Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 22.04.1997 yildagi 207-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori

TOShKENT IXTISOSLAShTIRILGAN XOTIN-QIZLAR KOLLEJINI TAShKIL ETISh TOʻFRISIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Yosh avlodni sogʻlomlashtirish muammolarini kompleks hal etish toʻgʻrisida” 1993-yil 3-dekabrdagi 589-son va “Oʻzbekiston Respublikasida tibbiy-ijtimoiy patronaj tizimini tashkil etish toʻgʻrisida” 1996-yil 22-fevraldagi 71-son qarorlarini bajarish yuzasidan hamda ushbu ixtisoslikdagi kadrlarni tayyorlashni tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Ijtimoiy taʼminot vazirligi, Xotin-qizlar qoʻmitasi, “Sogʻlom avlod uchun” jamgʻarmasi, yoshlar “Kamolot” jamgʻarmasining Toshkent ixtisoslashtirilgan xotin-qizlar kollejini tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Belgilab qoʻyilsinki, Toshkent ixtisoslashtirilgan xotin-qizlar kolleji yuridik shaxs huquqi bilan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tizimiga kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Quyidagi sohalar boʻyicha kasbiy koʻnikmalarga ega boʻlgan oʻrta boʻgʻin mutaxassislarini tayyorlash ixtisoslashtirilgan xotin-qizlar kolleji faoliyatining asosiy yoʻnalishlari etib belgilansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
huquq xotin-qizlar va bolalarga tibbiy-ijtimoiy yordam berishni tashkil etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
maʼlumotlarni kompyuter yordamida ishlash va tibbiy-ijtimoiy yordam berish sohasida statistika;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
iqtisodiyot va ijtimoiy taʼminotni prognozlashtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Sogʻlom avlod uchun” jamgʻarmasining maqsadi va vazifalariga muvofiq sogʻlom turmush tarzini shakllantirish va tashkil etish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Ijtimoiy taʼminot vazirligi, Xotin-qizlar qoʻmitasi va “Sogʻlom avlod uchun” jamgʻarmasi bilan birgalikda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kollejning Nizomini va tuzilmasini, mutaxassisliklar roʻyxatini, mutaxassislar tayyorlashga oid oʻquv dasturlari va rejalarini bir oy muddatda ishlab chiqsin hamda tasdiqlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kollejni yuqori malakali pedagog kadrlar bilan taʼminlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kollejga uning oʻquv-laboratoriya bazasini oʻqitishning zamonaviy vositalari va kompyuter texnikasi bilan jihozlashda moddiy hamda tashkiliy-texnik jihatdan muntazam ravishda yordam berib borsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Ijtimoiy taʼminot vazirligi, Xotin-qizlar qoʻmitasi, “Sogʻlom avlod uchun” jamgʻarmasi, yoshlarning “Kamolot” jamgʻarmasi yangidan tashkil etilgan kollejga doimiy ravishda zarur oʻquv-uslubiy va amaliy yordam koʻrsatib turadilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Toshkent ixtisoslashtirilgan xotin-qizlar kollejini Toshkent shahar, Kox ota koʻchasidagi 75-uyga joylashtirsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Moliya vazirligi 1997-yilda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi uchun budjetda nazarda tutilgan mablagʻlar hisobidan kollejni saqlash, uning oʻquv xonalarini mukammal tuzatish va jihozlash uchun zarur mablagʻlar ajratsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A. Azizxoʻjayev zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1997-yil 22-aprel,

207-son