Hujjat kuchini yo‘qotgan 06.04.2001 18.05.1993 yildagi 233-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 06.04.2001
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MEHNAT VAZIRLIGI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh TO‘G‘RISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 6-apreldagi 162-son “O‘zbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi hamda tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi to‘g‘risidagi ilova qilinayotgan Nizom tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. MUTALOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1993-yil 18-may,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
233-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Vazirlar Mahkamasining

1993-yil 18-maydagi 233-son qarori bilan
TASDIQLANGAN

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi to‘g‘risida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi tarmoqlararo respublika davlat boshqaruv organi bo‘lib, o‘z faoliyatini amalga oshirishda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga bo‘ysunadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi demografik jarayonlarni hisobga olgan holda aholini ish bilan ta’minlash, mehnatdan foydalanish, aholini ijtimoiy himoya qilish va mehnatga haq to‘lash tartibini, mehnat sharoitlari va normativlarini, ijtimoiy mehnat munosabatlari masalalari bo‘yicha xalqaro shartnomalar bajarilishini takomillashtirish sohasida davlat siyosatini amalga oshirishni ta’minlash bo‘yicha bosh boshqaruv organi hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Mehnat vazirligi o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlari va boshqa hujjatlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, boshqa me’yoriy hujjatlarga va ushbu Nizomga amal qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Mehnat vazirligining asosiy vazifalari va faoliyati yo‘nalishlari quyidagilar hisoblanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
migratsiya jarayonlarini tartibga solish, demografik vaziyatni o‘rganish va uni yaxshilashga qaratilgan takliflarni tayyorlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ish bilan band bo‘lmagan aholini hisobga olish va ishsizlar sonini aniqlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mehnat bozori konyunkturasini tahlil etish va istiqbolini belgilash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ishsizlar va umuman ish bilan band bo‘lmagan aholini kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va ishga joylashtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Ish bilan ta’minlash” dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ish bilan ta’minlashga ko‘maklashish Jamg‘armasi mablag‘larini hosil qilish va undan samarali foydalanish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jamoat ishlarini tashkil etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xalqaro mehnat tashkiloti, ishchi kuchidan foydalanish bo‘yicha boshqa davlatlarning mehnat tashkilotlari bilan aloqa o‘rnatish va uni rivojlantirish, chet el mehnat bozori konyunkturasini o‘rganish, ish kuchini eksport qilish tartibini ishlab chiqish va uni tashkil etish, tuzilgan shartnomalar va bitimlarga muvofiq xorijiy mamlakatlarga ishga ketayotgan respublika fuqarolarining huquq va manfaatlari himoya qilinishini ta’minlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
aholini ijtimoiy himoya qilishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish va ularning ro‘yobga chiqarilishini nazorat qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
muhtojlarga ko‘rsatilayotgan yordamning maqsadli yo‘nalishini ularning haqiqiy daromadlarini hisobga olgan holda kuchaytirish haqidagi takliflarni ishlab chiqish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mehnatga haq to‘lash sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
eng kam ish haqi, nafaqa, stipendiya belgilash to‘g‘risida takliflar tayyorlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ishsizlar va ularning oila a’zolarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashni amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tuzilgan shartnomalar va bitimlarga muvofiq xorijiy mamlakatlarga ishga ketayotgan fuqarolarga beriladigan kafolatlar va ish haqi shartlarini belgilash bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslar uchun band qilib qo‘yiladigan (eng kam miqdordagi) ish o‘rinlarini tashkil qilish va bu ish o‘rinlarining butlanishini nazorat qilishni ta’minlash;
(4-bandning o‘n oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 23-iyuldagi 310-son qarori tahririda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
aholini ijtimoiy himoya qilish tizimi samaradorligini tahlil qilish va uni takomillashtirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish uchun sotsiologik tadqiqotlar o‘tkazish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mehnatga ishtiyoq uyg‘otish va uni rag‘batlantirishni kuchaytirish chora-tadbirlarini, me’yorlar, normativlar, taklif stavkalari va maoshlarni ishlab chiqish va joriy etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
me’yoriy-huquqiy hujjatlarni va tartiblarni ishlab chiqish, mehnat sharoitlarini davlat ekspertizasidan o‘tkazishni amalga oshirish, mehnat to‘g‘risidagi qonunlarni bajarilishini nazorat qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
noqulay mehnat sharoitlarida ishlaganlik uchun beriladigan imtiyozlar va kompensatsiyalar tizimini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Mehnat vazirligi o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifalarga muvofiq:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
migratsiya jarayonlarini tartibga solib boradi va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining aholi migratsiyasi to‘g‘risidagi qarorlari bajarilishini nazorat qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
demografik jarayonlarni hisobga olgan holda mehnatdan foydalanish va ish bilan ta’minlash sohasida davlat siyosati amalga oshirilishini ta’minlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
respublikadagi va mintaqalardagi mehnatga yaroqli aholi soni va tarkibini o‘rganadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mehnat resurslari mavjudligidan kelib chiqqan holda yangi korxonalarni joylashtirish va ishlab turgan korxonalarni kengaytirish haqida xulosalar ishlab chiqadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mehnat bozorini aniqlaydi, tahlil qiladi va istiqbolini belgilaydi hamda aholining ish bilan bandligini oshirish to‘g‘risida takliflar tayyorlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
aholining ish bilan bandligi, ishga joylashtirish, bo‘sh ish joylari to‘g‘risida ma’lumotlar bankini tayyorlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mehnat resurslari va bo‘sh joylar balansini tayyorlashda ishtirok etadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
hokimliklar va mahalliy mehnat idoralariga jamoat ishlarini tashkil etish yuzasidan uslubiy va amaliy yordam ko‘rsatadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Ish bilan ta’minlash” viloyat, shahar, tuman dasturlarini ishlab chiqishda uslubiy amaliy yordam ko‘rsatadi va ularning bajarilishini ustidan nazoratni amalga oshiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qishloq aholisining ish bilan ta’minlaganligini oshirish uchun ayniqsa qishloqda, dehqon (fermer) xo‘jaliklari, shaxsiy yordamchi xo‘jaliklar, tadbirkorlikning tashkil topishiga va rivojlanishiga ko‘maklashadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ishchi kuchini chetdan olib kelish va eksport qilish bo‘yicha qonunchilik aktlari loyihalarini, chet elga ishga ketayotgan respublika fuqarolarining huquq va manfaatlarini ta’minlash tartibini ishlab chiqadi, xorijiy ishga oluvchilarni izlaydi va ular bilan hamkorlik qilish to‘g‘risida bitimlar tuzadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga mamlakat tashqarisida va xorijiy fuqarolarga O‘zbekiston Respublikasi mehnat faoliyatiga ruxsatnomalarni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda beradi;
(5-bandning o‘n uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 23-iyuldagi 310-son qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-bandning o‘n to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 23-iyuldagi 310-son qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ishsizlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, yangi ish o‘rinlari tashkil etish, ish bilan band bo‘lmagan aholini va ishdan bo‘shab qolayotganlarni hamda boshqalarni kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash uchun ish bilan ta’minlashga ko‘maklashish Jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanish yo‘nalishlarini belgilab beradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ishdan bo‘shab qolayotgan mutaxassislar, ishchilar va ish bilan band bo‘lmagan aholini kasbga yo‘naltirish, tayyorlash, yangi ixtisosga o‘rgatish, qayta o‘qitishni muvofiqlashtiradi va unga tashkiliy-uslubiy rahbarlik qiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ishdan bo‘shab qolayotgan xodimlar va ish bilan band bo‘lmagan aholining kasb tayyorgarligini, malakasini oshirishni va qayta o‘qitishni tashkil etadi, ish bilan band bo‘lmagan aholini kasbga o‘qitish uchun zarur huquqiy va normativ negizni barpo qiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ishdan bo‘shab qolayotgan xodimlarni va ish bilan band bo‘lmagan aholini kasbga tayyorlash, malakasini oshirish va qayta tayyorlash masalalari bo‘yicha hududlararo hamkorlik qilishga ko‘maklashadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining uslubiy bo‘linmalari, “Kasb” uyushmasi bilan hamkorlikda o‘quv rejalari va dasturlari, qo‘llanmalar tayyorlanishini tashkil etadi, ish bilan band bo‘lmagan aholini kasbga tayyorlash masalalari bilan shug‘ullanuvchi mehnat organlarining tegishli bo‘limlariga uslubiy yordam ko‘rsatadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“O‘zistiqbolstat” davlat qo‘mitasi tomonidan yoshlarni ishga joylashtirish balansi tuzilishida ishtirok etadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
aholi turli toifalarining ish bilan bandligini yaxshilash maqsadida “O‘zistiqbolstat” davlat qo‘mitasi bilan birgalikda demografik vaziyati oila va oilaviy munosabatlar tarkibining holati va rivojlanishni o‘rganadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mehnat, ish bilan ta’minlash, aholini ijtimoiy himoya qilish masalalari bo‘yicha davlatlararo bitimlar loyihalarini ishlab chiqadi, bu tadbirlarning respublika hududida amalga oshirilishini ta’minlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ko‘rsatilayotgan ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashning, ayniqsa aholining kam ta’minlangan tabaqalariga, boshqa yaxshi himoya qilinmagan guruhlarga ko‘rsatilayotgan yordamning aniqligini kuchaytirishga qaratilgan kuchli ijtimoiy siyosatni amalga oshirish tizimini tashkil etish haqidagi takliflarni tayyorlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat ijtimoiy siyosatini ro‘yobga chiqarish va ijtimoiy himoya qilish tizimining mavjud bo‘lishi bo‘yicha qonunchilik aktlari loyihalarini tayyorlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
muhim ijtimoiy me’yorlar va normativlar ro‘yxatini belgilaydi hamda ularning ishlab chiqilishni muvofiqlashtiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
iqtisodiyot tarmoqlari xodimlarini va ayrim hududlar aholisini ijtimoiy himoya qilishning maqsadli dasturlarini tayyorlashda vazirliklar, idoralar, konsernlar, uyushmalarga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga uslubiy va amaliy yordam ko‘rsatadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ijtimoiy himoyaning amaldagi tizimini takomillashtirish maqsadida aholining turli tabaqalari va guruhlari o‘rtasida sotsiologik tadqiqotlar olib boradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ishsizlarni va ularning oila a’zolarini ijtimoiy qo‘llab quvvatlashni amalga oshirish tartibini belgilaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslar uchun band qilib qo‘yiladigan ish o‘rinlarini barpo etish tartibi va shartlarini belgilaydi va bu o‘rinlarning butlanishini nazorat qilishni ta’minlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tuzilgan shartnomalar va bitimlarga muvofiq xorijiy mamlakatlarga ishga ketayotganlarga beriladigan ijtimoiy kafolatlar to‘g‘risidagi takliflarni ishlab chiqadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat mulkini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonida ishdan bo‘shab qolayotgan xodimlarni ijtimoiy himoya qilish tartibini ishlab chiqadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
fermer va dehqon xo‘jaliklarida ish bilan band bo‘lganlarga va tadbirkorlarga beriladigan ijtimoiy kafolatlar va ijtimoiy himoya qilish chora-tadbirlari tizimini yaratish to‘g‘risida takliflar tayyorlaydi va Hukumat kiritadi;
(5-bandning o‘ttiz ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 30-avgustdagi 202-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 1999-y., 4-son, 22-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“O‘zistiqbolstat” davlat qo‘mitasi, Davlat soliq bosh boshqarmasi bilan birgalikda aholi daromadlarini davlat yo‘li bilan tartibga solish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida takliflar tayyorlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“O‘zistiqbolstat” davlat qo‘mitasi, Moliya vazirligi bilan birgalikda, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi ishtirokida eng kam ish haqi, pensiyalar, nafaqalar, stipendiyalarni narxlarning o‘zgarishiga qarab belgilash to‘g‘risidagi takliflarni tayyorlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mehnatga qiziqishni kuchaytirish va undan foydalanishni yaxshilash bo‘yicha takliflarni ishlab chiqadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
vazirliklar, idoralar, konsernlar, uyushmalar, birlashmalar va korxonalarning mehnatni normalashtirish bo‘yicha ishini muvofiqlashtiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mehnatga haq to‘lashni, yagona tarif setkasini, ish haqini rayonlar bo‘yicha tartibga solishni takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ishchi kasblari hamda mutaxassislar va xizmatchilar tarif-malaka tavsiflari ishlab chiqilishini tashkil etadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
iqtisodiyot tarmoqlarida mehnat munosabatlarini takomillashtirish haqida takliflar tayyorlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi bilan birgalikda kollektiv shartnomalar, tarif bitimlari tuzish tartibini belgilaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mehnat shart-sharoitlariga baho berish uchun me’yoriy-huquqiy negizni ishlab chiqadi, ishchi o‘rinlarini attestatsiyadan o‘tkazishning sifatiga uslubiy yordam ko‘rsatadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
korxonalardagi mehnat shart-sharoitlarini, noqulay mehnat sharoitlarida ishlaganlik uchun imtiyozlar va kompensatsiyalar berilishini nazorat qiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mulkchilik va xo‘jalik yuritish shaklidan qat’iy nazar, korxonalardagi mehnat sharoitlarini ekspertizadan o‘tkazadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
korxonalarning imtiyozli pensiya ta’minoti, qo‘shimcha ta’til beriladigan, qisqartirilgan ish kunini ishlab chiqarishlar, ishlar va kasblar, lavozimlar va ko‘rsatkichlar Ro‘yxatiga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risidagi takliflari bo‘yicha xulosa tayyorlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
noqulay mehnat sharoitida ishlaganlik uchun beriladigan imtiyozlar va kompensatsiyalarning amaldagi Ro‘yxatiga o‘zgartirish kiritish uchun Vazirlar Mahkamasiga takliflar tayyorlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
boshqa iqtisodiy organlar va O‘zbekiston Respublikasi Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi bilan birgalikda mehnat huquqlari, aholini ish bilan ta’minlash va ijtimoiy himoya qilish sohasida qonunchilik aktlari va me’yoriy-uslubiy hujjatlar loyihalarini tayyorlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risida”gi Qonunga, mehnat va aholini ijtimoiy himoya qilish bo‘yicha boshqa qonunchilik va me’yoriy aktlarga rioya qilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
iqtisodiy organlar, vazirliklar, idoralar, konsernlar, uyushmalar, davlat hokimiyati organlarining mehnat, uning shart-sharoitlari va unga haq to‘lash, aholini ish bilan ta’minlash va ijtimoiy himoya qilish masalalari bo‘yicha ilmiy-tadqiqotlari va faoliyatini muvofiqlashtiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Mehnat vazirligiga quyidagi huquqlar beriladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mehnat vazirligining faoliyatini muvofiqlashtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mehnat, aholini ish bilan ta’minlash va ijtimoiy himoya qilish masalalari bo‘yicha qarorlar qabul qilish xamda yo‘riqnomalar va hisobot shakllarini tasdiqlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mulkchilik shaklidan qat’iy nazar, vazirliklar, idoralar, konsernlar, uyushmalar, korxonalar va tashkilotlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining mehnat, uning shart-sharoitlari va unga haq to‘lash, aholini ish bilan ta’minlash va ijtimoiy himoya qilish masalalari bo‘yicha qarorlari bajarilishini nazorat qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
vazirliklar, idoralar, konsernlar, uyushmalar, korxonalar va tashkilotlarning mehnat to‘g‘risidagi, unga haq to‘lash, aholini ijtimoiy himoya qilish haqidagi qonunlarga zid bo‘lgan buyruqlari va yo‘riqnomalarining amal qilishini to‘xtatib qo‘yish, zarur hollarda esa ularni bekor qilish to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
hay’at majlislarida Vazirlik vakolatga kiruvchi masalalar bo‘yicha vazirliklar, idoralar, konsernlar, uyushmalar, korxonalar va tashkilotlar rahbarlarining hisobotlarini eshitish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
o‘z vakolati doirasida idoraviy va uslubiy hujjatlarni tasdiqlash, noshirlik faoliyatini amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda va xalqaro huquqiy me’yorlarga muvofiq ish kuchidan foydalanish va aholini ijtimoiy himoya qilish masalalari bo‘yicha boshqa davlatlarning mehnat bo‘yicha organlari bilan hamkorlik qilish to‘g‘risida shartnomalar tuzish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mehnat vazirligi vakolatiga kiruvchi mehnat, aholini ish bilan ta’minlash va ijtimoiy himoya qilish muammolari bo‘yicha ishlarni amalga oshirishga vazirliklar, idoralarning mutaxassislarini, shuningdek, ular bilan kelishgan holda birlashmalar, korxonalar, tashkilotlar, muassasalar, oliy o‘quv yurtlari, ilmiy-tadqiqot institutlarining mutaxassislarini belgilangan tartibda jalb etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Istiqbolni belgilash va statistika davlat qo‘mitasidan mehnat, unga haq to‘lash va ijtimoiy rivojlanish, aholining tabiiy harakati va migratsiyasi hamda boshqa masalalar bo‘yicha statistik ma’lumotlarni, vazirliklar, idoralar, konsernlar, uyushmalar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlardan esa — Vazirlik vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha zarur materiallarni olish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
iqtisodiyot tarmoqlarida mehnat shart-sharoitlari uchun beriladigan Imtiyozlar va kompensatsiyalar to‘g‘ri qo‘llanilishi, xotin-qizlar va o‘smirlar mehnatidan foydalanish ustidan nazoratni amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
belgilangan tartibda konferensiyalar, seminarlar, shu jumladan, xalqaro kengashlar chaqirish, mehnat va unga haq to‘lash, aholini ish bilan ta’minlash va ijtimoiy himoya qilish sohasidagi ilg‘or tajribani ayirboshlash maqsadida mehnat yarmarkalari o‘tkazish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kasaba uyushmalari va ish beruvchilar bilan mehnat munosabatlari to‘g‘risidagi uch tomonlama bitimlarda davlat manfaatlarini ifodalash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
soliq solish, iste’mol fondini hosil qiluvchi mablag‘lar tizimini takomillashtirishda qatnashish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Vazirlikning mansabdor shaxslari o‘z xizmat burchlarini bajarish uchun belgilangan tartibda vazirliklar, idoralar, konsernlar, uyushmalar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlarga borish, hisobotlar bilan va Vazirlik vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha statistika materiallari va boshqa materiallar bilan tanishish huquqiga ega bo‘ladilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Mehnat vazirligi amaldagi qonun hujjatlari doirasida bozor munosabatlariga o‘tish sharoitida mehnatdan foydalanishni, aholini ish bilan ta’minlash va ijtimoiy himoya qilishni ta’minlash bo‘yicha barcha zarur chora-tadbirlarni ko‘rish huquqiga egadir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Mehnat vazirligining o‘z vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari vazirliklar, idoralar, konsernlar, uyushmalar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mahalliy boshqaruv organlari tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi. Zarur hollarda ular bilan qo‘shma qarorlar qabul qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan, keyinchalik O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tasdiqlaydigan Vazir boshchilik qiladi. Vazirning O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan o‘rinbosarlari bo‘ladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Vazirlikda Vazir (hay’at raisi), lavozimlariga ko‘ra Vazirning o‘rinbosarlaridan iborat tarkibda hay’at tashkil etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mehnat vaziri, O‘zbekiston mehnat va aholini ish bilan ta’minlash va ijtimoiy himoya qilish muammolarini o‘rganish respublika markazining direktori hay’at tarkibiga kiradilar. Hay’atning shaxsiy tarkibi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hay’at o‘z majlislarida mehnatdan foydalanish va ish bilan ta’minlash, aholini ijtimoiy himoya qilish va mehnatga haq to‘lash, mehnat shart-sharoitlari va normativlari tartibini takomillashtirish muammolarini, ijtimoiy-mehnat munosabatlari bo‘yicha xalqaro shartnomalarni bajarish, apparat ishini tashkil etish darajasini oshirish masalalari va boshqalarni ko‘rib chiqadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hay’atning qarorlari va boshqa hujjatlari Mehnat vazirining buyruqlari bilan hayotga joriy etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Vazirlik O‘zbekiston mehnat, aholini ish bilan ta’minlash va ijtimoiy himoya qilish muammolarini o‘rganish respublika markazi, Mehnat shart-sharoitlari davlat ekspertizasi respublika markaziy laboratoriya faoliyatiga rahbarlik qiladi, xo‘jalik hisobi prinsiplari asosida “Mehnat” gazetasini nashr etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlikka qarashli tashkilotlarning rahbarlari O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadilar va lavozimdan ozod qilinadilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Mehnat vazirligi markaziy apparatining tuzilmasi va xodimlari soni Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. Mehnat vaziri xodimlarning belgilangan soni va mehnatga haq to‘lash fondi doirasida Vazirlik markazi apparatining tasdiqlangan tuzilmasiga o‘zgartirishlar kiritish huquqiga ega bo‘ladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlik markaziy apparati boshqarmalari va bo‘limlarining hamda vazirlikka qarashli tashkilotlarning shtat jadvali va ular to‘g‘risidagi nizom Mehnat vaziri tomonidan tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Mehnat vazirligi yuridik shaxs hisoblanadi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan hamda o‘z nomi yozilgan muhrga ega bo‘ldi. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining tegishli bo‘linmasida budjet, balans (budjetdan tashqari) va hisob-kitob schyotlariga ega bo‘ladi.