27.03.2021 yildagi 158-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 27.03.2021 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qishloq xoʻjaligi ekinlari navlarini sinash tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xoʻjaligi ekinlari navlarini sinash markazi faoliyatini takomillashtirish, qishloq xoʻjaligi oʻsimliklari turlarining Milliy genbankini yaratish toʻgʻrisida” 2020-yil 13-maydagi 282-son qaroriga muvofiq, shuningdek, jahon amaliyotida keng qoʻllanilayotgan zamonaviy sinash usullari va texnologiyalaridan foydalangan holda qishloq xoʻjaligi ekinlari navlarining xoʻjalik uchun foydali belgi va xususiyatlari boʻyicha sinash ishlarini tashkil etish hamda respublika hududida ekish uchun tavsiya etiladigan qishloq xoʻjaligi ekinlarining davlat reyestrini yuritishni huquqiy tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Quyidagilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi hududida ekishga tavsiya qilingan qishloq xoʻjaligi ekinlari davlat reyestrini (keyingi oʻrinlarda — davlat reyestri) yuritish tartibi va unga qoʻyiladigan talablarni, davlat reyestrida roʻyxatdan oʻtkazish uchun talabnoma berish hamda uni koʻrib chiqish tartibini, davlat reyestrida qayd etiladigan maʼlumotlarni, shuningdek, qishloq xoʻjaligi ekinlari navlarini davlat reyestridan chiqarish asoslari va tartibini nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasi hududida ekishga tavsiya qilingan qishloq xoʻjaligi ekinlari davlat reyestrini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qishloq xoʻjaligi ekinlarining yangi navlarini sinash boʻyicha faoliyat yuritish uchun qoʻyiladigan talab va shartlarni, qishloq xoʻjaligi ekinlari navlarini sinash boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatish tartibi va zarur hujjatlar roʻyxatini, davlat reyestrida roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi talabnomani koʻrib chiqish, roʻyxatdan oʻtkazilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomasi berish va davlat reyestrida roʻyxatdan oʻtkazilganlik guvohnomasining amal qilish muddatini uzaytirish tartibini nazarda tutuvchi Qishloq xoʻjaligi ekinlari navlarini sinash boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti (keyingi oʻrinlarda — Reglament) 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Belgilansinki:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qishloq xoʻjaligi ekinlari navlarini sinash uchun ajratilgan tajriba yer maydonlari maqbullashtirilmaydi, shuningdek, ushbu yer maydonlarida qishloq xoʻjaligi ekinlari Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligi ekinlari navlarini sinash markazi (keyingi oʻrinlarda — Markaz) tomonidan tuzilgan taqsimot boʻyicha mustaqil joylashtiriladi va almashlab ekish tizimi joriy qilinadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Markazning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va modernizatsiya qilish bilan bogʻliq xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki hamda Xalqaro taraqqiyot uyushmasi ishtirokida “Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligini modernizatsiya qilish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 11-avgustdagi PQ-4803-son qarori doirasida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Vazirlar Mahkamasining “Toshkent davlat agrar universiteti huzuridagi “Gʻoʻza urugʻchiligi markazi” davlat muassasasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 23-noyabrdagi 942-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari Sh.M. Gʻaniyev va Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vaziri J.A. Xodjayev zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2021-yil 27-mart,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
158-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-martdagi 158-son qaroriga
1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi hududida ekishga tavsiya qilingan qishloq xoʻjaligi ekinlari davlat reyestrini yuritish tartibi toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-bob. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi hududida ekishga tavsiya qilingan qishloq xoʻjaligi ekinlari davlat reyestrini (keyingi oʻrinlarda — davlat reyestri) yuritish tartibini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
andoza nav — davlat reyestrida roʻyxatdan oʻtkazilgan, Oʻzbekiston Respublikasining turli tuproq-iqlim sharoitli hududlarida keng joriy etilgan qishloq xoʻjaligi ekini navi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qishloq xoʻjaligi ekinlari navlarini sinash — Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligi ekinlari navlarini sinash markazi (keyingi oʻrinlarda — Markaz) tomonidan tasdiqlangan tartib asosida Oʻzbekiston Respublikasining turli tabiiy tuproq-iqlim sharoitli hududlarida joylashgan nav sinash stansiyalari va uchastkalarida hamda ariza beruvchi tomonidan tanlangan maydonlarda qishloq xoʻjaligi ekinlari navlarining xoʻjalik uchun foydali belgilari boʻyicha oʻrganish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
nav — oʻsimliklar guruhi boʻlib, u nasldan naslga barqaror oʻtuvchi, muayyan genotip yoki genotiplar kombinatsiyasini boshqalaridan ajratib turuvchi belgilarga qarab aniqlanadi va ayni bir botanik taksondagi boshqa oʻsimliklar guruhidan bir yoki bir necha belgilari bilan farqlanadi. Klon, liniya, birinchi avlod duragayi, populyatsiya navning muhofaza qilinadigan obyektlaridir;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
navlarning xoʻjalik uchun foydali belgilari — qishloq xoʻjaligi navlarining hosildorligi, oʻsish davri, kasallik va zararkunandalarga, turli tuproq-iqlim sharoitlariga chidamliligi hamda mahsulotning sifati va boshqa belgilari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
patent egasi — seleksiya yutugʻiga berilgan patent egasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
talabnoma beruvchi — davlat reyestrida roʻyxatdan oʻtkazish maqsadida Markazga murojaat etuvchi yuridik yoki jismoniy shaxs (yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan yakka tartibdagi tadbirkor);
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi ekpert komissiyasi (keyingi oʻrinlarda — Ekspert komissiyasi) — Markaz tomonidan oʻtkazilgan sinov natijalari asosida qishloq xoʻjaligi ekinlari navlarini Davlat reyestrida roʻyxatdan oʻtkazish va undan chiqarish boʻyicha takliflarni koʻrib chiqish boʻyicha sohaga aloqador vazirlik va idoralar vakillari tarkibidagi idoralararo kollegial organ;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ekspert baholash — Markaz mutaxassislari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududlarida kam tarqalgan qishloq xoʻjaligi ekinlari navlari boʻyicha sinov ishlarini ariza beruvchining oʻzi tanlagan maydonlarda oʻtkazish, vakolatli davlat muassasasi mutaxassislari, ariza beruvchi va boshqa davlatlarning sohadagi vakolatli tashkilotlari tomonidan taqdim etilgan sinov natijalaridan foydalanish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Davlat reyestri quyidagilarni tizimli tashkil etishga koʻmaklashish maqsadida yuritiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qishloq xoʻjaligi ekinlarining yangi navlarini sinash va ekspert baholash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
patent egasining xohishiga koʻra muhofaza hujjatlari bilan himoya qilingan qishloq xoʻjaligi ekinlari navlarini roʻyxatdan oʻtkazish va ekishga tavsiya etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
talabnoma beruvchining xohishiga koʻra muhofaza hujjatlari bilan himoya qilinmagan qishloq xoʻjaligi ekinlari navlarini roʻyxatdan oʻtkazish va ekishga tavsiya etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi hududida ekishga tavsiya qilingan qishloq xoʻjaligi ekinlari toʻgʻrisida muhim va eng soʻnggi maʼlumotlarni yigʻish, tahlil etish, oʻzaro almashish maqsadida axborot faoliyatini tashkil etish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Markaz qishloq xoʻjaligi ekinlarining davlat reyestrini yurituvchi vakolatli davlat organi hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hamda qishloq xoʻjaligi ekinlari navlari sinovini oʻtkazish boʻyicha koʻrsatilgan xizmatlar uchun toʻlovlardan tushgan mablagʻlar davlat reyestrini joriy etish va yuritish bilan bogʻliq faoliyatni moliyalashtirish manbalari hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Qishloq xoʻjaligi ekinlari navlarini Oʻzbekiston Respublikasi hududida ekish uchun tavsiya etilgan qishloq xoʻjaligi ekinlari davlat reyestrida roʻyxatdan oʻtkazish ushbu Nizomga ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-bob. Davlat reyestrini yuritish tartibi va unga qoʻyiladigan talablar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Qishloq xoʻjaligi ekinlari navlarini Davlat reyestrida roʻyxatdan oʻtkazish uchun talabgor Markazga tegishli hujjatlarni ilova qilgan holda talabnoma taqdim etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Markaz besh ish kuni ichida talabnoma beruvchi tomonidan taqdim qilingan hujjatlarning toʻliqligi va toʻgʻriligini koʻrib chiqadi. Zarur hollarda talabnoma beruvchidan qishloq xoʻjaligi ekinlari navlari boʻyicha qoʻshimcha maʼlumotlar soʻrab olinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Davlat reyestrida roʻyxatdan oʻtkaziladigan qishloq xoʻjaligi ekinlari navlari xoʻjalik uchun foydali belgilarga ega boʻlishi kerak. Qishloq xoʻjaligi ekinlari navlarining xoʻjalik uchun foydali belgilari boʻyicha sinov ishlari har yili Markaz tizimidagi nav sinash stansiyalari va nav sinash uchastkalarining tajriba yer maydonlarida oʻtkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Sinovdan oʻtayotgan qishloq xoʻjaligi ekinlari navlarining bir yoki bir nechta xoʻjalik uchun foydali belgilar boʻyicha koʻrsatkichlari andoza navdan ustun va qolgan belgilari boʻyicha andoza nav darajasida boʻlishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Bir yillik qishloq xoʻjaligi ekinlari navlari xoʻjalik uchun foydali belgilari boʻyicha kamida ikki yil, koʻp yillik qishloq xoʻjaligi ekinlari navlari uchun ular toʻliq hosilga kirgan paytidan kamida bir yil mobaynida sinovdan oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Ekpert komissiyasi xulosasiga koʻra, qishloq xoʻjaligi ekinlari navlari bir yillik sinov natijalari boʻyicha davlat reyestrida roʻyxatdan oʻtkazilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Markazning qishloq xoʻjaligi ekinlari navlarini ekishga tavsiya qilish toʻgʻrisidagi qarori tasdiqlangandan hamda talabnoma beruvchi tomonidan tegishli toʻlovlar amalga oshirilgandan keyin uch oy muddatda qishloq xoʻjaligi ekinlari navlari davlat reyestrida roʻyxatdan oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Davlat reyestrida quyidagi maʼlumotlar qayd etiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻsimlikning turi (xili) va navning nomi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
talabnoma beruvchining nomi, manzili va mamlakat kodi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
buyurtmaning tartib raqami;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
nav davlat reyestrida roʻyxatdan oʻtkazilgan tartib raqami va sana;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
navning muallifi va nav originatorining nomi, manzili;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
vositachining nomi va manzili (agar mavjud boʻlsa);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
nav davlat reyestridan chiqarilgan sana.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Qishloq xoʻjaligi ekinlari navlarini davlat reyestridan chiqarish uchun quyidagi holatlar asos boʻladi:
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qishloq xoʻjaligi ekini navi xoʻjalik uchun foydali belgilarini yoʻqotganda va oʻzining xos belgi koʻrsatkichlari boʻyicha tavsifiga muvofiq kelmay qolgan taqdirda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat reyestrida roʻyxatdan oʻtkazilgan qishloq xoʻjaligi ekini navi uch yildan koʻp vaqt davomida xoʻjalik muomalasiga kiritilmagan taqdirda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
patent egasi tomonidan qishloq xoʻjaligi ekini navini davlat reyestri roʻyxatidan chiqarish yuzasidan murojaat qilingan taqdirda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Davlat reyestri Markaz tomonidan yagona nusxada yuritiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Davlat reyestriga kiritish va undan chiqarish tartib raqami qoʻyilgan va muhr bilan surgʻuchlangan daftarda amalga oshiriladi hamda mazkur daftar Markazda doimiy saqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-bob. Yakunlovchi qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Davlat reyestridagi maʼlumotlar Markazning rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi hamda jismoniy va yuridik shaxslar tanishishi uchun ochiq hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Nav muallifi yoki nav originatori qishloq xoʻjaligi ekinlari navlarini Davlat reyestri roʻyxatidan chiqarish toʻgʻrisidagi qarordan, shuningdek, Markazning mansabdor shaxslari harakatlari (harakatsizligi)dan norozi boʻlganda, qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga ega.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi hududida ekishga tavsiya qilingan qishloq xoʻjaligi ekinlari davlat reyestrini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi hududida ekish uchun tavsiya etilgan qishloq xoʻjaligi ekinlari davlat reyestrida roʻyxatdan oʻtkazish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
SXEMASI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Bosqichlar

Masʼullar

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddati

1-bosqich

Talabnoma beruvchi

(yuridik yoki jismoniy shaxs)

Oʻzbekiston Respublikasi hududida ekish uchun tavsiya etilgan qishloq xoʻjaligi ekinlari davlat reyestrida roʻyxatdan oʻtkazish uchun talabgor Markazga talabnoma va unga ilova qilinadigan tegishli hujjatlarni taqdim etgan holda murojaat qiladi.

Yil davomida

2-bosqich

Qishloq xoʻjaligi ekinlari navlarini sinash markazi

Markaz talabnoma beruvchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqadi. Zarur hollarda talabnoma beruvchidan qishloq xoʻjaligi ekinlari navlari boʻyicha qoʻshimcha maʼlumotlarni soʻrab oladi.

5 ish kuniichida

3-bosqich

Qishloq xoʻjaligi ekinlari navlarini sinash markazi

Qishloq xoʻjaligi ekinlari navlarining xoʻjalik uchun foydali belgilari boʻyicha sinov ishlari Markaz tizimidagi nav sinash stansiyalari va nav sinash uchastkalarining tajriba yer maydonlarida oʻtkaziladi.

Har yili

4-bosqich

Qishloq xoʻjaligi ekinlari navlarini sinash markazi

Bir yillik qishloq xoʻjaligi ekinlari navlari xoʻjalik uchun foydali belgilari boʻyicha kamida ikki yil, koʻp yillik qishloq xoʻjaligi ekinlari navlari uchun ular toʻliq hosilga kirgan paytidan kamida bir yil mobaynida sinovdan oʻtkaziladi.

Tegishli ravishdaikki yil va bir yil

5-bosqich

Qishloq xoʻjaligi ekinlari navlarini sinash markazi

Markazning qishloq xoʻjaligi ekinlarini ekishga tavsiya qilish toʻgʻrisidagi qarori tasdiqlangandan hamda talabnoma beruvchi tomonidan tegishli toʻlovlar amalga oshirilgandan keyin qishloq xoʻjaligi ekinlari navlari Davlat reyestrida roʻyxatdan oʻtkaziladi.

Tegishli qaror qabul qilinganidan va toʻlovlar toʻlangandan keyin 3 oy muddatda

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-martdagi 158-son qaroriga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qishloq xoʻjaligi ekinlari navlarini sinash boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
MAʼMURIY REGLAMENTI

1. Mazkur Qishloq xoʻjaligi ekinlari navlarini sinash boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti (keyingi oʻrinlarda — Reglament) jismoniy va yuridik shaxslarga qishloq xoʻjaligi ekinlari navlarini sinash boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatish tartibini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Mazkur Reglamentda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat reyestrida roʻyxatdan oʻtkazilganlik toʻgʻrisida guvohnoma — Oʻzbekiston Respublikasi hududida ekishga tavsiya qilingan qishloq xoʻjaligi ekinlari davlat reyestrida (keyingi oʻrinlarda — Davlat reyestri) roʻyxatdan oʻtkazilgan qishloq xoʻjaligi ekinlari navlariga talabnoma beruvchining xohishiga koʻra beriladigan, vakolatli organ tomonidan Davlat reyestrida roʻyxatdan oʻtkazilganligini tasdiqlovchi rasmiy hujjat;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
talabnoma beruvchi — qishloq xoʻjaligi ekinlari navlarini Davlat reyestrida roʻyxatdan oʻtkazish va roʻyxatdan oʻtkazganlik toʻgʻrisida guvohnoma olish maqsadida Markazga murojaat etuvchi yuridik yoki jismoniy shaxs (yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan yakka tartibdagi tadbirkor).
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Qishloq xoʻjaligi ekinlari navlarini sinash boʻyicha davlat xizmatlari Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligi ekinlari navlarini sinash markazi (keyingi oʻrinlarda — vakolatli organ) tomonidan qishloq xoʻjaligi ekinlari navlarini Davlat reyestrida roʻyxatdan oʻtkazish va roʻyxatdan oʻtkazganlik toʻgʻrisida guvohnoma berish maqsadida koʻrsatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligi ekinlari navlarini sinash markazi tomonidan qishloq xoʻjaligi ekinlari navlarini sinash boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatish ushbu Reglamentga 1-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Qishloq xoʻjaligi ekinlari navlarini xoʻjalik uchun foydali belgilari boʻyicha baholash ishlari vakolatli organning talabnoma beruvchi tomonidan tanlanadigan nav sinash stansiyalari va uchastkalarida amalga oshiriladi. Qishloq xoʻjaligi ekinlari navlarini xoʻjalik uchun foydali belgilari boʻyicha baholash ishlarida oldin oʻtkazilgan laboratoriya tahlillari, maxsus fitopatologik tajribalar va boshqa vakolatli tashkilotlarning sinovlari hamda sifat tahlil natijalari ham inobatga olinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Oʻzbekiston Respublikasi hududlarida kam tarqalgan qishloq xoʻjaligi ekinlari navlarining xoʻjalik uchun foydali belgilari talabnoma beruvchi tomonidan tanlangan ekin maydonidan olingan maʼlumotlar yoki ekspert baholash natijalari asosida aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat reyestrida roʻyxatdan oʻtkazilgan andoza (standart) nav mavjud boʻlmagan taqdirda, andoza (standart) nav sifatida sinovdan oʻtayotgan qishloq xoʻjaligi ekini turiga mansub yangi navlar orasidan eng yaxshisi tanlab olinadi. Agar andoza (standart) nav sifatida olingan qishloq xoʻjaligi ekinining faqat bitta navi mavjud boʻlsa va ushbu navning xos belgi koʻrsatkichlaridan yangi navning belgi koʻrsatkichlari ustun boʻlgan holatlar Ekspert komissiyasiga koʻrib chiqish uchun taklif kiritishga asos boʻladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Talabnoma beruvchiga uning xohishiga koʻra ushbu Reglamentga 2-ilovaga muvofiq shakldagi davlat reyestrida roʻyxatdan oʻtkazilganlik toʻgʻrisida guvohnoma beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda talabnoma beruvchi Davlat reyestrida roʻyxatdan oʻtkazilganlik toʻgʻrisida guvohnoma berish bilan bogʻliq davlat xizmatlari uchun belgilangan tartibda va miqdorda toʻlovni amalga oshiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Talabgor qishloq xoʻjaligi ekini navini Davlat reyestrida roʻyxatdan oʻtkazish va roʻyxatdan oʻtkazilganlik toʻgʻrisida guvohnoma berish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatuvchi vakolatli organga murojaat qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Davlat reyestrida roʻyxatdan oʻtkazilmagan gʻoʻza, boshoqli don ekinlari hamda kartoshka navlari va duragaylarining urugʻliklarini realizatsiya qilish, Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish va uning hududidan olib chiqishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Mazkur Reglamentning 9-bandi talablari ilmiy va sinash maqsadlarida olib kelinayotgan qishloq xoʻjaligi ekinlarining yangi navlariga tatbiq etilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-bob. Qishloq xoʻjaligi ekinlari navlarini sinash boʻyicha faoliyatga nisbatan qoʻyiladigan talab va shartlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Quyidagilar qishloq xoʻjaligi ekinlari navlarini sinash boʻyicha faoliyatga nisbatan qoʻyiladigan talablar va shartlar hisoblanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
navlarni sinash faoliyati sohasidagi qonunchilik hujjatlariga, nizom talablariga va texnik jihatdan tartibga soluvchi hujjatlar talablariga rioya etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat reyestrida roʻyxatdan oʻtkazilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilish davrida guvohnoma egasi tomonidan Davlat reyestrida roʻyxatdan oʻtkazish hujjatlariga kiritilgan oʻzgartirish yoki qoʻshimchalar toʻgʻrisida, ushbu oʻzgartirish yoki qoʻshimchalarning kiritilishi sabablari va ularning sifat koʻrsatkichlariga taʼsiri haqidagi toʻliq maʼlumotlarni keltirgan holda vakolatli organni xabardor qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasida qishloq xoʻjaligi ekinlarining yangi navlarini sinash usullarini qoʻllash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qishloq xoʻjaligi ekinlari navlarini xoʻjalik uchun foydali belgilari boʻyicha baholash natijalarini sohaga aloqador vazirlik va idoralar vakillaridan iborat Ekspert komissiyasida muhokama qilish natijalari boʻyicha xulosaga asosan Davlat reyestrida roʻyxatdan oʻtkazishni amalga oshirish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-bob. Davlat xizmatlarini koʻrsatish tartibi va zarur boʻladigan hujjatlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Talabnoma beruvchi qishloq xoʻjaligi ekinlari navlarini Davlat reyestrida roʻyxatdan oʻtkazish va roʻyxatdan oʻtkazilganlik toʻgʻrisida guvohnoma berish boʻyicha davlat xizmatlaridan foydalanish uchun vakolatli organga elektron shaklda elektron raqamli imzo bilan tasdiqlagan holda yoki oʻzi shaxsan kelib (ayrim hollarda pochta aloqa vositasi orqali yoki elektron shaklda) murojaat qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Qishloq xoʻjaligi ekinlari navlarini Davlat reyestrida roʻyxatdan oʻtkazish uchun talabgor vakolatli organga quyidagi hujjatlarni ilova qilgan holda ushbu Reglamentga 3-ilovaga muvofiq shakldagi talabnoma bilan murojaat qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
navning anketasi va tavsifi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ishonchnoma va pasport nusxasi (vositachi va huquqiy vorislar tomonidan talabnoma berilgan taqdirda);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
navning fotosuratlari toʻplami;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
navni Davlat reyestrida roʻyxatdan oʻtkazishga tavsiya qilgan ilmiy tashkilotning ilmiy kengashi bayonnomasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
nav yaratuvchilarining muallifligini tasdiqlovchi maʼlumotnoma (mahalliy navlar boʻyicha talabnoma berilgan taqdirda);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qishloq xoʻjaligi ekini navi genetik modifikatsiyalangan organizm ekanligi yoki gen muhandisligi yoʻli bilan yaratilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma yoki izohlovchi ilova.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vakolatli organ tomonidan talabgordan ushbu bandda nazarda tutilmagan hujjatlarni taqdim etishni talab qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Talabnoma talabgorning anʼanaviy tarzdagi yoki oʻz elektron raqamli imzosi yoxud tegishlilik QR-kodi bilan tasdiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Vakolatli organ qishloq xoʻjaligi ekinlari navlarining sinovini oʻtkazish sohasida koʻrsatiladigan xizmatlar uchun toʻlovlar miqdori boʻyicha yigʻimni taqsimlab, ularning undirilishini taʼminlaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Vakolatli organning talabnomani koʻrib chiqish rad etilganligi toʻgʻrisidagi xabarnomasida koʻrsatilgan muddat ichida talabnoma qayta koʻrib chiqilganligi uchun yigʻim undirilmaydi. Xabarnomada koʻrsatilgan muddat oʻtgandan keyin talabgor tomonidan berilgan talabnoma yangidan topshirilgan hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Quyidagi holatlarda talabnoma koʻrib chiqish uchun qabul qilinmaydi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
talabnoma beruvchi tomonidan ushbu Reglamentga 13-bandda qayd etilgan hujjatlar toʻliq tarkibda taqdim etilmaganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
talabnoma beruvchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarda ishonchsiz yoki buzib koʻrsatilgan maʼlumotlar mavjud boʻlganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mazkur Reglamentda belgilangan toʻlovlar amalga oshirilmaganda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vakolatli organ davlat xizmatlari koʻrsatishni boshqa asoslarga koʻra rad etishi qatʼiy taqiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Talabnoma beruvchi vakolatli organ tomonidan koʻrsatiladigan davlat xizmatlaridan uning har qanday bosqichida bosh tortish huquqiga ega.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Davlat reyestrida roʻyxatdan oʻtkazilgan va roʻyxatdan oʻtkazilganlik toʻgʻrisida guvohnoma olish uchun taqdim etilgan hujjatlardagi maxfiy maʼlumotlar vakolatli organ tomonidan oshkor qilinishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Talabnoma beruvchi yuridik shaxs u qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda tugatilganda, Davlat reyestrida roʻyxatdan oʻtkazilganlik toʻgʻrisida guvohnomasining amal qilishi muddati tugaganda vakolatli organni xabardor qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Talabnoma beruvchi vakolatli organga taqdim etgan tegishli shakldagi talabnomadan voz kechganda, uning talabnomasi koʻrilmasdan qoldiriladi va davlat xizmatlari uchun toʻlangan yigʻim qaytarilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-bob. Davlat reyestrida roʻyxatdan oʻtkazish va roʻyxatdan oʻtkazilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomani berishga doir talabnomani koʻrib chiqish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Vakolatli organ talabnoma beruvchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni qabul qilib olgandan keyin besh ish kuni ichida ularning toʻliqligi va toʻgʻriligini koʻrib chiqadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vakolatli organ hujjatlar qabul qilingan sanani koʻrsatgan holda talabnoma beruvchiga xabarnoma yuboradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Talab etilgan hujjatlar toʻliq yoki toʻgʻri boʻlmagan taqdirda, xato-kamchiliklarni bartaraf etish uchun talabnoma beruvchiga qaytariladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. Davlat reyestrida roʻyxatdan oʻtkazish va roʻyxatdan oʻtkazilganlik toʻgʻrisida guvohnoma berish boʻyicha davlat xizmatlaridan foydalanish uchun talabnoma beruvchi vakolatli organning quyidagi talablariga qatʼiy amal qilgan holda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
vakolatli organ tomonidan tuzilgan taqsimotni olganidan keyin 10 kun muddatda qishloq xoʻjaligi ekini navining sifatli urugʻlik materiallarini belgilangan nav sinash stansiyalari va uchastkalariga yetkazib beradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qishloq xoʻjaligi ekini navini sinash bilan bogʻliq davlat xizmatlarini koʻrsatish uchun belgilangan miqdorda toʻlovlarni amalga oshiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24. Vakolatli organ talabnoma beruvchi tomonidan hujjatlar toʻliq va toʻgʻri taqdim etilib, tegishli toʻlovlar amalga oshirilganidan keyin quyidagilarni amalga oshiradi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
urugʻlik materiallarini nav sinash stansiyalari va uchastkalariga yetkazib berish boʻyicha taqsimotni (ekinlar ekishning maqbul muddatidan 20 kun oldin) ishlab chiqadi va talabnoma beruvchiga maʼlum qiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
talabnoma beruvchi tomonidan urugʻlik materiallarini tegishli nav sinash stansiyalari va uchastkalariga taqsimotga muvofiq oʻz vaqtida va belgilangan miqdorda yetkazib berilishini nazorat qiladi hamda sinash ishlarini tashkil etish qoidalari va talablariga muvofiqligini baholaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
nav sinash stansiyalari va uchastkalaridagi qishloq xoʻjaligi ekinlari navlarida xoʻjalik uchun foydali belgilar boʻyicha (har yili, har mavsumda) kuzatuvlarni olib boradi va maʼlumotlarni qayd etib boradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qishloq xoʻjaligi ekinlari navlarini sinash usullari asosida ekspert baholash ishlarini (mavsum davomida) tashkil qiladi va ekspert baholash natijalariga koʻra dalolatnoma tuzadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qishloq xoʻjaligi ekinlari navlarini har yilgi hosilidan olingan namunalarda laboratoriya sinovlari va tahlillarini oʻtkazadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
har yili nav sinash stansiyalari va uchastkalarida oʻtkazilgan sinash ishlari natijalari asosida har bir qishloq xoʻjaligi ekini navi boʻyicha takliflar tayyorlaydi va Ekspert komissiyasiga taqdim qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25. Qishloq xoʻjaligi ekinlari navlarini sinash faoliyatini nazorat qilish va sinash ishlari vakolatli organ tomonidan tasdiqlangan sinash usullariga yoki dasturga muvofiq amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26. Vakolatli organ Ekspert komissiyasining xulosasi asosida oʻzining tegishli qarori loyihasini tayyorlaydi va Qishloq xoʻjaligi vazirligi bilan kelishgan holda 25 kun muddatda tasdiqlaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
27. Vakolatli organ qishloq xoʻjaligi ekini navini Davlat reyestrida roʻyxatdan oʻtkazilgan yoki oʻtkazilmaganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomani tegishlilik QR-kodi bilan tasdiqlagan holda 3 kun muddatda talabnoma beruvchiga yuboradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qishloq xoʻjaligi ekini navini Davlat reyestrida roʻyxatdan oʻtkazish rad etilgan hollarda talabnoma beruvchi tomonidan toʻlangan yigʻim qaytarilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
28. Vakolatli organ talabnoma beruvchining xohishiga koʻra 3 ish kuni ichida qishloq xoʻjaligi ekini navining Davlat reyestrida roʻyxatdan oʻtkazilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomani taqdim qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
29. Talabnoma beruvchi ushbu Reglamentga 4-ilovada keltirilgan stavkalarga muvofiq qishloq xoʻjaligi ekinlari navlarini sinash boʻyicha vakolatli organ tomonidan koʻrsatilgan davlat xizmatlari uchun toʻlovlarni amalga oshiradi. Bunda toʻlangan toʻlovlar vakolatli organning hisobvaragʻiga oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
30. Quyidagilar qishloq xoʻjaligi ekini navini Davlat reyestrida roʻyxatdan oʻtkazishni rad etish uchun asos hisoblanadi:
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
talabnoma beruvchi Markaz tomonidan tuzilgan taqsimotga muvofiq nav sinash stansiyalari va uchastkalariga qishloq xoʻjaligi ekini navining sifatli urugʻlik materiallarini belgilangan muddatda va miqdorda yetkazib bermaganda;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qishloq xoʻjaligi ekini navi xoʻjalik uchun foydali belgilari (hosildorlik, kasalliklarga, zararkunandalarga, sovuqqa, issiqqa va qurgʻoqchilikka chidamlilik, olinadigan mahsulot sifati va boshqa xoʻjalik va biologik belgilari) koʻrsatkichlarini yoʻqotganda va oʻzining xos belgi koʻrsatkichlari boʻyicha tavsifiga muvofiq kelmay qolganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qishloq xoʻjaligi ekini navining xoʻjalik uchun foydali belgi koʻrsatkichlari andoza (standart) nav koʻrsatkichidan past boʻlganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qishloq xoʻjaligi ekini navi 3 yildan koʻp davr ichida xoʻjalik muomalasiga kiritilmaganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
talabnoma beruvchi tomonidan qishloq xoʻjaligi ekini navini Davlat reyestrida roʻyxatdan oʻtkazish uchun belgilangan toʻlovlar amalga oshirilmaganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
patent egasi qishloq xoʻjaligi ekini navini Davlat reyestri roʻyxatidan chiqarish toʻgʻrisida murojaat qilganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ekspert komissiyasi tomonidan Davlat reyestrida roʻyxatdan oʻtkazishni toʻxtatish, rad etish va chiqarish yuzasidan xulosalar taqdim etilganda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qishloq xoʻjaligi ekini navi boshqa asoslanmagan sabablarga koʻra, shu jumladan, maqsadga nomuvofiqligi sababli Davlat reyestrida roʻyxatdan chiqarilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
31. Qishloq xoʻjaligi ekini navini Davlat reyestri roʻyxatidan oʻtkazishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganda, talabgorga talabnoma rad etilganligi haqida 3 kun muddatda yozma yoki elektron shakldagi xabarnoma yuboriladi. Bunda talabnomani rad etish sabablari va ularni bartaraf etgan holda hujjatlarni qayta koʻrib chiqish uchun takroran taqdim etish mumkin boʻlgan muddat koʻrsatiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
32. Talabnoma beruvchi Davlat reyestrida roʻyxatdan oʻtkazishni rad etish sabablarini bartaraf qilishi va hujjatlarni qayta taqdim etishi mumkin boʻlgan muddat yozma yoki elektron shakldagi xabarnoma yuborilgan kundan eʼtiboran 10 kundan kam boʻlmasligi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
33. Talabnoma beruvchi Davlat reyestrida roʻyxatdan oʻtkazishni rad etish uchun asos boʻlgan sabablarni belgilangan muddatda bartaraf etib, buni tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etganidan keyin vakolatli organ hujjatlarni 10 kun muddat ichida qayta koʻrib chiqadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Talabnoma beruvchining talabnomasi qayta koʻrib chiqilganligi uchun yigʻim undirilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
34. Davlat reyestrida roʻyxatdan oʻtkazish rad etilganligi haqidagi xabarnomada koʻrsatilgan muddat oʻtgandan keyin topshirilgan talabnoma yangidan topshirilgan hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
35. Talabnoma beruvchi talabnomasining rad etilishi, shuningdek, vakolatli organning mansabdor shaxsining harakatlari (yoki harakatsizligi) yuzasidan belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga ega.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-bob. Davlat reyestrida roʻyxatdan oʻtkazilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilish muddatini uzaytirish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
36. Davlat reyestridan roʻyxatdan oʻtkazilganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma 3 yil muddatga beriladi. Davlat reyestrida roʻyxatdan oʻtkazilganlik toʻgʻrisida guvohnomaning amal qilish muddati tugagach, talabnoma beruvchining xohishiga koʻra uning muddati uzaytirilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
37. Davlat reyestrida roʻyxatdan oʻtkazilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomaning muddatini uzaytirish yuzasidan talabnoma uning amal qilish muddati tugashidan 30 kun oldin vakolatli organga topshirilishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6-bob. Yakunlovchi qoida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
38. Ushbu Reglament talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qishloq xoʻjaligi ekinlari navlarini sinash boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligi ekinlari navlarini sinash markazi tomonidan qishloq xoʻjaligi ekinlari navlarini sinash boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
SXEMASI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Bosqichlar

Masʼullar

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddati

1-bosqich

Talabnoma beruvchi

(yuridik yoki jismoniy shaxs)

1. Qishloq xoʻjaligi ekini navini Davlat reyestrida roʻyxatdan oʻtkazish maqsadida vakolatli organga talabnoma kiritadi.

1. Ixtiyoriy ravishda

2. Qishloq xoʻjaligi ekini naviga oid hujjatlarni bevosita, pochta aloqa vositasi orqali yoki elektron shaklda vakolatli organga taqdim qiladi.

2. Talabnoma berish bilan bir vaqtda

3. Vakolatli organ tomonidan koʻrsatiladigan davlat xizmatlari uchun toʻlovlarni amalga oshiradi.

3. Talabnoma berish bilan bir vaqtda

2-bosqich

Vakolatli organ

(Qishloq xoʻjaligi ekinlarini sinash markazi)

1. Hujjatlarni belgilangan tartibda qabul qiladi va qabul qilingan sanani koʻrsatgan holda talabnoma beruvchiga xabarnoma yuboradi.

1. Hujjatlar qabul qilingandan keyin 5 ish kuni ichida

2. Urugʻlik materiallarini nav sinash stansiyalari va uchastkalariga yetkazib berish boʻyicha taqsimotni ishlab chiqadi va talabnoma beruvchiga maʼlum qiladi.

2. Ekinlarni ekish uchun maqbul muddatdan 20 kun oldin

3-bosqich

Talabnoma beruvchi

(yuridik yoki jismoniy shaxs)

Vakolatli organ tomonidan tuzilgan taqsimotga muvofiq nav sinash stansiyalari va uchastkalariga qishloq xoʻjaligi ekini navining sifatli urugʻlik materiallarini belgilangan muddatda va miqdorda yetkazib beradi.

Taqsimotni olgandan soʻng 10 kun muddatda

4-bosqich

Vakolatli organ

(Qishloq xoʻjaligi ekinlarini sinash markazi)

1. Talabnoma beruvchi tomonidan urugʻlik materiallarini tegishli nav sinash stansiyalari va uchastkalariga taqsimotga muvofiq oʻz vaqtida yetkazib berilishini nazorat qiladi hamda sinash ishlarini tashkil etish qoidalari va talablariga muvofiqligini baholaydi.

1. Har yili qishloq xoʻjaligi ekinlarini ekishdan 10 kun oldin va sinash ishlari davrida

2. Nav sinash stansiyalari va uchastkalaridagi qishloq xoʻjaligi ekinlari navlarida xoʻjalik uchun foydali belgilar boʻyicha kuzatuvlarni olib boradi va maʼlumotlarni qayd etib boradi.

2. Qishloq xoʻjaligi ekinlarining vegetatsiya davrida

3. Qishloq xoʻjaligi ekinlarining yangi navlarini har yilgi hosilidan olingan namunalarda laboratoriya sinovlari va tahlillarini oʻtkazadi.

3. Yetishtirilgan hosil yigʻishtirib olingandan keyin

4. Nav sinash stansiyalari va uchastkalarida oʻtkazilgan sinash ishlari natijalari asosida har bir qishloq xoʻjaligi ekini navi boʻyicha takliflar tayyorlaydi va Ekspert komissiyasiga taqdim qiladi.

4. Kamida uch yil va har mavsum yakunida

5. Ekspert komissiyasining xulosasi asosida oʻzining tegishli qarori loyihasini tayyorlaydi va Qishloq xoʻjaligi vazirligi bilan kelishgan holda tasdiqlaydi.

5. Ekspert komissiyasi xulosasidan keyin 25 kun muddatda

6. Qishloq xoʻjaligi ekini navini Davlat reyestrida roʻyxatdan oʻtkazishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganda, talabgorga talabnoma rad etilganligi haqida yozma yoki elektron shakldagi xabarnoma yuboradi.

6. 3 kun muddatda

7. Talabnoma beruvchining xohishiga koʻra qishloq xoʻjaligi ekini navini Davlat reyestrida roʻyxatdan oʻtkazilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomani taqdim qiladi

7. Talabnoma beruvchining talabidan keyin 3 kun muddatda

Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qishloq xoʻjaligi ekinlari navlarini sinash boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Qishloq xoʻjaligi vazirligi
‎Ministerstvo selskogo xozyaystva
‎Qishloq xoʻjaligi ekinlari navlarini sinash markazi
‎ Sentr po sortoispitaniyu selskoxozyaystvennix kultur

‎‎ROʻYXATGA OLISH GUVOHNOMASI № 000-000
‎ SVIDETELSTVO O REGISTRATSII
‎‎

‎‎Ushbu guvohnoma __________________________________________________________ga shu haqda berildiki,
‎‎Nastoyasheye svedetelstvo vidano‎ ‎‎(talabnoma beruvchi/zayavitel)

Ariza boʻyicha ustunlik sanasi va raqami_________________________________________________________

№ po zayavke s datoy prioriteta

‎Qishloq xoʻjaligi ekinlari navlarini sinash markazining qaroriga muvofiq____________________________
‎V sootvetstvii s resheniyem Sentra po sortoispitaniyu selskoxozyaystvennix kultur
‎___________________________________________________________________________________________

(ekin turi va seleksiya yutugʻi nomi/vid kulturi i naimenovaniye seleksionnogo dostijeniya)

Ariza raqami (kod zayavki) — 0000-00 raqami bilan‎

Oʻzbekiston Respublikasi hududida ekish uchun tavsiya etilgan qishloq xoʻjaligi ekinlari Davlat reyestri

‎roʻyxatiga kiritildi

Zaregistrirovano v Gosudarstvennom reyestre selskoxozyaystvennix kultur rekomendovannix ‎‎

k posevu na territorii Respubliki Uzbekistan

_______________________________________________________________________________

(mamlakat va ishlab chiqaruvchi nomi/strana i naimenovaniye proizvoditelya)

Muallif(lar):______________________________________________________________________________
Avtor(i):‎
‎‎20___ yil/god “___”__________

Amal qilish muddati
‎3 yil/srok
deystviya
‎3 goda ‎

‎‎Ushbu guvohnoma mazkur qishloq xoʻjaligi ekini navi uchun sifat sertifikati hisoblanmaydi.‎

Nastoyashe svidetelstvo ne yavlyayetsya sertifikatom kachestva sorta selskoxozyaystvennoy kulturi.

‎‎

Rahbar‎ ‎
‎Rukovoditel‎

_______________
‎(imzo/podpis)‎

‎‎_______________________________
‎(F.I.O)

Muhr oʻrni‎

Mesto pechati‎

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qishloq xoʻjaligi ekinlari navlarini sinash boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
3-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Qishloq xoʻjaligi ekinlari navlarini sinash markazi

Sentr po sortoispitaniyu selskoxozyaystvennix kultur

(100144, Toshkent shahar, M. Ulugʻbek tumani, Buyuk ipak yoʻli koʻchasi, 374-uy)

SELEKSIYA YUTUQLARINI EKISHGA TAVSIYA ETISHGA ARIZA

ZAYAVLENIYE NA REKOMENDATSIYU SELEKSIONNOGO DOSTIJENIYA K POSEVU

Shakl-90

Roʻyxatga olingan sana

Data registratsii

Ariza raqami ________________

_____________________________

Nomer zayavki

(kun, oy, yil/chislo, mesyats, god)

1(a). Arizachi(lar) ____________________________________________________________________

Zayavitel(i)

(yuridik va jismoniy shaxsning ismi va manzili/imya yuridicheskogo ili fizicheskogo litsa i yego adres)

___________________________________________________________________________________

___________________________________________________________________________________

1(b). Fuqaroligi (faqat jismoniy shaxs)

Grajdanstvo (tolko dlya fizicheskix lits)

2(a). Ariza boʻyicha yozishma olib boruvchi shaxs manzili va F.I.O ____________________________

Adres i F.I.O litsa, upolnomochennogo vesti perepisku po zayavke

___________________________________________________________________________________

___________________________________________________________________________________

Telefon __________________________________ Faks _____________________________________

2(b). Seleksiya yutui originatori manzili va nomi ______________________________________

Adres i naimenovaniye originatora seleksionnogo dostijeniya

___________________________________________________________________________________

Telefon __________________________________ Faks _____________________________________

3(a). Avlod, tur ______________________________________________________________________

Rod, vid

(oʻzbek yoki rus tilidagi nomi/nazvaniye na uzbekskom ili russkom yazike)

3(b). Avlod,tur ______________________________________________________________________

Rod, vid

(lotincha nomi/latinskoye nazvaniye)

4(a). Taklif etilgan nom _____________________________________________________________

Predlagayemoye nazvaniye

4(b). Seleksiya raqami ________________________________________________________________

Seleksionniy nomer

5. Mualliflar (agarda mualliflar arizachi boʻlmasa)

Avtori (yesli avtori ne yavlyayutsya zayavitelyami)

(F.I.O toʻliq koʻrsatiladi)

(ukazat polnostyu F.I.O)

___________________________________________________________________________________

___________________________________________________________________________________

___________________________________________________________________________________

Menda (bizda) mavjud maʼlumotlarga koʻra boshqa mualliflar yoʻq

Po imeyusheysya u menya (nas) informatsii drugix avtorov net.

6. Avvalgi arizalar

Predidushiye zayavki

Roʻyxatdan oʻtgan

Zaregistrirovani

Ariza raqami

Nomer zayavki

Darajasi

Stadiya

Qaysi nom bilan

Pod kakim nazvaniyem

Davlatda

V strane

Kun

Data

Ekishga tavsiya etishga

Na rekomendatsiyu k posevu

Men (biz) malum qilaman (miz)ki, haqiqatdan birinchi ariza boʻyicha berilgan malumot shu seleksiya yutuiniki va mazkur arizaga mosdir.

Ya (mi) zayavlyayu (yem), chto material, peredanniy s pervoy zayavkoy predstavlyayet dannoye seleksionnoye dostijeniye i sootvetstvuyet nastoyashey zayavke.

7. Originator tomonidan seleksiya yutuini sinashga taklif etilayotgan hududlar

Rekomenduyemie originatorom regioni ispitaniya seleksionnogo dostijeniya

Foydalanish tomonlari

Napravleniye ispolzovaniya

Hududlar raqami (kerak boʻlmagani oʻchiriladi)

Nomera regionov (nenujnie zacherknut)

1

2

3

4

5

6

7

8

9

10

11

12

13

Arizaga ilova qilinayotgan hujjatlar:

Prilagayemie k zayavleniyu dokumenti:

{} — Seleksiya yutui anketasi 2 nusxada.

Anketa seleksionnogo dostijeniya v 2-x ekzemplyarax.

{} — Seleksiya yutui taʼrifi.

Opisaniye seleksionnogo dostijeniya.

{} — Ariza berishga huquq berilganligini tasdiqlovchi hujjat (vositachi va huquqiy vorislar uchun)

Dokument, podtverjdayushiy pravo na podachu zayavki (dlya pravopreyemnikov i posrednikov)

{} — Fotosuratlar toʻplami

Komplekt fotografiy.

{} — Ilmiy kengash bayoni

{} — Protokol uchyonogo soveta

Men (biz), seleksiya yutuini ekish uchun tavsiya etilgan qishloq xoʻjaligi ekinlari davlat reyestriga kiritishingizni soʻrayman (miz).

Ya (mi) proshu (sim) vklyuchit seleksionnoye dostijeniye v gosudarstvenniy reyestr selskoxozyaystvennix kultur rekomendovannix k posevu.

Men (biz), mazkur arizaga va ilovaga kiritilgan, arizani koʻrib chiqish uchun berilgan menda (bizda) mavjud malumotlar toʻri va oxirgisi ekanligini taʼkidlayman (miz).

Ya (mi) zayavlyayu (yem), chto po imeyushimsya u menya (nas) svedeniyam informatsiya, neobxodimaya dlya rassmotreniya zayavki i vnesyonnaya v nastoyasheye zayavleniye i v prilojeniya, yavlyayetsya okonchatelnoy i pravilnoy.

Men (biz), haqiqatdan mazkur seleksiya yutui toʻri tanlanganligini va namunalar toʻri olinganligini tasdiqlayman (miz).

Ya (mi) podtverjdayu(yem), chto obrazsi polucheni doljnim obrazom i predstavlyayut reprezentativnuyu viborku dannogo seleksionnogo dostijeniya.

Men (biz), seleksiya yutuini xoʻjalik uchun foydali belgilari boʻyicha sinash uchun Markaz taqsimotiga asosan manzillarga hamda Milliy genbankka yetarli miqdorda urulik materiallarini bepul yetkazib berish majburiyatini zimmamga olaman (miz).

Ya (mi) obyazuyus (yemsya) bezvozmezdno predostavlyat neobxodimoye kolichestvo semyan dlya provedeniya ispitaniy na xozyaystvennuyu poleznost v kolichestve i po adresam, ukazannim v raznoryadkax Goskomissii, a takje obrazets seleksionnogo dostijeniya v Natsionalniy genbank.

ARIZACHI (LAR) IMZOSI (LARI)

PODPIS (I) ZAYAVITELYA (YEY)

MUHR (LAR) OʻRNI

MESTO PECHATI (YEY)

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qishloq xoʻjaligi ekinlari navlarini sinash boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
4-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qishloq xoʻjaligi ekinlari navlarini sinash markazi tomonidan koʻrsatiladigan davlat xizmatlari uchun toʻlovlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
STAVKALARI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Boj yoki

toʻlovlar

kodi

Boj yoki toʻlovlarning ishlatilishi

Stavkalar

Toʻlovlar toʻlanganligi toʻgʻrisidagi hujjatni taqdim etish muddatlari

milliy valyutada

(belgilangan bazaviy hisoblash miqdoriga nisbatan koeffitsiyent)

xorijiy valyutada

(AQSH dollari)

1.

Talabnoma bojlari

1.1

Davlat reyestrida roʻyxatdan oʻtkazish hamda roʻyxatdan oʻtkazilganlik toʻgʻrisida guvohnoma berish boʻyicha talabnomani qabul qilish va koʻrib chiqish, sinovga qabul qilinganligi yuzasidan maʼlumotnoma yuborish

1

50

Talabnoma berish bilan bir vaqtda

2.

Davlat reyestrida roʻyxatdan oʻtkazishda munosiblik yuzasidan konkurs sinovi uchun bojlar

2.1.

Qishloq xoʻjaligi ekinlari navlarini sinash markaziga topshiriladigan bitta qishloq xoʻjaligi ekinining yangi navi uchun konkurs sinov xarajatlarini hisoblash (*formula)

X = (A*B/V)*G)+D+E+Yo+J

X*Z = jami

A = (A*1)+(A*2)+(A*4)

X = ((A*B/V)*G)+D+E+Yo+J)*2

X*Z = jami

A = (A*1)+(A*2)+(A*4)

Talabnoma qabul qilinganligi toʻgʻrisidagi xabarnoma joʻnatilgan sanadan boshlab 3 oy muddatda

2.2.

Sinash ishlari olib borilayotgan qishloq xoʻjaligi ekinlari navlari va duragaylarida xoʻjalik uchun foydali belgilar boʻyicha ekspert baholash sinovini oʻtkazish va dalolatnoma tuzish

5

+

xizmat safari xarajatlari

mahalliyga nisbatan
5 baravariga koʻpaytirilgan

Koʻrib chiqishga talabnoma qabul qilinganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma joʻnatilgan sanadan boshlab 3 oy muddatda

3.

Davlat reyestrida roʻyxatdan oʻtkazish, eʼlon qilish va roʻyxatdan oʻtkazilganlik toʻgʻrisida guvohnoma berish

3.1.

Qishloq xoʻjaligi ekini navini roʻyxatdan oʻtkazish

0,5

250

Vakolatli organ qarori tasdiqlangan sanadan boshlab 3 oy muddatda

3.2.

Oʻzbekiston Respublikasi hududida ekish uchun tavsiya etilgan qishloq xoʻjaligi ekinlari Davlat reyestrida eʼlon qilish:

a) Davlat reyestri kitobining tannarxi:

0,2

5

b) Davlat reyestridagi qishloq xoʻjaligi ekinlari navlari va duragaylari tavsifi kitobining tannarxi

0,5

10

Har besh yilda bir marotaba

3.3.

Talabnomaga asosan Davlat reyestrida roʻyxatdan oʻtkazilganlik toʻgʻrisida guvohnomani berish:

a) Davlat reyestrida roʻyxatdan oʻtkazilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomani rasmiylashtirish va berish

1

100

Vakolatli organ qarori tasdiqlangan sanadan boshlab 6 oy muddatda

b) Davlat reyestrida roʻyxatdan oʻtkazilganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma dublikatini berish

1

100

Davlat reyestrida roʻyxatdan oʻtkazilgan

boʻlsa — doimiy

4.

Davlat reyestrida saqlash uchun toʻlovlar

4.1.

Davlat reyestrida roʻyxatdan oʻtkazilgan sanadan boshlab amal qilishning har bir yili uchun:

Birinchi yilda Davlat reyestrida roʻyxatdan oʻtkazish, eʼlon qilish va berish uchun toʻlov toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat bilan bir vaqtda, keyingi yillarda amal qilish muddati tugagunga qadar — har yilning

IV-choragida

a) birinchi — uchinchi yillar uchun

0,8

80

b) toʻrtinchi-beshinchi yillar uchun

0,2

20

5.

Oʻzgartirishlar kiritish

5.1.

Davlat reyestrida roʻyxatdan oʻtkaziladigan qishloq xoʻjaligi ekinlari navlarining talabnomasiga oʻzgartirish, qoʻshimchalar va aniqliklar kiritish

2

600

Oʻzgartirishlar kiritilgan hujjatlarni topshirish bilan bir vaqtda

5.2.

Davlat reyestrida roʻyxatdan oʻtkazilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomani qayta rasmiylashtirish va berish

1

100

Berilgan Davlat reyestrida roʻyxatdan oʻtkazilganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma qaytarilgan taqdirda

6.

Reyestrdan roʻyxatdan oʻtkazish jarayonida axborot va maʼlumotnomalar taqdim etish

6.1.

Davlat reyestrida roʻyxatdan oʻtkazilganlik yoki sinov holati boʻyicha qishloq xoʻjaligi ekinlari navlariga malumotnoma taqdim etish

1

100

Talabnoma beruvchining talabiga asosan

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Izoh:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

*formula
A — 1 gektarga ketadigan xarajatlar;

B — bitta navning sinash maydoni;

V — 1 gektar maydondagi m2;

G — nav sinash stansiyalari yoki uchastkalar soni;

D — vakolatli organning asosiy vositalar amortizatsiyasi uchun;

E — laboratoriya tahlillarini oʻtkazish uchun ketadigan xarajatlar;

Yo — vakolatli organning moddiy-texnika bazasini rivojlantirish uchun;

J — seleksiya yutugʻini sinovga qabul qilish va roʻyxatdan oʻtkazish uchun;

Z — vakolatli organ xodimlarini ragʻbatlantirish uchun (soliq qoʻshilgan holda 30 %);

X — bitta seleksiya yutugʻining konkurs sinovi xarajati.

Vakolatli organ tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlar uchun olinadigan toʻlovlar miqdori Qishloq xoʻjaligi ekinlarini parvarishlash va mahsulot yetishtirish boʻyicha 2016 — 2020-yillar uchun naʼmunaviy texnologik karta, shuningdek, 2020-yilda 1 gektar maydonda qishloq xoʻjaligi ekinlarini yetishtirish boʻyicha naʼmunaviy biznes-reja hamda Markazning vazifa va yoʻnalishlari asosida ishlab chiqiladi.

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
toʻlovlar Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligi ekinlari navlarini sinash markazining hisobvaragʻiga tegishli summani oʻtkazish yoʻli bilan amalga oshiriladi hamda toʻlov hujjati bilan tasdiqlanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
toʻlangan summaning belgilangan toʻlov miqdoriga muvofiqligi toʻlovni tasdiqlovchi hujjat taqdim etilgan sanada aniqlanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
talabnoma beruvchi tomonidan Davlat reyestrida roʻyxatdan oʻtkazish hamda roʻyxatdan oʻtkazilganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma berish uchun belgilangan toʻlovning amalga oshirilganligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilmagan taqdirda, yuridik ahamiyatga ega boʻlgan harakat sodir etilmaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
talabnoma beruvchi belgilangan summani vakolatli organ tomonidan toʻlovni toʻlash toʻgʻrisidagi xabarnoma yuborilgan sanadan boshlab 3 oy muddatda toʻlash huquqiga ega;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat reyestrida roʻyxatdan oʻtkazilganligi va eʼlon qilinganligi uchun toʻlovlar toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat belgilangan muddatda taqdim etilmagan taqdirda, ushbu tartibotlar amalga oshirilmaydi. Toʻlovlar toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat koʻrsatib oʻtilgan 3 oy muddat tugagan kundan boshlab keyingi 3 oy ichida taqdim etilishi mumkin. Bunda toʻlovlar miqdori 50%ga oshiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
toʻlangan toʻlovlar qaytarilmaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
belgilangan miqdordan ortiq toʻlangan toʻlovlar talabnoma beruvchining talabiga koʻra qaytariladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari boʻlgan yuridik va jismoniy shaxslar vakolatli organ tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlar uchun toʻlovlarni milliy valyutada toʻlaydilar. Oʻzbekiston Respublikasining rezidentlari boʻlmagan yuridik va jismoniy shaxslar chet el valyutasidagi toʻlovlarni (agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro bitimlarida boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa) Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan toʻlov toʻlanadigan kun uchun belgilangan valyutalarning rasmiy ayirboshlash kursi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining milliy valyutasida toʻlaydilar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
toʻlovlarni qaytarishga oid bank xizmatlari uchun toʻlovlar mazkur toʻlovlarni amalga oshirgan shaxs hisobidan qoplanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-martdagi 158-son qaroriga
3-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 19-iyuldagi 530-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi toʻgʻrisidagi nizomning 11-bandi “d” kichik bandiga quyidagi mazmundagi oʻninchi xatboshi qoʻshilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Oʻzbekiston Respublikasi hududida ekishga tavsiya etilgan qishloq xoʻjaligi ekinlarining davlat reyestrida rayonlashtirilgan manzarali, dorivor, texnik va ozuqabop oʻsimliklarning roʻyxati yuritilishini taʼminlash”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Vazirlar Mahkamasining “Sabzavot-polizchilik, bogʻdorchilik va uzumchilik yoʻnalishidagi fermer xoʻjaliklarining yer maydonlaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 3-apreldagi 258-son qarorining 9-bandida “Qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻlarini sifatini nazorat qilish va sertifikatlash markazi” soʻzlari “Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-iyuldagi 571-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi toʻgʻrisidagi nizomning 9-bandida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) beshinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oltinchi — oʻn beshinchi xatboshilar tegishli ravishda beshinchi — oʻn toʻrtinchi xatboshilar deb hisoblansin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) quyidagi mazmundagi sakkizinchi xatboshi qoʻshilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Andijon qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar instituti”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
toʻqqizinchi — oʻn toʻrtinchi xatboshilar tegishli ravishda oʻninchi — oʻn beshinchi xatboshilar deb hisoblansin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) oʻn ikkinchi xatboshida “Agroinnovatsiya” davlat unitar korxonasi” soʻzlari ““Qishloq xoʻjaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi” davlat muassasasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.03.2021-y., 09/21/158/0241-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.11.2023-y., 09/23/623/0898-son; 08.07.2025-y., 09/25/416/0588-son)