03.03.2021 yildagi PQ-5012-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Nodavlat notijorat tashkilotlarini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash, ularning faoliyati erkinligi, huquqlari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini taʼminlashga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasida fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirish, ularning ijtimoiy va siyosiy faolligini oshirish davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirishning asosiy yoʻnalishi sifatida belgilangan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bugungi kunda nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari demokratik huquqiy davlat barpo etish, jamiyatda qonun ustuvorligini taʼminlash hamda mamlakatning ijtimoiy-siyosiy va sotsial-iqtisodiy salohiyatini oshirish yoʻlida muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Respublikamizda amalga oshirilayotgan islohotlarda faol ishtirokchi va hamkor sifatida nodavlat notijorat tashkilotlarining rolini yanada oshirish, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlari himoyasini mustahkamlash, davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash koʻlamini kengaytirish hamda ularga qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Belgilansinki, 2021-yil 1-martdan boshlab:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan roʻyxatdan oʻtkazuvchi organni xabardor qilgan (maʼlumot uchun) holda xorijiy manbalardan olinadigan pul mablagʻlari va mol-mulkning bir kalendar yilidagi jami summasi bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan yuz baravarigacha oshiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
nodavlat notijorat tashkilotini qayta roʻyxatdan hamda uning ramzini davlat roʻyxatidan oʻtkazish muddati bir oydan oʻn besh kungacha qisqartiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
nogironligi boʻlgan shaxslar, faxriylar, nuroniylar, xotin-qizlar, bolalar jamoat birlashmalari ramzlarini davlat roʻyxatidan (qayta roʻyxatdan) oʻtkazish uchun davlat boji undirilmaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
nodavlat notijorat tashkilotining alohida boʻlinmasi yuridik shaxs hisoblanadi, bunda alohida boʻlinmalarni hisobga qoʻyish tartibi bekor qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi (keyingi oʻrinlarda — Jamoat fondi) mablagʻlarini boshqarish boʻyicha parlament komissiyasi hamda Oʻzbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasining (keyingi oʻrinlarda — Assotsiatsiya) quyidagi takliflari maʼqullansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mahalliy nodavlat notijorat tashkilotlarini rivojlantirishga qaratilgan dastur va loyihalarni moliyalashtirish uchun Oʻzbekiston nodavlat notijorat tashkilotlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondiga davlat subsidiyasini ajratib borish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Assotsiatsiya va uning hududiy boʻlinmalari boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan sonini 44 nafar etib belgilash hamda ularning mehnatiga haq toʻlash miqdorlarini ikki baravarga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Assotsiatsiya markaziy apparati va hududiy boʻlinmalarini zarur texnika, avtotransport vositasi, ofis anjomlari, mebel jihozlari bilan taʼminlash hamda boshqa moddiy-texnika bazasini mustahkamlash.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Assotsiatsiyaga ikki hafta muddatda Assotsiatsiyaning yangilangan tuzilmasini ishlab chiqish va tasdiqlash tavsiya etilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mazkur bandda nazarda tutilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash uchun Jamoat fondiga “2021-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi Qonunida zarur mablagʻlar koʻzda tutilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Moliya vazirligi mazkur bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilarida belgilangan chora-tadbirlarni amalga oshirish bilan bogʻliq xarajatlarni 2022-yildan boshlab Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutishni taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Assotsiatsiya faoliyatining asosiy yoʻnalishlari etib quyidagilar belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
nodavlat notijorat tashkilotlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini davlat organlarida, sudlarda, xalqaro, xorijiy, shuningdek, boshqa tashkilotlarda ifoda etish hamda himoya qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
nodavlat notijorat tashkilotlarini Assotsiatsiyaga birlashtirish, ularning faoliyatini yoʻnaltirish, rivojlantirish, shuningdek, samaradorligi va sifatini oshirishga koʻmaklashish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
nodavlat notijorat tashkilotlari, tadbirkorlik subyektlari, xalqaro va xorijiy tuzilmalar hamda davlat organlari oʻrtasida oʻzaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirishda ishtirok etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
nodavlat notijorat tashkilotlari tashabbuslarini amalga oshirish uchun ularga qulay huquqiy, iqtisodiy va ijtimoiy sharoitlar yaratishga koʻmaklashish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mamlakatda demokratik jarayonlarni barqaror rivojlantirish va ilgari surishda aʼzolar hamda hamkorlarning saʼy-harakatlarini birlashtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
nodavlat notijorat tashkilotlarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga daxldor boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda ishtirok etish hamda sohani tartibga soluvchi qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
nodavlat notijorat tashkilotlari rahbarlari va xodimlarining tashkilotni samarali boshqarish, moliyaviy barqarorlikka erishish, ijtimoiy muhim loyihalarni ishlab chiqish, ijtimoiy sheriklik va taʼsirchan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish, volontyorlarni, xayriya va boshqa resurslarni jalb qilish, ijtimoiy menejment, ijtimoiy tadbirkorlik yoʻnalishlarida salohiyatini oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari uchun qoʻllanmalar, oʻquv dasturlari, kitoblar, mamlakatimizga mos nazariy yondashuvlarni ishlab chiqish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Belgilab qoʻyilsinki:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Assotsiatsiya rahbari bir vaqtning oʻzida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Jamoatchilik palatasi raisining, Assotsiatsiya hududiy boʻlinmalari rahbarlari esa — hududiy jamoatchilik palatalari raislarining nodavlat notijorat tashkilotlari masalalari boʻyicha jamoatchilik asosida faoliyat yuritadigan maslahatchilari hisoblanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar markazlari va Toshkent shahridagi “Nodavlat notijorat tashkilotlari uylari”ga ijtimoiy ahamiyatga ega boʻlgan sohalarda oʻz faoliyatini amalga oshirayotgan nodavlat notijorat tashkilotlarini joylashtirish Assotsiatsiyaning tavsiyanomasi asosida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Assotsiatsiyaga bir oy muddatda keng jamoatchilik takliflari asosida nodavlat notijorat tashkilotlarini “Nodavlat notijorat tashkilotlari uylari”ga joylashtirish uchun tavsiyanoma berish tartibini ishlab chiqish tavsiya etilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. “Yuksalish” umummilliy harakati, “Taraqqiyot strategiyasi” markazi va Assotsiatsiyaning xalqaro grant mablagʻlari hisobidan ilovaga muvofiq 2021-2022-yillarda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar markazlari va Toshkent shahrida fuqarolik jamiyati institutlari faollari oʻrtasida samarali hamkorlikni yoʻlga qoʻyish, yangi fuqarolik tashabbuslarini amalga oshirish, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalarini muhokama qilish, mavjud muammolarning yechimi yuzasidan takliflar tayyorlash hamda shaxsiy bilim va koʻnikmalarini oshirishga xizmat qiluvchi kovorking-markazlarini tashkil etish tashabbusi qoʻllab-quvvatlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari kovorking-markazlarini tashkil etish, shuningdek, ushbu tashabbusning samarali va toʻliq amalga oshirilishida har tomonlama koʻmaklashsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Belgilansinki:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
faoliyatini ustav maqsadlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasining barcha hududida olib boradigan hamda ikki yoki undan ortiq maʼmuriy-hududiy birlikda alohida boʻlinmalariga ega boʻlgan nodavlat notijorat tashkilotlari respublika nodavlat notijorat tashkilotlari etib eʼtirof etiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
faoliyatini ustav maqsadlariga muvofiq viloyat, tuman, shahar, shaharcha, qishloq va ovul hududida olib boradigan nodavlat notijorat tashkilotlari hududiy nodavlat notijorat tashkilotlari hisoblanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
hududiy nodavlat notijorat tashkilotlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi miqdorida davlat boji undiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Oʻzbekiston Respublikasi “Ijtimoiy sheriklik toʻgʻrisida”gi Qonunining 5-moddasida ijtimoiy sheriklikni amalga oshirish sohalari belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlik va idoralar belgilangan ijtimoiy sheriklik sohalaridan kelib chiqib, bir oy muddatda ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalarni amalga oshirish uchun nodavlat notijorat tashkilotlariga budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan beriladigan davlat ijtimoiy buyurtmalarining 2021 — 2023-yillarga moʻljallangan rejalarini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Adliya vazirligi (M. Ikramov) vazirlik va idoralarga davlat ijtimoiy buyurtmasini berish yuzasidan uslubiy hamda amaliy yordam koʻrsatib borsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Adliya vazirligi (R. Davletov) Oliy sud (K. Kamilov) va Bosh prokuratura (N. Yoʻldoshev) bilan birgalikda ikki hafta muddatda davlat organlari hamda ular mansabdor shaxslarining nodavlat notijorat tashkilotlarining qonuniy faoliyatiga aralashganlik uchun maʼmuriy javobgarlikni nazarda tutuvchi qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Assotsiatsiyaga “Yuksalish” umummilliy harakati bilan birgalikda davlat ijtimoiy buyurtmalari roʻyxati, uning ijrochilari, ijro holati va erishilgan natijalarni nazarda tutuvchi ijtimoiy sheriklik loyihalarining yagona bazasini yaratish, yuritish hamda rasmiy veb-saytlariga joylashtirish tavsiya etilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (A. Toshqulov) 2021/2022 oʻquv yilidan boshlab Assotsiatsiyaning buyurtmanomalariga koʻra respublikadagi oliy taʼlim muassasalari talabalari tegishli taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha ishlab chiqarish amaliyotidan oʻtishi uchun Assotsiatsiyaga muntazam yuborilishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Tashqi ishlar vazirligi (A. Kamilov) Assotsiatsiyaga turdosh xorijiy nodavlat notijorat tashkilotlari bilan yaqin hamkorlikni yoʻlga qoʻyishda, soha boʻyicha tajriba almashish uchun ularning malakali mutaxassislarini jalb etishda koʻmaklashsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bir oy muddatda tegishli moliya, bandlik va mehnat munosabatlari organlari bilan birgalikda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondlarining tuzilmalari va ularning xodimlari mehnatiga haq toʻlash razryadlarini tasdiqlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2021-yilda Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahri mahalliy budjetlaridan mazkur jamoat fondlarini saqlash xarajatlariga hamda ularning asosiy faoliyat yoʻnalishlarini amalga oshirishi uchun 1,1 milliard soʻmdan kam boʻlmagan mablagʻlarni yoʻnaltirsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Assotsiatsiyaning Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlardagi hududiy boʻlinmalariga tekin foydalanish huquqi asosida zarur shart-sharoitlar yaratilgan alohida xizmat xonalarini ajratsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Assotsiatsiya markaziy apparati va Toshkent shahar hududiy boʻlinmasi Toshkent shahar, Shayxontohur tumani, Furqat koʻchasi, 1A-uy manzilida tekin foydalanish huquqi asosida joylashtirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Adliya vazirligi manfaatdor idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil etishga masʼul va shaxsiy javobgar etib Bosh vazir oʻrinbosari B.A. Musayev, adliya vaziri R.Q. Davletov, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari belgilansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi R.S. Qosimov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi yuzasidan 2021-yil 1-iyul va 2022-yil 1-yanvargacha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga axborot berilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2021-yil 3-mart,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PQ-5012-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 3-martdagi PQ-5012-son qaroriga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2021-2022-yillarda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar markazlari va Toshkent shahrida kovorking-markazlarini tashkil etish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
rejasi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

T/r

Hududlar

Jami

Shu jumladan:

2021-yilda

2022-yilda

Jami:

15

1.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi

1

1

2.

Andijon viloyati

1

1

3.

Buxoro viloyati

1

1

4.

Jizzax viloyati

1

1

5.

Qashqadaryo viloyati

1

1

6.

Navoiy viloyati

1

1

7.

Namangan viloyati

1

1

8.

Samarqand viloyati

1

1

9.

Sirdaryo viloyati

1

1

10.

Surxondaryo viloyati

1

1

11.

Toshkent viloyati

1

1

12.

Fargʻona viloyati

2

2

13.

Xorazm viloyati

1

1

14.

Toshkent shahri

1

1

(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.03.2021-y., 07/21/5012/0176-son)