17.12.2020 yildagi 794-son
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ““Raqamli O‘zbekiston — 2030” strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 5-oktabrdagi PF-6079-son Farmoni hamda “Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 28-apreldagi PQ-4699-son qaroriga muvofiq, shuningdek, qishloq va suv xo‘jaligida raqamli va geoaxborot texnologiyalaridan foydalanish samaradorligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 31-iyuldagi 475-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.07.2021-y., 09/21/475/0737-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(21-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 31-iyuldagi 475-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.07.2021-y., 09/21/475/0737-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(23-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 31-iyuldagi 475-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.07.2021-y., 09/21/475/0737-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(32-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.

T/r

Ko‘rsatkichlar/indikatorlar

O‘lchov birligi

Yillar

2028-yilgacha erishiladigan natija

2021-yil

2022-yil

2023-yil

1. Agrosanot majmuini boshqarishning raqamli texnologiyasi

1.

Qishloq xo‘jaligi sohasini boshqarish uchun ochiq axborot oqimini va ma’lumotlarni jamlash va o‘zaro bog‘lash.

-

Qishloq xo‘jaligi va shu maqsadlarda foydalanish uchun berilgan boshqa toifadagi yerlarning integratsiyalashgan yagona axborot tizimi yaratiladi.

“Raqamli qishloq xo‘jaligi” axborot tizimini joriy etish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.

Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar tomonidan agregatlashgan axborotlarni qabul qilish tajriba loyihasi amalga oshiriladi.

“Raqamli qishloq xo‘jaligi” axborot tizimi xo‘jalik yurituvchi subyektlar, banklar va sug‘urta kompaniyalari ishtirokida ishlaydi.

Eksportni tashkil etish platformasi va boshqa internet tarmoqlari (texnikalarni boshqarish) platformasi faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.

“Raqamli dala”, “Raqamli bog‘” va “Raqamli poda” kabi bir nechta platforma ilovalari ishlaydi. “Ijtimoiy turdagi oziq-ovqat” platformasi yaratiladi.

“Raqamli qishloq xo‘jaligi” axborot tizimi qonunchilik hujjatlari doirasida ochiq ma’lumotlar asosida faoliyat yuritadi.

Barcha turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bo‘yicha ma’lumotlar bazasi yaratiladi. Oziq-ovqat xavfsizligi ta’minlanadi.

2.

Raqamli texnologiyalarni standartlash, tajriba va sinovdan o‘tkazish, keng ko‘lamda qo‘llash.

-

Chora-tadbirlar ishlab chiqish doirasida foydalanishga mo‘ljallangan standartlarning ustuvorligi ularning moslashuvchanligini e’tiborga olgan holda belgilanadi. Tajriba sinovlarining ochiq tizimlari ro‘yxati shakllantiriladi.

Oliy ta’lim muassasalari, ilmiy-tadqiqot institutlari va bozor ishtirokchilarini jalb etgan holda loyihalar tajriba-sinovidan o‘tkazilib, texnikalarni boshqarish (internet tarmoqlari) platformalarining raqamli prototiplari yaratiladi.

Oliy ta’lim muassasalari, ilmiy-tadqiqot institutlari va bozor ishtirokchilarini jalb etgan holda loyihalar tajriba-sinovidan o‘tkaziladi, raqamli dala va poda platformalarining raqamli prototiplari yaratiladi.

Ma’lumotlarning tizimli tahlili, tuproqning agrokimyoviy tahlili, vegetatsiya ko‘rsatkichlari va boshqalarni o‘rganish orqali mahsulot ishlab chiqarish platformalari joylarda keng ko‘lamda joriy etiladi.

Tovar yetkazib beruvchilar va xizmat ko‘rsatuvchilarga uskuna va jihozlardan foydalanish uchun xalqaro standartlarga mos ravishda dasturiy ta’minot yetkazib beriladi va qo‘llab-quvvatlanadi.

3.

Alohida mahsulot turlarini kuzatib boruvchi tizimlarni yaratish.

-

Qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘liklarini ishlab chiqarish jarayonlarini kuzatib borish tizimi yaratiladi.

Chorvachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish jarayonlarini kuzatib borish tizimi yaratiladi.

Ekologik toza, halol mahsulotlarni ishlab chiqarish tizimlari uchun chorva mollarini, himoya qilish vositalari va mineral o‘g‘itlarni ishlab chiqarish jarayonlarini kuzatib borish tizimi yaratiladi.

Go‘sht va sut mahsulotlarini qayta ishlash tashkilotlari faoliyatining 10 foizga nazorat qilish tizimi joriy qilinadi.

“Ishlab chiqarishdan do‘kongacha” bo‘lgan kuzatuv tizimi 50 foizga joriy qilinadi.

4.

Agrosanoat majmuidagi tashkilotlarning internet tarmoqlari, “Aqlli dehqonchilik”, “Raqamli poda”, “Aqlli issiqxona” texnologiyalarini qo‘llash borasidagi ulushlari.

foiz

1

10

20

60

5.

Qishloq xo‘jaligi yerlarini aloqa texnologiyalari bilan qamrab olinganligi.

foiz

10

15

20

60

6.

Agrosanoat majmuidagi tashkilotlarning subsidiyalarni elektron ko‘rinishda olish uchun ma’lumotlarni uzatish va xolisona nazorat qilish vositalari bilan jihozlanganligi.

foiz

10

25

50

100

7.

Elektron savdo maydonlarida sotilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari miqdori.

foiz

10

25

50

100

8.

Agrosanot majmuidagi kichik va yirik kompaniyalar tomonidan “Transport va logistika” platformasiga ulangan holda tashilgan yuk hajmi.

foiz

10

20

40

80

9.

Axborot texnologiyalari, ma’lumotlar bilan ishlash va kiber-fizika tizimlari (internet tarmoqlari) bo‘yicha qishloqlardagi ish o‘rnining foizdagi ulushi.

foiz

1

4

8

20

2. “Aqlli dehqonchilik”

10.

Geoaxborot, agrolandshaftlarni optimallashtirish tizimlarini joriy etgan yerdan foydalanuvchilar ulushi.

foiz

1

10

40

80

3. “Aqlli dala”

11.

Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarning daromadini oshirish.

foiz

-

10

30

50

12.

Ma’lumotlar uzatish va dala o‘simlikshunosligi jarayonlarini internet tarmog‘i bilan qamrab olinganligi.

foiz

-

5

20

50

13.

Atrof-muhit, o‘simliklar va tuproq holati bo‘yicha ma’lumotlarni yig‘uvchi raqamli vositalar bilan qamrab olingan maydonlar.

ming gektar

-

10

100

500

4. “Aqlli bog‘”

14.

Yagona geoaxborot tizimida ko‘p yillik mevali daraxtlarning raqamlashgan shakldagi maydonlari.

foiz

-

10

30

90

15.

Yagona geoaxborot tizimiga ulangan monitoring tizimi bilan jihozlangan mobil texnik vositalar soni.

foiz

-

10

30

70

16.

Inson ishtirokisiz, avtonom rejimda ishlaydigan texnik robotlashgan vositalar soni.

foiz

-

1

5

20

17.

Abiotik omillarga chidamli, serhosil, tashish uchun qulay, bioaktiv moddalarga boy, iste’mol sifati yuqori bo‘lgan qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarini yaratish.

foiz

-

5

20

100

18.

Hosilni yo‘qotish darajasini kamaytirish.

foiz

-

5

10

20

19.

Mehnat unumdorligini oshirish.

foiz

-

5

10

30

20.

Organik qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishni ko‘paytirish.

foiz

-

5

20

50

5. “Aqlli issiqxona”

21.

“Aqlli issiqxona” texnologiyasini yopiq tizimlarda qo‘llash orqali oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish.

foiz

-

5

10

15

22.

“Aqlli issiqxona” tizimini qo‘llagan holda qayta jihozlangan yoki “Aqlli issiqxona” texnologiyasi bo‘yicha loyihalashtirilgan obyektlar soni.

dona

-

10

100

500

6. “Aqlli chorvachilik”

23.

Chorva mollarining mastit kasalligi bilan kasallanish darajasini kamaytirish.

foiz

-

10

30

70

24.

Sut mahsulotlari sifatini oshirish.

foiz

-

5

10

40

25.

“Aqlli chorvachilik” texnologiyasi joriy etilgan korxonalarda mahsulot tayyorlash rentabelligini oshirish.

foiz

-

5

10

40

(ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)

T/r

Tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Amalga oshirish muddati

Moliyalashtirish manbalari

Mas’ul ijrochilar

I. “Aqlli qishloq xo‘jaligi” texnologiyalarini joriy etishning normativ-huquqiy asoslarini shakllantirish

1.

“Aqlli qishloq xo‘jaligi” texnologiyalarini rivojlantirish tizimini va uning samaradorligini baholash usulini xalqaro standartlar talablarini hisobga olgan holda ishlab chiqish.

“Aqlli qishloq xo‘jaligi” texnologiyalarini rivojlantirish strategiyasiniamalga oshirish samaradorligini baholash usuli va vositalarini belgilovchi xalqaro standartlar asosida davlat standartlarini ishlab chiqish.

2022-yil I chorak

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Fanlar akademiyasi, manfaatdor vazirlik va idoralar

2.

“Aqlli qishloq xo‘jaligi” texnologiyalarini rivojlantirish strategiyasini amalga oshirish bilan bog‘liq normativ hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish.

“Aqlli qishloq xo‘jaligi” texnologiyalarini rivojlantirish strategiyasini amalga oshirishda natijalarga erishishga ko‘maklashuvchi normativ hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish.

2022-yil II chorak

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, manfaatdor vazirlik va idoralar

3.

Qishloq xo‘jaligi yerlaridan unumli foydalanish va tuproq unumdorligini oshirish.

Qishloq xo‘jaligi yerlaridan samarali foydalanish va tuproq unumdorligini oshirish to‘g‘risidagi normativ hujjatlarni ishlab chiqishda “Aqlli qishloq xo‘jaligi” texnologiyalarini rivojlantirish loyihasi talablarini inobatga olish.

2022-yil III chorak

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi

4.

Suv resurslaridan samarali foydalanish va suv tejaydigan texnologiyalarni keng joriy qilish.

Suv resurslaridan samarali foydalanish va suv tejaydigan texnologiyalarni keng joriy qilish to‘g‘risidagi normativ hujjatlarni ishlab chiqishda “Aqlli qishloq xo‘jaligi” texnologiyalarini rivojlantirish loyihasi talablarini inobatga olish.

2022-yil II chorak

Suv xo‘jaligi vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi

5.

Chorva ozuqa bazasini rivojlantirish va chorva hayv�nlarini parvarishlash bilan bog‘liq faoliyatni optimallashtirish.

Hududlarning iqlimi, geologik, geografik sharoitlarini inobatga olgan holda, chorva ozuqa ekinlarini joylashtirish hamda chorva mollari va parranda turlarini ushbu talablar asosida ko‘paytirish tadbirlarini tashkil etish.

2021-yil IV chorak

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

6.

“Aqlli qishloq xo‘jaligi” texnologiyalarini rivojlantirish loyihasining samaradorligini hisoblash.

1. “Aqlli qishloq xo‘jaligi” texnologiyalarini rivojlantirish loyihasining iqtisodiy samaradorligini aniqlash.

2022-yil II chorak

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi, Moliya vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi

2. “Aqlli qishloq xo‘jaligi” texnologiyalarini rivojlantirish loyihasining ijtimoiy samaradorligini aniqlash.

2022-yil III chorak

II. “Aqlli qishloq xo‘jaligi” texnologiyalarini ishlab chiqish va joriy etish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot va innovatsiya ishlarini amalga oshirish

7.

“Aqlli qishloq xo‘jaligi” texnologiyalarini ishlab chiqish va joriy etish bo‘yicha ilmiy tadqiqot va innovatsiya ishlarini amalga oshirish.

1. “Aqlli qishloq xo‘jaligi” texnologiyalarini ishlab chiqishga oid dolzarb mavzulardagi ilmiy loyihalar ro‘yxatini shakllantirish.

2. “Aqlli qishloq xo‘jaligi” texnologiyalarini ishlab chiqish va joriy etish bo‘yicha ilmiy loyihalar tanlovlarini e’lon qilish.

3. Ilmiy loyihalar tanlovlari natijalariga ko‘ra ularni moliyalashtirish.

4. “Aqlli qishloq xo‘jaligi” texnologiyalarini ishlab chiqish va joriy etish bo‘yicha ilmiy loyihalarning bajarilishini ta’minlash.

2021 — 2023-yillar davomida

O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlarini amalga oshirish uchun ajratilgan mablag‘lar, xalqaro tashkilotlarning grantlari va mablag‘lari

Innovatsion rivojlanish vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Fanlar akademiyasi, manfaatdor vazirliklar va idoralar

8.

“Aqlli qishloq xo‘jaligi” texnologiyalarini rivojlantirish loyihasining ilg‘or namunasini o‘rganish va amaliyotga tatbiq etish maqsadida yosh olimlarni nufuzli xorijiy oliy ta’lim muassasalariga va ilmiy tashkilotlarga stajirovkaga �borish.

1. Nufuzli xorijiy oliy ta’lim muassasalarida va ilmiy tashkilotlarda stajirovkadan o‘tadigan yosh olim va mutaxassislar ro‘yxatini shakllantirish.

2021-yil IV chorak

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi

2. Yosh olim va mutaxassislar stajirovkadan o‘tadigan nufuzli xorijiy universitet va ilmiy tashkilotlarni aniqlash.

2022-yil I chorak

3. Yosh olim va mutaxassislarning nufuzli xorijiy universitet va ilmiy tashkilotlarda stajirovkasini tashkil etish.

2022-yil III chorak

9.

Qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirishda suvdan samarali foydalanish maqsadida smart texnologiyali (mini o‘lchov stansiyalari va “aqlli tayoqcha”) loyihalarini amalga oshirish.

1. Suv iste’molchilariga yetkazib berilgan suvni ular o‘rtasida optimal taqsimlash bo‘yicha har bir hududda bittadan tajriba loyihasini amalga oshirish.

2022-yil IV chorak

Suv xo‘jaligi vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi

2. Suv taqsimlash inshootlarida suv hajmini o‘lchash, ekin turi va hududlar joylashuviga qarab suvni taqsimlash bo‘yicha uskuna va qurilmalarni o‘rnatish.

2023-yil I chorak

10.

Qishloq va suv xo‘jaligi tashkilotlarining oliy ta’lim va ilmiy muassasalar bilan o‘zaro integratsiyasini kuchaytirish, ilm-fan yutuqlarini amaliyotga tatbiq etish.

1. “Aqlli qishloq xo‘jaligi” texnologiyalarini rivojlantirish loyihasini amalga oshirish uchun qishloq va suv xo‘jaligi tashkilotlari mutaxassislarini oliy ta’lim va ilmiy muassasalarida qayta tayyorlash va malakasini oshirish ishlarini tashkil etish.

2022-yil II chorak

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi

2. Ilg‘or ilm-fan yutuqlarini qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishiga joriy qilish tadbirlarini belgilash.

2022-yil IV chorak

11.

Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaliklari yo‘nalishlarida mobil ilovalar yaratish maqsadida tanlovlar tashkil etish.

“Aqlli qishloq xo‘jaligi” texnologiyalarini rivojlantirish loyihasi doirasida dolzarb yo‘nalishlarni aniqlash, sohalarning muhimligini inobatga olgan holda ilovalarga bo‘lgan talabni ishlab chiqish.

2022-yil III chorak

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi, Moliya vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi

III. “Aqlli qishloq xo‘jaligi” texnologiyalarini rivojlantirishning texnologik yechimlarini joriy etish

3.1. “Aqlli dehqonchilik”

12.

Qishloq xo‘jaligi ishlab chi�arishida yer maydonlaridan foydalanishning raqamli, masofali geoaxborot texnologiyalari va kompyuterlashgan usullarini qamrab oluvchi rejalashtirish va maqbullashtirishning intellektual tizimini yaratish.

“Aqlli dehqonchilik” texnologiyasi doirasida avtomatik rejimda hududlarning tuproq va yer resurslari holati bo‘yicha axborot yig‘uvchi, uni tahlil etuvchi va yangilab boruvchi hamda qishloq xo‘jaligi ekinlarini joylashtirish, almashlab ekish, ekinlarni yetishtirish agrotexnologiyalarini avtomatik usulda baholovchi, yerdan foydalanishning samarali nazorati va monitoringini yurituvchi dasturni ishlab chiqish.

2022-yil III chorak

Budjetdan ajratilgan mablag‘lar doirasida, xalqaro tashkilotlarning grantlari va mablag‘lari

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Fanlar akademiyasi, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, manfaatdor vazirliklar va idoralar

3.2. “Aqlli dala”

13.

Tuproq, o‘simlik va atrof-muhit holati bo‘yicha ma’lumotlarni yig‘ish, tahlil qilish va foydalanishning intellektual tizimini yaratish.

1. Raqamli texnologiyalar asosida ma’lumotlarni tahlil qilish va qayta ishlash natijasida ilmiy asoslangan holda mahsulot ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatishda agrosanoat majmuining raqobatbardoshligi va barqarorligini ta’minlash yuzasidan dasturni ishlab chiqish.

2022-yil II chorak

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi

2. Daladagi o‘simliklarning holati bo‘yicha unifikatsiyalashgan vositalar yordamida axborotni uzatadigan va yuqori darajadagi tafsilotli ma’lumotlar asosida boshqaruv qarorlarini qabul qiladigan avtomatlashtirilgan dasturni ishlab chiqish.

2022-yil III chorak

3.3. “Aqlli bog‘”

14.

Robototexnika, uchuvchisiz uchish apparatlaridan foydalangan holda, bog‘dorchilik mahsulotlarini yetishtirish jarayonlarini nazorat qilish tizimini yaratish.

Robototexnika, uchuvchisiz uchish apparatlaridan foydalangan holda, tuproq-iqlim sharoitlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar asosida ekish uchun maqbul ko‘chat turini aniqlash, organik va mineral o‘g‘itlar bilan oziqlantirish, kasallik va zararkunandalarga qarshi kurashish tadbirlarni o‘tkazish, shuningdek, mahsulot ishlab chiqarishning rentabelligi bo‘yicha iqtisodiy hisob-kitoblar, aholining bog‘dorchilik mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojini qondirish masalalarini qamrab olgan dasturni ishlab chiqish.

2022-yil II chorak

Tashabbuskorlar mablag‘lari, tijorat banklari kreditlari, xalqaro tashkilotlarning grantlari va mablag‘lari

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egal�ri kengashi

3.4. “Aqlli issiqxona”

15.

Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini avtomatik rejimda yetishtiradigan robotlashtirilgan va tashqi muhit ta’siridan himoyalangan, operator, agronom, muhandis va boshqalarning ishtiroki maksimal darajada kamaytirilgan obyekt loyihasini ishlab chiqish.

Issiqxonalarda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish va mehnat unumdorligini oshirish imkoniyatini beruvchi dasturiy apparat yechimini qamrab olgan va robotlashtirilgan texnologiyalarni yaratish.

2023-yil III chorak

Tashabbuskorlar mablag‘lari, tijorat banklari kreditlari, xalqaro tashkilotlarning grantlari va moliyaviy mablag‘lari

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Fanlar akademiyasi, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, Innovatsion rivojlanish vazirligi

3.5. “Aqlli chorvachilik”

16.

Inson (operator, chorvador, veterinar va boshqalar) ishtirokisiz chorva mollari (go‘sht, sut va boshqa yo‘nalishdagi) turi/zotini avtomatik rejimda yetishtiradigan robotlashtirilgan obyekt loyihasini ishlab chiqish.

Raqamli texnologiyalardan (internet vositalari, zarur ma’lumotlar va boshqalar) foydalangan holda, chorva mahsulotlarini ishlab chiqarishning iqtisodiy muvofiqligini, iste’molchilarning faolligini, hudud aholisi sog‘lig‘ini va boshqa iqtisodiy ko‘rsatkichlarni tahlil qiladigan zamonaviy “Aqlli chorvachilik” texnologiyasini amalga oshirish dasturini ishlab chiqish.

2022-yil IV chorak

Tashabbuskorlar mablag‘lari, tijorat banklari kreditlari, xalqaro tashkilotlarning grantlari va mablag‘lari

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Axborot texnologiyalari vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Fanlar akademiyasi

IV. “Aqlli qishloq xo‘jaligi” majmuasining texnik vositalari va boshqa tarkibiy qismlarini ishlab chiqish

17.

“Aqlli qishloq xo‘jaligi” texnologiyalarining texnik vositalari va boshqa tarkibiy qismlarini ishlab chiqarishni mahalliylashtirish imkoniyatini o‘rganish.

Xorijiy tajribalarga asoslangan holda, “Aqlli qishloq xo‘jaligi” texnologiyalarining texnik vositalari va boshqa tarkibiy qismlarini ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni tashkil etish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish.

2022-yil III chorak

Innovatsion rivojlanish vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Axborot te�nologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Fanlar akademiyasi, manfaatdor vazirlik va idoralar

V. “Aqlli qishloq xo‘jaligi” texnologiyalarini rivojlantirish Davlat dasturi yuzasidan aholi o‘rtasida keng tushuntirish ishlarini olib borish hamda uni ilgari surish va targ‘ib qilish bo‘yicha chora-tadbirlarni tashkil etish

18.

“Aqlli qishloq xo‘jaligi” texnologiyalarini rivojlantirish strategiyasini aholi o‘rtasida targ‘ib qilish.

1. “Aqlli qishloq xo‘jaligi” texnologiyalarini rivojlantirishstrategiyasiningreja-jadvalini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2021-yil I chorak

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

2. Ommaviy axborot vositalarida teleko‘rsatuvlar va radioeshittirishlar, ijtimoiy videoroliklar, tahliliy maqolalar tayyorlash, ijtimoiy tarmoqlarga tegishli materiallarni joylashtirish.

Doimiy

Oldingi tahrirga qarang.

T/r

Tadbirlar nomi

Amalga oshirish muddati

Mas’ul ijrochilar

I. Agrosanoat majmuida integratsiyalashgan yagona axborot tizimini yaratish

1.

“Raqamli qishloq xo‘jaligi” axborot tizimini uchun “e-agriculture.gov.uz” domenni ajratib berish.

2021-yil yanvar

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

2.

Respublikada yetishtirilgan paxta xomashyosi hisob-kitobini yuritadigan “O‘zpaxta” avtomatlashtirilgan tizimni Qishloq xo‘jaligi vazirligi hisobiga o‘tkazish choralarini ko‘rish.

2020-2021-yillar

“O‘zpaxtasanoat” AJ tugatish komissiyasi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

3.

“Raqamli qishloq xo‘jaligi” axborot tizimida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi tashkilot va jismoniy shaxslarning davlat ro‘yxatidan o‘tganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarning elektron almashish xizmatini tashkil etish.

2021-yil iyul

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Davlat xizmatlari agentligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

4.

“Raqamli qishloq xo‘jaligi” axborot tizimida ma’muriy-hududiy birliklar va qishloq xo‘jaligi korxonalarining amaldagi chegaralari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni elektron almashish xizmatini tashkil etish.

2021-yil avgust

Kadastr agentligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi

5.

“Raqamli qishloq xo‘jaligi” axborot tizimida qishloq xo‘jaligi texnikalariga ko‘rsatilayotgan mexanizatsiya va servis xizmatlarini online rejimda kuzatib borishni yo‘lga qo‘yish.

2021-2022-yillar

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

6.

Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi “Agrosanoatni raqamlashtirish markazi”ning server qurilmalarini uzluksiz ishlashini ta�minlash.

Doimiy

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi

7.

Suv xo‘jaligi sohasidagi barcha jarayonlarni o‘zida qamrab olgan vaziyatlar markazi axborot tizimini yaratish.

2022-yil dekabr

Suv xo‘jaligi vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

8.

Qishloq xo‘jaligi ekinlarini joylashtirishdan mahsulotlarni sotishgacha bo‘lgan jarayonlarni to‘liq qamrab olgan raqamlashtirish tizimini joriy etish.

2023-yil iyun

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

9.

“Aqlli qishloq xo‘jaligi” texnologiyalarini joriy etishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun xalqaro moliya tashkilotlari mablag‘larini jalb etish.

2021-yil may

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

II. Qishloq xo‘jaligi sohasida qo‘llanilayotgan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, raqamli xizmatlar va ma’lumotlar bazalari bo‘yicha baholash ishlarini olib borish

10.

Idoralararo ishchi guruhni tuzish.

2020-yil dekabr

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, manfatdor vazirlik va idoralar

11.

Agrosanoat majmudagi tashkilotlar foydalanayotgan raqamli texnologiyalar ro‘yxatini shakllantirish.

2021-yil yanvar

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi

12.

Agrosanoat majmuidagi tashkilotlar foydalanayotgan raqamli texnologiyalarning holati bo‘yicha baholash ishlarini olib borish.

2021-yil davomida

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi

13.

Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari sohasida qo‘llanilayotgan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, raqamli xizmatlar va ma’lumotlar bazalarini baholash.

2021-yil davomida

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi

14.

Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan tashkilotlarda foydalanilayotgan raqamli texnologiyalar bo‘yicha hisobot tayyorlash.

2021-yil noyabr

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

15.

Agrosanot majmuida raqamli texnologiyalarni integratsiyalash va rivojlantirish bo‘yicha ish rejani tasdiq�ash.

2022-yil yanvar

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

III. Qishloq xo‘jaligi yerlarini masofadan (kosmik) zondlash texnologiyalarini rivojlantirish

16.

Xorijiy kompaniyalarning erni masofadan (kosmik) zondlash texnologiyalari asosida tajriba loyihalarini joriy etish tartibini belgilash, shu jumladan, xorijiy kompaniya va Qishloq xo‘jaligi vazirligi o‘rtasida tajriba loyihasi doirasida ma’lumotlar almashish jarayonida ruxsat etilgan ma’lumotlar tarkibi va reglamentini ishlab chiqish.

2020-yil dekabr

“O‘zbekkosmos” agentligi, Axborot texnologiyalari vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Mudofaa vazirligi

17.

Yerni masofadan zondlash texnologiyalari ma’lumotlarini tahlil qiluvchi platformalar asosida tajriba loyihalarini amalga oshirish.

2021 — 2023-yillarda

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, IT-park, “O‘zbekkosmos” agentligi

18.

Mamlakatimizda erni masofadan zondlash texnologiyalarini keng joriy etish maqsadida bu borada ilg‘or tajribaga ega xorijiy kompaniyalarni jalb qilish.

2021-2022-yillar

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi

19.

Yerni masofadan zondlash texnologiyalarini samarali tatbiq qilish uchun bugungi kunda respublikada mavjud ilmiy salohiyatni o‘rganish.

2021-yil mart

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Oliy ta’lim vazirligi, Fanlar akademiyasi, Innovatsion rivojlanish vazirligi

20.

Yerni masofadan zondlash texnologiyalari bo‘yicha respublikada faoliyat yuritayotgan mutaxassislar, shu jumladan, chet elda ishlayotgan O‘zbekiston fuqarolari ro‘yxatini shakllantirish.

2021-yil fevral

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Fanlar akademiyasi, Innovatsion rivojlanish vazirligi

21.

O‘zbekistonning sun’iy yo‘ldosh rasmlari, shu jumladan, pulli va bepul manbalar, ularning sifatli tarkibini baholagan holda ma’lumotlar manbalari ro‘yxatini shakllantirish.

2021-yil mart

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Fanlar akademiyasi, “O‘zbekkosmos” agentligi

22.

Maamlakatimiz qishloq xo‘jaligi yerlarini masofadan zondlash holati to‘g‘risidagi tahliliy ma’lumotlarni tayyorlash.

2021-yil aprel

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi

23.

Respublikada erni masofadan zondlash texnologiyalari joriy qilish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi tahliliy ma’lumotlarni har chorakda Vazirlar Mahqamasiga kiritib borish.

2021-2022-yillar

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi

IV. Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari statistikasining shaffof tizimini rivojlantirish

24.

Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari statistikasini yuritishning integratsiyalashgan tizimi tamoyillarini ishlab chiqish.

2021-yil may

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Davlat statistika qo‘mitasi

25.

Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari bo‘yicha amaldagi davlat statistika hisobot shakllarida mavjud ko‘rsatkichlarni xalqaro tashkilotlar ko‘rsatkichlari bilan taqqoslash hamda davlat statistika hisobot shakllarini takomillashtirish.

2021-yil iyun

Davlat statistika qo‘mitasi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi

26.

Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari statistikasini yuritish uchun mas’ul idoralar faoliyatini belgilash va institutsional o‘zgarishlar bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.

2021-yil dekabr

Qishloq xo‘jaligi vazirligi

27.

Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari statistikasida qo‘llanilayotgan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, raqamli xizmatlar va ma’lumotlar bazasi bo‘yicha baholash ishlarini olib borish.

2021-yil davomida

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Davlat statistika qo‘mitasi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi

28.

Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari statistikasi bo‘yicha yillik hisobotni (Annual agriculture report) chop etib borish.

Har yili

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Davlat statistika qo‘mitasi

29.

Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari statistikasini rivojlantirish rejasi to‘g‘risida keng jamoatchilikni xabardor qilish, agrar statistikaga oid video-rolik va infografikalar yaratish.

2021-yil noyabr

Davlat statistika qo‘mitasi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi

(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-noyabrdagi 721-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 09/21/721/1110-son)

T/r

Tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Amalga oshirish muddati

Moliyalashtirish manbalari

Mas’ul ijrochilar

I. Qishloq xo‘jaligi sohasini raqamlashtirish

1.

Agrosanoat majmuida integratsiyalashgan yagona axborot tizimini yaratish.

1. “Raqamli qishloq xo‘jaligi” axborot tizimini joriy qilish va yuritishga mas’ul bo‘lgan tashkilotni belgilash.

2021-yil yanvar

Xalqaro tashkilotlarning grantlari va kreditlari

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Xorijiy va mahalliy tashkilotlarni jalb qilgan holda, “Raqamli qishloq xo‘jaligi” axborot tizimini yaratish bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlarini tayyorlash.

2021-yil dekabr

3. Loyiha-smeta hujjatlarini vakolatli organlarda ekspertizadan o‘tkazish.

2022-yil fevral

4. “Raqamli qishloq xo‘jaligi” axborot tizimini ishlab chiquvchi tashkilotni aniqlash bo‘yicha tender (konkurs) savdolarini tashkil etish va g‘oliblar bilan shartnoma tuzish.

2022-yil aprel-may

5. “Raqamli qishloq xo‘jaligi” axborot tizimini ishlab chiqish.

2022-yil iyun

2.

Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash maqsadida subsidiyalar ajratish jarayonini elektron shaklda amalga oshirish bo‘yicha yagona axborot tizimini ishlab chiqish va joriy etish.

1. Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash maqsadida ajratilayotgan subsidiyalar turlarini xatlovdan o‘tkazish.

2021-yil may

Ijrochilar mablag‘lari

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Moliya vazirligi

2. Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash maqsadida subsidiyalar ajratish jarayonini elektron shaklda amalga oshirish bo‘yicha yagona axborot tizimini ishlab chiqish.

2022-yil yanvar

3. Davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash maqsadida ajratilayotgan subsidiyalarni ajratish bo‘yicha qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarning ariza berish jarayonining yagona axborot tizimini ishlab chiqish.

2022-yil may

4. Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash maqsadida subsidiyalar ajratish jarayonini elektron shaklga o‘tkazish loyihasini bosqichma-bosqich joriy etish va elektron hukumat axborot tizimlari bilan integratsiya qilish.

2022-yil dekabr

3.

Qishloq xo‘jaligida yer resurslaridan samarali foydalanish va hisobini yuritish, qishloq xo‘jaligi ekinlari monitoringini amalga oshirish imkonini beruvchi ArcGIS geoaxborot tizimini joriy etish.

1. ArcGIS geoaxborot tizimini ishlab chiqaruvchi tashkilotlar bilan muzokaralar o‘tkazish, to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalar imzolash.

2021-yil iyun

Qishloq xo‘jaligi vazirligi mablag‘lari, xalqaro tashkilotlarning grantlari va kreditlari

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

2. Qishloq xo‘jaligi vazirligi faoliyatiga ArcGIS geoaxborot tizimini joriy etish.

2022-yil yanvar

4.

Paxta xomashyosi hisob-kitobini yurituvchi “O‘zpaxta” avtomatlashtirilgan axborot tizimini takomillashtirish.

1. “O‘zpaxta” avtomatlashtirilgan axborot tizimida tegishli tovar-moddiy boyliklarni xatlovdan o‘tkazish.

2021-yil fevral

Qishloq xo‘jaligi vazirligi mablag‘lari, xalqaro tashkilotlarning grantlari va kreditlari

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, “O‘zpaxtasanoat” AJning tugatish komissiyasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

2. “O‘zpaxta” avtomatlashtirilgan axborot tizimida axborot xavfsizligi auditini o‘tkazish.

2021-yil aprel

4. “O‘zpaxta” avtomatlashtirilgan axborot tizimini Qishloq xo‘jaligi vazirligi tasarrufiga o‘tkazish.

2021-yil mart

5. “O‘zpaxta” avtomatlashtirilgan axborot tizimidan foydalanish bo‘yicha yo‘riqnoma ishlab chiqish.

2021-yil iyul

6. “O‘zpaxta” avtomatlashtirilgan tizimini takomillashtirish hamda amaliyotga joriy etish va idoralarda undan foydalanishni tashkil etish.

2021-yil sentyabr

II. Suv xo‘jaligi obyektlarida suv resurslarini boshqarish, monitoring qilish va ularning hisobini yuritish jarayonlarini avtomatlashtirish

5.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti metodikasi asosida qishloq xo‘jaligi ekinlarining turlari uchun sug‘orish me’yorlarini hisoblash bo‘yicha dasturiy ta’minot ishlab chiqish.

1. Qishloq xo‘jaligi ekinlarining turlari uchun sug‘orish me’yorlarini hisoblash bo‘yicha dasturiy ta’minotni joriy qilish hamda yuritishga mas’ul bo‘lgan tashkilotni belgilash.

2021-yil may

Budjet mablag‘lari

Suv xo‘jaligi vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

2. Sug‘orish me’yorlarini hisoblash bo‘yicha dasturiy ta’minotni yaratish yuzasidan loyiha-smeta hujjatlarini tayyorlash.

2021-yil avgust

3. Loyiha-smeta hujjatlarini vakolatli organlarda ekspertizadan o‘tkazish.

2021-yil noyabr

4. Sug‘orish me’yorlarini hisoblash bo‘yicha dasturiy ta’minotni ishlab chiquvchi tashkilotni aniqlash uchun tender (konkurs) savdolarini tashkil etish va g‘oliblar bilan shartnoma tuzish.

2022-yil yanvar-fevral

5. Sug‘orish me’yorlarini hisoblash bo‘yicha dasturiy ta’minotni ishlab chiqish.

2021-yil oktyabr

6.

“O‘zgidromet” markazining Surxondaryo viloyati gidrometeorologiya boshqarmasiga tegishli bo‘lgan Amudaryo daryosidagi (Termiz sh.) gidrologik postni avtomatlashtirilgan uskuna va qurilmalarni o‘rnatish orqali takomillashtirish.

1. Gidrologik postni avtomatlashtirish uchun zarur bo‘lgan uskuna va qurilmalarni xarid qilish.

2. Uskuna va qurilmalarni o‘rnatish orqali gidrologik postni avtomatlashtirish.

2021-yil avgust

Budjet mablag‘lari hisobidan

“O‘zgidromet” markazi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi

7.

“O‘zgidromet” markazining Toshkent viloyati gidrometeorologiya boshqarmasiga tegishli bo‘lgan Sirdaryo daryosidagi (Chinoz sh. va Nadejdinskiy q.) gidrologik postlarni avtomatlashtirilgan uskuna va qurilmalarni o‘rnatish orqali takomillashtirish.

1. Gidrologik postlarni avtomatlashtirish uchun zarur bo‘lgan uskuna va qurilmalarni xarid qilish.

2. Uskuna va qurilmalarni o‘rnatish orqali gidrologik postlarni avtomatlashtirish.

2021-yil dekabr

Budjet mablag‘lari hisobidan

“O‘zgidromet” markazi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi

8.

“O‘zgidromet” markazining Toshkent viloyati gidrometeorologiya boshqarmasiga tegishli bo‘lgan Koksu daryosidagi (Birchmulla q.) hamda Pskem daryosidagi (Pskem q.) gidrologik postlarni qayta barpo etish hamda avtomatlashtirilgan uskuna va qurilmalarni o‘rnatish orqali takomillashtirish.

1. Gidrologik postlarni qayta barpo etish bo‘yicha ishlarni amalga oshirish.

2. Gidrologik postlarni avtomatlashtirish uchun zarur bo‘lgan uskuna va qurilmalarni xarid qilish.

3. Uskuna va qurilmalarni o‘rnatish orqali gidrologik postlarni avtomatlashtirish.

2022-yil may

Budjet mablag‘lari hisobidan

“O‘zgidromet” markazi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi

9.

“O‘zgidromet” markazining Namangan viloyati gidrometeorologiya boshqarmasiga tegishli bo‘lgan Sirdaryo daryosidagi (Kal q.) gidrologik postini avtomatlashtirilgan uskuna va qurilmalarni o‘rnatish orqali takomillashtirish.

1. Gidrologik postni avtomatlashtirish uchun zarur bo‘lgan uskuna va qurilmalarni xarid qilish.

2. Uskuna va qurilmalarni o‘rnatish orqali gidrologik postni avtomatlashtirish.

2022-yil avgust

Budjet mablag‘lari hisobidan

“O‘zgidromet” markazi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi

10.

“O‘zgidromet” markazining Namangan viloyati gidrometeorologiya boshqar�asiga tegishli bo‘lgan Sirdaryo daryosidagi (Pungan q.) gidrologik postni qayta barpo etish hamda avtomatlashtirilgan uskuna va qurilmalarni o‘rnatish orqali takomillashtirish.

1. Gidrologik postni qayta barpo etish bo‘yicha ishlarni amalga oshirish.

2. Gidrologik postni avtomatlashtirish uchun zarur bo‘lgan uskuna va qurilmalarni xarid qilish.

3. Uskuna va qurilmalarni o‘rnatish orqali gidrologik postni avtomatlashtirish.

2022-yil sentyabr

Budjet mablag‘lari hisobidan

“O‘zgidromet” markazi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi

11.

“O‘zgidromet” markazining Toshkent viloyati gidrometeorologiya boshqarmasiga tegishli bo‘lgan Chotqol daryosidagi (pastki-chotqol GES) gidrologik postni qayta barpo etish hamda avtomatlashtirilgan uskuna va qurilmalarni o‘rnatish orqali takomillashtirish.

1. Gidrologik postni qayta barpo etish bo‘yicha ishlarni amalga oshirish.

2. Gidrologik postni avtomatlashtirish uchun zarur bo‘lgan uskuna va qurilmalarni xarid qilish.

3. Uskuna va qurilmalarni o‘rnatish orqali gidrologik postni avtomatlashtirish.

2022-yil oktyabr

Budjet mablag‘lari hisobidan

“O‘zgidromet” markazi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi

III. Agrar sohadagi biznes-startap loyihalarni qo‘llab-quvvatlash

12.

Talabalarning agrar sohadagi biznes-startap loyihalarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida innnovatsion korxonalarni tashkil etish.

1. Toshkent davlat agrar universiteti hamda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti talabalarining biznes-startap loyihalarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida innnovatsion korxonalarni tashkil etish maqsadida zarur maydonlar ajratish.

2021-yil aprel

Ijrochilar mablag‘lari

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

2. Innnovatsion korxonalarni zamonaviy kompyuter texnikasi va inventarlar bilan jihozlash.

jadval asosida

Oldingi tahrirga qarang.

T/r

Ma’lumotni taqdim qiluvchi idoralar

Ma’lumot nomi

1.

Suv xo‘jaligi vazirligi

Suv sarfining samaradorligi bo‘yicha tahliliy ishlarni olib borishga oid ma’lumotlar.

2.

Kadastr agentligi

Ma’muriy-hududiy birliklar va qishloq xo‘jaligi korxonalarining amaldagi chegaralari to‘g‘risidagi ma’lumotlar.

3.

Adliya vazirligi

Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi tashkilot va jismoniy shaxslarning davlat ro‘yxatidan o‘tganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar.

4.

Moliya vazirligi

Oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilarga ajratilayotgan subsidiyalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar.

5.

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi

Chorvachilik xo‘jaliklari va ularga tegishli yer maydonlari, ekilgan ekin turlari (gektar ko‘rsatilgan holda), barcha xo‘jaliklardagi chorva hayvonlari reyestri, go‘sht va sutni qayta ishlovchilar, chorva hayvonlarini so‘yishga ixtisoslashgan korxonalar (qushxonalar) to‘g‘risidagi ma’lumotlar.

6.

O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi

Fitosanitariya xizmatlari, o‘simliklar �arantini xizmatlari, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari va oziq-ovqat mahsulotlarini eksport (import) qiluvchilar reyestri, laboratoriyalar va berilgan sertifikatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar.

7.

O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi

Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari statistikasiga oid ma’lumotlar.

8.

“O‘zbekchorvanasl” agentligi

9.

“O‘zbekbaliqsanoat” uyushmasi

10.

“Parrandasanoat” uyushmasi

11.

“O‘zbekipaksanoat” uyushmasi

12.

“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi

13.

“O‘zyog‘moysanoat” uyushmasi

14.

“O‘zdonmahsulot” AK

15.

“O‘zagroservis” AJ

16.

Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish agentligi

17.

Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligi

18.

“Tomorqa xizmati” MChJ

Aholi tomorqalari va dehqon xo‘jaliklariga ajratilgan yer maydonlaridan samarali foydalanish ko‘rsatkichlari (ajratilgan yer maydoni, hosildorlik va boshqalar), ichki va tashqi bozorning oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan talabi to‘g‘risidagi ma’lumotlar.

19.

O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi

20.

Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi

(5-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-avgustdagi 438-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.08.2022-y., 09/22/438/0726-son)
Oldingi tahrirga qarang.

T/r

Loyihaning nomi

Mas’ul ijrochilar

1.

Andijon viloyatida qishloq xo‘jaligi yerlarini masofadan zondlash orqali ma’lumotlarni tahlil qiluvchi “Monterra” (IT-park rezidenti) elektron platformasi loyihasi.

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, IT-park, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

2.

Buxoro viloyatining ikkita tumanida qishloq xo‘jaligi yerlarini masofadan zondlash orqali ma’lumotlarni tahlil qiluvchi Airbus kompaniyasining (“O‘zbekkosmos” agentligi hamkori) elektron platformasi loyihasi.

“O‘zbekkosmos” agentligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi

3.

Sirdaryo, Qibray va Qarshi tumanlarida qishloq xo‘jaligi yerlarini masofadan zondlash orqali ma’lumotlarni tahlil qiluvchi Toshkent davlat irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti huzuridagi Geoinformatsion markazining amaliy ishlanmalari loyihasi.

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi

4.

To‘rtko‘l va G‘allaorol tumanlarida qishloq xo‘jaligi yerlarini masofadan zondlash orqali ma’lumotlarni tahlil qiluvchi “Ekomonitoring” (Rossiya Federatsiyasi) kompaniyasining amaliy ishlanmalari loyihasi.

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

5.

Qibray tumanida qishloq xo‘jaligi yerlarini masofadan zondlashda dronlardan foydalanish bo‘yicha Germaniyaning Leybnits institutining amaliy ishlanmalari loyihasi.

Toshkent davlat agrar universiteti, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi

(6-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-noyabrdagi 721-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 09/21/721/1110-son)