Hujjat kuchini yo‘qotgan 20.04.2015 19.01.2000 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 874
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining Tartibi, 19.01.2000 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 874
Дата вступления в силу
19.01.2000
Hujjat kuchini yo‘qotgan 20.04.2015
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

O‘zbekiston Respublikasi

Moliya vazirligi tomonidan

1999-yil 20-dekabrda 96-son bilan

“TASDIQLANGAN”

O‘zbekiston Respublikasi Davlat

soliq qo‘mitasi tomonidan 1999-yil

17-sentabrda 99-116-son bilan

“TASDIQLANGAN”

O‘zbekiston Respublikasi

Markaziy banki bilan 1999-yil

17-sentabrda 145-V-son bilan

“KELIShILGAN”

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
BUDJET OLDIDA BOQIMANDASI BOR XO‘JALIK YuRITUVChI SUBYEKTLARNING BUDJET OLDIDAGI QARZLARINI UNDIRISh VA SOLIQ TO‘LOVChILARNING MABLAG‘I BO‘LMAGAN HOLATDA ULARNING DEBITOR QARZI ORQALI BUDJET OLDIDAGI QARZINI UNDIRISh TO‘G‘RISIDAGI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tartib
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2000-yil 19-yanvarda 874-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur Tartib O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasining 2015-yil 9-apreldagi 29, 2015-13-sonli “Budjet oldida boqimandasi bor xo‘jalik yurituvchi subyektlarning budjet oldidagi qarzlarini undirish va soliq to‘lovchilarning mablag‘i bo‘lmagan holatda ularning debitor qarzi orqali budjet oldidagi qarzini undirish to‘g‘risidagi tartibni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish haqida”gi qaroriga (ro‘yxat raqami 874-1, 15.04.2015-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
I. UMUMIY QOIDALAR
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mazkur Tartib O‘zbekiston Respublikasining 1995-yil 22-dekabrdagi “Muddatida to‘lanmagan soliq va boshqa majburiy to‘lovlarni undirish to‘g‘risida”gi, “Davlat soliq xizmati to‘g‘risida”gi va O‘zbekiston Respublikasi “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi Qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1998-yil 4-fevraldagi “Hisob-kitob mexanizmini takomillashtirish hamda respublika budjeti va mahalliy budjetlarga to‘lovlar tushishini rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni, O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi, O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi va boshqa me’yoriy hujjatlari asosida ishlab chiqilgan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarning debitor va kreditor qarzlarini kamaytirish hamda budjet oldidagi boqimandalarini undirish tartibini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
II. SOLIQLAR VA YIG‘IMLARNI O‘Z VAQTIDA VA TO‘LIQ TO‘LAMAGANLIKLARI UChUN INKASSO TOPShIRIQNOMALARI ORQALI UNDIRISh
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Yuridik shaxslar, O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksida belgilangan muddatda soliq va majburiy to‘lovlarni davlat budjetiga o‘tkazmasa, O‘zbekiston Respublikasining 1995-yil 22-dekabrdagi “Muddatida to‘lanmagan soliq va boshqa majburiy to‘lovlarni undirish to‘g‘risida”gi Qonunining 8-moddasi 1-bandiga asosan so‘zsiz ravishda inkasso topshiriqnomasini soliq to‘lovchining bankdagi hisobraqamiga qarzlarni undirish uchun qo‘yiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligidan 1999-yil 30-yanvarda 615-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tgan “Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning banklardagi hisobvaraqlaridan pul mablag‘larining to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi Yo‘riqnomasiga asosan xo‘jalik yurituvchi subyektlarning milliy valyutadagi mablag‘lari birinchi navbatdagi to‘lovlar bo‘yicha qilingan talablarni qoplash uchun yetarli bo‘lmasa, u holda xizmat ko‘rsatuvchi bank tomonidan soliq xizmati organlarining yozma ravishdagi ko‘rsatmasiga asosan xo‘jalik yurituvchi subyektning qo‘yilgan talablarni qondirish uchun kerakli bo‘lgan ularning hisobvaraqlaridagi chet el valyutasini Respublika valyuta birjasiga sotish uchun qo‘yiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Soliq to‘lovchining hisobraqamida va valyuta hisobvarag‘ida mablag‘ bo‘lmaganda inkasso topshiriqnomasi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligidan 1998-yil 8-oktabrda 496-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan “O‘zbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblar to‘g‘risida”gi Nizomga asosan, 2-kartotekada to‘lovni kutayotgan hujjatlar qatoriga joylashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
III. BOQIMANDALARNI DEBITORLIK QARZGA QARATISh
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Soliq to‘lovchilarning banklardagi barcha hisobvaraqlarida mablag‘i bo‘lmasa, u holda soliq to‘lovchilar joylardagi Davlat soliq xizmati organlariga “Davlat soliq xizmati to‘g‘risida”gi Qonunning 5 va 6-moddasiga asosan oyiga bir marta keyingi oyning 10 sanasidan kechiktirmasdan kreditor va debitor qarzi to‘g‘risidagi ma’lumotnomani 1-ilovaga muvofiq taqdim etadilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Bundan tashqari budjet oldida boqimandasi bor korxonalar debitor qarzdor korxonalar bilan solishtirma dalolatnomani tuzadi va debitor qarzlari ro‘yxati bilan birgalikda oyiga bir marta keyingi oyning 10 sanasiga o‘zi ro‘yxatdan o‘tgan davlat soliq xizmati organiga topshiradilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Joylardagi tijorat banklari Davlat soliq organlarining so‘rovnomasiga asosan so‘ralgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarning budjet oldidagi boqimandasini, debitor va kreditor qarzlarni kamaytirish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 786-moddasi, “Davlat soliq xizmati to‘g‘risida”gi va O‘zbekiston Respublikasi “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi Qonunlari va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 30-martdagi 146-son qaroriga asosan ularning barcha hisobvaraqlarida pul mablag‘lari qoldig‘i bo‘yicha ma’lumotni DBF faylda yoki ruxsat berilgan tartibda, keyinchalik elektron pochta orqali kunlik ma’lumot beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Joylardagi soliq organlari banklardan olgan ma’lumotlarni o‘z hududiga joylashgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarga tegishli bo‘lganini tahlil qilish bilan birga o‘sha kuni umumlashtirish uchun viloyat Davlat soliq boshqarmasiga elektron pochta orqali beradilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Viloyat Davlat soliq boshqarmasi o‘z navbatida olgan ma’lumotni viloyat bo‘yicha umumlashtirib, 3 kun ichida o‘z hududidagi DSIlariga va viloyat hududidan tashqaridagi korxonalarga qarashli ma’lumotlarni boshqa viloyatlarga O‘zbekiston Respublikasining 1995-yil 22-dekabrdagi “Muddatida to‘lanmagan soliq va boshqa majburiy to‘lovlarni undirish to‘g‘risida” Qonunining 8-moddasi ijrosini ta’minlash uchun elektron pochta orqali yuboradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. O‘zbekiston Respublikasi budjeti daromadlari prognoz ko‘rsatkichlarini o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlash uchun, ushbu ma’lumotlarni joylardagi soliq xizmati organlari tahlil qiladi va mablag‘lari mavjud debitor xo‘jalik yurituvchi subyektlarning hisobvarag‘iga budjet oldida boqimandasi bor korxona nomidan o‘z vaqtida inkasso topshiriqnomalarini qo‘yadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Budjet oldida boqimandasi bor korxonalarning debitor qarzi uchun solishtirma dalolatnomasi asosida qo‘yilgan inkasso topshiriqnomasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1998-yil 4-fevraldagi “Hisob-kitoblar mexanizmini takomillashtirish hamda respublika budjeti va mahalliy budjetlarga to‘lovlar tushishini rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni asosida ishlab chiqilib, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligidan 1999-yil 30-yanvarda 615-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan “Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning banklardagi hisobvaraqlaridan pul mablag‘larini o‘chirish tartibi to‘g‘risida”gi Yo‘riqnomaga asosan ijro etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
IV. QARZDOR KORXONALARNING QARZLARINI ULARNING MOL-MULKI HISOBIDAN UNDIRISh
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 8-noyabrdagi 387-son qarori bilan tasdiqlangan Nizomga asosan soliqlar va budjetga majburiy to‘lovlar bo‘yicha muddatida to‘lanmagan soliqlarni korxonalar va tashkilotlar mol-mulklari hisobidan undirib olinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Qarzdor korxonaning budjetdan qarzini bir oy muddatda to‘lamasa, mulki hisobidan undirish uchun xo‘jalik sudiga murojaat qilishi haqida ogohlantiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Qarzdor korxonaga ogohlantirish talabnomasi berilganidan keyin bir oy muddat o‘tgach, korxona qarzini qisman to‘lagan yoki to‘lamagan holda uning qarzini mol-mulki hisobidan undirish uchun xo‘jalik sudiga da’vo arizasi beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Xo‘jalik sudiga da’vo ariza berishda so‘nggi hisobot davri uchun korxona balans nusxasi, budjetdan bo‘lgan qarzlarini tasdiqlovchi solishtiruv dalolatnomalari, qarzdorning hisob-kitob, joriy, valyuta hisobraqamlarida mablag‘i yo‘qligi haqida bank ma’lumotnomasi, shaxsiy hisobraqamlardan ko‘chirmalar taqdim etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
V. JAVOBGARLIK
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Tijorat banklari, xo‘jalik yurituvchi subyektlar va Davlat soliq xizmati organlarining mas’ul xodimlari ushbu tartibni to‘g‘ri va o‘z vaqtida bajarilishi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasida amal qilayotgan qonunlarda belgilangan tartibda javobgardir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Moliya vaziri o‘rinbosari E. GADOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat soliq qo‘mitasi Raisi o‘rinbosari V. BEGANOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Markaziy bank Raisi o‘rinbosari M. JUMAGALDIYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Davlat
soliq qo‘mitasi va O‘zbekiston
Respublikasi Markaziy bankining
1999-yil 17-sentabrdagi 99-116,
145-V-son Tartibiga 1-sonli
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
‎Korxonaning to‘rtburchak muhri
______________________________ Davlatsoliq inspeksiyasiga

‎‎1999-yil “___”_____________________ga

‎‎Korxonaning debitor va kreditor qarzi
‎to‘g‘risida tezkor ma’lumot

(ming so‘mda)‎
korxonani nomi‎ identifik raqami‎ ro‘yxatdan o‘tgan DSI nomi‎ debitor qarzi‎ kreditor qarzi‎ summasi o‘tgan debitor qarzi summasi‎ qarzdorlik paydo bo‘lgan muddati‎
Korxona rahbari‎‎‎
Bosh buxgalter

‎‎__________________________________

(‎‎imzo)

M.U.‎

__________________________________‎‎

(‎‎imzo) ‎‎

(O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralarining me’yoriy hujjatlari axborotnomasi, 2000-y., 2-son)