Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining
Qarori
“Tijorat banklari tomonidan bank kartalarini chiqarish va ularni Oʻzbekiston Respublikasida muomalada boʻlishi tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2021-yil 3-aprelda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1344-7]
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi hamda “Toʻlovlar va toʻlov tizimlari toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi qaror qiladi:
1. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Markaziy bank raisi M. NURMURATOV
Toshkent sh.,
2021-yil 10-mart,
28/20-son
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2021-yil 10-martdagi 28/20-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilayotgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar
ROʻYXATI
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2004-yil 21-fevraldagi 4/20-son “Tijorat banklari tomonidan bank kartalarini chiqarish va ularni Oʻzbekiston Respublikasida muomalada boʻlishi tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1344, 2004-yil 30-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 17-son, 203- modda).
2. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2006-yil 17-noyabrdagi 28/5-son “Tijorat banklari tomonidan bank kartochkalari chiqarish va ularni Oʻzbekiston Respublikasida muomalada boʻlish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1344-1, 2006-yil 13-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 48-50-son, 497-modda).
3. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2011-yil 25-iyundagi 19/2-son “Tijorat banklari tomonidan bank kartalarini chiqarish va ularni Oʻzbekiston Respublikasida muomalada boʻlish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 1344-2, 2011-yil 13-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 28- son, 298-modda).
4. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2015-yil 31-yanvardagi 2/3-son “Tijorat banklari tomonidan bank kartalarini chiqarish va ularni Oʻzbekiston Respublikasida muomalada boʻlish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 1344-3, 2015-yil 3-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 9-son, 102-modda).
5. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2017-yil 25-noyabrdagi 32/6-son “Tijorat banklari tomonidan bank kartalarini chiqarish va ularni Oʻzbekiston Respublikasida muomalada boʻlish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 1344-4, 2017-yil 4-dekabr) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.12.2017-y., 10/17/1344-4/0361-son).
6. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2018-yil 16-iyundagi 21/4-son “Tijorat banklari tomonidan bank kartalarini chiqarish va ularni Oʻzbekiston Respublikasida muomalada boʻlish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 1344-5, 2018-yil 23-iyul) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.07.2018-y., 10/18/1344-5/1560-son).
7. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2019-yil 16-martdagi 5/11-son “Tijorat banklari tomonidan bank kartalarini chiqarish va ularni Oʻzbekiston Respublikasida muomalada boʻlishi tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1344-6, 2019-yil 16-aprel) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.04.2019-y, 10/19/1344-6/2944-son).
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.04.2021-y., 10/21/1344-7/0287-son)