Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Qarori
“OMMAVIY AXBOROT VOSITALARI TOʻGʻRISIDA”GI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNINI AMALGA KIRITISH HAQIDA
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
1. “Ommaviy axborot vositalari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni matbuotda eʼlon qilingan kundan eʼtiboran amalga kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hukumat qarorlarini Oʻzbekiston Respublikasining “Ommaviy axborot vositalari toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiqlashtirsin, vazirliklar va idoralar mazkur Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlarini va bekor qilishlarini taʼminlasin.
3. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin:
Oʻzbekiston Respublikasining 1991-yil 14-iyunda qabul qilingan “Ommaviy axborot vositalari toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1991-yil, № 8, 180-modda);
Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonunlariga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi 1995-yil 6-mayda qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 6, 118-modda) VIII boʻlimi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Raisi E. XALILOV
Toshkent sh.,
1997-yil 26-dekabr,
542-I-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-y., 1-son, 11-modda)