Hujjat kuchini yo‘qotgan 27.10.2025 14.04.2021 yildagi 217-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 27.10.2025
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori

Energiya samarador va energiya tejovchi qurilmalarni xarid qilish hamda ushbu maqsadlar uchun olingan kreditlar boʻyicha foiz xarajatlarining bir qismini qoplash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan kompensatsiya ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-oktabrdagi 673-sonli “ Energiya servis xizmatlari bozorini shakllantirish hamda aholi uy-joylarining energiya samaradorligi oshirilishini ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning energiya samaradorligini oshirish, energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirishning tezkor chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 22-avgustdagi PQ-4422-son qarori ijrosini taʼminlash, shuningdek, energiya samaradorligini oshirish, energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Energiya samarador va energiya tejovchi qurilmalarni xarid qilish hamda ushbu maqsadlar uchun olingan kreditlar boʻyicha foiz xarajatlarining bir qismini qoplash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan kompensatsiya ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
energiya samarador va energiya tejovchi qurilmalarni xarid qilish hamda tijorat banklaridan ushbu maqsadlarga olingan kreditlar boʻyicha foiz xarajatlarining bir qismini qoplash uchun talab etiladigan kompensatsiya miqdorini hisoblash tartibi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
energiya samarador va energiya tejovchi qurilmalarni xarid qilish hamda tijorat banklaridan ushbu maqsadlarga olingan kreditlar boʻyicha foiz xarajatlarining bir qismini qoplash uchun talab etiladigan kompensatsiyani ajratish tartibi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi Moliya vazirligi, Milliy axborot agentligi, Milliy teleradiokompaniyasi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi bilan birgalikda ushbu qarorning mazmun-mohiyatini ommaviy axborot vositalarida muntazam va keng yoritib borsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri J.A. Qoʻchqorov hamda Oʻzbekiston Respublikasi energetika vaziri A.S. Sultanov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2021-yil 14-aprel,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
217-son

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 14-apreldagi 217-son qaroriga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Energiya samarador va energiya tejovchi qurilmalarni xarid qilish hamda ushbu maqsadlar uchun olingan kreditlar boʻyicha foiz xarajatlarining bir qismini qoplash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan kompensatsiya ajratish tartibi toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ushbu Nizom energiya samarador va energiya tejovchi qurilmalarni xarid qilish hamda ushbu maqsadlarga olingan kreditlar boʻyicha foiz xarajatlarining bir qismini qoplash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan kompensatsiya ajratish tartibini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan kompensatsiya (keyingi oʻrinlarda — kompensatsiya) quyidagi xarajatlarning bir qismini qoplash uchun ajratiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jismoniy shaxslarga — quyosh fotoelektrik stansiyalari, quyosh suv isitkichlari, shuningdek, energiya samarador gaz-gorelkali qurilmalarni sotib olish xarajatlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jismoniy va yuridik shaxslarga — qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalari, energiya samarador gaz-gorelkali qurilmalar va qozonlar, shuningdek, energiya samarador boshqa uskunalarni xarid qilishga olingan tijorat banklarining kreditlari boʻyicha foiz xarajatlari.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Ushbu Nizom talablari 2020-yil 1-yanvardan boshlab oʻz mablagʻi hisobidan energiya samarador va energiya tejovchi qurilmalarni xarid qilgan va oʻrnatgan jismoniy shaxslarga, shuningdek tijorat banklari kreditlari asosida xarid qilgan va oʻrnatgan jismoniy va yuridik shaxslarga nisbatan tatbiq etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi har yili Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisidagi Qonun loyihasini ishlab chiqishda energiya samarador va energiya tejovchi qurilmalarni xarid qilish hamda tijorat banklaridan ushbu maqsadlarga olingan kreditlar boʻyicha foiz xarajatlarining bir qismini qoplash maqsadida kompensatsiya ajratish uchun zarur mablagʻlarni nazarda tutadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Kompensatsiya Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan quyidagi miqdorlarda ajratiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) jismoniy shaxslarga quyosh fotoelektrik stansiyalari, quyosh suv isitkichlari, shuningdek, energiya samarador gaz-gorelkali qurilmalarni sotib olish xarajatlarining 30 foizi miqdorida, biroq:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
quyosh fotoelektrik stansiyalari uchun — 3 million soʻmdan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
quyosh suv isitkichlari uchun — 1,5 million soʻmdan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
energiya samarador gaz-gorelkali qurilmalar uchun — 200 ming soʻmdan oshmaydigan miqdorda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalari, energiya samarador gaz-gorelkali qurilmalar va qozonlar, shuningdek, energiya samarador boshqa uskunalarni xarid qilish uchun olingan tijorat banklarining kreditlari boʻyicha foiz xarajatlarining bir qismi qoplashga:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jismoniy shaxslarga — 500 million soʻmdan oshmaydigan kreditlar boʻyicha — Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalash stavkasidan oshgan qismida, biroq 8 foiz punktidan koʻp boʻlmagan miqdorda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yuridik shaxslarga — 5 milliard soʻmdan oshmaydigan kreditlar boʻyicha — Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalash stavkasidan oshgan qismida, biroq 5 foiz punktidan koʻp boʻlmagan miqdorda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Kompensatsiya jismoniy va yuridik shaxsning xohishiga koʻra 4-bandning “a” yoki “b” kichik bandlarida nazarda tutilgan xarajatlarning faqat bitta turi boʻyicha ajratiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Energiya samarador, energiya tejovchi qurilmalarning, shuningdek, ularni sinash usullariga nisbatan talablarni belgilaydigan xalqaro standartlarni ishlab chiqish va joriy etish ishlari xalqaro moliya institutlari va donor mamlakatlar tomonidan taqdim etiladigan moliyaviy va texnik koʻmak, shu jumladan, grant va kreditlar doirasida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Energiya samarador va energiya tejovchi qurilmalarni xarid qilish hamda tijorat banklaridan ushbu maqsadlar uchun olingan kreditlar boʻyicha foiz xarajatlarining bir qismini qoplash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan kompensatsiya toʻlash ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-bob. Kompensatsiya miqdorini hisoblash tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Kompensatsiya miqdorini hisoblash va uni ajratish ushbu Nizomga 2-ilovada keltirilgan namunaviy tarkib asosida shakllantiriladigan Energiya samarador va energiya tejovchi qurilmalarni xarid qilish hamda tijorat banklaridan ushbu maqsadlar uchun olingan kreditlar boʻyicha foiz xarajatlarining bir qismini qoplash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan kompensatsiya miqdorini hisoblash va ajratish boʻyicha tuman (shahar) ishchi guruhi (keyingi oʻrinlarda — ishchi guruh) tomonidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ishchi guruh tarkibi tuman (shahar) hokimi qarori bilan tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Talabgor jismoniy va yuridik shaxslar (keyingi oʻrinlarda — talabgor) kompensatsiya ajratish yuzasidan ushbu Nizomga 3-ilovada keltirilgan shakl boʻyicha ariza bilan ishchi guruhga murojaat qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Arizaga quyidagilar ilova qilinadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
energiya samarador va energiya tejovchi qurilmalarning sertifikati va texnik pasporti;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
energiya samarador va energiya tejovchi qurilmalarni xarid qilish va oʻrnatish boʻyicha tijorat banki bilan tuzilgan kredit shartnomasi hamda kredit ajratilganligini tasdiqlovchi hujjatlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
energiya samarador va energiya tejovchi qurilmalar hamda uning butlovchi qismlari xarid qilinganligi toʻgʻrisidagi (ijrochi bilan tuzilgan shartnomalar) va oʻrnatilganligi toʻgʻrisida tegishli qurilish, sinov-sozlash ishlariga oid texnik hujjatlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jismoniy shaxsning fuqarolik pasporti yoki yuridik shaxsning davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomasi nusxalari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tijorat bankidagi bank kartasi yoki shaxsiy hisobvaragʻiga oid maʼlumotlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Ushbu Nizomning 9-bandida koʻrsatilgan hujjatlar talabgorlar tomonidan ishchi guruhga pochta yoki elektron aloqa vositalari orqali taqdim etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Talabgorlar taqdim etilgan hujjatlar hamda ularda koʻrsatilgan maʼlumotlarning ishonchliligi va haqqoniyligi uchun javobgar boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Ishchi guruh ariza tushgan kundan boshlab 10 ish kuni mobaynida ushbu Nizomning 9-bandida koʻrsatilgan hujjatlarning toʻgʻri va toʻliqligini tekshiradi hamda energiya samarador va energiya tejovchi qurilmalarni qurilish-sozlash ishlari yongʻin va texnika xavfsizligi qoidalariga hamda shaharsozlik normalari va qoidalariga muvofiq amalga oshirilganligini joyiga chiqib oʻrganadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda:

oʻrnatilgan energiya samarador qurilmalarni sotib olishga sarflangan xarajatlarning bir qismi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan qoplanishi toʻgʻrisidagi ushbu Nizomga 4-ilovada keltirilgan shaklga muvofiq dalolatnomani tasdiqlaydi hamda talabgorga yuboradi;

taqdim etilgan hujjatlar toʻgʻri yoki toʻliq boʻlmaganda yoxud qurilish-sozlash ishlari yongʻin va texnika xavfsizligi qoidalariga hamda shaharsozlik normalari va qoidalariga muvofiq amalga oshirilmagan taqdirda, oʻrnatilgan energiya samarador va energiya tejovchi qurilmalarni sotib olishga sarflangan xarajatlarning bir qismi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan qoplanishini rad etish toʻgʻrisidagi ushbu Nizomga 5-ilovada keltirilgan shaklga muvofiq dalolatnomani tasdiqlaydi hamda talabgorga yuboradi.

Talabgorlar ishchi guruhdan oʻrnatilgan energiya samarador va energiya tejovchi qurilmalarni sotib olishga sarflangan xarajatlarning bir qismini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan qoplashni rad etish toʻgʻrisidagi dalolatnomada koʻrsatib oʻtilgan kamchiliklarni bartaraf etganlaridan keyin, bir oy muddatda ushbu Nizomda belgilangan tartibda ishchi guruhga takroran murojaat qilishlari mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Ishchi guruh tomonidan barcha dalolatnomalar umumlashtirilganidan keyin, tegishli tuman (shahar) boʻyicha kompensatsiya toʻlab beriladigan talabgorlar roʻyxati shakllantiriladi hamda tuman (shahar) hokimliklari moliya boʻlimlariga yuboriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-bob. Kompensatsiya ajratish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Tuman (shahar) hokimliklari moliya boʻlimlari barcha roʻyxatlarni umumlashtiradi hamda har oyning 5-sanasiga qadar kompensatsiya toʻlash uchun talab etiladigan mablagʻlarni ajratish yuzasidan tegishlicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moliya vazirligiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari moliya bosh boshqarmalariga (keyingi oʻrinlarda — hududiy moliya boshqarmalari) murojaat qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Hududiy moliya boshqarmalari tuman (shahar) hokimliklari moliya boʻlimlari (keyingi oʻrinlarda — hududiy moliya boʻlimlari) soʻrovlarini umumlashtiradi hamda har oyning 10-sanasiga qadar kompensatsiya toʻlash uchun talab etiladigan mablagʻlarni ajratish yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga murojaat qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hududiy moliya boshqarmalarining soʻrovlariga asosan har oyning 20-sanasiga qadar kompensatsiya toʻlash uchun talab etiladigan mablagʻlarni Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjeti, viloyatlar viloyat budjetlariga va Toshkent shahri shahar budjetiga ajratadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Hududiy moliya boshqarmalari ajratilgan mablagʻlarni tuman (shahar) mahalliy budjetlariga ajratadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Hududiy moliya boʻlimlari kompensatsiya toʻlash maqsadida ajratilgan mablagʻlarni talabgorlarning bank kartasi yoki bank hisobvaragʻiga oʻtkazadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Energiya samarador va energiya tejovchi qurilmalarni xarid qilish hamda tijorat banklaridan ushbu maqsadlar uchun olingan kreditlar boʻyicha foiz xarajatlarining bir qismini qoplash maqsadida ajratilgan kompensatsiya mablagʻlarining samarali foydalanilishi ustidan Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi va uning hududiy boshqarmalari tomonidan doimiy nazorat amalga oshiriladi.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martdagi 135-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Energiya samarador va energiya tejovchi qurilmalarni xarid qilish hamda ushbu maqsadlar uchun olingan kreditlar boʻyicha foiz xarajatlarining bir qismini qoplash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan kompensatsiya ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA

Energiya samarador va energiya tejovchi qurilmalarni xarid qilish hamda tijorat banklaridan ushbu maqsadlar uchun olingan kreditlar boʻyicha foiz xarajatlarining bir qismini qoplash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan kompensatsiya toʻlash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
SXEMASI

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Ijro muddati

I. Kompensatsiya miqdorini hisoblash tartibi

1-bosqich

Talabgor

Kompensatsiya ajratish yuzasidan ushbu Nizomga 3-ilovada keltirilgan shakl boʻyicha ariza bilan ishchi guruhga murojaat qiladi.

Oʻz xohishiga koʻra

2-bosqich

Ishchi guruh

Ushbu Nizomning 9-bandida koʻrsatilgan hujjatlarning toʻgʻri va toʻliqligini tekshiradi hamda energiya samarador va energiya tejovchi qurilmalarni qurilish-sozlash ishlari yongʻin va texnika xavfsizligi qoidalariga hamda shaharsozlik normalari va qoidalariga muvofiq amalga oshirilganligini joyiga chiqib oʻrganadi. Bunda:

oʻrnatilgan energiya samarador qurilmalarni sotib olishga sarflangan xarajatlarning bir qismi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan qoplanishi toʻgʻrisidagi ushbu Nizomga 4-ilovada keltirilgan shaklga muvofiq dalolatnomani tasdiqlaydi hamda talabgorga yuboradi;

taqdim etilgan hujjatlar toʻgʻri yoki toʻliq boʻlmaganda yoxud qurilish-sozlash ishlari yongʻin va texnika xavfsizligi qoidalariga hamda shaharsozlik normalari va qoidalariga muvofiq amalga oshirilmagan taqdirda, oʻrnatilgan energiya samarador va energiya tejovchi qurilmalarni sotib olishga sarflangan xarajatlarning bir qismi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan qoplanishini rad etish toʻgʻrisidagi ushbu Nizomga 5-ilovada keltirilgan shaklga muvofiq dalolatnomani tasdiqlaydi hamda talabgorga yuboradi.

Talabgorlar rad etish toʻgʻrisidagi dalolatnomada koʻrsatib oʻtilgan kamchiliklarni bartaraf etganlaridan keyin, bir oy muddatda ushbu Nizomda belgilangan tartibda ishchi guruhga takroran murojaat qilishlari mumkin.

Murojaat kelib tushgan kundan boshlab 10 ishkunida

3-bosqich

Ishchi guruh

Ijobiy xulosaga asosan tuman (shahar) hokimligi moliya boʻlimiga (keyingi oʻrinlarda — hududiy moliya boʻlimi) kompensatsiya toʻlab beriladigan talabgorlar roʻyxatini yuboradi.

Murojaat kelib tushgan kundan boshlab 10 ish kunida

II. Kompensatsiya ajratish tartibi

4-bosqich

Hududiy moliya boʻlimi

Barcha soʻrovlarni umumlashtiradi hamda kompensansiya uchun talab etiladigan mablagʻlarni ajratish yuzasidan tegishliligi boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moliya vazirligiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari moliya bosh boshqarmalariga (keyingi oʻrinlarda — hududiy moliya boshqarmalari) murojaat qiladi.

Har oyning 5-sanasiga qadar

5-bosqich

Hududiy moliya boshqarmalari

Hududiy moliya boʻlimlari soʻrovlarini umumlashtiradi hamda kompensatsiya toʻlash uchun talab etiladigan mablagʻlarni ajratish yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga murojaat qiladi.

Har oyning 10-sanasiga qadar

6-bosqich

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi

Hududiy moliya boshqarmalarining soʻrovlariga asosan kompensatsiya toʻlash uchun talab etiladigan mablagʻlarni Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjeti, viloyatlar viloyat budjetlariga va Toshkent shahri shahar budjetiga ajratadi.

Har oyning 20-sanasiga qadar

7-bosqich

Hududiy moliya boshqarmalari

Ajratilgan mablagʻni tuman (shahar) mahalliy budjetiga ajratadi.

Mablagʻ ajratilgan kuni

8-bosqich

Hududiy moliya boʻlimlari

Ajratilgan kompensatsiya mablagʻlarini talabgorning bank kartasi yoki bank hisobvaragʻiga oʻtkazadi.

Mablagʻ ajratilgan kuni

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Energiya samarador va energiya tejovchi qurilmalarni xarid qilish hamda ushbu maqsadlar uchun olingan kreditlar boʻyicha foiz xarajatlarining bir qismini qoplash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan kompensatsiya ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA

Energiya samarador va energiya tejovchi qurilmalarni xarid qilish hamda tijorat banklaridan ushbu maqsadlar uchun olingan kreditlar boʻyicha foiz xarajatlarining bir qismini qoplash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan kompensatsiya miqdorini hisoblash va ajratish boʻyicha tuman (shahar) ishchi guruhining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NAMUNAVIY TARKIBI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

T/r

F.I.O.

Ish joyi va lavozimi

1.

Lavozimi boʻyicha

Tuman (shahar) hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari — tuman (shahar) iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish boʻlimi boshligʻi, ishchi guruhi rahbari

2.

Lavozimi boʻyicha

Tuman (shahar) elektr taʼminoti korxonasi boshligʻi yoki uning oʻrinbosari, masʼul xodimi

3.

Lavozimi boʻyicha

Tuman (shahar) gaz taʼminoti boʻlimi boshligʻi yoki uning oʻrinbosari, masʼul xodimi

4.

Lavozimi boʻyicha

Tuman (shahar) qurilish boʻlimi boshligʻi yoki uning oʻrinbosari, masʼul xodimi

5.

Lavozimi boʻyicha

Tuman (shahar) favqulodda vaziyatlar boʻlimi boshligʻi yoki uning oʻrinbosari, masʼul xodimi (yongʻin xavfsizligi boʻyicha)

6.

Lavozimi boʻyicha

Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasining viloyat (Toshkent shahar) hududiy boshqarmasi boshligʻi yoki uning oʻrinbosari, masʼul xodimi

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Energiya samarador va energiya tejovchi qurilmalarni xarid qilish hamda ushbu maqsadlar uchun olingan kreditlar boʻyicha foiz xarajatlarining bir qismini qoplash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan kompensatsiya ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA

‎ARIZA‎‎

‎‎1. Energiya samarador qurilma nomi

‎‎

‎‎2. Energiya samarador qurilmaning turi

‎‎

‎‎3. Energiya samarador qurilmaning quvvati

‎‎

‎‎4. Energiya samarador qurilmaning joylashgan manzili

‎‎

‎‎5. Energiya samarador qurilmaning kafolat muddati

2‎

0‎

2‎

‎‎oy

‎‎yil

6. Energiya samarador qurilmani oʻrnatgan tashkilot
____________________
‎‎7. Energiya samarador qurilmaning oʻrnatilgan vaqti

2‎

0‎

2‎

‎‎oy

yil

‎‎8. Ushbu maʼlumotlarga quyidagilar ilova qilinadi:

1.

‎‎

varaq

2.‎

‎‎

varaq

3.‎

‎‎

varaq

4.‎

‎‎

varaq

5.‎

‎‎

varaq

...‎

‎‎

...

‎‎
‎9. Vazirlar Mahkamasining 20__ yil “___” _____________ dagi __-son qarori bilan tasdiqlangan Energiya samarador va energiya tejovchi qurilmalarni xarid qilish hamda ushbu maqsadlar uchun olingan kreditlar boʻyicha foiz xarajatlarining bir qismini qoplash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan kompensatsiya ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizom talablari doirasida ishchi guruh tegishli oʻrganishlarni amalga oshirib jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan oʻrnatilgan energiya samarador va energiya tejovchi qurilmalarni xarid qilish hamda ushbu maqsadlar uchun olingan kreditlar boʻyicha foiz xarajatlarining bir qismini qoplash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan qoplanishi boʻyicha belgilangan shaklga muvofiq dalolatnomani rasmiylashtirganidan soʻng tuman (shahar) hokimligi moliya boʻlimi tomonidan ajratiladigan mablagʻni bank kartamga yoki bankdagi hisobvaragʻimga oʻtkazib berilishini soʻrayman.

‎‎Bank kartasi yoki bank hisobvaragʻi / bank rekvizitlari:
‎____________________________________________________________________________________________
‎‎____________________________________________________________________________________________
‎‎10. Men ____________________________ yoki _____________________________________________________

‎‎‎‎(jismoniy shaxs, F.I.O., ‎telefon raqami, elektron pochta manzili)

‎‎(yuridik shaxsning nomlanishi, tashkiliy-huquqiy shakli, ‎STIR raqami, telefon raqami, elektron pochta manzili)

‎‎barcha taqdim etilgan maʼlumotlarning ishonchliligini tasdiqlayman ____________

‎‎(imzo)

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Energiya samarador va energiya tejovchi qurilmalarni xarid qilish hamda ushbu maqsadlar uchun olingan kreditlar boʻyicha foiz xarajatlarining bir qismini qoplash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan kompensatsiya ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
4-ILOVA

‎‎Oʻrnatilgan energiya samarador qurilmalarni sotib olishga sarflangan xarajatlarning bir qismini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan qoplanishi toʻgʻrisida
‎DALOLATNOMA

‎‎“___”__________ 20__ yildagi ____-son

‎‎Mazkur dalolatnoma ishchi guruh rahbari _________________________________________________________

‎‎(lavozimi, F.I.O.)

‎‎va ishchi guruh aʼzolari ________________________________________________________________________

‎‎(ish joyi va lavozimi, F.I.O.)

‎‎Energiya samarador qurilmani oʻrnatgan
‎jismoniy yoki yuridik shaxs ____________________________________________________________________

‎‎(jismoniy shaxs F.I.O., yuridik shaxs nomi)

‎jismoniy yoki yuridik shaxs vakili ______________________________________________________________

‎‎(F.I.O.)

‎‎ishtirokida energiya samarador qurilmalarni oʻrnatilganligi toʻgʻrisida tuzildi.
‎‎Obyektning nomi ______________________________________________________________
‎Obyektning joylashgan manzili __________________________________________________
‎‎Energiya samarador qurilma _____ yil ____________________ tomonidan ishlab chiqarilgan.

‎‎(ishlab chiqaruvchi nomi)

‎‎Kafolat muddati _________________

‎‎(oy, yil)

‎‎Texnik koʻrsatkichi:
‎ishlab chiqarish quvvati ___________;

‎‎(kVt,....)

‎‎oʻrnatilgan quvvati __________.

‎‎(kVt,....)

‎‎Sarflangan mablagʻ: oʻz mablagʻi hisobidan ___________;
‎‎(soʻmda)
‎‎‎‎tijorat banki krediti hisobidan __________.

‎‎(soʻmda)‎

Tijorat banki krediti: foiz stavkasi __________;

‎‎(foizda)

‎‎foiz stavkasining Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy
‎bankining ‎qayta moliyalash stavkasidan oshgan qismi __________.

‎‎‎‎(foizda)

‎‎Tijorat banki krediti boʻyicha: jami foiz toʻlovlari xarajatlari __________;

‎‎(soʻmda)

‎‎foiz stavkasining Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalash
‎stavkasidan oshgan qismi boʻyicha foiz toʻlovlari xarajatlari __________.

(soʻmda)‎‎

‎‎Ushbu bilan, jismoniy (yuridik) shaxsning energiya samarador qurilmani ishchi guruh tomonidan koʻrib chiqilganligi va qurilish — sozlash ishlari
‎____________________________________________________________________________________________
‎____________________________________________________________________________________________
‎____________________________________________________________________________________________
‎ravishda amalga oshirilganligini maʼlum qiladi.

‎‎XULOSA:

‎‎_____________________________________________________ ga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan

‎‎(jismoniy shaxs F.I.O., yuridik shaxs nomi)

______________________ ‎‎soʻm miqdorida kompensatsiya toʻlash maqsadga muvofiq.

‎‎Ishchi guruh aʼzolari:

‎‎Ishchi guruh rahbari — tuman (shahar) hokimining birinchi oʻrinbosari

_________________‎‎

______________________

(imzo)‎‎

(sana)‎

‎tuman (shahar) elektr taʼminoti korxonasi boshligʻi yoki uning oʻrinbosari, masʼul xodimi

__________________‎‎

______________________ ‎‎

(imzo)

(sana)‎‎

‎tuman (shahar) gaz taʼminoti boʻlimi boshligʻi yoki uning oʻrinbosari, masʼul xodimi

__________________‎‎

______________________ ‎‎

(imzo)

(sana)‎‎

‎tuman (shahar) qurilish boʻlimi boshligʻi yoki uning oʻrinbosari, masʼul xodimi

__________________‎‎‎

______________________ ‎‎

(imzo)

(sana)‎‎

‎‎‎tuman (shahar) favqulodda vaziyatlar boʻlimi boshligʻi yoki uning oʻrinbosari, masʼul xodimi

__________________‎‎

______________________

(imzo)

(sana)‎‎

‎Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasining viloyat (Toshkent shahar) hududiy boshqarmasi boshligʻi yoki uning oʻrinbosari, masʼul xodimi‎

__________________‎‎

______________________ ‎‎

(imzo)

(sana)‎‎

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Energiya samarador va energiya tejovchi qurilmalarni xarid qilish hamda ushbu maqsadlar uchun olingan kreditlar boʻyicha foiz xarajatlarining bir qismini qoplash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan kompensatsiya ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
5-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

‎‎Oʻrnatilgan energiya samarador qurilmalarni sotib olishga sarflangan xarajatlarning bir qismini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan qoplanishini rad etishtoʻgʻrisida
‎DALOLATNOMA

‎‎“___”__________ 20__ yildagi ____-son

‎‎Mazkur dalolatnoma ishchi guruh rahbari _________________________________________________________

‎‎(lavozimi, F.I.O.)

‎‎va ishchi guruh aʼzolari ________________________________________________________________________

‎‎(ish joyi va lavozimi, F.I.O.)

‎‎Energiya samarador qurilmani oʻrnatgan
‎jismoniy yoki yuridik shaxs ____________________________________________________________________

‎‎(jismoniy shaxs F.I.O., yuridik shaxs nomi)

‎‎Energiya samarador qurilmani oʻrnatgan
‎jismoniy yoki yuridik shaxs vakili ______________________________________________________________

‎‎(F.I.O.)

‎‎ishtirokida energiya samarador qurilmalarni oʻrnatilganligi toʻgʻrisida tuzildi.
‎‎Obyektning nomi ______________________________________________________________
‎Obyektning joylashgan manzili __________________________________________________
‎‎Energiya samarador qurilma _____ yil ____________________ tomonidan ishlab chiqarilgan.

‎‎(ishlab chiqaruvchi nomi)

‎‎Kafolat muddati _________________

‎‎(oy, yil)

‎‎Texnik koʻrsatkichi:
‎ishlab chiqarish quvvati ___________;

‎‎(kVt,....)

‎‎oʻrnatilgan quvvati __________.

‎‎(kVt,....)

‎‎Sarflangan mablagʻ: oʻz mablagʻi hisobidan ___________;
‎‎(soʻmda)
‎‎‎‎tijorat banki krediti hisobidan __________.

‎‎(soʻmda)‎

Tijorat banki krediti: foiz stavkasi __________;

‎‎(foizda)

‎‎foiz stavkasining Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy
‎bankining ‎qayta moliyalash stavkasidan oshgan qismi __________.

‎‎‎‎(foizda)

‎‎Tijorat banki krediti boʻyicha: jami foiz toʻlovlari xarajatlari __________;

‎‎(soʻmda)

‎‎foiz stavkasining Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalash
‎stavkasidan oshgan qismi boʻyicha foiz toʻlovlari xarajatlari __________.

(soʻmda)‎‎

‎‎Ushbu bilan, jismoniy (yuridik) shaxsning energiya samarador qurilmani ishchi guruh tomonidan koʻrib chiqilganligi va qurilish — sozlash ishlari
‎____________________________________________________________________________________________
‎____________________________________________________________________________________________
‎____________________________________________________________________________________________
‎ravishda amalga oshirilganligini maʼlum qiladi.

‎‎XULOSA:

‎‎_______________________________________ ga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan ___________

‎‎(jismoniy shaxs F.I.O., yuridik shaxs nomi)

‎‎soʻm miqdorida kompensatsiya toʻlash maqsadga muvofiq emas.

‎‎‎Rad etish sabablari:
1. _________________________________________________________________________________
‎2. _________________________________________________________________________________
‎3. _________________________________________________________________________________
‎4. _________________________________________________________________________________
‎_. _________________________________________________________________________________
‎_. _________________________________________________________________________________

‎‎Ishchi guruh aʼzolari:

‎‎Ishchi guruh rahbari — tuman (shahar) hokimining birinchi oʻrinbosari

_________________‎‎

______________________

(imzo)‎‎

(sana)‎

‎tuman (shahar) elektr taʼminoti korxonasi boshligʻi yoki uning oʻrinbosari, masʼul xodimi

__________________‎‎

______________________ ‎‎

(imzo)

(sana)‎‎

‎tuman (shahar) gaz taʼminoti boʻlimi boshligʻi yoki uning oʻrinbosari, masʼul xodimi

__________________‎‎

______________________ ‎‎

(imzo)

(sana)‎‎

‎tuman (shahar) qurilish boʻlimi boshligʻi yoki uning oʻrinbosari, masʼul xodimi

__________________‎‎‎

______________________ ‎‎

(imzo)

(sana)‎‎

‎‎‎tuman (shahar) favqulodda vaziyatlar boʻlimi boshligʻi yoki uning oʻrinbosari, masʼul xodimi

__________________‎‎

______________________

(imzo)

(sana)‎‎

‎Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasining viloyat (Toshkent shahar) hududiy boshqarmasi boshligʻi yoki uning oʻrinbosari, masʼul xodimi‎

__________________‎‎

______________________ ‎‎

(imzo)

(sana)‎‎

(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.04.2021-y., 09/21/217/0338-son; 06.08.2022-y., 09/22/431/0716-son; 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)