Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining
Qarori
TIJORAT BANKLARI TOMONIDAN BANK KARTALARINI ChIQARISh VA ULARNI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA MUOMALADA BOʻLISh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMGA OʻZGARTIRIShLAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2011-yil 13-iyulda 1344-2-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2021-yil 10-martdagi 28/20-sonli ““Tijorat banklari tomonidan bank kartalarini chiqarish va ularni Oʻzbekiston Respublikasida muomalada boʻlishi tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish haqida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 1344-7, 03.04.2021-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Axborotnomasi 1995-y., 12-son, 247-modda), Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 19-apreldagi PQ-1325-son “Bank plastik kartochkalaridan foydalangan holda hisob-kitob tizimini rivojlantirishni ragʻbatlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 16-son, 124-modda) muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2004-yil 21-fevraldagi 4/20-son qarori (roʻyxat raqami 1344, 2004-yil 30-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-yil, 17-son, 203-modda) bilan tasdiqlangan “Tijorat banklari tomonidan bank kartalarini chiqarish va ularni Oʻzbekiston Respublikasida muomalada boʻlish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomga ilovaga* muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Markaziy bank Raisi F.M. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2011-yil 25-iyun,
19/2-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 28-son, 298-modda)