07.04.2021 yildagi PQ-5060-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kinematografiya sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish hamda soha vakillarining ijodiy faoliyati uchun munosib sharoit yaratish toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 7-apreldagi “Kino sanʼati va sanoatini yangi bosqichga olib chiqish, sohani davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi PF-6202-son Farmoniga muvofiq:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Kinematografiya agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) huzurida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) quyidagilar tashkil etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Kinematografiya akademiyasi oliy taʼlim muassasasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Respublika kinofondi” DUK negizida budjet mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan “Oʻzbekiston milliy kinofondi” davlat muassasasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Oʻzbekfilm” DUK negizida xususiy kinokompaniyalarga film, multfilm va seriallar yaratish boʻyicha xizmat koʻrsatuvchi “Oʻzbekfilm” kinokonserni” DUK;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agentlikning viloyatlar va Toshkent shahar hududiy boʻlimlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) quyidagilar tugatilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Multiplikatsion filmlar studiyasi” DUK;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Respublika kinoprokat markazi” DUK va uning hududiy filiallari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Kinematografchilar uyi” DUK;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Kinoindustriya sohasi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi” DUK;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) “Yoshlar ijodiy tajriba studiyasi” DUK “Yoshlik” kinostudiyasi” DUK etib qayta nomlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Quyidagilar:
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-dekabrdagi PF-214-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 06/23/214/0984-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-dekabrdagi PF-214-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 06/23/214/0984-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-dekabrdagi PF-214-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 06/23/214/0984-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Oʻzbekiston milliy kinofondi” davlat muassasasining tuzilmasi 4-ilovaga muvofiq;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2021-2022-yillarda milliy kinematografiya sohasini rivojlantirish “Yoʻl xaritasi” 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-dekabrdagi PF-214-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 06/23/214/0984-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Vazirlar Mahkamasi (A.A. Abduxakimov) bir oy muddatda Agentlik markaziy apparati va uning tizim tashkilotlari rahbar va xodimlarini ularning bilim va salohiyatlari bugungi kun talablari va egallab turgan lavozimlariga muvofiqligini aniqlash maqsadida attestatsiyadan oʻtkazsin hamda ularni malakali kadrlar bilan toʻldirish choralarini koʻrsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Belgilab qoʻyilsinki:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
moliyalashtirish manbaidan qatʼi nazar mahalliy kinokompaniyalar tomonidan ishlab chiqarilgan filmlar va ularning boshlangʻich materiallari, shuningdek, respublikada amalga oshirilayotgan yirik loyihalar boʻyicha tayyorlangan video va foto materiallar saqlash uchun bir nusxada Oʻzbekiston milliy kinofondiga topshiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mazkur qarorga muvofiq tugatilayotgan unitar korxonalarning qoldiq mablagʻlari, ularga tegishli bino (inshoot)lar va moddiy-texnika bazasi Agentlik va uning hududiy boʻlimlari hisobiga oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Agentlik va “Danmon group” kompaniyasi (Daniya Qirolligi) oʻrtasida 2020-yil 8-oktabrda kino ishlab chiqarish qurilmalari, texnologik tizimlar va multimedia mahsulotlarini xarid qilish boʻyicha tanlov savdolari asosida import shartnomasi imzolanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu shartnoma asosida xarid qilingan va 2027-yil 1-yanvarga qadar xarid qilinadigan kino ishlab chiqarish qurilmalari, texnologik tizimlar va multimedia mahsulotlari bojxona boji va qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod etiladi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-iyundagi PQ-209-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Moliya vazirligi uch oy muddatda imzolangan import shartnomasining oldindan 15 foiz toʻlovini davlat budjeti mablagʻlari hisobidan qoplanishini taʼminlasin. Bunda, import shartnomasi ajratiladigan Davlat budjeti mablagʻlari doirasida roʻyxatdan oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Import shartnomasining qolgan 85 foiz toʻlovini qoplash uchun “Oʻzmilliybank” AJ Avstriyaning “Rayffayzenbank” bankidan 5 yil muddatga, shu jumladan 1 yillik imtiyozli davr bilan yillik 0,8 foiz stavkada jalb qilinadigan kredit liniyasi hisobidan kredit mablagʻlarini ajratsin va kredit boʻyicha “Oʻzmilliybank” AJning marjasini 1 foizdan oshirmagan holda belgilasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Belgilab qoʻyilsinki:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Avstriyaning “Rayffayzenbank” banki krediti boʻyicha asosiy qarzni qoplash, foiz, sugʻurta va komissiyalar boʻyicha toʻlovlar Moliya vazirligi Gʻaznachiligida ochiladigan maxsus hisob raqamda toʻplanadigan sotib olingan kino qurilmalaridan foydalanishdan tushadigan pul mablagʻlari, yetmay qolgan qismi esa Davlat budjeti hisobidan amalga oshiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kreditning import shartnomasiga asosan sotib olinayotgan kino qurilmalari bilan qoplanmagan qismi boʻyicha “Oʻzmilliybank” AJ tomonidan taʼminot sifatida garov rasmiylashtirilmaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
import shartnomasi boʻyicha xarid qilinadigan kino qurilmalari, texnologik tizimlar va multimedia mahsulotlari “Oʻzbekfilm” kinokonserni” DUKning moddiy-texnik bazasini kuchaytirish uchun yoʻnaltiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi huzuridagi “Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” DUK kino ishlab chiqarish qurilmalari, texnologik tizimlar va multimedia mahsulotlarini sotib olish boʻyicha imzolangan import shartnomasini bevosita tovar ishlab chiqaruvchilarning narxlari asosida ekspertizadan oʻtkazilishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Agentlik ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil etish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi A.A. Abduvaxitov va Bosh vazir oʻrinbosari A.A. Abduxakimov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2021-yil 7-aprel,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PQ-5060-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-dekabrdagi PF-214-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 06/23/214/0984-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-dekabrdagi PF-214-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 06/23/214/0984-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-dekabrdagi PF-214-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 06/23/214/0984-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 7-apreldagi PQ-5060-son qaroriga
4-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Oʻzbekiston milliy kinofondi” davlat muassasasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
TASHKILIY TUZILMASI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

 

Direktor

 

Moliya va buxgalteriya hisoboti boʻlimi

2

Yuriskonsult

1

Kinofilmlarni raqamlashtirish, qayta tiklash va arxivlashtirish xizmati

11

Marketing va menejment xizmati

2

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xodimlarning umumiy cheklangan soni — 17 nafar, shu jumladan boshqaruv xodimlari soni — 6 nafar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 7-apreldagi PQ-5060-son qaroriga
5-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2021-2022-yillarda milliy kinematografiya sohasini rivojlantirish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“YOʻL XARITASI”
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddati

Masʼul ijrochilar

I. Kino sanʼatini yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari

1.

“Harakatlar strategiyasi hayotda” turkumida video va fotomateriallar arxivini yaratish va ulardan foydalangan holda koʻp seriyali hujjatli filmlar ishlab chiqish maqsadida:

2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan xronikal video va fotomateriallarni toʻplash;

Kinematografiya agentligining “Hujjatli va xronikal filmlar kinostudiyasi” DUKga elektron axborot tashuvchi vositalarda taqdim etish.

Amaliy chora-tadbirlar

2021-yil 1-iyun

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirlik, xoʻjalik birlashmalari va idoralar

2.

“Hujjatli va xronikal filmlar kinostudiyasi” DUK tarkibida xronikal materiallarni tayyorlash boʻyicha suratga olish guruhlarini tashkil qilish, davlat va jamiyat ahamiyatiga molik tadbirlar, voqealar, tashriflar va uchrashuvlarda ularning ishtirok etishini taʼminlash.

Amaliy chora-tadbirlar

2021-yil 10-iyun

Kinematografiya agentligi (F. Abduxalikov), Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Matbuot kotibi (Sh. Asadov), Bosh vazir matbuot xizmati (B. Xasanov)

3.

“Yangi Oʻzbekiston kinosolnomasi” nomli filmlar turkumini yaratish, ushbu maqsadda:

hududlarning oʻziga xos madaniyati, qadriyatlari, taniqli va tarixiy shaxslari haqida badiiy, hujjatli va animatsion filmlar, ijtimoiy roliklar, mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar, muhim voqea va hodisalarga bagʻishlangan roʻyxat tuzish hamda Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlash;

roʻyxat boʻyicha Milliy kinematografiyani rivojlantirish markaziga filmlar yaratish uchun buyurtma berish;

Milliy kinematografiyani rivojlantirish markazi tomonidan kinostudiyalarni jalb etgan holda filmlar ishlab chiqarishni tashkil qilish.

Filmlar yaratish

2021-yildan boshlab har yili

Kinematografiya agentligi (F. Abduxalikov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirlik va idoralar, Milliy kinematografiyani rivojlantirish markazi, Moliya vazirligi (T. Ishmetov)

4.

Kinematografiya agentligi tizimida yangi tashkil etilgan, qayta tashkil etilgan va qayta nomlangan korxonalar ustavi, tuzilma va shtatlar sonini hozirgi zamon talablari asosida qayta koʻrib chiqish, ularni malakali xodimlar bilan toʻldirish.

Amaliy chora-tadbirlar

2021-yil 1-iyul

Respublika komissiyasi (A. Abduxakimov), Kinematografiya agentligi (F. Abduxalikov)

5.

Jahon tajribasi asosida yirik budjetli milliy filmlar yaratishni moliyalashtirish tizimini takomillashtirish hamda Imom Buxoriy, Muhammad ibn Muso Xorazmiy, Amir Temur, Alisher Navoiy, Kamoliddin Behzod singari tarixiy shaxslar haqida, Buyuk Ipak Yoʻli, birinchi va ikkinchi Renessans kabi mavzularda hamda Oʻzbekiston tarixiga bagʻishlangan koʻp seriyadan iborat filmlar yaratish choralarini koʻrish.

Amaliy chora-tadbirlar, zarur hollarda, normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2021-2022-yillar

Kinematografiya agentligi (F. Abduxalikov), Milliy kinematografiyani rivojlantirish markazi, Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Investitsiya va tashqi savdo vazirligi (L. Qudratov)

6.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirlik, xoʻjalik birlashmalari va idoralar tomonidan buyurtma berish orqali tegishliligicha yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, yangi bunyodkorlik ishlari, barcha sohalarda roʻy berayotgan oʻzgarishlar, bunyodkor yoshlar obrazlarini yaratishga bagʻishlangan filmlar ishlab chiqish.

Badiiy, qisqa metrajli filmlar va teleseriallar ishlab chiqish

doimiy

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirlik, xoʻjalik birlashmalari va idoralar, Kinematografiya agentligi (F. Abduxalikov), “Yoshlik” kinostudiyasi” DUK

7.

Xorijiy filmlarni sotib olish, davlat tiliga dublyaj qilish, namoyish etish va respublikada faoliyat yuritayotgan kinoteatrlarni davlat tiliga dublyaj qilingan xorijiy filmlar bilan taʼminlab borish tizimini joriy etish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

doimiy

Kinematografiya agentligi (F. Abduxalikov), Milliy kinematografiyani rivojlantirish markazi

Xususan, “Oʻzbekfilm” kinokonserni” DUKda dublyaj studiyasini tashkil etish va uning faoliyatini yoʻlga qoʻyish, shuningdek, xususiy investitsiya mablagʻlarini jalb etgan holda dublyaj studiyalarini tashkil etish.

2021-yil 1-noyabr

8.

Oʻzbekiston milliy kinofondi faoliyatini tashkil qilish, respublika hududida ishlab chiqarilayotgan filmlar va seriallar nusxalarini saqlash, shuningdek, xorijiy davlatlar arxivida saqlanayotgan milliy filmlarimizni yurtimizga qaytarish.

Amaliy chora-tadbirlar, zarur hollarda, normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2021-yil 1-iyun

filmlarni qaytarish — reja-jadval asosida

Kinematografiya agentligi (F. Abduxalikov), “Oʻzarxiv” agentligi (U. Yusupov), Tashqi ishlar vazirligi (A. Kamilov), manfaatdor vazirlik va idoralar

9.

“Quyosh taʼmi”, “Parining sovgʻasi”, “Baron-2” kabi ishlab chiqilayotgan filmlarga investitsiyalarni jalb etish. Bunda, jalb qilingan investitsiya mablagʻlari natijasida iqtisod qilingan budjet mablagʻlarini Milliy kinematografiyani rivojlantirish markaziga eksperiment doirasida yoʻnaltirish.

Amaliy chora-tadbirlar

2021-2022-yillar

Kinematografiya agentligi (F. Abduxalikov), Milliy kinematografiyani rivojlantirish markazi

10.

Davlat buyurtmasi asosida filmlar ishlab chiqarishda shakllantiriladigan maslahatchilar guruhiga masʼul xodimlarni Kinematografiya agentligi soʻrovi asosida jalb etish.

Amaliy chora-tadbirlar

doimiy

Kinematografiya agentligi (F. Abduxalikov), davlat organlari va tashkilotlari

11.

“Kinematografiya fidokori” koʻkrak nishoni loyihasi va uning tavsifini tayyorlash, koʻkrak nishoni bilan taqdirlash nizomini ishlab chiqish va uni belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2021-yil 7-iyun

Kinematografiya agentligi (F. Abduxalikov), Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi (A. Nuriddinov)

12.

Milliy filmlarni kinoteatrlarda namoyish etish boʻyicha joriy etilgan kvotalash tizimi doirasida barcha kinoteatrlarni milliy filmlar bilan muntazam taʼminlab borish.

Amaliy chora-tadbirlar

doimiy

Milliy kinematografiyani rivojlantirish markazi, Kinematografiya agentligi (F. Abduxalikov)

13.

Oʻzbekiston kinoarboblari ijodiy uyushmasi faoliyatini qoʻllab-quvvatlash, jumladan “Ilhom” jamoat fondi mablagʻlari hisobidan moliyalashtirish boʻyicha taklif kiritish.

Ijrochilar qarori, zarur hollarda, normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2021-yil 1-avgust

Oʻzbekiston kinoarboblari ijodiy uyushmasi (M. Matchanov), Moliya vazirligi (T. Ishmetov), “Ilhom” jamoat fondi (J. Rizayev)

14.

Oʻzbekistonning tarixiy shaxslari va afsonaviy qahramonlari toʻgʻrisidagi toʻliq va qisqa metrajli badiiy filmlar, xronikal hujjatli filmlarni suratga olgan kinostudiyalarga Turizm va sportni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasidan grantlar (loyiha qiymatining 30 foizi, lekin 3 milliard soʻmdan oshmagan miqdorda) olishda koʻmaklashish.

Amaliy chora-tadbirlar

doimiy

Milliy kinematografiyani rivojlantirish markazi, Kinematografiya agentligi (F. Abduxalikov)

15.

Milliy kinematografiyani rivojlantirish boʻyicha yillik “yoʻl xarita”larini ishlab chiqish va Respublika komissiyasiga tasdiqlash uchun kiritish.

“Yoʻl xarita”sini ishlab chiqish

2022-yildan boshlab har yili 1-fevral

Kinematografiya agentligi (F. Abduxalikov), manfaatdor vazirlik va idoralar

16.

Filmlarning xarajatlar smetasini ekspertizadan oʻtkazuvchi auditorlik kompaniyalariga qoʻyiladigan talablarni ishlab chiqish.

Talablarni eʼlon qilish

2021-yil 15-iyul

Kinematografiya agentligi (F. Abduxalikov), Moliya vazirligi (T. Ishmetov)

17.

Filmlarning xarajatlar smetasini oʻrganish va baholash boʻyicha auditorlarning malakasini oshirish, bunda xorijiy mutaxassislarni jalb qilish hamda ularning xorijda tajriba orttirishlarini tashkil etish.

Amaliy chora-tadbirlar

reja-jadval asosida

Auditorlarning respublika jamoat birlashmasi, Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Kinematografiya agentligi (F. Abduxalikov)

18.

Davlat mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining hujjatlarida ishlab chiqarilishi belgilangan filmlarni toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar asosida ishlab chiqarish.

Amaliy chora-tadbirlar

2021-yil davomida

Kinematografiya agentligi (F. Abduxalikov), Moliya vazirligi (T. Ishmetov)

19.

Milliy kinematografiyani rivojlantirish markazining faoliyatini “loyihalar boshqaruvi” tamoyili asosida tashkil qilish, xodimlar ish haqi miqdorlarini erkin belgilash.

Amaliy chora-tadbirlar

2021-yil 15-iyun

Milliy kinematografiyani rivojlantirish markazi

20.

Original kinomahsulotlardan noqonuniy foydalanish hamda kontrafakt kinomahsulotlarni tarqatish, mahalliy telekanallarda noqonuniy asosda xorijiy va milliy kinomahsulotlarni namoyish qilishga qarshi kurashish boʻyicha manfaatdor vazirlik va idoralar bilan hamkorlikdagi harakatlar rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Harakatlar rejasi loyihasi

2021-yil 1-avgust

Intellektual mulk agentligi (T. Abdusattarov), Bosh prokuratura (S. Yoʻldoshev), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sadikov), Kinematografiya agentligi (F. Abduxalikov), Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi (A. Xadjayev), OʻzEOAVMA (R. Rajabov), nodavlat notijorat tashkilotlari

21.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 7-apreldagi “Kino sanʼati va sanoatini yangi bosqichga olib chiqish, sohani davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi PF-6202-son Farmoni ijrosini samarali tashkil etish uchun Kinematografiya agentligi tomonidan davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar va budjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan shartnoma asosida mahalliy va xorijiy mutaxassislarni jalb etish.

Amaliy chora-tadbirlar

2021-2022-yillar

Kinematografiya agentligi (F. Abduxalikov), Moliya vazirligi (T. Ishmetov)

22.

Kinematografiya sohasida faoliyat yuritayotgan tashkilotlar haqidagi statistik hisobotlarni qayta koʻrib chiqish, mazkur korxonalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Kinematografiya agentligiga taqdim etib borish.

Statistik shakl ishlab chiqish

2021-yil 15-iyul

Davlat statistika qoʻmitasi (B. Begalov), Kinematografiya agentligi (F. Abduxalikov)

II. Kinoteatrlar tarmogʻini rivojlantirish, soha infratuzilmasi va moddiy-texnik bazasini mustahkamlash

23.

Kinematografiya agentligi bilan kelishgan holda Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarning har bir tuman (shahar)larida tarkibida kinozallari mavjud savdo-koʻngilochar komplekslar qurilishi uchun 25 sotixdan ajratiladigan yer maydonlari roʻyxatini shakllantirish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021-yil 25-may

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, Qurilish vazirligi (B. Zokirov), Respublika komissiyasi (A. Abduxakimov), Kinematografiya agentligi (F. Abduxalikov)

Ushbu roʻyxatni Milliy kinematografiya, kinokompaniya va kinoteatrlar tarmogʻini yanada rivojlantirishga koʻmaklashish boʻyicha respublika komissiyasiga (keyingi oʻrinlarda — Respublika komissiyasi) koʻrib chiqish uchun kiritish;

2021-yil 1-iyun

Savdo-koʻngilochar komplekslarda kinozallarni tashkil etish boʻyicha bir nechta loyiha-eskizlarini tadbirkorlik subyektlariga tavsiya etish.

2021-yil 1-sentabr

24.

Ajratilgan 25 sotix yer maydonlarida yangi tashkil etiladigan savdo-koʻngilochar komplekslarining old qismida kinoafisha va “LED” monitorlar joylashtirish, ularda milliy filmlarning reklama va piar-kampaniyasini yoʻlga qoʻyish.

Amaliy chora-tadbirlar

Reja-jadval asosida

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, Kinematografiya agentligi (F. Abduxalikov)

25.

Qurilish meʼyorlari va qoidalariga savdo maydoni 15 ming kvadrat metrdan ortiq savdo-koʻngilochar komplekslarni qurishda kinozallarni tashkil etish majburiyligi boʻyicha tegishli oʻzgartirishlar kiritish.

Qurilish meʼyorlari va qoidalarini takomillashtirish

2021-yil 1-iyul

Qurilish vazirligi (B. Zokirov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, Kinematografiya agentligi (F. Abduxalikov)

Shuningdek, yangi kinozallarni tashkil etishda loyihalarni Respublika komissiyasi bilan kelishish amaliyotini joriy etish.

Amaliy chora-tadbirlar

doimiy

26.

Savdo maydoni 15 ming kvadrat metrdan ortiq qurilishi rejalashtirilayotgan savdo-koʻngilochar komplekslar haqidagi maʼlumotlarni Kinematografiya agentligiga taqdim etib borish.

Maʼlumotlar bazasini shakllantirish

doimiy

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

27.

Toshkent viloyatining Boʻstonliq tumanida zamonaviy kinoshahar tashkil etish va bu maqsadda filmlar ishlab chiqarish uchun zarur infratuzilmaga ega boʻlgan 50 gektardan kam boʻlmagan yer maydonini ajratish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kritish.

Taklif ishlab chiqish

2021-yil 1-sentabr

Kinematografiya agentligi (F. Abduxalikov), Investitsiya va tashqi savdo vazirligi (L. Qudratov), Kinematografiya agentligi (F. Abduxalikov), Turizm va sport vazirligi (U. Azamov), Boʻstonliq tumani hokimligi (J. Axmedov), Milliy kinematografiyani rivojlantirish markazi

28.

Davlat buyurtmasi doirasida ishlab chiqariladigan filmlarning dekoratsiyalarini “Oʻzbekfilm” kinokonserni” DUK, Toshkent viloyatining Boʻstonliq tumanida ajratiladigan hudud va kinoshaharlarda qurishni tashkil etish.

Amaliy chora-tadbirlar

doimiy

Kinematografiya agentligi (F. Abduxalikov)

29.

Respublikadagi madaniyat markazlarida milliy filmlar namoyishini, kinoijodkorlar bilan ijodiy kechalar va davra suhbatlarini oʻtkazish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

doimiy

Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov), Kinematografiya agentligi (F. Abduxalikov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

Faoliyat yuritmayotgan madaniyat markazlarida davlat-xususiy sheriklik va boshqa samarali mexanizmlardan foydalangan holda kinozallar tashkil etish.

Taklif ishlab chiqish

2021-yil 15-noyabr

30.

Kvotalash tizimi doirasida kinoteatrlar tomonidan namoyish etilayotgan milliy filmlarning namoyish vaqtlarini Kinematografiya agentligi bilan kelishish.

Amaliy chora-tadbirlar

doimiy

Kinematografiya agentligi (F. Abduxalikov), Milliy kinematografiyani rivojlantirish markazi

31.

“Hujjatli va xronikal filmlar kinostudiyasi” DUK faoliyatini takomillashtirish, zamonaviy kino ishlab chiqarish va server qurilmalari bilan jihozlash, maʼlumotlar bazasini shakllantirish, zamonaviy texnologiyalar asosida raqamli tizimni joriy etish hamda ushbu chora-tadbirlarni davlat budjetidan moliyalashtirish.

Amaliy chora-tadbirlar, zarur hollarda, normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2021-yil 1-avgust

Kinematografiya agentligi (F. Abduxalikov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sadikov), “Oʻzarxiv” agentligi (U. Yusupov), Moliya vazirligi (T. Ishmetov)

32.

Respublikada faoliyat yuritayotgan kinoteatrlar faoliyatini avtomatlashtirishga qaratilgan axborot tizimini yaratish va uni birinchi bosqichda Toshkent shahrida joriy etish.

Axborot tizimini yaratish va tajriba sinovidan oʻtkazish

2022-yil 1-yanvar

Kinematografiya agentligi (F. Abduxalikov), Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sadikov)

33.

Kinoteatr (kinozal)larni jihozlash uchun import qilinayotgan mebel, oʻrindiq va boshqa zarur jihozlar haqida tadbirkorlik subyektlarini xabardor qilib borish.

Amaliy chora-tadbirlar

2021-yil 15-avgust

Kinematografiya agentligi (F. Abduxalikov), Savdo-sanoat palatasi (A. Ikramov)

34.

Respublikaning har bir hududi uchun mahalliy budjetlar daromadlarining orttirib bajarilgan qismi hisobidan “Kinoklub” ixtisoslashtirilgan avtotransport vositasini 2 tadan sotib olish hamda Kinematografiya agentligiga berish.

Kinematografiya agentligi balansidagi “Kinoklub” ixtisoslashtirilgan avtotransport vositalarini Milliy kinematografiyani rivojlantirish markaziga foydalanishga berish.

“Kinoklub” faoliyatini yoʻlga qoʻyish

2022-yil 31-dekabr

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, Kinematografiya agentligi (F. Abduxalikov), Milliy kinematografiyani rivojlantirish markazi

35.

“Kinomobil? koʻchma kinoteatrlarini tashkil etish boʻyicha xorijiy taj?ibani oʻrganish, natijalari boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish.

Taklif ishlab chiqish

2022-yil 10-mart

Kinematografiya agentligi (F. Abduxalikov)

36.

Respublika hududlarida, jumladan oromgohlar va istirohat bogʻlari hududida yozgi (ochiq) kinoteatrlar tashkil etish.

Chora-tadbirlar rejasiga muvofiq

2021-yil 15-iyul

Respublika komissiyasi (A. Abduxakimov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

37.

Toshkent shahrida joylashgan “Alisher Navoiy nomidagi kino saroyi” va Toshkent viloyatida joylashgan “Doʻrmon kinoijodkorlar uyi” DUKlarni Milliy kinematografiyani rivojlantirish markaziga ishonchli boshqaruvga berish.

Amaliy chora-tadbirlar

2021-yil 1-avgust

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (A. Ortiqov), Kinematografiya agentligi (F. Abduxalikov), Milliy kinematografiyani rivojlantirish markazi

38.

Oʻzbekiston kinoarboblari ijodiy uyushmasi, Milliy kinematografiyani rivojlantirish markazi va Oʻzbekiston kino sanoati vakillari uyushmasini Kinematografiya agentligi tizimidagi tashkilotlar binolariga tekin foydalanish huquqi asosida joylashtirish.

Amaliy chora-tadbirlar

2021-yil 15-may

Kinematografiya agentligi (F. Abduxalikov), Oʻzbekiston kinoarboblari ijodiy uyushmasi (M. Matchanov), Milliy kinematografiyani rivojlantirish markazi, Oʻzbekiston kino sanoati vakillari milliy uyushmasi

39.

Davlat tashkilotlari tasarrufida saqlanayotgan qadimiy va retro transport vositalari, filmlar yaratilishida foydalaniladigan rekvizitlarni (kiyimlar, aloqa vositalari, buyumlar va boshqa anjomlar) “Oʻzbekfilm” kinokonserni” DUK balansiga oʻtkazish.

Amaliy chora-tadbirlar

2022-yil 1-yanvar

Kinematografiya agentligi (F. Abduxalikov), Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (A. Ortiqov), manfaatdor vazirlik va idoralar

40.

“Qoraqalpoqkino” agentligi va “Qoraqalpoqfilm” DUK faoliyati samaradorligini koʻrib chiqish, Qoraqalpogʻiston Respublikasida kinematografiyani rivojlantirish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish.

Taklif ishlab chiqish

2021-yil 1-noyabr

Kinematografiya agentligi (F. Abduxalikov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi (Q. Sariyev), “Qoraqalpoqkino” agentligi

41.

“Qoraqalpoqfilm” DUK binosini Qoraqalpogʻiston Respublikasi mahalliy budjeti daromadlarining orttirib bajarilgan qismi hisobidan rekonstruksiya qilish va jihozlash, zaruratga koʻra hududini kengaytirish hisobidan qoʻshimcha kinopavilyonlar qurish, moddiy-texnik bazasini kuchaytirish.

Amaliy chora-tadbirlar, zarur hollarda, normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2022-yil 1-iyun

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi (Q. Sariyev), Qurilish vazirligi (B. Zokirov), Kinematografiya agentligi (F. Abduxalikov)

42.

Kinematografiya agentligi hisobidagi retro avtomobil va mototsikllarni taʼmirlash va restavratsiya qilish, yaroqsizlarini hisobdan chiqarish, 2021-yilda oʻtkaziladigan Toshkent xalqaro kinofestivali doirasida ularning taqdimotlarini oʻtkazish.

Amaliy chora-tadbirlar

2021-yil 1-sentabr

“Oʻzavtosanoat” AJ (Sh. Umurzakov), Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (A. Ortiqov), Kinematografiya agentligi (F. Abduxalikov)

43.

Kinematografiya agentligi huzuridagi “Doʻrmon kinoijodkorlar uyi” DUK binosini rekonstruksiya qilish va jihozlash hamda kinoijodkorlar uchun zamonaviy dam olish maskanini yaratish.

Amaliy chora-tadbirlar

2021-2022-yillar

Kinematografiya agentligi (F. Abduxalikov), Toshkent viloyati hokimligi (D. Xidoyatov)

44.

Kinematografiya agentligining hududiy boʻlimlarini malakali kadrlar bilan toʻldirish boʻyicha agentlikka taklif kiritish, mahalliy budjetlar daromadlarining orttirib bajarilgan qismi hisobidan hududiy boʻlimlarni agentlik bilan kelishgan holda bino bilan taʼminlash va moddiy-texnika bazasini mustahkamlash.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021-yil 15-iyun

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Kinematografiya agentligi (F. Abduxalikov)

45.

Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 18-maydagi “2018-2019-yillarda zamonaviy kinoteatrlar tarmogʻini barpo etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 372-son qarori doirasida qurilgan kinoteatrlarning joriy holati, dastur asosida amalga oshirilgan ishlar va imkoniyatlardan maqsadli foydalanilishi boʻyicha hisobotlarni Respublika komissiyasiga taqdim etish.

Maqsadsiz foydalanilgan holatlar boʻyicha huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdimnoma kiritish.

Amaliy chora-tadbirlar

2021-yil 1-noyabr

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, “Oʻzmilliybanki” AJ (A. Mirsoatov)

46.

Kinematografiya agentligi tasarrufidagi bino, inshoot va yer maydonlarini xatlovdan oʻtkazish, soʻnggi besh yilda agentlik balansidan chiqarilgan koʻchmas mulklarni oʻrganish hamda xatlov yakuni boʻyicha agentlik tasarrufidagi mulklardan samarali foydalanishni tashkil etish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish.

Qonun buzilishi holatlari yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organlarga qoʻshimcha oʻrganish uchun taqdimnoma kiritish.

Taklif ishlab chiqish

2022-yil 1-mart

Kinematografiya agentligi (F. Abduxalikov), Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (A. Ortiqov), Kadastr agentligi (F. Umarov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

III. Kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish

47.

Kinematografiya sohasida mutaxassis kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga ixtisoslashtirilgan Oʻzbekiston kinematografiya akademiyasini tashkil etish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2021-yil 15-iyul

Kinematografiya agentligi (F. Abduxalikov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (A. Toshqulov), Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov)

48.

S.A. Gerasimov nomidagi Butunrossiya davlat kinematografiya instituti filialini tashkil etish choralarini koʻrish.

Amaliy chora-tadbirlar, zarur hollarda, normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2022-yil 1-mart

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (A. Toshqulov), Tashqi ishlar vazirligi (A.Kamilov), Kinematografiya agentligi (F.Abduxalikov)

49.

Oʻzbekiston kinematografiya akademiyasi qoshida filmning ijodiy guruhi ikkinchi tarkib mutaxassislarini tayyorlashga ixtisoslashgan oʻrta maxsus taʼlim muassasalarini tashkil etish.

Amaliy chora-tadbirlar, zarur hollarda, normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2021-yil 1-sentabr

Kinematografiya agentligi (F. Abduxalikov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (A. Toshqulov), manfaatdor vazirlik va idoralar

50.

Oʻzbekiston kinematografiya akademiyasiga yodosh hududda kino sanʼatiga ixtisoslashtirilgan davlat umumtaʼlim maktabini Toshkent shahar mahalliy budjeti daromadlarining orttirib bajarilgan qismi hisobidan tashkil etish, Oʻzbekiston kinoarboblari ijodiy uyushmasi ishtirokida maktab faoliyatini yoʻlga qoʻyish hamda uning tajribasini oʻrgangan holda boshqa hududlarda ham shu kabi ixtisoslashtirilgan maktablarni tashkil etish boʻyicha taklif kiritish.

Ijodiy maktab faoliyatini yoʻlga qoʻyish

2021-yil 1-sentabr

Xalq taʼlimi vazirligi (Sh. Shermatov), Toshkent shahar hokimligi (J. Artikxodjayev), Kinematografiya agentligi (F. Abduxalikov)

51.

Kinematografiya yoʻnalishida malakali kadrlar tayyorlash boʻyicha xorijiy oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat va magistraturasiga har yili 40 nafargacha, jumladan davlat budjetidan 15 nafar, grant mablagʻlari hisobidan 25 nafargacha yoshlarni oʻrnatilgan tartibda oʻqishga yuborish va ularning taʼlim olishini moliyalashtirish.

Amaliy chora-tadbirlar

doimiy

“El-yurt umidi” jamgʻarmasi (A. Bekmurodov), Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Kinematografiya agentligi (F. Abduxalikov)

52.

Kino ishlab chiqarish jarayoniga kinematografiya sohasida taʼlim olayotgan oliy taʼlim muassasalarining talabalarini tizimli ravishda jalb qilish hamda ularni ragʻbatlantirib borish.

Yoshlarni kino ishlab chiqarish jarayoniga jalb etish

doimiy

Kinematografiya agentligi (F. Abduxalikov), Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (A. Toshqulov)

53.

Kinematografiya sohasida kadrlar tayyorlovchi oliy taʼlim muassasalarining talabalarini qoʻllab-quvvatlash uchun davlat budjeti mablagʻlari gʻisobilan toʻlanadigan Xudoybergan Devonov nomidagi davlat stipendiyasini taʼsis etish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2021-yil 1-sentabr

Kinematografiya agentligi (F. Abduxalikov), Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (A. Toshqulov)

54.

S.A. Gerasimov nomidagi Butunrossiya davlat kinematografiya institutida tahsil olish uchun saralab olingan 37 nafar yoshlarning taʼlim olishi bilan bogʻliq (avia chipta va talabalar turar joyi) xarajatlarini moliyalashtirish.

Amaliy chora-tadbirlar

2021-yil 15-iyun

Moliya vazirligi (T. Ishmetov), “El-yurt umidi” jamgʻarmasi (A. Bekmurodov), Kinematografiya agentligi (F. Abduxalikov)

55.

Kino sohasida faoliyat yuritayotgan prodyuser, rejissor, operator va boshqa mutaxassislarning malaka oshirishlarini, jumladan chet ellik mutaxassislarni jalb etgan holda va xorijiy mamlakatlarda tashkil etish.

Amaliy chora-tadbirlar

doimiy

Kinematografiya agentligi (F. Abduxalikov), “El-yurt umidi” jamgʻarmasi (A. Bekmurodov)

56.

Yoshlarning kinematografiya sohasida boshqaruv koʻnikmalarini shakllantirish maqsadida oliy taʼlim muassasalari talabalarini fuqarolik-huquqiy shartnoma asosida Kinematografiya agentligiga davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar va budjetdan tashqari mablagʻlar hisobiga jalb qilish.

Amaliy chora-tadbirlar

2021-2022-yillarda

Kinematografiya agentligi (F. Abduxalikov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (A. Toshqulov)

IV. Xalqaro hamkorlik aloqalarini rivojlantirish

57.

Eng yaxshi mahalliy filmlar va ularning ijodkorlarini xalqaro kinofestivallarda, shuningdek, jahonning yirik kinobozorlarida muntazam ishtirokini taʼminlash hamda ularni moliyalashtirish boʻyicha yillik dasturlar ishlab chiqish va tasdiqlash.

Amaliy chora-tadbirlar

har yili 1-yanvar va 1-iyul

Milliy kinematografiyani rivojlantirish markazi, Kinematografiya a?yentligi (F. Abduxalikov), Tashqi ishlar vazirligi (A. Kamilov), Moliya vazirligi (T. Ishmetov)

58.

“Oʻzbek kinosi kunlari” tadbirlarini xorijiy davlatlarda muntazam ravishda oʻtkazib borish hamda xorijiy mamlakatlarning kino kunlari tadbirlarini respublikada oʻtkazilishini tashkil etish, ushbu tadbirlarni moliyalashtirish boʻyicha yillik dasturlarni ishlab chiqish va tasdiqlash.

Tashkiliy chora-tadbirlar

har yili 1-yanvar va 1-iyul

Kinematografiya agentligi (F. Abduxalikov), Tashqi ishlar vazirligi (A. Kamilov), Moliya vazirligi (T. Ishmetov)

59.

Milliy kino sanoatini rivojlantirish boʻyicha ilgʻor xorijiy mamlakatlar tajribasini oʻrganish va ularni joriy etish ishlarini tashkil etish.

Amaliy chora-tadbirlar

reja-jadval asosida

Kinematografiya agentligi (F. Abduxalikov), Tashqi ishlar vazirligi (A. Kamilov), Moliya vazirligi (T. Ishmetov)

60.

Xorijiy kinoshaharlar, kinostudiyalar, kino sohasidagi taʼlim muassasalari faoliyati va tajribasini oʻrganish, xalqaro kino tashkilotlari bilan tajriba almashish va hamkorlik aloqalarini oʻrnatish.

Amaliy chora-tadbirlar

2021-2022-yillar

Kinematografiya agentligi (F. Abduxalikov), Tashqi ishlar vazirligi (A. Kamilov), Moliya vazirligi (T. Ishmetov)

61.

Milliy kinematografiyani rivojlantirish markazi huzurida Oʻzbekiston nomidan respublika hududida xorijiy kinokompaniyalar bilan hamkorlik qiluvchi, ularga oʻz filmlarini ishlab chiqarishda xizmat koʻrsatuvchi “Oʻzbekiston Respublikasi kinokomissiyasi” va “Oskar” kino taqdimoti qoʻmitasini tashkil etish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021-yil 15-sentabr

Kinematografiya agentligi (F. Abduxalikov), Milliy kinematografiyani rivojlantirish markazi

62.

Xorijiy hamkorlar ishtirokida yaratiladigan filmlarning suratga olish guruhlari uchun tashqi va ichki avia, temir yoʻl chiptalarini Kinematografiya agentligi soʻrovi asosida band qilib borish.

Amaliy chora-tadbirlar

doimiy

Transport vazirligi (I. Maxkamov), Kinematografiya agentligi (F. Abduxalikov)

63.

Oʻzbekiston Respublikasining xorijiy mamlakatlardagi elchixonalari tomonidan milliy kino sohasining salohiyati va istiqbollarini targʻib qilish, xorijiy kinokompaniyalar va investorlarni mamlakatga jalb qilish choralarini koʻrish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

doimiy

Tashqi ishlar vazirligi (A. Kamilov), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (L. Kudratov), Kinematografiya agentligi (F. Abduxalikov)

V. Kino tadbirlari, milliy filmlar marketingi va piar-kampaniyalarini tashkil qilish va oʻtkazish

64.

Davlat buyurtmasi doirasida ishlab chiqariladigan filmlar va seriallarning piar-kampaniyasi va targʻibot-tashviqot tadbirlarini tizimli ravishda oʻtkazib borish tizimini joriy etish.

Amaliy chora-tadbirlar

doimiy

Milliy kinematografiyani rivojlantirish markazi, Kinematografiya agentligi (F. Abduxalikov), Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi (A. Xadjayev), OʻzEOAVMA (R. Rajabov)

65.

Davlat oliy taʼlim muassasalarining talabalar turar joylarida, harbiy qismlarda va ish rejimi vaxta usulida tashkil etilgan yirik korxonalarda milliy kino mahsulotlarining namoyishini tashkil etish.

Amaliy chora-tadbirlar

doimiy

Milliy kinematografiyani rivojlantirish markazi,Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (A. Toshqulov), Mudofaa vazirligi (B. Kurbanov), Energetika vazirligi (A. Sultanov), Kinematografiya agentligi (F. Abduxalikov), manfaatdor vazirlik va idoralar

66.

“Oltin Humo” milliy kino taqdimotini “Doʻstlar klubi” va homiylik xayriyalari hamda Kinematografiya agentligi mablagʻlari hisobidan har yili anʼanaviy tarzda oʻtkazib borish.

Milliy kino taqdimotini oʻtkazish

doimiy

Oʻzbekiston kinoarboblari ijodiy uyushmasi (M. Matchanov), “Oʻzavtosanoat” AJ (Sh. Umurzakov), Kinematografiya agentligi (F. Abduxalikov)

67.

Kinoijodkorlar, xususan yoshlar ishtirokidagi kino tadbirlarini “Yoshlar ijod saroyi”da muntazam ravishda oʻtkazib borish.Bunda “Yoshlar ijod saroyi”dan bepul (kommunal toʻlovlar bundan mustasno) foydalanish.

Kino tadbirlarini oʻtkazish

doimiy

Yoshlar ishlari agentligi (A. Saʼdullayev), Yoshlar ittifoqi (M. Akramov), Kinematografiya agentligi (F. Abduxalikov)

68.

“Hujjatli va xronikal filmlar kinostudiyasi” DUK va OʻzEOAVMA hamkorligida korxona balansidagi ikki qavatli binoni assotsiatsiya mablagʻlari hisobiga taʼmirlash va unda Mediamarkaz tashkil qilish, binoni bepul foydalanish (kommunal toʻlovlardan tashqari) huquqi asosida ijaraga berish hamda qoʻshma dastur asosida hamkorlikni yoʻlga qoʻyish.

Mediamarkaz tashkil qilish

2021-yil 15-avgust

Kinematografiya agentligi (F. Abduxalikov), OʻzEOAVMA (R. Rajabov), Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (A. Ortiqov)

69.

Hududlarda filmlar reklamasi uchun respublikaning har bir tumani va shahrida 5 tadan maxsus lavhalar, pannolar, bannerlar, LED monitorlar oʻrnatish uchun Kinematografiya agentligiga maxsus joy ajratish hamda agentlik tomonidan ularga investorlarni jalb qilish.

Amaliy chora-tadbirlar

2021-2022-yillar

Respublika komissiyasi (A. Abduxakimov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

70.

Filmlar ishlab chiqarish uchun Davlat budjetidan ajratilayotgan mablagʻlar doirasida ijtimoiy reklama va targʻibot-tashviqot roliklarini ishlab chiqish.

Targʻibot roliklarini ishlab chiqish

doimiy

Kinematografiya agentligi (F. Abduxalikov), Milliy kinematografiyani rivojlantirish markazi

71.

Kino sanʼati namoyandalari, xususan taniqli rejissor, aktyor va prodyuserlar ishtirokida premyeralar haqida koʻrsatuvlar, tok-shoular, ochiq muloqotlar tashkillashtirish va boshqa media mahsulotlar yaratish hamda ularni targʻib qilish.

Amaliy chora-tadbirlar

doimiy

Kinematografiya agentligi (F. Abduxalikov), Oʻzbekiston kinoarboblari ijodiy uyushmasi (M. Matchanov), Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi (A. Xadjayev), OʻzEOAVMA (R. Rajabov)

72.

Kinematografiya agentligi bilan kelishgan holda davlat va nodavlat teleradiokanallarida kino sohasini keng yoritish va milliy filmlarni targʻib etish uchun oʻzaro manfaatli shartnomalar asosida efir vaqti ajratish va filmlar yetkazib berish.

Amaliy chora-tadbirlar

doimiy

Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi (A. Xadjayev), OʻzEOAVMA (R. Rajabov), Kinematografiya agentligi (F. Abduxalikov)

73.

Hududlarda kino ijodkorlari ishtirokida filmlar namoyishini nazarda tutuvchi “Kinokarvon” aks?yasini oʻtkazib borish va bu bilan bogʻliq xarajatlarni Kinematografiya agentligi va mahalliy budjetl?r daromadlarining orttirib bajarilgan qismi hisobidan qoplash.

Amaliy chora-tadbirlar

reja-jadval asosida

Oʻzbekiston kinoarboblari ijodiy uyushmasi (M. Matchanov), Kinematografiya agentligi (F. Abduxalikov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

74.

Adiblar xiyobonida haykallari oʻrnatilgan atoqli shoir va yozuvchilar haqida hujjatli va badiiy filmlar yaratish.Bunda biriktirilgan oliy taʼlim muassasalari tomonidan filmlar yaratishni moliyalashtirish.

Shoir va yozuvchilar haqida filmlar yaratish

2021-2022-yillar

buyurtma berish — 2021-yil 1-iyun

Kinematografiya agentligi (F. Abduxalikov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (A. Toshqulov), biriktirilgan oliy taʼlim muassasalari

75.

Kinematografiya agentligining notijorat tadbirlarini televideniye va tashqi reklama obyektlarida ijtimoiy reklama uchun ajratilgan vaqt doirasida joylashtirish.

Amaliy chora-tadbirlar

doimiy

Kinematografiya agentligi (F. Abduxalikov), Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi (A. Xadjayev), OʻzEOAVMA (R. Rajabov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

76.

Kinematografiya agentligi bilan hamkorlikda kino sanʼatining atoqli ijodkorlari yubileylarini nishonlash va sohaga oid muhim tadbirlarni tizimli ravishda tashkil etish va oʻtkazib borish.

Amaliy chora-tadbirlar

reja-jadval asosida

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirlik va idoralar

77.

Davlat budjeti mablagʻlari asosida ishlab chiqilgan milliy filmlarni xatlovdan oʻtkazish hamda Milliy kinematografiyani rivojlantirish markaziga ularning prokatini tashkil qilish huquqini berish.

Amaliy chora-tadbirlar

2021-yil 20-iyun

Kinematografiya agentligi (F. Abduxalikov), Milliy kinematografiyani rivojlantirish markazi

78.

Milliy kino arbobi Shuhrat Abbosov tavalludining 90 yillik yubileyi munosabati bilan uning byustini mahalliy budjet daromadlarining orttirib bajarilgan qismi hisobidan oʻrnatish.

Amaliy chora-tadbirlar

2021-yil 1-sentabr

Toshkent shahar hokimiyati (J. Artikxodjayev), Kinematografiya agentligi (F. Abduxalikov)

79.

Milliy kinematografiya sanʼatining rivojlanishiga oʻzining beqiyos hissasini qoʻshgan kino arboblar xotirasini abadiylashtirish, jumladan umumtaʼlim maktablariga sohaning taniqli namoyandalari nomlarini berish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish.

Taklif ishlab chiqish

2021-yil 1-sentabr

Kinematografiya agentligi (F. Abduxalikov), Xalq taʼlimi vazirligi (Sh. Shermatov)

80.

Adiblar xiyoboni haqida yaratilgan hujjatli va badiiy filmlar namoyishini tashkil etish.

Amaliy chora-tadbirlar

reja-jadval asosida

Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi (A. Xadjayev), OʻzEOAVMA (R. Rajabov), Kinematografiya agentligi (F. Abduxalikov)

81.

Oʻzbekiston kino sanʼatining shakllanish tarixi va rivojlanish jarayonlari hamda atoqli kinoijodkorlar tomonidan yaratilgan sara filmlarga bagʻishlangan hujjatli filmlar turkumini hamda “Oʻzbekiston kino sanʼati” kitob-albomini yaratish.

Amaliy chora-tadbirlar

2021-yil 1-sentabr

Navoiy kon-metallurgiya kombinati

(K. Sanakulov), Kinematografiya agentligi (F. Abduxalikov), Oʻzbekiston kinoarboblari ijodiy uyushmasi (M. Matchanov)

VI. Milliy striming platformasini yaratish

82.

Xususiy investitsiya mablagʻlarini jalb qilgan holda Milliy kinematografiyani rivojlantirish markazi huzurida Axborot multimedia striming platformasini yaratish, uning faoliyatini xalqaro talablar va standartlar asosida yoʻlga qoʻyish choralarini koʻrish.

Tashkiliy chora-tadbirlar, zarur hollarda, normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2021-yil 1-dekabr

Milliy kinematografiyani rivojlantirish markazi, Kinematografiya agentligi (F. Abduxalikov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sadikov)

83.

Axborot multimedia striming platformasini kontent bilan toʻldirib borilishini taʼminlash, bunda audiovizual mahsulotlarni striming platformaga joylashtirish uchun Milliy kinematografiyani rivojlantirish markaziga taqdim etish.

Amaliy chora-tadbirlar

doimiy

Milliy kinematografiyani rivojlantirish markazi, Kinematografiya agentligi (F. Abduxalikov), Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (A. Toshqulov), Xalq taʼlimi vazirligi (Sh. Shermatov), Maktabgacha taʼlim vazirligi (A. Shin), Turizm va sport vazirligi (U. Azamov), Yoshlar ishlari agentligi (A. Saʼdullayev), Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi (A. Xadjayev)

VII. Kinematografiya sohasidagi qonunchilikni takomillashtirish

84.

Milliy kinematografiya sohasining oʻziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda davlat buyurtmasi asosida yaratiladigan filmlarning ijodiy tanlovini soddalashtirish, yaratilayotgan filmlarni moliyalashtirishda oldindan toʻlov miqdorlarini oshirish, tuziladigan shartnomalarning amal qilish muddatlarini yildan yilga oʻtishini taʼminlash boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish.

Taklif ishlab chiqish

2021-yil 7-iyun

Kinematografiya agentligi (F. Abduxalikov), Moliya vazirligi (T. Ishmetov)

85.

Davlat buyurtmasi asosida ishlab chiqarilgan film ijodkorlarini toifalash tartibini ishlab chiqish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish.

Taklif ishlab chiqish

2021-yil 7-iyun

Kinematografiya agentligi (F. Abduxalikov), Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N. Xusanov)

86.

Kinematografiya sohasida faoliyat yuritayotgan va davlat tomonidan taqdim etilgan imtiyozlardan foydalanayotgan tadbirkorlar toʻgʻrisida Kinematografiya agentligiga maʼlumotlar taqdim etish hamda ularning reyestrini shakllantirish.

Reyestr shakllantirish

doimiy

Davlat bojxona qoʻmitasi (M. Azimov), Davlat soliq qoʻmitasi (Sh. Kudbiyev), Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

87.

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti xarajatlarining 2021-yilga moʻljallangan parametrlariga tegishli oʻzgartirishlar kiritish boʻyicha taklif tayyorlash.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2021-yil 1-iyul

Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Kinematografiya agentligi (F. Abduxalikov)

88.

Kinematografiya agentligi nizomini tasdiqlash, uning huzuridagi Badiiy kengash faoliyatini takomillashtirish, Ekspertlar kengashini tuzish va faoliyatini yoʻlga qoʻyish.

Badiiy kengash va Ekspertlar kengashi faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida kengashlar aʼzolarini ragʻbatlant?rishni takomillashtirish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2021-yil 15-iyun

Kinematografiya agentligi (F. Abduxalikov), Moliya vazirligi (T. Ishmetov), manfaatdor vazirlik va idoralar

89.

Milliy kinematografiya sohasining oʻziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda sohada faoliyat yuritayotgan ijodkorlar va mutaxassislarning uzluksiz ish stajini yuritish, jumladan ularni oʻzini oʻzi band qiladigan shaxslar toifasiga kiritish masalasini oʻrganib chiqish hamda pensiyasini hisoblash tizimini joriy etish.

Ijrochilar qarori

2021-yil 1-iyul

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N. Xusanov), Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Kinematografiya agentligi (F. Abduxalikov)

90.

Kinematografiya agentligi tizimiga kiruvchi davlat mulki obyektlarini ijaraga berishda, istisno tariqasida, agentlik tomonidan oʻtkaziladigan tanlov asosida ijaraga berish hamda ijara toʻlovi mablagʻlarini toʻliq Milliy kinematografiyani rivojlantirish jamgʻarmasiga yoʻnaltirish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish.

Taklif ishlab chiqish

2021-yil 1-oktabr

Kinematografiya agentligi (F. Abduxalikov), Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (A. Ortiqov)

91.

Xorijiy va mahalliy kinokompaniyalar uchun oʻz filmlarini respublika hududida yaratishdagi xarajatlarining bir qismini davlat budjeti hisobidan qoplab berish (“rebate”) tizimini soddalashtirish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2021-yil 15-oktabr

Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Markaziy bank

(M. Nurmuratov), Davlat soliq qoʻmitasi (Sh. Kudbiyev), Kinematografiya agentligi (F. Abduxalikov)

92.

Kinematografiya agentligi qoshida ishchi guruh shakllantirish, ishchi guruh tomonidan filmlarni ishlab chiqarish xarajatlari smetasini shakllantirish meʼyorlari boʻyicha xorijiy davlatlar tajribasini oʻrganish asosida milliy meʼyorlarni ishlab chiqish.

Meʼyorlarni ishlab chiqish

2022-yil 1-mart

Kinematografiya agentligi (F. Abduxalikov), Tashqi ishlar vazirligi (A. Kamilov), Moliya vazirligi (T. Ishmetov)

93.

Milliy kinematografiyani rivojlantirish markazi va Oʻzbekiston kino sanoati vakillari uyushmasi nodavlat notijorat tashkilotlarini oʻrnatilgan tartibda roʻyxatdan oʻtkazish.

Amaliy chora-tadbirlar

2021-yil 15-iyun

Kinematografiya agentligi (F. Abduxalikov), Adliya vazirligi (R. Davletov)

94.

Kinematografiya sohasidagi amaldagi qonunchilik hujjatlarini xatlovdan oʻtkazish, tahlil qilish hamda ularni soddalashtirish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish.

Taklif ishlab chiqish

2021-yil 1-noyabr

Kinematografiya agentligi (F. Abduxalikov), Oʻzbekiston kinoarboblari ijodiy uyushmasi (M.Matchanov), Adliya vazirligi (R. Davletov)

95.

Respublika komissiyasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 7-apreldagi “Kino sanʼati va sanoatini yangi bosqichga olib chiqish, sohani davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi PF-6202-son Farmoni hamda “Kinematografiya sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish hamda soha vakillarining ijodiy faoliyati uchun munosib sharoit yaratish toʻgʻrisida”gi PQ-5060-son qarori ijrosini har oyda muhokama qilib borish va aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga axborot kiritib borish.

Amaliy chora-tadbirlar

har oyda

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, tegishli vazirlik va idoralar

96.

Kinematografiya sohasida qaroqchilikka qarshi kurashish, mualliflik huquqlarini himoya qilish, telekanallar, Internet veb-resurslar va platformalar orqali filmlar namoyishlarini tartibga solish, ragʻbatlantirish va jazolash mexanizmlarini joriy etish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish.

Taklif ishlab chiqish

2021-yil 1-avgust

Intellektual mulk agentligi (T. Abdusattarov), Bosh prokuratura (S. Yoʻldoshev), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sadikov), Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi (A. Xadjayev), OʻzEOAVMA (R. Rajabov), Kinematografiya agentligi (F. Abduxalikov)

97.

Davlat buyurtmasi asosida ishlab chiqariladigan filmlar uchun 2021-yilda davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar miqdorini jahon tajribasidan kelib chiqqan holda hamda yangi qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar asosida qayta koʻrib chiqish.

Taklif ishlab chiqish

2021-yil 1-avgust

Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Kinematografiya agentligi (F. Abduxalikov)

VIII. “Kinematografiya toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish

98.

“Kinematografiya toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish boʻyicha tegishli vazirlik va idoralar vakillaridan iborat ishchi guruh tarkibini shakllantirish va Respublika komissiyasiga tasdiqlash uchun kiritish.

Ishchi guruh tuzish

2021-yil 15-may

Kinematografiya agentligi (F. Abduxalikov), Adliya vazirligi (R. Davletov), manfaatdor vazirlik va idoralar

99.

“Kinematografiya toʻgʻrisida”gi qonun loyihasida kino sanoati rivojlangan davlatlar tajribasi asosida Kinematografiya agentligining sohada regulatorlik vakolatlarini, kinoteatr, ijodkor va kinokompaniyalar bilan hamkorligini belgilash.

Taklif ishlab chiqish

2021-yil 1-sentabr

Kinematografiya agentligi (F. Abduxalikov), manfaatdor vazirlik va idoralar

100.

“Kinematografiya toʻgʻrisida”gi qonun loyihasida soha ijodkorlari va mutaxassislarini sohaning oʻziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda ijtimoiy himoya qilishni nazarda tutuvchi mexanizmlarni aks ettirish.

Taklif ishlab chiqish

2021-yil 1-oktabr

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N. Xusanov), Kinematografiya agentligi (F. Abduxalikov), manfaatdor vazirlik va idoralar

101.

“Kinematografiya toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini belgilangan tartibda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishgan holda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Qonun loyihasi

2022-yil 1-aprel

Kinematografiya agentligi (F. Abduxalikov)

(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.04.2021-y., 07/21/5060/0341-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 06/23/214/0984-son)