23.12.2020 yildagi 807-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining “Butunjahon Internet tarmogʻida axborot xavfsizligini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 5-sentabrdagi 707-son qaroriga qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Axborotlashtirish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuniga muvofiq, shuningdek, Internet jahon axborot tarmogʻidagi ommaviy axborot monitoringi chora-tadbirlarini yanada takomillashtirish, axborot sohasida shaxs, jamiyat va davlat manfaatlarini himoya qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Vazirlar Mahkamasining “Butunjahon Internet tarmogʻida axborot xavfsizligini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 5-sentabrdagi 707-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2018-yil, 9-son, 223-modda) ilovaga muvofiq qoʻshimchalar kiritilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi boshqa manfaatdor vazirliklar hamda idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi — IT-texnologiyalar, telekommunikatsiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish masalalari departamenti boshligʻi O.M. Umarov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2020-yil 23-dekabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
807-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 23-dekabrdagi 807-son qaroriga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining “Butunjahon Internet tarmogʻida axborot xavfsizligini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 5-sentabrdagi 707-son qaroriga kiritilayotgan qoʻshimchalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Quyidagi tahrirdagi 41 va 42-bandlar qoʻshilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“41. Belgilansinki, ushbu qarorning 1-bandida keltirilgan holatlar veb-sayt va (yoki) veb-sayt sahifasida joylashtirilgan axborotga ushbu veb-sayt foydalanuvchilari tomonidan qoldirilgan sharhlar matnida, shuningdek ijtimoiy tarmoqlar yoki messenjyerlarda aniqlansa, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining Ommaviy kommunikatsiyalar masalalari boʻyicha markazi tomonidan veb-sayt, veb-sayt va (yoki) messenjer sahifasi egasi, shuningdek blogerga Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan tarqatilishi taqiqlangan axborotlarni olib tashlash toʻgʻrisida xabarnoma yuboriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
42. Veb-sayt, veb-sayt va (yoki) messenjer sahifasi egasi, shuningdek blogerga Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan tarqatilishi taqiqlangan axborotlarni olib tashlash toʻgʻrisida xabarnoma yuborish tartibi 21-ilovaga muvofiq tasdiqlansin”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Quyidagi mazmundagi 21-ilova qoʻshilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-sentabrdagi 707-son qaroriga
21-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Veb-sayt, veb-sayt va (yoki) messenjer sahifasi egasi, shuningdek blogerga Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan tarqatilishi taqiqlangan axborotni olib tashlash toʻgʻrisida xabarnoma yuborish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
TARTIBI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Mazkur Tartib veb-sayt va (yoki) veb-sayt sahifasida joylashtirilgan axborotga ushbu veb-sayt foydalanuvchilari tomonidan qoldirilgan sharhlar matnida, shuningdek ijtimoiy tarmoqlar yoki messenjyerlarda (keyingi oʻrinlarda axborot resurslari deb ataladi) Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan tarqatilishi taqiqlangan axborotlar aniqlangan holatda veb-sayt, veb-sayt va (yoki) messenjer sahifasi egasi, shuningdek blogerga ushbu axborotlarni olib tashlash toʻgʻrisida xabarnoma yuborish tartibini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Ushbu Tartibning amal qilishi Oʻzbekiston Respublikasi hududida foydalanish imkoni mavjud boʻlgan axborot resurslariga nisbatan tatbiq etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Ushbu Tartibda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
messenjer — foydalanuvchilarning onlayn rejimda Internet jahon axborot tarmogʻi orqali matn, audio, audiovizual va boshqa xabarlar va materiallar, boshqa maʼlumotlar orqali darhol almashish, tarqatish va uzatish, shuningdek ular oʻrtasidagi masofadan muloqot uchun moʻljallangan dastur, mobil ilova yoki veb-xizmat;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
veb-sayt va (yoki) messenjerning sahifasi — veb-sayt va (yoki) messenjerning Internet jahon axborot tarmogʻidagi bir qismi (guruhlar, kanallar va boshqalar), unga kirish domen nomi va belgilaridan tashkil topgan koʻrsatkich boʻyicha, shuningdek nomi orqali amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining Ommaviy kommunikatsiyalar masalalari boʻyicha markazi (keyingi oʻrinlarda — Markaz) tomonidan axborot resurslarida Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan tarqatilishi taqiqlangan axborotlar aniqlanganda Markaz tomonidan 24 soatdan kechiktirmasdan axborot resurslari egasi, shuningdek blogerga Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan tarqatilishi taqiqlangan axborotlarni olib tashlash toʻgʻrisida xabarnoma (keyingi oʻrinlarda xabarnoma deb ataladi) yuboriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Xabarnoma Markazning rasmiy axborot resurslari (elektron pochta, ijtimoiy tarmoqlar yoki messenjyerlardagi rasmiy sahifa) orqali elektron shaklda yuboriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Xabarnomada Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan tarqatilishi taqiqlangan axborot joylashtirilgan axborot resursining nomi, axborot joylashtirilgan sana koʻrsatiladi, taqiqlangan axborotga havola va uning ekrandagi tasviri nusxasi ilova qilinadi, shuningdek qoʻshimcha ravishda ushbu axborotni tarqatish uchun qonunchilikda belgilangan javobgarlik toʻgʻrisida maʼlumotlar keltirilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Axborot resursi egasi, shuningdek bloger xabarnomani olgan vaqtdan boshlab 24 soatdan kechiktirmasdan Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan tarqatilishi taqiqlangan axborotni olib tashlashi, shuningdek bu toʻgʻrida Markazni uning rasmiy axborot resurslari orqali elektron shaklda yoki qogʻoz shaklida xabardor qilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Agar Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan tarqatilishi taqiqlangan axborot ushbu Tartibning 6-bandida koʻrsatilgan muddatda axborot resursi egasi, shuningdek bloger tomonidan olib tashlanmasa, u holda Oʻzbekiston Respublikasi Prezident Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi yoki Markaz tomonidan ushbu axborotni olib tashlash boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan tarqatilishi taqiqlangan axborot joylashtirilgan ijtimoiy tarmoq yoki messenjer maʼmuriga yoki daʼvo arizasi bilan sudga murojaat qilinishi mumkin”.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.12.2020-y., 09/20/807/1665-son)