4-ILOVA
|
|
|
|||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
Direktor |
||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
|
||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
Moliya va buxgalteriya hisoboti boʻlimi 2 |
Yuriskonsult 1 |
Kinofilmlarni raqamlashtirish, qayta tiklash va arxivlashtirish xizmati 11 |
||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
Marketing va menejment xizmati 2 |
||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
5-ILOVA
|
Chora-tadbirlar nomi |
Amalga oshirish mexanizmi |
Ijro muddati |
Masʼul ijrochilar | |
|
I. Kino sanʼatini yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari | ||||
|
1. |
“Harakatlar strategiyasi hayotda” turkumida video va fotomateriallar arxivini yaratish va ulardan foydalangan holda koʻp seriyali hujjatli filmlar ishlab chiqish maqsadida: 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan xronikal video va fotomateriallarni toʻplash; Kinematografiya agentligining “Hujjatli va xronikal filmlar kinostudiyasi” DUKga elektron axborot tashuvchi vositalarda taqdim etish. |
Amaliy chora-tadbirlar |
2021-yil 1-iyun |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirlik, xoʻjalik birlashmalari va idoralar |
|
2. |
“Hujjatli va xronikal filmlar kinostudiyasi” DUK tarkibida xronikal materiallarni tayyorlash boʻyicha suratga olish guruhlarini tashkil qilish, davlat va jamiyat ahamiyatiga molik tadbirlar, voqealar, tashriflar va uchrashuvlarda ularning ishtirok etishini taʼminlash. |
Amaliy chora-tadbirlar |
2021-yil 10-iyun |
Kinematografiya agentligi (F. Abduxalikov), Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Matbuot kotibi (Sh. Asadov), Bosh vazir matbuot xizmati (B. Xasanov) |
|
3. |
“Yangi Oʻzbekiston kinosolnomasi” nomli filmlar turkumini yaratish, ushbu maqsadda: hududlarning oʻziga xos madaniyati, qadriyatlari, taniqli va tarixiy shaxslari haqida badiiy, hujjatli va animatsion filmlar, ijtimoiy roliklar, mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar, muhim voqea va hodisalarga bagʻishlangan roʻyxat tuzish hamda Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlash; roʻyxat boʻyicha Milliy kinematografiyani rivojlantirish markaziga filmlar yaratish uchun buyurtma berish; Milliy kinematografiyani rivojlantirish markazi tomonidan kinostudiyalarni jalb etgan holda filmlar ishlab chiqarishni tashkil qilish. |
Filmlar yaratish |
2021-yildan boshlab har yili |
Kinematografiya agentligi (F. Abduxalikov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirlik va idoralar, Milliy kinematografiyani rivojlantirish markazi, Moliya vazirligi (T. Ishmetov) |
|
4. |
Kinematografiya agentligi tizimida yangi tashkil etilgan, qayta tashkil etilgan va qayta nomlangan korxonalar ustavi, tuzilma va shtatlar sonini hozirgi zamon talablari asosida qayta koʻrib chiqish, ularni malakali xodimlar bilan toʻldirish. |
Amaliy chora-tadbirlar |
2021-yil 1-iyul |
Respublika komissiyasi (A. Abduxakimov), Kinematografiya agentligi (F. Abduxalikov) |
|
5. |
Jahon tajribasi asosida yirik budjetli milliy filmlar yaratishni moliyalashtirish tizimini takomillashtirish hamda Imom Buxoriy, Muhammad ibn Muso Xorazmiy, Amir Temur, Alisher Navoiy, Kamoliddin Behzod singari tarixiy shaxslar haqida, Buyuk Ipak Yoʻli, birinchi va ikkinchi Renessans kabi mavzularda hamda Oʻzbekiston tarixiga bagʻishlangan koʻp seriyadan iborat filmlar yaratish choralarini koʻrish. |
Amaliy chora-tadbirlar, zarur hollarda, normativ-huquqiy hujjat loyihasi |
2021-2022-yillar |
Kinematografiya agentligi (F. Abduxalikov), Milliy kinematografiyani rivojlantirish markazi, Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Investitsiya va tashqi savdo vazirligi (L. Qudratov) |
|
6. |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirlik, xoʻjalik birlashmalari va idoralar tomonidan buyurtma berish orqali tegishliligicha yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, yangi bunyodkorlik ishlari, barcha sohalarda roʻy berayotgan oʻzgarishlar, bunyodkor yoshlar obrazlarini yaratishga bagʻishlangan filmlar ishlab chiqish. |
Badiiy, qisqa metrajli filmlar va teleseriallar ishlab chiqish |
doimiy |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirlik, xoʻjalik birlashmalari va idoralar, Kinematografiya agentligi (F. Abduxalikov), “Yoshlik” kinostudiyasi” DUK |
|
7. |
Xorijiy filmlarni sotib olish, davlat tiliga dublyaj qilish, namoyish etish va respublikada faoliyat yuritayotgan kinoteatrlarni davlat tiliga dublyaj qilingan xorijiy filmlar bilan taʼminlab borish tizimini joriy etish. |
Tashkiliy chora-tadbirlar |
doimiy |
Kinematografiya agentligi (F. Abduxalikov), Milliy kinematografiyani rivojlantirish markazi |
|
Xususan, “Oʻzbekfilm” kinokonserni” DUKda dublyaj studiyasini tashkil etish va uning faoliyatini yoʻlga qoʻyish, shuningdek, xususiy investitsiya mablagʻlarini jalb etgan holda dublyaj studiyalarini tashkil etish. |
2021-yil 1-noyabr | |||
|
8. |
Oʻzbekiston milliy kinofondi faoliyatini tashkil qilish, respublika hududida ishlab chiqarilayotgan filmlar va seriallar nusxalarini saqlash, shuningdek, xorijiy davlatlar arxivida saqlanayotgan milliy filmlarimizni yurtimizga qaytarish. |
Amaliy chora-tadbirlar, zarur hollarda, normativ-huquqiy hujjat loyihasi |
2021-yil 1-iyun filmlarni qaytarish — reja-jadval asosida |
Kinematografiya agentligi (F. Abduxalikov), “Oʻzarxiv” agentligi (U. Yusupov), Tashqi ishlar vazirligi (A. Kamilov), manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
9. |
“Quyosh taʼmi”, “Parining sovgʻasi”, “Baron-2” kabi ishlab chiqilayotgan filmlarga investitsiyalarni jalb etish. Bunda, jalb qilingan investitsiya mablagʻlari natijasida iqtisod qilingan budjet mablagʻlarini Milliy kinematografiyani rivojlantirish markaziga eksperiment doirasida yoʻnaltirish. |
Amaliy chora-tadbirlar |
2021-2022-yillar |
Kinematografiya agentligi (F. Abduxalikov), Milliy kinematografiyani rivojlantirish markazi |
|
10. |
Davlat buyurtmasi asosida filmlar ishlab chiqarishda shakllantiriladigan maslahatchilar guruhiga masʼul xodimlarni Kinematografiya agentligi soʻrovi asosida jalb etish. |
Amaliy chora-tadbirlar |
doimiy |
Kinematografiya agentligi (F. Abduxalikov), davlat organlari va tashkilotlari |
|
11. |
“Kinematografiya fidokori” koʻkrak nishoni loyihasi va uning tavsifini tayyorlash, koʻkrak nishoni bilan taqdirlash nizomini ishlab chiqish va uni belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish. |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi |
2021-yil 7-iyun |
Kinematografiya agentligi (F. Abduxalikov), Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi (A. Nuriddinov) |
|
12. |
Milliy filmlarni kinoteatrlarda namoyish etish boʻyicha joriy etilgan kvotalash tizimi doirasida barcha kinoteatrlarni milliy filmlar bilan muntazam taʼminlab borish. |
Amaliy chora-tadbirlar |
doimiy |
Milliy kinematografiyani rivojlantirish markazi, Kinematografiya agentligi (F. Abduxalikov) |
|
13. |
Oʻzbekiston kinoarboblari ijodiy uyushmasi faoliyatini qoʻllab-quvvatlash, jumladan “Ilhom” jamoat fondi mablagʻlari hisobidan moliyalashtirish boʻyicha taklif kiritish. |
Ijrochilar qarori, zarur hollarda, normativ-huquqiy hujjat loyihasi |
2021-yil 1-avgust |
Oʻzbekiston kinoarboblari ijodiy uyushmasi (M. Matchanov), Moliya vazirligi (T. Ishmetov), “Ilhom” jamoat fondi (J. Rizayev) |
|
14. |
Oʻzbekistonning tarixiy shaxslari va afsonaviy qahramonlari toʻgʻrisidagi toʻliq va qisqa metrajli badiiy filmlar, xronikal hujjatli filmlarni suratga olgan kinostudiyalarga Turizm va sportni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasidan grantlar (loyiha qiymatining 30 foizi, lekin 3 milliard soʻmdan oshmagan miqdorda) olishda koʻmaklashish. |
Amaliy chora-tadbirlar |
doimiy |
Milliy kinematografiyani rivojlantirish markazi, Kinematografiya agentligi (F. Abduxalikov) |
|
15. |
Milliy kinematografiyani rivojlantirish boʻyicha yillik “yoʻl xarita”larini ishlab chiqish va Respublika komissiyasiga tasdiqlash uchun kiritish. |
“Yoʻl xarita”sini ishlab chiqish |
2022-yildan boshlab har yili 1-fevral |
Kinematografiya agentligi (F. Abduxalikov), manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
16. |
Filmlarning xarajatlar smetasini ekspertizadan oʻtkazuvchi auditorlik kompaniyalariga qoʻyiladigan talablarni ishlab chiqish. |
Talablarni eʼlon qilish |
2021-yil 15-iyul |
Kinematografiya agentligi (F. Abduxalikov), Moliya vazirligi (T. Ishmetov) |
|
17. |
Filmlarning xarajatlar smetasini oʻrganish va baholash boʻyicha auditorlarning malakasini oshirish, bunda xorijiy mutaxassislarni jalb qilish hamda ularning xorijda tajriba orttirishlarini tashkil etish. |
Amaliy chora-tadbirlar |
reja-jadval asosida |
Auditorlarning respublika jamoat birlashmasi, Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Kinematografiya agentligi (F. Abduxalikov) |
|
18. |
Davlat mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining hujjatlarida ishlab chiqarilishi belgilangan filmlarni toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar asosida ishlab chiqarish. |
Amaliy chora-tadbirlar |
2021-yil davomida |
Kinematografiya agentligi (F. Abduxalikov), Moliya vazirligi (T. Ishmetov) |
|
19. |
Milliy kinematografiyani rivojlantirish markazining faoliyatini “loyihalar boshqaruvi” tamoyili asosida tashkil qilish, xodimlar ish haqi miqdorlarini erkin belgilash. |
Amaliy chora-tadbirlar |
2021-yil 15-iyun |
Milliy kinematografiyani rivojlantirish markazi |
|
20. |
Original kinomahsulotlardan noqonuniy foydalanish hamda kontrafakt kinomahsulotlarni tarqatish, mahalliy telekanallarda noqonuniy asosda xorijiy va milliy kinomahsulotlarni namoyish qilishga qarshi kurashish boʻyicha manfaatdor vazirlik va idoralar bilan hamkorlikdagi harakatlar rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish. |
Harakatlar rejasi loyihasi |
2021-yil 1-avgust |
Intellektual mulk agentligi (T. Abdusattarov), Bosh prokuratura (S. Yoʻldoshev), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sadikov), Kinematografiya agentligi (F. Abduxalikov), Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi (A. Xadjayev), OʻzEOAVMA (R. Rajabov), nodavlat notijorat tashkilotlari |
|
21. |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 7-apreldagi “Kino sanʼati va sanoatini yangi bosqichga olib chiqish, sohani davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi PF-6202-son Farmoni ijrosini samarali tashkil etish uchun Kinematografiya agentligi tomonidan davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar va budjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan shartnoma asosida mahalliy va xorijiy mutaxassislarni jalb etish. |
Amaliy chora-tadbirlar |
2021-2022-yillar |
Kinematografiya agentligi (F. Abduxalikov), Moliya vazirligi (T. Ishmetov) |
|
22. |
Kinematografiya sohasida faoliyat yuritayotgan tashkilotlar haqidagi statistik hisobotlarni qayta koʻrib chiqish, mazkur korxonalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Kinematografiya agentligiga taqdim etib borish. |
Statistik shakl ishlab chiqish |
2021-yil 15-iyul |
Davlat statistika qoʻmitasi (B. Begalov), Kinematografiya agentligi (F. Abduxalikov) |
|
II. Kinoteatrlar tarmogʻini rivojlantirish, soha infratuzilmasi va moddiy-texnik bazasini mustahkamlash | ||||
|
23. |
Kinematografiya agentligi bilan kelishgan holda Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarning har bir tuman (shahar)larida tarkibida kinozallari mavjud savdo-koʻngilochar komplekslar qurilishi uchun 25 sotixdan ajratiladigan yer maydonlari roʻyxatini shakllantirish. |
Tashkiliy chora-tadbirlar |
2021-yil 25-may |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, Qurilish vazirligi (B. Zokirov), Respublika komissiyasi (A. Abduxakimov), Kinematografiya agentligi (F. Abduxalikov) |
|
Ushbu roʻyxatni Milliy kinematografiya, kinokompaniya va kinoteatrlar tarmogʻini yanada rivojlantirishga koʻmaklashish boʻyicha respublika komissiyasiga (keyingi oʻrinlarda — Respublika komissiyasi) koʻrib chiqish uchun kiritish; |
2021-yil 1-iyun | |||
|
Savdo-koʻngilochar komplekslarda kinozallarni tashkil etish boʻyicha bir nechta loyiha-eskizlarini tadbirkorlik subyektlariga tavsiya etish. |
2021-yil 1-sentabr | |||
|
24. |
Ajratilgan 25 sotix yer maydonlarida yangi tashkil etiladigan savdo-koʻngilochar komplekslarining old qismida kinoafisha va “LED” monitorlar joylashtirish, ularda milliy filmlarning reklama va piar-kampaniyasini yoʻlga qoʻyish. |
Amaliy chora-tadbirlar |
Reja-jadval asosida |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, Kinematografiya agentligi (F. Abduxalikov) |
|
25. |
Qurilish meʼyorlari va qoidalariga savdo maydoni 15 ming kvadrat metrdan ortiq savdo-koʻngilochar komplekslarni qurishda kinozallarni tashkil etish majburiyligi boʻyicha tegishli oʻzgartirishlar kiritish. |
Qurilish meʼyorlari va qoidalarini takomillashtirish |
2021-yil 1-iyul |
Qurilish vazirligi (B. Zokirov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, Kinematografiya agentligi (F. Abduxalikov) |
|
Shuningdek, yangi kinozallarni tashkil etishda loyihalarni Respublika komissiyasi bilan kelishish amaliyotini joriy etish. |
Amaliy chora-tadbirlar |
doimiy | ||
|
26. |
Savdo maydoni 15 ming kvadrat metrdan ortiq qurilishi rejalashtirilayotgan savdo-koʻngilochar komplekslar haqidagi maʼlumotlarni Kinematografiya agentligiga taqdim etib borish. |
Maʼlumotlar bazasini shakllantirish |
doimiy |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
27. |
Toshkent viloyatining Boʻstonliq tumanida zamonaviy kinoshahar tashkil etish va bu maqsadda filmlar ishlab chiqarish uchun zarur infratuzilmaga ega boʻlgan 50 gektardan kam boʻlmagan yer maydonini ajratish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kritish. |
Taklif ishlab chiqish |
2021-yil 1-sentabr |
Kinematografiya agentligi (F. Abduxalikov), Investitsiya va tashqi savdo vazirligi (L. Qudratov), Kinematografiya agentligi (F. Abduxalikov), Turizm va sport vazirligi (U. Azamov), Boʻstonliq tumani hokimligi (J. Axmedov), Milliy kinematografiyani rivojlantirish markazi |
|
28. |
Davlat buyurtmasi doirasida ishlab chiqariladigan filmlarning dekoratsiyalarini “Oʻzbekfilm” kinokonserni” DUK, Toshkent viloyatining Boʻstonliq tumanida ajratiladigan hudud va kinoshaharlarda qurishni tashkil etish. |
Amaliy chora-tadbirlar |
doimiy |
Kinematografiya agentligi (F. Abduxalikov) |
|
29. |
Respublikadagi madaniyat markazlarida milliy filmlar namoyishini, kinoijodkorlar bilan ijodiy kechalar va davra suhbatlarini oʻtkazish. |
Tashkiliy chora-tadbirlar |
doimiy |
Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov), Kinematografiya agentligi (F. Abduxalikov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
Faoliyat yuritmayotgan madaniyat markazlarida davlat-xususiy sheriklik va boshqa samarali mexanizmlardan foydalangan holda kinozallar tashkil etish. |
Taklif ishlab chiqish |
2021-yil 15-noyabr | ||
|
30. |
Kvotalash tizimi doirasida kinoteatrlar tomonidan namoyish etilayotgan milliy filmlarning namoyish vaqtlarini Kinematografiya agentligi bilan kelishish. |
Amaliy chora-tadbirlar |
doimiy |
Kinematografiya agentligi (F. Abduxalikov), Milliy kinematografiyani rivojlantirish markazi |
|
31. |
“Hujjatli va xronikal filmlar kinostudiyasi” DUK faoliyatini takomillashtirish, zamonaviy kino ishlab chiqarish va server qurilmalari bilan jihozlash, maʼlumotlar bazasini shakllantirish, zamonaviy texnologiyalar asosida raqamli tizimni joriy etish hamda ushbu chora-tadbirlarni davlat budjetidan moliyalashtirish. |
Amaliy chora-tadbirlar, zarur hollarda, normativ-huquqiy hujjat loyihasi |
2021-yil 1-avgust |
Kinematografiya agentligi (F. Abduxalikov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sadikov), “Oʻzarxiv” agentligi (U. Yusupov), Moliya vazirligi (T. Ishmetov) |
|
32. |
Respublikada faoliyat yuritayotgan kinoteatrlar faoliyatini avtomatlashtirishga qaratilgan axborot tizimini yaratish va uni birinchi bosqichda Toshkent shahrida joriy etish. |
Axborot tizimini yaratish va tajriba sinovidan oʻtkazish |
2022-yil 1-yanvar |
Kinematografiya agentligi (F. Abduxalikov), Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sadikov) |
|
33. |
Kinoteatr (kinozal)larni jihozlash uchun import qilinayotgan mebel, oʻrindiq va boshqa zarur jihozlar haqida tadbirkorlik subyektlarini xabardor qilib borish. |
Amaliy chora-tadbirlar |
2021-yil 15-avgust |
Kinematografiya agentligi (F. Abduxalikov), Savdo-sanoat palatasi (A. Ikramov) |
|
34. |
Respublikaning har bir hududi uchun mahalliy budjetlar daromadlarining orttirib bajarilgan qismi hisobidan “Kinoklub” ixtisoslashtirilgan avtotransport vositasini 2 tadan sotib olish hamda Kinematografiya agentligiga berish. Kinematografiya agentligi balansidagi “Kinoklub” ixtisoslashtirilgan avtotransport vositalarini Milliy kinematografiyani rivojlantirish markaziga foydalanishga berish. |
“Kinoklub” faoliyatini yoʻlga qoʻyish |
2022-yil 31-dekabr |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, Kinematografiya agentligi (F. Abduxalikov), Milliy kinematografiyani rivojlantirish markazi |
|
35. |
“Kinomobil? koʻchma kinoteatrlarini tashkil etish boʻyicha xorijiy taj?ibani oʻrganish, natijalari boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish. |
Taklif ishlab chiqish |
2022-yil 10-mart |
Kinematografiya agentligi (F. Abduxalikov) |
|
36. |
Respublika hududlarida, jumladan oromgohlar va istirohat bogʻlari hududida yozgi (ochiq) kinoteatrlar tashkil etish. |
Chora-tadbirlar rejasiga muvofiq |
2021-yil 15-iyul |
Respublika komissiyasi (A. Abduxakimov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
37. |
Toshkent shahrida joylashgan “Alisher Navoiy nomidagi kino saroyi” va Toshkent viloyatida joylashgan “Doʻrmon kinoijodkorlar uyi” DUKlarni Milliy kinematografiyani rivojlantirish markaziga ishonchli boshqaruvga berish. |
Amaliy chora-tadbirlar |
2021-yil 1-avgust |
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (A. Ortiqov), Kinematografiya agentligi (F. Abduxalikov), Milliy kinematografiyani rivojlantirish markazi |
|
38. |
Oʻzbekiston kinoarboblari ijodiy uyushmasi, Milliy kinematografiyani rivojlantirish markazi va Oʻzbekiston kino sanoati vakillari uyushmasini Kinematografiya agentligi tizimidagi tashkilotlar binolariga tekin foydalanish huquqi asosida joylashtirish. |
Amaliy chora-tadbirlar |
2021-yil 15-may |
Kinematografiya agentligi (F. Abduxalikov), Oʻzbekiston kinoarboblari ijodiy uyushmasi (M. Matchanov), Milliy kinematografiyani rivojlantirish markazi, Oʻzbekiston kino sanoati vakillari milliy uyushmasi |
|
39. |
Davlat tashkilotlari tasarrufida saqlanayotgan qadimiy va retro transport vositalari, filmlar yaratilishida foydalaniladigan rekvizitlarni (kiyimlar, aloqa vositalari, buyumlar va boshqa anjomlar) “Oʻzbekfilm” kinokonserni” DUK balansiga oʻtkazish. |
Amaliy chora-tadbirlar |
2022-yil 1-yanvar |
Kinematografiya agentligi (F. Abduxalikov), Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (A. Ortiqov), manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
40. |
“Qoraqalpoqkino” agentligi va “Qoraqalpoqfilm” DUK faoliyati samaradorligini koʻrib chiqish, Qoraqalpogʻiston Respublikasida kinematografiyani rivojlantirish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish. |
Taklif ishlab chiqish |
2021-yil 1-noyabr |
Kinematografiya agentligi (F. Abduxalikov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi (Q. Sariyev), “Qoraqalpoqkino” agentligi |
|
41. |
“Qoraqalpoqfilm” DUK binosini Qoraqalpogʻiston Respublikasi mahalliy budjeti daromadlarining orttirib bajarilgan qismi hisobidan rekonstruksiya qilish va jihozlash, zaruratga koʻra hududini kengaytirish hisobidan qoʻshimcha kinopavilyonlar qurish, moddiy-texnik bazasini kuchaytirish. |
Amaliy chora-tadbirlar, zarur hollarda, normativ-huquqiy hujjat loyihasi |
2022-yil 1-iyun |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi (Q. Sariyev), Qurilish vazirligi (B. Zokirov), Kinematografiya agentligi (F. Abduxalikov) |
|
42. |
Kinematografiya agentligi hisobidagi retro avtomobil va mototsikllarni taʼmirlash va restavratsiya qilish, yaroqsizlarini hisobdan chiqarish, 2021-yilda oʻtkaziladigan Toshkent xalqaro kinofestivali doirasida ularning taqdimotlarini oʻtkazish. |
Amaliy chora-tadbirlar |
2021-yil 1-sentabr |
“Oʻzavtosanoat” AJ (Sh. Umurzakov), Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (A. Ortiqov), Kinematografiya agentligi (F. Abduxalikov) |
|
43. |
Kinematografiya agentligi huzuridagi “Doʻrmon kinoijodkorlar uyi” DUK binosini rekonstruksiya qilish va jihozlash hamda kinoijodkorlar uchun zamonaviy dam olish maskanini yaratish. |
Amaliy chora-tadbirlar |
2021-2022-yillar |
Kinematografiya agentligi (F. Abduxalikov), Toshkent viloyati hokimligi (D. Xidoyatov) |
|
44. |
Kinematografiya agentligining hududiy boʻlimlarini malakali kadrlar bilan toʻldirish boʻyicha agentlikka taklif kiritish, mahalliy budjetlar daromadlarining orttirib bajarilgan qismi hisobidan hududiy boʻlimlarni agentlik bilan kelishgan holda bino bilan taʼminlash va moddiy-texnika bazasini mustahkamlash. |
Tashkiliy chora-tadbirlar |
2021-yil 15-iyun |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Kinematografiya agentligi (F. Abduxalikov) |
|
45. |
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 18-maydagi “2018-2019-yillarda zamonaviy kinoteatrlar tarmogʻini barpo etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 372-son qarori doirasida qurilgan kinoteatrlarning joriy holati, dastur asosida amalga oshirilgan ishlar va imkoniyatlardan maqsadli foydalanilishi boʻyicha hisobotlarni Respublika komissiyasiga taqdim etish. Maqsadsiz foydalanilgan holatlar boʻyicha huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdimnoma kiritish. |
Amaliy chora-tadbirlar |
2021-yil 1-noyabr |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, “Oʻzmilliybanki” AJ (A. Mirsoatov) |
|
46. |
Kinematografiya agentligi tasarrufidagi bino, inshoot va yer maydonlarini xatlovdan oʻtkazish, soʻnggi besh yilda agentlik balansidan chiqarilgan koʻchmas mulklarni oʻrganish hamda xatlov yakuni boʻyicha agentlik tasarrufidagi mulklardan samarali foydalanishni tashkil etish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish. Qonun buzilishi holatlari yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organlarga qoʻshimcha oʻrganish uchun taqdimnoma kiritish. |
Taklif ishlab chiqish |
2022-yil 1-mart |
Kinematografiya agentligi (F. Abduxalikov), Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (A. Ortiqov), Kadastr agentligi (F. Umarov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
III. Kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish | ||||
|
47. |
Kinematografiya sohasida mutaxassis kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga ixtisoslashtirilgan Oʻzbekiston kinematografiya akademiyasini tashkil etish. |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi |
2021-yil 15-iyul |
Kinematografiya agentligi (F. Abduxalikov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (A. Toshqulov), Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov) |
|
48. |
S.A. Gerasimov nomidagi Butunrossiya davlat kinematografiya instituti filialini tashkil etish choralarini koʻrish. |
Amaliy chora-tadbirlar, zarur hollarda, normativ-huquqiy hujjat loyihasi |
2022-yil 1-mart |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (A. Toshqulov), Tashqi ishlar vazirligi (A.Kamilov), Kinematografiya agentligi (F.Abduxalikov) |
|
49. |
Oʻzbekiston kinematografiya akademiyasi qoshida filmning ijodiy guruhi ikkinchi tarkib mutaxassislarini tayyorlashga ixtisoslashgan oʻrta maxsus taʼlim muassasalarini tashkil etish. |
Amaliy chora-tadbirlar, zarur hollarda, normativ-huquqiy hujjat loyihasi |
2021-yil 1-sentabr |
Kinematografiya agentligi (F. Abduxalikov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (A. Toshqulov), manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
50. |
Oʻzbekiston kinematografiya akademiyasiga yodosh hududda kino sanʼatiga ixtisoslashtirilgan davlat umumtaʼlim maktabini Toshkent shahar mahalliy budjeti daromadlarining orttirib bajarilgan qismi hisobidan tashkil etish, Oʻzbekiston kinoarboblari ijodiy uyushmasi ishtirokida maktab faoliyatini yoʻlga qoʻyish hamda uning tajribasini oʻrgangan holda boshqa hududlarda ham shu kabi ixtisoslashtirilgan maktablarni tashkil etish boʻyicha taklif kiritish. |
Ijodiy maktab faoliyatini yoʻlga qoʻyish |
2021-yil 1-sentabr |
Xalq taʼlimi vazirligi (Sh. Shermatov), Toshkent shahar hokimligi (J. Artikxodjayev), Kinematografiya agentligi (F. Abduxalikov) |
|
51. |
Kinematografiya yoʻnalishida malakali kadrlar tayyorlash boʻyicha xorijiy oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat va magistraturasiga har yili 40 nafargacha, jumladan davlat budjetidan 15 nafar, grant mablagʻlari hisobidan 25 nafargacha yoshlarni oʻrnatilgan tartibda oʻqishga yuborish va ularning taʼlim olishini moliyalashtirish. |
Amaliy chora-tadbirlar |
doimiy |
“El-yurt umidi” jamgʻarmasi (A. Bekmurodov), Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Kinematografiya agentligi (F. Abduxalikov) |
|
52. |
Kino ishlab chiqarish jarayoniga kinematografiya sohasida taʼlim olayotgan oliy taʼlim muassasalarining talabalarini tizimli ravishda jalb qilish hamda ularni ragʻbatlantirib borish. |
Yoshlarni kino ishlab chiqarish jarayoniga jalb etish |
doimiy |
Kinematografiya agentligi (F. Abduxalikov), Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (A. Toshqulov) |
|
53. |
Kinematografiya sohasida kadrlar tayyorlovchi oliy taʼlim muassasalarining talabalarini qoʻllab-quvvatlash uchun davlat budjeti mablagʻlari gʻisobilan toʻlanadigan Xudoybergan Devonov nomidagi davlat stipendiyasini taʼsis etish. |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi |
2021-yil 1-sentabr |
Kinematografiya agentligi (F. Abduxalikov), Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (A. Toshqulov) |
|
54. |
S.A. Gerasimov nomidagi Butunrossiya davlat kinematografiya institutida tahsil olish uchun saralab olingan 37 nafar yoshlarning taʼlim olishi bilan bogʻliq (avia chipta va talabalar turar joyi) xarajatlarini moliyalashtirish. |
Amaliy chora-tadbirlar |
2021-yil 15-iyun |
Moliya vazirligi (T. Ishmetov), “El-yurt umidi” jamgʻarmasi (A. Bekmurodov), Kinematografiya agentligi (F. Abduxalikov) |
|
55. |
Kino sohasida faoliyat yuritayotgan prodyuser, rejissor, operator va boshqa mutaxassislarning malaka oshirishlarini, jumladan chet ellik mutaxassislarni jalb etgan holda va xorijiy mamlakatlarda tashkil etish. |
Amaliy chora-tadbirlar |
doimiy |
Kinematografiya agentligi (F. Abduxalikov), “El-yurt umidi” jamgʻarmasi (A. Bekmurodov) |
|
56. |
Yoshlarning kinematografiya sohasida boshqaruv koʻnikmalarini shakllantirish maqsadida oliy taʼlim muassasalari talabalarini fuqarolik-huquqiy shartnoma asosida Kinematografiya agentligiga davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar va budjetdan tashqari mablagʻlar hisobiga jalb qilish. |
Amaliy chora-tadbirlar |
2021-2022-yillarda |
Kinematografiya agentligi (F. Abduxalikov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (A. Toshqulov) |
|
IV. Xalqaro hamkorlik aloqalarini rivojlantirish | ||||
|
57. |
Eng yaxshi mahalliy filmlar va ularning ijodkorlarini xalqaro kinofestivallarda, shuningdek, jahonning yirik kinobozorlarida muntazam ishtirokini taʼminlash hamda ularni moliyalashtirish boʻyicha yillik dasturlar ishlab chiqish va tasdiqlash. |
Amaliy chora-tadbirlar |
har yili 1-yanvar va 1-iyul |
Milliy kinematografiyani rivojlantirish markazi, Kinematografiya a?yentligi (F. Abduxalikov), Tashqi ishlar vazirligi (A. Kamilov), Moliya vazirligi (T. Ishmetov) |
|
58. |
“Oʻzbek kinosi kunlari” tadbirlarini xorijiy davlatlarda muntazam ravishda oʻtkazib borish hamda xorijiy mamlakatlarning kino kunlari tadbirlarini respublikada oʻtkazilishini tashkil etish, ushbu tadbirlarni moliyalashtirish boʻyicha yillik dasturlarni ishlab chiqish va tasdiqlash. |
Tashkiliy chora-tadbirlar |
har yili 1-yanvar va 1-iyul |
Kinematografiya agentligi (F. Abduxalikov), Tashqi ishlar vazirligi (A. Kamilov), Moliya vazirligi (T. Ishmetov) |
|
59. |
Milliy kino sanoatini rivojlantirish boʻyicha ilgʻor xorijiy mamlakatlar tajribasini oʻrganish va ularni joriy etish ishlarini tashkil etish. |
Amaliy chora-tadbirlar |
reja-jadval asosida |
Kinematografiya agentligi (F. Abduxalikov), Tashqi ishlar vazirligi (A. Kamilov), Moliya vazirligi (T. Ishmetov) |
|
60. |
Xorijiy kinoshaharlar, kinostudiyalar, kino sohasidagi taʼlim muassasalari faoliyati va tajribasini oʻrganish, xalqaro kino tashkilotlari bilan tajriba almashish va hamkorlik aloqalarini oʻrnatish. |
Amaliy chora-tadbirlar |
2021-2022-yillar |
Kinematografiya agentligi (F. Abduxalikov), Tashqi ishlar vazirligi (A. Kamilov), Moliya vazirligi (T. Ishmetov) |
|
61. |
Milliy kinematografiyani rivojlantirish markazi huzurida Oʻzbekiston nomidan respublika hududida xorijiy kinokompaniyalar bilan hamkorlik qiluvchi, ularga oʻz filmlarini ishlab chiqarishda xizmat koʻrsatuvchi “Oʻzbekiston Respublikasi kinokomissiyasi” va “Oskar” kino taqdimoti qoʻmitasini tashkil etish. |
Tashkiliy chora-tadbirlar |
2021-yil 15-sentabr |
Kinematografiya agentligi (F. Abduxalikov), Milliy kinematografiyani rivojlantirish markazi |
|
62. |
Xorijiy hamkorlar ishtirokida yaratiladigan filmlarning suratga olish guruhlari uchun tashqi va ichki avia, temir yoʻl chiptalarini Kinematografiya agentligi soʻrovi asosida band qilib borish. |
Amaliy chora-tadbirlar |
doimiy |
Transport vazirligi (I. Maxkamov), Kinematografiya agentligi (F. Abduxalikov) |
|
63. |
Oʻzbekiston Respublikasining xorijiy mamlakatlardagi elchixonalari tomonidan milliy kino sohasining salohiyati va istiqbollarini targʻib qilish, xorijiy kinokompaniyalar va investorlarni mamlakatga jalb qilish choralarini koʻrish. |
Tashkiliy chora-tadbirlar |
doimiy |
Tashqi ishlar vazirligi (A. Kamilov), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (L. Kudratov), Kinematografiya agentligi (F. Abduxalikov) |
|
V. Kino tadbirlari, milliy filmlar marketingi va piar-kampaniyalarini tashkil qilish va oʻtkazish | ||||
|
64. |
Davlat buyurtmasi doirasida ishlab chiqariladigan filmlar va seriallarning piar-kampaniyasi va targʻibot-tashviqot tadbirlarini tizimli ravishda oʻtkazib borish tizimini joriy etish. |
Amaliy chora-tadbirlar |
doimiy |
Milliy kinematografiyani rivojlantirish markazi, Kinematografiya agentligi (F. Abduxalikov), Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi (A. Xadjayev), OʻzEOAVMA (R. Rajabov) |
|
65. |
Davlat oliy taʼlim muassasalarining talabalar turar joylarida, harbiy qismlarda va ish rejimi vaxta usulida tashkil etilgan yirik korxonalarda milliy kino mahsulotlarining namoyishini tashkil etish. |
Amaliy chora-tadbirlar |
doimiy |
Milliy kinematografiyani rivojlantirish markazi,Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (A. Toshqulov), Mudofaa vazirligi (B. Kurbanov), Energetika vazirligi (A. Sultanov), Kinematografiya agentligi (F. Abduxalikov), manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
66. |
“Oltin Humo” milliy kino taqdimotini “Doʻstlar klubi” va homiylik xayriyalari hamda Kinematografiya agentligi mablagʻlari hisobidan har yili anʼanaviy tarzda oʻtkazib borish. |
Milliy kino taqdimotini oʻtkazish |
doimiy |
Oʻzbekiston kinoarboblari ijodiy uyushmasi (M. Matchanov), “Oʻzavtosanoat” AJ (Sh. Umurzakov), Kinematografiya agentligi (F. Abduxalikov) |
|
67. |
Kinoijodkorlar, xususan yoshlar ishtirokidagi kino tadbirlarini “Yoshlar ijod saroyi”da muntazam ravishda oʻtkazib borish.Bunda “Yoshlar ijod saroyi”dan bepul (kommunal toʻlovlar bundan mustasno) foydalanish. |
Kino tadbirlarini oʻtkazish |
doimiy |
Yoshlar ishlari agentligi (A. Saʼdullayev), Yoshlar ittifoqi (M. Akramov), Kinematografiya agentligi (F. Abduxalikov) |
|
68. |
“Hujjatli va xronikal filmlar kinostudiyasi” DUK va OʻzEOAVMA hamkorligida korxona balansidagi ikki qavatli binoni assotsiatsiya mablagʻlari hisobiga taʼmirlash va unda Mediamarkaz tashkil qilish, binoni bepul foydalanish (kommunal toʻlovlardan tashqari) huquqi asosida ijaraga berish hamda qoʻshma dastur asosida hamkorlikni yoʻlga qoʻyish. |
Mediamarkaz tashkil qilish |
2021-yil 15-avgust |
Kinematografiya agentligi (F. Abduxalikov), OʻzEOAVMA (R. Rajabov), Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (A. Ortiqov) |
|
69. |
Hududlarda filmlar reklamasi uchun respublikaning har bir tumani va shahrida 5 tadan maxsus lavhalar, pannolar, bannerlar, LED monitorlar oʻrnatish uchun Kinematografiya agentligiga maxsus joy ajratish hamda agentlik tomonidan ularga investorlarni jalb qilish. |
Amaliy chora-tadbirlar |
2021-2022-yillar |
Respublika komissiyasi (A. Abduxakimov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
70. |
Filmlar ishlab chiqarish uchun Davlat budjetidan ajratilayotgan mablagʻlar doirasida ijtimoiy reklama va targʻibot-tashviqot roliklarini ishlab chiqish. |
Targʻibot roliklarini ishlab chiqish |
doimiy |
Kinematografiya agentligi (F. Abduxalikov), Milliy kinematografiyani rivojlantirish markazi |
|
71. |
Kino sanʼati namoyandalari, xususan taniqli rejissor, aktyor va prodyuserlar ishtirokida premyeralar haqida koʻrsatuvlar, tok-shoular, ochiq muloqotlar tashkillashtirish va boshqa media mahsulotlar yaratish hamda ularni targʻib qilish. |
Amaliy chora-tadbirlar |
doimiy |
Kinematografiya agentligi (F. Abduxalikov), Oʻzbekiston kinoarboblari ijodiy uyushmasi (M. Matchanov), Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi (A. Xadjayev), OʻzEOAVMA (R. Rajabov) |
|
72. |
Kinematografiya agentligi bilan kelishgan holda davlat va nodavlat teleradiokanallarida kino sohasini keng yoritish va milliy filmlarni targʻib etish uchun oʻzaro manfaatli shartnomalar asosida efir vaqti ajratish va filmlar yetkazib berish. |
Amaliy chora-tadbirlar |
doimiy |
Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi (A. Xadjayev), OʻzEOAVMA (R. Rajabov), Kinematografiya agentligi (F. Abduxalikov) |
|
73. |
Hududlarda kino ijodkorlari ishtirokida filmlar namoyishini nazarda tutuvchi “Kinokarvon” aks?yasini oʻtkazib borish va bu bilan bogʻliq xarajatlarni Kinematografiya agentligi va mahalliy budjetl?r daromadlarining orttirib bajarilgan qismi hisobidan qoplash. |
Amaliy chora-tadbirlar |
reja-jadval asosida |
Oʻzbekiston kinoarboblari ijodiy uyushmasi (M. Matchanov), Kinematografiya agentligi (F. Abduxalikov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
74. |
Adiblar xiyobonida haykallari oʻrnatilgan atoqli shoir va yozuvchilar haqida hujjatli va badiiy filmlar yaratish.Bunda biriktirilgan oliy taʼlim muassasalari tomonidan filmlar yaratishni moliyalashtirish. |
Shoir va yozuvchilar haqida filmlar yaratish |
2021-2022-yillar buyurtma berish — 2021-yil 1-iyun |
Kinematografiya agentligi (F. Abduxalikov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (A. Toshqulov), biriktirilgan oliy taʼlim muassasalari |
|
75. |
Kinematografiya agentligining notijorat tadbirlarini televideniye va tashqi reklama obyektlarida ijtimoiy reklama uchun ajratilgan vaqt doirasida joylashtirish. |
Amaliy chora-tadbirlar |
doimiy |
Kinematografiya agentligi (F. Abduxalikov), Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi (A. Xadjayev), OʻzEOAVMA (R. Rajabov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
76. |
Kinematografiya agentligi bilan hamkorlikda kino sanʼatining atoqli ijodkorlari yubileylarini nishonlash va sohaga oid muhim tadbirlarni tizimli ravishda tashkil etish va oʻtkazib borish. |
Amaliy chora-tadbirlar |
reja-jadval asosida |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirlik va idoralar |
|
77. |
Davlat budjeti mablagʻlari asosida ishlab chiqilgan milliy filmlarni xatlovdan oʻtkazish hamda Milliy kinematografiyani rivojlantirish markaziga ularning prokatini tashkil qilish huquqini berish. |
Amaliy chora-tadbirlar |
2021-yil 20-iyun |
Kinematografiya agentligi (F. Abduxalikov), Milliy kinematografiyani rivojlantirish markazi |
|
78. |
Milliy kino arbobi Shuhrat Abbosov tavalludining 90 yillik yubileyi munosabati bilan uning byustini mahalliy budjet daromadlarining orttirib bajarilgan qismi hisobidan oʻrnatish. |
Amaliy chora-tadbirlar |
2021-yil 1-sentabr |
Toshkent shahar hokimiyati (J. Artikxodjayev), Kinematografiya agentligi (F. Abduxalikov) |
|
79. |
Milliy kinematografiya sanʼatining rivojlanishiga oʻzining beqiyos hissasini qoʻshgan kino arboblar xotirasini abadiylashtirish, jumladan umumtaʼlim maktablariga sohaning taniqli namoyandalari nomlarini berish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish. |
Taklif ishlab chiqish |
2021-yil 1-sentabr |
Kinematografiya agentligi (F. Abduxalikov), Xalq taʼlimi vazirligi (Sh. Shermatov) |
|
80. |
Adiblar xiyoboni haqida yaratilgan hujjatli va badiiy filmlar namoyishini tashkil etish. |
Amaliy chora-tadbirlar |
reja-jadval asosida |
Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi (A. Xadjayev), OʻzEOAVMA (R. Rajabov), Kinematografiya agentligi (F. Abduxalikov) |
|
81. |
Oʻzbekiston kino sanʼatining shakllanish tarixi va rivojlanish jarayonlari hamda atoqli kinoijodkorlar tomonidan yaratilgan sara filmlarga bagʻishlangan hujjatli filmlar turkumini hamda “Oʻzbekiston kino sanʼati” kitob-albomini yaratish. |
Amaliy chora-tadbirlar |
2021-yil 1-sentabr |
Navoiy kon-metallurgiya kombinati (K. Sanakulov), Kinematografiya agentligi (F. Abduxalikov), Oʻzbekiston kinoarboblari ijodiy uyushmasi (M. Matchanov) |
|
VI. Milliy striming platformasini yaratish | ||||
|
82. |
Xususiy investitsiya mablagʻlarini jalb qilgan holda Milliy kinematografiyani rivojlantirish markazi huzurida Axborot multimedia striming platformasini yaratish, uning faoliyatini xalqaro talablar va standartlar asosida yoʻlga qoʻyish choralarini koʻrish. |
Tashkiliy chora-tadbirlar, zarur hollarda, normativ-huquqiy hujjat loyihasi |
2021-yil 1-dekabr |
Milliy kinematografiyani rivojlantirish markazi, Kinematografiya agentligi (F. Abduxalikov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sadikov) |
|
83. |
Axborot multimedia striming platformasini kontent bilan toʻldirib borilishini taʼminlash, bunda audiovizual mahsulotlarni striming platformaga joylashtirish uchun Milliy kinematografiyani rivojlantirish markaziga taqdim etish. |
Amaliy chora-tadbirlar |
doimiy |
Milliy kinematografiyani rivojlantirish markazi, Kinematografiya agentligi (F. Abduxalikov), Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (A. Toshqulov), Xalq taʼlimi vazirligi (Sh. Shermatov), Maktabgacha taʼlim vazirligi (A. Shin), Turizm va sport vazirligi (U. Azamov), Yoshlar ishlari agentligi (A. Saʼdullayev), Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi (A. Xadjayev) |
|
VII. Kinematografiya sohasidagi qonunchilikni takomillashtirish | ||||
|
84. |
Milliy kinematografiya sohasining oʻziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda davlat buyurtmasi asosida yaratiladigan filmlarning ijodiy tanlovini soddalashtirish, yaratilayotgan filmlarni moliyalashtirishda oldindan toʻlov miqdorlarini oshirish, tuziladigan shartnomalarning amal qilish muddatlarini yildan yilga oʻtishini taʼminlash boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish. |
Taklif ishlab chiqish |
2021-yil 7-iyun |
Kinematografiya agentligi (F. Abduxalikov), Moliya vazirligi (T. Ishmetov) |
|
85. |
Davlat buyurtmasi asosida ishlab chiqarilgan film ijodkorlarini toifalash tartibini ishlab chiqish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish. |
Taklif ishlab chiqish |
2021-yil 7-iyun |
Kinematografiya agentligi (F. Abduxalikov), Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N. Xusanov) |
|
86. |
Kinematografiya sohasida faoliyat yuritayotgan va davlat tomonidan taqdim etilgan imtiyozlardan foydalanayotgan tadbirkorlar toʻgʻrisida Kinematografiya agentligiga maʼlumotlar taqdim etish hamda ularning reyestrini shakllantirish. |
Reyestr shakllantirish |
doimiy |
Davlat bojxona qoʻmitasi (M. Azimov), Davlat soliq qoʻmitasi (Sh. Kudbiyev), Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
87. |
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti xarajatlarining 2021-yilga moʻljallangan parametrlariga tegishli oʻzgartirishlar kiritish boʻyicha taklif tayyorlash. |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi |
2021-yil 1-iyul |
Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Kinematografiya agentligi (F. Abduxalikov) |
|
88. |
Kinematografiya agentligi nizomini tasdiqlash, uning huzuridagi Badiiy kengash faoliyatini takomillashtirish, Ekspertlar kengashini tuzish va faoliyatini yoʻlga qoʻyish. Badiiy kengash va Ekspertlar kengashi faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida kengashlar aʼzolarini ragʻbatlant?rishni takomillashtirish. |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi |
2021-yil 15-iyun |
Kinematografiya agentligi (F. Abduxalikov), Moliya vazirligi (T. Ishmetov), manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
89. |
Milliy kinematografiya sohasining oʻziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda sohada faoliyat yuritayotgan ijodkorlar va mutaxassislarning uzluksiz ish stajini yuritish, jumladan ularni oʻzini oʻzi band qiladigan shaxslar toifasiga kiritish masalasini oʻrganib chiqish hamda pensiyasini hisoblash tizimini joriy etish. |
Ijrochilar qarori |
2021-yil 1-iyul |
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N. Xusanov), Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Kinematografiya agentligi (F. Abduxalikov) |
|
90. |
Kinematografiya agentligi tizimiga kiruvchi davlat mulki obyektlarini ijaraga berishda, istisno tariqasida, agentlik tomonidan oʻtkaziladigan tanlov asosida ijaraga berish hamda ijara toʻlovi mablagʻlarini toʻliq Milliy kinematografiyani rivojlantirish jamgʻarmasiga yoʻnaltirish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish. |
Taklif ishlab chiqish |
2021-yil 1-oktabr |
Kinematografiya agentligi (F. Abduxalikov), Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (A. Ortiqov) |
|
91. |
Xorijiy va mahalliy kinokompaniyalar uchun oʻz filmlarini respublika hududida yaratishdagi xarajatlarining bir qismini davlat budjeti hisobidan qoplab berish (“rebate”) tizimini soddalashtirish. |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi |
2021-yil 15-oktabr |
Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Markaziy bank (M. Nurmuratov), Davlat soliq qoʻmitasi (Sh. Kudbiyev), Kinematografiya agentligi (F. Abduxalikov) |
|
92. |
Kinematografiya agentligi qoshida ishchi guruh shakllantirish, ishchi guruh tomonidan filmlarni ishlab chiqarish xarajatlari smetasini shakllantirish meʼyorlari boʻyicha xorijiy davlatlar tajribasini oʻrganish asosida milliy meʼyorlarni ishlab chiqish. |
Meʼyorlarni ishlab chiqish |
2022-yil 1-mart |
Kinematografiya agentligi (F. Abduxalikov), Tashqi ishlar vazirligi (A. Kamilov), Moliya vazirligi (T. Ishmetov) |
|
93. |
Milliy kinematografiyani rivojlantirish markazi va Oʻzbekiston kino sanoati vakillari uyushmasi nodavlat notijorat tashkilotlarini oʻrnatilgan tartibda roʻyxatdan oʻtkazish. |
Amaliy chora-tadbirlar |
2021-yil 15-iyun |
Kinematografiya agentligi (F. Abduxalikov), Adliya vazirligi (R. Davletov) |
|
94. |
Kinematografiya sohasidagi amaldagi qonunchilik hujjatlarini xatlovdan oʻtkazish, tahlil qilish hamda ularni soddalashtirish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish. |
Taklif ishlab chiqish |
2021-yil 1-noyabr |
Kinematografiya agentligi (F. Abduxalikov), Oʻzbekiston kinoarboblari ijodiy uyushmasi (M.Matchanov), Adliya vazirligi (R. Davletov) |
|
95. |
Respublika komissiyasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 7-apreldagi “Kino sanʼati va sanoatini yangi bosqichga olib chiqish, sohani davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi PF-6202-son Farmoni hamda “Kinematografiya sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish hamda soha vakillarining ijodiy faoliyati uchun munosib sharoit yaratish toʻgʻrisida”gi PQ-5060-son qarori ijrosini har oyda muhokama qilib borish va aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga axborot kiritib borish. |
Amaliy chora-tadbirlar |
har oyda |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, tegishli vazirlik va idoralar |
|
96. |
Kinematografiya sohasida qaroqchilikka qarshi kurashish, mualliflik huquqlarini himoya qilish, telekanallar, Internet veb-resurslar va platformalar orqali filmlar namoyishlarini tartibga solish, ragʻbatlantirish va jazolash mexanizmlarini joriy etish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish. |
Taklif ishlab chiqish |
2021-yil 1-avgust |
Intellektual mulk agentligi (T. Abdusattarov), Bosh prokuratura (S. Yoʻldoshev), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sadikov), Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi (A. Xadjayev), OʻzEOAVMA (R. Rajabov), Kinematografiya agentligi (F. Abduxalikov) |
|
97. |
Davlat buyurtmasi asosida ishlab chiqariladigan filmlar uchun 2021-yilda davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar miqdorini jahon tajribasidan kelib chiqqan holda hamda yangi qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar asosida qayta koʻrib chiqish. |
Taklif ishlab chiqish |
2021-yil 1-avgust |
Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Kinematografiya agentligi (F. Abduxalikov) |
|
VIII. “Kinematografiya toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish | ||||
|
98. |
“Kinematografiya toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish boʻyicha tegishli vazirlik va idoralar vakillaridan iborat ishchi guruh tarkibini shakllantirish va Respublika komissiyasiga tasdiqlash uchun kiritish. |
Ishchi guruh tuzish |
2021-yil 15-may |
Kinematografiya agentligi (F. Abduxalikov), Adliya vazirligi (R. Davletov), manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
99. |
“Kinematografiya toʻgʻrisida”gi qonun loyihasida kino sanoati rivojlangan davlatlar tajribasi asosida Kinematografiya agentligining sohada regulatorlik vakolatlarini, kinoteatr, ijodkor va kinokompaniyalar bilan hamkorligini belgilash. |
Taklif ishlab chiqish |
2021-yil 1-sentabr |
Kinematografiya agentligi (F. Abduxalikov), manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
100. |
“Kinematografiya toʻgʻrisida”gi qonun loyihasida soha ijodkorlari va mutaxassislarini sohaning oʻziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda ijtimoiy himoya qilishni nazarda tutuvchi mexanizmlarni aks ettirish. |
Taklif ishlab chiqish |
2021-yil 1-oktabr |
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N. Xusanov), Kinematografiya agentligi (F. Abduxalikov), manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
101. |
“Kinematografiya toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini belgilangan tartibda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishgan holda Vazirlar Mahkamasiga kiritish. |
Qonun loyihasi |
2022-yil 1-aprel |
Kinematografiya agentligi (F. Abduxalikov) |