Hujjat kuchini yo‘qotgan 14.10.2013 17.05.1993 yildagi 227-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 14.10.2013
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasida Davlat yongʻin nazorati toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 4-oktabrdagi 272-sonli “Davlat yongʻin nazorati toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasida davlat yongʻin nazorati toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlansin (ilova qilinmoqda).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1993-yil 17-may,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
227-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining
1993-yil 17-maydagi
227-son qarori bilan
TASDIQLANGAN
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasida davlat yongʻin nazorati toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
I. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasida davlat yongʻin nazorati yongʻin chiqishi mumkin boʻlgan nuqsonlarni oʻz vaqtida aniqlash va yongʻinga qarshi ahvolni yaxshilash boʻyicha asosli tavsiyalar berish hamda respublikada shaharlar, aholi punktlari va xalq xoʻjaligi obyektlarining yongʻin xavfsizligini zarur darajada saqlash maqsadida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Oʻzbekiston Respublikasida davlat yongʻin nazoratini amalga oshiruvchi organlar Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tizimiga kiradilar hamda Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga amal qiladilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Quyidagilar Oʻzbekiston Respublikasida davlat yongʻin nazorati organlari hisoblanadilar: Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Yongʻindan muhofaza qilish boshqarmasi; Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar ichki ishlar boshqarmalarining yongʻindan muhofaza qilish boshqarmalari va boʻlimlari; shaharlar, tumanlar va shaharlardagi tumanlar ichki ishlar boʻlimlarining davlat yongʻin nazorati boʻlimlari, inspeksiyalari, inspektorlari, Oʻzbekiston Respublikasi IIV axloq tuzatish ishlari boshqarmasi, transport ichki ishlar boshqarmalari, boʻlimlari, ichki ishlarning transport yoʻlida ishlovchi boʻlimlari; Ichki ishlar vazirligining shaharlarni, aholi punktlarini va xalq xoʻjaligi obyektlarini muhofaza qilish boʻyicha harbiylashtirilgan va professional yongʻindan muhofaza qilish otryadlari va qismlari; Oʻzbekiston Respublikasi IIV yongʻindan muhofaza qilish boshqarmasiga bevosita boʻysunuvchi yongʻindan muhofaza qilish boʻlimlari.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi IIV yongʻindan muhofaza qilish boshqarmasining boshligʻi lavozimiga koʻra bir vaqtning oʻzida Oʻzbekiston Respublikasining yongʻin nazorati boʻyicha Bosh davlat inspektori hisoblanadi, uning oʻrinbosarlari esa — Oʻzbekiston Respublikasining yongʻin nazorati boʻyicha Bosh davlat inspektorining oʻrinbosarlari hisoblanadilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi IIV yongʻindan muhofaza qilish boshqarmasi boʻlimlarining boshliqlari va ularning oʻrinbosarlari Oʻzbekiston Respublikasining yongʻin nazorati boʻyicha Bosh davlat inspektorining katta yordamchilari hisoblanadilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi IIV yongʻindan muhofaza qilish boshqarmasi tarkibiy boʻlinmalarining bosh mutaxassislari, bosh muhandislari, muhandislari, katta inspektorlari, inspektorlari va xodimlari Oʻzbekiston Respublikasining yongʻin nazorati boʻyicha Bosh davlat inspektorining yordamchilari hisoblanadilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoraqalpogʻiston Respublikasi IIV, viloyatlar va Toshkent shahar ichki ishlar boshqarmalari yongʻindan muhofaza qilish boshqarmalari va boʻlimlarining hamda Oʻzbekiston Respublikasi IIV yongʻindan muhofaza qilish boshqarmasiga bevosita boʻysunuvchi yongʻindan muhofaza qilish boʻlimlarining boshliqlari, lavozimiga koʻra, bir vaqtning oʻzida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, shaharlar va obyektlarning yongʻin nazorati boʻyicha bosh davlat inspektorlari hisoblanadilar, ularning oʻrinbosarlari esa — Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri va obyektlarning yongʻin nazorati boʻyicha bosh davlat inspektorlarining oʻrinbosarlari hisoblanadilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoraqalpogʻiston Respublikasi IIV, viloyatlar, Toshkent shahar ichki ishlar boshqarmalari yongʻindan muhofaza qilish boʻlimlarining, boshqarma va boʻlimlari tarkibiy boʻlinmalarining boshliqlari va ularning oʻrinbosarlari bir vaqtning oʻzida, lavozimlariga koʻra, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining yongʻin nazorati boʻyicha bosh davlat inspektorlarining katta yordamchilari hisoblanadilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoraqalpogʻiston Respublikasi IIV, viloyatlar va Toshkent shahar ichki ishlar boshqarmalari yongʻindan muhofaza qilish boshqarmalari va boʻlimlari tarkibiy boʻlinmalarining bosh mutaxassislari, katta muhandislari, katta inspektorlari, muhandislari, inspektorlari va xodimlari, shaharlar, boshqa aholi punktlari va xalq xoʻjaligi obyektlarini muhofaza qilish boʻyicha harbiylashtirilgan yongʻindan muhofaza qilish otryadlari va qismlarining boshliqlari va ularning oʻrinbosarlari, Oʻzbekiston Respublikasi IIV axloq tuzatish ishlari boshqarmasi, transport ichki ishlar boshqarmalari, boʻlimlarining, shaharlar, tumanlar, shaharlardagi tumanlar ichki ishlar boʻlimlari Davlat yongʻin nazorati boʻlinmalari, inspeksiyalarining boshliqlari — oʻzlari xizmat koʻrsatayotgan shaharlar, tumanlar va obyektlarning yongʻin nazorati boʻyicha katta davlat inspektorlari hisoblanadilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Harbiylashtirilgan yongʻindan muhofaza qilish otryadlari va qismlarining, Oʻzbekiston Respublikasi axloq tuzatish ishlari boshqarmasining, transport ichki ishlar boshqarmasi va boʻlimlarining, shaharlar, tumanlar, shaharlardagi tumanlar ichki ishlar boʻlimlari, Davlat yongʻin nazorati boʻlinmalari va inspeksiyalarining katta muhandislari, katta inspektorlari, muhandislari va inspektorlari, shaharlar, boshqa aholi punktlari va xalq xoʻjaligi obyektlarini muhofaza qilish boʻyicha professional yongʻindan muhofaza qilish otryadlari va qismlarning boshliqlari— oʻzlari xizmat koʻrsatayotgan shaharlar, tumanlar va obyektlarning yongʻin nazorati boʻyicha davlat inspektorlari hisoblanadilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Belgilab qoʻyilsinki, professional yongʻindan muhofaza qilishga rahbarlik qilish boʻyicha xodimlarning qoʻshimcha lavozimlari joriy qilinishi yongʻindan muhofaza qilish xodimlari soni va ish haqi fondi hisobiga amalga oshiriladi, lekin u bu muhofaza qilish xodimlari umumiy sonining 4 foizidan koʻp boʻlmasligi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Davlat yongʻin nazoratining organlari va mansabdor shaxslari nazorat funksiyalarini amalga oshirishda va berilgan huquqlardan foydalanishda mustaqildirlar, qonunlarga, boshqa normativ hujjatlarga, Oʻzbekiston Respublikasi yongʻin xavfsizligi boʻyicha belgilangan tartibda tasdiqlangan qoidalar, meʼyorlar va andazalarga, shuningdek, mazkur Nizomga amal qiladilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi va Milliy xavfsizlik xizmati obyektlarida davlat yongʻin nazorati tegishlicha Mudofaa vazirligi va Milliy xavfsizlik xizmati tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda belgilanadigan tartibda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi zarur hollarda boshqa vazirliklar va idoralarning, shuningdek, nazorat xizmatlarining rahbarlari bilan birgalikda xalq xoʻjaligi obyektlarining xususiyatlarini hisobga olgan holda mazkur Nizomni qoʻllash boʻyicha buyruqlar va yoʻriqnomalar chiqaradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
II. Davlat yongʻin nazoratining vazifalari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Yongʻinlarning oldini olish hamda shaharlar, aholi punktlari va xalq xoʻjaligi obyektlarida yongʻin chiqishi xavfsizligini taʼminlash ishlarini takomillashtirish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Qaysi idoraga qarashliligi va mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, vazirliklar, idoralar, konsernlar, uyushmalar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, qoʻshma korxonalar, xorijiy firmalar, obyektlar hamda fuqarolar tomonidan yongʻin xavfsizligi sohasidagi qonun hujjatlariga rioya qilinishi ustidan nazoratni amalga oshirish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq yongʻinlar va yongʻin xavfsizligi qoidalari buzilishiga oid ishlar boʻyicha surishtiruv oʻtkazish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Aholi punktlari va obyektlarning yongʻin xavfsizligi boʻlinmalarining jangovar tayyorgarligini nazorat qilish hamda ularning qaysi idoraga qarashliligidan qatʼi nazar, yongʻinlarni uchirishga, avariyalar, tabiiy ofatlar oqibatlarini tugatishga jalb etish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Loyihalash va qurilish tashkilotlari tomonidan korxonalar, binolar va inshootlarni loyihalash, qurish va qayta qurish paytida nazarda tutilgan andazalardagi yongʻinga qarshi talablarning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirish. Yer maydonlari tanlash va korxonalar, binolar va inshootlarni foydalanishga qabul qilib olish komissiyalari ishida ishtirok etish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Yongʻin xavfsizligi talablarini belgilovchi andazalar, meʼyorlar va qoidalarni hamda yongʻin xavfsizligi boʻyicha meʼyorlar va qoidalar mavjud boʻlmagan obyektlar qurilishi uchun loyiha yechimlarini kelishib olish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Korxonalar, tashkilotlar va muassasalarning ishchilari, xizmatchilari, muhandis-texnik xodimlari, oliy va oʻrta maxsus oʻquv yurtlari talabalari va oʻquvchilarining yongʻin xavfsizligi masalalari boʻyicha tayyorgarligini tashkil etish va uning sifati ustidan nazoratni amalga oshirish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
III. Davlat yongʻin nazoratining huquqlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Qaysi idoraga qarashliligidan va mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, vazirliklar, idoralar, konsernlar, uyushmalar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, qoʻshma korxonalar, xorijiy firmalar va turar joylarda Oʻzbekiston Respublikasi qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyat organlarining yongʻin xavfsizligi masalalari boʻyicha amaldagi qonunlari, qarorlari, qonun hujjatlari, farmoyishlarining qanday bajarilayotganligini nazorat qilishni amalga oshirish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Istalgan vaqtda maʼmuriyat vakillari bilan birgalikda, turar joylarda esa uy egasi, kvartirani ijaraga olgan shaxsning roziligi bilan kunduz kuni yongʻinga qarshi talablar va andazalar, meʼyorlar va qoidalarning bajarilishini tekshirish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasida akkreditatsiya qilingan diplomatik va boshqa xorijiy vakolatxonalar egallab turgan binolar va imoratlarning yongʻin xavfsizligini taʼminlashni nazorat qilish davlat yongʻin nazorati organlari tomonidan faqat shu muassasalarning rasmiy vakillarining iltimosi hamda yozma ruxsatnomasi asosida oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yongʻin xavfsizligi qoidalari, andazalar, texnik shartlar va ish tartiblari buzilganligi aniqlangan hollarda, obyekt (korxona, muassasa, inshoot, bino va boshqalar)ni qurishda, qayta qurishda, kengaytirishda yoki texnik jihatdan qayta qurishda loyihada yoki loyihalash normalarida nazarda tutilgan yongʻinga qarshi talablar bajarilmagan taqdirda korxonalar, muassasalar, tashkilotlarning rahbarlariga, boshqa mansabdor shaxslarga hamda fuqarolarga aniqlangan buzilishlarni bartaraf etish va yongʻinlarning oldini olish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish toʻgʻrisida yozma koʻrsatmalar berish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tezlikda bartaraf etilmasligi yongʻin kelib chiqishiga, yoyilishiga yoki yongʻinni oʻchirishni qiyinlashtirishga olib kelishi mumkin boʻlgan yongʻin xavfsizligi qoidalari buzilishi aniqlangan hollarda Oʻzbekiston Respublikasining yongʻin nazorati boʻyicha Bosh davlat inspektori, uning oʻrinbosarlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahrining yongʻin nazorati boʻyicha bosh davlat inspektorlari va ularning oʻrinbosarlari korxonalarning, ayrim ishlab chiqarishlarning ishini qisman yoki butunlay toʻxtatib qoʻyish, binolar, inshootlardan foydalanishni taqiqlash; xatti-harakatlarni toʻxtatib qoʻyish yoki ishlarni bajarishga berilgan ruxsatlarni bekor qilish; yongʻin chiqarish xavfi boʻlgan moddalar, materiallar va buyumlarni tayyorlashni, ishlab chiqarishni va ulardan foydalanishni taqiqlash, yongʻin nazorati boʻyicha qolgan davlat inspektorlari esa —- agar bu umuman korxonaning ishdan toʻxtashiga olib kelmasa, alohida binodan foydalanishni taqiqlash, ishlab chiqarish uchastkasi yoki agregat ishini toʻxtatib qoʻyish huquqiga egadirlar.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Korxona, ishlab chiqarish, ishlab chiqarish uchastkasi, agregat ishini toʻxtatish haqidagi qaror obyekt rahbariga taqdim etiladi hamda u bunday qaror qabul qilinishi uchun asos boʻlgan buzilishlar toʻla bartaraf etilgunga qadar amalda boʻladi.
(15-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-noyabrdagi 235-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, , 2006-y., 46-47-son, 458-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat yongʻin nazoratining yozma koʻrsatmalari va qarorlari mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiydir. Bu qaror va yozma koʻrsatmalar oʻz vakolati doirasida ularni chiqargan yongʻin nazorati boʻyicha davlat inspektori, Davlat yongʻin nazorati yuqori organi yoxud sud tomonidan oʻzgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tadbirkorlik subyektlariga nisbatan ularning faoliyati toʻxtatib turilishiga yoki toʻxtatilishiga sabab boʻladigan ushbu bandning beshinchi xatboshida nazarda tutilgan choralar sud tartibida qoʻllanadi, favqulodda vaziyatlarning va aholi hayoti va salomatligiga boshqacha muqarrar xavf paydo boʻlishining oldini olish munosabati bilan faoliyatni oʻn ish kunidan ortiq boʻlmagan muddatga toʻxtatib turish hollari bundan mustasno.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-noyabrdagi 235-son qaroriga muvofiq xatboshi bilan toʻldirildi— Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplvmi, 2006-y., 46-47-son, 458-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Vazirliklar, idoralar, konsernlar, uyushmalar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, qoʻshma korxonalar va xorijiy firmalardan yongʻin xavfsizligi holatini tavsiflovchi zarur materiallarni, yongʻinlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni, yongʻin chiqarishi mumkin boʻlgan materiallar va mahsulotlar haqidagi texnik hujjatlarni talab qilib olish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Vazirliklar, idoralar, konsernlar, uyushmalar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, qoʻshma korxonalar va xorijiy firmalar tomonidan yongʻin xavfsizligi holatiga baho berish boʻyicha ekspertizalar oʻtkazilishini, yongʻinlarning sabablarini aniqlash, texnologiyalar, foydalaniladigan va ishlab chiqariladigan asbob-uskunalar, buyumlar, moddalar va materiallarning tez yonib ketishiga, ularning meʼyorlar, qoidalar, andazalar va texnik shartlarga muvofiqligini aniqlash boʻyicha nazorat sinovlari oʻtkazilishini tayinlash. Ish joyi va atrof-muhitning nazorat tahlillarini oʻtkazish. Ekspertiza va nazorat ishlari hamda sinovlar obyektlar hisobiga bajariladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Korxonalar, tashkilotlar va muassasalarning mansabdor shaxslariga va ayrim xodimlariga, shuningdek, yongʻin xavfsizligi qoidalarini, andazalar talablari va meʼyorlarini buzishda aybdor boʻlgan yoki ularni bajarmagan fuqarolarga Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq maʼmuriy jazolar berish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Vazirliklar, idoralar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlarning rahbarlariga andazalar, yongʻin xavfsizligi meʼyorlari va qoidalarini muntazam ravishda buzuvchi yoki davlat yongʻin nazorati organlarining yozma koʻrsatmalarini bajarmovchi shaxslarni belgilangan tartibda egallab turgan lavozimlaridan boʻshatish toʻgʻrisida taqdimnomalar kiritish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
IV. Davlat yongʻin nazoratining majburiyatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Yongʻinga oid vaziyatni hamda yongʻinning oldini olish ishlarining ahvolini oʻrganib chiqish asosida aholi punktlari va xalq xoʻjaligi obyektlarini yongʻin xavfidan muhofaza qilishni kuchaytirish boʻyicha asosli tavsiyalar ishlab chiqish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Manfaatdor tashkilotlarning takliflarini hisobga olgan holda binolarni loyihalash, qurish, qayta qurish va ulardan foydalanish vaqtida yongʻin xavfsizligi qoidalari va meʼyorlarini ishlab chiqish va tasdiqlash hamda yongʻin xavfiga qarshi ishlarni bajarish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Obyektlarda va aholi punktlarida yongʻin muhofazasini tashkil etish masalalarini hal etishda ishtirok etish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Obyektlar va aholi punktlari yongʻin xavfsizligining ahvoli, yuz bergan yongʻinlar, nazorat faoliyatining natijalari toʻgʻrisida belgilangan tartibda jamoatchilikni xabardor qilish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. Yongʻinga qarshi kurash masalalari boʻyicha targʻibot ishlarini amalga oshirish, belgilangan tartibda yongʻin-texnika adabiyoti, plakatlar, esdalik xatlari nashr etishni, yongʻinga qarshi mavzularda kinofilmlar ishlab chiqarishni tashkil etish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24. Koʻngilli oʻt oʻchiruvchilar jamiyatlari va koʻngilli oʻt oʻchiruvchilar drujinalarining mustahkamlanishi va rivojlanishiga koʻmaklashish, yongʻinlarning oldini olishda ular ishini muvofiqlashtirish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25. Yongʻin xavfsizligi masalalari boʻyicha qonun hujjatlarining qoʻllanishi amaliyotini umumlashtirish, uni takomillashtirish boʻyicha tegishli organlarga takliflar kiritish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26. Davlat yongʻin nazorati organlarining mansabdor shaxslari ularga yuklatilgan majburiyatlarni bajarishdan bosh tortganliklari yoki bajarmaganliklari hamda ularga berilgan huquqlardan notoʻgʻri foydalanganliklari uchun qonun hujjatlari bilan belgilangan javobgarlikka tortiladilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
27. Davlat yongʻin nazorati mansabdor shaxslarining xatti-harakatlari ustidan Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari bilan belgilangan tartibda Davlat yongʻin nazorati yuqori organiga yoki sudga shikoyat qilinishi mumkin.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 46-47-son, 458-modda)