04.02.2021 yildagi PQ-4979-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarori

Toshkent shahrida “Yangihayot” industrial texnoparkini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent shahrining sanoat va eksport salohiyatini oshirish, yangi turdagi raqobatbardosh sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish, iqtisodiyot tarmoqlariga zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, shu asosda aholini yuqori daromadli ish joylari bilan taʼminlash maqsadida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Toshkent shahar hokimligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining Toshkent shahri, Yangihayot tumanida “Xoʻja Uchqun”, “Jaloyiq” va “Gulzor” mahallalari tutashgan hududdagi qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer maydonlari hisobidan 210 gektar yer uchastkasida “Yangihayot” industrial texnoparkini tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent shahar hokimligi (J.A. Artikxodjayev) Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi (F.K. Umarov) bilan birgalikda oʻn kun muddatda ushbu bandda nazarda tutilgan yer maydonlarini “Yangihayot” industrial texnoparkini tashkil etish uchun ajratsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. “Yangihayot” industrial texnoparkini tashkil etish boʻyicha tashkiliy komissiya (keyingi oʻrinlarda — Tashkiliy komissiya) ilovaga muvofiq tarkibda tuzilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tashkiliy komissiya (A.N. Aripov):
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) bir hafta muddatda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Yangihayot” industrial texnoparki tarkibiga kiritiladigan yer maydonlarining chegaralarini aniq belgilasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Yangihayot” industrial texnoparki direksiyasini tashkil etsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) ikki hafta muddatda “Yangihayot” industrial texnoparkining bosh rejasi loyihasi ishlab chiqilishi va belgilangan tartibda tasdiqlanishini taʼminlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) bir oy muddatda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Yangihayot” industrial texnoparkining tashqi muhandislik-kommunikatsiya va yoʻl-transport infratuzilmasini barpo etish dasturini tasdiqlash va uning amalga oshirilishini boshlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Yangihayot” industrial texnoparkini va uning faoliyatini zamonaviy boshqaruv tamoyillari asosida tashkil etishga koʻmaklashish uchun yetakchi xalqaro ekspertlar va xorijiy mutaxassislarni jalb qilish choralarini koʻrsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. “Yangihayot” industrial texnoparki, uning direksiyasi va ishtirokchilariga kichik sanoat zonalari uchun belgilangan quyidagi tartiblar tatbiq etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yer uchastkalarini ajratish, ular boʻyicha toʻlovlarni amalga oshirish va mablagʻlarni taqsimlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yer uchastkalariga ijara huquqini garovga qoʻyish.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 12-oktabrdagi PF-233-sonli Farmoniga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.10.2022-y., 06/22/233/0915-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Belgilansinki:
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Yangihayot” industrial texnoparkining bosh rejasi loyihasini ishlab chiqish hamda tashqi muhandislik-kommunikatsiya va yoʻl-transport infratuzilmasini barpo etish ishlari Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturida koʻzda tutilgan mablagʻlar, Toshkent shahri mahalliy budjetining qoʻshimcha manbalari, “Yangihayot” industrial texnoparki direksiyasi mablagʻlari va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 12-oktabrdagi PF-233-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.10.2022-y., 06/22/233/0915-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Yangihayot” industrial texnoparkining ichki muhandislik-kommunikatsiya va yoʻl-transport infratuzilmasini barpo etish ishlari “Yangihayot” industrial texnoparki direksiyasi va investorlar mablagʻlari, shuningdek, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
31. “Yangihayot” industrial texnoparki direksiyasiga texnopark bosh rejasini ishlab chiqish, infratuzilma obyektlarini loyihalash va qurish ishlarini amalga oshirish boʻyicha buyurtmachi funksiyasini bajarish yuklansin.
(31-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 12-oktabrdagi PF-233-sonli Farmoniga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.10.2022-y., 06/22/233/0915-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq “Yangihayot” industrial texnoparkini tashkil etish uchun yer maydonlari ajratilishi bilan bogʻliq qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarining oʻrnini qoplash boʻyicha kompensatsiya toʻlovlari besh yilgacha boʻlgan davrda boʻlib-boʻlib toʻlanishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Mazkur qaror ijrosini samarali tashkil etishga masʼul va shaxsiy javobgar etib Toshkent shahar hokimi J.A. Artikxodjayev va Toshkent shahar hokimining oʻrinbosari Sh.D. Raxmonov belgilansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qaror ijrosini har oyda muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga har oy yakuni boʻyicha axborot berib borilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2021-yil 4-fevral,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PQ-4979-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-fevraldagi PQ-4979-son qaroriga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Yangihayot” industrial texnoparkini tashkil etish boʻyicha tashkiliy komissiya
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
TARKIBI

A.N. Aripov

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri, Komissiya raisi

J.A. Artikxodjayev

Toshkent shahar hokimi, Komissiya raisining oʻrinbosari

J.A. Qoʻchqorov

Bosh vazir oʻrinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri

S.U. Umurzakov

Bosh vazir oʻrinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo vaziri

T.A. Ishmetov

moliya vaziri

B.I. Zokirov

qurilish vaziri

A.S. Sultanov

energetika vaziri

Sh.S. Xidoyatov

uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vaziri

I.R. Mahkamov

transport vaziri v.b.

Sh.M. Sodiqov

axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri

F.K. Umarov

Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi direktori

X.I. Inogamov

Yangihayot tumani hokimi

Sh.D. Raxmonov

Toshkent shahar hokimining oʻrinbosari, Komissiya kotibi

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Izoh. Komissiya aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimga yangidan tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklangan shaxslar kiritiladi.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.02.2021-y., 07/21/4979/0086-son; 13.10.2022-y., 06/22/233/0915-son)