09.04.2021 yildagi PQ-5063-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 09.04.2021 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasida qayta tiklanuvchi va vodorod energetikasini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bugungi kunda energiya resurslariga boʻlgan talab tarkibiy jihatdan oʻzgarmoqda, xususan uglevodorod resurslaridan qayta tiklanuvchi manbalarga oʻtishda vodorod energetikasini rivojlantirish dolzarb masalaga aylanmoqda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shu bilan birga, soha holatining tahlili iqlim oʻzgarishi sharoitida respublikada samarali, resurstejamkor va ekologik xavfsiz iqtisodiyotni taʼminlash bilan bogʻliq muammolar mavjudligini koʻrsatmoqda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xususan, jadallashayotgan sanoatlashtirish va aholi sonining oʻsishi iqtisodiyotning energiya resurslariga boʻlgan ehtiyojini sezilarli darajada oshirmoqda, shuningdek, atrof-muhitga salbiy antropogen taʼsirni kuchaytirmoqda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Respublikaning energetika xavfsizligini mustahkamlash uchun qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish va vodorod energetikasini barqaror rivojlantirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, shu jumladan ushbu sohaning ilmiy salohiyatini kuchaytirish talab etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Respublikada vodorod energetikasi infratuzilmasini barpo etish, qayta tiklanuvchi va vodorod energetikasi sohalarida ilmiy va amaliy izlanishlarning natijadorligini oshirish, innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqarishga keng joriy etish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining “yashil” iqtisodiyotga oʻtishini taʼminlash maqsadida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Innovatsion rivojlanish vazirligi, Energetika vazirligi, Fanlar akademiyasi hamda Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligining:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Fanlar akademiyasining “Xalqaro quyosh energiyasi instituti” MCHJ negizida Energetika vazirligi huzurida Qayta tiklanuvchi energiya manbalari milliy ilmiy-tadqiqot institutini (keyingi oʻrinlarda — Institut);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Institut tuzilmasida Vodorod energetikasi ilmiy-tadqiqot markazini hamda Qayta tiklanuvchi va vodorod energetikasi texnologiyalarini sinash va sertifikatlash laboratoriyasini tashkil etish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Qayta tiklanuvchi va vodorod energetikasini rivojlantirish boʻyicha idoralararo komissiya (keyingi oʻrinlarda — Komissiya) 1-ilovaga muvofiq tarkibda tuzilsin va unga quyidagi vazifalar yuklansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Institut faoliyatining tashkil etilishini muvofiqlashtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qayta tiklanuvchi va vodorod energetikasini rivojlantirish boʻyicha milliy strategiya va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishni, shuningdek ushbu sohalardagi istiqbolli loyihalarning amalga oshirilishini taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qayta tiklanuvchi va vodorod energetikasi sohalarida zarur tadqiqotlar oʻtkazish hamda kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish masalalarida vazirlik va idoralarga koʻmaklashish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qayta tiklanuvchi va vodorod energetikasi sohalarida fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlar oʻtkazish hamda ilmiy-texnikaviy loyihalarni amalga oshirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, shu jumladan ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlanmalarini joriy etishni qoʻllab-quvvatlash.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Quyidagilar Institutning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish va vodorod energetikasini rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlarini shakllantirish, ushbu sohalarda fundamental va amaliy tadqiqotlarni oʻtkazish hamda innovatsion loyihalarni ishlab chiqish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qayta tiklanuvchi energiya manbalari va vodoroddan olingan energiyani elektr hamda issiqlik energiyasiga aylantirish hisobiga ulardan iqtisodiyotning yuqori texnologik sohalari va tarmoqlarida samarali foydalanish usullarini oʻrganish va joriy etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qayta tiklanuvchi energiya va vodorodni ishlab chiqarish, yetkazib berish va ulardan samarali foydalanish masalalari boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni ishlab chiqish va (yoki) ularni xalqaro (davlatlararo, mintaqaviy) standartlar talablariga moslashtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ilgʻor davlatlarning mazkur sohalardagi ilmiy muassasalari, markazlari hamda ekspertlari bilan hamkorlik oʻrnatish va ular ishtirokida tadqiqotlarni tashkil qilish, shuningdek, investitsiya loyihalarini ishlab chiqish, amalga oshirish va ularda ishtirok etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mahalliy va xorijiy oliy taʼlim tashkilotlari bilan birgalikda ilmiy izlanishdan ishlab chiqarishgacha boʻlgan jarayonlarni oʻzaro bogʻlovchi yaxlit tizimni shakllantirish va yuqori malakali ilmiy kadrlarni tayyorlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qayta tiklanuvchi energiya manbalari va vodorodni ishlab chiqaruvchi, ulardan foydalanuvchi hamda ushbu turdagi energiya bilan ishlovchi uskuna, qurilma va texnologiyalarni sinovdan oʻtkazish va sertifikatlash.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Belgilab qoʻyilsinki:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Institut davlat muassasasi shaklidagi yuridik shaxs hisoblanadi, oʻz mustaqil balansiga, shaxsiy gʻazna va bank hisobvaraqlariga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi davlat tilida yozilgan muhrga ega boʻladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Institut xodimlariga Fanlar akademiyasi ilmiy-tadqiqot muassasalarining tegishli lavozimlari uchun belgilangan mehnatga haq toʻlash va moddiy ragʻbatlantirish shartlari tatbiq etiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Institut tugatilayotgan “Xalqaro quyosh energiyasi instituti” MCHJga tegishli Toshkent shahar, Chingiz Aytmatov koʻchasi, 2B-uy, 2-korpus manzilidagi mavjud hamda yangidan quriladigan bino va inshootlarda joylashtiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Xalqaro quyosh energiyasi instituti” MCHJning tugatilishi paytida Institutga oʻtkaziladigan mulklar, mulkiy huquqlar, xususan aksiyalar va ustav kapitallaridagi tegishli ulushlarning qiymati barcha turdagi soliqlar boʻyicha soliqqa tortish obyekti hisoblanmaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Institut “Xalqaro quyosh energiyasi instituti” MCHJning huquqlari va majburiyatlari boʻyicha huquqiy vorisi hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Energetika vazirligi huzuridagi Qayta tiklanuvchi energiya manbalari milliy ilmiy-tadqiqot instituti faoliyatini tashkil etish hamda Oʻzbekiston Respublikasida qayta tiklanuvchi va vodorod energetikasini rivojlantirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi” 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Qayta tiklanuvchi va vodorod energetikasini rivojlantirish sohasidagi ilgʻor xorijiy tajribani oʻrgangan holda Institut faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) Energetika vazirligi (A.S. Sultanov):
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Innovatsion rivojlanish vazirligi (I.Yu. Abduraxmonov), Fanlar akademiyasi (S.Z. Mirzayev) hamda Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (B.K. Abdinazarov) bilan birgalikda bir oy muddatda Institutni jihozlash uchun zarur boʻlgan zamonaviy laboratoriya asbob-uskunalari, texnologik qurilmalar, reagentlar, butlovchi qismlar, inventarlar, avtotransport vositalari, maxsus texnika hamda dasturiy taʼminotlar roʻyxatini shakllantirsin hamda belgilangan tartibda Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi huzuridagi “Loyihalarni va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” DUKda ekspertizadan oʻtkazsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2021-yilda Institut faoliyatini tashkil etish, shu jumladan uning moddiy-texnik bazasini shakllantirish va mustahkamlash, shakllantirilgan roʻyxatga muvofiq tovarlarni xarid qilish, Institut binosini taʼmirlash, belgilanayotgan yoʻnalishlarda tadqiqotlarni jadallashtirish, innovatsiyalarni keng joriy qilish, yetakchi xorijiy olimlarni tadqiqotlarga jalb qilish, xodimlarni tayyorlash va malakasini oshirish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash uchun Energetika vazirligining budjetdan tashqari Yoqilgʻi-energetika tarmogʻini rivojlantirish jamgʻarmasi hisobidan 50 mlrd soʻmgacha mablagʻlarni ajratsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) Moliya vazirligi (T.A. Ishmetov) 2022-yildan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining har yilgi tasdiqlanadigan xarajatlar parametrlarida Institut faoliyatini moliyalashtirish uchun zarur mablagʻlarni nazarda tutsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Energetika vaziriga:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
zarur boʻlganda, Institut xodimlarining belgilangan umumiy soni va mehnatga haq toʻlash fondi doirasida uning tuzilmasiga oʻzgartirish kiritish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Moliya vazirligi bilan kelishgan holda Institut yoʻnalishlarini kengaytirishga bogʻliq ravishda Institut xodimlarining umumiy sonini oshirish huquqi berilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda, Energetika vazirligi (A.S. Sultanov) Institut faoliyatiga qayta tiklanuvchi va vodorod energetikasi sohasida amaliy ishlanmalarni yaratishga qaratilgan ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirishda va boshqa ustuvor vazifalarni bajarishda autsorsing mexanizmlari doimiy ravishda joriy etilishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Institut faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib quyidagilar belgilansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti mablagʻlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida oʻtkaziladigan tanlovlar natijalariga koʻra ajratiladigan mablagʻlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Energetika vazirligining budjetdan tashqari Yoqilgʻi-energetika tarmogʻini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Energetika vazirligi huzuridagi Tarmoqlararo energiyani tejash jamgʻarmasi mablagʻlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
respublika va xalqaro moliya tashkilotlarining texnik koʻmaklari va grantlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Institut tomonidan shartnoma asosida xizmatlar koʻrsatishdan tushadigan mablagʻlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonunchilik bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Innovatsion rivojlanish vazirligi (I.Yu. Abduraxmonov) Energetika vazirligi (A.S. Sultanov), “El-yurt umidi” jamgʻarmasi (A.Sh. Bekmurodov), Fanlar akademiyasi (S.Z. Mirzayev), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (U.Sh. Begimkulov), Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (B.K. Abdinazarov) bilan birgalikda Institutning ilmiy va ilmiy-texnik xodimlarining, shuningdek, respublikada ushbu sohalarda faoliyat yuritayotgan yosh olim va mutaxassislarning rivojlangan xorijiy davlatlardagi yetakchi ilmiy markazlarda belgilangan tartibda ilmiy stajirovkadan oʻtishini moliyalashtirishni taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Energetika vazirligi (A.S. Sultanov):
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ikki oy muddatda Institutning ustavi, uning moliyaviy-iqtisodiy faoliyat koʻrsatkichlarini inobatga olgan holda, tuzilmasi hamda Institut xodimlarining mehnatiga haq toʻlash va ularni ragʻbatlantirish tartibi ishlab chiqilishini va belgilangan tartibda tasdiqlanishini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Innovatsion rivojlanish vazirligi (I.Yu. Abduraxmonov) hamda Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (B.K. Abdinazarov) bilan birgalikda 2021-yil yakuniga qadar Qayta tiklanuvchi va vodorod energetikasini rivojlantirish boʻyicha milliy strategiya ishlab chiqilishini va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritilishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (I.I. Norqulov) Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (A.X. Toshkulov) hamda Energetika vazirligi (A.S. Sultanov) bilan birgalikda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bir oy muddatda 2021/2022 oʻquv yilidan boshlab Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti bakalavriatining “Muqobil energiya manbalari” (turlari boʻyicha) taʼlim yoʻnalishi boʻyicha qabul parametrlarini vodorod energetikasi yoʻnalishida mutaxassislarni tayyorlashni nazarda tutgan holda oshirish boʻyicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2024/2025 oʻquv yilidan boshlab Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetida “Vodorod energetikasi va texnologiyalari” magistratura mutaxassisligi boʻyicha kadrlar tayyorlashni yoʻlga qoʻyish choralarini koʻrsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Innovatsion rivojlanish vazirligi (I.Yu. Abduraxmonov) Energetika vazirligi (A.S. Sultanov), manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ilgʻor xorijiy tajribadan kelib chiqib, mamlakatda vodorod energetikasining rivojlanishi holati boʻyicha yillik hisobotni tayyorlash va “InnoWeek.uz” innovatsion gʻoyalar haftaligi doirasida uning taqdimotini oʻtkazish amaliyotini joriy etsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ikki oy muddatda 2021-yilda Toshkent shahrida xalqaro moliya institutlari, yetakchi xalqaro ekspertlar, xorijiy tadqiqot markazlari hamda texnologik uskunalarni ishlab chiqaruvchi kompaniyalar ishtirokida muqobil energiya manbalarini qoʻllash masalalariga doir xalqaro konferensiyani oʻtkazish boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlarni ishlab chiqsin va belgilangan tartibda amalga oshirsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Energetika vazirligi (A.S. Sultanov) Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Sh.A. Vafayev), Tashqi ishlar vazirligi (A.X. Kamilov) hamda Innovatsion rivojlanish vazirligi (I.Yu. Abduraxmonov) bilan birgalikda Energetika vazirligi va “ACWA Power” (Saudiya Arabistoni), “Air Products” (AQSH) oʻrtasida qayta tiklanuvchi va vodorod energetikasini rivojlantirish boʻyicha tuzilgan ochiq kelishuvga muvofiq “ACWA Power”, “Air Products” va boshqa yetakchi kompaniyalarning investitsiyalari va ilmiy xodimlarini Institutning moddiy-texnik bazasini rivojlantirish va xalqaro darajadagi innovatsion izlanishlarni kengaytirish ishlariga jalb qilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. “Oʻzstandart” agentligi (D.N. Sattarov) belgilangan tartibda Institut laboratoriyalarining akkreditatsiyadan oʻtkazilishini taʼminlasin hamda keyinchalik ushbu laboratoriyalar akkreditatsiya sohasidagi xalqaro standartlar va qoidalar talablarini hisobga olgan holda, xalqaro miqyosda eʼtirof etilgan akkreditatsiya organlarida akkreditatsiyadan oʻtishiga koʻmaklashsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Institutning moddiy-texnik bazasini shakllantirish va mustahkamlash boʻyicha belgilangan chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan olib kirilayotgan uskunalar, texnologik qurilmalar va jihozlar, moddiy-texnika vositalari, dasturiy taʼminot va xizmatlar bojxona bojlaridan ozod qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 1-fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” PQ-4142-son qaroriga 3-ilovaga muvofiq oʻzgartirish kiritilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlari 4-ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Mazkur qaror ijrosini samarali tashkil etishga shaxsiy javobgar etib innovatsion rivojlanish vaziri I.Yu. Abduraxmonov va energetika vaziri A.S. Sultanov belgilansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mazkur qaror ijrosini har chorakda muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi A.A. Abduvaxitov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2021-yil 9-aprel,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PQ-5063-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-apreldagi PQ-5063-son qaroriga
1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qayta tiklanuvchi va vodorod energetikasini rivojlantirish boʻyicha idoralararo komissiya
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tarkibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

1.

A.S. Sultanov

Oʻzbekiston Respublikasi energetika vaziri, Komissiya raisi

2.

Sh.U. Turdiqulova

Oʻzbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vazirining birinchi oʻrinbosari

3.

B.K. Abdinazarov

Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri oʻrinbosari

4.

D.I. Abruyev

Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziri oʻrinbosari

5.

B.R. Narmatov

Oʻzbekiston Respublikasi energetika vaziri oʻrinbosari

6.

Sh.A. Vafayev

Oʻzbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vaziri oʻrinbosari

7.

U.Sh. Begimkulov

Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri oʻrinbosari

8.

S.Z. Mirzayev

Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti

9.

D.N. Sattarov

“Oʻzstandart” agentligi bosh direktori

10.

S.M. Turabdjanov

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti rektori

11.

lavozimi boʻyicha

Qayta tiklanuvchi energiya manbalari milliy ilmiy-tadqiqot instituti direktori, Komissiya masʼul kotibi

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Izoh. Komissiya aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangi tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklatilgan shaxslar kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-apreldagi PQ-5063-son qaroriga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Energetika vazirligi huzuridagi Qayta tiklanuvchi energiya manbalari milliy ilmiy-tadqiqot instituti faoliyatini tashkil etish hamda Oʻzbekiston Respublikasida qayta tiklanuvchi va vodorod energetikasini rivojlantirish boʻyicha
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Yoʻl xaritasi”
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddati

Masʼullar

I. Tashkiliy tadbirlar

1.

Qayta tiklanuvchi energiya manbalari milliy ilmiy-tadqiqot instituti (keyingi oʻrinlarda — Institut) va Vodorod energetikasi ilmiy-tadqiqot markazi (keyingi oʻrinlarda — Markaz) faoliyatini tashkil etish yuzasidan xalqaro tajribani oʻrganish boʻyicha xorijiy davlatlarga stajirovka tashkil etish.

1. Qayta tiklanuvchi va vodorod energetikasi sohalarida tadqiqotlarni tashkil etish boʻyicha yutuqlar va natijalarga erishgan xorijiy kompaniya va ilmiy muassasalar roʻyxatini tuzish.

2021-yil may

Energetika vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Fanlar akademiyasi, Tashqi ishlar vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi

2. Belgilangan xorijiy kompaniya va ilmiy muassasalar bilan tegishli kelishuvlarga erishish.

2021-yil iyun

3. Xalqaro tajribani oʻrganishga yuboriladigan masʼul shaxslar roʻyxatini shakllantirish.

2021-yil iyun

4. Xorijiy davlatlarga stajirovkalarni tashkil etish jadvalini tasdiqlash.

2021-yil iyul

2.

Institut va Markaz faoliyatini tashkil etishni, shuningdek, qayta tiklanuvchi va vodorod energetikasi sohalarida amaliy ishlanmalarni yaratishga qaratilgan ilmiy-tadqiqot loyihalarini va boshqa tadbirlarni amalga oshirishda yuzaga keladigan xarajatlarni moliyalashtirish.

1. Institut va Markazni tashkil etishni, shuningdek, qayta tiklanuvchi va vodorod energetikasi sohalarida amaliy ishlanmalarni yaratishga qaratilgan ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirishda yuzaga keladigan xarajatlarni qoplash boʻyicha Dastur ishlab chiqish va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2021-yil iyun

Energetika vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Fanlar akademiyasi

2. Tasdiqlangan Dastur doirasida tadbirlarni moliyalashtirish.

Dasturda belgilangan muddatlarda

II. Qayta tiklanuvchi va vodorod energetikasi sohasida ilmiy-tadqiqotlarni jadallashtirish

3.

Vodorod energetikasi texnologiyalarini joriy etishni qoʻllab-quvvatlash.

1. Iqtisodiyot tarmoqlarida “yashil” vodorod texnologiyalarini joriy etish boʻyicha pilot loyihalarini amalga oshirish hamda tajriba-sinov qurilmalarini barpo etishga taʼsirchan imtiyozlarni joriy qilish boʻyicha takliflar ishlab chiqish.

2021-yil iyul

Energetika vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Fanlar akademiyasi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Ishlab chiqilgan takliflarni belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2021-yil avgust

4.

Markaz huzurida Vodorod texnologiyalari ilmiy-texnik kengash faoliyatini yoʻlga qoʻyish.

1. Ilmiy-texnik kengashni tuzish va uning tarkibiga vodorod texnologiyalari sohasida ilmiy tajribaga ega olimlarni, xorijda sohada faoliyat yuritayotgan olimlarni jalb qilish.

doimiy ravishda

Energetika vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Fanlar akademiyasi, Tashqi ishlar vazirligi, Institut

2. Vodorod energetikasi ilmiy-tadqiqot markazi rahbarini lavozimi boʻyicha Ilmiy-texnik kengashning raisi etib tayinlash.

2021-yil sentabr

3. Vodorod energetikasiga oid dolzarb masala, loyihalar ilmiy-texnikaviy kengash muhokamasidan oʻtkazilishini taʼminlash.

doimiy ravishda

5.

Vodorod energetikasi texnologiyalari sohasida doktorlik dissertatsiyalariga ilmiy rahbarlik qilish uchun xorijlik olimlarni jalb qilish.

1. Xorijlik olimlarni jalb qilish uchun vodorod energetikasi ilmiy sohasi boʻyicha dissertatsiyalarning ustuvor ilmiy mavzularini belgilab olish.

2021-yil avgust

Fanlar akademiyasi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oliy attestatsiya komissiyasi, Energetika vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Institut

2. Ustuvor yoʻnalishlar boʻyicha doktorlik dissertatsiyalarga ilmiy rahbarlik qilish uchun xorijlik olimlarni respublikaga jalb qilish mexanizmini ishlab chiqish.

2021-yil oktabr

3. Yetakchi xorijiy jamgʻarmalar va tashkilotlar bilan qoʻshma tadqiqotlar rejasini ishlab chiqish hamda shartnomalar tuzish.

2021-yil dekabr

6.

Respublikada vodorod energetikasini rivojlantirish boʻyicha olib borilgan tadqiqotlar va bajarilgan amaliy ishlar yuzasidan yillik hisobot tayyorlash.

1. Vodorod energetikasi texnologiyalarini joriy qilish va bajarilgan tadqiqotlarning natijalarini ifodalovchi yillik hisobotni tayyorlash.

2021-yildan boshlab

Innovatsion rivojlanish vazirligi, Energetika vazirligi, Institut, manfaatdor vazirlik va idoralar

2. 2021-yildan boshlab hisobotning doimiylik asosida “InnoWeek.uz” Xalqaro innovatsion gʻoyalar haftaligi doirasida taqdimotini oʻtkazish amaliyotini joriy qilish.

2021-yil noyabr-dekabr

III. Yangi texnologiyalarni iqtisodiyot tarmoqlarida joriy etish

7.

Katta quyosh sandonida vodorod energiyasi boʻyicha unumli ilmiy-amaliy tadqiqot ishlarini olib borish.

1. Katta quyosh sandoni samaradorligini oshirish va vodorod energetikasi sohasida faoliyat olib borish uchun zarur chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish.

doimiy ravishda

Energetika vazirligi, Fanlar akademiyasi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Moliya vazirligi, Institut

2. Amalga oshirilgan ishlar boʻyicha yillik hisobotlar tayyorlash va ommaviy axborot vositalarida doimiy ravishda yoritib borish.

har yil yakunida

8.

Institutning noyob inshootlari va texnologik maydonlarida respublika iqtisodiyotining dolzarb muammolarini hal qilishga yoʻnaltirilgan ilmiy-texnik izlanishlar hamda ishlanmalarni tashkil etish va amalga oshirish.

1. Zamonaviy qayta tiklanuvchi va vodorod energetikasiga asoslangan texnologiyalar va tizimlarni respublika sharoitiga moslashtirish va iqtisodiyot tarmoqlariga keng miqyosda tatbiq qilishga yoʻnaltirilgan ilmiy-amaliy (fundamental, amaliy, innovatsion, tajriba-konstruktorlik ishlanmalarini tijoratlashtirish) loyihalarni amalga oshirish dasturini shakllantirish.

2022-yildan boshlab

Energetika vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Fanlar akademiyasi, Institut

2. Tegishli vazirlik, idora va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik qilish boʻyicha takliflar asosida loyihalarni kelishib olish va ularni amalga oshirish choralarini koʻrish.

tomonlar kelishuviga asosan

9.

Qayta tiklanuvchi va vodorod energetikasi sohasidagi yuqori malakali kadrlarni maqsadli tayyorlash.

1. Qayta tiklanuvchi va vodorod energetikasi sohasida Respublika hamda xorijiy davlatlarning nufuzli ilmiy-tadqiqot markazlarida faoliyat yuritayotgan yuqori malakali kadrlarni oʻquv jarayoniga jalb etish.

doimiy ravishda

Energetika vazirligi, “El-yurt umidi” jamgʻarmasi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Institut

2. Talabalarni tanlov asosida Institut ilmiy-amaliy faoliyatiga jalb etish.

doimiy ravishda

IV. Kadrlarni tayyorlash

10.

Vodorod energetikasi sohasida kadrlar tayyorlashni yoʻlga qoʻyish.

1. Vodorod energetikasi yoʻnalishida mutaxassislarni tayyorlash uchun 2021/2022 oʻquv yilidan boshlab Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetidagi “Muqobil energiya manbalari” (turlari boʻyicha) bakalavriat taʼlim yoʻnalishi boʻyicha qabul parametrlarini oshirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish.

2021-yil may

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Energetika vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Institut

2. Takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2021-yil may

3. Vodorod energetikasi texnologiyalari ixtisosligi boʻyicha doktorantura faoliyatlarini tashkil etish masalasini oʻrganib chiqib, Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish.

2021-yil iyun

4. Sohada faoliyat olib borayotgan mutaxassislar va dunyo olimlarini oʻquv jarayoniga jalb etish, ilmiy-amaliy anjumanlar, seminarlar, vebinarlar tashkil etish.

2021-2022 oʻquv yilidan

5. Mutaxassislik boʻyicha amaliy va laboratoriya mashgʻulotlarini Markaz va Institutda tashkillashtirish.

2021-2022 oʻquv yilidan

6. 2024/2025 oʻquv yilidan boshlab Toshkent davlat texnika universitetida “Vodorod energetikasi va texnologiyalari” magistratura mutaxassisligi boʻyicha kadrlar tayyorlashni yoʻlga qoʻyish choralarini koʻrish.

2024-2025 oʻquv yilidan

7. Sohaning yetakchi mutaxassislari va xorijiy tajribadan kelib chiqib, mutaxassislik uchun tegishli hujjatlarni ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqlash.

2024-yil fevral

8. Oʻquv rejadagi fanlar boʻyicha oʻquv-uslubiy taʼminotni yaratish.

2024-yil iyul

11.

Vodorod energetikasi fanini chuqurlashtirib oʻqitishga ixtisoslashtirilgan kafedraning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash.

1. Kafedrani zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositalari, kompyuter sinfi, masofaviy tarzda onlayn dars oʻtish asbob-uskunalari bilan jihozlash.

2024-2025 oʻquv yilidan

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Moliya vazirligi, Toshkent davlat texnika universiteti

2. Kafedrani moddiy-texnik va oʻquv-metodik, shu jumladan elektron darslik va multimedia materiallari bilan taʼminlash.

2024-2025 oʻquv yilidan

V. Vodorod energetikasini rivojlantirishda xorijiy hamkorlikni jadallashtirish

12.

Markazga xalqaro ilmiy grantlarni jalb qilish.

1. Xorijiy tashkilotlar bilan hamkorlik boʻyicha istiqbolli reja tuzish va tasdiqlash.

doimiy ravishda

Energetika vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Fanlar akademiyasi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Institut

2. Xalqaro grantlarni moliyalashtiruvchi fondlar orqali vodorod energetikasi boʻyicha xalqaro miqyosdagi dolzarb ilmiy muammolar yechimiga yoʻnaltirilgan loyihalarni amalga oshirish.

doimiy ravishda

13.

Xorijiy ilmiy markazlarda mehnat qilayotgan xorijiy va vatandosh olimlarni Markazning tadqiqotlarida ishtirok etishi uchun jalb qilish.

1. Vodorod energetikasi yoʻnalishida xorijiy ilmiy muassasalarda faoliyat olib borayotgan xorijiy va vatandosh olimlar bazasini shakllantirish.

doimiy ravishda

Energetika vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, El-yurt umidi” jamgʻarmasi, Fanlar akademiyasi, Tashqi ishlar vazirligi, Institut

2. Xorijiy va vatandosh olimlar bilan doimiy ravishda muzokaralar olib borish, hamda ular ishtirokida tadqiqot ishlarining qoʻshma loyihalarini tayyorlash.

doimiy ravishda

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-apreldagi PQ-5063-son qaroriga
3-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 1-fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4142-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligining tashkiliy tuzilmasi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi

Neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi

Atom energetikasini rivojlantirish agentligi

Elektr energetikada nazorat inspeksiyasi

Mahsulotni taqsimlash toʻgʻrisidagi bitimlarni amalga oshiruvchi notijorat tashkilot

Qayta tiklanuvchi energiya manbalari milliy ilmiy-tadqiqot instituti

Tarmoqlararo energiyani tejash jamgʻarmasi

”.

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-apreldagi PQ-5063-son qaroriga
4-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilayotgan qarorlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ROʻYXATI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 1-martdagi “Xalqaro quyosh energiyasi institutini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ-1929-son qarori.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 28-fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalqaro quyosh energiyasi institutini tashkil etish toʻgʻrisida” 2013-yil 1-martdagi PQ-1929-son qaroriga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida”gi PQ-2804-son qarori.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 25-sentabrdagi “Xalqaro quyosh energiyasi instituti faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 265-son qarori.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.04.2021-y., 07/21/5063/0312-son)