1-ILOVA
|
Chora-tadbirlar nomi |
Ijro mexanizmi |
Ijro muddati |
Mas’ul ijrochilar | |
|
I. Sudyalarning daxlsizligini ta’minlash va tizimda korrupsiyaning oldini olish | ||||
|
1. |
Sud tizimida sudyalar daxlsizligini ta’minlash va korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligini oshirish. |
1. Sudyalarning daxlsizligini ta’minlash, odil sudlov faoliyatiga har qanday aralashuvning oldini olish yuzasidan qat’iy chora-tadbirlar belgilash. 2. Korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarning tizimli sabab va sharoitlarini bartaraf etish hamda 2021-yilda sud organlari tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish choralarining samaradorligini oshirishga qaratilgan dasturni ishlab chiqish va tasdiqlash. 3. Sudyalar va sud xodimlarining kasbiy malakasi, ma’naviyati va mas’uliyatini oshirish, shuningdek, tizimda korrupsiyaning barcha ko‘rinishlariga murosasiz munosabatni shakllantirish yuzasidan onlayn o‘quv tashkil etish. 4. Tizimda korrupsiyaga yo‘l qo‘yilishiga omil bo‘luvchi har qanday holatlarni tahliliy o‘rganib, bartaraf etish choralarini ko‘rish. 5. Korrupsiyaviy omillarni aniqlash va bartaraf etishda huquqni muhofaza qiluvchi organlar va fuqarolik jamiyati institutlari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish. 6. Sohada korrupsiyaviy holatlarni aniqlash va ularni bartaraf etish bo‘yicha olib borilayotgan islohotlar haqida OAV orqali keng jamoatchilikni xabardor qilib borish. 7. “Sudyaning ma’naviyati, odobi va mas’uliyati” nomli kitobni tayyorlash va chop etish. |
2021-yil yanvar -
|
Sudyalar oliy kengashi, Oliy sud
Sudyalar oliy kengashi |
|
II. Malaka hay’atlarini qaytadan shakllantirish | ||||
|
2. |
Sudyalarning malaka hay’atlari tarkibini qaytadan shakllantirish. |
1. “Sudyalarning malaka hay’atlari to‘g‘risida”gi Nizomni tasdiqlash haqidagi Qonunga o‘zgartish va qo‘shimchalarni kiritish to‘g‘risidagi qonun loyihasini ishlab chiqish va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga taqdim qilish. 2. “Sudyalarning malaka hay’atlari to‘g‘risida”gi Nizomni tasdiqlash haqidagi Qonunga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi qonun loyihasini O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga belgilangan tartibda kiritish. 3. Tegishli sudlar sudyalarining konferensiyalarida malaka hay’ati a’zolarini saylash. 4. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlarida yangi tarkibdagi malaka hay’atlari faoliyatini boshlash. |
2020-yil 20-dekabrga qadar
2021-yil 15-yanvar |
Sudyalar oliy kengashi
Viloyatlar va unga tenglashtirilgan sudlar malaka hay’atlari |
|
III. Sudyalik lavozimlariga tanlovning oshkoraligi va ochiqligini ta’minlash | ||||
|
3. |
Ilk bor sudyalik lavozimlariga nomzodlarni tanlash va tayinlash jarayonlarining oshkoraligi va ochiqligini ta’minlash. |
1. Kengash faoliyatiga zamonaviy axborot-texnologiyalarni keng joriy qilish. 2. Ilk bor, yangi vakolat muddatiga yoki boshqa sudyalik lavozimiga tayinlash bo‘yicha suhbatda beriladigan savollarni avtomatlashtirilgan tizim yordamida tanlashni, shuningdek suhbat jarayonini boshqa nomzodlar monitoring orqali kuzatib turish imkoniyatini yo‘lga qo‘yish. 3. Ilk bor sudyalik lavozimlariga nomzodlarni tanlash va tayinlash jarayonlarini Kengash veb-sayti orqali onlayn yoritib borish. |
2021-yil davomida
yanvar
|
Sudyalar oliy kengashi
|
|
4. |
Kengash huzurida o‘z faoliyatini jamoatchilik asosida amalga oshiradigan sudyalikka nomzodlarning Sudyalar oliy maktabiga kirish va yakunlash imtihonlari natijalaridan norozi bo‘lib bergan murojaatlarini ko‘rib chiqish bo‘yicha imtihon komissiyasi tuzish. |
Imtihon komissiyasi faoliyatini tartibga solish bo‘yicha nizomni ishlab chiqish va tasdiqlash. |
2021-yil mart |
Sudyalar oliy kengashi |
|
IV. Sudyalar faoliyatini baholash mezonlarini takomillashtirish | ||||
|
5. |
Sudyalik lavozimlariga nomzodlar va sudyalarning kasbga munosibligini baholashga ko‘maklashuvchi psixologik test tizimini joriy etish. |
1. Sudyalik lavozimlariga nomzodlar va sudyalarning kasbga munosibligini baholashga ko‘maklashuvchi psixologik test tizimini joriy etishga doir nizomni tayyorlash va qabul qilish. 2. “Psixologik test” elektron dasturini yaratish. 3. Elektron dasturni yo‘lga qo‘yish. |
2021-yil yanvar-fevral 2021-yil mart 2021-yil mart-aprel |
Sudyalar oliy kengashi, O‘zbekiston Respublikasi psixologlar uyushmasi
|
|
6. |
Sudyalar faoliyati samaradorligini baholashning elektron tartibini joriy etish. |
1. Sudyalar faoliyatining samaradorligini baholash mezonlari to‘g‘risida nizomni ishlab chiqish va tasdiqlash. 2. Sudyalar faoliyati samaradorligini baholash bo‘yicha elektron reyting dasturini ishlab chiqish. 3. Sudyalar faoliyati samaradorligini baholash mezonlari bilan sudyalarni tanishtirish, reytingda ijobiy natijalarga erishish uchun bajarilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar bo‘yicha sudyalar orasida seminar mashg‘ulotlarini o‘tkazish. 4. Sudyalarning ish faoliyatini elektron dastur orqali baholanishini ta’minlovchi reyting tizimini sinov tariqasida ishga tushirish va mazkur ma’lumotlardan sudyalar hamjamiyatining barcha a’zolari erkin tanishish imkoniyatini yaratish. 5. Sudyalar ish faoliyati elektron dasturini yo‘lga qo‘yish. |
2021-yil fevral
aprel
|
Sudyalar oliy kengashi, Oliy malaka hay’ati Sudyalar oliy kengashi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Sudyalar malaka hay’atlari Sudyalar oliy kengashi, Oliy sud, Sudyalar malaka hay’atlari Sudyalar oliy kengashi, Oliy sud, Sudyalar malaka hay’atlari |
|
V. Sudyalar va sud faxriylarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash hamda rag‘batlantirish | ||||
|
7. |
Sudyalar oliy kengashi huzurida jamoatchilik asosida faoliyat yurituvchi Sudyalar klubini tashkil qilish. |
1. Sudyalar klubining nizomini ishlab chiqish va tasdiqlash. 2. Sudyalar klubining mas’ul a’zolari tarkibini shakllantirish. 3. Sudyalar klubi faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun elektron platformalarni tashkil qilish. 4. Sud amaliyotidagi moddiy va protsessual huquq normalarini to‘g‘ri qo‘llash bo‘yicha tavsiyaviy xarakterga ega bo‘lgan maslahatlar hamda sudyalarning odob-axloq qoidalarini muayyan vaziyatlarda qo‘llanilishi yuzasidan so‘rovlariga tushuntirishlar berib borishni yo‘lga qo‘yish. |
2021-yil yanvar
|
Sudyalar oliy kengashi, Sudyalar assotsiatsiyasi Sudyalar oliy kengashi, Oliy sud, Sudyalar assotsiatsiyasi
|
|
8. |
Sudya va faxriy sudyalarni rag‘batlantirishni yo‘lga qo‘yish. |
1. Odil sudlovni amalga oshirishda samarali faoliyat yuritib, nafaqaga chiqqan hamda nafaqaga chiqib faoliyatini davom ettirayotgan sudyalarni “Sud faxriysi” ko‘krak nishoni bilan; odil sudlovni amalga oshirishda samarali faoliyat yuritgan sudyalarni yil yakuni bo‘yicha “Ibratli sudya” mukofoti bilan taqdirlash bo‘yicha nizomlarni tayyorlash va tasdiqlash. 2. “Sud faxriysi” va “Ibratli sudya” mukofotini tayyorlash. 3. Faxriy va ibratli sudyalarning hayoti va ish faoliyatini OAV va televideniye orqali muntazam yoritib borilishini yo‘lga qo‘yish. |
2020-yil dekabr
|
Sudyalar oliy kengashi, Oliy malaka hay’ati, Sudlar faoliyatini ta’minlash departamenti Sudyalar oliy kengashi, Oliy malaka hay’ati, Sudlar faoliyatini ta’minlash departamenti |
|
VI. Sudyalik lavozimiga tayinlashga oid qonun hujjatlarini takomillashtirish | ||||
|
9. |
Qonun hujjatlariga Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalarni kiritish. |
Qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida loyiha tayyorlash va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritish. |
2021-yil 15-yanvarga qadar |
Sudyalar oliy kengashi, Oliy sud |