Hujjat kuchini yo‘qotgan 29.06.2000 19.11.1992 yildagi 540-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 29.06.2000
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
OʻZBEKISTON SUV XOʻJALIGI QURILIShI DAVLAT KONSERNI (“OʻZSUVQURILISh”) FAOLIYATINI TAShKIL ETISh MASALALARI TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston suv xoʻjaligi qurilishi Davlat konserni (“Oʻzsuvqurilish”)ni tugatish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 2000-yil 29-iyundagi 249-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston suv xoʻjaligi qurilishi davlat konserni (“Oʻzsuvqurilishni tashkil etish toʻgʻrisida” 1992-yil 18-noyabrdagi 497-son Farmonni bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston suv xoʻjaligi qurilishi davlat konserni (“Oʻzsuvqurilish”) tuzilmasi 1-ilovaga* muvofiq birlashmalar, trestlar, korxonalar va tashkilotlardan iborat tarkibda tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
* 1-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. “Oʻzsuvqurilish” konserni quyidagilarni qayta roʻyxatdan oʻtkazishni amalga oshirsin va:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qurilayotgan va foydalanilayotgan davlat xoʻjaliklari va xoʻjalik hisobidagi uchastkalarni 1992-yil 1-yanvardagi holatiga koʻra kommunal qurilish, ijtimoiy-madaniy-maishiy uy-joy va davlat xoʻjaligi qurilishi obyektlari boʻyicha buyurtmachi funksiyasi bilan birga 1992-yil oxirigacha Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligiga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
meliorativ qurilish va yangi yerlarni oʻzlashtirish boʻyicha buyurtmachi funksiyalarini Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi hamda Melioratsiya va suv xoʻjaligi qurilishi vazirligiga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
balansda boʻlgan va tugallanmagan qurilish hisoblanuvchi meliorativ fond, binolar, inshootlar, korxonalar va obyektlarni 1992-yil oxirigacha qabul qilish-topshirish dalolatnomalari boʻyicha tegishliligiga koʻra respublika vazirliklari va idoralariga bersin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolni belgilash va statistika davlat qoʻmitasi 1993-yilda yetishtirilgan va tayyorlangan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining butun hajmini “Oʻzsuvqurilish” konsernidan Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligiga berishni, shuningdek, bu vazirlikka “Oʻzsuvqurilish” tomonidan berilgan davlat xoʻjaliklari va xoʻjalik hisobidagi uchastkalar qurilishini tugallash uchun maqsadli sarmoya mablagʻlari ajratishni nazarda tutsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda meliorativ va qishloq xoʻjaligi obyektlari boʻyicha buyurtmachi va pudratchi funksiyasini ajratish hamda Orolboʻyi muammolarini hal etish masalalarini koʻrib chiqsin va tartibga solsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. “Oʻzsuvqurilish” konsernining funksiyalariga muvofiq:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Oʻrtaosiyogiprosuvpaxta” loyiha-qidiruv instituti — Oʻzbekiston davlat meliorativ, suv xoʻjaligi obyektlarini loyihalash, sugʻoriladigan katta massivlar va Orolboʻyi obyektlarini oʻzlashtirish loyiha-qidiruv instituti (“Oʻzgipromeliosuvxoʻjalik”)ga aylantirilsin hamda u Oʻzbekiston Respublikasi Melioratsiya va suv xoʻjaligi vazirligi tarkibiga berilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Oʻrtaosiyogiproqoʻriqqurilish” loyiha-qidiruv instituti — “Oʻzsuvqurilish” konserni tarkibida qoldirilgan holda Oʻzbekiston davlat sanoat-xoʻjalik va ijtimoiy-madaniy-maishiy, suv xoʻjaligi, Qishloq xoʻjaligi va kommunal qurilish obyektlarini joriy va ishchi loyihalash boʻyicha loyiha-qidiruv instituti (“Oʻzgiprosuvqurilishga aylantirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Belgilab qoʻyilsinki, “Oʻzsuvqurilish” konserni:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasiga boʻysunadi, oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga va Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan konsern Ustaviga amal qiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
respublika xalq xoʻjaligining ehtiyojlaridan kelib chiqib, konsern tarkibiga kiruvchi barcha korxonalar manfaatlarini hisobga olgan holda davlat buyurtmalari, shuningdek, toʻgʻridan toʻgʻrishartnomalar va bitimlar asosida mustaqil ravishda istiqbolni belgilaydi va pudrat faoliyatini amalga oshiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
konsern tarkibiga kiruvchi birlashmalar, trestlar, korxonalar, tashkilotlar, muassasalar mehnat jamoalarining ijtimoiy masalalarini hal etish boʻyicha chora-tadbirlar majmuini ishlab chiqadi va roʻyobga chiqaradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Konsernni boshqarishning yuqori organi Kengash hisoblanadi, u boshqaruvni saylaydi. “Oʻzsuvqurilish” apparatining tuzilmasi 2-ilovaga* muvofiq hamda uning xodimlarining eng koʻp soni 145 nafardan iborat qilib tasdiqlansin. Konsernning ishchi apparati konsern Kengashi tomonidan tasdiqlangan bitim asosida konsern tarkibiga kiruvchi birlashmalar, korxonalar va tashkilotlar ajratgan mablagʻlar hisobiga saqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
* 2-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Konsernga raisning toʻrt nafar oʻrinbosariga, shu jumladan, bir nafar birinchi oʻrinbosariga hamda 9 kishidan iborat boshqaruv aʼzolariga ega boʻlishga ruxsat berilsin. Konsern rahbarlari va boshqaruv aʼzolarining shaxsiy tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Oʻzsuvqurilish” davlat konserni raisi maqomi, maishiy taʼminot, tibbiy va transport xizmati koʻrsatish sharoitlari boʻyicha respublika vazirligiga, raisning birinchi oʻrinbosari — vazirning birinchi oʻrinbosariga, rais oʻrinbosarlari — vazir oʻrinbosarlariga, boshqaruv aʼzolari esa — hayʼat aʼzolariga tenglashtirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. “Oʻzsuvqurilish” konserniga:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
konsern tarkibiga kiruvchi birlashmalar, korxonalar va tashkilotlarni Kengash qarori bilan tashkil etish, qayta tuzish va tugatish, ularni mulkchilikning boshqa shakllariga aylantirish toʻgʻrisida belgilangan tartibda taklif kiritish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
konsern tarkibiga kiruvchi korxonalar va tashkilotlar mehnat jamoalarining roziligi bilan ishlab chiqarish vazifalarini bajarish uchun zarur boʻlgan moliyaviy, moddiy va boshqa resurslarni konsern Ustavi bilan belgilanadigan tartibda va shartlarda markazlashtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xorijiy sheriklar bilan qoʻshma korxonalar tashkil etish, belgilangan tartibda asbob-uskunalar. materiallar, mexanizmlar va xalq isteʼmol mollari boʻyicha eksport-import mollarini amalga oshirish huquqi beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. “Oʻzsuvqurilish” konserni 20 kun muddat ichida konsern Ustavini tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1989-yil 16-noyabrdagi 376-son qarorining 14 va 16-bandlari “Oʻzsuvqurilish” konserniga tatbiq qilinsin. Qayd qilib oʻtilgan qarorning Oʻzbekiston Respublikasi Davlat suv xoʻjaligi qurilishi qoʻmitasiga tegishli 5, 6, 9, 10-bandlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. “Oʻzsuvqurilish” davlat konserni va uning ishchi apparati Toshkent shahar, A. Qodiriy koʻchasi, 5-uyda joylashishi belgilab qoʻyilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Vazirlar Mahkamasi Raisining birinchi oʻrinbosari oʻrtoq I. H. Joʻrabekov zimmasiga yuklatilsin. Qarorning qanday bajarilayotganligi 1993-yil aprel oyida koʻrib chiqilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1992-yil 19-noyabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
540-son