08.05.2010 yildagi 59-II-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2009-yilda davlat boshqaruvi organlari, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat tuzilmalari tomonidan qonunlarning ijro etilishi holati toʻgʻrisidagi axboroti haqida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining birinchi oʻrinbosari A.A. Ahmedovning 2009-yilda davlat boshqaruvi organlari, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat tuzilmalari tomonidan qonunlarning ijro etilishi holati toʻgʻrisidagi axborotini tinglab va muhokama qilib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati shuni qayd etadiki, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan qonun ijodkorligi va huquqni qoʻllash amaliyoti sohasida yagona davlat siyosati yuritilishini taʼminlash borasida muayyan ishlar qilingan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Aholining huquqiy savodxonlik darajasini, shuningdek, davlat organlarining normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlashga masʼul boʻlgan yuridik xizmatlari xodimlarining kasbiy tayyorgarlik darajasini oshirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar roʻyobga chiqarilgan. Fuqarolarning huquqiy axborotdan keng foydalanishini, shu jumladan, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositalari yordamida foydalanishini taʼminlash uchun zarur sharoitlar yaratish choralari koʻrilmoqda. Huquqiy targʻibot boʻyicha 48 mingdan ziyod tadbir tashkil etilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hukumatning qonun loyihalariga doir ish rejalari bajarilishi monitoring qilib borilmoqda. Ushbu monitoring qonun loyihalarini ishlab chiqish, kelishib olish va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish ishlarining ahvolini baholashga qaratilgan. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 28-noyabrdagi “Iqtisodiyotning real sektori korxonalarini qoʻllab-quvvatlash, ularning barqaror ishlashini taʼminlash va eksport salohiyatini oshirish chora-tadbirlari dasturi toʻgʻrisida”gi PF-4058-sonli Farmonida koʻzda tutilgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va huquqiy ekspertizadan oʻtkazishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat organlarida qonun hujjatlarining turkumlashtirilgan hisobini yuritish qoidalariga, shuningdek, normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash, kelishib olish, huquqiy ekspertizadan va davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibiga amal qilinishi borasidagi ishlarning ahvoli muntazam tahlil qilib borilmoqda. Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning normativ-huquqiy hujjatlarini tayyorlash va qabul qilish qoidalari yangi tahrirda ishlab chiqilgan va tasdiqlangan boʻlib, bu qoidalar 2009-yil 1-iyundan kuchga kirgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mahalliy davlat hokimiyati organlarining normativ-huquqiy hujjatlari davlat hisobiga olinishini taʼminlash boʻyicha ishlar davom ettirilgan. Chunonchi, oʻtgan davrda mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan 2001 — 2009-yillar mobaynida qabul qilingan 3 468 ta normativ-huquqiy hujjat aniqlangan va davlat hisobiga olingan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2009-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasining faoliyati, shuningdek, jinoyat ishlari boʻyicha sudlarning maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrish borasidagi faoliyati oʻrganib chiqilgan. Monitoring natijalari shuni koʻrsatdiki, mamlakatda bozor prinsiplariga javob beradigan soliq tizimi shakllantirilgan, soliqlarni boshqarishning zamonaviy usul va mexanizmlari joriy qilingan, yerlardan oqilona foydalanilishini va ular muhofaza qilinishini taʼminlash borasida ancha ish olib borilmoqda. Sud-huquq sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar mustaqil sud hokimiyatini shakllantirish, odil sudlov sifatini oshirish, shuningdek, fuqarolarning buzilgan huquq va erkinliklari qayta tiklanishini taʼminlashga, huquqbuzarliklar sodir etilishining sabablarini bartaraf qilishga yordam bermoqda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shu bilan birga huquqni qoʻllash amaliyotining Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan oʻtkazilgan monitoringi jarayonida davlat organlari faoliyatidagi ayrim kamchilik va nuqsonlar aniqlangan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar tomonidan normativ-huquqiy hujjatlarni Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida huquqiy ekspertizadan va davlat roʻyxatidan oʻtkazmasdan qabul qilish hollari davom etmoqda. Chunonchi, oʻtgan yilda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi taqdimnomasiga binoan vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning 23 ta noqonuniy normativ-huquqiy hujjati bekor qilingan va ijrodan chaqirib olingan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mahalliy davlat hokimiyati organlari oʻz normativ-huquqiy hujjatlarining loyihalarini hududiy adliya organlariga huquqiy ekspertizaga taqdim etishni taʼminlash masalasiga yetarli eʼtibor bermayotirlar. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining hududiy adliya organlarida huquqiy ekspertizadan oʻtkazilgan normativ-huquqiy hujjatlari soni hamon juda kamligicha qolmoqda. Buning oqibatida mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan qonun hujjatlariga zid qarorlar qabul qilinishiga yoki oʻz kuchini yoʻqotgan normativ-huquqiy hujjatlar asosida yoxud oʻz vakolatlaridan chetga chiqqan holda qarorlar qabul qilinishiga yoʻl qoʻyilmoqda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining normativ-huquqiy hujjatlarni rasmiy nashrlarda eʼlon qilishga doir qismi talablarini bajarmaslik ham mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatida saqlanib qolayotgan jiddiy muammolar jumlasidan boʻlib, bu talablarni bajarish normativ-huquqiy hujjatlar kuchga kirishining majburiy shartidir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qayd etib oʻtilgan kamchiliklar huquqiy tartibga solishning yaxlitligi va tizimliligini taʼminlashda muayyan muammolarni keltirib chiqarmoqda, qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlar sifatiga, joylarda qonuniylikni mustahkamlashga salbiy taʼsir koʻrsatmoqda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan oʻtkazilgan monitoring natijasida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi faoliyatini yanada takomillashtirish zarurligi aniqlandi. Xususan, tadbirkorlik subyektlarini tekshirish boʻyicha yillik reja-jadvallarini tuzish amaliyoti tegishli darajada yoʻlga qoʻyilmagan. Nazorat qiluvchi organlar 114 ta tadbirkorlik subyekti faoliyatini tekshirish zarurligi haqida taklif bermagan boʻlsa-da, bu subyektlar mazkur reja-jadvallarga kiritish holatlari aniqlangan. Shu bilan bir qatorda, soliq tekshiruvlariga oid materiallarni koʻrib chiqishda yagona yondashuv va amaliyot shakllanmagan, tadbirkorlik subyektlariga moliyaviy sanksiyalar qoʻllash amaliyoti qonun hujjatlari talablariga javob bermaydi, ularni sud tomonidan qoʻllash tartibi buzilmoqda. Amaliyotda ayrim soliq inspeksiyalari tegishli ishlar belgilangan tartibda koʻrib chiqilishidan va qaror qabul qilinishidan oldin jarima undirayotgan hollar mavjud. Bundan tashqari, tekshiruvlarni kamaytirish boʻyicha choralar koʻrilayotgan bir sharoitda ayrim mintaqalarda qisqa muddatli tekshiruvlar soni keskin koʻpaygan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasining faoliyati yanada takomillashtirishga muhtoj. Chunonchi, yerdan oqilona foydalanish va uni muhofaza qilishni iqtisodiy ragʻbatlantirishga hamda qishloq xoʻjaligi tovarlarini ishlab chiqaruvchilarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan islohotlarni amalga oshirishga doir normativ-huquqiy hujjatlarni ijro etishda qator kamchiliklar koʻzga tashlanmoqda. Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi tomonidan qabul qilingan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni yer toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga kiritilgan oʻzgartish va qoʻshimchalarni inobatga olgan holda tubdan qayta koʻrib chiqish talab etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarining bajarilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish sohasidagi ishlar yetarli darajada tashkil etilmagan. Xususan, yer toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzishda aybdor boʻlganlarni maʼmuriy javobgarlikka tortish bilan cheklanilib, yetkazilgan zarar miqdorini aniqlash va uning oʻrnini qoplash boʻyicha choralar koʻrish masalalari eʼtiborsiz qoldirilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jinoyat ishlari boʻyicha sudlarning maʼmuriy huquqbuzarliklarga doir ishlarni koʻrish sohasidagi faoliyati, xususan, huquqni qoʻllash amaliyotini, maʼmuriy huquqbuzarliklarni keltirib chiqarayotgan sabablar va sharoitlarni umumlashtirish hamda tahlil qilish yanada takomillashtirishga muhtoj. Qonun hujjatlarida mavjud boʻlgan ayrim xato va kamchiliklar maʼmuriy huquqbuzarliklar haqidagi ishlarni koʻrib chiqishda huquqni har xil qoʻllash amaliyoti shakllanishiga olib kelgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yuqorida bayon qilinganlardan kelib chiqib va davlat boshqaruvi organlari, huquqni muhofaza qiluvchi hamda nazorat tuzilmalarining qonun ijodkorligi va huquqni qoʻllash faoliyatini takomillashtirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining birinchi oʻrinbosari A.A. Ahmedovning 2009-yilda davlat boshqaruvi organlari, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat tuzilmalari tomonidan qonunlarning ijro etilishi holati toʻgʻrisidagi axboroti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralardagi idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqishga masʼul boʻlgan xodimlarning huquqiy savodxonligini yanada oshirishga qaratilgan tadbirlar dasturini ishlab chiqish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qaror loyihalarini huquqiy ekspertizadan oʻtkazish borasida mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlar tartib-taomilini belgilab beradigan, huquqiy ekspertizani toʻsiqlarsiz amalga oshirish uchun real shart-sharoitlar yaratadigan Mahalliy davlat hokimiyati organlari qarorlarining loyihalarini huquqiy ekspertizadan oʻtkazish tartibini ishlab chiqish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning qonun ijodkorligi faoliyatini yanada takomillashtirish hamda ular tomonidan qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga mos boʻlishini taʼminlash yuzasidan chora-tadbirlar koʻrish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sud-huquq islohotini chuqurlashtirish va kuchli fuqarolik jamiyatini qurishga qaratilgan choralarning samaradorligini yanada oshirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi Kodeksining (yangi tahrirda) hamda tegishli davlat organlari tomonidan maʼmuriy ishlarni koʻrib chiqishning protsessual mexanizmini ochib beradigan Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy-protsessual kodeksining loyihalarini tayyorlash zarurligi masalasini koʻrib chiqish tavsiya etilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudiga Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining birinchi oʻrinbosari A.A. Ahmedovning 2009-yilda davlat boshqaruvi organlari, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat tuzilmalari tomonidan qonunlarning ijro etilishi holati toʻgʻrisidagi axborotini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Rayosatining yigʻilishida muhokama qilish, maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish boʻyicha sud amaliyotini umumlashtirishga yoʻnaltirilgan choralarni koʻrish va zarur boʻlsa, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining maʼmuriy ishlarni koʻrish boʻyicha sud amaliyotini tushuntirish yuzasidan tegishli qarorini qabul qilish tavsiya etilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Oʻzbekiston Respublikasining Davlat soliq qoʻmitasi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tadbirkorlik subyektlarini huquqiy himoya qilish boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar talablari ogʻishmay bajarilishini taʼminlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qayd etib oʻtilgan kamchiliklarni bartaraf etish va kelgusida ularga yoʻl qoʻymaslik yuzasidan amaliy choralar koʻrsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
huquqni qoʻllash amaliyotini tizimli asosda tahlil qilsin va umumlashtirsin, xodimlarning kasbiy tayyorgarligini oshirsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yer fondidan foydalanish va uni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini kuchaytirsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
koʻrsatilgan huquqbuzarliklar yuzaga kelishiga yoʻl ochib berayotgan sabablar va sharoitlarni bartaraf etish yuzasidan choralar koʻrsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
er bilan bogʻliq huquqiy munosabatlarni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya etilishini taʼminlashga alohida eʼtibor qaratsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
huquqiy ekspertiza oʻtkazish uchun kiritilayotgan qonun loyihalarini koʻrib chiqish, shuningdek qonun loyihalarini ishlab chiqish chogʻida ularning avval qabul qilingan hujjatlardan farqlanishiga, ularni takrorlashiga yoʻl qoʻymaslikka, ulardagi havolaki normalarni kamaytirishga va ularni amalga oshirishning protsessual mexanizmlari aniq bayon etilishiga alohida eʼtiborni qaratsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar tomonidan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish, davlat roʻyxatidan oʻtkazish va kuchga kiritish yuzasidan belgilangan tartibga rioya qilinishi ustidan taʼsirchan nazoratni taʼminlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mahalliy davlat hokimiyati organlarining normativ xususiyatga ega boʻlgan va huquqiy ekspertizadan oʻtkazilishi shart boʻlgan qarorlarni qabul qilish amaliyotini umumlashtirish boʻyicha ishlarni rejali asosda davom ettirsin, shuningdek bu sohadagi mavjud kamchiliklarni oʻz vaqtida aniqlash va ularni bartaraf etish uchun tegishli choralar koʻrsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, hokimlar va boshqa mansabdor shaxslar tomonidan “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar oʻzlari tomonidan qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mahalliy davlat hokimiyati organlari oʻzlari tomonidan qabul qilinayotgan normativ xususiyatga ega boʻlgan qarorlarning loyihalarini huquqiy ekspertizadan oʻtkazish uchun viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalariga taqdim qilish haqidagi normalari talablari ijro etilishi ustidan nazoratni kuchaytirsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mazkur Qonunning talablariga rioya qilmaslik holatlari aniqlangan taqdirda oʻz vaqtida prokuror nazorati choralarini koʻrsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(8 va 9-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024-yil 28-martdagi KQ-704-IV-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi (S.B. Artikova) ushbu Qarorning ijrosi haqidagi axborotni umumlashtirsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Ushbu Qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining oʻrinbosari M.A. Radjabova zimmasiga yuklatilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi I. SOBIROV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2010-yil 8-may,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
59-II-son