) |
|
2. Sport jurnalistlarining boks yutuqlarini tahlil qilgan efirlarini OAVda doimiy yoritib borish. |
2021-yil avgust | |||
|
3. Taniqli bokschilar hayoti haqida badiiy va videofilmlar yaratish. |
2021-yil noyabr | |||
|
33. |
Ayollar boksini yanada ommalashtirish. |
1. Taniqli ayol sportchilar ishtirokida ijtimoiy reklama roliklarini ishlab chiqish va yoritib borish. |
2021-yil iyul |
Oʻzbekiston boks federatsiyasi (S. Polatov), Yoshlar siyosati va sport vazirligi (Sh. Maxmudov), Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi (A. Xadjayev), Kinematografiya agentligi (F. Abduxalikov) |
|
2. Sport jurnalistlarining ayollar boksi yutuqlarini tahlil qilgan efirlarini OAVda doimiy yoritib borish. |
doimiy | |||
|
3. Taniqli ayol bokschilar hayoti haqida badiiy va videofilmlar yaratish. |
2021-yil noyabr | |||
3-ILOVA
|
Koʻrsatkichlar |
Oʻlchov birligi |
Yillar kesimida |
Masʼul ijrochilar | |||||
|
2021 |
2022 |
2023 |
2024 |
2025 | ||||
|
1. |
Boks bilan muntazam shugʻullanayotgan 13 — 17 yosh toifasidagi bolalar sonini oshirish. |
Jalb etiladigan bolalar soni |
6 450 |
7 500 |
8 000 |
8 250 |
8 750 |
Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Oʻzbekiston boks federatsiyasi |
|
3. |
Sport taʼlim muassasalaridagi boks bilan muntazam shugʻullanadigan oʻquvchilar sonini oshirish. |
Jalb etiladigan oʻquvchilar soni |
23 406 |
25 000 |
25 500 |
26 000 |
27 000 |
Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Oʻzbekiston boks federatsiyasi |
|
4. |
Sport taʼlim muassasalari oʻquvchilari oʻrtasida boks musobaqalarini tashkil etish. |
Musobaqalar soni |
20 |
26 |
28 |
30 |
34 |
Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Oʻzbekiston boks federatsiyasi |
|
Jalb etilganlar soni |
1 800 |
1 950 |
2 100 |
2 250 |
2 550 | |||
|
5. |
Umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, professional taʼlim va sport taʼlim muassasalari sport inshootlaridan samarali foydalanish. |
Foizda foydalanish darajasi) |
37 |
40 |
45 |
50 |
55 |
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Oʻzbekiston boks federatsiyasi, Yoshlar siyosati va sport vazirligi |
|
6. |
Davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida tashkil etiladigan boks zallari. |
Sport zallari soni |
|
2 |
2 |
2 |
1 |
Andijon, Buxoro, Jizzax, Toshkent, Fargʻona, Xorazm viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
7. |
Sport taʼlim muassasalarini boks sport jihozlari bilan taʼminlash va maʼnan eskirgan sport anjomlarini yangilab borish. |
Foiz hisobida |
5 |
10 |
15 |
20 |
30 |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
8. |
Boks boʻyicha terma jamoalarning xalqaro sport musobaqalarida ishtirokini taʼminlash. |
Musobaqalar soni |
10 |
6 |
8 |
10 |
12 |
Oʻzbekiston boks federatsiyasi, Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi, Yoshlar siyosati va sport vazirligi |
|
9. |
Oʻzbekistonda boks boʻyicha Osiyo va Jahon chempionatlari hamda nufuzli xalqaro sport musobaqalarini oʻtkazish. |
Musobaqalar soni |
1 |
2 |
2 |
3 |
2 |
Oʻzbekiston boks federatsiyas?, Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi, Yoshlar siyosati va sport vazirligi |
|
10. |
Xalqaro boks assotsiatsiyasi (AIBA) bilan aloqalarni yoʻlga qoʻyish, terma jamoalar bilan ishlaydigan trenerlar va boshqa mutaxassislar malakasini oshirish va amaliyot (stajirovka) oʻtashlarini tashkillashtirish. |
Malakasini oshirganlar soni |
|
2 |
3 |
3 |
2 |
Oʻzbekiston boks federatsiyasi, Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi, Yoshlar siyosati va sport vazirligi |
|
11. |
Boks boʻyicha musobaqalarda doimiy ravishda ishtirok etuvchi sportchilarning yagona maʼlumot bazasini yaratish. |
Foizda sportchilar soniga nisbatan) |
15 |
20 |
25 |
35 |
45 |
Oʻzbekiston boks federatsiyasi, Yoshlar siyosati va sport vazirligi |
|
13. |
Sport taʼlimi muassasalarida boks boʻyicha trenerlarning sifat tarkibini, xususan oliy maʼlumotli trenerlar sonini bosqichma-bosqich oshirish. |
Foizda (jami trenerlar soniga nisbatan) |
30 |
33 |
36 |
39 |
45 |
Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Oʻzbekiston boks federatsiyasi |
|
14. |
Sport taʼlimi muassasalarida faoliyat yuritayotgan boks boʻyicha hakamlarni tayyorlash va ularning malakasini oshirish. |
Foizda (jami trenerlar soniga nisbatan) |
3 |
4 |
5 |
6 |
8 |
Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Oʻzbekiston boks federatsiyasi |
|
15. |
Oliy maʼlumotli boks boʻyicha trener kadrlarga ehtiyojni toʻldirish maqsadida Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti hamda uning filiallariga qabul koʻrsatkichlarini oshirish. |
Bakalavriat |
60 |
60 |
60 |
60 |
60 |
Yoshlar siyosati va sportni vazirligi, Oʻzbekiston boks federatsiyasi |
|
Sirtqi |
30 |
30 |
30 |
30 |
30 | |||